Сообщение
⚡️Toshkent shahridagi Prezident maktabida o‘tkazilgan tonggi saflanish O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi bilan boshlandi. So‘ngra xalqaro va mahalliy olimpiada hamda tanlovlarda faxrli o‘rinlarni egallab qaytgan o‘quvchilar, ularning ustozlari hamda ota-onalariga maktab ma’muriyati tomonidan tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari topshirildi.

✅Ma’lumot uchun, Toshkent shahridagi Prezident maktabi o‘quvchisi Olimboyev Muhammadjon Turkiyaning Antalya shahrida bo‘lib o‘tgan TIMO-2025 — Turkiy xalqaro matematika olimpiadasida 1-o‘rinni va UAMO-2025 — 29-Xalqaro Antalya Matematika Olimpiadasida esa 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Shuningdek, bir guruh o‘quvchilarimiz sportning bir qator yo‘nalishlari bo‘yicha faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritishdi.

➡️“Darhaqiqat, ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar O‘zbekistonda Uchinchi Renessansga poydevor bo‘lib xizmat qilishi shubhasizdir. Yaratilayotgan imkoniyatlarga javoban farzandlarimiz erishayotgan yutuqlari esa bizni g‘oyat xursand qiladi”, — deydi ota-onalardan biri.

🏛Toshkent shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari:
🌐Telegram | 🌐Instagram | 🌐Facebook
Продолжая пользоваться нашим сервисом, вы соглашаетесь на использование файлов cookie.
О том, как мы используем файлы cookie, ознакомьтесь в разделе Политика конфиденциальности