Your trial period has ended!
For full access to functionality, please pay for a premium subscription
NE
nechpul — pul haqidagi media
https://t.me/nechpul_uz
Channel age
Created
Language
Uzbek
1.43%
ER (week)
8.86%
ERR (week)

Hayotingizga sehr va afsunlarsiz pul chaqiramiz!

Ruscha: t.me/nechpuluz_ru

Saytimiz: https://www.nchpl.uz/uz

Messages Statistics
Reposts and citations
Publication networks
Satellites
Contacts
History
Top categories
Main categories of messages will appear here.
Top mentions
The most frequent mentions of people, organizations and places appear here.
15
8
1.4 k
🛴 Samokat VS Taksi

Yandex Go, Izzy va Jet —uchovini minib ko'rdik, pulini ham sanab chiqdik. Qaysi biri arzon, qaysi biri qulay — endi siz ham bilasiz.

Sizning-cha qaysi servis eng zo'ri?
Izohlarda yozing 👇

nechpul — Oʻzbekistonda nima, qayerda va qancha turishini bilamiz. Obuna boʻling!
05/08/2025, 15:28
t.me/nechpul_uz/699 Permalink
14
3
1.8 k
😡 “Yana shaxsiy ma’lumotimni so‘rashyapti! Meni kuzatish uchunmi?”

Yo‘q, sizni hech kim kuzatmoqchi emas.
Shunchaki, to'lov ilovasidan faqat o‘zingiz foydalanayotganingizga ishonch hosil qilish kerak.

Nega bu talab paydo bo‘ldi?
Davlat shaxsni aniqlash tartibini joriy qilmoqda. Maqsad — firibgarlardan sizni himoya qilish.

Oldin ilovani yuklab olib, hech qanday tasdiqlarsiz ishlatsa bo‘lardi. Qulaydek tuyulardi.
Lekin aynan shundan firibgarlar foydalanib kelishdi:
🔘 Birovning nomidan kredit olishadi
🔘 Yashirincha pul o‘tkazmalar qilishadi
🔘 Oxiri esa, topib bo'lmaydigan qilib g'oyib bo'lishadi

Endi esa qanday?
Endilikda ilovaga kirishdan oldin shaxsni aniqlash talab qilinmoqda. Bu sizga nima beradi?
➡️ Hech kim sizning nomingizdan ish qila olmaydi
➡️ Pul o‘g‘irlaydigan sxemalar ishlamaydi
➡️ Hisobingiz xavfsiz bo‘ladi
➡️ Firibgarlar uchun ilovani ishlatish qiyinlashadi
➡️ Siz esa o‘zingizni xavfsizroq his qilasiz

Identifikatsiya haqida eng ko‘p beriladigan savollarga maqolamizda javob berdik:
👉 www.nchpl.uz/uz/posts/identifikatsiya
05/08/2025, 06:07
t.me/nechpul_uz/697 Permalink
40
63
2.2 k
🚝 "Afrosiyob" poyezdiga chipta topishning imkoni bormi? Bor ekan!

Saytdan poyezdga chipta olay desangiz, “joy qolmagan” degan yozuvdan boshqa narsa yo‘q. Go‘yo butun O‘zbekiston Samarqand yoki Buxoroga ketayotgandek.

Lekin biz bir layfxak topdik 💡

Tutu.ru
saytida kerakli sana va vaqtni belgilab, “xabar ber” tugmasini bosasiz. Chiptalar sotuvga chiqishi bilan sizga xat keladi.

Biz shunday qilib ko‘rdik va chindan ham chiptalar paydo bo‘ldi, biz esa Samarqandga yo‘l oldik! nechpul obunachilari ham sinab ko‘rsin deb bo'lishmoqdamiz.

Siz bilgan boshqa usullar ham bormi? Izohlarda bo‘lishing 👇

nechpul — Oʻzbekistonda nima, qayerda va qancha turishini bilamiz. Obuna boʻling!
05/06/2025, 14:42
t.me/nechpul_uz/696 Permalink
18
20
2.1 k
🤰🏻 Farzandli bo‘lish — qimmatga tushadimi?

