У вас закончился пробный период!
Для полного доступа к функционалу, пожалуйста, оплатите премиум подписку
Возраст канала
Создан
Язык
Узбекский
-
Вовлеченность по реакциям средняя за неделю
39.13%
Вовлеченность по просмотрам средняя за неделю

Kanalda: Shaxsiy fikr, mulohazalar✍️ Iqtiboslar📚 Tarixiy faktlar berib boriladi📜 Qisqasi oʻzimning beshburchak dunyom, gʻalati iqtiboslar, tushunarsiz izohlar🌚 Kanal – samimiyat uchun ochilgan, yoqmasa tark etishingiz mumkin)

Сообщения Статистика
Репосты и цитирования
Сети публикаций
Сателлиты
Контакты
История
Топ категорий
Здесь будут отображены главные категории публикаций.
Топ упоминаний
Здесь будут отображены наиболее частые упоминания людей, организаций и мест.
Найдено 158 результатов
MA
Shaxsiy blog
247 подписчиков
38
Kulgan boshqalardir,
Yig'lagan mendir.
O'ynagan boshqalardir,
Ingragan mendir.
Erk ertaklarini eshitgan boshqa,
Qullik qo'shig'ini tinglagan mendir.
Erkin boshqalardir, qamalgan mendir
Hayvon qatorida sanalgan mendir

© Abdulhamid Cho'lpon
27.04.2025, 16:41
t.me/maknunnnnnnn/3504
MA
Shaxsiy blog
247 подписчиков
69
Atmosfera 🫶🫠
27.04.2025, 10:40
t.me/maknunnnnnnn/3503
MA
Shaxsiy blog
247 подписчиков
381
Tarixiy shaxslar ideal boʻlmagan, ularning ham yetarlicha insoniy qusurlari, kamchiliklari boʻlgan, shu bois tarixiy shaxslarni gavdalantirishda ehtiyotkor boʻlish kerak.
1382-yil Temurning toʻngʻich qizi Tagʻayshoh Ogʻo vafot etadi, sevikli farzandining oʻlimidan soʻng Temurning koʻngli dunyo ishlaridan soviydi, davlat ishlarini tashlab qoʻyadi, Sabzavor (Eron)dan isyon xabari kelsada, parvo qilmaydi. Shunda Temurning egachisi (opasi) Qutlugʻ Turkon Ogʻo kirib «Agar mundoq beparvoliq qilsang, olam bir-bir boʻlub buzulgʻay. Xudoyning xostigʻa hech chora yoʻq turur. To olam bor ermish, ushbu tariq emish. Gʻam yemak foyda qilmas. Agar mundoq boʻlsang raʼiyat va mamolik parishon boʻlub, xudoyning bandalari bexonumon boʻlgʻay. Nechuk bir jamoat beboklar Mozandarondin chiqib, bisyor musulmonlarni bexonumon qilib tururlar? Tariqa bu tururkim, alar dafʼi uchun otlanib, andoq gushmol bergaysenkim, oʻzga hech kishiga mundoq havo va havas boʻlmagʻay» deydi va ukasini Xuroson tomon otlanishga undaydi. Shundan soʻng, Temurbek Xuroson otlanib, isyonlarni bostiradi. Egachi Qutlugʻ Turkon Ogʻo 1383-yil yozida vafot etadi. Muarrix «Va hazrat sohibqironga bu ikki hodisadin muborak koʻngli bisyor maʼlul boʻldi va taʼziyat tutub, ancha osh va sadaqa berdikim, hisobini Tangridin oʻzga bilmas erdi» deydi.
Qabri Shohi-Zindada.

@maknunnnnnnn
27.04.2025, 05:08
t.me/maknunnnnnnn/3502
MA
Shaxsiy blog
247 подписчиков
87
Dili hasad toʻla ichi qoralar,
Doim tuhmat ila pokni qoralar.
Ship burchiga oppoq paxta ilib koʻr,
Shamdondan barcha is shunga oʻralar.

© Bedil

@maknunnnnnnn
26.04.2025, 19:55
t.me/maknunnnnnnn/3500
MA
Shaxsiy blog
247 подписчиков
95
OZAR JADIDI CHOBANZODA ALISHER NAVOIY HAQIDA

Navoiy davrini O‘rta Osiyo chig‘atoy adabiyotining oltin davri deb hisoblash kerak. Shundan keyin chig‘atoy tili uzoq vaqt Hindiston, Eron, Xitoy, O‘rim turklarining yagona adabiy tili hisoblanib, bu tilda yozilgan asarlar asrlar davomida qo‘liga qalam tutganlarga ibrat bo‘lib xizmat qilgan. Turkiy-tatar tillari qayta tiklanib, Navoiyning shijoatli va teran qalb faryodi bilan qimmatli adabiyot paydo bo‘ldi. Agar Navoiy bo‘lmaganida, bugun turklarning bir qismi to‘liq arab tilida, ko‘pchiligi esa forsiyda yozar edi. Navoiy bizni qilich, ot, to‘r va qalqonsiz adabiy qullikdan qutqargan yagona ruhiy, mutlaq shaxsdir.

Karim Bahriyev tarjimasi


@maknunnnnnnn
26.04.2025, 08:39
t.me/maknunnnnnnn/3499
MA
Shaxsiy blog
247 подписчиков
78
Bundan qochmoq chun
birinchi oʻzim ketdim...

© Anif
24.04.2025, 06:53
t.me/maknunnnnnnn/3498
MA
Shaxsiy blog
247 подписчиков
68
Xudo urib, har qanday isteʼdod-u, qobiliyatdan mahrum boʻlganlar maddohlik-u laganbardorlikni sanʼat darajasiga olib chiqishadi.


@maknunnnnnnn
23.04.2025, 20:05
t.me/maknunnnnnnn/3497
MA
Shaxsiy blog
247 подписчиков
394
Temuriylar va Xitoy aloqalariga doir baʼzi mulohazalar

Temuriylar va Min sulolasi oʻrtasidagi rasmiy diplomatik aloqalar 1387-yildan boshlanadi, 1404-yil Samarqandga kelgan Chin elchilari Temurdan 7 yillik toʻlanmagan oʻlponni toʻlashni talab qiladi, Temur esa kinoya bilan «sizlarga bersam, ishlatib yoki yoʻqotib qoʻyishlaring mumkin, shuning uchun oʻzim olib boraman» deydi. «Buyuk davlatchilik» kasaliga chalingan Xitoy diplomatik qoidaga binoan yuborilgan sovgʻa-salomlarni oʻlpon sifatida qabul qilardi, bu keyingi davrlarda ham davom etadi. Temur vafotidan soʻng aloqalar birdan iliqlashib ketmagan. 1407-yilda Minlar va Moʻgʻuliston xoni Shami Jahon temuriylarga qarshi ittifoq tuzadi.
1409-yilda Temur vafoti munosabati bilan taʼziya bildirish uchun Hirotga kelgan Xitoy elchilari sovuq qarshi olinadi. Baʼzi maʼlumotlarga koʻra, Shohrux huzuriga Xitoydan ilk bor 1403-yilda yaʼni Xuroson hokimi boʻlgan paytida kelgan edi. 1412-yilda kelgan elchilar tantanali kutib olingan boʻlsada, Min imperatori yuborgan maktubida ochiqchasiga temuriylarni ichki ishlariga aralashishga harakat qilganini, Temuriylarning oliy hukmdori Shohruxga «sen» deb murojaat qilganini koʻrish mumkin, sharqona diplomatiyada «sen» hukmdorning vassal bilan aloqasi boʻlib, Min imperatori Temuriylarni vassal sifatida koʻrishini bildirar edi, manbada «xoqoni said hazratlari maktubni eshitib, uning nozik mazmunini o‘tkir fikr bilan mulohaza qildi va maqsadlarini to‘la tushunib olgach» deyiladi, soʻng Xitoy hukmdorini islomga daʼvat qilib nasihatnoma yoʻllaydi, eʼtiborli tomoni bu qaltis vaziyatda Shohrux mirzo oʻziga xos yoʻl tutib, maktubida toʻgʻridan-toʻgʻri «sen» yoki «siz» deyishdan qochadi. Albatta, XV asr birinchi yarmidagi Osiyodagi eng qudratli ikki davlatdan birini hukmdori boʻlgan Shohruxga Xitoy imperatorining vassal kabi munosabatda boʻlishi yoqmagan. Keyingi elchilik almashinuvlari davomida Doy-Min Shohruxni vassal hukmdor sifatida emas, balki sharqning qudratli hukmdori sifatida koʻrib, unga nisbatan «siz» deya murojaat qilib, uning shaʼniga maqtovlar yogʻdiradi, xususan 1420-yilda Shohruxga yoʻllagan maktubida «Muazzam podshoh Doy-Ming noma yuboradi Shohrux Sultonga.
Biz o‘ylaymizki, u Islom mamlakatini boshqarsin uchun Xudovandi taolo uni dono, oqil va yetuk qilib yaratgan.
Shu sababli u mamlakat kishilari davlatmand bo‘lganlar. Ravshan fikrli, dono, yetuk, bilimdon va barcha musulmonlardan oliyroq sulton Xudovandi taoloning amriga ta’zim va itoatni bajo keltirib, uning ishini izzatlab ulug‘ladi va bu ish osmoniy ko‘maklarga sazovordir» deya alqaydi. XV asr 30-yillariga kelib, Min imperatorlarining yopiqlik siyosati sabab, Xitoyning nafaqat Turkiston, balki boshqa davlatlar bilan ham «bordi-keldilari» siyraklashib ketadi. Shu davrdan boshlab Temuriylar bilan ham aloqalar pasaya boshlaydi.

