Your trial period has ended!
For full access to functionality, please pay for a premium subscription
Channel age
Created
Language
Uzbek
0.16%
ER (week)
2.39%
ERR (week)

Soʻz. Tahrir. Savodxonlik.

Reklama boʻyicha:

👉 is.gd/elonlar

Messages Statistics
Reposts and citations
Publication networks
Satellites
Contacts
History
Top categories
Main categories of messages will appear here.
Top mentions
The most frequent mentions of people, organizations and places appear here.
Found 108 results
OR
Orif Tolib
11 730 subscribers
10
1.7 k
04/24/2025, 09:45
t.me/oriftolib/4339
OR
Orif Tolib
11 730 subscribers
9
1.7 k
04/24/2025, 09:45
t.me/oriftolib/4338
OR
Orif Tolib
11 730 subscribers
9
1.7 k
04/24/2025, 09:45
t.me/oriftolib/4336
OR
Orif Tolib
11 730 subscribers
34
9
1.6 k
Yangi Oʻzbekiston universitetida yangilangan “Til va adabiyot taʼlimi” jurnali taqdimoti boʻlib oʻtyapti.

Jurnalning mazmun-mundarijasi ham, dizayni ham oʻzgargan. Ilmiy jurnal deganda koʻpincha tigʻiz matn, bir xil qolipdagi sahifalar koʻz oldimizga keladi. “Til va adabiyot taʼlimi” ana shu qarashni oʻzgartirish, ilmni oddiy oʻquvchilarga yaqinlashtirish yoʻlidan boribdi.

Jurnal sahifalari:
@TAT_jurnal
tilvaadabiyot.uz

@oriftolib | Boshqa sahifalarimiz
04/24/2025, 09:45
t.me/oriftolib/4335
OR
Orif Tolib
11 730 subscribers
9
1.7 k
04/24/2025, 09:45
t.me/oriftolib/4337
OR
Orif Tolib
11 730 subscribers
Repost
8
1.8 k
04/16/2025, 07:02
t.me/oriftolib/4332
OR
Orif Tolib
11 730 subscribers
Repost
89
8
1.5 k
Kecha hayotimdagi eng quvonchli voqealardan biri bo‘ldi. Turkiy dunyoning katta shoiri Yo‘ldosh Eshbekka ikki xonali uy sovg‘a qilindi.

Ramazon oyining so‘nggi kunlari "O‘zbek katta el...mi?" degan savol ostida yalpi xayriya harakati boshlanib ketgan edi. Beixtiyor, birdaniga... O‘zim ham shoshib qoldim, ochig‘i.

Ming so‘mdan bir necha million so‘mgacha mablag‘ kelib tushishda davom etmoqda. (Savob iqtisodiy mezonlarda o‘lchanmasligi, bir g‘isht qo‘ygan butun binoni qurgandan ham ziyoda ko‘rilishi mumkin.) “Akademnashr” nashriyoti Yo‘ldosh Eshbek tarjimasi bilan chiqqan “Turk she’riyati antologiyasi”ning 690 donasini xayriya uchun ajratdi. Shu paytgacha misqollab yig‘ilgan summa 90 million so‘mga yaqinlashdi.

Yaxshi odamlar Yo‘ldosh akaning sog‘lig‘i bilan alohida shug‘ullanmoqda. Dori-darmon bilan ta’minlab turishibdi. Ba’zilar o‘z ota-onasiga ham bunday qaramaydi, rosti.

Xayrli ishga daxldor bo‘lish istagini bildirganlar, jonkuyar yurtdoshlarimizdan tortib yuqori doira vakillarigacha biz bilan bog‘landi. Bir necha yo‘nalishlarda katta marralarni ko‘zlab harakat boshlandi. Ular orasida tadbirkor Marat Hamdamov hammadan o‘zib ketdi (lekin boshqalar shu bilan bo‘ldi, deya qo‘l siltab ketmasligidan umidvorman).

Kecha O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida Yo‘ldosh Eshbekka “Sergeli city” majmuasidan ikki xonali uy hujjatlari topshirilibdi. Eshitib behad quvondim. Nasib etsa, sentabr oyida shoirni oilasi bilan birga yangi uyga ko‘chirib o‘tkazamiz. Shu ishga bosh qo‘shganlarning barchasini, xususan, Marat Hamdamov, Mahmud Namozovni olqishlayman. Siz ham duo qiling!

Aytgancha, shanba kuni “Til va adabiyot ta’limi” jurnali uchun Ernest Kurtveliyev, Akmal Murod, Orzu A’zam bilan birgalikda Yo‘ldosh Eshbekni maxsus fotosyomka qildik. Suratlar jurnal bisotidan.

🗄Farrux Jabborbek
04/16/2025, 07:02
t.me/oriftolib/4330
OR
Orif Tolib
11 730 subscribers
Repost
8
1.8 k
04/16/2025, 07:02
t.me/oriftolib/4331
OR
Orif Tolib
11 730 subscribers
37
18
3.3 k
​​Boburdan rang olgan Baburin…

Kuni kecha mashhur rus yozuvchisi Ivan Turgenevning “Punin va Baburin” qissasini oʻqib chiqdim. 1874-yilda yozilgan ixchamgina asarda voqealar qadimiy dvoryanlar mulkiga egalik qiluvchi boy pomeshchik ayolning oʻn ikki yoshli nabirasi Petya Baburin va uning doʻsti Punin atrofida sodir boʻladi.

Rus manbalarida bu familiyaning kelib chiqishi va maʼnosi haqida bir qancha taxminlar mavjud ekan. Ajablanarlisi, aksariyat adabiyotlarda Baburin atamasi ildizlari forschada yoʻlbars maʼnosini anglatuvchi Bobur Mirzo ismiga bogʻlanishi bayon qilinadi. Ammo nazariyalar bu bilan cheklanib qolmaydi. Yana bir versiyaga koʻra, Baburin Bobur ismiga kichraytma va erkalash shakli qoʻshimchasi qoʻshilishdan hosil boʻlgan. Shu tariqa Bobur – Baburinga, Baburina esa ayollarga nisbatan qoʻllanadigan familiyaga aylangan.

Yana bir manbada bu ismning ruslar orasida paydo boʻlishi Markaziy Osiyodan kirib borgan turkiy qabilalar bilan bogʻliq ekani aytiladi. Ayrim atamashunoslar esa Baburinning Bobrov ismi bilan aloqasi bor deb hisoblab, uni qunduz bilan bogʻlasa, yana bir versiyaga koʻra, Baburin Babura laqabidan kelib chiqqan boʻlib, rus shevalaridagi buvi, kapalak, achchiq qoʻziqorin, oshiq oʻyini uchun suyak, toshbaqa baliq kabi soʻzlardan yasalgan boʻlishi mumkin. Ushbu nom Tula hududlarida ishlatilgan бабурить – gapirmoq feʼlidan kelib chiqqan degan taxminlar ham bor…

Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Pirimqul Qodirov “Avlodlar dovoni” romanida Baburin atamasi tarixiga oid qiziq faktlarni keltirib oʻtadi. Unga koʻra, baburin atamasining kelib chiqishi Boburning Moskoviyaga joʻnatgan elchisi Xoʻja Husayn bilan bogʻliq.

Bobur Elmurodov maqolasidan

👉 Toʻliq oʻqish

@oriftolib | Boshqa sahifalarimiz
04/15/2025, 16:42
t.me/oriftolib/4329
OR
Orif Tolib
11 730 subscribers
149
20
2.2 k
Aniqlovchining oʻrni aniq boʻlsin

#Amaliyot

Prezident qarori bilan kam ta’minlangan oilalarga elektr va gaz bo‘yicha kompensatsiya beriladi.

Shunaqa sarlavhali xabarlar tarqaldi. Kulgili. Oilalar prezident qaroriga asosan kam ta’minlanganmi?

Gapda aniqlovchi sifatdosh bilan ifodalansa, undan oldingi to’ldiruvchiga bog’lanib qoladi.

Ayni holatda “Prezident qarori bilan” kerak emas. Juda ishlatgingiz kelsa, oilalarga so’zidan keyin qo’ygan yaxshi:

Kam ta’minlangan oilalarga Prezident qarori bilan elektr va gaz bo‘yicha kompensatsiya beriladi. ✅

Manba: Farrux Jabborbek

@oriftolib | Boshqa sahifalarimiz
04/13/2025, 14:00
t.me/oriftolib/4328
OR
Orif Tolib
11 730 subscribers
49
8
2.2 k
Ismaloqni istamoq

Istaraligina ismaloq degan soʻzimiz turganda koʻpincha shpinat soʻzini qoʻllaymiz. Shpinat tilimizga ruschadan oʻzlashgan. Ruschaga esa nemischadan oʻtgan. Shajarasi nemischadan qadimgi fransuz tiliga, undan eski oksitan, undan katalan, soʻng arab, keyin esa fors tiliga borib yetadi. Forscha isfinoj togʻ-u toshlar, turfa el va tillar oralab oʻtib, shpinatga aylangan.

Mutaxassislar Markaziy Osiyo va Afgʻonistonni bu sabzavotning vatani deb hisoblaydi. Ayrimlarga koʻra esa, u Eron yoki Kavkazdan tarqagan.

Ismaloqning yangi chiqqan bargidan somsa, manti kabi taomlar tayyorlanadi, u ovqatga ham solinadi.

Ismaloq – turkiy soʻz. Uning ildizi qadimgi turkiy tildagi ismoq – hid taratmoq feʼliga borib taqaladi. Ismaloq – hid taratib turuvchi koʻkat demak. Bugungi tilimizdagi is, iskamoq, isiriq soʻzlari ismaloq bilan oʻzakdosh.

@oriftolib | Boshqa sahifalarimiz
04/11/2025, 20:35
t.me/oriftolib/4326
OR
Orif Tolib
11 730 subscribers
Repost
64
12
2.1 k
#hikoya

Bo‘lgan gap

Kecha institutga hujjat topshirgani bordim. O‘sha yerda Dildorani uchratdim. Yuragimning tub-tubidagi ismsiz dardlar qayta bosh ko‘tardi, uch yil oldingi sirli-sehrli xotiralar tasavvurimda asta-sekin jon­­landi.

Go‘yo yam-yashillikka, nurga ko‘milgan moviy diyorga tushib qolganday edim. Biroq to‘satdan turgan shid­datli shamol hamma narsani ag‘dar-to‘ntar qilib yubordi, menga uch asrday tuyulgan uch yil mobaynida asrab-avaylab yurgan tuyg‘u-xayollarim o‘t tushgan so­mon g‘aramidek lahzada yonib kul bo‘ldi. Ulardan alam-iztirob kuligina qoldi, xolos…

🔗batafsil


📱Telegram 📱Instagram
📱Veb-sayt 📱Facebook
04/10/2025, 20:01
t.me/oriftolib/4325
OR
Orif Tolib
11 730 subscribers
48
20
2.5 k
​​“Duch” bilan “duchor”ning, “ancha” bilan “anchayin”ning farqi bor

Yozuvchilar, olimlar, jurnalistlarning ijodiy faoliyati davomida tilga yangi soʻz va ifoda shakllari koʻp kirib keladi. Ilmda bular neologizm deyiladi. Biroq har qanday neologizm ham tilni boyitib, ijobiy hodisa boʻlavermaydi. Qalamkashlar baʼzan soʻzning tub maʼnosini bilmasligi yoki oʻzi yuklamoqchi boʻlgan yangi maʼnoni ifoda etadigan boshqa bir soʻz borligidan bexabar boʻlishi ham mumkin ekan.

Shoirlarimizdan biri yozadi:

Qadim tiyin topsak, quvonar edik,
Nogoh xazinaga kelgandek duchor.
Endi-chi? Million-million oʻpirib,
Na nomus qilamiz va na undan or.

Oʻzbek tilida xazinaga… duchor kelinmaydi, duch kelinadi! Baloga, qirgʻinga, yomonliklarga duchor kelish desa, boshqa gap. Duch bilan duchor soʻzlaridagi shakliy va maʼnoviy yaqinliklarni farqlash oʻrniga ularni qorishtirish nomaqbul neologizmni yuzaga chiqargan. Yoki shu toʻrtlikdan yana bir misol: millionlab pulni oʻmarish mumkin, oʻpirib boʻlmaydi, toshqin suv esa qirgʻoqlarni oʻpiradi, oʻmarmaydi!.. Nainki, xalq tilini xalq shoiridan himoya qilishga toʻgʻri kelsa?

Hozirgi kunda soʻzlarga oʻzgacha maʼno yuklash, soʻz bilaman deb koʻkrakka urish kasali avj oldi. Nafaqat oddiy jurnalistlar, hatto yozuvchilarning asarlarida ham gʻalat ifoda shakllari bodrab ketdi.

