🇺🇿 Madaniyat...
Madaniyat eng noyob ma’dan,
Madaniyat asil gulbadan.
Uning bilan qadrlidir xalq,
Yuksalgaydir u bilan Vatan!
U bor inson sayroqi bulbul,
Ko‘nglining har hujayrasi gul.
Uningsiz yo‘l – chuvalgan ipday,
Usiz yo‘lning so‘nggi tanazzul.
Yurak zarbi bilan kuylangan
Har bir bosgan odimlarimiz!
Biz shunday baxt bilan siylangan –
Madaniyat xodimlarimiz!
Madaniyat eng go‘zal zohir,
Madaniyat pok ruhga dohil.
U pokiza, u bemin ummon,
Biz undagi duru javohir.
Udir asli Oliy tarbiya,
U qudratli, yovqur armiya!
U bo‘lmasa johillik oshar,
Usiz qalblar armonga uya!
Yurak zarbi bilan kuylangan
Har bir bosgan odimlarimiz!
Biz shunday baxt bilan siylangan –
Madaniyat xodimlarimiz!
Madaniyat moʻtabar burchdir,
Usiz barcha yumushlar puchdir,
Ulug‘laylik, uning nomini,
Madaniyat xaloskor kuchdir!
#Madaniyat_xaloskor_kuch
Telegram |
Instagram |
Faceboo
k | Veb-sayt
| YouTube |