@maknunnnnnnn
23.04.2025, 10:20
t.me/maknunnnnnnn/3496
MA
Shaxsiy blog
247 подписчиков
74
#nazm

Men endi sizdan ma'no kutmayman,
men sizdan mazmun so'ramayman.

Hamisha sizga g'alati ko'rindi -
men o'qigan kitob,
men tinglagan qo'shiq,
men ko'rgan film,
men o'ylagan fikr,
men talpingan erk,
men izlagan hayot.
Tirik qololmasdim siz bilan allaqachon o'lgan bo'lardi ruhim,
agar bo'lmaganda qog'oz-qalamim.

Savollarimga javob axtardim,
ularni men sizga bera olmasdim,
men siz bilan Xudoni topa olmasdim,
men siz bilan o'lim haqida soatlab gaplasha olmasdim,
men ichimni ag'dar-to'ntar qilgan
og'riqlarni oshkor qila olmasdim.

Mening o'z g'oyalarim bor,
sizga shakkoklikdek ko'ringan ojiz haqiqatim bor,
men izlashda davom etaman, javobsiz savollarim ortidan boraman.

Faqat chalmang oyoqlarimdan,
faqat tortmang o'z bo'shlig'ingizga,
endi mendan yaratmang,
yetar o'zingiz istagan qiyofalarni


© Anif


@maknunnnnnnn
23.04.2025, 08:11
t.me/maknunnnnnnn/3495
MA
Shaxsiy blog
247 подписчиков
84
Tungi soat 10 takam 2⁰⁰, sening «daho» xonadoshing bir joylardan ovqat topib kelib ovqatlanmoqda. 🤣🗿
22.04.2025, 23:48
t.me/maknunnnnnnn/3493
MA
Shaxsiy blog
247 подписчиков
60
Men sendan so'radim
qattiq sog'inganimda
iztirob chekaymi
yoki tamaki
qay biri menga
bermaydi ozor
sen deding tamaki
chekkaning afzal
bu sog'lig'ingga kamroq
keltirar zarar

Men esa baribir
iztirob chekdim.

© Anif


@maknunnnnnnn
22.04.2025, 09:46
t.me/maknunnnnnnn/3492
MA
Shaxsiy blog
247 подписчиков
53
Oʻzim xursand boʻlsam boʻldida 😁🤣
22.04.2025, 09:12
t.me/maknunnnnnnn/3491
MA
Shaxsiy blog
247 подписчиков
67
Kecha men baxtiyor, g'oyat baxtiyor, benihoyat baxtiyor edim!

📚 Kambagʻallar
✍ Fyodor Dostoevskiy


@maknunnnnnn
n
21.04.2025, 18:29
t.me/maknunnnnnnn/3490
MA
Shaxsiy blog
247 подписчиков
62
Orol dengizida bir qancha orollar bor. Ularning ba'zilari sho'rxok; [rus] asirlarning aytishicha, Amudaryoning quyilish joyidan 20 chaqirim narida joylashgan To'qmoqota oroli ana shu orollarning eng kattasi hisoblanadi. Orolda o'tloq va daraxtzorlar bor, chorvachilik va dehqonchilik uchun qulay sharoit mavjud. Orolda To'qmoqota degan g'oyat mashhur avliyoning qabri bor bo'lib, (orolning nomi ham shundan bo'lsa kerak) xonning o'zi ham kuz mavsumida ziyoratga boradi. Chunki yilning ana shu faslida orolni qit'adan ajratib turadigan suv ancha sayozlanib qoladi. Shu tufayli sayozlikdan kechib bemalol orolga o'tish mumkin bo'ladi. Amudaryo oqizib kelgan qumloq cho'kindilar sababli boʻgʻoz yildan-yilga sayozlanib bormoqda. Qishda bu orolga qoraqalpoqlar ko'chib kelishadi va chorvalarini ham olib o'tishadi.

© Rossiya hukumati vakillari tomonidan rus asirlari va oʻrta Osiyolik savdogarlar axborotlari asosida tuzilgan maʼlumotnoma.
СГИА Россия в Санкт-Петербурге. Ф18, ОП.4 Д. 568. Л.3-61.


@maknunnnnnnn
21.04.2025, 13:36
t.me/maknunnnnnnn/3489
MA
Shaxsiy blog
247 подписчиков
75
#nazm

YOLG'ON HAQIDA

Gar hakim o'salga tasallo bergay,
So'zi yolg'on bo'lsa, Olloh kechirgay.
Ayrilgan do'stlarni qovushtirgan zot
Aldasa, tadbiri gunohdan ozod.
Xunuk xotiningga ayt, yuzing- oftob,
Bu asli yolg'onmas, gunohmas, savob.
Rost-u yolg'onlarning hisobi bordir,
U dunyo, bu dunyo javobi bordir.
Yolg'onchi olamda gunohimiz ko'p,
Kechiruvchi tanho Parvardigordir.
Jahonda yolg'on bor, lekin eng yomon-
Elni jaholatga boshlagan yolg'on.
U xalq yuragiga otilgan o'qdir,
Unga ikki olam mag'firat yo'qdir.

© Erkin Vohidov
20.04.2025, 17:02
t.me/maknunnnnnnn/3488
MA
Shaxsiy blog
247 подписчиков
53
Uyingizni topib bormasin xatlar,
Yomgʻirlar chertmasin derazangizni.
Sizga yoʻldosh boʻlsin eng ulkan dardlar,
Eng mitti dardlar ham oʻrtasin sizni.

©Usmon Azim


@maknunnnnnnn
20.04.2025, 15:25
t.me/maknunnnnnnn/3487
MA
Shaxsiy blog
247 подписчиков
80
Bu qayer?)
19.04.2025, 17:03
t.me/maknunnnnnnn/3485
MA
Shaxsiy blog
247 подписчиков
66
Dastlabki 1417–1420-yillarda Ulugʻbek madrasasi bunyod etilib, keyinchalik qarshisiga – maydonning sharqiy qismida Ulugʻbek xonaqosi (1424-yil), shimoliy qismiga Mirzoyi karvonsaroyi, janubiga Alika Koʻkaldosh juma masjidi (1430-yil) bunyod etilgan, yonida esa yogʻochdan xotamkori uslubida Masjidi Muqatta va Abusaid madrasasi qurilgan. 1420–1440-yillarida Registon hashamatli meʼmoriy ansamblga aylangan.

@hstpkiut
19.04.2025, 15:32
t.me/maknunnnnnnn/3484
MA
Shaxsiy blog
247 подписчиков
85
Sinfdosh❌
Yanga✅😁
18.04.2025, 21:01
t.me/maknunnnnnnn/3483
MA
Shaxsiy blog
247 подписчиков
345
Oʻrta Osiyo san’atining ko‘zga ko‘ringan tadqiqotchilari - san’atshunoslik fanlari doktorlari L. I. Rem-pel va G. A. Pugachenkovalar konkret ravishda har tomonlama olib borgan tekshirishlar natijasida XIV asrning oxiri va XV asrning boshlarida umuman Movarounnahr, xususan Samarqandda yangicha san’at yuzaga kelganligini qayd etadilar. Movarounnahr-Oʻrta Osiyoning original, o‘ziga xos me’morchiligi, san’ati xususiyatlarini hamda O‘rta va Yaqin Sharqda rivojlangan badiiy tafakkurni o‘zida ifodalagan edi.

Bu avtorlar XIV asr oxiridan boshlab Movarounnahr Yaqin va O‘rta Sharq ijodiy kuchlarining bosh markaziga aylanganini, san’atda yangi yo‘nalish paydo bo‘lganini aytadilar. Buni hattoki Temur zamondoshlari ham tan olishgan: masalan, Ibn Arabshoh Temurning shahar tashqarisidagi saroylari haqida hikoya qilib, ular «Yangi uslubda» qurilganligini to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rsatadi. Arxitekturaning yangi tasviriy vositalarini qidirish qisman o‘sha davrda butun Sharqda tengi bo‘lmagan hashamat, dabdabaga erishgan rang-barang bezakda o‘z aksini topdi.