Ancha degan soʻz bor. Xiyla, koʻpgina degani. Ammo dilidagi tuygʻular toʻlib-toshib ketgan palla baʼzi qalamkashlar anchaga qanoat qilmay, uning maʼnosini yanada orttirish maqsadida anchayinni qoʻllashadiki, bu aldoqchi shakldir, chunki anchayin ancha degani emas. Aksincha, shuning teskarisini – shunchaki, arzimas degan maʼnolarni bildiradi.

Zuhriddin Isomiddinov
“Ne qilayin sening bila, ey til…” maqolasidan

@oriftolib | Boshqa sahifalarimiz
04/10/2025, 09:00
t.me/oriftolib/4324
OR
Orif Tolib
11 730 subscribers
30
9
2.3 k
Shamolga sovurilgan parlar

Tili yomonligi bilan mashhur bir kishi donishmandning oldiga kelib maslahat soldi:

– Hamma tilimni tiya olmasligimni gapiradi, hatto igʻvogar deb ot ham qoʻyib olishgan. Toʻgʻrisini aytganda, hayotim davomida tilimga erk berib yashadim. Oʻylamay gapirgan gaplarimni qanday qilib zararsizlantirsam boʻladi, bu holni tuzatishning iloji bormi?

Donishmand javob berdi:

Manavi partoʻshakni olib, eng baland tomga chiq va uni shamolda toʻzgʻitib yubor. Keyin mening yonimga kel, seni kutib turaman.

Boyagi kishi bu topshiriqni tezlik bilan bajardi va bundan xursand boʻlib, oʻziga ishonchi ortib donishmandning oldiga keldi:

– Boʻldimi, hamma xatolarimni tuzatdimmi?

– Yoʻq, – dedi donishmand, – bu hali boshlanishi edi xolos. Endi borib barcha parlarni bitta qoʻymay terib kel.

Odam donishmandga hayron qarab qoldi, soʻng bu darsdan kelajak hayotiga yaxshi bir saboq oldi.

👉 Ibratli hikoyalardan

@oriftolib | Boshqa sahifalarimiz
04/10/2025, 04:30
t.me/oriftolib/4323
OR
Orif Tolib
11 730 subscribers
16
10
1.9 k
HALI BUNAQASI BOʻLMAGAN. 😱

ESSE haqidagi siz bilmagan , lekin bilishingiz kerak boʻlgan ajoyib dars bugun soat 2⃣0⃣⏏️3⃣0⃣da boʻlib oʻtadi.

Agar darsda qatnashmasangiz Essedagi siz bilamagan xatolarni toʻgʻirlay olmaysiz.

Esse darsi:
⏰Vaqti 🔢🔢
🛜Manzil:
@ONA_TILI_MILLIY_SERTIFIKATI


Darsda qatnashish uchun ushbu postni maksimal darajaga hamkasblarga va ona tiliga oid guruhlarga joʻnating.

❤️❤️❤️
🏳Essening kirish qismini toʻgʻri yozish boʻyicha oʻquv qoʻllanma dars soʻngida BEPUL beriladi.

Milliy Sertifikat uchun maxsus kanal
❤️@ONA_TILI_MILLIY_SERTIFIKATI
❤️@ONA_TILI_MILLIY_SERTIFIKATI
04/09/2025, 18:31
t.me/oriftolib/4322
OR
Orif Tolib
11 730 subscribers
41
59
2.3 k
​​Tahrirni qanday oʻrganish mumkin – eng muhim 8️⃣ tavsiya

Koʻpchilikni qiziqtiradigan, tez-tez soʻraladigan savolga qisqacha javob berishga harakat qilaman. Eng muhim jihatlarni sanab oʻtaman.

1️⃣ Tilga oid qoidalarni puxta oʻrganing

Grammatika, imlo va punktuatsiya – tahrirning poydevori. Oʻzbek tilining asosiy imlo qoidalari va punktuatsiya qoidalarini sinchiklab oʻrganing. Tilga oid darslik va qoʻllanmalarni oʻqib chiqing. Soha mutaxassislarining sahifalarini kuzatib boring.

2️⃣ Uslub va janr xususiyatlarini oʻrganing

Rasmiy, ilmiy, badiiy, publitsistik yoki axboriy uslubdagi matnlar bir-biridan farq qiladi. Uslubiyatga oid kitoblar va maqolalarni oʻqing, ulardagi misollarni tahlil qiling.

3️⃣ Tanqidiy fikrlang

Kitob, maqola, blogpost, yangiliklar – turli janrlardagi matnlarni oʻqiganda gap tuzilishi, soʻzlarning qoʻllanishi, fikr qanday yetkazilayotgani, matn ohangi kabilarga eʼtibor qarating. Matnning sifatiga baho bering, yutuq va kamchiliklarini aniqlang.

4️⃣ Yozing va tahrir qiling

Yaxshi yoza olgan kishigina yaxshi tahrir qila oladi. U xuddi futboldagi oʻynovchi murabbiyga oʻxshaydi. Har kuni qisqa matnlar, masalan, xatlar, postlar, maqolalar yoki hikoyachalar yozing. Ularni bir necha kundan keyin qayta koʻrib chiqing, xatolarini topish va tuzatishga harakat qiling.

5️⃣ Tahlil qiling va solishtiring

Agar topa olsangiz, professional muharrirlar tuzatgan matnlarni eʼtibor bilan oʻrganing: nima oʻzgargan, nima uchun oʻzgargan, qanday variantlar taklif qilingan? Bunday kuzatuv muharrir kabi fikrlashni rivojlantiradi.

6️⃣ Texnologiya imkoniyatlaridan unumli foydalaning

Shaxsiy tajribamga tayanib aytishim mumkin: hatto professional muharrir-musahhihlar orasida ham dastur va platformalarni samarali ishlata olmaydiganlar uchrab turadi. Microsoft Word, LibreOffice Writer, Google Docsning tahrir imkoniyatlarini oʻrganing, Tahrirchi kabi onlayn vositalardan foydalaning. Elektron lugʻatlarni ishlating.

7️⃣ Ustoz koʻrganga yetmaydi

Tajribali muharrir bilan bevosita shugʻullanish imkoni boʻlsa, nur ustiga nur. Mabodo imkoni boʻlmasa, fikr-tavsiya olishga harakat qiling. Turli loyihalarda koʻngilli sifatida qatnashing. Volontyorlikda pul topmasligingiz mumkin, lekin unda baʼzan pul bilan ham topib boʻlmaydigan hayotiy tajribani qoʻlga kiritasiz.

8️⃣ Irodali boʻling

Tahrir malakasi bir kunda shakllanmaydi. Muntazam oʻrganish va mashq qilish kerak. Har bir xatoni yangi saboq, har bir tahrirni yangi bosqich deb hisoblang. Toʻxtab qolmang.

👉 Toʻliq oʻqish

@oriftolib | Boshqa sahifalarimiz
04/09/2025, 08:50
t.me/oriftolib/4321
OR
Orif Tolib
11 730 subscribers
63
19
1.8 k
​​Murakkab sifatli joy nomlari qanday yoziladi?

Savol:
Janubiy-sharqiy Osiyo qanday yoziladi? Janubiy-Sharqiy Osiyomi yoki Janubiy-sharqiy Osiyo? Gap oʻrtasida ham bosh harfda yozish kerakmi?

Javob:
Joy nomlari boshida juft tarkibli sifat kelsa, uning birinchi soʻzi bosh harfda yoziladi. Masalan:

Janubi-sharqiy Osiyo, Janubi-gʻarbiy Osiyo, Shimoli-sharqiy Qozogʻiston, Shimoli-gʻarbiy Yevropa.

Bugun darsda Janubi-gʻarbiy Osiyo mamlakatlari iqtisodiyotini oʻrgandik.

❗️ Eʼtibor bering, geografik joylashuvni bildiruvchi bunday birikmalarning birinchi qismidagi soʻz janubiy, shimoliy shaklida boʻlmaydi, y harfi tushirib qoldiriladi: janubi, shimoli.

Agar birikma joy nomi tarkibida boʻlmasa, kichik harfda yoziladi:

Osiyoning janubi-sharqi, Osiyoning janubi-gʻarbi, Qozogʻistonning shimoli-sharqi, Yevropaning shimoli-gʻarbi.

📌 Demak:

Janubi-sharqiy Osiyo, Osiyoning janubi-sharqi ✅

Janubi-Sharqiy Osiyo, janubi-sharqiy Osiyo, Janubiy-sharqiy Osiyo, Janubiy-Sharqiy Osiyo, janubiy-sharqiy Osiyo, Osiyoning Janubi-sharqi, Osiyoning janubi-Sharqi, Osiyoning Janubi-Sharqi ❌

@oriftolib | Boshqa sahifalarimiz
04/05/2025, 09:00
t.me/oriftolib/4320
OR
Orif Tolib
11 730 subscribers
29
4
1.9 k
Munchoq kabi qoragʻat

Bu rezavor mevaning koʻproq ruscha nomini ishlatamiz, ilmiy va ilmiy-ommabop adabiyotlarda ham smorodina atamasi nisbatan koʻp uchraydi. Ammo oʻzbekchasi ham ommaga notanish emas. Qoragʻat yovvoyi holda togʻli hududlarda butazorlar orasida, soylarda, togʻ yonbagʻirlarida oʻsadi. Bu meva yurtimizda maxsus yetishtiriladi ham. Qalamchalaridan yoki parxish – novdani yerga koʻmish usulida koʻpaytiriladi. Boshqa koʻplab rezavor oʻsimliklar kabi simbagʻazlarga koʻtarib oʻstiriladi.

Mevasi mayda va yumaloq boʻladi. Tillarang va qizil qoragʻat donalari billur munchoqqa oʻxshab ketadi.

Qoragʻatni turkiy xalqlar turlicha nomlangan. Qirgʻiz, qozoq, boshqird, ozar qardoshlar xuddi biz kabi qoragʻat variantidan foydalansa, turklar farang uzumi, tatarlar qarligʻan, qirimtatarlar esa toʻrgʻay uzumi deya ataydi.

@oriftolib | Boshqa sahifalarimiz
04/03/2025, 09:00
t.me/oriftolib/4319
OR
Orif Tolib
11 730 subscribers
Repost
7
2.0 k
04/02/2025, 17:03
t.me/oriftolib/4318
OR
Orif Tolib
11 730 subscribers
Repost
7
2.0 k
04/02/2025, 17:03
t.me/oriftolib/4317
OR
Orif Tolib
11 730 subscribers
Repost
146
7
1.9 k
Bugun turkiy dunyoning katta shoirlaridan biri, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi, sobiq yotoqxonaning oshxonasida (бывший общежитиенинг кухнясида) yashayotgan Yoʻldosh Eshbekni yoʻqladik.

Koʻzlari koʻrmay qolibdi. Yostiqday kitobni koʻrsatib, yarmigacha tarjima qilishga ulgurdim, ishim chala qoldi, deb oʻkindi. Yangi sheʼrlarini ham qogʻozga tushirishga qiynalyapti ekan.

Turnakoʻz buloq qaynab yigʻlashi haqida sheʼr oʻqib berdi. Oʻzi yarmini olib chin dunyoga ketishi, yarmini esa yolgʻon dunyoga qoldirishi haqidagi sheʼri...

Nima deyishga ham hayronman. Boringlar, xabar olinglar, desammi. Davolataylik, chogʻroq uy olib beraylik, desammi. Oʻzbek katta el...mikan?

🗄Farrux Jabborbek
04/02/2025, 17:03
t.me/oriftolib/4316
OR
Orif Tolib
11 730 subscribers
Repost
49
7
2.5 k
Xalqaro bolalar kitoblari kuni bilan!

Bolonya bolalar kitob koʻrgazmasida ishtirok etib olgan xulosam shu boʻldiki, bolalar adabiyotini rivojlantirish uchun bizga avvalo yirik, sogʻlom raqobat muhitiga ega bolalar adabiyoti bozori kerak.

Bolonya kitob koʻrgazmasi madaniy tadbirdan koʻra koʻproq bozorga oʻxshaydi. Bunda noshirlar, agentliklar million dollarlik bitimlar tuzishadi. Oʻzaro raqobatlashadi. Raqobat boʻlgan joyda esa albatta sifat boʻladi, mualliflar yaxshi qalam haqi oladi, oʻz-oʻzidan kitobxonlik rivojlana boshlaydi.

Oʻylaymanki, hozirda bizning ayni shunday bozorga ehtiyojimiz bor. Sohani koʻp daromad olib keladigan, muallif, noshir va oʻquvchi mafaat topadigan maydonga aylantirish haqida oʻylashimiz kerak.

Yana bir bor bayram bilan!

P.S
Bugun albatta kitob sotib oling :)

@bolalar_yozuvchisi
04/02/2025, 13:25
t.me/oriftolib/4312
OR
Orif Tolib
11 730 subscribers
Repost
7
2.5 k
04/02/2025, 13:25
t.me/oriftolib/4314
OR
Orif Tolib
11 730 subscribers
Repost
7
2.6 k
04/02/2025, 13:25
t.me/oriftolib/4313
OR
Orif Tolib
11 730 subscribers
140
9
1.5 k
Assalomu alaykum.

