У вас закончился пробный период!
Для полного доступа к функционалу, пожалуйста, оплатите премиум подписку
Возраст канала
Создан
Язык
Узбекский
-
Вовлеченность по реакциям средняя за неделю
-
Вовлеченность по просмотрам средняя за неделю

Xosxonada suhbat uchun: @humofattoh

Сообщения Статистика
Репосты и цитирования
Сети публикаций
Сателлиты
Контакты
История
Топ категорий
Здесь будут отображены главные категории публикаций.
Топ упоминаний
Здесь будут отображены наиболее частые упоминания людей, организаций и мест.
Найдено 15 результатов
HU
Humoyun Fattoh
357 подписчиков
103
Bugun ushbu she’rning tugʻilgan kuni. 4 yil boʻpti. Talabalik davrimda yozgandim.

Hozir u yerga kirolmayman, xotiraning yovuz tarafiga duch kelishdan qoʻrqsam kerak. Yana bilmadim.

@humoyunfattoh
12.04.2025, 20:40
t.me/humoyunfattoh/95
HU
Humoyun Fattoh
357 подписчиков
270
BINAFSHA

Binafsha, senmisan, binafsha — senmi,
Ko‘chada aqchaga sotilgan.
Binafsha menmanmi, binafsha menmi,
Sevgingga, qayg‘ungga tutilgan?..
(Cho'lpon)


Hayot shovqinlarida berkingan tuyg'ularimiz bizni qayta topadilar. Uchrashuv joyi @arthousehamsa
+998 93 145 80 80

@arthouse_hamsa
8.04.2025, 11:03
t.me/humoyunfattoh/94
HU
Humoyun Fattoh
357 подписчиков
Репост
268
DOHIY SINGARI

Qaytgunimcha
yig‘lamay turgin,
Olib borma umidni dorga.
Sog‘inchingni etarman surgun,
Mahzunliging bo‘lar badarg‘a.

Mustamlaka bo‘lib gina, kek,
G‘amdan ozod bo‘larsan yana.
Tunda quvongani kabi ko‘k,
Quvonarsan ko‘zlaring yona...

Atrofingga o‘rnatib halqa,
Seni ta’qib etgan hislarni
Yo‘q qilaman, butun bir xalqqa
Zulm qilgan dohiy singari...

Muallif: @HumoyunFattoh

Oʻqidi: @Nurmuhammad_Abduzoir

https://www.instagram.com/reel/DH-M7diIXDt/?igsh=aXhpMXRjaDFhbzhj
3.04.2025, 08:08
t.me/humoyunfattoh/93
HU
Humoyun Fattoh
357 подписчиков
Репост
213
29.03.2025, 12:20
t.me/humoyunfattoh/92
HU
Humoyun Fattoh
357 подписчиков
Репост
197
***
Hushimga kirib kel,
tushlarimdan tush,
Qo‘ynimdagi mumtoz
dardni parchala!
(Tinglagin, o, nohaq sayradi haqqush,
Mast bo‘lib, sollandi qara, archalar.)

Bir ranglar istadim,
tuydilar yoqut,
Qog‘ozga rasmingni
so‘z bilan chizsam...
O‘zingni ilhom deb o‘ylaysan yoxud
She’rimdan o‘zini izlagan qizsan.

Kosamni sabrga
to‘ldirma lim-lim,
Quloq sol
berkinib solgan dodimga.
Seni rom etmagan qaqshagan ko‘nglim,
Sen maftun bo‘lgansan iste’dodimga.

Sen - men ham tushuna
olmagan tovush,
Sen - bir shoir
anglab yetmagan tilsim...
Ro‘yoga qaytaqol, tushlarda qovush,
Sendan farzand emas,
she’rlar tug‘ilsin!

https://t.me/humoyunfattoh
27.03.2025, 22:13
t.me/humoyunfattoh/91
HU
Humoyun Fattoh
357 подписчиков
341
21.03.2025, 19:26
t.me/humoyunfattoh/89
HU
Humoyun Fattoh
357 подписчиков
Репост
524
8.03.2025, 17:55
t.me/humoyunfattoh/88
HU
Humoyun Fattoh
357 подписчиков
Репост
76
13.02.2025, 07:16
t.me/humoyunfattoh/87
HU
Humoyun Fattoh
357 подписчиков
779
QOʻLINGIZDAN KELSA

Qoʻlingizdan kelsa, oʻtkazing hukm,
Yorisha koʻrmasin bu oqshom, bu tun.
Bu kecha dunyoga kelmasin hech kim,
Saroylar abadiy qolsin bus-butun.
Bu bogʻlar kiymasin yam-yashil gʻilof,
Koʻrinsa, tegining hur, malaklarga.
Gʻunchalar ochilsa, tashlang ezgʻilab,
Uchishni ta'qiqlang kapalaklarga...
Qoʻlingizdan kelsa, ey kibor shohim,
Jallodni sirayam bosmasin mudroq.
Falakka yetmasin mazlumlar ohi,
Sirotdan oʻtmasin doʻzaxga sudrab.
Mungʻaygan xalqining erkini qirqib,
Tirjaygan zolimni yutmasin shu yer.
Sizdagi yurakka solmasin qoʻrquv,
Koʻzingizga magʻrur boqmasin shoir!