«Amir Temurning Oʻrta Osiyo tarixida tutgan oʻrni va roli »
Ibrohim Moʻminov


@maknunnnnnnn
18.04.2025, 06:48
t.me/maknunnnnnnn/3482
MA
Shaxsiy blog
247 подписчиков
99
Bugungi kundan esdalik 😅😅
Darsda ajoyib metod qoʻllandi. Shartlarni bajarguncha fakultetni yarmini aylanib chiqdik, terlab ketdim 🫠😁
Rasmda gap kim haqida ketayotganini bilgandirsiz)))
17.04.2025, 11:35
t.me/maknunnnnnnn/3481
MA
Shaxsiy blog
247 подписчиков
70
– Robiya! – Tushungin axir... Sen menga judayam keraksan... ❤️‍🔥❤️‍🔥

«Ikki eshik orasi» baribir 🔝🫶
16.04.2025, 09:00
t.me/maknunnnnnnn/3480
MA
Shaxsiy blog
247 подписчиков
58
Muammo sigirlarda emas...
16.04.2025, 06:00
t.me/maknunnnnnnn/3479
MA
Shaxsiy blog
247 подписчиков
68
Baʼzan almoyi-jalmoyi satrlar insonga kayfiyat bagʻishlab, moydek yoqib ketarkan,😁 mana sizam oʻqib koʻring:

Menga boqmadi janim,
Yonimga kelmadi janim,
Sogʻinsam sezmadi qoraqoshim
Yomonam ogʻridi meni boshim.

Qiynama, ogʻritib yuragim
Der eding erkalab malagim
Yonimdan oʻtasan indamay,
Bormidi oʻzi senga keragim?

Riti riti rana, dilmasa tana dil devana (menimcha toʻgʻri yozdim, har holda hindchadan xabarim yoʻq)
Devona, koʻnglim mani devona
15.04.2025, 17:01
t.me/maknunnnnnnn/3478
MA
Shaxsiy blog
247 подписчиков
598
Temurning xislatlaridan biri shu ediki, u biror masalani hal etishdan oldin shu sohaning bilimdon odamlari, olimlari bilan maslahatlashar, soʻng konkret qaror qabul qilar edi. Uning olimlar bilan qiladigan maslahatlari har xil darajada va turli shakllarda boʻlardi. Odatda, Amir Temur tibbiyot, matematika, astronomiya, tarix fanlari vakillari, adabiyot, tilshunoslik ilmi namoyandalari, shuningdek, teologiya va din sohasidagi mashhur odamlar bilan shaxsiy suhbatlar oʻtkazardi. Bu suhbatlarda hayotning muhim masalalari toʻgʻrisida Movarounnahr va Xorazmdan tashqari, Oltin hamda Oq Oʻrdalarni, Xuroson, Hindiston, Eron, Iroq, Turkiya, shuningdek, butun Gʻarb Magʻribni oʻz ichiga olgan podshohlikka oid ishlar haqida gap borardi.

«Amir Temurning Oʻrta Osiyo tarixida tutgan oʻrni va roli» Ibrohim Moʻminov


@maknunnnnnnn
15.04.2025, 08:42
t.me/maknunnnnnnn/3477
MA
Shaxsiy blog
247 подписчиков
111
«Detektiv qirolichasi» Agata Kristi 1965-yilda yozib tugallagan tarjima holini shunday soʻzlar bilan yakunlagandi:

«Xudoyim, mazmunli hayotim va menga berilgan muhabbatlar uchun sendan minnatdorman».


@maknunnnnnnn
14.04.2025, 11:34
t.me/maknunnnnnnn/3476
MA
Shaxsiy blog
247 подписчиков
43
Usmon Azim baribir 🔝, quyidagi satrlarni oʻqib koʻring, inson hislarining naqadar nozik ifodasi:

Bosib kelayotir dim havo,
Buncha huvilladi bu adir.
Tog‘lar tanho, daralar tanho,
Ketgim kelayapti qaygadir.

Shamollar soylarda cho‘zildi,
Mezonlar uchdilar betaqdir.
Sabrning eng so‘nggi ipi uzildi,
Xat yozgim kelyapti kimgadir.

Sezdimi kun ketar chog‘ini –
Qarg‘alar aylandi falakda
betin.
Qanotli chiroqdek meni sog‘inib
Birov kelarmikan?!

Shom tushar chog‘ida g‘am juda ravshan,
Oqibatni ayon ko‘radi idrok.
Hech kimga ko‘rsatmay bir yig‘lab olsam –
Qorong‘ulik tushsaydi tezroq!

© Usmon Azim

@maknunnnnnn
n
14.04.2025, 07:54
t.me/maknunnnnnnn/3475
MA
Shaxsiy blog
247 подписчиков
72
Mirzo Muhammad Haydarning «Tarixi Rashidiy» asari 156-fasl.

Bu yerda Oʻzbekiston atamasi bugungi Oʻzbekiston hududlariga nisbatan ishlatilmagan, ammo shunisi aniqki, bu atama 1924-yildan oldin ham boʻlgan va Lenin yoki Stalinning «ijod» mahsuli boʻlmagan.

@maknunnnnnnn
13.04.2025, 12:48
t.me/maknunnnnnnn/3474
MA
Shaxsiy blog
247 подписчиков
85
Qo‘qonda Oqmachit voqeasini esdan chiqarib aysh-ishrat, kayfu safo, o‘yin-kulgi va parvosizlikka berilib, mamlakat ishidan ko‘z yumib, Qozog‘istondagi xiroj, boj va zakotni g‘ayridin millatlarga topshirib, hukmronlikni g‘animat bilib, yomon odamlarni, o‘g‘rilarni va harom kishilarni to‘plab amaldor qilib va valiy belgilab, har bir shaharga yubora boshladilar. Ayrim johil mullalar va nodon ulamolar so‘ziga ishonib, aholi shariatdan uzoqlashib, ilmsiz johillarni mansabdor qilib qozi, rais, hokim, valiy lavozimlariga o‘tqazdilar. Poraxo‘rlik va haromlik rivojlandi, ishni tekshirmay aytuvchilar so‘ziga amal qilib, poraxo‘r, xushomadgo‘y va umuman nobob odamlar hokim va mansabdor bo‘ldilar. Aksincha, dono, aqlli, fozil va bilimdon kishilar xo‘rlandi va oyoq osti qilindi. Kengash va maslahat bilan ish yuritishga yo‘l berilmadi.

«Tarixi jadidai Toshkand» Muhammad Solih


@maknunnnnnnn
12.04.2025, 06:58
t.me/maknunnnnnnn/3473
MA
Shaxsiy blog
247 подписчиков
62
Ahmoqning ishlari yurishib, oqil ishi orqaga ketayotganini ko‘rganim sari odamlar taqdiri ularning asl qadr-qimmatiga hech ham bog‘liq emasligiga ishonch hosil qilaman.

© Abulfaraj

(Shomlik alloma )

@maknunnnnnnn
11.04.2025, 10:04
t.me/maknunnnnnnn/3472
MA
Shaxsiy blog
247 подписчиков
69
11.04.2025, 06:49
t.me/maknunnnnnnn/3470
MA
Shaxsiy blog
247 подписчиков
69
Kechagi kunim haqida qisqacha: tigʻiz vaqt, biroz charchoq, adrenalin va gʻalaba 😁😎

Yangi mavsum uchun zakovat jamoa tuzganimizda Lochin aka «zakovat uchun baʼzı narsalardan kechish kerak, zakovatda hech qanday yutuqqa erishmasanglar ham, sizlarga oila beradi, shu uchun ham kechishga arziydi» degandi. Oilamiz bilan yana bir marrani zabt etdik)

Futbolga kechikib bordim, ammo yaxshi oʻyin boʻldi)
11.04.2025, 06:49
t.me/maknunnnnnnn/3471
MA
Shaxsiy blog
247 подписчиков
Репост
79
1894-yil 10-aprelda oʻzbek romanchilik maktabining asoschisi, ulugʻ adib Abdulla Qodiriy tavallud topgan.


«Chindan ham Abdulla Qodiriy jahon adabiyotining eng buyuk vakillari qatoridan joy olishga munosib yozuvchidir».

© Mark Riiz amerikalik tarjimon

@maknunnnnnnn
10.04.2025, 07:05
t.me/maknunnnnnnn/3469
MA
Shaxsiy blog
247 подписчиков
59
Kuni kecha bir doʻstimiz bilan Sharof Rashidov haqida gaplashgandik, bugun oʻqiyotgan bir kitobimdan Sharof Rashidov haqida qiziq bir parchaga duch keldim.
Yaʼni sovet davrida Oʻzbekistonning birinchi rahbarlari cheklanmagan hokimiyat egalari boʻlishmagan, ularning har bir qadami nazorat ostida boʻlgan. Tarix shaxslarga bir yoqlama tugal hukm chiqarishdan qochaylik!

