У вас закончился пробный период!
Для полного доступа к функционалу, пожалуйста, оплатите премиум подписку
FI
✍𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓✍
https://t.me/fikraat
Возраст канала
Создан
Язык
Узбекский
11.4%
Вовлеченность по реакциям средняя за неделю
12.76%
Вовлеченность по просмотрам средняя за неделю

Xizmatimizdan manfaat topsangiz, Allohning fazlidan, xatolik topsangiz, bizning qusrimizdan biling!

Bog'lanish uchun

@ulugbek_jamolidinov

Reklama va hamkorlik https://t.me/fikrat_reklama

Сообщения Статистика
Репосты и цитирования
Сети публикаций
Сателлиты
Контакты
История
Топ категорий
Здесь будут отображены главные категории публикаций.
Топ упоминаний
Здесь будут отображены наиболее частые упоминания людей, организаций и мест.
Найдено 745 результатов
FI
✍𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓✍
18 316 подписчиков
29
763
26.04.2025, 17:39
t.me/fikraat/11987
FI
✍𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓✍
18 316 подписчиков
33
1
1.1 k
Hurmatli kanal obunachilari. Bildirilgan ishonch uchun katta rahmat. Xop mayli juda ko‘pchilik yordam beramiz demoqda.
Karta raqam qoldiraman. Agar kanalni saqlab qolsam. Albatta yanada mas’uliyat bilan yuritishga harakat qilaman

9860 0101 3242 2386
Ulug‘bek J nomida
26.04.2025, 16:23
t.me/fikraat/11986
FI
✍𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓✍
18 316 подписчиков
101
2
1.4 k
‼️Kanal sotiladi. Kanal aktiv. Umuman nakrutka urilmagan.

Hurmatli obunachilar bu qarorga kelish man uchun ham oson emas. Chunki 1,5 yillik mehnatim va umrim ketgan. Lekin hozir shunga majburman. O‘ta majburlikdan sotyapman.
Iltimos kanalni sotib olishni jiddiy niyat qilganlar yozsin! Manga ishonch bildirib, kanalimizni kuzatib borgan barchaga katta rahmat. Ketgan vaqtingizga rozi bo‘ling!

Murojaat uchun: @UlugbekJamolidinov
Telefon: +998 91 125 60 61

Faqat naqd pulga sotiladi.
26.04.2025, 14:39
t.me/fikraat/11985
FI
✍𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓✍
18 316 подписчиков
45
7
2.3 k
#iqtibos

   Mudom kafeda kundalik o‘tirishingda, kallangda hech vaqo yo‘q holatda bo‘lar ekansan, maymunga aylanib qolish xavfi ostidasan.
Shu paytda atrofingdagi dunyo dahshatli ilmiy musobaqada atom sirlarini ochish, ajoyibotlar sanoatida moddani bo‘ysundirishda bellashayotibdi.
Demak kuchlilar kuchayib, zaiflar zaiflashaveradi... to qoloqlar maymun darajasiga, balki undan-da tubanlikka tushguncha.

©️ Mustafo Mahmud

📱 Kanalga ulanish: FIKRAT.UZ
26.04.2025, 14:01
t.me/fikraat/11984
FI
✍𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓✍
18 316 подписчиков
61
13
2.8 k
Qachon va kim aytgani esimda yo‘q, qaysidir gurungda bir akamiz: “Millatning erlari yovga ko‘ksini tutib halok bo‘lishgan, biz qo‘rqoqlar—akobda, uyda pusib qolganlar naslimiz”, degan edi. Alamli gap.
4 oktabr—qaro kun, millat ko‘ksini yerga bosib yig‘laydigan kun. Elning oydinlari otilgan kun. Agar taqvimning joni va esi bo‘lganda, 4 oktabr o‘zini alamdan, kamida osardi.
Vohki, bu kunni unutmaymiz, oydinlarimizni otgan, sotganlarni toabad lanatlab o‘tgaymiz, bu lanat ularning yetti avlodiga urgay. Tarix charxi aylanaveradi, aylanaveradi, elga ellik qilmaganlar mudom chiqqay va doim xoin sanalgay.

Najmiddin Ermatov

📱 Kanalga ulanish: FIKRAT.UZ
26.04.2025, 09:58
t.me/fikraat/11983
FI
✍𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓✍
18 316 подписчиков
28
5
1.7 k
Javobni e’lon qilamiz!

Javob: Qishloq xo’jaligi vazirligini. U tamaki ishlab chiqarishni qo’llab-quvvatlash uchun chekayotganini aytgan)

To‘g‘ri javob berganlarni tabriklaymiz!

📱 Kanalga ulanish: FIKRAT.UZ
26.04.2025, 09:31
t.me/fikraat/11982
FI
✍𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓✍
18 316 подписчиков
10
6
1.9 k
#viktorina_savol

Aytilishicha, Hindiston vaziri Kamil Nath atrof-muhitni muhofaza qilish bo’limi boshlig’i lavozimiga kirishganida, u atrof-muhitni zaharlamaslik uchun chekishni tashlaganini e’lon qiladi. Biroz vaqt o’tgach, yangi uchrashuvda u yana chekishni boshlagani ma’lum bo’ldi.
Undan buning sababini soʻrashganida esa, antiqa javob qiladi.

