У вас закончился пробный период!
Для полного доступа к функционалу, пожалуйста, оплатите премиум подписку
HA
Zamira O'zturk kutubxonasi 📕📗📘📙
https://t.me/hamidovazamira
Возраст канала
Создан
Язык
Узбекский
5.81%
Вовлеченность по реакциям средняя за неделю
9.75%
Вовлеченность по просмотрам средняя за неделю

O‘zbekcha~Turkcha lug‘at hammuallifi, Oybek qalamiga mansub "Qutlug' qon", "Oltin vodiydan shabadalar" romanlarining, shuningdek, professor Zarifboy Ibodullayevning "Asab va ruhiyat" kitobining tarjimoni Zamira O‘zturkning shaxsiy kanali!

Сообщения Статистика
Репосты и цитирования
Сети публикаций
Сателлиты
Контакты
История
Топ категорий
Здесь будут отображены главные категории публикаций.
Топ упоминаний
Здесь будут отображены наиболее частые упоминания людей, организаций и мест.
21
257
Ishqilib butun tanish-bilishlaringiz "Shu tanlovlaring ham jonga tegdi!!!" deyishmayaptimi?

@hamidovazamira
28.04.2025, 17:51
t.me/hamidovazamira/12013 Ссылка
6
2
281
«Telba» – telbalar ichidagi sog‘ bo‘lgan qalb haqidagi asar.

«Hammadan o‘zim zo‘rman» deb yashaydigan, bir zarbaga o‘n zarba bilan javob beradigan, kimgadir ozgina ko‘rsatgan yaxshiligini «dunyoni qutqarish» deb biladigan, manman, takabbur, go‘zallikni yanchib rohatlanadiganlar jamiyatida «dunyoni go‘zallik qutqaradi» degan g‘oya bilan yashovchi, unga qancha zarba berishmasin kechirguvchi, har bir insonga yuksak ehtirom bilan boquvchi, soddadil, begunoh kimsani kim deb atashadi? Ha, telba! Telba, «idiot» deb atashadi.
Fyodor Dostoyevskiyning «Telba» romanidagi markaziy qahramon knyaz Mishkin ham aynan shunday telbalardan. Telba bo‘lganda ham boshqa «sog‘lar»dan o‘tkirroq, aqlliroq telbadir. Reforma payti jamiyatda ziddiyat kuchayib, insonlar o‘rtasida mehr-muhabbat qochgan bir vaqtda knyazning rahmdilligi, beg‘ubor va begunohligi odamlarga kulgili tuyuladi. Qahramonning sof va pokiza qalbini kirlab ketgan jamiyat qabul qilolmaydi, iloji boricha o‘zidan soqit qilishga urinadi va uddalaydi ham (asar so‘ngida knyaz Mishkin kelgan joyiga, ya’ni Shveytsariyadagi jinnixonaga qaytadi). Knyaz tushib qolgan jamiyatda go‘zal tuyg‘u va bebaho fazilatlar allaqachon o‘z qiymatini yo‘qotib ulgurgan va qahramonimizning qarashlari eskilik sarqitiga aylanib bo‘lgan edi.

Asardagi boshqa qahramonlar ham turli ramzlarni ifodalab kelishi mumkin: Nastasya Filippovna – toptalgan nomus-or. Aglaya – qadrsiz, haqoratlangan muhabbat, Ippolid – alamzada va ichiqoralikka og‘gan umr, Rogojin – piypalangan go‘zallik va nomusga shaydo g‘urur (jabrlanuvchi sifatida ham qarashimiz mumkin) va hokazo.

Knyaz Mishkinni Don Kixotga ham qiyoslashimiz mumkin. Don Kixot o‘zining soddaligi bilan kitobxonda kulgi qo‘zg‘atadi. Knyaz Mishkin kulgi qo‘zg‘atmasa-da, uning boshqa fazilati bor. U judayam pok, boladek ma’sum. Afsuski, buni tentaklikka yo‘yishadi.

Nima uchun Nastasya Filippovna va Aglaya boshqa «Sog‘lar»ni emas, aynan telba knyazni sevadi? Uning na puli, na davlati bor edi. Boshqalardan ojiz va zaif ko‘rinardi. Ammo knyazda ma’naviy butunlik, qalb to‘liqligi mavjud. Shuning uchun ham Nastasya Filippovna bu pokiza yurakka o‘zining darz ketgan, piypalangan va parchalangan yuragini ravo ko‘rolmadi.

Har bir insonning yuragida kichikkina bolakay yashaydi. U judayam beg‘ubor, gunohsiz, ishonuvchan va sodda. U yomonlik nima bilmaydi, hatto tushunmaydi. Uning vujudi poklik, tozalik. Doim yaxshi narsalarni o‘ylaydi va talab qiladi. Inson ulg‘aygani sari o‘sha bolakayining ovoziga quloq solmay qo‘yadi. Ba’zan hattoki bu ovozni bo‘g‘ish uchun kichik vujudning og‘zini zo‘rlik bilan yopadi. Unga tazyiq o‘tkaza boshlaydi. Bora-bora bolakay gapirmay qo‘yadi, gapirishga qo‘rqadi. Ruhi jarohatlanadi. Har bir kishi ichidagi kichik bolasining gapiga quloq solib turishi lozim. Uni yo‘qotib qo‘ysa, katta mag‘lubiyatga uchragan bo‘ladi. Hayotini samimiyat tark etadi.

Dostoyevskiyning hamma qahramonlari shikasta, ezilgan. Biroq ularning ichida katta qalb yashirin. Har biri qaysidir jihatdan yetuk kishilar. Bu yozuvchining qahramonlari kitobxonni o‘ziga shunday chorlab oladilarki, kitobxon o‘sha qahramon bo‘lib yashaydi, so‘zlaydi, o‘ylaydi. Dostoyevskiy asarlari tugamaydi, aksincha, tugagandan so‘ng boshlanadi va kitobxon tafakkurida yashaydi.

Manba: https://kun.uz/06843088

@hamidovazamira
28.04.2025, 17:29
t.me/hamidovazamira/12011 Ссылка
5
259
- Ona, sinfda faqat men Fil ko'rgan ekanman. Boshqa hech kim ko'rmagan ekan. Yaxshiyam Toshkentdagi "Hayvonot bog'i"ga olib borganingiz. Fil bechora issiqdan torgina, qorong'u xonasining burchagiga tiqilib olgan bo'lsa ham men uning qandayligini yaxshi bilaman, tasavvur qildim.

-Qanday tasavvur qilding?

-Bu Osiyo fili edi, chunki quloqlari kichkina edi. Afrika fili bo'lsa quloqlari katta bo'lardi, issiqda o'zlariga shamol qilishlari uchun yelpug'ichday yelpinishadi fillar.

-Haa, bilmas ekanman, rahmat!

-Bu yil Toshkentga borsak yana boraylik "Hayvonot bog'i"ga.

-Ha, yaqinda yangilandi bog', Xudo xohlasa boramiz. Agar Osiyo fili haliyam hayotda bo'lsa ko'rasan yana. (Chunki Ankaradagi fil issiqqa chiday olmay o'lib qolgandi)

Fil bormi o'zi bilasizlarmi:)

#AmirBahodirHikoyalari

@hamidovazamira
28.04.2025, 17:12
t.me/hamidovazamira/12010 Ссылка
19
260
Bu finjonim salkam 20 yillik. Istanbulda magisraturada o'qib, och qolmaslik uchun ishlagan joyimdagi boshlig'imizning buyrug'i bilan 8-martda sovg'a qilishgandi. Butun ayol-qizlar restoranga ovqatlangani borgandik, chiqishda shuni sovg'a qilishgandi. Boshlig'imiz Bolgariyalik turk Salohiddin bey edi adashmasam ismi, o'ziga to'q ishbilarmon odam edi. O'zi sotsialistik davlatdan kelganligi uchun bizlarni qo'llab-quvvatlardi, tushunardi o'zga yurtda o'qishning osonmasligini. Bir kuni Rossiyadan bir mutaxassis ayol kelgandi, kun bo'yi fabrikada tarjimonlik qildim. Qaytishda Istanbuldagi "Fenerbahçe" sohilida qimmat restoranda ovqatlangandik, chunki buyruq shunday berilgandi menga:)) mehmon ham xursand, men ham. Oddiy talaba, zo'rg'a qorningni to'ydirib yurgan bo'lsang qayerda qimmat restoranda ovqatlanish:))
Talabaga qilingan yaxshilik unutilmaydi. Mana bir finjon ketidan nimalarni esladim. Sog' bo'lsin eski direktorim.