Dada bo‘lish — bu katta baxt. Lekin baxt bilan birga katta xarajatlar ham keladi. Hammasiga tayyor turish kerak.

Bizning qahramonimiz — uch farzandning onasi. Uning oilasi bu bosqichlarda qancha pul sarflagani haqida batafsil gapirib berdi:
🔘homiladorlikdan oldingi tekshiruvlar;
🔘UZI, skrininglar, shifokor qabuliga to‘lovlar;
🔘tug‘uruqxonaga tayyorgarlik;
🔘tug‘ruq va chaqaloq uchun statsionar xarajatlar.

Maqolada — haqiqiy raqamlar, ota-onaning shaxsiy tajribasi va shifokor izohlari jamlangan.
👉 www.nchpl.uz/uz/posts/rody-v-tashkente
05/05/2025, 12:53
t.me/nechpul_uz/695 Permalink
93
10
1.5 k
Layklaringizni kutib qolamiz!
05/03/2025, 05:31
t.me/nechpul_uz/694 Permalink
28
10
1.7 k
🍓 Qulupnay izlayotganlar uchun: muxbirimiz Soxiba opa bozorlarni aylanib, eng shirin va eng arzonlarini topdi. Endi faqat tatib ko’rishingiz qoldi!

nechpul — Oʻzbekistonda nima, qayerda va qancha turishini bilamiz. Obuna boʻling!
05/03/2025, 05:04
t.me/nechpul_uz/693 Permalink
32
2.0 k
nechpul qulupnay?
05/02/2025, 13:02
t.me/nechpul_uz/692 Permalink
18
1
2.0 k
05/02/2025, 13:02
t.me/nechpul_uz/691 Permalink
13
16
1.6 k
04/29/2025, 12:13
t.me/nechpul_uz/685 Permalink
16
1.7 k
04/29/2025, 12:13
t.me/nechpul_uz/686 Permalink
16
1.7 k
04/29/2025, 12:13
t.me/nechpul_uz/689 Permalink
16
1.7 k
👋 Ishdan to‘g‘ri bo‘shash uchun bilishingiz kerak bo‘lgan qadamlar

Oylikni vaqtida berishmasa yoki yillab oshirmasa, ba'zan eng to‘g‘ri qaror — ishdan ketish.

Avvalroq oylik berilmasa, nima qilish kerakligini yozgan edik. Endi esa ishdan bo‘shashni qanday to‘g‘ri va huquqiy xatolarsiz rasmiylashtirishni aytib o‘tamiz. Barcha pullaringizni va hujjatlaringizni to‘liq qo‘lingizga olib, ortda hech qanday muammo qolmasligiga ishonch hosil qiling.

nechpul — Oʻzbekistonda nima, qayerda va qancha turishini bilamiz. Obuna boʻling!
04/29/2025, 12:13
t.me/nechpul_uz/690 Permalink
16
1.7 k
04/29/2025, 12:13
t.me/nechpul_uz/688 Permalink
16
1.7 k
04/29/2025, 12:13
t.me/nechpul_uz/687 Permalink
9
15
1.9 k
🌤😬 Quyoshda sanskrinsiz yurmang! Nurlar "muhabbat"iga terimiz bardosh bermaydi.

Har kuni foydalanish uchun ishonchli va hamyonbop SPF vositalarini jamladik. Bu faqat qizlar uchun emas, quyosh kimligingizga qaramaydi, hammani birdek “pishiradi”. SPF tanlovi uchun @‌diyara_rai ‘ga rahmat!

Sizchi, qaysi sanskrinni ishlatasiz? Tavsiya qiladigan sevimli brendingiz bormi? Izohlarda bo’lishing👇