@maknunnnnnnn
9.04.2025, 17:08
t.me/maknunnnnnnn/3468
MA
Shaxsiy blog
247 подписчиков
90
Tarixda biror general yoki hukmdor qozona olgan gʻalabalar borasida Amir Temurning tengi va oʻxshashi yoʻqdir.

© J.M.Robert ingliz tarixchisi


@maknunnnnnnn
9.04.2025, 07:11
t.me/maknunnnnnnn/3467
MA
Shaxsiy blog
247 подписчиков
108
Eladi bedov qismat,
Umr oqadi yelday:
Kimdir shamolday kechar,
Kimdir bosadi selday.

Dunyo qilmishga qarab,
Taqdir yo'lin ochadi:
Kimdir yig'ar yo'toqib,
Kimdir elga sochadi.

Birovni yo'lga solmoq
Kelmas banda qo'lidan:
Kimdir qorin deb borar,
Kimdir imon yo'lidan.

Kimdir dunyo jamlaydi,
Kimdir dovrug' taratar.
Kimdir elni yamlaydi,
Kimdir elni yaratar.

Dunyo esa hisobli !
Bari ayon Tangriga-
Kimni yutar qaro yer,
Kimni olar bag'riga...

© Usmon Azim
7.04.2025, 15:21
t.me/maknunnnnnnn/3466
MA
Shaxsiy blog
247 подписчиков
73
Ahmoqqa yaxshilik qilmoq cho‘chqaga qimmatbaho taqinchoqlar osib qo‘yish yoki zaharli ilonga asal yalatish bilan barobardir.

© Qadimgi fors donishmandlari hikmatlaridan


@maknunnnnnnn
7.04.2025, 15:01
t.me/maknunnnnnnn/3465
MA
Shaxsiy blog
247 подписчиков
130
DUMBULLARGA “MASLAHAT”

Bugun faqat ahmoqona gap aytish, bemaʼni qiliqlar qilish, farosatsizlarcha shaxsiy hayotni koʻz-koʻz qilishning oʻzi kamlik qiladi – bularning barchasini albatta ijtimoiy tarmoqlarga ham joylashtirish kerak.

Jaloliddin Safoyev tarjimasi


@maknunnnnnnn
6.04.2025, 16:33
t.me/maknunnnnnnn/3464
MA
Shaxsiy blog
247 подписчиков
38
Boburshunos olim Botirali Yoʻldoshev va Gʻaybulla Boboyorov oʻrtasida televideniyedagi Bobur-Shayboniyxon mavzusidagi tortishuvi ijtimoiy tarmoqlarda turli muhokamalarni keltirib chiqargandi, Qurultoy podcastining bu sonida ikkala olim yuqoridagi bahsni davom ettirishibdi.
Oxirgi paytlarda «Yulduzli tunlar»ga loy chaplashlar koʻpayib ketgandi, B. Yoʻldoshev bunga yaxshi javob qaytaribdi.
Temur yoki Boburni xohlagancha aybdor qilish, ularning ustiga istagancha magʻzava agʻdarish mumkin, lekin ularga bu qadar keskin javob qaytarilmaydi.
Shayboniyxon buyuk shaxs, ammo, ideal shaxs va hukmdor yasashga urinish, har qanday kamchilikdan holi qilib koʻrsatish yaramaydi. Tarix nima uchun tarix, ana shu xato-kamchiliklardan xulosa chiqarish bilan tarixda, hech bir tarixiy shaxsni ideallashtirishmasdan yutuqlarini ham xatolarini yashirmasdan oshirmasdan, boricha oʻrganishimiz, xalqqa yetkazishimiz zarur.

@maknunnnnnnn
6.04.2025, 11:25
t.me/maknunnnnnnn/3463
MA
Shaxsiy blog
247 подписчиков
53
Dardli ovoz, dardli nolalar...

Jonli ijroda oʻzgacha, yanada dardli chiqibdi, eng avvalo ana shu dardli nolalar uchun yaxshi koʻraman. 🫶
5.04.2025, 21:47
t.me/maknunnnnnnn/3462
MA
Shaxsiy blog
247 подписчиков
44
Tabiat me'yorni taqozo etadi. Yeyishda ham, ichishda ham, harakatda ham, hatto muhabbatda ham me'yorni bilish foydalidir.

© Abulfaraj (1226-1286)*

* Shomlik alloma.


@maknunnnnnnn
5.04.2025, 17:41
t.me/maknunnnnnnn/3461
MA
Shaxsiy blog
247 подписчиков
76
Artistlar toʻyga 10.000$ga chiqsa ham birortasi xalqni xonavayron qilyapti demaydi, ammo shoir mualliflik huquqini talab qilsa, barchasi negativ yozadi.

Befahmlar oʻzi eplab ismini toʻgʻri yozolmaydi, lekin birovni haqorat qilishni boplaydi.
Otarchi qoʻshiq qilgani uchun emas, balki soʻzlari yaxshi yozilgani uchun eshitayotgandir qoʻshiqni odamlar.

Bu turishda bularni kosasi oqarmaydi.
5.04.2025, 05:44
t.me/maknunnnnnnn/3460
MA
Shaxsiy blog
247 подписчиков
82
«Ikki eshik orasi»ni oʻqimaganlarni kitobxon sanamayman 😁
4.04.2025, 07:48
t.me/maknunnnnnnn/3459
MA
Shaxsiy blog
247 подписчиков
84
M. Orziyev, J. Latipov, S. Kenjayevlar hammuallifligidagi «ikki imperiya ziddiyatlari yoxud amir Temurning soʻnggi yurishi» monografiyasida nafaqat Temur va Min sulolasi oʻrtasidagi munosabatlar, balki Tibet bilan aloqalari haqida ham maʼlumot beradi.
Xususan, mualliflar Temur davlati va Tibet oʻrtasida sirli aloqalar boʻlganligi, Chinga yurish davrida Tibet bilan ittifoq tuzishga harakat qilgan degan farazni ilgari suradi. Bu davrda moʻgʻullar va xitoylar oʻrtasida Tibet budda ruhoniylarining taʼsiri katta boʻlgan, Temur bu imkoniyatdan maksimal darajada foydalanishi tayin edi. Monografiyada Tibetda turkiylarning solor urug‘i vakillari yashab kelayotgan bo‘lib, ularning xotirasida o‘zlarining Tibetga Samarqanddan Amir Temur
davrida kelib qolganliklari bilan bog‘liq rivoyat saqlanib qolganligi qayd etiladi.
Keyinroq, yaʼni 1421-yilda Tibetdan elchilar keladi, Ulugʻbek ularni Buxoroda qabul qiladi, biroq elchilikning maqsadi haqida temuriylar manbalarida maʼlumot berilmagan.


@maknunnnnnnn
4.04.2025, 07:13
t.me/maknunnnnnnn/3458
MA
Shaxsiy blog
247 подписчиков
Репост
78
1404-yilda Temurbek saltanatiga koʻplab mamlakatlardan, jumladan Xitoydanda elchilar kelishadi. Bu davrda Xitoy «buyuk davlatchilik» kasaliga mubtalo boʻlgan boʻlib, qoʻshni yurtlar hukmdorlari yuborgan elchilarni va sovgʻa-salomlarni oʻlpon, boj sifatida qabul qilar, ularni vassal deb qabul qilar edi. 1404-yil Samarqandga kelgan Chin elchisi Temurbekdan «7 yil davomida toʻlanmagan boj»ni toʻlashini soʻraydi, manbalarda Temurbek 1397-yildan soʼng Xitoyga elchi yuborilgani xususida maʼlumot yoʻq. Amir Temur elchining bu gapiga «bu pullarni senga bersam, sen bu pullarni yoʻlda ishlatishing mumkin, yaxshisi oʻzim olib borib beraman» deya hazil tariqasida javob qaytaradi.😂😂

Aslida uning maqsadi, Chinga yurish qilib boʻlib, hazil tariqasida aytgan javobida ham bunga ishora qilgan edi.


@maknunnnnn
nn
3.04.2025, 21:22
t.me/maknunnnnnnn/3457
MA
Shaxsiy blog
247 подписчиков
46
Dunyodagi bor yomonlik qariyb hamisha nodonlikdan kelib chiqadi va har qanday yaxshilik, agar u keragicha ma'rifatli bo'lmasa, yomonlikdan kam kulfat keltirmaydi.

📚 Vabo
✍️ Alber Kamyu
3.04.2025, 12:34
t.me/maknunnnnnnn/3456
MA
Shaxsiy blog
247 подписчиков
Репост
42
Tashqarisida kuchli bo’lib ko’rinishga harakat qilaveradigan odamning ichi to’kilib ketgan bo’ladi….

