Kun kelib sening ham hayotingda hech qanday manfatlarsiz yaxshi ko'ruvchi, dardlaringni his qilib bag'riga bosuvchi, kayfiyatingni ovozingdan sezuvchi biri paydo bo'ladi va sen bu tuyg'ularga hech qanday kurashishlarsiz erishish mumkin ekanini tushunib yetasan.
Ba'zan birgina "Nima bo'ldi?" deb so'rashsa, gapirishni o'rniga soatlab yig'lab beradigan darajada charchayman. Ammo Allohning bergan kuniga norozi bo'lib qolishlikdan hayo qilibmi, yoki aytganim bilan yengillashib qolmasligimmi bilganimdanmi, shunchaki jim bo'laman...
In sha Alloh o'sha Jannatga borasan Mana shu e'tiqod bilan yashaydigan bo'lsang Ustingga kelayotgan, bu yuragingni siqayotgan bu balolar, musibatlar hech narsa bo'lmay qoladi. Aqlli insonlar!!! O'zlarini oxirati uchun ishlashadi. Chunki, oxirat bu dunyodan ham yaxshiroq, ham boqiyroq...!)
Ruhning saodati Allohning roziligidadir. Nafsning saodati Allohning zikridadir. Qalbning saodati Alloh yo‘lida yaxshi ko‘rganlarning bir-biriga do‘stona munosabatidadir.🤲
- Seni uzoq sevaymi yoki qattiq sevaymi?! — Kamida Jannatgacha seving, undan uzogʻi boʻlmaydi va keyin voz kecha olmaysiz, Alloh uchun seving zero undan qattiq sevgi yoʻqdir...🩷