nechpul — Oʻzbekistonda nima, qayerda va qancha turishini bilamiz. Obuna boʻling!
04/26/2025, 06:38
t.me/nechpul_uz/684 Permalink
5
1.5 k
04/26/2025, 06:05
t.me/nechpul_uz/677 Permalink
5
1.5 k
04/26/2025, 06:05
t.me/nechpul_uz/679 Permalink
5
1.6 k
04/26/2025, 06:05
t.me/nechpul_uz/682 Permalink
5
1.6 k
Markaziy Osiyoda quyosh deyarli yil bo‘yi charaqlab turadi. Biz esa unga ko‘nikib qolganmiz — quyoshda toblanish, vitamin D olish... bular yaxshi, albatta. Lekin quyosh nurlari doim ham foydali emas. Ultrabinafsha (UV) nurlar juda katta muammolarni keltirib chiqarishi mumkin.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) hisobiga ko‘ra, har yili dunyoda 3 milliongacha teri saratoni holati aniqlanadi. Asosiy sabab — aynan quyosh nurlari. Keling, UV nurlari qanchalik xavfli ekanini, san-skrinni nima uchun ishlatish kerakligini va qanday tanlashni bilib olamiz.

nechpul — Oʻzbekistonda nima, qayerda va qancha turishini bilamiz. Obuna boʻling!
04/26/2025, 06:05
t.me/nechpul_uz/683 Permalink
5
1.6 k
04/26/2025, 06:05
t.me/nechpul_uz/681 Permalink
5
1.5 k
04/26/2025, 06:05
t.me/nechpul_uz/680 Permalink
5
5
1.5 k
04/26/2025, 06:05
t.me/nechpul_uz/676 Permalink
5
1.5 k
04/26/2025, 06:05
t.me/nechpul_uz/678 Permalink
16
33
2.0 k
Ishlagan pulingizni berishmayaptimi? Nima qilish kerak — tushuntiramiz 😔💵

O‘z mehnati uchun o‘z vaqtida haq olish har bir xodimning qonuniy huquqi. Agar sizga oylik vaqtida berilmasa yoki kamroq to‘lanayotgan bo‘lsa — bu qonunbuzarlik. Bunday holatda nima qilish kerakligini bosqichma-bosqich tushuntiramiz.

Ish haqi qachon va qanday tartibda to‘lanishi kerak. Agar siz mehnat shartnomasi asosida ishlayotgan bo‘lsangiz, qonunga ko‘ra ish haqi oyning ikki qismida — avans va asosiy to‘lov shaklida berilishi belgilangan. To‘lovlar oralig‘i 16 kundan oshmasligi kerak.

Fuqarolik-huquqiy shartnoma (ya’ni xizmat ko‘rsatish yoki pudrat shartnomasi) asosida ishlayotgan bo‘lsangiz, to‘lov tartibi boshqacha bo‘lishi mumkin. Bunday shartnomalar haqida biz alohida yozganmiz.

Ish haqi kechiksa — kompensatsiya to‘lanadi. O‘zbekiston qonunchiligiga ko‘ra, ish haqi o‘z vaqtida to‘lanmasa, ish beruvchi har bir kechikkan kun uchun kompensatsiya to‘lashga majbur. Kompensatsiya hisoblash tartibi quyidagicha: har bir kechiktirilgan kun uchun — Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasining 10% miqdorida. Hozir bu stavka 14% tashkil etadi, ya’ni kompensatsiya kuniga 1,4% bo‘ladi.

Misol:
Sizning ish haqingiz — 5 million so‘m. Avans sifatida 2 million so‘m olishingiz kerak edi, lekin to'lov 15 kunga kechikdi.
🔘 2 million so‘mning 1,4% — bu har kuni 28 000 so‘m degani. Ya’ni, har bir kechiktirilgan kun uchun sizga 28 000 so‘m kompensatsiya to‘lanadi;
🔘 Agar 15 kun kechiktirilsa: 15 × 28 000 = 420 000 so‘m sizga to‘lanishi kerak.

Bahonalar — qonuniy asos bo‘la olmaydi. “Pul yo‘q”, “hamkorlar kechikishyapti”, “avval boshqa to‘lovlarni hal qilamiz”, “bir hafta sabr qiling” kabi bahonalar qonun oldida kuchga ega emas.

Mehnat kodeksiga ko‘ra, xodimlarning ish haqi kompaniyaning moliyaviy ahvolidan qat’i nazar o‘z vaqtida to‘lanishi shart, hatto kompaniyaning boshqa to‘lovlar bo‘yicha muammosi bo‘lsa ham.