@hamidovazamira
28.04.2025, 16:51
t.me/hamidovazamira/12009 Ссылка
18
298
Video ostidagi ba'zi fikrlarni o'qib "qanchalik dunyoqarashimiz tor" dedim. "Kalandimog' ekan", "Chiqvolib ota-onasini yomonlayapti" vhk..

Bu qiz men qiynaldim, qolgan bolalar qiynalmasin deyapti, demak psixologiyani ham yaxshi tushunadi.

Men ham bolalarning yolg'iz qoldirilishiga qattiq qarshiman. Kichkina o'g'lim 3 yilcha oldin Istanbulga 2 kunlik tadbirga ketganimda ko'rpaning ichiga kirib yum-yum yig'laganini aytishganda men ham rosa yig'laganman. Vaholanki yonida dadasi, buvasi, buvisi, akasi bo'lgan. Onaning o'rnini hech kim bosa olmaydi.

O'zim masalan kap-katta qiz edim 12-13 yoshlarimda, tushimda onamni yo'qotib qo'ygandim, yig'lab uyg'onib ketgandim, tushimni eslab yana yig'lagandim. Birinchi kursim bo'yicha yig'lab borib kelganman o'qishga, bo'lmasa ikki haftada bir borardim uyga. Endi murg'akkina bolaning qalbini o'ylang. Katta bo'lib zo'r o'qishlarda o'qisa ham, katta katta ishlarda ishlasa ham bolalikdagi bo'shliq aslo to'lmaydi.

Bu qizni qaytib katta ishga olishmasa ham kerak, chunki ancha tanqid qilibdi:) Biz davlat o'laroq, jamiyat o'laroq ham tanqidlarga tayyor emasmiz. Tandiq "davlatim yaxshi bo'lsin, shu kamchiliklarini tuzatsin" deb qilingan bu qiz tarafidan. Hatto kanalimda O'zbekistondagi ba'zi mavzular haqida aytgan fikrlarim sabab meni yomon ko'rib kanalimdan chiqib ketganlar bo'lib turadi:))

Tashqariga chiqib yashab ko'rgan odam o'z davlati bilan taqqoslaydi. "Nima uchun mening davlatimda ham shunday yaxshi ishlar qilinmaydi?" deb o'ylaydi. Ichi kuyadi, chunki biz ham loyiqmiz bunday yaxshi sharoitga, imkonlarga deydi. Biz tanqidlarni to'g'ri qabul qilmasak, xatolarimizni do'stona aytganlarni "toshbo'ron qilaversak" hali beri rivojlanmaymiz azizlar.

Yaqinda menga bir qiz yozdi, bir stipendiya uchun murojaat qilmoqchi ekan. Maqola yozib bering, faloncha pul beraman, dedi. Men hayronman. 15-20 maqola nimaga kerak? Har bir maqolada Orzugul aytganday qandaydir muammoni hal qilmasangiz, shunchaki ko'chirib, tarjima qilib bir xil narsalarni yozaversak kimga foyda? O'zimizni o'zimiz aldab o'tiravermaymizmi?

Ba'zilarga qaraysan faqat tushkunlik holida fikr bildiradi: "Biz o'zgarmaymiz, bo'lganimiz shu".

Men bunday pissimist tushunchalarga ham qarshiman. Nima keragi bor yoshlarning hayajonini, kuchini so'ndirib. "Biz tuzata olmadik, qo'limizdan kelmadi, sizlar harakat qilinglar" deyishlari kerak.

Bu vatan hammamizniki. Siz, men, u kurashmasa, harakat qilmasa, tanqid qilmasa, tanqiddan to'g'ri xulosa chiqarib kamchiliklarni tuzatmasa rivojlanmaymiz...

@hamidovazamira
28.04.2025, 15:18
t.me/hamidovazamira/12008 Ссылка
14
316
"O'zbekistonda bir tanishim PhD o'qiyapti. Chet elliklarning maqolalarini olib tarjima qilib xuddi o'zinikiday qilib chop qilishar ekan. Qani bu yerda mualliflik huquqi? Siz qanaqadir bir muammoni hal qildingizmi? Afsuski O'zbekistonda ilmiy ishlar faqat diplom uchun qilinadi, beriladigan qo'shimcha maosh uchun qilinadi. Agar bu shunday davom etaversa buning oxiri falokat!", deydi Orzugul G'oyibova. "O'z sohasida gapira olmaydigan, o'z mavzusida maqola yoza olmaydigan, bu ishlarni pulga yozdiradiganlar juda ko'p ekan"... davom etadi Orzugul.

@hamidovazamira
28.04.2025, 14:40
t.me/hamidovazamira/12007 Ссылка
17
1
342
2-sinfligimda onam Rossiyaga ishlagani ketganlar. Otam nogiron edilar. Onam meni tashlab ketganlar deb yig'lardim..

O'qituvchim menga alohida e'tibor berganlar. Shu narsa menga katta yordam bergan.

Hozirgi kunda juda ko'p bolaning ota-onasi Rossiyada ishlaydi. Bu bolaga juda yomon ta'sir qiladi..

https://www.youtube.com/watch?v=zuvzdkE5t-c

@hamidovazamira
28.04.2025, 14:21
t.me/hamidovazamira/12006 Ссылка
21
337
Mana sizlarga olam-olam tanlov:)

Kecha aytganimday kanalni tanitib keyin obuna qilinglar, urib-so'kmanglar hech kimni:)

Adminimni ham charchatmanglar, hammaning vaqtini hurmat qilaylik.

Men-ku doimo shu yerdaman, ishimiz telefondan bo'lganligi uchun majburiy online turaman.

Yordamchim unday emaslar, ba'zan internetlarida muammo bo'lib qoladi.

Biz kitobxon oilamiz, boshqasining yutug'i uchun xursand bo'lamiz a azizlar...

Bo'lmasa shuncha kitob o'qib odamiylik sifatlarimiz og'ir bosmas ekan kitob tashigan eshakdan nima farqimiz qoladi.

O'qib, uqish barchamizga nasib bo'lsin.

Tanlovlarimiz xayrlarga vasila bo'lsin omin...

@hamidovazamira
28.04.2025, 13:33
t.me/hamidovazamira/12005 Ссылка
14
5
501
Anchadan buyon kutilgan tanlovga start beramiz🎉

"Ishlagan tishlaydi" degan maqolni biroz o'zgartirdik, "Ko'p obunachi qo'shgan kitob oladi".

📌Shartlarimiz quyidagicha:

1. Agar hali a’zo bo’lmagan bo’lsangiz, Zamira O'zturk kutubxonasi kanaliga obuna bo’lasiz.
2. @kitapkizii akkauntiga, faqatgina "Havola" so'zini yuborasiz.
3. Sizga berilgan havolani boshqalarga yuborib, obunachi yig'asiz!

G'oliblar 5ta bo'ladi xolos. Eng ko'p obunachi qo'shgan 5 ta obunachiga rasmdagi kitoblar hadya qilinadi. Hammaga omad yor bo'lsin🌷

⏰Boshlanish vaqti: 28-aprel 12:00
⏰Tugash vaqti: 4-may 20:00

❗️Diqqat! "Havola" deb xabar yuborgach, boshqa hech narsa yozmang! Boshqalarning ham o'z shaxsiy hayoti borligini hisobga oling. "Qachon berasiz", "Nega yozmayapsiz", "Nechta qo'shildi, qarab bering" kabi xabar yozsangiz bloklanasiz va tanlovdan chetlatilasiz! Unutmang, siz o'zingizga qulay vaqtda xabar yozasiz, boshqalar ham shunday!