Ramazon hayiti qutlugʻ boʻlsin! Xonadoningiz fayz-u baraka, quvonchga toʻlsin. Alloh taolo yaxshi niyatlaringizga ortigʻi bilan yetkazsin.

@oriftolib | Boshqa sahifalarimiz
03/30/2025, 08:00
t.me/oriftolib/4311
OR
Orif Tolib
11 730 subscribers
Repost
20
9
2.3 k
🟢🟢🟢🟢🟢

🎉 «Hilol dasturlari»dan Ramazon chegirmasini kutib oling!

🤩 «Tafsiri Hilol» va «Oltin silsila» ilovalarida barchasi 7000 soʻmdan;
«Odoblar xazinasi», «Qurʼon oʻqitish usullari» va «Hilol eBook» ilovalaridagi barcha elektron va audiokitoblarni atigi 3000 soʻmdan xarid qilishga ulgurib qoling!

📆 Chegirma bor-yoʻgʻi 15 kun, ya’ni 15-martdan 31-martgacha davom etadi! Barcha yaqinlaringizni chegirmadan boxabar qilib qoʻying.

⌛️ Shoshiling, Ramazon oyida ilm ulashishga ulgurib qoling!

👇 Murojaat uchun: @hilol_support_bot

📱 @hiloldasturlari
03/28/2025, 09:40
t.me/oriftolib/4307
OR
Orif Tolib
11 730 subscribers
89
13
3.4 k
Juda iliq havo qanaqa boʻladi?

#Amaliyot

Xatosi bor jumlani qadamma-qadam tuzatamiz:

Hafta davomida juda havo iliq boʻlishi kutilmoqda ❌
Hafta davomida havo juda iliq boʻlishi kutilmoqda ✅

Bu oʻrinda soʻzni yanglish oʻrinda qoʻllash bilan bogʻliq xato tuzatildi.

Endi ikkinchi xatoni tuzatamiz. Juda iliq degan ibora toʻgʻrimi oʻzi? Iliq soʻzi biroz, sal-pal issiqni bildiradi. Juda ravishi haddan tashqari, ortiq darajada ekanlikni anglatadi, uni biroz, sal-pal sifati bor soʻzga nisbatan ishlatish mantiqan toʻgʻri emas. Juda iliq deyish oʻrniga shunchaki issiq deyish yetarli va toʻgʻri.

📌 Demak:

Hafta davomida havo issiq boʻlishi kutilmoqda ✅✅

@oriftolib | Boshqa sahifalarimiz
03/17/2025, 12:40
t.me/oriftolib/4306
OR
Orif Tolib
11 730 subscribers
15
14
2.1 k
Savodxonlik testlari

Imlo boʻyicha bilimlarimni sinayman deganlar kanalda eʼlon qilingan testlar bilan tanishishi va yechishi mumkin.

6-qism

🔹 Joʻmard, jumard
🔹 Momaqaymoq, momoqaymoq
🔹 Tinch okean, Tinch okeani
🔹 Simtoʻr, sim toʻr
🔹 Momotaloq, momataloq, moʻmataloq
🔹 Loxas, lohas
🔹 Jonzot, jonzod
🔹 Pulli yoʻl, pullik yoʻl
🔹 Guvullamoq, guvillamoq
🔹 Sazovar, sazovor
🔹 Zugʻum, zoʻgʻim
🔹 Xush kayfiyat, hush kayfiyat
🔹 Tamoq, tomoq
🔹 Tojmahal, Toj Mahal
🔹 Qorongʻilik, qorongʻulik

Oldingi qismlari:
👉 1-qism
👉 2-qism
👉 3-qism
👉 4-qism
👉 5-qism

@oriftolib | Boshqa sahifalarimiz
03/17/2025, 08:05
t.me/oriftolib/4305
OR
Orif Tolib
11 730 subscribers
55
35
3.0 k
Sunʼiy idrokning savodxonlik darajasi qanday?

Tahrirchi jamoasi @oriftolib, @xatoliklar, @tahrir_uz va @tahrirchi_uz kanallaridagi savodxonlik testlarini yigʻib, turkumlabdi va sunʼiy idrok modellariga yechtiribdi.

Googleʼning Gemini 2.0 Pro Experimental moduli 63,03 foiz bilan birinchilikni qoʻlga kiritgan boʻlsa, GPT-4o 62,87 foiz bilan ikkinchi oʻrinni egallagan. Keyingi oʻrinlarda Gemini 2.0 Flash va Claude 3.7 Sonnet modellari.

Yuqorida sanalgan telegram kanallarning oʻquvchilari umumiy hisobda 58,94 foiz koʻrsatkichga erishgan. Yaʼni ayni paytda toʻrtta SI modeli odamlardan yaxshiroq natijaga erishyapti.

SI modellari oʻzbek tilida hali u qadar kuchli emas. Tahrir masalasida ancha orqada. Lekin shu ketishda tez orada odamlarni ortda qoldirishi hech gap emas.

@oriftolib | Boshqa sahifalarimiz
03/16/2025, 11:30
t.me/oriftolib/4304
OR
Orif Tolib
11 730 subscribers
28
4
2.0 k
Yertut yerda oʻsadigan tut emas

Ruslar земляника deb ataydigan rezavor mevaning oʻzbekchasi – yertut. Yerga yaqin joyda meva solgani uchun ruslar unga shunday nom bergan. Yertut aslida qulupnayning kichikroq bir turi. Yer bagʻirlab oʻsgani va mevasi tutga oʻxshab ketgani uchun oʻzbekchada yertut deb atalgan boʻlishi mumkin.

Koʻp adabiyotlarda yertut va qulupnay sinonim sifatida qoʻllanadi.

2022-yili dunyoda 9,6 million tonna qulupnay yetishtirilgan. Uning 35 foizi Xitoy hissasiga toʻgʻri keladi, yirik yetishtiruvchilar qatorida AQSH va Turkiya ham bor.

@oriftolib | Boshqa sahifalarimiz
03/15/2025, 13:45
t.me/oriftolib/4303
OR
Orif Tolib
11 730 subscribers
61
16
3.1 k
​​Oʻngingdan chapingga boqqancha boʻlmas

Husan Karvonlining “Oʻng bilan chapning farqi yoki nochor tarjimani oʻnglasa boʻladi(mi?)” sarlavhali maqolasini oʻqiganimga oʻn yildan oʻtibdi. Meni anchagina taʼsirlantirgani uchun mazmun-mohiyati hali ham yodimda. Unda atoqli turkman shoiri Maxtumqulining bir bayti tarjimasi haqida gap boradi:

Yuz yil yashab, tushsang ajal qoʻliga,
Chapingdan oʻngingga boqqancha boʻlmas.

Misradagi chapingdan oʻngingga iborasi xato oʻgirilgan, toʻgʻrisi oʻngingdan chapingga boʻlishi kerak. Nega?

Oʻngingdan chapingga shaklida oʻgirish asliyatga mos tushadi:

Ýüz ýaşaýyp düşseň ajal eline,
Sagyňdan soluňa bakança bolmaz.

Boshqa koʻplab mumtoz adiblar kabi Maxtumqulining ijodiga ham Islom dini katta taʼsir koʻrsatgan, chuqur singgan edi. Bu misrada umrning qisqaligi namoz soʻngida oldin oʻng, soʻng chapga beriladigan salom orasidagi vaqtga qiyoslanyapti. Goʻzal va hayotiy oʻxshatish. Maqolada bu tashbehga asos boʻlgan hadis borligi haqida ham aytiladi.

👉 Maqolani oʻqish

@oriftolib | Boshqa sahifalarimiz
03/15/2025, 07:00
t.me/oriftolib/4302
OR
Orif Tolib
11 730 subscribers
Repost
16
4
1.7 k
Turk tilini umuman bilmaysizmi?

🗓 Sertifikat olishingiz kerak, lekin turk tili oʻrganishni hali ham boshlamadingizmi? Unda sizga birinchi yarim yillikdagi oxirgi til bilish imtihonining may oyida boʻlishini eslatib qoʻyaylik.

📌 Demak, turk tilini o'rganish uchun sizda atiga 2 oy vaqt qoldi. Lekin qanday qilib 2 oyda turk tilini B2 darajasida o'rganish mumkin?

Aynan ushbu savolga javob berish uchun 13-mart kuni "Turk tili 2 oyda" nomli vebinar tashkil qilyapmiz.

🤩 Ushbu vebinarimizda qanday qilib qisqa muddatda 0 dan B2 darajasiga erishish mumkinligi haqida kerak bo'ladigan bilimlarni ulashamiz. Eng muhimi ushbu texnikalar oldin ham sinovdan o'tgan.

🗓 13-mart
⏰ Soat 20:00
📌 Yopiq telegram kanalida

Ushbu vebinarimiz bo'ladigan yopiq kanalga qo'shilish uchun quyidagi havola ustidan bosing:

👉 Kanalga qo'shilish
03/12/2025, 09:34
t.me/oriftolib/4300
OR
Orif Tolib
11 730 subscribers
36
6
2.1 k
Nafis chayqalayotgan naʼmatak

Oybek domlaning “Nafis chayqaladi bir tup naʼmatak” deb boshlanuvchi mashhur sheʼri bor. Naʼmatak – guli xushboʻy buta. Ana shu buta qizil meva tugadi. Mevasi dorivor, uni hozir kichik dorixonalardan ham bemalol topish mumkin.

Kundalik turmushda naʼmatak soʻzini emas, ruscha nomi – shipovnikni ishlatamiz. Bu oʻsimlikning koʻpchilik bilmaydigan oʻzbekcha nomi bor – itburun. Mevasining tuzilishi it tumshugʻiga oʻxshagani sabab shunday ot qoʻyilgan boʻlishi mumkin. Qirgʻiz, qozoq, turkman, qirimtatar va tatarlar ham uni shunday ataydi. Turklar esa qushburni deb nomlagan. Itburun atamasi naʼmatakning mevasi choʻzinchoq turiga nisbatan qoʻllanadi.

@oriftolib | Boshqa sahifalarimiz
03/12/2025, 07:40
t.me/oriftolib/4299
OR
Orif Tolib
11 730 subscribers
53
81
2.1 k
​​Lev Tolstoy qoidalari

Buyuk yozuvchi Lev Tolstoy 22 yoshida oʻzi uchun hayotiy tartib-qoidalar tuzadi va unga butun umr amal qiladi. Iroda, faollik, xotira va aqliy qobiliyatni rivojlantiradigan bu yoʻriqlar siz-u bizga ham katta foyda berishi aniq.

🔹 Har tong kunlik reja tuz va uni albatta bajar.
🔹 Iloji boricha kam uxla.
🔹 Har qanday jismoniy mashaqqatga chida, qiynalganingni boshqalarga bildirma.
🔹 Biror ishni boshlasang, oxiriga yetkazmay tashlab ketma.
🔹 Oʻzing bilmagan yoki yoqtirmaydigan odamlarning maqtovini olishga urinma.
🔹 Har qanday narsaga har tomonlama nazar sol – foydasini ham, zararini ham koʻr.
🔹 Boshqalarning fikrini oʻylab oʻtirgandan koʻra oʻz ustingda koʻproq ishla.
🔹 Yaxshi boʻl va sening yaxshi ekaningni hech kim bilmasligiga intil.
🔹 Boshqa odamlarning hamisha yaxshi tomonini izla, yomon tomonini emas.
🔹 Hech qachon hissiyotlaringni oshkor qilma.
🔹 Har tun kunduzi oʻrganganlaringni takrorla.
🔹 Har kun zaifroq biladigan tilingda sheʼr yodla.
🔹 Oʻn barobar boyib ketsang-da, hayot tarzingni oʻzgartirma.
🔹 Ortiqcha narsangni oʻzing uchun emas, jamiyat uchun ishlat.
🔹 Shuhrat uchun sarf-xarajat qilma.
🔹 Oʻzing uchun iloji boricha koʻp mashgʻulot oʻylab top.
🔹 Qoʻlingdagi mulkning oʻndan birini ehson qil.
🔹 Bir oʻzing yakunlashing mumkin boʻlgan ishga yordamchi talab qilma.
🔹 Sharoit qancha yomon boʻlsa, harakatni shuncha kuchaytir.
🔹 Bor narsalarga qanoat qil.
🔹 Yaxshilik qilishga imkon izla.
🔹 Yaqinlaringning hayoti shirin boʻlishiga hissa qoʻsh.
🔹 Elning muhabbati uchun mayda tuygʻulardan voz kech.
🔹 Hammani birday yaxshi koʻr, bu muhabbatdan oʻzing ham chetda qolma.
🔹 Yaqin kishingni oʻzingday yaxshi koʻr, ikki yaqin kishingni esa oʻzingdan ham koʻproq yaxshi koʻr.