Qayerga murojaat qilish kerak? Ish beruvchi bilan gaplashib muammoni hal qilishning iloji bo‘lmasa, sukut saqlamang va “yaxshilanib ketar” deb kutmang. Qonun siz tomonda — undan foydalanish kerak. Nimadan boshlash mumkin:

1️⃣ To‘lov kechikayotganini hujjatlar bilan tasdiqlang. Shartnomada belgilangan sanalarni va haqiqiy to‘lovlarni solishtiring. Agar to'lov vaqti o‘tgan bo‘lsa — huquqingizni talab qilishni boshlang.

2️⃣ 1176 qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qiling yoki Mehnat inspeksiyasining portaliga yozma murojaat yuboring.

3️⃣ Agar murojaatlar foyda bermasa va ish beruvchi shartnoma shartlariga rioya qilmasa, siz o‘z huquqingizni sud orqali himoya qilishingiz mumkin. Muhimi, bu ishni siz muammo haqida bilgan kundan boshlab 6 oy ichida qilishingiz kerak. Sudga murojaat qilish uchun hech qanday davlat boji to‘lash talab etilmaydi.

Sizda ham shunaqa holat bo‘lganmi? Qanday yechim topgansiz? Izohlarda yozib qoldiring — bu boshqalar uchun foydali bo‘lishi mumkin.

nechpul — Oʻzbekistonda nima, qayerda va qancha turishini bilamiz. Obuna boʻling!
04/25/2025, 10:44
t.me/nechpul_uz/675 Permalink
11
13
2.4 k
Firibgarlardan ogoh bo'ling! 😢🙏 Yaxshiyamki, nechpul telegram kanalini kuzatib, "Firibgarlardan saqlanish usullari" chek-listini yuklab olganmiz.

Siz ham ushbu havola orqali yo'riqnomani o‘qib chiqing, yuklab oling va yaqinlaringiz bilan bo'lishing!

nechpul — Oʻzbekistonda nima, qayerda va qancha turishini bilamiz. Obuna boʻling!
04/24/2025, 14:43
t.me/nechpul_uz/674 Permalink
27
2.2 k
04/24/2025, 06:43
t.me/nechpul_uz/669 Permalink
27
2.3 k
04/24/2025, 06:43
t.me/nechpul_uz/672 Permalink
27
2.3 k
04/24/2025, 06:43
t.me/nechpul_uz/671 Permalink
22
27
2.2 k
04/24/2025, 06:43
t.me/nechpul_uz/668 Permalink
27
2.2 k
04/24/2025, 06:43
t.me/nechpul_uz/670 Permalink
27
2.3 k
Ish taklif qilishdi — kelasan, ishlaysan, pulini beramiz deyishdi. Hammasi oddiydek tuyuladi. Lekin oradan vaqt o‘tib, ma’lum bo‘ladiki: na ta’til bor, na mehnat staji hisoblanadi. Nega? Bularning barchasi qanday shartnoma imzolaganingizga bog‘liq.

Keling, mehnat shartnomasi bilan fuqarolik-huquqiy shartnoma (xalq tilida GPX) o‘rtasidagi farqni batafsil ko‘rib chiqamiz.

Foydali havolalar:
📎 Mehnat munosabatlarini tartibga soluvchi moddalar
📎 Fuqarolik-huquqiy shartnoma haqida

Agar huquqlaringiz buzilgan bo‘lsa, murojaat qiling:
1176 — Davlat mehnat inspeksiyasi
71 200-06-00 — Bandlik vazirligining ishonch telefoni
Yoki Yagona platforma orqali shikoyat qoldiring.

nechpul — Oʻzbekistonda nima, qayerda va qancha turishini bilamiz. Obuna boʻling!
04/24/2025, 06:43
t.me/nechpul_uz/673 Permalink
17
24
2.5 k
🍿 Chorshanba — kino kuni!

Agar “kinoga boraman” deyish uchun sabab kerak bo‘lsa — mana u:
har chorshanba kuni Next, Parus, Riviera, Sergeli, Cinemaplex Chig‘atoy va Compass kinoteatrlarida chipta 30 000 so‘m xolos!