Admin faqat havola yuboradi, har qanday savol tug'ilsa, kanal izohlariga murojaat qiling!
28.04.2025, 13:00
t.me/hamidovazamira/12004 Ссылка
11
3
312
Bu dugonam bank sohasida fan doktori😊 hozirda Amerikada domla. Bizni yaqinlashtirgan mavzu esa – kitoblar. Ko‘p maslahatini olaman. Dunyoqarashi keng, o‘z fikriga ega, buning sababi ko‘p o‘qishida deb bilaman. Yuqorida aytganimday yaxshi ko‘rgan yozuvchi va asarlaringni ayt degandim, shularni yozibdi. Mendan “qaysi asarlarni tavsiya qilasiz?” deb ko‘p so‘rashadi, foydasi tegib qolar.


Ben roman okuyorum genelde Zamira. Bir de biyografi çok severim ama roman gibi, akıcı şekilde, olay örgüsüyle anlatılan tarzda biyografi severim.
Orhan Pamuk kitaplarını çok severim, en sevdiklerim “Beyaz kale”, “Benim adim kırmızı”, “Kar”, “Kara kitap”, “Cevdet bey ve oğulları”...
Zülfü Livaneli severim, “Engereğin gözü”, “Leyla’nın evi”, “Kaplanın sırtında”.
Şükran Yiğit diye bir yazar yeni tanıdım gecen yıl, “Burası radyo şarampol”, “Ankara mon amour”, “Çatı katı aşıkları”, 3 kitabına da bayıldım tek kelimeyle.
Nermin Yıldırım’ı da yeni tanıdım, “Fikret ile nedret” ve “Saklı bahçeler haritası” kitaplarını çok çok sevdim, kitaplar aslında bağlantılı ama birini okumasam da diğerini anlayabilirsin enteresan. Bir de “Rüyalar anlatılmaz”, çok güzel kitap.
Defne Suman, “Çember apartmanı”, “Kahvaltı sofrası” kitaplarına bayıldım.
Ahmet Ümit’in bütün kitaplarını severim, polisiye yazıyor, ama “İstanbul hatırası” ve “Kavim” kitaplarını en çok severim.
Eskilerden Peyami Safa ve Ahmet Hamdi Tanpınar’ı çok severim.
Peyami Safa “Yalnızız”, “Fatih – harbiye”, “Sözde kızlar”.
Ahmet Hamdi Tanpınar “Huzur”, “Mahur beste”, “Beş şehir”.
Bir de tabi Ernest Hemingway, John Steinbeck, Marquez, Jose Saramago gibi herkesin bildiği ve sevdiği yazarların kitaplarını severim.
Dostoyevski’ye aman Allahım bayılırım. Bir kış gecesi bana Dostoyevski ver, başka ne isterim.. Tolstoy da severim ama “Dosto” başka😊 “Budala” ve “Karamazov kardeşler” en sevdiğim, 3’er kez okudum. “Suç ve ceza”yi da 2 kez okudum.
Gogol, “Bir Deli’nin hatıra defteri” de mesela harika ötesi bir kitap.
Dan Brown, Stephen King kitaplarını da severim mesela, ama gelecekle ilgili içimi karartır bazen.
Jules Verne’i de çocukluğumdan beri okurum, hayal dünyası muhteşem...
Aa Hakan Günday geldi bak aklıma... Bütün kitapları muhteşem ama “Kinyas ile kayra” apayrı, herkes okumalı.
Sait Faik öyküleri, en çok “Semaver” kitabini severim.
Necati Cumali’nin “Viran dağlar” ve “Yağmurlar ve topraklar” kitapları da arada aklıma gelir, özlerim, okumak veya dinlemek isterim.

Asar ismlarini ataylab tarjima qilmadim. Chunki ko'pchiligi tarjima qilinmagan o'zbek tiliga. Asar va yozuvchilarning nomlari asl - original holida qolsin dedim. Chunki shu holida topishingiz oson bo'ladi.


@hamidovazamira
28.04.2025, 12:57
t.me/hamidovazamira/12003 Ссылка
9
324
Asarlarning ham xarakteri bo'ladi. Masalan yuqoridagi romanni uncha yotirmaganini aytdi ko'p o'qiydigan dugonam:))

Sizga qanday asarlar yoqadi?

Kimlarni o'qishni yoqtirasiz?

Dugonamdan kimlarni yoqtirasan, qanday tarzdagi asarlarni deb so'ragandim javob yozibdi. Birozdan joylayman, balki kimgadir foydasi tegar..

@hamidovazamira
28.04.2025, 12:30
t.me/hamidovazamira/12002 Ссылка
10
316
Professor Nazan Bekiroğluning "Mücella" romanini 2 kun oldin tugatdim. Eng boshda aytganimday mazza qilib, chanqagan odam suvni qonib, qonib ichganiday o'qidim. Nimaga? Chunki turk tili judayam judayam nafosat bilan, joy-joyida, erkalab, ehtiyot qilib ishlatilgandi. Yozuvning, gaplarning, so'zlarning, harflarning shunday sehri bor - ishlatgan odamning qalb rasmini chizib beradi sizga.

Nazan domla universitetda dars berarkanlar, internetda o'qigan ma'lumotlarimga qaraganda turk tilini shu darajada go'zal gapirarkanlarki talabalari so'z olib gapirish uchun oldindan tayyorlanisharkan! Roman haqida ilhom kelib, vaqtim bo'lsa bir narsalar qoralarman. Menga eng ta'sir qilgan joyi oilali bo'lishiga qaramay erini, farzandini tashlab boshqa erkak bilan qochib ketgan, oradan bir yil o'tmay xor-zor bo'lib kaltaklangan holda qaytib kelib, tashlab ketgan oilasi tarafidan o'ldirilish bilan qo'rqitilgan ayolning o'zini Qoradengizga tashlab o'lgan hikoyasi bo'ldi. Ora ora eshitib qolaman O'zbekistondayam, Turkiyadayam shunday voqealarni.. nafsimizga qul bo'lishdan asrasin..

"Mücella" romani Nazan Bekiroğlunining bolaligida kuzatganlari asosida yozilgan..Yozuvchi birma-bir guvoh bo'lganlarini romanlashtirgan, shuning uchun balki juda ta'biiy, ta'sirli chiqqandir. Romandan men uchun muhim bo'lgan juda ko'p yangi so'zlar o'rgandim. Shu kungacha hech qayerda uchratmagan ranglarning nomlarini, ehee aytaversam gap ko'p:)

@hamidovazamira
28.04.2025, 12:16
t.me/hamidovazamira/12001 Ссылка
16
2
298
Ko'ngil-da bu gulgayam qo'nishi mumkin, tezakkayam:) Shuning uchun bola tarbiyasi muhim! Farzandlarimizga gul bilan tezakni farqini yaxshilab o'rgatishimiz shart!

@hamidovazamira
28.04.2025, 12:05
t.me/hamidovazamira/12000 Ссылка
Репост
16
3
285
Saviyali va dunyoqarashi to’q insonni seving. Chunki nafsi och insonni qalbini muhabbat bilan to’ldira olmaysiz!!!!
28.04.2025, 12:03
t.me/hamidovazamira/11999 Ссылка
10
10
432
Xulosa o'zingizdan..

@hamidovazamira
28.04.2025, 10:25
t.me/hamidovazamira/11998 Ссылка
19
1
310
Yonimizdagi oziq-ovqat sotiladigan magazinga Sabohiddin Alining kitoblari kelgan ekan, odatdagidan arzonroq. Shularni oldim kecha.
Turkiyada menga shu tarafi yoqadi. Magazinlarning bir burchagida kitob sotiladigan bo'limlari bo'ladi.

Ikki kitobni 60 lira - 20 ming so'mga oldim.

O'zimdagilarni "25ga 1" tanlovida hadya qilgandim. Bir tarafim bo'sh edi:)) Buni - kitobini hadya qilib yuborganlar tushunadi😁😁

@hamidovazamira
28.04.2025, 09:43
t.me/hamidovazamira/11997 Ссылка
20
1
302
Tanlovni e'lon qilish bo'yicha yordamchimga yozdim. Qizimiz ham o'qib, ham ishlaydilar. Shuning uchun u kishining vaqtlari bo'lishi bilan e'lon qilamiz. Men bu ishlarni yaxshi bilmayman chunki:)) Bugungacha o'tkazilgan tanlovlarda bilag'on yordamchilarimning mehnatlari katta. Alloh rozi bo'lsin hammalaridan. Sizlarga kitob yetkazishda juda ko'pchilik mehnat qilyapti❤️

@hamidovazamira
28.04.2025, 09:38
t.me/hamidovazamira/11996 Ссылка
11
4
301
2020-3.pdf Byulleten.pdf

O'zbekistondagi ilmiy ishlarni qidirib shu byulletenni ko'rib qoldim.
O'sha davrdagi ilmiy ish mavzulari bilan qiziqsangiz qarab chiqishingiz mumkin.