@mehrnoz_abbos
3.04.2025, 09:14
t.me/maknunnnnnnn/3455
MA
Shaxsiy blog
247 подписчиков
70
Kutubxonada kurs ishi mavzusiga doir kitoblarni izlab yurganimda bir kitobga koʻzim tushdi.
Opam kitob chiqaribdi, tabriklayman Gavhar opa)))
Bardavom boʻlsin.
2.04.2025, 14:35
t.me/maknunnnnnnn/3454
MA
Shaxsiy blog
247 подписчиков
63
Hukmdor o‘z atrofiga munosiblarni to‘plashi zarur bo‘lsa-da, aksincha, bu o‘rinlarga nomunosiblar ravo ko‘riladi.

© Ardasher (Eron shohi 180-241)


@maknunnnnnnn
2.04.2025, 08:16
t.me/maknunnnnnnn/3453
MA
Shaxsiy blog
247 подписчиков
53
1.04.2025, 17:05
t.me/maknunnnnnnn/3452
MA
Shaxsiy blog
247 подписчиков
59
Diogenning hazili

Bir boy hovlisi darvozasiga «bu eshikka balo yaqinlashmasin» deb yozib qo'ydi: Buni ko'rgan Diogen soʻradi:
– Endi xotining uyga qanday kiradi?

* Diogen qadimgi yunon faylasufi (mil.avv 412-323)


@maknunnnnnnn
1.04.2025, 09:48
t.me/maknunnnnnnn/3451
MA
Shaxsiy blog
247 подписчиков
65
Umumiy baxt

Bir faylasufdan soʻrashibdi:
– Nima barchaga barobar yaxshilik keltirishi mumkin?
U shunday javob qilgan ekan:
– Ahmoq hukmdorning oʻlimi.


© Abulfaraj (1226-1286)


@maknunnnnnnn
1.04.2025, 06:45
t.me/maknunnnnnnn/3450
MA
Shaxsiy blog
247 подписчиков
Репост
44
Амир Темурнинг тарихий миссияси ҳақида яна бир мулоҳаза


Ҳар бир тарихий шахс ўзига яраша миссияни, вазифани амалга ошириш учун сиёсий саҳнасига келади, деган қарашлар ҳам мавжуд. Амир Темурнинг тарихий миссияси нималардан иборат эди? Албатта бу ҳақида бир қатор фикрлар билдирилган. Биз уларни инкор этмаган ҳолда, яна бир мулоҳазани ўртага ташламоқчимиз.

Амир Темурнинг сиёсий саҳнага чиқиши арафасида Мовароуннаҳр 10 яқин беклар ўртасидаги сиёсий рақобат майдонига айланганлигини биламиз. Худди шу ҳолатни Эронда ҳам кўришимиз мумкин. Ҳулагулар давлати ўрнида 10 дан ортиқ кичик давлатчалар шаклланди ва улар ўртасида ҳам шафқатсиз урушлар олиб борилди. Умуман олганда, Кичик Осиёнинг Шарқий қисми, Кавказ, Ироқ, Озарбайжон, Эроннинг ғарбий ва марказий қисмлари, Хуросон, Кобул, Ғазни ва Қандаҳор, Мовароуннаҳр, Хоразм, Сирдарёнинг ўрта ва қуйи оқими ҳудудлари 30 дан ортиқ майда сиёсий бирликлар ўртасидаги ўзаро урушларнинг исканжасида қолди. Бу даражадаги сиёсий тарқоқлик мазкур ҳудудларда аввал кузатилмаган ҳодиса эди.

Бошқача айтганда, Ўрта ер денгизидан то Хитойгача бўлган ҳудудларда урушлар олови ёнаётганди. Урушлар бир вақтда ҳамма ерда, ҳар доим юз бериши одатга айланганди. Бу эса доимий вайронагарчиликлар, талон-тарожлар, беҳисоб қурбонлар ва иқтисодий ҳамда маданий ҳаётнинг таназзулга юз тутишини англатарди. Амир Темур ўз фаолияти даврида бу ҳудудларни бирлаштирди. Албатта, бу ҳаракат ҳам урушлар, вайронагарчиликлар, талон-тарожлар ва қурбонлар билан кечди. Аммо унинг натижасида мазкур ҳудудларда ўзаро урушларга барҳам берилди. Бу эса ўз ўзидан иқтисодий ва маданий юксалишга олиб келди.

Амир Темур вафоти билан бу империя парчаландими? Аслида бу жуда бўрттирилган хулоса. Бир неча йил давом этган ўзаро урушлардан сўнг Шоҳруҳ мирзо яна Мовароуннаҳр, Сирдарё бўйлари, Хоразм, Кошғар, Кобул, Ғазни, Қандаҳор, Хуросон, Марказий ва Ғарбий Эронни марказий давлат қўлида сақлаб қолди. Бу ҳудудларда яна узоқ йиллик тинчлик таъминланди. Озарбайжон ва Ироқда эса Қора қуюнлилар давлати шаклланди. Аввал бу ернинг ўзида бир неча давлатлар бор эди. Бундан кўринадики, мазкур ҳудудларда ҳам аввалгидек парчаланиш юз бермади.

Шоҳруҳ вафоти билан юзага келган бир оз танафусдан сўнг Султон Абу Саъид мирзо ушбу бирликни яна давом эттирди. Унинг қўли остида Мовароуннаҳр, Хуросон ва Эрон бирлаштирилган эди. Ундан сўнг темурийлар давлати Хуросон ва Мовароуннаҳрда сақланиб қолди. Озарбайжон, Ироқ, Ғарбий ва Марказий Эрон эса Оққуюнлилар қўли остида бирлашди. Умуман олганда сулолалар алмашаверди, Сафавий, Шайбонийлар, бобурийлар, уларнинг ўрнига яна янги сулолалар келди, чегаралар қисман уёқдан бу ёққа, бу ёқдан у ёққа сурилди. Сулолалар алмашуниви вақтида оз муддат сиёсий тарқоқлик кучайган бўлса-да, яна қайтадан марказлашган давлат ташкил топаверди. Амир Темур бирлаштирган ҳудудларда XIV асрдаги каби жуда майда давлатлар, жуда кучли сиёсий тарқоқлик қайта юзага келмади.

XIX асрда бу ҳудудларда Эрон, Афғонистон, Хоразм, Бухоро ва Қўқон давлатлари мавжуд эди. Балки, Амир Темур узоқ йиллар давом этган сиёсий марказлашувларга пойдевор яратиб бергандир?! Балки, бу ҳам унинг тарихий миссияси бўлгандир?! Сиз нима дейсиз ?!
https://t.me/bahriddin_tarix
31.03.2025, 17:10
t.me/maknunnnnnnn/3449
MA
Shaxsiy blog
247 подписчиков
48
Dorixonadagi dorilarni koʻrib barchasidan olib ichib koʻrging keladi-ya😁🤣
31.03.2025, 15:06
t.me/maknunnnnnnn/3448
MA
Shaxsiy blog
247 подписчиков
68
#iqtibos

Men ommaviy mashhur asarlarga uncha ishonmayman. Chunki ko'pi o'rtamiyona kitobxonga mo'ljallab yoziladi, o'rtamiyona kitobxon esa haqiqatan ham omma. Sizni aytmayapman, bir kishi omma bo'lolmaydi. Ammo o'sha ommani ham aldash insofdan emas, yozuvchi hamma yerda, hatto fantastikasar yozganda ham haqqoniylikdan chekinmasligi shart deb hisoblayman.

«Roʻyo yoxud Gʻulistonga safar» Ahmad Aʼzam


@maknunnnnnnn
30.03.2025, 18:24
t.me/maknunnnnnnn/3447
MA
Shaxsiy blog
247 подписчиков
64
Hayit muborak)😊
30.03.2025, 05:51
t.me/maknunnnnnnn/3446
MA
Shaxsiy blog
247 подписчиков
62
Ilk bor oilamdan uzoqda, yolgʻizlikda hayit bayramini kutib olyapman.
Yolgʻizlik deganda, intellektual yolgʻizlikni nazarda tutyapman, inson har doim kulib yurishi unda barchasi yaxshi degani emas, balki tashqi olamga nisbatan oʻzining himoyasi ham boʻlishi mumkin.
Shunchaki oilaviy kutib olinadigan bayramni oila davrasidan uzoqda kutib olayotganim alam qildi, biroz alam qildi...
29.03.2025, 19:49
t.me/maknunnnnnnn/3445
MA
Shaxsiy blog
247 подписчиков
85
Tarix takrorlanadi...(mi)?

Turkiya tarixida soʻnggi oʻn yillikdagi eng yirik namoyishlar boʻlib oʻtmoqda. Xalqaro hamjamiyat eʼtibori Turkiyaga qaratilgan. Xoʻsh, namoyishlar nima sababdan boshlandi?