“Yoshlik” jurnalida chop etilgan.

@oriftolib | Boshqa sahifalarimiz
03/07/2025, 18:00
t.me/oriftolib/4296
OR
Orif Tolib
11 730 subscribers
Repost
21
5
1.8 k
#chegirma

🎉 Ramazon chegirmasini kutib oling!

📍Manzillarimiz

☎️ +998-71-217-59-99 📥 @hilol_reception

@hilolnashr_uz
03/07/2025, 15:40
t.me/oriftolib/4295
OR
Orif Tolib
11 730 subscribers
40
21
2.1 k
“Oldini olish”dagi xatoning oldini olish

Oldini olish birikmasi bilan tushum kelishigini qoʻllash juda koʻp uchraydi:

Jinoyatchilikni oldini olish, korrupsiyani oldini olish, xatolarni oldini olish, kasallikni oldini olish ❌

Ikki ism soʻzni bogʻlashda tushum emas, qaratqich kelishigi qoʻshimchasi ishlatiladi. Yuqoridagi misollarda jinoyatchilik, korrupsiya, xatolar, kasallik soʻzlari ot soʻz turkumiga mansub, yaʼni ism soʻz. Undan keyingi old soʻzi ham ism soʻz. Demak, bu oʻrinda qaratqich kelishigi qoʻshimchasi -ning ishlatilishi kerak:

Jinoyatchilikning oldini olish, korrupsiyaning oldini olish, xatolarning oldini olish, kasallikning oldini olish ✅

🔄 Mavzuga aloqador:
🔹 -ni va -ning qanday farqlanadi?
🔹 Morfologik xatolar
🔹 -ni va majhul nisbat
🔹 Ilk qadam: qoʻshimchalar qanday tahrirlanadi?

@oriftolib | Boshqa sahifalarimiz
03/06/2025, 16:00
t.me/oriftolib/4294
OR
Orif Tolib
11 730 subscribers
Repost
11
9
1.6 k
Tayyormisizlar? Jamoamiz bilan “ZUKKOTEST” loyihasiga start berdik!

Endi bilimdon yoshlar o‘z bilimini sinab ko‘rish bilan birga qimmatbaho sovg‘alar yutib olishlari ham mumkin. 13-mart kuni quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha test sinovlari o‘tkaziladi:

1. “Mutolaa” ilovasidan “Galaktikada bir kun” 1-2 kitob;
2. “Ibrat farzandlari” ingliz tili darsligi;
3. “Ustoz AI” loyihasining matematika darsligi;
4. “Uzchess” loyihasining shaxmat darsligi;
5. “Zakovat” intellektual savollari

Test qanday o‘tadi?
• 45 ta savol (turli mavzulardan tasodifiy tanlanadi);
• Har bir savolga 1 daqiqa vaqt.

⚡️Mukofotlar:

TOP10 bilimdon: Har biriga 1 million so‘m pul mukofoti;

TOP100 reytingdan o‘rin olganlarga “Mutolaa” va “Ibrat Academy” ilovalari uchun 3 oylik premium obuna;

70%+ natija: “Mutolaa” va “Ibrat Academy” ilovalari uchun 50% chegirma;

Ishtirok etish uchun @kitobxontestbot orqali ro‘yxatdan o‘ting va hozirdan tayyorgarlikni boshlang!
03/06/2025, 14:04
t.me/oriftolib/4293
OR
Orif Tolib
11 730 subscribers
29
2
2.0 k
#Amaliyot

Samarqandlik yangi Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sohiblari ❌

Zulfiya nomidagi Davlat mukofotining samarqandlik yangi sohiblari ✅

Agar ayol-qizlarni taʼkidlab koʻrsatish kerak boʻlsa, sohiba soʻzini ishlatish zarur:

Zulfiya nomidagi Davlat mukofotining samarqandlik yangi sohibalari ✅

@oriftolib | Boshqa sahifalarimiz
03/06/2025, 13:10
t.me/oriftolib/4292
OR
Orif Tolib
11 730 subscribers
32
11
2.3 k
Maqsad ravishdoshi: tahrirdagi nozik jihat

-gani qoʻshimchasi maqsad ravishdoshini yasaydi. U badiiy adabiyotda -gali shaklida ham ishlatiladi:

Shahardan atay sizni koʻrgani kelibdi.

Bu yerda -gani qoʻshimchasi uchun maʼnosiga ega:

Shahardan atay sizni koʻrish uchun kelibdi.

Lekin -gani ravishdoshi va uchun koʻmakchisini almashlab qoʻllash har doim ham oʻzini oqlamaydi, baʼzan jumlada gʻalizlik keltirib chiqarishi mumkin:

Mavzuni chuqurroq tushunish uchun koʻp oʻqish, tilni his qilish kerak. ✅

Mavzuni chuqurroq tushungani koʻp oʻqish, tilni his qilish kerak. ❌

Bu jumlada -gani ravishdoshining maqsad maʼnosi aniq ifodalanmagan. Uni sifatdosh bilan almashtirib yuborish ehtimoli ham bor.

Tahrirda jumlaning aniq va ravonligi muhim. Chunki matn alaloqibat boshqalar uchun yoziladi. Shu bois tushunarlilikka jiddiy ahamiyat berish shart.

@oriftolib | Boshqa sahifalarimiz
03/06/2025, 08:15
t.me/oriftolib/4291
OR
Orif Tolib
11 730 subscribers
8
4
2.0 k
Siz izlagan kanallar bir yerda

Haqiqiy mutaxassislar ulashayotgan postlar orqali juda koʻp narsani oʻrgansa boʻladi. Lekin ularni qayerdan topamiz?!

💡 Biz mana shunday o‘z sohasining mutaxassislari yuritadigan kanallarni bir yerga jamladik. Sahifalar turli sohaga oid va siz uchun kerakli mavzularda.

👉 Sifatli kanallarni koʻrish uchun

❗️Yuqoridagi havola orqali kirib, kanallarni oʻz telegramingizga qoʻshib olsangiz boʻladi (albatta, hammasi bepul).

Eng yaxshi kanallarni kuzatib boring, sifatli kontentni qoʻllab-quvvatlang ✅
03/05/2025, 17:00
t.me/oriftolib/4289
OR
Orif Tolib
11 730 subscribers
Repost
16
43
2.0 k
Magistratura va doktoranturaga kirish uchun talab etiladigan chet tili sertifikatlarining ro‘yxati.


Bunda qaysi mutaxassislikka C1, B2 va B1 daraja talab etilishi belgilangan.

Masalan, ko‘pchilik so‘ragan tarix mutaxassisligi uchun B2 daraja, sog‘liqni saqlash uchun esa B1 daraja talab etiladi.


👉Yangiliklardan habardor bo’lish uchun
Kuzatib boring👇

🕊 Telegram 📱Instagram
03/05/2025, 15:59
t.me/oriftolib/4288
OR
Orif Tolib
11 730 subscribers
17
3
2.2 k
Zirk va uning qoraqandi

Zirkni koʻpchilik bilsa kerak. Togʻ, choʻl, adir va yonbagʻirlarda yovvoyi holda oʻsadigan oʻsimlik va uning mevasi shu nom bilan ataladi. Bu rezavor meva dalalarda maxsus yetishtiriladi ham. Yurtimizda qizil va qora zirk tarqalgan. Pishgan mevasi baʼzan nordon, baʼzan shirin boʻladi. Turli ovqatlarga, masalan, oshga solinadi. Tabobatda dorivor sifatida ishlatiladi.

Qora zirkning alohida nomi bor, uning atalishi tusiga mos – qoraqand. Bu nom zirk singari ommalashmagan, uni hamma ham bilavermaydi.

Rang-roʻyi, tovlanishi sabab zirkka nisbatan qizil yoqut degan ibora ham qoʻllanadi.

Zirkni turklar barbaris yoki kizamik, ozarlar zirinj, qozoqlar boʻriqoraqat, qirgʻizlar boʻru qaragʻat kabi nomlar bilan ataydi.

@oriftolib | Boshqa sahifalarimiz
03/05/2025, 13:00
t.me/oriftolib/4287
OR
Orif Tolib
11 730 subscribers
14
37
5.5 k
Savodxonlik testlari

Imlo boʻyicha bilimlarimni sinayman deganlar kanalda eʼlon qilingan testlar bilan tanishishi va yechishi mumkin.

5-qism

🔹 Atir, atr
🔹 Munojot, munojat
🔹 Amnitsiya, amnistiya, amnitsiya
🔹 Ayirboshlash, ayriboshlash
🔹 Talatoʻp, talotoʻp
🔹 Alaloqibat, alal-oqibat
🔹 Immillamoq, imillamoq
🔹 Toʻgʻrilamoq, toʻgʻirlamoq
🔹 Qobilyat, qobiliyat
🔹 Shovillamoq, shovullamoq
🔹 Urinmoq, urunmoq
🔹 Dukakli ekinlar, dukkakli ekinlar
🔹 Lallaymoq, lalaymoq
🔹 Boyoqish, boyaqish
🔹 Junbish, junbush, jumbush

Oldingi qismlari:
👉 1-qism
👉 2-qism
👉 3-qism
👉 4-qism

@oriftolib | Boshqa sahifalarimiz
03/05/2025, 10:00
t.me/oriftolib/4286
OR
Orif Tolib
11 730 subscribers
40
20
2.2 k
Yomon bek unga boʻysungan odamlar oldida bahodirga aylanadi, yomon erkak xotini oldida.

Buryat maqoli

@oriftolib | Boshqa sahifalarimiz
03/05/2025, 07:00
t.me/oriftolib/4285
OR
Orif Tolib
11 730 subscribers
Repost
26
12
2.2 k
30,000 ta belgi

Endi Premium tarifidagi foydalanuvchilar har kuni Sayqalchidan 30,000 ta belgi ishlata oladilar. Oldin bu miqdor 15,000 ta edi, lekin ko‘p takliflar va so‘rovlarga javoban biz bu miqdorni ikki barobarga ko‘paytirishga qaror qildik.

5,000 ta belgi

Bepul tarifdagi foydalanuvchilar ham e’tibordan chetda qolib ketmadi. Ular har kuni 5,000 ta Sayqalchi belgilarini ishlata oladilar, oldin bu 1,000 ta belgi edi.

Fayllar tarjimasini qo‘shishdan oldin cheklov miqdorlarini ko‘paytirishga qaror qildik...

Sinab ko‘ring: tilmoch.ai
03/04/2025, 16:20
t.me/oriftolib/4284
OR
Orif Tolib
11 730 subscribers
32
15
2.5 k
​​Chorsu maydonidagi rasm

Usta bir rassomning shogirdi tahsilni tamomladi. Bitiruvchisini kuzatishdan oldin yana bir saboq berishni istagan ustoz unga shunday dedi:

– Eng oxirgi ishlagan rasmingni shaharning eng gavjum joyiga il. Yonida qizil qalam va qogʻoz qoldir. Iltimosnoma yozib qoʻy, odamlar oʻziga maʼqul tushmagan jihatlarni shu qogʻozga tushirib ketsin.

Ustozining aytganlarini bajargan shogird bir necha kundan soʻng rasm ilingan joyga – Chorsu maydoniga bordi. Odamlar alohida qoʻyilgan qogʻozni toʻldirib, rasmning oʻziga ham tanqidlarini yozishibdi. Shogird tushkun kayfiyatda ustozining oldiga keldi. Ustoz esa xafa boʻlmasligini, shu rasmni boshqatdan chizishini aytdi. Rasm tayyor boʻlgach, yana shaharning eng gavjum joyiga ilishni buyurdi. Faqat bu safar surat yoniga boʻyoqlar jamlanmasi va qalam-choʻtka qoʻyishni, yoniga maʼqul boʻlmagan oʻrinlarni tuzatishni soʻrab iltimosnoma yozishni topshirdi.

Shogird bir necha kundan soʻng hayajon ichida Chorsu maydoniga bordi. Rasmga umuman teginilmagan edi. Sevinchi ichiga sigʻmagan shogird ustozining yoniga juda xursand holda keldi.

– Birinchi gal koʻrding: odamlarga imkon berilsa, oʻylamay-netmay tanqid qilishni qotirishadi, – dedi ustoz. – Hatto rassomlikdan mutlaqo xabarsiz kishilar ham rasmingni qoraladi. Ikkinchi safar esa ulardan aniq dalil, amaliy harakat soʻrading. Har qanday kasbda, xususan, rassomlikda ham qobiliyat va tarbiya kerak. Shu sababli ham hech kim oʻzi bilmagan narsani tuzatishga jasorat eta olmadi. Demak, yodingda boʻlsin:

– Mehnat-mashaqqatlaringning haqi yoki mukofotini qilgan ishingni tushunmagan odamlardan ololmaysan.
– Qadringni bilmaganlarga jon kuydirib, mehnatingni sarflama.
– Bilmaganlar bilan aslo tortishma.