Biz esa chiptalarni har doimgidek payme tickets orqali olamiz — tez, oson va barchasi bitta ilovada 😉

nechpul — Oʻzbekistonda nima, qayerda va qancha turishini bilamiz. Obuna boʻling!
04/23/2025, 06:47
t.me/nechpul_uz/667 Permalink
16
41
2.8 k
Tonirovka plyonkalari qanday turlarda bo‘ladi va yozga eng yaxshisi qaysi?

Bu savolga @glosstechnology detailing studiyasi asoschisi Temur bilan birga javob izladik.

Asosan 3 xil tonirovka turi bor: bo‘yalgan, metallashtirilgan va keramika. Ular orasidagi farqlarni esa videoda tushuntirdik.

Agar mavzuni yanada chuqurroq o‘rganmoqchi bo‘lsangiz — maqola ham tayyorladik. Unda barcha tafsilotlar batafsil yozilgan:
👉 Maqolani o‘qish

nechpul — Oʻzbekistonda nima, qayerda va qancha turishini bilamiz. Obuna boʻling!
04/22/2025, 05:51
t.me/nechpul_uz/666 Permalink
17
19
2.5 k
👞 Mahsulot yoqmadimi? Qanday qilib pulni qaytarish mumkinligini tushuntiramiz

Ba’zida biror narsa xarid qilasiz-u, keyin afsusda qolasiz — yo yoqmaydi, yo mos kelmaydi. Yaxshiyamki, bunday holatlar uchun qonun bor: xaridni muayyan shartlarda qaytarish mumkin. Qanday hollarda bu mumkin, nima qilish kerak va qanday huquqlaringiz borligi haqida batafsil gaplashamiz.

Nimani qaytarib bo‘ladi, nimani bo‘lmaydi?

Mahsulotni qaytarish borasida birinchi navbatda shuni bilish kerakki, hamma narsani ham do'konga qaytarib bo‘lmaydi. Masalan, ichki kiyim, kosmetika, dori-darmon, tish cho‘tkasi kabi shaxsiy gigiyena buyumlari qaytarilmaydi. Shuningdek, siz uchun alohida buyurtma asosida tayyorlangan narsalarni ham qaytara olmaysiz.

Ammo kiyim-kechak, poyabzal, idish-tovoq, uy-ro‘zg‘or buyumlari, maishiy texnika kabi ko‘plab mahsulotlar qaytarilishi mumkin — agar ular ishlatilmagan bo‘lsa, birka va plombalari o‘z holicha qolgan bo‘lsa. Agar futbolkaning birkasini olib tashlagan yoki uni bir dazmollab ko‘rgan bo‘lsangiz — endi uni qaytara olmaysiz.

Yoqmagan mahsulotni sabab ko‘rsatmay qaytarish mumkinmi?

Agar oddiy mahsulotlar haqida gap ketayotgan bo‘lsa — masalan, kiyim, poyabzal yoki idish-tovoq — unda sabab ko‘rsatishingiz shart emas. Faqatgina do‘konga borib, “men bu mahsulotni qaytarmoqchiman” deb aytsangiz kifoya.

Lekin murakkab texnik mahsulotlarni — masalan, televizor, fen, kir yuvish mashinasi bilan bunday o‘tmaydi. Bunday mahsulotni qaytarish uchun u nosoz bo‘lishi kerak. Agar jihoz ishdan chiqsa yoki biror boshqa kamchiligi bo‘lsa — siz uni qaytarishingiz, almashtirishingiz yoki ta’mirdan o‘tkazishni talab qilishingiz mumkin.

Qachongacha qaytarish mumkin?

Agar mahsulot sizga yoqmagan bo‘lsa yoki mos tushmagan bo‘lsa, uni xarid qilingan kundan boshlab 10 kalendar kuni ichida qaytarishingiz mumkin. Chegirmadagi yoki aksiyadagi mahsulotlar ham bu huquqdan mustasno emas. Agar mahsulot nosoz bo‘lib chiqqan bo‘lsa, unda uni butun kafolat muddati davomida qaytarish yoki almashtirish mumkin. Kafolat muddati ko‘rsatilmagan bo‘lsa, sizda 6 oy vaqt bor.

Oziq-ovqat mahsulotlari sifatsiz bo‘lib chiqsa — masalan, sut achib qolgan bo‘lsa — uni 24 soat ichida qaytarish huquqingiz bor.