2025-yil 19-mart kuni Istanbul voliysi A. Imomoʻgʻlini qamoqqa olinishidan soʻng namoyishlar boshlanib ketdi, A. Imomoʻgʻli bugungi kunda Turkiyada katta mavqeyiga ega boʻlgan siyosatchilardan biri. 2028-yilda boʻlib oʻtadigan prezidentlik saylovlarida oʻz nomzodini qoʻyishi mumkinligi ortidan u qamoqqa tashlandi. Xoʻsh, nima uchun tarix takrorlanadimi deya savol qoʻydim?

1994-yilda Erdugʻon Istanbul hokimligiga oʻtkazilgan saylovda gʻalaba qozonadi. 1998-yilda u qamoqqa olinadi, 1999-yilda ozod qilinadi. 2003-yilda Turkiya bosh vaziriga aylanadi, rasmiy hujjatlarda Erdugʻon Marmara universitetida tahsil olgan, ammo ilmiy darajasining haqiqiyligi ham, maqomi ham diplomning qonuniyligi va uni prezidentlikka nomzod sifatida koʻrsatishi uchun yetarli deb hisoblanishi kerakligi borasida bahslar va tortishuvlarga sabab boʻlgan.

Akrom Imomoʻgʻli 2019-yilda Istanbul hokimligi uchun saylovda gʻalaba qozondi, 2025-yilda qamoqqa olindi, 18 mart kuni Istanbul universiteti Turkiya prokuraturasi so‘roviga ko‘ra Imomo‘g‘lining 1995 yilda olgan diplomi bekor qilinishini ma’lum qildi.

Umuman olganda, Erdugʻon va Imomoʻgʻli karyerasi oʻrtasida oʻxshashliklar bor, keyingi taqdir qanday boʻladi, albatta bu nomaʼlum.

Ha aytgancha, 2016-yilda Erdugʻonning himoyasiga koʻtarilgan xalq, bugun Akrom Imomoʻgʻli uchun koʻchaga chiqdi. Tabiiy savol tugʻiladi, tarix takrorlanadimi?


@maknunnnnnnn
28.03.2025, 11:17
t.me/maknunnnnnnn/3444
MA
Shaxsiy blog
247 подписчиков
65
Bu dunyo bir derazadir, har kelgan boqdi-ketdi.

📚 Huzursizlik
✍️ Zulfu Livaneli
27.03.2025, 13:24
t.me/maknunnnnnnn/3443
MA
Shaxsiy blog
247 подписчиков
133
Napoleon Misrni qoʻlga kiritish Buyuk Iskandarning muvaffaqiyatini takrorlash va Hindistonga yoʻl ochib dunyo tijoratining hokimi boʻlish mumkin deya oʻylardi. Hindiston tomon katta bir yurish uchun esa yaqin atrofidagilarga « forslar Tamerlanning yoʻllarini berkitishdi, faqatgina men boshqa yoʻl topaman» derdi. Bu soʻzlar Napoleonni Temur hayotini juda chuqur oʻrganganligini va oʻz yurishlari va strategiyalarida undan foydalanganini koʻrsatadi. Uning Temurga muxlisligi butun dunyoga maʼlum edi. Darhaqiqat, oʻsha davrdagi Eron hukmdori Fathali Shoh Qojar Napoleonga Temurning qilichini sovgʻa sifatida yuborgandi. Napoleonning xizmatkori xotiralarida sopi marvarid va boshqa qimmatbaho toshlar bilan bezatilgan bu qilich Eron elchisi Askarxon Afshar tomonidan 1808-yil 4-sentabrda Napoleonga taqdim etilganligi qayd etilgan.

Ahat Andijon «Amir Temur: tarix, siyosat va meros»


@maknunnnnnnn
27.03.2025, 03:25
t.me/maknunnnnnnn/3442
MA
Shaxsiy blog
247 подписчиков
84
Orzular insonni aldaydi.
Orzulariga aldanib inson umri o'tganini bilmay qoladi. Agar orzu qilmaganida, insonga orzu qilish imkoniyati berilmaganida, ehtimol, bu qadar uzoq yashamasdi.

📚 Tongotar
✍ Raxshona Ahmedova


@maknunnnnnn
n
26.03.2025, 10:57
t.me/maknunnnnnnn/3441
MA
Shaxsiy blog
247 подписчиков
124
Keyin, bu voqeani toʻqiganim yoʻq, asli rostdan shunday edi, voqeaning oʻzi shunaqa arzimas, odamlar shunaqa bachkana, institutdagi hayotning oʻzi tuturiqsiz boʻlsa, menda nima ayb;

📚 Roʻyo yoxud Gʻulistonga safar
✍ Ahmad Aʼzam


@maknunnnnnn
n
25.03.2025, 13:04
t.me/maknunnnnnnn/3440
MA
Shaxsiy blog
247 подписчиков
55
Takror aytarman kim, mani qo'rqutarman deb, behuda zahmat chekmasun, o'shal ismsiz maktubni taklifig'a muvofiq javobimizni mana gazetada yozduk. Va endi maktub egasining bizga yuboraturgan oʻlumiga muntazirmiz. Har holda o'lum birdur, ikki emas!

Mahmudxoʻja Behbudiyga nisbatan umrining soʻnggi yillarida oʻlim tahdidli maktublar kelgan, yuqorida Behbudiyning ularga nisbatan bergan javobi.


@maknunnnnnnn
25.03.2025, 07:37
t.me/maknunnnnnnn/3439
MA
Shaxsiy blog
247 подписчиков
64
Behbudiyni qoʻmsaymiz, millatimizga Behbudiylar yetishmayotgandan zorlanamiz, behbudiymijoz insonlarimiz paydo bo'lsalar... oyog'iga bolta uramiz, turtkilaymiz, bahridan o'tamiz!

📚 Yuz yillik qotillik
✍ Xurshid Doʻstmuhammad

@maknunnnnnn
n
24.03.2025, 13:19
t.me/maknunnnnnnn/3437
MA
Shaxsiy blog
247 подписчиков
54
Odamzodning xo'p g'aroyib odatlari bor - xursand bo'lsa, butun umri shodumonliklarga to'lib-toshadigandek, kayfiyati buzilsa ertaga tong otmaydigandek, bir umr ta'bi xira tortib yashaydigandek tuyuladi. Boshi uzra elas-elas esayotgan shabada bir zum yo'nalishini o'zgartirsa bormi, «kayfiyat» atalmish ob-havo ostin-ustun bo'lib ketishi tasavvuriga sig'maydi.

📚 Yuz yillik qotillik
✍ Xurshid Doʻstmuhammad


@maknunnnnnn
n
23.03.2025, 20:05
t.me/maknunnnnnnn/3436
MA
Shaxsiy blog
247 подписчиков
Репост
59
Kitob o’qishning ham ziyon tomoni bo’ladimi? 👀

@nigorahasanovasblo
g
22.03.2025, 11:00
t.me/maknunnnnnnn/3435
MA
Shaxsiy blog
247 подписчиков
65
Abdulla Oripovning soʻnggi yillari haqida.
https://youtu.be/hkSlYlOBfqA?si=LAtWnMoH9tuyuwJA
22.03.2025, 04:14
t.me/maknunnnnnnn/3434
MA
Shaxsiy blog
247 подписчиков
65
21.03.2025, 20:08
t.me/maknunnnnnnn/3432
MA
Shaxsiy blog
247 подписчиков
65
2015-yilda Italiya prezidenti Serjo Mattarella o‘zbek shoiri Abdulla Oripovni «Italiya yulduzi» ordeni bilan mukofotlagandi, orden oʻsha yilning 9-dekabrida Italiyaning Oʻzbekistondagi elchixonasida tantanali topshirilgandi.
Ammo, oʻsha yillari, aniqrogʻi shoir umrining soʻnggi yillarida Oʻzbekistonda «zapret»ga tushgan ijodkorlardan biri edi.

@maknunnnnnnn
21.03.2025, 20:08
t.me/maknunnnnnnn/3433
MA
Shaxsiy blog
247 подписчиков
66
Nima sababli ummat sportdagi mag‘lubiyatlar uchun asabiylashadida, sivilizatsiya, sanoat va ijtimoiy maydonlardagi mag‘lubiyati uchun bir tuki qimirlamaydi, shuni tushunmayman.

Shayx Muhammad G‘azzoliy


@maknunnnnnnn
21.03.2025, 13:05
t.me/maknunnnnnnn/3431
MA
Shaxsiy blog
247 подписчиков
115
21.03.2025, 06:25
t.me/maknunnnnnnn/3430
MA
Shaxsiy blog
247 подписчиков
52
Oliy taʼlim muassasalari targʻibot emas, erkin fikr, ilm-fan markazlari boʻlishi kerak. Taʼlimdan boshlanmagan har qanday islohot bekor, oʻzgarishlar yolgʻondir.


