💚Menimcha hayotimdagi insonlarning hammasidan koʻproq, onam meni tushunsalar kerak…
Hayotimdagi har bir holat yoki vaziyat uchun ularda albatta qandaydir maslahat tayyor boʻladi. Ular eng goʻzal soʻzlarni topib aytadilar.
Ularning qarshisida oʻtirib, oʻz hissiyot va hayollarimdan tortinishimga hojat yoʻq. Chunki bilaman, ular meni shunchaki eshitibgina qolmay, tinglab, anglaydilar ham. Ular har doim qalbimning ichida nima sodir boʻlayotganini biladilar, garchi ularni xafa qilmaslik uchun oʻzimni baxtiyor koʻrsatsam-da. Ular meni borimcha qabul qiladilar.
Minnat qilmaydilar, zaifligim uchun izza qilmaydilar.
Shunchaki borimcha, har qanday kamchiligim bilan sevadilar. Har qanday holatda meni eshitishga tayyorlar.
Qoʻllaridagi yumushlarni tashlab boʻlsa ham, koʻzlarini katta-katta ochib, butun diqqat e’tiborini menga qaratib, gapimni boʻlmay eshitadiganim, yagonam, munisim onam.
Ona- bitta. Insonlarning hech biri onangizchalik mexr berolmaydi, sevolmaydi…