Mahsulotni qaytarish tartibi qanday?

Do‘konga borishdan oldin o‘sha mahsulotni, kassadagi chekni va agar karta bilan to‘lagan bo‘lsangiz — terminal chekini tayyorlab qo'ying. Qadoq yoki firma paketi shart emas, lekin mahsulot birkasi joyida bo‘lishi kerak.

Do‘konda sotuvchiga murojaat qilib, mahsulotni qaytarmoqchi ekaningizni ayting. Mahsulot qaytarilgach, pul qaysi usulda to‘langan bo‘lsa, shunga qarab qaytariladi — karta bilan to‘langan bo‘lsa, kartaga, naqd bo‘lsa, naqd.

Agar do‘kon rad etsa-chi?

Siz 1159 yoki 71-207-48-00 raqamlari orqali Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasiga murojaat qilishingiz mumkin. Yoki murojaat.gov.uz portali orqali shikoyat yuboring.

Ular do‘konga rasmiy bildirishnoma yuboradi va qonun doirasida muammoni hal qiladi. Aksariyat holatlarda iste’molchi tomoni g‘olib chiqadi — shunchaki huquqlaringizni biling va ulardan foydalaning.

nechpul — Oʻzbekistonda nima, qayerda va qancha turishini bilamiz. Obuna boʻling!
04/21/2025, 14:20
t.me/nechpul_uz/665 Permalink
10
1.9 k
04/18/2025, 07:55
t.me/nechpul_uz/661 Permalink
10
1.9 k
04/18/2025, 07:55
t.me/nechpul_uz/662 Permalink
10
1.9 k
04/18/2025, 07:55
t.me/nechpul_uz/663 Permalink
10
1.9 k
Yaxshi ish topdim deb o‘ylagan edingiz-u, natijada — na oylik, na pasport, na uyga qaytish yo‘lisiz, o'zga yurtda qolib ketdingiz. Nodira Saidkarimova bilan birga xorijda ishlash taklifi ortidagi firibgarliklarni qanday aniqlash mumkinligini o'rganib chiqdik.

Xorijda ishga joylashtiradigan rasmiy agentliklar:
📎 Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi
📎 Litsenziyaga ega bo‘lgan xususiy agentliklar

nechpul — Oʻzbekistonda nima, qayerda va qancha turishini bilamiz. Obuna boʻling!
04/18/2025, 07:55
t.me/nechpul_uz/664 Permalink
10
1.9 k
04/18/2025, 07:55
t.me/nechpul_uz/660 Permalink
15
10
1.9 k
04/18/2025, 07:55
t.me/nechpul_uz/659 Permalink
41
5
5.5 k
Hazilmas: biz chindan ham sayt ochdik. Ha, haqiqatan! U ishlayapti, hatto odamlar o‘qiyapti!

Saytni oxirigacha aylantirdingizmi? Eng muhim joyi oxirida.

Qisqacha tushuntiramiz: bizni payme qo‘llab-quvvatlaydi. Shu sababli biz mustaqilmiz — hech qanday "zakaz" maqola, reklamaga o‘rin yo‘q. Faqat sizni o‘ylantirayotgan muhim mavzular bor. Vassalom.

nchpl.uz — brauzerda ham, payme ilovasida ham bor. Ya’ni, to‘lov qiladigan va hayotingizdagi muhim qarorlar qabul qilinadigan joyda — nechpul siz bilan. Biz sizga tushuntiramiz, yo‘l ko‘rsatamiz.

Savol bormi? Taklif, g‘oya, yoki “sizga yordam bera olaman” degan fikr bormi? Yozing: support@nchpl.uz

Shunchaki “zo‘rsizlar” deb yozmoqchi bo‘lsangiz ham bemalol.

nechpul — Oʻzbekistonda nima, qayerda va qancha turishini bilamiz. Obuna boʻling!
04/17/2025, 12:13
t.me/nechpul_uz/658 Permalink
19
2
2.3 k
⚡️❗️Rasman: bizning sayt ishga tushdi!

Endi barcha foydali mavzular — nchpl.uz saytida!