@hamidovazamira
28.04.2025, 09:27
t.me/hamidovazamira/11995 Ссылка
15
5
339
Ustoz Hamidulla Dadaboyevning "O'zbekTerminologiyasi" kitoblarini topib oldim. Kimgadir foydali bo'lar..

@hamidovazamira
28.04.2025, 09:23
t.me/hamidovazamira/11994 Ссылка
20
351
Assalomu alaykum!
Yangi hafta, yangi kun muborak bo'lsin azizlar!
Yangi kuningiz muhabbat, tinchlik va baxtga to'la bo'lsin!
Har daqiqangiz mazmunli va yorqin o'tsin!

@hamidovazamira
28.04.2025, 09:11
t.me/hamidovazamira/11993 Ссылка
46
3
383
"O'zingizni tanishtiring", deganlar uchun maxsus.
Avval boshqa kanallarda berilgan ma'lumotlardan biri.

Turkiyada o‘zbek tilshunosi
Zamira Hamidova (O‘zturk) — Turkiya Respublikasida muvaffaqiyatli ilmiy izlanish olib borayotgan yurtdoshlarimizdan.
Zamira O‘zturk 1976 yil Andijon viloyatining Baliqchi tumanida tavallud topgan. Dastlab, Toshkent davlat Nizomiy nomidagi pedagogika universitetida (1993-98), so‘ngra, Turkiyaning Marmara universiteti (Marmara Üniversitesi)da magistratura (2006-09) bosqichini tamomlagan. Uzoq yillik ilmiy izlanishlari natijasida 2020 yil Turkiyaning Hojattepa universiteti (Hacettepe Üniversitesi)da «O‘zbekistonda til siyosati: standartlashtirish va modernizatsiya» («Özbekistan‘da Dil Politikası: Standartlaşma ve Modernizasyon») mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan.
Z. O‘zturk faoliyati davomida o‘zbek va turk adib-olimlarining o‘nlab asarlarini turk va o‘zbek tillariga tarjima qilgan. Shu jumladan olima  Muso Toshmuhammad o‘g‘li Oybekning “Qutlug‘ qon”, “Oltin vodiydan shabadalar” romanlarini, O‘zbekistonlik nevrolog Zarifboy Ibodullayevning “Asab va ruhiyat” kitoblarini turk tiliga, Mustafo Totchining “Ishq tili Yunus Emro” kitobini esa turk tilidan o‘zbek tiliga tarjima qilgan.
2023-yili H.Korash, F.Achik va Z.O‘zturk hammuallifligida «O‘zbekcha-Turkcha lug‘at” “Nobel” nashriyotida chop etildi. Ushbu muhtasham lug‘at 40 mingga yaqin so‘z, 5 mingga yaqin ibora va maqollardan iborat. Bu lug‘at mualliflarning yetti yillik mashaqqatli mehnatlari evaziga dunyo yuzini ko‘rdi.
Olima 2014 yildan eʼtiboran Turkiya Respublikasi Prezidenti Adminstratsiyasining Kommunikatsiyalar boshqarmasida tarjimon, ilmiy xodim sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.

@hamidovazamira
27.04.2025, 23:52
t.me/hamidovazamira/11992 Ссылка
39
1
391
"Uydagilar omad shouda ham qatnashing koʻpgina Damas yutvolasiz deyishyaptii😁😁".

Randomda ikkinchi marta kitob yutib olgan obunachim..

:))

@hamidovazamira
27.04.2025, 22:47
t.me/hamidovazamira/11991 Ссылка
28
408
"25ga1" tanlovida odam qo'shganlar "hozircha obuna bo'lib turing, keyin chiqib ketaverasiz" deb obuna qilgan ekan odamlarni.

Kanalimga tanlovlar sabab qo'shilib, yoqtirib qolib ketganlar ancha.

Shuning uchun "chiqib ketaverasiz", demasdan kanal haqida ikki og'iz ma'lumot bering!

Bizga kitob shaydolari kerak, kanalma-kanal chekirdakka o'xshab sakrab yuradiganlar emas!

@hamidovazamira
27.04.2025, 22:40
t.me/hamidovazamira/11990 Ссылка
10
405
@hamidovazamira
27.04.2025, 21:42
t.me/hamidovazamira/11989 Ссылка
18
424
Assalomu alaykum Zamira opa,shijoatingizdan bizga ham ozgina yuqtiring.Omad ishlaringizga.Shuncha kitobni qayerdan olyapsiz, sir boʻlmasa😅
27.04.2025, 21:35
t.me/hamidovazamira/11988 Ссылка
47
422
Endi bu tanlovni e'lon qilamiz.

Tayyormisiz?

Hisbelgilarni ko'raylikchi..

@hamidovazamira
27.04.2025, 21:30
t.me/hamidovazamira/11987 Ссылка
7
1
422
Yana bir tanlovimiz nihoyasiga yetdi. G'oliblarni tabriklaymiz!
1, 2, 3, 4, 5- kishilar Charosxonga murojaat qilishsin, hadyalarini u kishi jo'natadilar +998909225385

6-7- kishilar esa menga yozsin @Zamira_Ozturk
8- g'olibimiz esa Azizbekka 939420720 yozishsin.

@hamidovazamira
27.04.2025, 21:04
t.me/hamidovazamira/11986 Ссылка
16
4
404
Результаты конкурса:

Победители:
1. Madinabonu (@Madinafurqat)
2. MAXSUMA
3. ~ (@Uzbekista11)
4. _muharram_♡
5. 🕊️ (@boo0kworm)
6. Oishaxon (@Guliiiiiiiiiiii0)
7. Shahobiddinovna (@Shahobiddinovna_M)
8. .

Проверить результаты
27.04.2025, 21:00
t.me/hamidovazamira/11985 Ссылка
10
1
373
Ankaraning markazi "Kızılay" - Qiziloy maydoniga kam boraman vaqt kamligidan, har borganimda yangi joylarni ko'rib tanishga harakat qilaman. Bugun ro'mol olish uchun bir do'konga birinchi marta kirdim. Do'konning kengligi 1,5 metr, uzunligi 5-6. Kichkinagina do'konga qaramay juda moli ko'p edi. Yoshi 60lardagi amaki xushmuomala, ishining piri ekanligi bilinib turardi. Hozir juda ko'p do'konlarga kirsangiz ishchilar baland ovozda shaxsiy muammolarini gapiradimiyey, bir narsa so'rasangiz xushlamaygina javob beradimiyey.
Do'kon egasi vaholanki mol sotsin, deb maosh beradi, gap emas!!

- Shu ro'molni ham ochib ko'rsam maylimi?
- Ha bemalol!
- Uzr, sizniyam ovora qilyapman!
- Ishim shu-ku! Do'kon o'zimniki qancha mol sotsam shuncha yaxshimasmi menga! Bu do'konni ochganimga 46 yil bo'ldi. Yoshligimni yashay olmadim, umrim mehnatda o'tdi. Lekin hozirgi yoshlar, hatto o'zimning farzandlarim ham mehnatning qadrini bilishmaydi.
Yaqinda bir qiz onasi bilan do'konimga kelgandi, qizning onasiga muomalasini ko'rib chiday olmadim, urishib berdim..
Hozirgi yoshlar nimaga shunaqa?!

....

@hamidovazamira
27.04.2025, 20:20
t.me/hamidovazamira/11984 Ссылка
16
1
364
Bugun qahvamni yonida kitob yo'q, ko'chada ishlarim bor edi, charchab qaytib keldim.
"Yorgunluk kahvesi" - Charchog'imni chiqarish uchun qahva ichyapman. Yonida esa "Beypazarı kurusu". Saryog' solib tayyorlangan xamir shunaqa kichkina bo'laklarga bo'lib pishiriladi. Qitir-qitir yeyaverasiz:)
Beypazarı- Ankaraning tumanlaridan biri. Shiringina joy. Ko'p narsalari: sabzisi, Beypazarı baklavası, ma'dan suvi vhklari mashhur.

