Xalq deputatlari Bektemir tuman deputati Aliev Alisher Yuldashevich hamda Bektemir tuman mahalla uyushmasi raxbari Aliqulov Orifjon Quvondiqovich “Abay” mahallasida fuqarolar bilan uchrashdi.
Joriy yilning 1-choragida qilingan ishlar bilan birga kelgusidagi mahallada yechimini kutayotgan dolzarb masalalar mutasaddilar ishtirokida muhokama qilindi.
-Mahalla hududidagi bolalar maydonchasidagi kamchiliklarni bartaraf etish
-Komunal sohadagi kamchiliklar va fuqarolarni qiynayotgan muammolar bilan tanishib chiqildi.
Deputatlar aholi va hududiy davlat organlari bilan hamkorlikda mana shunday masalalarni hal etish uchun harakat qiladi.
Biroq erishiladigan natija, mahalladagi ijobiy o‘zgarishlar ro‘y berayotganini, odamlar rozi ekanini his qilish — barcha deputatlarimizga zavq bag‘ishlaydi.
Deputatlarimiz faoliyati bilan tanishishda davom etamiz. Bizni kuzatib boring.
Telegram |
Instagram |
Facebook