Your trial period has ended!
For full access to functionality, please pay for a premium subscription
Message
35
18
5.2 k
🏦 Turonbank intellektual o‘yinlarining 2025-yilgi mavsumi boshlandi!

🏆 Xodimlarning ilmiy salohiyatini oshirish, erkin fikrlashini rivojlantirish, jamoaviy muhitni mustahkamlash maqsadida Turonbank tomonidan har yili an’anaviy tarzda xodimlar o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etib kelinadi.

📍Bu yilgi o‘yinlarning ilk bosqichiga Xorazm viloyati mezbonlik qildi. Ko‘hna va navqiron Xiva shahrida o‘tgan o‘yinda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Navoiy va Buxoro hududiy bank xizmatlari markazlari jamoalari o‘z bilimi, mantiqiy tafakkuri va jamoaviy ishlash salohiyatini sinovdan o‘tkazdi.

🎤 “Zakovat” klubi prezidenti Abdurasul Abdullayev boshlovchiligida o‘tishi o‘yinning ahamiyati va nufuzini yanada oshirdi va bank xodimlari tomonidan alohida qiziqish bilan kutib olindi.

🏆 O‘yin yakunida eng kuchli jamoalar musobaqaning final bosqichi uchun saralab olindi. G‘olib jamoalarni oldinda – final va qimmatbaho sovg‘alar kutmoqda!

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
04/28/2025, 18:04
t.me/zakovat/16532
Similar message chronology:
Newest first
Similar messages not found