@hamidovazamira
27.04.2025, 19:46
t.me/hamidovazamira/11982 Ссылка
1
351
27.04.2025, 19:46
t.me/hamidovazamira/11983 Ссылка
9
356
Kitobni oldim .Rahmat kattakon sizga allohim rozi bo‘lsin😊😊😊
27.04.2025, 19:38
t.me/hamidovazamira/11981 Ссылка
23
382
Yangi qiziqishi..

#AmirBahodirHikoyalari

@hamidovazamira
27.04.2025, 13:29
t.me/hamidovazamira/11980 Ссылка
15
1
403
Maktab gazetasi uchun she'rlar ham tayyor:))

#AmirBahodirHikoyalari

@hamidovazamira
27.04.2025, 13:27
t.me/hamidovazamira/11978 Ссылка
1
375
27.04.2025, 13:27
t.me/hamidovazamira/11979 Ссылка
20
5
402
Erta-indin ushbu tanlovni e'lon qilamiz nasib bo'lsa.

G'oliblarga:

1- o'rin 18 kitob O'tkir Hoshimov asarlari.

2- o'rin 5 kitob "Aks" to'plamidan.

3- o'rin 2 kitob Rauf Parfi saylanmalari.

4- o'rin 2kitob Adem Gunesh "Jazosiz tarbiya".

5- o'rin 1 kitob Zulfiya Qurolboy qizi "Oyimtilla".
hadya qilinadi.

Buning uchun kanalga obuna qo'shishingiz kerak bo'ladi.

Kitoblar qo'shilgan obunachilar soniga qarab beriladi.

@hamidovazamira
27.04.2025, 12:47
t.me/hamidovazamira/11977 Ссылка
13
353
Ushbu randomli, 8 kitob hadyali tanlovimizning g'oliblari bugun 20.00da aniq bo'ladi.

@hamidovazamira
27.04.2025, 12:33
t.me/hamidovazamira/11976 Ссылка
18
5
435
Assalomu alaykum azizlar!

Navbatdagi tanlovimiz o‘zbek adabiyotining usta yozuvchilaridan biri Xayriddin Sultonovning “Saodat sohili” qissasini o‘qib asar haqidagi fikr-mulohazalarni bildirish edi.

Tanlov uchun 10 kun belgilagandik. Qissa 42 sahifa edi. Bu vaqt mobaynida kitobni o‘qib, taqrizini yozgan 21 kishi menga murojaat qildi.

Avvalo qissani chin ko‘ngildan o‘qiganlarga alohida rahmat aytmoqchiman. Men doimo o‘zbek adabiyotimizni tanishimiz, o‘qishimiz kerakligini ta’kidlab kelaman. Chunki “Adabiyot yashasa millat yashaydi”.

Kanalimda har xil ma’lumotga ega insonlar bor, obunachilarning yoshlari ham bir-biridan ancha farq qiladi. 16 yoshli kitobsevar bilan 30 yoshli kitobxonning dunyoqarashi farqli bo‘lishi tabiiy.

Lekin yosh bo‘lishiga qaramay tanlovga qo‘yilgan 4 o‘zbek adabiyotiga ega bo‘lish uchun qo‘lidan kelganicha qissani o‘qib, tahlil qilishga harakat qilgan barchaga rahmat aytaman. Aziz kitobxon yoshlar! Siz asarlarni o‘qib, o‘z fikrlaringizni yozishda davom eting. Imlo qoidalariga doimo e’tiborli bo‘ling! Kelgusida buning albatta foydasini ko‘rasiz!

Ushbu mo‘jazgina tanlovimizda o‘z adabiyotimizga qiziqishni zarra bo‘lsa ham kuchaytira olgan bo‘lsam xursandman. Bu tanlovni o‘tkazishimda kitoblarni sovg‘a qilgan obunachimga, kitoblarni egalariga yetib borishida beminnat yordam berayotgan yana boshqa obunachimga o‘z minnatdorchiligimni aytib qolaman.

Taqrizlar bir-biridan ma’noli, yaxshi yozilgan. Shularning ichidan to‘rt donasini tanlab oldim.

1-o‘rin Vazira Tursunova Murod Muhammad Do‘st “Lolazor” romani.

2-o‘rin Hodiyeva Gullola O‘tkir Hoshimov “Ikki eshik orasi” romani.

3-o‘rin Xolboyev Munis Ulug‘bek Hamdam “To‘rtko‘cha” romani.

4-o‘rin Umarova Gulnora Iqbol Mirzo “Bonu” romani.

G‘oliblar menga @Zamira_Ozturk ism-familiya, manzil va telefon raqamlarini yetkazishsin. Tez orada kitoblaringizni olasiz nasib bo‘lsa.

@hamidovazamira
27.04.2025, 12:28
t.me/hamidovazamira/11975 Ссылка
19
1
379
Assalomu alaykum!

Ushbu kitoblarni kimlar yutib olgani bilan qiziqyapsizmi?

@hamidovazamira
27.04.2025, 12:24
t.me/hamidovazamira/11974 Ссылка
8
3
377
Tomas Edvard Lourens haqida eshitganmisiz?

Ushbu filmi tavsiya qilaman:

https://youtu.be/B-jb4zK8Nd4?si=QZuAy7GFMpYcnKSk

@hamidovazamira
27.04.2025, 00:47
t.me/hamidovazamira/11973 Ссылка
16
1
356
Tanlovga taqriz jo'natish muddati tugashiga 36 daqiqa qoldi.

Aytganimday siz albatta qissani o'qing!

O'zbek adabiyotimizni o'zimiz o'qimasak kim o'qiydi?

O'z adabiyotini o'qimagan odamning men shu millatni odamiman deyishga haqqi yo'q!!!

Hech kim xafa bo'lmasin!

@hamidovazamira
27.04.2025, 00:23
t.me/hamidovazamira/11972 Ссылка
16
1
339
Telegram kanali borlar uchun maqol:

"Tanlov qilganingda ko'p odam qo'shilmasa xafa bo'lma, tanlov tugagandan keyin ko'pchilik chiqib ketmadi deb xursand bo'lasan!".

@hamidovazamira
27.04.2025, 00:05
t.me/hamidovazamira/11971 Ссылка
9
2
358
https://youtu.be/NY90TboaUjQ?si=RPoEWQA-QdWjSTJ7

Shukur Burhonovday aktyorlar dinyoga qayta kelmasa kerak..Alloh rahmat aylasin.

@hamidovazamira
26.04.2025, 23:17
t.me/hamidovazamira/11970 Ссылка
12
8
1.9 k
1995-yili turk tilining buzila boshlanganidan, tilga inglizcha so'zlarni aralashtirib gapirish holatlaridan shikoyat qilgan bir ko'rsatuv.

Siz o'zbek tilimizni qanchalik sof ishlatasiz?

O'zbekchaga ruscha, inglizcha, turkcha so'zlarni aralashtirib gapirasizmi?

@hamidovazamira
26.04.2025, 23:09
t.me/hamidovazamira/11969 Ссылка
4
5
373
26.04.2025, 22:20
t.me/hamidovazamira/11968 Ссылка
16
422
Bugungi qahva yoni kitobim.

Aprel oyida "Mücella" romanini ham tugatsam 3,5 kitob o'qigan bo'laman Xudo xohlasa. Yarim nima desangiz "Aka-uka Karamazovlar" :))

Siz qaysi kitoblarni o'qidingiz?

Ushbu kitobdagi suratda nima deyilmoqchi sizningcha?

#qahvayonikitobim

@hamidovazamira
26.04.2025, 18:09
t.me/hamidovazamira/11967 Ссылка
13
1
376
Oybekning "Navoiy" romanini o'qiganmisiz?

O'qimagan bo'lsangiz boshlayvering chunki yaqinda shu roman bo'yicha juda zo'r kitob hadyali tanlov rejalashtiryapmiz nasib bo'lsa.