👉 Ibratli hikoyalardan

@oriftolib | Boshqa sahifalarimiz
03/04/2025, 15:00
t.me/oriftolib/4283
OR
Orif Tolib
11 730 subscribers
55
17
2.8 k
​​Halollik yoʻli

2012-yilning dekabr oyida Ispaniyaning Navarra viloyatida yengil atletika boʻyicha muhim musobaqa boʻlib oʻtdi. Yutuqqa katta mukofot qoʻyilgan, poygada dunyoning yetakchi atletlari qatnashardi. Ular orasida Londonda oʻtgan Olimpiada oʻyinlarining 3000 metrga toʻsiqlar osha yugurish boʻyicha bronza medali sohibi keniyalik Abul Mutoi ham bor edi. U bu galgi poygada yetakchi boʻldi, hammadan oʻzib ketdi. Biroq marraga oʻn metrcha qolganda toʻxtab qoldi. Keniyalik atlet marra chizigʻini kesib oʻtdim degan yanglish xulosaga kelgandi. Mutoyi tomoshabinlarga qarab qarsak chalar, yutugʻidan xursand edi. Odamlar unga ispanchalab bir nimalar der, oʻn metr nariga ishora qilar, biroq u bulardan hech narsani anglamasdi.

Ikkinchi boʻlib kelgan ispaniyalik poygachi Fernandes Anayya uni bemalol ortda qoldirib oʻtishi va sovrindor boʻlishi mumkin edi. Biroq u raqibining xatosidan foydalanib qolish oʻrniga yelkasidan turtib, olgʻa yurishga chorladi. Oʻn metr naridagi finishni qoʻli bilan koʻrsatib, tushuntirdi. Ispaniyalik sportchi shundoq qoʻlga kiray deb turgan gʻoliblikdan voz kechdi, keniyalik raqibini marragacha olib keldi, undan keyingina chiziqni bosib oʻtdi.

Musobaqadan soʻng Fernandes Anayyani savolga tutishdi:

– Nahotki gʻolib boʻlishni istamadingiz?

5000 metrga yugurish boʻyicha Ispaniya chempioni boʻlgan Anayya shunday javob berdi:

– Yoʻq, men gʻoliblikni juda xohlagandim. Ammo sovringa qoʻshib Ispaniya termasi tarkibida Yevropa chempionatida qatnashish imkonini berganlarida ham, shu yoʻlni tutgan boʻlardim. Men gʻalabaga loyiq darajada yugura olmadim. Agar raqibim xato qilmaganida, unga yeta olmasdim. Men uchun sovrindor boʻlishdan koʻra shaʼnimni saqlab qolish afzal. Odamlar juda koʻp hollarda xato yoʻlni tanlaydi, axloqi tuban ekanini koʻrsatib qoʻyadi. Men bunday yoʻl tutmaganimdan, halollik yoʻlini tanlaganimdan mamnunman.

👉 Ibratli hikoyalardan

@oriftolib | Boshqa sahifalarimiz
03/03/2025, 16:00
t.me/oriftolib/4281
OR
Orif Tolib
11 730 subscribers
27
163
3.7 k
​​Savodxonlik darslari

“Ibrat farzandlari” loyihasida tayyorlangan videodarslar:

1-dars. Bogʻgami yo boqqa?
2-dars. Qoʻshma ot va qoʻshma sifatlar imlosi
3-dars. -illa va -dir qoʻshimchalari imlosi
4-dars. Takror tovushlar imlosi
5-dars. Juft soʻz va takror soʻzlar imlosi
6-dars. Chiziqcha bilan yozish qoidalari
7-dars. Yuklamalar imlosi
8-dars. Koʻmakchilar imlosi
9-dars. Hammayoq yoki hamma yoq?
10-dars. Timqorami yo tim qora?
11-dars. Toʻgʻridan-toʻgʻrimi yoki toʻgʻridan toʻgʻri?
12-dars. Izofali birikmalar imlosi
13-dars. Joy nomlari imlosi
14-dars. Qisqartma soʻzlar imlosi
15-dars. Sayyora, yulduz va boshqa osmon jismlari nomi imlosi
16-dars. Asarlar, mahsulotlar, bino va inshootlar nomi imlosi
17-dars. Muhim tarixiy sana va bayramlarning nomlari imlosi
18-dars. Tartib sonlar imlosi
19-dars. Tashkilotlar va mansablar nomi imlosi
20-dars. Unvonlar qanday yoziladi?
21-dars. Boʻgʻin koʻchirish qoidalari #1
22-dars. Boʻgʻin koʻchirish qoidalari #2
23-dars. Qonun, qaror, farmon, farmoyish nomlari imlosi
24-dars. Mana bu va manavi, ana bu va anavi
25-dars. Fan nomi qanday yoziladi?
26-dars. -yapti, -yabdi, -ayapti
27-dars. Variantdosh soʻzlar imlosi
28-dars. Sulola nomi qanday yoziladi?
29-dars. Oliy oʻquv yurtlari, fakultetlar, yoʻnalishlar va kafedralar nomi imlosi
30-dars. Koʻcha nomlari va uy raqamlari imlosi
31-dars. Maktablar va sinflar nomi qanday yoziladi?
32-dars. -chi: chiziqcha bilan va chiziqchasiz
33-dars. Qanday yozamiz: bosh harfdami yoki kichik?
34-dars. Ism-familiyalar imlosi
35-dars. Tutuq belgisining qiyinchiliklari
36-dars. Kattalik birliklari imlosi (1-qism)
37-dars. Kattalik birliklari imlosi (2-qism)
38-dars. Soʻz va qoʻshimchalar raqamlardan ajratib yoziladi
39-dars. -u, -yu va chiziqcha
40-dars. Takror soʻzlar va takrorlangan soʻzlar imlosi
41-dars. Taqlid soʻzlar va ulardan yasalgan soʻzlar imlosi
42-dars. “Al” va uning imlosi
43-dars. Mavzu nomlari qanday yoziladi?
44-dars. Elektron OAV va portallar nomi qanday yoziladi?
45-dars. Sport musobaqalari nomi imlosi
46-dars. Qoʻsh undoshli oʻzlashmalar imlosi
47-dars. “H” va “X”ni qanday oson farqlash mumkin?
48-dars. Imlosi qiyin soʻzlar (1-qism)
49-dars. Imlosi qiyin soʻzlar (2-qism)
50-dars. Imlosi qiyin soʻzlar (3-qism)
51-dars. Imlosi qiyin soʻzlar (4-qism)
52-dars. Imlosi qiyin soʻzlar (5-qism)
53-dars. Imlosi qiyin soʻzlar (6-qism)
54-dars. Imlosi qiyin soʻzlar (7-qism)
55-dars. Juvonmardni juvonmarg qilmang
56-dars. Toʻgʻrisi yod, xatosi yot boʻlsin
57-dars. Joniga oro kirdimi yo ora kirdi?
58-dars. Ziyolilarni ham adashtiradigan so‘zlar
59-dars. Talaffuzi sabab imlosi qiyinlashgan so‘zlar
60-dars. Ozroq eʼtiborli boʻlsangiz yetadi – xato qilmaysiz

👉 YouTube’da koʻrish

@oriftolib | Boshqa sahifalarimiz
03/03/2025, 13:00
t.me/oriftolib/4280
OR
Orif Tolib
11 730 subscribers
170
57
3.2 k
Soʻzlar

Eri xotiniga ayollar bir kunda qancha soʻz ishlatishi haqidagi maqoladan parcha oʻqidi: “...Erkaklar 15000 ta soʻz ishlatgan bir paytda ayollar 30000 ta soʻzni sarf qilib yuboradi”.

Bu maʼlumot xotinning nafsoniyatiga ozgina tegib oʻtdi. Shu sababli norozilik bildirdi:

– Bekorga bunaqamas-da! Bu erkaklar birorta gapni bitta gapirganda tushunmaydi. Doim takrorlashing kerak.

Er gazetadan bosh koʻtarib, xotiniga qaradi:

– Nima deding?

👉 Ibratli hikoyalardan

🌐 Sayt 🛜 Telegram ▶️ YouTube
03/02/2025, 16:00
t.me/oriftolib/4278
OR
Orif Tolib
11 730 subscribers
56
26
2.8 k
Marjumakdan shoʻrva qilib boʻladimi?

Oramizda marjumak soʻzini eshitganlar topilsa kerak. Lekin uni oʻzbekcha emas, turkcha maʼnoda tushunadiganlar koʻproq, menimcha. Turk taomlarini yoqtiradigan kishilar marjumak shoʻrvasini yaxshi biladi. Biroq turklar marjumak deganda umuman boshqa narsani – yasmiqni nazarda tutadi. Ruslar чечевица deydigan bu don dukkaklilar oilasiga mansub, noʻxatga juda yaqin.

Xoʻsh, unda marjumak nima? U koʻpchiligimiz yaxshi biladigan, lekin asosan ruscha nomini qoʻllaydigan grechkadir. Ruslar bu don bilan yunonlar orqali tanishgan, shu sababli unga greklarning doni maʼnosida гречиха, греча, гречка kabi nomlarni bergan. Aslida marjumak yunonlarga oid emas. Yongʻoq rus tilida грецкий орех deb atalganiga oʻxshash holat bu.

Aytgancha, marjumakdan ham suyuq osh qilish mumkin, lekin u shoʻrvaga emas, koʻproq mastavaga oʻxshaydi.

🌐 Sayt 🛜 Telegram ▶️ YouTube
03/02/2025, 13:30
t.me/oriftolib/4277
OR
Orif Tolib
11 730 subscribers
20
16
2.5 k
Ozroq eʼtiborli boʻlsangiz yetadi – xato qilmaysiz | 6️⃣0️⃣-dars | Oʻzbek tilidan savodxonlik darslari

👉 YouTubeʼda koʻrish

🌐 Sayt 🛜 Telegram ▶️ YouTube
03/02/2025, 08:30
t.me/oriftolib/4275
OR
Orif Tolib
11 730 subscribers
33
21
2.1 k
Befarq boʻlmang: atamalar boʻyicha amaliy qadamlar tashlanyapti!

Xorijiy atamalarni o‘zbekcha muqobillariga almashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlandi. Ishchi organ taqdim etilayotgan atamalarning milliy muqobillari boʻyicha boshqa fikr va mulohazalarni ham koʻrib chiqmoqchi.

Takliflar alohida Word faylda taqdim etilgan. Tanishib chiqing va takliflaringizni bildiring. Koʻpdan koʻp fikr chiqadi, eng maqbul taklifni aynan siz bildirishingiz mumkin.

Atamalarni, ayniqsa neologizmlarni oʻzbekchalashtirish tilimiz rivojiga ijobiy taʼsir koʻrsatadi.

Atamalar bilan tanishish va fikr bildirish:
👉 t.me/ANRUz/21127

🌐 Sayt 🛜 Telegram ▶️ YouTube
02/28/2025, 09:01
t.me/oriftolib/4274
OR
Orif Tolib
11 730 subscribers
95
96
3.4 k
Saviyasiz videolar, bachkana vaynlarni koʻrish miya hajmining qisqarishiga olib kelishi mumkin. Bu esa diqqatning yoʻqolishi, fikrlamaslik, aqlning oʻtmaslashishi, hatto iymonning kuchsizlanishiga sabab boʻladi. Vaqtingizni nimaga sarflayotganingizga qarang. Vaqt bu – siz. Bugun internetda nimanidir tomosha qilar ekansiz umringizning bir qismini shunga alishyapsiz.

Koʻring, koʻp foyda olasiz:
👉 youtu.be/itkUJSYrg1U

🌐 Sayt 🛜 Telegram ▶️ YouTube
02/28/2025, 07:00
t.me/oriftolib/4273
OR
Orif Tolib
11 730 subscribers
40
13
2.8 k
​​Xoʻjayin boʻlolmagan xoʻjagʻat

Dabdurustdan kimdir “Xoʻjagʻat nima?” deb soʻrab qolsa, javob topolmay qolamiz. Bu soʻzni biladigan-ku uncha-muncha topilar, lekin ishlatadigan topilarmikan? Asosan kitoblar va maqolalarda uchraydigan xoʻjagʻat atamasi – sizu bizga yaxshi tanish malinaning oʻzbekcha nomi. U butaning oʻzini ham, mevasini ham anglatadi. Xoʻjagʻat Oʻrta Osiyo, Sharqiy Sibir, Uzoq Sharq, AQSH va Yevropa mamlakatlarida oʻstiriladi.