Tarqating va do‘stlaringizga yuboring 👇👇👇
04/17/2025, 12:10
t.me/nechpul_uz/657 Permalink
20
6
2.0 k
Davlat xizmatlariga kirdingiz va buyurtmalaringiz orasida sizga tegishli bo‘lmagan posilkalar turibdi. Chet eldan keltirilgan buyurtmalarning umumiy summasiga qarab, boj to‘lanishi kerakmi yoki yo‘qmi, aniqlanadi. Hozirgi kundagi chegirma, har chorakda 1000$. Agar boshqa birovning buyurtmasi sizniki bilan aralashib qolsa, bu limitdan o‘tib ketish mumkin — va bu holda sizga 30% lik boj to‘lashga to‘g‘ri keladi.

Nega bunday holat yuz beradi va bunday vaziyatda nima qilish kerakligini tushuntiramiz.

Qanday qilib chet eldan posilkalarni ro‘yxatdan o‘tkazish kerak. Chet eldan kelayotgan har bir posilka bojxonadan o‘tadi. U sizning nomingizga ro‘yxatdan o‘tgan va PINFL har bir O‘zbekiston fuqorasi ega bo‘lgan 14 xonali noyob kod bo‘ladi.

Sizning barcha buyurtmangiz davlat xizmatlari ro‘yxatiga kelib tushadi. Avtorizatsiya qilgandan so‘ng shaxsiy kabinetingizdagi "Mahsulot haqida ma’lumot" bo‘limida kirib ko‘rishingiz mumkin.

Chet eldan kelgan posilkalar qanday ro‘yxatga olinadi? Chet eldan kelgan har bir posilka bojxonadan o‘tadi. U sizning ismingiz va PINFL’ingizga rasmiylashtiriladi — bu O‘zbekistondagi har bir fuqaroning 14 raqamli noyob identifikatsiya raqami.

Buyurtmalaringizning ro‘yxatini my.gov.uz portalida shaxsiy kabinetdan, “Mahsulotlar haqida ma’lumot” bo‘limida ko‘rish mumkin.

Nima uchun boshqa odamlarning posilkalarisi sizning buyurtma ro‘yxatingizga tushib qoladi. Ba’zan marketing joylarida bir nechta mayda buyurtmalarni bitta katta qutiga yig‘adi. Bojxona deklaranti shu kutidagi barcha mahsulotlarni xaridorlarning PINFL ga yozib borish kerak, ammo deklarant adashib qolish natijasida barcha qutidagi tanlangan tovar beg‘ona PINFL ga yozib qo‘yiladi va shunday qilib beg‘ona odamlarning posilkasi sizning ro‘yxatingizda bo‘lib qoladi.

Begona posilka sizning ro‘yxatingizga qanday tushib qoladi? Ba’zi hollarda marketpleyslar bir nechta mayda buyurtmalarni bitta katta qutiga joylaydi. Bojxona deklaratori bu qutidagi har bir mahsulotni alohida mijozning PINFL raqamiga yozib chiqishi kerak. Ammo ba’zida deklarator butun qutini faqat bitta odamning PINFL raqamiga biriktirib yuboradi. Natijada — begona buyurtma sizning nomingizda ko‘rinadi.

Qanday qilib o‘z posilkangizni begonanikidan ajratish mumkin? Agar siz tez-tez va ko‘p buyurtma berib, doim aynan sizning zakazingiz to‘g‘ri kelishi haqida qiyinchilik bo‘layotgan bo‘lsa, mana nima qilish kerak:
1️⃣ Paketdagi bosh harflarni tekshirib ko‘ring — ular marketpleysdagi shaxsiy kabinetdagi F.I.O. bilan bir xil bo‘lishi kerak.
2️⃣ Mahsulot narxini solishtiring. Valyuta kursi tufayli biroz farq bo‘lishi mumkin. Lekin narx ancha farq qilsa — bu sizning buyurtmangiz emasdir.
3️⃣ Yukni kuzatuv raqamini solishtiring, u shaxsiy kabinetingizdagi trek nomer raqami bilan to‘g‘ri kelishi kerak.