@hamidovazamira
26.04.2025, 17:58
t.me/hamidovazamira/11966 Ссылка
7
354
Bu tanlovimiz ertaga 20.00 da tugaydi nasib bo'lsa.

@hamidovazamira
26.04.2025, 17:41
t.me/hamidovazamira/11965 Ссылка
21
354
Amir Bahodir haftada bir gazeta chiqarardi bilasiz.

Mavzuni jiddiylashtirib maktab direktoriga borishibdi "maktab gazetesi chiqarsak maylimi?", deb ruhsat so'rashibdi. Direktor ruhsat beribdi. Sinfdan 10 kishi tayinlashibdi.

Bir qiz kecha WhatsAppimga yozib sizni ham gazeta guruhimizga qo'shsak maylimi, Amir Bahodir bilan shu yerdan xabarlashamiz, deb ruhsat so'radi. Ruhsat berdim.

Kechasi 23.30gacha gazeta ustida ishlashdi. Gazetachilar kechasi bilan ishlaydi-ku:))

Amir Bahodir 21.30 da uxlab bo'lgandi:) ertalab turib o'qidi yangiliklarni.

Yarim kechasigacha telegonga ruhsat berishganiga qaraganda ota-onalar ham bu gazeta mavzusini jiddiyga olishganga o'xshaydi:))

Ah o'g'lim odamlarning boshiga nima ishlar solding:))

#AmirBahodirHikoyalari

@hamidovazamira
26.04.2025, 17:25
t.me/hamidovazamira/11964 Ссылка
24
307
Amir Bahodir rasmini printerdan chiqarib xonasining eshigiga osib qo'ygandi. Biz uni erkalab "Pupu" deymiz. "Bu yerda vahshiy Pupu" yashaydi, deb yozibdi akasi:))

Ertalab qarasam rasmni olib tashlabdi.

- Voy nimaga olib tashlading rasmingni, kulgili edi.

- Ey ona kechasi xojatga chiqqanimda o'zimni ko'rib qo'rqdim!

:)))

#AmirBahodirHikoyalari

@hamidovazamira
26.04.2025, 17:19
t.me/hamidovazamira/11963 Ссылка
24
1
362
Yaqinda katta tanlov o'tkazamiz.

G'oliblarga:

1- o'rin 18 kitob O'tkir Hoshimov asarlari.

2- o'rin 5 kitob "Aks" to'plamidan.

3- o'rin 2 kitob Rauf Parfi saylanmalari.

4- o'rin 2kitob Adem Gunesh "Jazosiz tarbiya".

5- o'rin 1 kitob Zulfiya Qurolboy qizi "Oyimtilla".
hadya qilinadi.

Buning uchun kanalga obuna qo'shishingiz kerak bo'ladi.

Kitoblar qo'shilgan obunachilar soniga qarab beriladi.

"Nakrutka" qilmaydiganlar qatnashsin iltimos!!

Tanlovga qatnashasizmi?

@hamidovazamira
26.04.2025, 16:57
t.me/hamidovazamira/11962 Ссылка
12
329
Assalomu alaykum yaxshimisiz.
Men ham kitobni oldim. Katta rahmat✨✨
26.04.2025, 15:44
t.me/hamidovazamira/11961 Ссылка
13
330
Kitob taqrizlaringizni bugun 24.00gacha qabul qilaman.

Keyin ham yozishingiz mumkin, faqat tanlovga taalluqli bo'lmaydi.

"Saodat sohili" qissasini albatta o'qinglar.

Pdf holida ziyouz.comda bor.

@hamidovazamira
26.04.2025, 14:45
t.me/hamidovazamira/11960 Ссылка
26.04.2025, 13:41
t.me/hamidovazamira/11959 Ссылка
29
337
O'zbekning sevimli shoiri Muhammad Yusufning she'rlari turk tiliga tarjima qilinib Turksoy tashkiloti tarafidan nashr qilingandi. 3 yil oldin shu tadbirga borish uchun boshlig'im bilan tortishib ham olgandim. Qancha ish bo'lsa hammasini qilib beraman, faqat menga 2 soatga ruhsat bering, deganimda meni tushunishi qiyin bo'lgandi..
Yaxshiyam borgan ekanman. Shoirimizning ayollari va qizlari bilan tanishgandim. Professor Ma'rufjon Yo'ldoshev va qolgan tarjimonlarni ko'rib suhbatlashgandim..
Shirin xotira bo'lib qoldi hammasi..

@hamidovazamira
26.04.2025, 13:41
t.me/hamidovazamira/11957 Ссылка
26.04.2025, 13:41
t.me/hamidovazamira/11958 Ссылка
23
4
406
Bizlar - Muhammad Yusufning she'rlari bilan o'sgan avlod, qalbimizdagi vatan sevgisi, millatpatvarlik tuyg'ulari uchun Muhammad Yusufdan qarzdormiz. Ruhingiz shod, oxiratingiz obod bo'lsin iloyim..

@hamidovazamira
26.04.2025, 13:23
t.me/hamidovazamira/11956 Ссылка
2
435
25.04.2025, 22:41
t.me/hamidovazamira/11955 Ссылка
26
2
428
Turkiyalik bu amakining miyasida muammo bo'lgandan keyin turk tilini unutibdi va birdan Danimarka tili - Danchada gapira boshlabdi..Amaki yoshlligida Danimarkada yashagan ekan. Miya juda murakkab organ..

@hamidovazamira
25.04.2025, 22:41
t.me/hamidovazamira/11954 Ссылка
9
413
Akrom Malikniki ustoz tushunarli🥹
Bir kanalingizda qaysi kitobni sovgʻaga olishni xohlaysiz deganingizda shu kitobni yozgandi, bir opa sovgʻa qildilar keyin Alloh rozi boʻlsin 🤲🫠
25.04.2025, 21:54
t.me/hamidovazamira/11953 Ссылка
Репост
26
2
411
#Шахсий_хулоса

Кўчаларда ҳар куни турфа хил туристлар билан тўқнаш келаман. Деярли тўқсон фоизи 60 ёшдан катталар. Лекин бир қарашда улардаги энергия, ҳаётга бўлган кўтаринки кайфиятданми, билмадим, ҳеч кекса одамларга ўхшашмайди.

Бизда бўлса, ҳали 30 га кирмасдан «қаридик»лашга ўтамиз. Тоғни урса талқон қилиши кераклар, оғзига талқон солиб ўтиргандек...
Фарзанди бироз катта бўлса: «Энди бизнинг давримиз ўтди», битта невараси туғилса: «Фалончини тўйини кўрармикинман», «Фистончини боласини кўтарармикинман»... Етмишга яқинлашганлар гўрига тушиб ётиб олмаяпти холос.

Ўртоқлар, сиз ўзингизни нимага тайёрласангиз, организм айнан шу нарсани ҳис қилади. Ҳадеб уни «ўтириб қолди», буни «ётиб қолди» дея ғийбат қилмасдан, ёшариш учун уёғизни шишириб, буёғизни торттирмасдан, оддийгина миядаги фикрларни янгилаш билан ҳар бир ёшнинг завқини ҳис қилиш мумкин, аслида.

Гўзал якун учун ҳам, чиройли умр керак. Қаридим-чиридим деб, ёнбошлавомасдан, хайрли амал учун ҳаракат лозим. Эртага ҳаётимиз сўраладиган Кунда: «Нечта неварангиз бор эди?», «Чеварангизни тўйини кўрганмисиз?» — деган саволлар беришмайди ҳар ҳолда...

Özel kitap buketim•
25.04.2025, 21:21
t.me/hamidovazamira/11952 Ссылка
23
2
399
Er-xotin kitobxo'r bo'lsa shu-da:))

Men kitob olsam bu kishim quruq qolarmidilar:))

Uyimizning yangi mehmoni.

Kitob 1152 varoq bo'lishiga qaramay yengil.

#yangikitoblarim

@hamidovazamira
25.04.2025, 20:28
t.me/hamidovazamira/11951 Ссылка
8
2
381
Nima kitoblar o'qiyapsizlar?