Oʻzbekchada bu rezavor mevaning boshqa bir nomi ham bor – buldurgʻun. Eʼtibor bergan boʻlsangiz, koʻk maymunjonni anglatuvchi boldirgʻon soʻziga yaqin, uning talaffuz varianti. Har ikki meva bitta turkumga oid boʻlgani sababli soʻzlar almashlab ishlatilgan boʻlishi mumkin. Lekin baribir talaffuzda farq yuzaga kelgan va ular alohida soʻzlarga aylangan.

Xoʻjagʻat, buldurgʻun soʻzlari ilmiy va ilmiy-ommabop matnlarda uchrasa-da, tilimizda qoʻllanmaydi hisob. Hatto ensiklopediyalar, kitob va qoʻllanmalarda ham asosan malina soʻzi ishlatiladi. Xoʻjagʻat va buldurgʻunni oʻz uyida xoʻjayin boʻla olmagan soʻzlar deyish mumkin.

🌐 Sayt 🛜 Telegram ▶️ YouTube
02/27/2025, 14:15
t.me/oriftolib/4272
OR
Orif Tolib
11 730 subscribers
Repost
48
4
1.9 k
😊 “Mutolaachi” tanlovi taqdirlash marosimidan qaynoq lavhalar.

Telegram | Instagram | Ilova
02/26/2025, 17:27
t.me/oriftolib/4271
OR
Orif Tolib
11 730 subscribers
92
33
3.1 k
Maskning Grok neyrotarmogʻi Mask va Trampni eng katta yolgʻonchilar deb atadi – KunUz

Mask uni eng rostgoʻy va murosasiz model deb maqtangan edi. “Hozir kim Amerikaga koʻproq zarar yetkazmoqda?” degan savolga Grok shunday javob berdi: “Putin, Tramp, Mask”.

Ilon togʻa:
– Voy, ablah... Oʻzimizniki boʻlaturib, oʻzimizni yomonlaysanmi?! Buqoq, sol!

Grok bola:
– Ha, men, men! Boy otamniyam soʻydim, hoʻkizniyam oʻldirdim, eshakniyam soʻydim, sichqonniyam dumini kesdim!

#Tabassum

🌐 Sayt 🛜 Telegram ▶️ YouTube
02/26/2025, 09:00
t.me/oriftolib/4270
OR
Orif Tolib
11 730 subscribers
66
3
2.5 k
Bahodir Iso vafot etdi

Taniqli shoir, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi Bahodir Iso vafot etibdi.

Shoirning “Odamlar ichidan odam izladim” (2005), “Yaxshilar bor yaxshiyam” (2008), “Otam kutgan kunlar” (2013), “Muhammad Yusuf” (2014), “Kuy tili” (2015), “Qishloqdagi shoir” (2016) nomli she’riy to‘plamlari qo‘lma-qo‘l o‘qilgan, juda koʻp sheʼr va gʻazallari ajoyib qoʻshiqlarga aylangan.

Bahodir aka bilan koʻp hamsuhbat boʻlganman. Qalbi ochiq, samimiy va xayrixoh inson edi. Boshqalarning unib-oʻsishi, kamol topishi, muvaffaqiyatga erishishini chin koʻngildan istar, qoʻlidan kelgancha qoʻllab-quvvatlar edi.

Oxirati obod, joylari jannatdan boʻlsin.

🌐 Sayt 🛜 Telegram ▶️ YouTube
02/26/2025, 07:30
t.me/oriftolib/4268
OR
Orif Tolib
11 730 subscribers
54
43
2.5 k
Tilmochni ishlatib koʻrdingizmi?

Tahrirchi ijodkorlari yana bir ajoyib loyihani ishga tushirgan – Tilmoch. Uning algoritmlariga 1960-yillardan buyon chop etilgan 4000 ga yaqin kitob va darsliklar kiritilgan. Shu bois u matnni shunchaki tarjima qilmaydi, balki uning konteksti, uslubi va ifodasini chuqur anglaydi va tahlil qiladi.

“So‘zlarni emas, ma’noni tarjima qiling!” degan fikrni olgʻa suryapti dastur asoschilari. Sinab koʻring. Oʻzim ham Tilmochdan foydalanaman, tobora kuchiga kuch qoʻshilib, sifati oshib boryapti.

👉 tilmoch.ai

🌐 Sayt 🛜 Telegram ▶️ YouTube
02/25/2025, 18:00
t.me/oriftolib/4267
OR
Orif Tolib
11 730 subscribers
19
7
2.4 k
Maymunjon, parmanchak va boldirgʻon

Milliy ensiklopediyaga koʻra, Shimoliy Amerika va Yevrosiyoda bu rezavor mevaning 400 dan ortiq turi uchraydi. Shulardan 90 turi, asosan koʻk maymunjon va mayda mevali maymunjon turlari Oʻrta Osiyoda ham bor. Maymunjon Oʻzbekistonning togʻoldi mintaqalarida, dalalarda oʻsadi, tomorqa va bogʻlarda oʻstiriladi. Mintaqamizda tarqalgani sabab mevaning oʻzbekcha nomi bizga bir qadar tanish. Ammo uni ruscha nomi bilan yejevika deb ataydiganlar ham yetarlicha topiladi.

Maymunjon shevada parmanchak yoki parmachak deyiladi. Bu atama ilmiy tilga ham koʻchib oʻtgan va adabiyotlarda maymunjon yoki uning turlari uchun ishlatiladi.

Koʻk maymunjonning boldirgʻon degan nomi ham bor, baʼzan ilmiy adabiyotlarda u zangori maymunjon yoki parmanchak deb ham beriladi.

Qarang, kamyob bu mevaning tilimizda shuncha nomi bor.

🌐 Sayt 🛜 Telegram ▶️ YouTube
02/25/2025, 16:50
t.me/oriftolib/4266
OR
Orif Tolib
11 730 subscribers
51
15
2.5 k
Ozroq eʼtiborli boʻlsangiz yetadi – xato qilmaysiz

“Ibrat farzandlari” loyihasida savodxonlik boʻyicha navbatdagi dars eʼlon qilindi. Lavhada yozishda koʻp xato qilinadigan soʻzlarning maʼno-mazmuni, qoʻllanishi, imlosidagi eʼtiborli jihatlar tushuntirilgan.

Darsda faqat imlo emas, soʻz qoʻllash va tahrir boʻyicha ham maʼlumotlar olasiz.

👉 https://youtu.be/Y7MQCdJiMLw

🌐 Sayt 🛜 Telegram ▶️ YouTube
02/24/2025, 07:45
t.me/oriftolib/4265
OR
Orif Tolib
11 730 subscribers
38
16
2.2 k
Xo‘jag‘at nima-yu qorag‘at nima? – Biz biladigan yeguliklarning biz bilmagan nomlari

Ayrim rezavor mevalar, don-dun va sabzavotlarni tez-tez isteʼmol qilamiz-u, o‘zbekcha nomini bilmaymiz. Ko‘proq ruschasini ishlatamiz. Bizning mintaqamizda kam yetishtiriladigan yoki umuman o‘smaydigan baʼzi o‘simliklarning chindan o‘zbekcha nomi yo‘q, ammo ko‘p o‘simliklarning nomini shunchaki unutganmiz.

Ana shunday unutilgan yoki ko‘pchilik bilmaydigan so‘zlar haqida “Daryo” nashrida oʻqing:

👉 daryo.uz/rlyVeAQ4

🌐 Sayt    🛜 Telegram    ▶️ YouTube
02/22/2025, 10:30
t.me/oriftolib/4261
OR
Orif Tolib
11 730 subscribers
16
13
1.6 k
Talaffuzi sabab imlosi qiyinlashgan so‘zlar | 5️⃣9️⃣-dars | Oʻzbek tilidan savodxonlik darslari

👉 YouTubeʼda koʻrish

🌐 Sayt 🛜 Telegram ▶️ YouTube
02/20/2025, 11:00
t.me/oriftolib/4260
OR
Orif Tolib
11 730 subscribers
25
23
1.8 k
​​Yogʻ boʻlmasa, chalpak qil, un boʻlmasa — patir

Sh. Shomaqsudov va Sh. Shorahmedov muallifligidagi “Hikmatnoma. Oʻzbek maqollarining izohli lugʻati”da maqolning tarixi haqida shunday deyiladi:

Bu maqol xalq oʻrtasida yuradigan bir latifadan kelib chiqqan: «Bir maqtanchoq odam oʻz odatiga koʻra choyxonada maqtanib oʻtirgan ekan, bolasi kelib: “Dada, uyda yogʻ tamom boʻlibdi, yogʻ olib berarmishsiz”, debdi. Shunda dadasi: “Bor, onangga borib ayt, yogʻ boʻlmasa, chalpak qilsin!” degan ekan. Oʻgʻli: “Iye, dada, chalpak qilishga uyda un yoʻq-ku!” debdi. Haligi odam atrofdagilarga sir boy bermaslik, oʻz mavqeini saqlash uchun: “Un boʻlmasa, patir qila qolsin”, degan ekan, choyxonadagi odamlar xoxolab kulib yuborishibdi».

Mazkur maqolni quruq maqtanchoq odamlarga nisbatan istehzo bilan aytadilar.

🔄 Mavzuga aloqador:
🔹 Bir balosi boʻlmasa, shudgorda quyruq na qilur?
🔹 Dunyoni suv olsa, oʻrdakka nima gʻam?
🔹 Men nima deyman-u, qoʻbizim nima deydi?!
🔹 Notavon koʻngilga qoʻtir jomashov
🔹 Oʻgʻil yeb oʻrga ketar, qiz yeb qirga ketar
🔹 Qazisan, qartasan, asl zotingga tortasan
🔹 Qudaning oshi bilan qudagʻayni siylabdi

🌐 Sayt 🛜 Telegram ▶️ YouTube
02/20/2025, 07:46
t.me/oriftolib/4259
OR
Orif Tolib
11 730 subscribers
49
10
2.1 k
Yolgʻoningdan emas, meni unga ishontirganingdan hafsalam pir boʻldi.

Boshnoq maqoli

🌐 Sayt 🛜 Telegram ▶️ YouTube
02/19/2025, 14:00
t.me/oriftolib/4258
OR
Orif Tolib
11 730 subscribers
40
13
2.0 k
Agar doʻstingga otingni bersang, avaylashini uqtirma.

Boshqird maqoli

🌐 Sayt 🛜 Telegram ▶️ YouTube
02/19/2025, 14:00
t.me/oriftolib/4257
OR
Orif Tolib
11 730 subscribers
12
10
2.2 k
Turk tilidan milliy sertifikatga tayyorlanayotganlar diqqatiga!

Hilol Edu til markazi milliy sertifikat boʻyicha sinov imtihoni oʻtkazyapti ekan.

Sinov imtihoni yordamida bilim va koʻnikmalaringizga tashqaridan baho bera olasiz. Oʻzim ham bunday imtihonda qatnashganman, natijasi yaxshi boʻlgan.

👉 Qiziqqanlar uchun batafsil

🌐 Sayt 🛜 Telegram ▶️ YouTube
02/19/2025, 12:30
t.me/oriftolib/4256
OR
Orif Tolib
11 730 subscribers
24
2.5 k
02/18/2025, 17:23
t.me/oriftolib/4254
OR
Orif Tolib
11 730 subscribers
25
2.5 k
02/18/2025, 17:23
t.me/oriftolib/4255
OR
Orif Tolib
11 730 subscribers
24
2.4 k
02/18/2025, 17:23
t.me/oriftolib/4253
OR
Orif Tolib
11 730 subscribers
24
2.4 k
02/18/2025, 17:23
t.me/oriftolib/4252
OR
Orif Tolib
11 730 subscribers
98
25
2.3 k
Boʻtakoʻzni koʻrganmisiz?

Chingiz Aytmatovning “Boʻtakoʻz” qissasini oʻqiganmisiz? Boʻtakoʻz oʻzi nima? Izohli lugʻat uni murakkabgullilar oilasiga mansub, binafsha yoki havorang gulli bir yillik begona oʻt deya taʼriflaydi.

Internetni varaqlayotib shu gulning rasmiga koʻzim tushib qoldi va sizlarga ham ilindim. Balki, togʻ-qirlar, dalalarga sayrga chiqqanda boʻtakoʻzni koʻrgandirsiz.

🌐 Sayt 🛜 Telegram ▶️ YouTube
02/18/2025, 17:23
t.me/oriftolib/4251
OR
Orif Tolib
11 730 subscribers
27
6
2.2 k
Talaffuzi sabab imlosi qiyinlashgan so‘zlar

“Ibrat farzandlari” loyihasida savodxonlik boʻyicha navbatdagi dars eʼlon qilindi. Lavhada yozishda koʻp xato qilinadigan soʻzlarning maʼno-mazmuni, qoʻllanishi, imlosidagi eʼtiborli jihatlar tushuntirilgan.

Darsda faqat imlo emas, soʻz qoʻllash va tahrir boʻyicha ham maʼlumotlar olasiz.