Buyurtma tarixi qayerdan ko‘riladi? Davlat xizmatlari portalidagi shaxsiy kabinetga kiring, kerakli yilni tanlang — buyurtmalar ro‘yxati ochiladi. Mahsulot nomini bosganingizda, posilka O‘zbekistonga qachon kelgani, qayerdan yuborilgani, narxi, INN va og‘irligi haqida ma’lumotlar chiqadi.

Agar ro‘yxatda begona posilka chiqsa, nima qilish kerak? Bojxona qo‘mitasiga murojaat qiling: +998 55 502 76 00. Qo‘shimcha raqamlar: 74-12, 74-19, 74-21.

Yoki yashayotgan hududingizdagi IIBga murojaat qilib, shaxsiy ma’lumotlar o‘g‘irlangani yoki noto‘g‘ri ishlatilgani haqida ariza yozishingiz mumkin. Arizaga Davlat xizmatlari portalidagi buyurtmalar ro‘yxatining skrinshotini ilova qiling va aloqaga chiqish uchun telefon raqamingizni yozing.

Bunday holatlardan oldini olish mumkinmi? Afsuski, bu sizga bog‘liq emas. Siz faqat o‘zingizning buyurtmalar tarixini tekshirib borishingiz mumkin.

Siz ham buyurtmalar tarixini ko‘rib chiqqanmisiz? Begona posilkalar chiqganmi?

nechpul — Oʻzbekistonda nima, qayerda va qancha turishini bilamiz. Obuna boʻling!
04/15/2025, 14:02
t.me/nechpul_uz/656 Permalink
15
5
2.5 k
Kechagi savdolashish mavzusini davom ettiramiz

Shaharda so‘rovnoma o‘tkazdik — odamlar savdolashish haqida nima deb o‘ylaydi? Axir bu har bir o‘zbekning sevimli mashg‘uloti-ku 😄

nechpul — Oʻzbekistonda nima, qayerda va qancha turishini bilamiz. Obuna boʻling!
04/15/2025, 10:39
t.me/nechpul_uz/655 Permalink
19
2.7 k
04/14/2025, 16:11
t.me/nechpul_uz/651 Permalink
24
3.2 k
Chegirma so‘rash ba’zida noqulay tuyuladi — lekin aslida unday emas. Savdolashish nafaqat mumkin, balki kerak: bu madaniyatimizning bir bo‘lagi bo‘lib, tejamkorlikning eng zo‘r yo‘li. Mana sizga chegirma olishga yordam beradigan 5 ta oddiy maslahat.

Sizda qanaqa usullar ishlaydi? Izohlarda bo‘lishing – bir-birimizdan o‘rganib boramiz.

nechpul — Oʻzbekistonda nima, qayerda va qancha turishini bilamiz. Obuna boʻling!
04/14/2025, 16:11
t.me/nechpul_uz/654 Permalink
19
2.8 k
04/14/2025, 16:11
t.me/nechpul_uz/653 Permalink
19
2.7 k
04/14/2025, 16:11
t.me/nechpul_uz/652 Permalink
19
2.7 k
04/14/2025, 16:11
t.me/nechpul_uz/650 Permalink
30
19
2.6 k
04/14/2025, 16:11
t.me/nechpul_uz/649 Permalink
40
224
11 k
😎 Mana, kunlar ham isib ketdi, hademay jazirama yoz. Demak, tonirovka mavzusi yana dolzarb.

Umuman, tonirovka qoidalarini yaxshi bilish kerak. Bitta qoidasini buzdingizmi — 9 375 000 so'm jarima to'laysiz.

Siz uchun batafsil qo'llanma tayyorladik. Unda tonirovka narxlari, plyonka tanlash, ruxsatnoma olish kabi mavzular yoritilgan.

Obuna bo‘lishni esdan chiqarmang! Bu kanalda foydali kontent Toshkentdagi tirbandliklardan ham ko‘p bo‘ladi.

Mana shu havola orqali o'qing:
https://www.nchpl.uz/posts/tonirovka
04/11/2025, 14:43
t.me/nechpul_uz/648 Permalink
Search results are limited to 100 messages.
Some features are available to premium users only.
You need to buy subscription to use them.
Filter
Message type
Messages
Find similar avatars
Channels 0
High
Title
Subscribers
No results match your search criteria