@maknunnnnnnn
20.03.2025, 08:20
t.me/maknunnnnnnn/3429
MA
Shaxsiy blog
247 подписчиков
73
Bilim yurtlari yonidan, boshlangʻich maktablar qarshisidan oʻtub qolsam, istiqboldagʻi alvir-shalvir oʻzbek madaniyatidan qoʻrqaman!

Abdulla Qodiriy «Biz kim va nimalardan qoʻrqamiz?»
«Mushtum» jurnali 1923-yil 1 may.


@maknunnnnnnn
19.03.2025, 17:39
t.me/maknunnnnnnn/3428
MA
Shaxsiy blog
247 подписчиков
62
Doʻstim har kun mayxonadasan,
Kunduz kecha gʻamxonadasan,
Tugamaydi dunyo gʻamlari,
Sharob qoʻygan vayronadasan.

Nomiga qarab fatvo chiqarib, toshboʻron qilishga shoshilmanglar, falsafiy mavzudagi qoʻshiq bu. Oldin ozroq eshitib, soʻzlarini tahlil qiling, keyin xohlaganingizcha tanqid qiling!


@maknunnnnnnn
18.03.2025, 17:25
t.me/maknunnnnnnn/3427
MA
Shaxsiy blog
247 подписчиков
50
Oliy taʼlim muassasalariga Navroʻz munosabati bilan beriladigan taʼtilni kutyapman.
Bugun sana 18-mart boʻlishiga qaramasdan hamon eʼlon qilinmadi, bir narsada, uzoq viloyatlardan kelib oʻqiydigan talabalar bor, taʼtil kunlari ertaroq eʼlon qilinganda ular ham shunga qarab harakat qilardi. Ustiga ustak bayram kunlari yoʻlkira narxi 2-3 baravarga oshadi, bu alohida mavzu)


@maknunnnnnnn
18.03.2025, 06:56
t.me/maknunnnnnnn/3426
MA
Shaxsiy blog
247 подписчиков
57
To‘xtatay deysiz vaqtni,
Hovliqasiz, chopasiz.
Xudo bermagan Baxtni
Siz qay go‘rdan topasiz?!

© Behzod Fazliddin

@maknunnnnnnn
17.03.2025, 16:11
t.me/maknunnnnnnn/3425
MA
Shaxsiy blog
247 подписчиков
56
17.03.2025, 14:33
t.me/maknunnnnnnn/3424
MA
Shaxsiy blog
247 подписчиков
76
Tangriga topin. Tangri birdir. Seni el qilgan udir.

📚 Bilga xoqon
✍ Isajon Sulton

@maknunnnnnn
n
16.03.2025, 17:42
t.me/maknunnnnnnn/3423
MA
Shaxsiy blog
247 подписчиков
77
«Holvani hokim yer, kaltakni sagʻir» degandek boʼlibdida bu ish ham.
Maktab, kasalxona kabi ijtimoy obyektlarni open budgetga qoʻyish qanchalik toʻgri, menga qolsa, ularni hech qanday tanlovga qoʻymasdan, tanlovsiz ravishda taʼmirlash kerak.
Majburiy ovoz talab qilingani yoʻq degani bilan, menimcha hech kim bunga ishonadigan darajada ahmoq emas. Bu yerda oʻqituvchini jazolash xato. Agar muammoni daraxt deb olsak, bu yerda oʻqituvchini jazolash daraxtning kichik shoxlarini kesishdek gap, muammodan butkul qutulish uchun esa, daraxtning ildizini chopish kerak.


@maknunnnnnnn
15.03.2025, 14:17
t.me/maknunnnnnnn/3422
MA
Shaxsiy blog
247 подписчиков
58
15.03.2025, 08:10
t.me/maknunnnnnnn/3421
MA
Shaxsiy blog
247 подписчиков
Репост
61
O‘rta Osiyoda asl turklik davri Temurdan boshlanadi. Chunki xorazmshohlar va saljuqiylar, garchi maishat tarzi jihatdan turk bo‘lsalarda, ular g‘arbiy islom, eron madaniyatiga muxlis edilar, turk millatining rivoji uchun juda kam ish qilardilar. Netongki, hozirgi Erondagi turk — qojar xonadoni ham shundaydir. Temur o‘z turklarining mo‘g‘ul-xitoy dunyosining ustidan g‘alabasini mujassam etdi. U doimo va har jihatdan turklarga birinchilikni ta’minlashga jahd etdi. Garchi uning saroyi ajnabiy ulamolar va hunarmandlar bilan to‘la esa-da, mamlakatning rasmiy tili har vaqt turkcha bo‘ldi. Hatto mo‘g‘ul, uyg‘ur yozuvi — nasroniylik, buddiylik, majusiylik davri o‘laroq— mutaassib musulmonlar tarafidan juda yomon ko‘ringani holda, muhofaza etildi. Temurning o‘zi tiniq va ochiq turk shevasida yozar edi. Bu yerda zikr qilingan «Tuzukot» fikrimizni isbot etadir. Shundog‘ bo‘lsa-da, u o‘z zamonidagi rasmiy muharrirlar va shoirlar bilan uchrashganda, ularning qat’iy va taklif so‘zlariga quloq solardi. Osiyoning yarmini titratib turgan, taxti ostida qancha shohlik xonadonlarini yakson qilgan bu odam o‘zining siyosiy ahdlarini quyidagicha, juda sodda iboralar bilan boshlar edi: «Men, Tangrining quli Temur, shuni aytamanki...» Keyingi xonlarning yoxud gadoy Buxoro podshohlarining (biz bilmagan sabablarga koʻra H. Vamberi ularni shunday deb yerga urmoqda ,,Movarounnahr yoxud Buxoro tarixi" 38-bet.)takallufli laqablari bilan buning orasida shu qadar farq kattaki...
H.Vamberi

@maknunnnnnnn
https://hosty.xxx/i/19fd3c6818500d68ed86d86dbd0a9ad19e8b9bde.jpg
14.03.2025, 19:38
t.me/maknunnnnnnn/3420
MA
Shaxsiy blog
247 подписчиков
77
Bu hayotda butun umr yaxshi boʻlib qolish qiyin, juda qiyin... Insonni hayot oʻzgartirmaydi, balki odamlar oʻzgartiradi. Toʼgʻri boʻlsa oʻgʻri qiladi, avliyo boʻlsa toshboʻron.
Yomonlarni jazolamaganliklari kabi, yaxshilarni ham taqdirlashmaydi, balki tahqirlashadi, toʻgʻriligi, soddaligi uchun...
Toʻgʻri, yaxshi-yomon tushunchalari nisbiy, siz uchun yaxshi boʻlgani boshqa bir kishi uchun dajjoldek koʻrinadi.
Hammaga yaxshi koʻrinishni istagan odam eng katta munofiq-u, ikkiyuzlamachiga aylanadi.
Xullas, shunaqa gaplar.


@maknunnnnnnn
13.03.2025, 19:46
t.me/maknunnnnnnn/3419
MA
Shaxsiy blog
247 подписчиков
58
Biz shunday olamda yashaymizki, bitta ahmoq ko‘plab ahmoqlarni, bitta donishmand esa juda oz donolarni yaratadi.

© LIXTENBERG


@maknunnnnnnn
13.03.2025, 12:22
t.me/maknunnnnnnn/3418
MA
Shaxsiy blog
247 подписчиков
171
12.03.2025, 13:33
t.me/maknunnnnnnn/3417
MA
Shaxsiy blog
247 подписчиков
57
1968 yil, Baku. «Bahor bayrami»ni nishonlayotgan odamlar.

1929-yil Ozarbayjonda Navroʻz milliy bayramlar roʻyxatidan olib tashlanadi, Stalin vafotidan soʻng vaziyat yumshagach Oʻzbekiston va Ozarbayjon Moskvadan Navroʻzni ommaviy nishonlashga ruxsat soʻraydi. Nihoyat, 1966-yil Navroʻz nomini aytmaslik sharti bilan bayram qilishga ruxsat beradi, sovet matbuoti Navroʻzni «Bahor bayrami» deb ataydi.
1967-yilda Navroʻz sovet davlatida ilk bor keng nishonlashdi. Tahlilchilarga koʻra, 1966- yil Eron shohi Sovet hukumati bilan qator madaniy va savdo shartnomalarni imzolagandi. Aynan SSSR Eron bilan munosabatlarni iliqlashtirish uchun Navroʻzga ruxsat bergan. Undan tashqari, Ozarbayjonning Eron bilan yaqinlashuvi Turkiyaning turkiy dunyo bilan aloqalarini cheklardi.
Markaziy Osiyo va Ozarbayjon mustaqillikka erishgach Navroʻzni milliy bayram deb eʼlon qildi va keng nishonlab kelishmoqda.