👉 youtu.be/5uzuFcRB9lA

🌐 Sayt 🛜 Telegram ▶️ YouTube
02/17/2025, 09:21
t.me/oriftolib/4250
OR
Orif Tolib
11 730 subscribers
19
3
2.1 k
Savodxonlik darslarini koʻringlar deyman-u sizlarga ))
02/17/2025, 09:17
t.me/oriftolib/4249
OR
Orif Tolib
11 730 subscribers
19
12
2.2 k
HAFTADA 6 KUNLIK DARSLAR.

💲Kurs narxi 100 ming.

Ushbu guruhda Milliy Sertifikatning barcha qismlari oʻrgatiladi.
⚡️Dushanba - Esse
⚡️Seshanba - Matn bilan ishlash
⚡️Chorshanba - Gʻazal tahlili
⚡️Payshanba - Esse
⚡️Juma - Grammatika
⚡️Shanba - Grammatika

❗Gʻazal tahlili, Matn bilan ishlash va Grammatika darslarini Eshmurodov ustozning oʻzi oʻtadi.

🧑‍💻Esse darslarini A+ Sertifikat egasi, esse boʻyicha ekspert Diyora Shamsiyeva oʻtadi.

⏳Darslar 20- fevral kuni boshlanadi.

👆OXURGI NATIJALAR
👆NAMUNAVIY TESTLAR
👆DARS HAQIDA FIKRLAR

Murojaat uchun:
🧑‍💻@QABUL_UCHUN1
☎️+998886384188


Har kuni test va topshiriqlar ushbu kanalda⬇️⬇️⬇️
📨@ONA_TILI_MILLIY_SERTIFIKATI
📨@ONA_TILI_MILLIY_SERTIFIKATI
02/16/2025, 18:06
t.me/oriftolib/4244
OR
Orif Tolib
11 730 subscribers
26
51
6.0 k
Ziyolilarni ham adashtiradigan so‘zlar | 5️⃣8️⃣-dars | Oʻzbek tilidan savodxonlik darslari

👉 YouTubeʼda koʻrish

🌐 Sayt 🛜 Telegram ▶️ YouTube
02/16/2025, 08:00
t.me/oriftolib/4243
OR
Orif Tolib
11 730 subscribers
Repost
92
12
2.5 k
Prezident bilan uchrashish katta masʼuliyat, ayni vaqtda, katta imkoniyat.
02/15/2025, 12:49
t.me/oriftolib/4240
OR
Orif Tolib
11 730 subscribers
18
62
3.4 k
Xalqaro konferensiyaga maqolalar qabuli boshlandi!

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetida oʻtkaziladigan “Turkiy xalqlarning maʼnaviy integratsiyasi: tili, adabiyoti va madaniyati” mavzusidagi xalqaro konferensiyaga maqolalar qabuli boshlandi.

Konferensiyaning asosiy yoʻnalishlari:

1️⃣ Turkiy xalqlar adabiyoti va xalq ogʻzaki ijodi masalalari.

2️⃣ Hozirgi turkiy tilshunoslikning dolzarb muammolari.

3️⃣ Madaniyatlararo muloqotda turkiy tillar va tarjimashunoslik.

4️⃣ Turkiy xalqlarning umumiy madaniy merosi.

5️⃣ Madaniy hamkorlikning taʼlim tizimidagi oʻrni: til va adabiyot.

6️⃣ Turkiy tillar taraqqiyoti va zamonaviy lingvodidaktika masalalari.

7️⃣ Turkiy xalqlar adabiyotini oʻqitishda zamonaviy yondashuvlar.

Oʻtkazilish sanasi: 30.05.2025
Maqola qabul qilish tugaydigan muddat: 10.05.2025

Kengroq maʼlumotni axborot xatidan olishingiz mumkin.

🌐 Sayt 🛜 Telegram ▶️ YouTube
02/14/2025, 09:45
t.me/oriftolib/4239
OR
Orif Tolib
11 730 subscribers
45
12
2.1 k
Uch daryodan suv ichgan dengiz

Erkin Vohidov “Soʻz latofati” kitobida yozadi:

Oftob chiqdi, quyosh chiqdi, kun chiqdi,
Mehr-u shams-u xurshidi gardun chiqdi.

Bir zamon bolalar uchun aytilgan shu joʻngina va gʻoʻrgina ikki satrning oʻzida quyoshning oltita nomini topasiz! Sanoqni yana davom ettirish mumkin. Olimlar, topib bering, qaysi tilda quyoshning oʻndan ortiq ismi bor! Qaysi tilda osmonni kamalak ranglaridek yetti xil nom bilan ataydilar? Osmon, falak, samo, charx, gardun, fazo, koʻk… Bular dafʼatan xayolga kelganlari xolos! Arsh, davvor, minu singari kam ishlatiladigan xos soʻzlar ham sanalsa roʻyxat yanada uzayadi.

Maʼnodosh soʻzlarimizning koʻpligiga sabab bor. Oʻzbek tili uch daryodan suv ichgan. Diniy, ilmiy, ijtimoiy atamalarimiz asosan arab tilidan, koʻpgina ish qurollarimiz, jomadon, xokandoz, dastshu, jomashu, dazmol, qogʻoz kabi hunarmandlikka oid soʻzlarimiz, shuningdek, yuksak sheʼriy uslubga xos suxanlar fors tilidan kelgan. Lekin bu qatʼiy qoida emas. Aksar holat desak toʻgʻriroq boʻladi. Arab tilidan oʻtgan narsa va buyum nomlari ham tilimizda koʻp: aroba, musallas, istehkom, qalam singari. Shuningdek, fors tilidan kirgan falsafiy atamalar ham talaygina. Javonmard, sarbador, charxi kajraftor, oyinayi Iskandar va hokazo...

Navoiyning soʻz boyligi beqiyos. Sababi hazrat fors tilini qanchalar mukammal bilsalar – oʻz eʼtiroflari boʻyicha: “fors alfozin kishi mendin koʻprak bilmaydur” – arab tilini ham shu qadar barkamol egallaganlar va ularni toʻla istifoda etganlar...

🌐 Sayt 🛜 Telegram ▶️ YouTube
02/13/2025, 10:40
t.me/oriftolib/4238
OR
Orif Tolib
11 730 subscribers
68
19
2.1 k
Oʻz oyogʻiga bolta urish

Oxirgi paytlarda arab tilini, baʼzan fors tilini kamsitish, bu tildan kirgan oʻzlashmalarga olayib qarash kabi holatlar uchrayapti. Tilimizga tabiiy singgan, oʻzbekcha boʻlib ketgan soʻzlar, qaysi tildan kirgan boʻlishidan qatʼi nazar, hurmatga arziydi. Agar arabcha soʻzlarni ishlatmaymiz desak, lugʻatimizning juda koʻp qismidan ayrilamiz, hatto eplab gapira olmay qolishimiz ham mumkin.

Erkin Vohidov oʻzbek tilining soʻz boyligi, ifoda imkoniyatlari haqida gapirar ekan tilimizni uch daryodan suv ichgan dengiz deya taʼriflaydi va bu daryolarsiz oʻzbek tili Orol dengizi kabi qurishini taʼkidlaydi.

Til tozaligi uchun kurash boshqa, oʻz oyogʻiga bolta urish boshqa. Til sandigʻimizdan munosib joy olgan arabcha, forscha soʻzlar oʻz soʻzlarimizdir. Bunday boylikdan voz kechish yoki voz kechishga chaqirish farosatli odamning ishi emas.

🌐 Sayt 🛜 Telegram ▶️ YouTube
02/13/2025, 10:32
t.me/oriftolib/4237
OR
Orif Tolib
11 730 subscribers
76
25
2.5 k
Navoiyxonlik, boburxonlik: kichik harfda

Navoiy va Bobur – atoqli ot, biroq ularga -xon qoʻshimchasi qoʻshilsa, turdosh otga aylanadi. -xon forscha xondan – oʻqimoq soʻzidan. Navoiyxon – Navoiy asarlarini oʻquvchi, boburxon – Bobur asarlarini oʻquvchi demakdir. Kitobxon soʻzida ham shu qoʻshimcha qatnashgan.

📌 Demak:

Institutda navoiyxonlik va boburxonlik kechalari oʻtkazildi ✅

Institutda Navoiyxonlik va Boburxonlik kechalari oʻtkazildi

#Soʻragan_edingiz

🌐 Sayt 🛜 Telegram ▶️ YouTube
02/11/2025, 13:00
t.me/oriftolib/4236
OR
Orif Tolib
11 730 subscribers
49
1
1.7 k
#Amaliyot

Britaniya samolyoti favqulodda qoʻnishni amalga oshirdi

Britaniya samolyoti favqulodda qoʻndi ✅

🌐 Sayt    🛜 Telegram    ▶️ YouTube
02/07/2025, 18:00
t.me/oriftolib/4233
OR
Orif Tolib
11 730 subscribers
Repost
11
7
1.8 k
Sotuv operatorlarini va Administratorlarni Hilol Edu jamoasiga taklif qilamiz!

🔗 4 yildan beri faoliyat olib borayotgan Hilol Edu o’quv markazi o’z jamoasiga sotuv operatorlarini va administratorlarni (ayol-qizlarni) ishga taklif qiladi.

🔖 Talablarimiz:

•Operatorlik yoki adminstratorlik bo'yicha kamida 6 oylik tajriba;
•18 yoshdan yuqori bo’lishi;
•Mas’uliyatli bo’lishi kerak.

🔥 Imkoniyatlarimiz:

•Shaxsiy va kasbiy rivojlanish;
•Qulay lokatsiya va shinam ofis;
•Maxsus kurslar.

Hilol Edu jamoasiga qo’shilish imkonini qo'ldan boy bermang. Hoziroq CV'ingizni bizga yuboring!

👉 @HilolEdu
02/07/2025, 06:30
t.me/oriftolib/4230
OR
Orif Tolib
11 730 subscribers
38
22
1.9 k
Matn tahrir qilishni amalda oʻrganamiz (hikoya matn tahriri)

Youtube kanalimga yangi dars joyladim. Tahrirga qiziquvchilar, sifatli matn yozishni istaganlar uchun tayyor amaliy dars.

“Kerakli va keraksiz narsalar” matni qanday tahrir qilinganini koʻrib oʻrganishingiz mumkin.

Koʻrish:
👉 youtu.be/GxJnto4CvUI

🌐 Sayt 🛜 Telegram ▶️ YouTube
02/06/2025, 19:10
t.me/oriftolib/4229
OR
Orif Tolib
11 730 subscribers
3
5
1.1 k
YURAGIDA OʻTI BORLAR DIQQATIGA!

📌HAR IKKALA GURUHDA HAM DARSLAR NOLDAN OʻRGATILADI.

➡️1000+ oʻquvchilarning natija qilishiga sababchi boʻlgan Eshmurodov ustozning Yangi nol guruhlariga qabul ochildi.

1️⃣. ERTALABKI NOL GURUH.
🚫Dars boshlanadi : 5:00 - 6:30
🚫Haftada 5 kun
🚫Barcha qismlar noldan oʻrgatiladi.
🚫Kurs narxi: 50 ming.

2️⃣. MAXSUS NOL GURUH.
✅Dars boshlanadi: 19:30 - 21:00
✅Haftada 6 kun
✅Barcha qismlar noldan oʻrgatiladi
💸Kurs narxi 250 ming.

Haftada 3 kun Esse oʻrgatiladi. Qolgan kunlari boshqa qismlar boʻyicha dars oʻtiladi. Oʻquvchi soni cheklangan boʻladi. Asosiy eʼtibor test va Essega qaratilgan yakka tartibda ishlanadigan guruh.

👆OʻQUVCHILAR ISHONCHI
👆OXIRGI IMTIHON NATIJASI
👆NAMUNAVIY TEST VA TOPSHIRIQ

Murojaat uchun:
🧑‍💻@QABUL_UCHUN1
📞+998886384188

Har kuni BEPUL test va topshiriqlar ushbu kanalda⬇️⬇️⬇️⬇️
📨@ONA_TILI_MILLIY_SERTIFIKATI
📨@ONA_TILI_MILLIY_SERTIFIKATI
02/06/2025, 18:06
t.me/oriftolib/4228
OR
Orif Tolib
11 730 subscribers
51
11
2.5 k
“Davolay olmayman...”

Mashhur olmon vrachi va mikrobiologi, fiziologiya va tibbiyot sohasida Nobel mukofoti sovrindori Robert Koxning huzuriga bashang kiyingan dimogʻdor bir ayol kirib keladi.

– Nima shikoyatingiz bor, xonim? – deb soʻraydi vrach.

– Janob professor, – deya nafratlangan qiyofada gap boshlaydi haligi ayol. – Bu nima adabsizlik? Kim bilan gaplashayotganingizni bilasizmi? Menga hamisha “muhtarama xonim” deb murojaat etishadi. Boshqacha chaqirishlariga oʻrganmaganman.

