Biz aqlimizni ko'nglimizdan ustun qo'yganimizdan beri kemtik bo'lib qolaveribmiz. Aqlimiz qalbimizni bo'g'ibdi, qalbimizdan kelgan ovozni tilimiz bostiribdi, har bir haqiqatni aqlimiz bilan bilamiz deb o'ylabmiz. Lekin aql izohlay olmaydigan, kuch yetmaydigan, so'zini o'tkaza olmaydigan narsalar bor ekan. Aql yagona haqiqat emasligini angladim. Miya bir bo'lak et bo'lsa, aql anglashni qaydan bilsin?.. Vaholanki, ko'ngil degani bor ekan, bilish emas, his etish muhim ekan.
Fotih Duman "Sir"