@hamidovazamira
25.04.2025, 20:13
t.me/hamidovazamira/11950 Ссылка
Репост
10
1
382
❤️ Abdulaziz Dõsimbetov | Blog kanalida Kitobli õyin boshlandi 🔝🔝🔝
📊Shart juda oddiy pastdagi ikkita kanalga qõshilish sõrovini yuborasiz va komentariyada Kitob deb bir marta yozib qoldirasiz👍👍👍
🔴https://t.me/+BDF5ZKlk9Gw2OTBi

🔴https://t.me/+gBDNazMSoQQxYzVi

⚠️Õyin tugaganidan keyin tekshiriladi agar g'olib kanallarga qõshilish sõrovini yubormagan bõlsa kitob berilmaydi.
Qayta - qayta yozgan ban‼️
25.04.2025, 19:23
t.me/hamidovazamira/11949 Ссылка
20
422
Amir Bahodir orada "Qaysi davlatga borgingiz keladi?" deb so'rab turadi. Undan boshqa kim ham so'rardi:)) U bilan xayol qilamiz ko'p narsani. Xayol qilish tekin yaxshiyam:) Menga qolsa avval Turkiyaning shaharlarini aylanib chiqsam. Masalan janubidagi viloyatlarga umuman bormaganman. To'plamda 25 viloyatini ko'rdim, madaniyati, urf-odati, shevasi, oshxonasi bilan yaqindan tanishdim, judayam boy❤️

Endi umrim, pulim, vaqtim yetsa qolgan viloyatlarini ko'rish niyatidaman. Undan tashqari Ispaniyaga borgim keladi. Bu fikrimni Amir Bahodir qo'llab-quvvatlaydi, chunki Real-Madrid stadionini o'z ko'zi bilan ko'rish niyati bor:) Kecha sayohatni yaxshi ko'radigan hamkasbim bilan gaplashib stadionga kirib bo'ladimi deb so'ragandim. Ha bemalol kira olarkansiz, 500 ming so'm to'lasangiz bo'ldi ekan:) 2 yil avval Toshkentda "Bunyodkor" stadionining yoniga borgandik, faqat yopiq ekan, havasi ichida qolgandi bolamni.

Sizlar qaysi davlatlarga borishni xohlar edingiz ?

@hamidovazamira
25.04.2025, 16:11
t.me/hamidovazamira/11948 Ссылка
17
418
49 yillik hayotimda faqat 2 davlatda bo'lganman:)) Bular: O'zbekiston va Turkiya.
Xudo xohlasa yaqinda 3 ta bo'lish arafasida.
Taxmin qilib ko'ringchi qaysi davlat bo'lishi mumkin bu?

Sizlar qaysi davlatlarda bo'lgansiz?

@hamidovazamira
25.04.2025, 15:48
t.me/hamidovazamira/11947 Ссылка
23
443
Sizlar ham kanalim haqida "Tanlov kanal bo'lib ketdi" demayapsizlarmi ishqilib:))

@hamidovazamira
25.04.2025, 14:52
t.me/hamidovazamira/11946 Ссылка
24
6
567
Endi O‘zbekistondagi maktab bitiruvchilari qaysi tilda o‘qiganidan qat’i nazar, davlat tilini bilishi kerak. 2025-yildan boshlab o‘zbek tilidan boshqa tillarda dars beriladigan maktablarning bitiruvchilari 11-sinfni tugatayotganda shahodatnoma olish uchun davlat tilidan imtihon topshiradigan bo’ldi.

Manba: https://kun.uz/news/2025/04/23/talim-tili-ozbek-tili-bolmagan-sinf-bitiruvchilari-ham-davlat-tilidan-imtihon-topshiradi

@hamidovazamira
25.04.2025, 13:59
t.me/hamidovazamira/11945 Ссылка
11
1
442
"Ordusunu kaybeden bir millet tehlikededir.

İstiklâlini kaybeden millet korkunç bir felâkete düşmüştür.

Dilini kaybeden milletse yok olmuş demektir."

Hüseyin Nihâl ATSIZ

@hamidovazamira
25.04.2025, 13:04
t.me/hamidovazamira/11944 Ссылка
Репост
10
422
✍️ Ўша қадимий сурат эсингиздами?! Мақсад ўша-ўша – бемор болажонлар учун ёрдам ва қизиқарли аукцион!

🤝 Бу сурат кўп марта рекорд ўрнатган – юзлаб бемор болажонларнинг эҳтиёжига кўмак берган, ҳар сафар янгитдан савоб мақсадида қайтарилган. Келинг, яна бир аукцион қилайлик – энди ким ғолиб бўлса, болажонлар томонидан шу сурат бутунлай топширилсин!

✅ Бошланғич баҳоси 100 минг сўм! Хўш, ким қанча беради? Пули болажонлар учун жуда савобли ишларга сарфланади.

Эслатма: Тошкентда, бир уй чордоғидан шу картина чиқиб қолди. Ўлчами 150/120 см бўлган бу сурат 1962 йил 1 декабрда чизиб тугатилган экан. Сурат эса арзийди – 63 йиллик тарих ахир, тасвир ҳам жуда чиройли. Йирик идораларни, ҳашаматли уйларни безашига ишонаман.

Меценат, ҳақиқий ўзбек тадбиркори Бекзод Маматқулов бу бўйича рекордлар қўйишни бошлаб берган. Жуда-жуда хурсанд бўлганмиз, тушган 45 млн сўмга харид қилинган ускуналар онкология шифохонаси томонидан ҳалигача фойдаланилади.

✍️ Таклифларни изоҳда ёки https://t.me/Abror_Zohidov телеграм орқали бевосита билдиришингиз мумкин. Аукционда қатнашмай, шунчаки эҳсон қилиш имконияти ҳам бор – 9860120113552208 Зоҳидов.

Демак, бошладик, энг қизиқ таклифларни эълон қилиб борамиз.

🔥 Илтимос, постни тарқатишда ёрдам беринг!

Аброр Зоҳидов
Телеграм | Инстаграм
25.04.2025, 12:47
t.me/hamidovazamira/11943 Ссылка
7
365
📚 Mücella

✍Nazan Bekiroğlu

"Kedi ve köpek" hikayesi

*Def-i hacet - xojatga bormoq.

Avvallari ochiqcha, qo'pol qolib yozishmagan:))

@hamidovazamira
25.04.2025, 10:36
t.me/hamidovazamira/11942 Ссылка
10
381
Shimoliy Kipr - Kıbrıs nima uchun Turkiya uchun muhim.

Hozirgi kunda kimni og'zi bo'lsa hamma mavzuda gapiraveradi bilasiz.

"Chumchuq so'ysa ham qassob so'ysin", bu mavzuda Kamoliddin Rabbimov gapirsin!

https://youtu.be/mfSJ3RGXmYA?si=09fsN7Osu6j1DhcC

@hamidovazamira
25.04.2025, 10:28
t.me/hamidovazamira/11941 Ссылка
14
1
356
Baland binolardan osmonni, bulutlarni ko'rolmaydigan holga keldik..

Bu dunyo shunchaki yaratilmaganligini tafakkur qilolmaydigan bo'lib qoldik..

O'zimiz bilan yolg'iz qolishga, hayotni idrok qilishga ehtiyojimiz bor azizlar..

Kunda kamida 1 soat hamma narsani chetga qo'yib tafakkur qiling, miyangiz dam oladi, yangi ilhomlar keladi..

@hamidovazamira
25.04.2025, 09:31
t.me/hamidovazamira/11940 Ссылка
14
350
Kitob taqrizi bilan bog'liq tanlovimizga ertaga 24.00 gacha o'z matningizni jo'natishingiz mumkin..

@hamidovazamira
25.04.2025, 09:16
t.me/hamidovazamira/11939 Ссылка
9
368
Tanlovlarimizni eslatib ketay.

8 kitobdan birini yutib olmoqchi bo'lsangiz randomli tanlovimizga qatnashing. Faqat.. har bir obunachi bir akkaunti bilan qatnashishi mumkin.

Insof sari baraka..

Tanlov 27 - kuni tugaydi..

@hamidovazamira
25.04.2025, 09:14
t.me/hamidovazamira/11938 Ссылка
14
377
Assalomu alaykum!

Yangi kun muborak bo'lsin azizlar!