– Ming afsus, men bu kasallikni davolay olmayman, – deb quruqqina javob beradi Kox va eshikka yuzlanadi: – Navbatdagi kim?

🌐 Sayt 🛜 Telegram ▶️ YouTube
02/06/2025, 17:30
t.me/oriftolib/4227
OR
Orif Tolib
11 730 subscribers
23
5
1.5 k
6 oy oldingi sen bugun oʻzingga ahmoq boʻlib koʻrinsa, demak, toʻgʻri tezlikda rivojlanyapsan.

Shaxsiy rivojlanish uchun yangi blog. Ulanib oling:

@tinchlikbek — eng yaxshi sarmoya oʻzingga boʻlgan sarmoyadir.
02/06/2025, 16:30
t.me/oriftolib/4226
OR
Orif Tolib
11 730 subscribers
26
6
4.9 k
Yaxshi odatlardan yaxshi ishlar unib chiqadi.

Birma maqoli

🌐 Sayt 🛜 Telegram ▶️ YouTube
02/06/2025, 15:05
t.me/oriftolib/4225
OR
Orif Tolib
11 730 subscribers
42
22
2.4 k
​​Tahrir amaliyoti: hikoya matn tahriri

Yodingizda boʻlsa, ilmiy tadqiqotimda oʻtkazgan tajriba-sinov materiallaridan birini eʼlon qilgandim. Berilgan hikoya matndagi xatolarni topib, tahrir qilish kerak edi. Quyida shu matnning tahrirlangan varianti bilan tanishishingiz mumkin. Qayerda qanday xatolar tuzatilganiga eʼtibor bering.

Kerakli va keraksiz narsalar

Ustoz maqsadga erishish uchun keraksiz narsalardan voz kechish zarurligini shogirdiga bot-bot uqtirardi. Shogird bu soʻzlarni juda yaxshi yodlab olgan edi, lekin nima kerakli-yu nima keraksiz ekanini toʻla anglab yetolmasdi.

Bir kuni ikkalalari togʻga sayrga chiqishdi. Togʻ ungurida yurgan yoʻlbars pastroqda ikki kishi oʻtirganini koʻrdi va ularga qarab yugurdi.

Ustoz xotirjam oʻrnidan turdi va nari ketdi. Yoʻlbars esa negadir shogirdni quvlashga tushdi. Yigit yugurarkan boʻyniga osib olgan xurjunini, hatto kiyimlarini ham yechib tashladi. Bir amallab baland daraxtga chiqib oldi. Birozdan soʻng yoʻlbars ketdi, biroq shogird qoʻrqqani sababli ustozi kelgunicha daraxtdan tushmay oʻtiraverdi. Muallim dagʻ-dagʻ titrayotgan yalangʻoch oʻquvchisiga razm solib qaradi va jilmayib dedi:

– Mana, maqsadga erishish uchun barcha keraksiz narsalardan voz kechishni oʻrganib olding va bu hayotingni qutqardi.

– Ustoz, – deb hayratlanib soʻradi shogird, – siz qilichingizni ham, kiyimlaringizni ham yechganingiz yoʻq. Hatto qochishga ham urinmadingiz. Ammo yoʻlbars sizga tegmadi. Nega?

– Sendan farqim: qoʻrquvni yengdim, shuning uchun yoʻlbars meni payqamadi, – deb javob berdi muallim. – Chunki maqsadim shu edi. Har bir kishi maqsadni toʻgʻri qoʻyishni oʻrganishi zarur, shundan keyingina unga erishish uchun biror nimadan voz kechish kerakmi, yoʻqmi – bir qarorga kelish mumkin. Koʻpchilik bu narsaga eʼtibor bermaydi va xatoga yoʻl qoʻyadi. Mana, endi sen buning mohiyatini tushunib olding.

Qissadan hissa: bu ibratli hikoyada behuda narsalarga vaqt sarflamay, maqsad sari olgʻa qadam tashlash zarurligi uqtirilmoqda.

🌐 Sayt 🛜 Telegram ▶️ YouTube
02/06/2025, 10:10
t.me/oriftolib/4224
OR
Orif Tolib
11 730 subscribers
26
30
2.4 k
“Ibrat Academy”dan navbatdagi katta yangilik!

Yangi yilda chet tilini oʻrganaman deb reja qilib, niyati niyatligicha qolib ketganlar bordir-a? 2025-yilga ham shunaqa reja tuzganlar uchun yaxshi yangilik.

“Ibrat Academy” ilovasida yangi “Super Start” moduli eʼlon qilindi. U orqali ingliz tilini noldan oʻrganish mumkin. Qulay – ishga, oʻqishga ketayotganda ham oʻrganaverasiz. Mashgʻulotlar amaliyotga boy.

Qizim sinov versiyasini ishlatib koʻrgandi, ancha maʼqul keldi. Bugun obuna ham olib berdim. Farzandi ingliz tili oʻrganishini istaganlar, foydalanib koʻringlar.

Ilovani yuklab olish:
Google play | App store

🌐 Sayt 🛜 Telegram ▶️ YouTube
02/05/2025, 20:20
t.me/oriftolib/4223
OR
Orif Tolib
11 730 subscribers
31
2
2.2 k
Asar yozishda gʻoya birlamchi emas. Negaki millionlab gʻoyalar mavjud va ular odatda oʻzgarmas, sayyor!

Qiyini, shu gʻoyaga oʻquvchini ishontirishda, gʻoyagacha bosib oʻtiladigan adabiy yoʻlda.

Saʼdullo Quronov
yozuvchi

🌐 Sayt    🛜 Telegram    ▶️ YouTube
02/05/2025, 19:05
t.me/oriftolib/4222
OR
Orif Tolib
11 730 subscribers
7
10
1.7 k
ERTA TONGDAN ILM OLING. ERTALABKI KURSGA QABUL OCHILDI.

📌HAR IKKALA GURUHDA HAM DARS BUGUN BOSHLANADI.

➡️1000+ oʻquvchilarning natija qilishiga sababchi boʻlgan Eshmurodov ustozning Yangi nol guruhlariga qabul ochildi.

1️⃣. ERTALABKI NOL GURUH.
🚫Dars boshlanadi : 5:00 - 6:30
🚫Haftada 5 kun
🚫Barcha qismlar noldan oʻrgatiladi.
🚫Kurs narxi: 50 ming.

2️⃣. MAXSUS NOL GURUH.
✅Dars boshlanadi: 19:30 - 21:00
✅Haftada 6 kun
✅Barcha qismlar noldan oʻrgatiladi
💸Kurs narxi 250 ming.

Haftada 3 kun Esse oʻrgatiladi. Qolgan kunlari boshqa qismlar boʻyicha dars oʻtiladi. Oʻquvchi soni cheklangan boʻladi. Asosiy eʼtibor test va Essega qaratilgan yakka tartibda ishlanadigan guruh.

👆OʻQUVCHILAR ISHONCHI
👆OXIRGI IMTIHON NATIJASI
👆NAMUNAVIY TEST VA TOPSHIRIQ

Murojaat uchun:
🧑‍💻@QABUL_UCHUN1
📞+998886384188

Har kuni BEPUL test va topshiriqlar ushbu kanalda⬇️⬇️⬇️⬇️
📨@ONA_TILI_MILLIY_SERTIFIKATI
📨@ONA_TILI_MILLIY_SERTIFIKATI
02/05/2025, 18:04
t.me/oriftolib/4221
OR
Orif Tolib
11 730 subscribers
27
16
2.8 k
Oliy taʼlim oʻqituvchilari va mutaxassislari diqqatiga!

“Talabalarda adabiy tahrir malakasini shakllantirish metodikasi” mavzusidagi ilmiy tadqiqot ishi uchun soʻrovnoma oʻtkazilyapti. Soʻrovnoma savollariga javob berish uzogʻi 2 daqiqa vaqtingizni olishi mumkin. Lekin siz bergan javoblar adabiy tahrir taʼlimining hozirgi holati, bu koʻnikmaning zarurati, mavjud muammolar haqida xulosa olishga imkon beradi.

Soʻrovnomada adabiy tahrirga bevosita aloqador va aloqador boʻlmagan yoʻnalish vakillari ishtirok etishi mumkin.

🟢 Muhim jihat: soʻrovnoma anonim, ism-familiya yoki boshqa shaxsiy maʼlumotlarni koʻrsatish talab etilmaydi. Nimadir yozish, kiritish ham shart emas. Berilgan javoblarni xolis tanlash yetarli.

Talabalarga dars beradigan yoki dars bergan mutaxassislar yordamlarini ayamaydi degan umiddaman:

👉 forms.gle/688GN1CNdSviio4m8

🌐 Sayt 🛜 Telegram ▶️ YouTube
02/03/2025, 09:45
t.me/oriftolib/4217
OR
Orif Tolib
11 730 subscribers
34
10
2.1 k
Ziyolilarni ham adashtiradigan so‘zlar

“Ibrat farzandlari” loyihasida savodxonlik boʻyicha navbatdagi dars eʼlon qilindi. Lavhada yozishda koʻp xato qilinadigan soʻzlarning maʼno-mazmuni, qoʻllanishi, imlosidagi eʼtiborli jihatlar tushuntirilgan.

Darsda faqat imlo emas, soʻz qoʻllash va tahrir boʻyicha ham maʼlumotlar olasiz.

👉 youtu.be/vd2FkviqGig

🌐 Sayt 🛜 Telegram ▶️ YouTube
02/03/2025, 07:10
t.me/oriftolib/4216
OR
Orif Tolib
11 730 subscribers
56
31
2.7 k
​​Hammasi “Muqaddima”dan boshlanadi

Youtubeʼda ajoyib bir podkast koʻrdim. Ibn Xaldunning “Muqaddima” asari, uning oʻziga xosliklari, asarning Sharq va Gʻarb tafakkuri, taraqqiyotiga taʼsiri haqida qiziq maʼlumotlar aytilibdi.

Ibn Xaldunning tarixni yoritishdagi yangicha yondashuvi, tahliliy va falsafiy mushohadasi, mavzuni oʻta keng miqyosda koʻra olgani, sivilizatsiyalarning yuzaga kelish qonuniyatlarini tushuntirgani, alohida inson va butun jamiyatning tabiati, tutumi, fikrlash tarziga geografik joylashuvning taʼsirini koʻrsatib bergani, asarlarida bugungi juda koʻp muammolarga yechimlar borligi kabilar qiziqishimni juda oshirdi. Boshqa har qanday ishni qoʻyib, “Muqaddima”ni oʻqish ishtiyoqini uygʻotdi.

Tasavvur qiling: Sharq xalqlarining hayot va tafakkur tarzini, ular qurgan saltanatlarning rivoji va tanazzuli sabablarini ichidan bilgan, chuqur tahlil qilgan, oʻtkir aql va idrok sohibi boʻlgan mutafakkir bilan gʻoyibona suhbatlashish imkoningiz bor. Bu imkonni qoʻldan boy bermaslik kerak.

Nasib qilsa, mutolaa taassurotlarini alohida yozaman.

🟢 Mana bu esa podkast manzili: youtu.be/ayHJd2xcFjQ

🌐 Sayt 🛜 Telegram ▶️ YouTube
02/02/2025, 18:53
t.me/oriftolib/4215
OR
Orif Tolib
11 730 subscribers
24
16
2.4 k
Siz ona tili va adabiyoti fanidan milliy sertifikat, UZBMBA test sinovi yoki attestatsiya imtihoniga tayyorlanyapsizmi? Unda bilimni to‘g‘ri yo‘nalishda, tez va samarali oshirish vaqti keldi!

📖 “Ona tili | Izamov” – bu oddiy darslar emas, bu natija beruvchi tizim!

🔹 Oson va tushunarli darslar;
🔹 Test sinovlariga 100% mos mashg‘ulotlar;
🔷 Milliy sertifikat imtihonlariga oid eng sara esse mavzulari, matnlar aynan shu kanalda;
🔷 G‘azal tahlillashga oid qulay usullar;
🔹 Xatolarni tahlil qilish va to‘g‘ri strategiya;
🔹 Motivatsiya va ishonch bag‘ishlovchi usullar.

‼️ Ilm sari qadam tashlash uchun endi kutish shart emas!

🌟 Hoziroq ushbu kanalga qo‘shiling va natijaga erishing!

📌 Telegram kanal: @Onatili_Izamov

Sifatli taʼlim natijaga asoslanadi❗️

Natijabop kanal:
https://t.me/Onatili_Izamov

Taʼlim reklamasi
02/02/2025, 17:30
t.me/oriftolib/4214
Search results are limited to 100 messages.
Some features are available to premium users only.
You need to buy subscription to use them.
Filter
Message type
Similar message chronology:
Newest first
Similar messages not found
Messages
Find similar avatars
Channels 0
High
Title
Subscribers
No results match your search criteria