У вас закончился пробный период!
Для полного доступа к функционалу, пожалуйста, оплатите премиум подписку
Сообщение
#press_tur

Navbatdagi manzil - Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi tashabbusi bilan tashkil qilingan issiqxona

Press-tur davom etmoqda. Ishtirokchilar Oltinko‘l tumanidagi 5 gektar maydonda barpo etilgan issiqxona faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Issiqxona 50 ta kam ta’minlangan oilalarga 10 sotixdan 2 yilga ijaraga berilgan. Yiliga uch marta hosil olish hisobiga har bir oila 150-200 million soʻmdan daromad topadi. Tadbirkor koʻchat, urugʻ, oʻgʻit, yoqilgʻini yetkazib berib, hosilni oʻzi sotib oladi va eksport qiladi.

Bu yerda fuqarolar mahsulot yetishtirish bilan bir qatorda zamonaviy oʻquv xonalarida Bandlik vazirligi tomonidan xorijdan jalb qilingan mutaxassislar ishtirokida tomorqachilik sirlarini o‘rganmoqda.

Bu kabi issiqxonalar kambagʻallik yuqori Ulugʻnor, Paxtaobod, Xoʻjaobod, Marhamat va Andijon tumanlarida ham barpo etiladi.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
21.04.2025, 17:54
t.me/svbandlik/17213
Хронология похожих публикаций:
Сначала новые
Похожие публикации не найдены