@humoyunfattoh
9.02.2025, 20:42
t.me/humoyunfattoh/86
HU
Humoyun Fattoh
357 подписчиков
193
Ushbu guruhda Toshkentdan Fargʻonaga, She’riy Konsertga kelmoqchi boʻlganlar yigʻilyapti.

Qoʻshilib, ertaroq joy bron qiling.
7.02.2025, 20:57
t.me/humoyunfattoh/85
HU
Humoyun Fattoh
357 подписчиков
766
TAAJJUB

Lirika Loyihasi doirasida oʻtkazilayotgan She’riy Konsertga hozircha 30 taga yaqin bilet sotildi. Bu juda oz, passiv natija. Toʻgʻri, bunga Aziz Saidning fargʻonaliklar orasida uncha mashhur emasligi bahonadir, lekin bu sabab boʻlolmaydi. Sizni ishontirib aytamanki, oʻrtamiyona, hashaki shoir jalb etmaganmiz. Tanimasangiz ham kiring, koʻring, tanishing. Koʻrmagan filmingizni rohatlanib koʻrishingiz mumkin-ku, axir?!

Tushunib turibman, ilk marta oʻtkazilyapti. Lekin talab bu qadar oz boʻlmasligi kerak. 1-2 qatorda joy deyarli qolmadi. Asosan ziyolilar, universitet filologlari band qilishdi. Bundan xursandman.

Yana bir masala bor, koʻpchilikdan “bilet sovgʻa qiling”, “ozgina tushib beringlar”, “tekin boʻlsa kirardim”, “adabiyotni pullik qilib nima qilardinglar”, mandanam pul olasanmi”, degan vala-vala gaplarni eshitdim. Bu juda yomon. Hatto dadam ham bilet sotib oldilar, qoʻyavering, demadim.

Yeydigan ovqatingiz, kiyadigan kiyimingiz, chaqiradigan taksingiz, qoʻpol qilib aytaman: siz uchun paytida juda kerak boʻladigan hojatxona qogʻozi ham pullik boʻlgan bu mamlakatda nega adabiyot, sof san’at, ma’naviy ozuqa, estetik zavq beradigan narsalar tekin boʻlishi kerak?! Koʻzimizga surtib, ulugʻ sanaydiganimiz nonni ham birov tekinga bermaydi koʻchada. Sotadi.

Adabiyotga befarq boʻlmagan kishilar, adabiyot muallimlari umuman oʻzini ziyoli hisoblagan odam borki, qiziqishi kerak bunga. Atrofidagilarini tortishi kerak. Aksariyat odamlar maoshining 100 dan yoki 50 dan bir qismi xolos 75 ming soʻm.

Qachonlardir 100 kishilik zoʻr audiotoriya shakllantirib olishimizga ishonaman. Hozircha shunday ishlaymiz.

Bilet sotib olmoqchi boʻlganlar, havola izohda. Shoshiling, joylar soni cheklangan! Ishoning, yaxshi konsert boʻladi!
7.02.2025, 17:23
t.me/humoyunfattoh/84
HU
Humoyun Fattoh
357 подписчиков
Репост
187
FARGʻONADA ILK BOR

Janr: She’riy Konsert
Nomi: “Dili qani Bedilning?...”
Shoir: Aziz Said

Chipta narxi:
75 000 so‘m
Talabalar uchun:
50 000 so‘m

Shoshiling, joylar soni cheklangan!

Harid uchun:
�@lirika_chipta
☎️(91) 106-64-44

@lirika_loyihas
i
3.02.2025, 18:51
t.me/humoyunfattoh/83
HU
Humoyun Fattoh
357 подписчиков
482
Bismillah

Demak, yangi loyihaga bugunoq start beramiz!

Nafaqat Farg'onada, balki butun Vodiy bo'ylab adabiy reforma qilmoqchimiz!

Loyiha sahifalariga obuna bo'ling:
https://taplink.cc/lirika_loyihasi

Kechga zo'r yangilik chiqadi!
2.02.2025, 14:04
t.me/humoyunfattoh/82
HU
Humoyun Fattoh
357 подписчиков
195
31.01.2025, 22:17
t.me/humoyunfattoh/81
HU
Humoyun Fattoh
357 подписчиков
250
Salom, doʻstlar.

She’riy konsert, teatr, jurnal, nashriyot va fond loyihasi uchun umumiy bitta original, sof oʻzbekcha nom izlayapmiz. Takliflaringiz boʻlsa, bering.

Aytgancha, she’riy konsertning sanasi, vaqti, joyi shu hafta e’lon qilinadi. Kutayotganlar bormi?

@humoyunfattoh
27.01.2025, 19:46
t.me/humoyunfattoh/80
Результаты поиска ограничены до 100 публикаций.
Некоторые возможности доступны только премиум пользователям.
Необходимо оплатить подписку, чтобы пользоваться этим функционалом.
Фильтр
Тип публикаций
Хронология похожих публикаций:
Сначала новые
Похожие публикации не найдены
Сообщения
Найти похожие аватары
Каналы 0
Высокий
Название
Подписчики
По вашему запросу ничего не подошло