🇰🇷 Janubiy Koreyada ishlab, O‘zbekistonga qaytgan fuqarolar diqqatiga!
Janubiy Koreya Respublikasida mehnat faoliyatini muvaffaqiyatli tugatib, O‘zbekistonga qaytgan fuqarolar EPS-Topik testida ishtirok etish maqsadida 2025-yil 17-24-mart kunlari 1006 nafar nomzod ro`yxatdan
o'tgan edi.🗓Ushbu nomzodlar uchun EPS-Topik testi joriy yil 21-26-aprel kunlari 2 xil manzilda o'tkazilishi rejalashtirilmoqda.
21-24 aprel kunlari uchun👇
📍Imtihon manzili: Toshkent shahri Mirobod tumani Tolimarjon ko‘chasi 3-uy.
👉
Lokatsiya
📝
Nomzodlar ro'yxati
26-aprel shanba kuni👇
📍Imtihon manzili: Toshkent shahri Yakkasaroy tumani Shota Rustaveli ko'chasi 156, (Kimyo Universiteti)
👉
Lokatsiya📝
Nomzodlar ro'yxati Imtihonga kirishda talab etiladigan hujjatlar va maʼlumotlar:
1. xorijga chiqish pasporti;
2. 3,5 x 4,5 hajmdagi oq fonda, sifatli va rangli surat (2 dona).
❗️Imtihon ishtirokchilari uchun muhim ma'lumotlar:
1. Belgilangan vaqtdan 1 soat oldin ko‘rsatilgan manzilga yetib kelish va ro‘yxatdan o‘tish lozim;
2. Xorijga chiqish pasportini olib kelmagan, belgilangan sana va vaqtdan kech qolgan fuqarolar imtihonga kiritilmaydi;
3. HRD shartlariga ko‘ra, takror yoki qayta apellyatsiya maxsus testi o‘tkazilmaydi.
4. Imtihonda elektron vositalaridan (mobil telefon, elektron soat, shpargalka va h.k.) foydalanish qat'iyan man etiladi;
5. HRD talablariga muvofiq, imtihon qoidalarini buzgan nomzodning natijalari bekor qilinadi va keyingi testlarda qatnashishi uchun 4 yil muddatga cheklov qo‘yiladi.
❗️Migratsiya agentligi imtihondan muvaffaqiyatli o'tgan fuqarolarni Koreya Respublikasida mehnat faoliyatini amalga oshirishini kafolatlamaydi.
📞 Murojaat uchun: 71 202-33-55 yoki 1282 qisqa raqami
Rasmiy manbalar — ishonchli ma’lumot, xavfsiz kelajak! 👇 👇
🌐
"xorijda ish" e’lonlar kanali🌐@uzmigration