🌞🌻💙☕️🫖🌼

@hamidovazamira
25.04.2025, 09:08
t.me/hamidovazamira/11937 Ссылка
12
416
Kitobga juda qiziqdim.
Tezroq kitoblarimni tugatsam boshlasam..

#yangikitoblarim

@hamidovazamira
24.04.2025, 22:58
t.me/hamidovazamira/11936 Ссылка
12
382
Yangi kitobimiz.

#yangikitoblarim

@hamidovazamira
24.04.2025, 22:55
t.me/hamidovazamira/11935 Ссылка
11
413
Dağlar arza çakılmış çivilerdir.
Ovalara yerleşmeyeceğiz....!

"Allah, sizi sarsmaması için yeryüzüne sağlam, sarsılmaz dağlar çaktı; yolunuzu bulabilmeniz için de ırmaklar ve yollar açtı." (Nahl / 15. Ayet)

"Dağlara bakmazlar mı, nasıl çakılıp dikilmiş?" (Gâşiye / 19. Ayet)


Ahh domlajon ah..

Ilm yo'qoldi, ilmlilar yo'qoldi. Oxir oqibat biz o'z-o'zimizga choh qaziyapmiz.

Baland binolar, og'ir binolar qurmanglar, deyapsiz..

Baland binolar bizga tabiatni ko'rib tafakkur qilishimizga to'sqinlik qiladi, deyapsiz..

Ka'badan ham baland qilib qurilgan binolarni har ko'rganimda siqilaman..

Nahotki zilzilani hech o'ylamaydi bu odamzod..

Istanbuldagi zilzila sabab 2 kun maktablarga ta'til berildi. Demak maktab binolariga ishonch yo'q, qanchalar achinarli hol..

Turkiya zilzilalar diyori, binolarni shunga ko'ra qachon qurishar ekan..

@hamidovazamira
24.04.2025, 22:06
t.me/hamidovazamira/11934 Ссылка
11
1
407
"Çiçek olsan yakamdan eksik etmezdim seni."

Cahit Zarifoğlu

🌹

@hamidovazamira
24.04.2025, 21:40
t.me/hamidovazamira/11933 Ссылка
11
436
Qoraqalpogʻistonlik obunachilarim shu yerdami?

Qoraqalpoqchada adabiy til bilan shevalari o'rtasida katta farq bormi?

So'zlar bilan misol keltirsangiz.

Iloji bo'lsa ovozli xabar jo'natib talaffuzida ham yordam bersangiz.

@hamidovazamira
24.04.2025, 18:58
t.me/hamidovazamira/11932 Ссылка
13
469
Bu yerdagi go'liblarning hammasi yozdimi menga?

Ketma-ket tanlov qilsang shu-da esingda qolishi qiyin:)

@hamidovazamira
24.04.2025, 18:15
t.me/hamidovazamira/11931 Ссылка
32
1
481
Kitob yutib turib menga yozmaganlarga "kitob yutdingiz" deb yozvaray, yozvoray deyman. Yana o'zimni to'xtataman. Avvallari birma-bir yozib chiqardim. So'nggi paytlar esa ham vaqtimni qizg'onyapman, ham "hooo har kim bir ish boshladimi ketiga tushsin" deyishni bilvoldim:)

@hamidovazamira
24.04.2025, 17:53
t.me/hamidovazamira/11930 Ссылка
16
2
562
Kecha Istanbuldagi zilzila payti Fotih jomesida xutba o'qiyotgan Hamdi Arslon Xo'janing qilgan duolari..

Alloh asrasin..

https://www.instagram.com/p/DIzHxTaikm7/

@hamidovazamira
24.04.2025, 15:00
t.me/hamidovazamira/11929 Ссылка
Fransuzcha tarjimon hamkasbim Aldous Huxleyning "Ajib yangi dunyo" romanini 150 turk lirasi (50 ming so'm)ga sotib olibdi.
Kitobning aynan qachon nashr qilinganligi noma'lum.

@hamidovazamira
24.04.2025, 14:18
t.me/hamidovazamira/11928 Ссылка
20
507
24.04.2025, 14:18
t.me/hamidovazamira/11926 Ссылка
24.04.2025, 14:18
t.me/hamidovazamira/11927 Ссылка
23
25
1.2 k
Kitob yutib olmoqchimisiz, unda tanlovimizga marhamat!🎉

📌Shartlarimiz quyidagicha:

1. Agar hali a’zo bo’lmagan bo’lsangiz
1) Zamira O'zturk kutubxonasi
2) Charosxon kutubxonasi
3) Kitobchi yigit
kanallariga obuna bo’lasiz.

2. E’lon tagidagi "QATNASHAMAN" tugmasiga bosasiz.

‼️Diqqat! Agar g'olib ishtirokchi yuqoridagi kanallarga obuna bo'lmagan bo'lsa, g'olib deya topilmaydi. Iltimos, e'tiborli bo'ling!

G’oliblar random yo'li orqali aniqlanadi. Omadli 8 kishiga suratdagi kitoblar nasib qiladi. Kimga qaysi kitob berilishini esa kanal egalari tanlashadi. Shoshiling va kitoblardan biriga ega bo'ling!

⏰Tanlov boshlanish vaqti: 24-aprel 10:00
⏰Tanlov tugash vaqti: 27-aprel 20:00
24.04.2025, 11:00
t.me/hamidovazamira/11924 Ссылка
1
473
24.04.2025, 10:39
t.me/hamidovazamira/11923 Ссылка
1
422
24.04.2025, 10:39
t.me/hamidovazamira/11920 Ссылка
1
513
24.04.2025, 10:39
t.me/hamidovazamira/11921 Ссылка
2
510
24.04.2025, 10:39
t.me/hamidovazamira/11922 Ссылка
1
444
24.04.2025, 10:39
t.me/hamidovazamira/11918 Ссылка
1
460
24.04.2025, 10:39
t.me/hamidovazamira/11919 Ссылка
1
444
24.04.2025, 10:39
t.me/hamidovazamira/11917 Ссылка
20
1
397
Bugungi tanlovimizga qo'yilgan kitoblar.

Tanlov 10.00 da e'lon qilinadi nasib bo'lsa.

@hamidovazamira
24.04.2025, 10:39
t.me/hamidovazamira/11916 Ссылка
15
369
Azizlar, yarim soatdan keyin yangi - 8 kitob hadyali, randomli tanlovimizni e'lon qilamiz.

Faqat sizlardan iltimos!! tanlovga bir akkauntingiz bilan qatnashing!

Kanalimizda hammasi adolatli bo'lsin!

@hamidovazamira
24.04.2025, 10:33
t.me/hamidovazamira/11915 Ссылка
11
4
536
Azizlar, ko'pchiligingiz xabardorsiz bundan. Xayriddin Sultonning "Saodat sohili" qissasini o'qib taqriz yozgan kishilardan 4 kishi ushbu muhtasham asarlardan birini qo'lga kiritishi mumkin.

Taqrizni wordda yozib menga @Zamira_Ozturk 26-aprel 20.00gacha jo'natishingiz mumkin.

Undan keyin jo'natilgan taqrizlar hisobga olinmaydi!

Keyin menga biroz muddat berasiz hammasini o'qib g'oliblarni belgilayman.

Hozircha 15 dona taqriz jo'natishdi..

@hamidovazamira
24.04.2025, 09:53
t.me/hamidovazamira/11914 Ссылка
12
309
Lug'atimiz haqida so'raganlar uchun..

Turkiyada nashr qilingan nashriyotida lug'at qolmagan. Ba'zi bir avvaldan olib keyin qimmatga sotadigan online kitob do'konlarida bo'lishi mumkin.

@hamidovazamira
24.04.2025, 09:38
t.me/hamidovazamira/11913 Ссылка
24.04.2025, 09:37
t.me/hamidovazamira/11912 Ссылка
Результаты поиска ограничены до 100 публикаций.
Некоторые возможности доступны только премиум пользователям.
Необходимо оплатить подписку, чтобы пользоваться этим функционалом.
Фильтр
Тип публикаций
Хронология похожих публикаций:
Сначала новые
Похожие публикации не найдены
Сообщения
Найти похожие аватары
Каналы 0
Высокий
Название
Подписчики
По вашему запросу ничего не подошло