@maknunnnnnnn
12.03.2025, 09:51
t.me/maknunnnnnnn/3416
MA
Shaxsiy blog
247 подписчиков
114
11.03.2025, 08:38
t.me/maknunnnnnnn/3415
MA
Shaxsiy blog
247 подписчиков
53
Asramaysiz bir-biringizni...
Endi sizni Xudo asrasin!

© Usmon Azim

@maknunnnnnnn
11.03.2025, 03:37
t.me/maknunnnnnnn/3414
MA
Shaxsiy blog
247 подписчиков
Репост
71
Yozuvchi Nazar Eshonqul AQSHning "Mundus Artium Press" nashriyoti tomonidan 2024-yilning "Yil yozuvchisi" deb e'tirof etilibdi.

Xalqaro mukofot muborak bo'lsin!


#mukofot
@allaevuzb
10.03.2025, 10:46
t.me/maknunnnnnnn/3413
MA
Shaxsiy blog
247 подписчиков
146
Tarix takrorlardan iborat deyishadi, bu mavzudagi muhokamani chetga surib, ikki xil davr va bir-biridan olis ikki mintaqada yuz bergan bir voqeani yozmoqchiman.

Barchamiz maktab darsliklari orqali, 1852-yilda Qoʻqon xoni Xudoyorxon qipchoqlar qirgʻini uyushtirganidan xabardormiz, aynan bu qirgʻinda qipchoqlarni boshqa urugʻ, qavm-qabilalardan ajratib olish uchun, ularga «bugʻdoy» soʻzini ayttirib koʻrishadi, toʻgʻri aytganlar ozod qilinadi, aytolmaganlar qatl qilinadi. Yaʼni qipchoqlar bugʻdoy soʻzini toʻgʻri talaffuz qilolmasdan «buday» deyishgan.

1282-yil Sitsiliyada fransuzlar zulmiga qarshi qoʻzgʻolon boshlanadi, qoʻzgʻolonchilar aynan fransuzlar talaffuz qilishga qiynaladigan «noʻxat» soʻzini (,,cìciri ” sitsiliya tilida, fransuzcha talaffuzi (sciscirì ) ayttirish orqali fransuzlarni ajratib olib qatl qiladi.

Bu voqealar orasida 570 yil farq bor, Xudoyorxonning Sitsiliyadagi qoʻzgʻolon va ular fransuzlarni ajratib olishda qoʻllagan usuldan xabari boʻlmagan, ammo tarix boshqa yerda, boshqa vaziyatda baribir takrorlandi. Xulosa chiqarilmagan xatolar takrorlanishda davom etadi.



@maknunnnnnnn
10.03.2025, 09:34
t.me/maknunnnnnnn/3412
MA
Shaxsiy blog
247 подписчиков
90
9.03.2025, 04:04
t.me/maknunnnnnnn/3411
MA
Shaxsiy blog
247 подписчиков
67
Temurshunos olim proff Bahriddin Usmonov you tobe sahifasida nega Chingizxon imperiyasi Temur imperiyasiga nisbatan uzoq umr koʻrganligi haqida maʼlumot beribdi. Koʻrishni tavsiya qilaman.

https://youtu.be/hmbGmoLU0SA?si=zY7RH_fx7DxfwcSd
8.03.2025, 09:02
t.me/maknunnnnnnn/3410
MA
Shaxsiy blog
247 подписчиков
52
8-mart xalqaro xotin-qizlar bayrami bilan barcha ayol va qizlarimizni tabriklayman. Sizlarga sogʻliq-salomatlik, oilaviy baxt tilayman. Bayram muborak boʻlsin)
8.03.2025, 03:53
t.me/maknunnnnnnn/3409
MA
Shaxsiy blog
247 подписчиков
65
7.03.2025, 14:57
t.me/maknunnnnnnn/3408
MA
Shaxsiy blog
247 подписчиков
551
#nazm

Elu yurtning ogʻir yuki,
Asil mardlar belidadir.

Shonu sharaf obidasi,
Er yetishgan elidadir.

Yuksaklar yuksakda turar,
Nokas fasod koʻlidadir.

Dononing aqli boshida
Nodonniki tilidadir.

Tiriklikning saodati,
Hayot tuzu bolidadir.

Makkada ming shayton toshla,
Imon Vatan choʻlidadir.

Bilmassanki Azroilbek,
Soʻqoq oʻngu soʻlidadir.

Gul hayot bor, gul oʻlim yoʻq,
Manzil Sirot yoʻlidadir.

Qismatning oq-qora tuni,
Bil, qadarning qoʻlidadir.

Xudo uchun har yer qutlugʻ,
Kaʼba kishi dilidadir...

©Nurali Qobul


@maknunnnnnnn
7.03.2025, 04:09
t.me/maknunnnnnnn/3407
MA
Shaxsiy blog
247 подписчиков
67
6.03.2025, 07:23
t.me/maknunnnnnnn/3406
MA
Shaxsiy blog
247 подписчиков
54
Bahorning yomg‘irli kechalarida
Ezildi...
ezildi, yurak ezildi...

© Usmon Azim

@maknunnnnnnn
5.03.2025, 21:35
t.me/maknunnnnnnn/3405
MA
Shaxsiy blog
247 подписчиков
57
#taqriz

📚 Soʻnggi orol
✍ Zulfu Livaneli

Turk yozarlari orasida Zülfü Livaneli ijodi alohida ajralib turadi, muallifning oʻziga xos yozish uslubi, oʻz «ovozi» oʻquvchini oʻziga tortmasdan qoʻymaydi.
«Soʻnggi orol» inson va tabiat oʻrtasidagi kurashga bagʻishlangan. Roman voqealari tabiat-inson -hokimiyat oʻrtasida kechadi. Soʻnggi orol aslida, ramziy boʻlib, insonning tabiatga qanchalik katta zarar yetkazishi, diktaturaning oqibatlari, insonlarning savodsizligi, eʼtiborsizligi oqibatida kelib chiqqan muammolar, jannatmakon bir orolning doʻzaxga aylantirishi tasvirlanadi. Romandagi insonlar va voqealar ramziy boʻlib, har bir obrazga alohida bir vazifa yuklangan, bir ijtimoiy vazifani bajaradi. Haqsizlik va adolatsizlikka qarshi kurash, insonning birgina oʻylamasdan qilgan ishi necha muammolarga sabab boʻlishi romanning asosiy mavzularidan biridir. Roman haqida shunchaki the best deyish mumkin.
Zülfü Livanelining asarlari haqida:

«Huzursizlik
»
«Baliqchi va oʻgʻl
i»

@maknunnnnnn
n
5.03.2025, 07:46
t.me/maknunnnnnnn/3404
MA
Shaxsiy blog
247 подписчиков
39
5.03.2025, 07:25
t.me/maknunnnnnnn/3403
MA
Shaxsiy blog
247 подписчиков
62
#nazm

Bahor, derlar kuz kunlarini,
Iliq, derlar muz kunlarini...
Ming maqomga yo‘rg‘alashar-da,
Berib qo‘ygach tizginlarini...

© Gulchehra Nurulloh qizi


@maknunnnnnnn
4.03.2025, 13:27
t.me/maknunnnnnnn/3402
MA
Shaxsiy blog
247 подписчиков
389
U( Temur) Bursa kutubxonasidagi kitoblarni yuk tashiydigan hayvonlarga ortib, Samarqandga koʻchirtirgan. Endi shu kishini vahshiy, marhamatsiz deb atash mumkinmi? Binobarin, Temurni Chingiz ila bir safga qoʻyib, uni vahshiy, zolim, qaroqchi deb atagan kishilarning fikrlari ikki martaba xatodir. U avvalo Osiyo sarkardasi edi. Oʻzining gʻolib askarlari va qurollaridan oʻz zamonasining taomilicha
foydalangan. Uning faoliyati, xususan, dushmanlari tarafidan gunoh hisoblangan ishlari va
urushlari, teranroq qaralsa, doimo biror jinoyatga jazo tarzida roʻy bergan. Toʻgʻri, jazo qattiq, lekin adolatli boʻlgan. Isfahon va Sherozda u xiyonat tufayli qatl qilingan askarlari
uchun qasos olgan.

© Arminiy Vamberi


@maknunnnnnnn
3.03.2025, 17:53
t.me/maknunnnnnnn/3401
Результаты поиска ограничены до 100 публикаций.
Некоторые возможности доступны только премиум пользователям.
Необходимо оплатить подписку, чтобы пользоваться этим функционалом.
Фильтр
Тип публикаций
Хронология похожих публикаций:
Сначала новые
Похожие публикации не найдены
Сообщения
Найти похожие аватары
Каналы 0
Высокий
Название
Подписчики
По вашему запросу ничего не подошло