Diqqat, savol: U bu paytda qaysi vazirlikni boshqarayotgani ayting.

Javoblarni komentariyada qoldiring. Javob 11:30 da e’lon qilinadi.

📱 Kanalga ulanish: FIKRAT.UZ
26.04.2025, 07:31
t.me/fikraat/11981
FI
✍𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓✍
18 316 подписчиков
86
23
3.2 k
Ko‘chada yurgan bir bolakay yeb turgan nonini yoniga kelgan itga berdi. Buni ko‘rgan onasi:
- Nega noningni itga berding? Men o‘zim yemay senga bersam, sen itlarga berasan. Sen bola odam bo‘lmading, boshimga balo bo‘lding, - deb koyidi. Shu atrofda buvasi bilan aylanib yurgan kichkina bola buni ko‘rib buvasidan so‘radi:
- Buva, odam bo‘lish uchun nima qilish kerak?
- Tug‘ilish kerak.
- It ham tug‘iladi, u odammi?
- Yo‘q, tushunmading, odam bo‘lib tug‘ilish kerak.
- Odam bo‘lib tug‘ilib, keyin odam bo‘lmay qolish mumkinmi?
- Mumkin, - dedi buvasi o‘ylanib turib.
- Anavi bola endi odam emasmi?
- Hozircha odam, lekin onasi uning odam bo‘lishini xohlamayapti.

📱 Kanalga ulanish: FIKRAT.UZ
26.04.2025, 03:40
t.me/fikraat/11980
FI
✍𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓✍
18 316 подписчиков
86
43
3.5 k
#kechki_mutolaa

Bir kishini tanirdim. O‘tmishi notekis edi...

Kunlardan bir kun u odam o‘zgardi, butkul o‘zgardi. Xunuk fe’llarini tashladi. Ko‘pchilik hayron qoldi. Men ham lol edim. Barcha u haqda “Shu-ya, nahot shu odam-a?” derdi.

Bir kun u “yorildi”, sababin aytdi:
— Yo‘l chetida turgan qariyani olib ketdim, rahmim keldi. Manzilga yetgach pul bermoqchi bo‘ldi, olmadim. Qo‘llarini duoga ochib, Omin, kelinlaringiz ayolingizga, kuyovlaringiz o‘zingizga o‘xshagan bo‘lsin, rahmat o‘g‘lim, dedi-da, tushib ketdi. Men bunday duo eshitmagandim. Qarg‘ishdek tuyuldi, vujudim titrab ketdi, shu kundan ich-etim yedim. Nahot, kuyovlarim menga o‘xshaydi dedim. O‘zimning kim ekanligim his qilib, o‘zimdan xazar qildim. Shu-shu, “ishlarim”ni tashladim. Oldimdan biror gunoh ish chiqsa, farzandlarimga yaxshilikni ravo ko‘rdim.

📱 Kanalga ulanish: FIKRAT.UZ
25.04.2025, 19:12
t.me/fikraat/11979
FI
✍𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓✍
18 316 подписчиков
158
2.3 k
Negadir reaksiyalar kam😔😔😔
25.04.2025, 17:46
t.me/fikraat/11978
FI
✍𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓✍
18 316 подписчиков
152
21
2.5 k
Yashagan sarimiz tuproqning vazifasini o'g'irlayapmiz. Qanchasini ko'mdik ichimizga,  Xudo biladi...

Haris Karabenli

📱 Kanalga ulanish: FIKRAT.UZ
25.04.2025, 16:09
t.me/fikraat/11977
FI
✍𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓✍
18 316 подписчиков
53
11
2.6 k
Mamlakatning millat sifatida muvaffaqiyatga erishishi uchun 3 ta fundamental ustun bo’lishi kerak.

Formula oddiy, lekin juda kuchli va ishlashi isbotlangan (Singapur misolida) – MPH:

1️⃣. Meritocracy (Meritokratiya)
    Bu shuki, davlatni yuritishda har bir pozitsiya (lavozim) ga eng zo’r malakaga ega bo’lganlar keladi.

2️⃣. Pragmatism (Pragmatizm)
    Qayday rivojlanish yo’li bo’lsa ham, davlat foydasiga ishlasa bo’ldi. Oddiy misolda bu - “Mushuk qorami yoki oqmi buni farqi yo’q; agar u sichqonni yaxshi tuta olsa, u zo’r mushuk, bo’ldi”

3️⃣. Honesty (Haqgo’ylik)
    Bu barcha lavozimdagilar (ayniqsa yuqori) ishida vijdonli yoki haqgo’y bo’lishi kerak degani, ya’ni shunda korrupsiya kamayadi. Albatta uni minimallashtirish mexanizmi bo’ladi.

Manba: Kishore Mahbubani

📱 Kanalga ulanish: FIKRAT.UZ
25.04.2025, 10:31
t.me/fikraat/11976
FI
✍𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓✍
18 316 подписчиков
26
5
2.5 k
Javob: Quyosh

Izoh: Haqiqat quyoshga o'xshaydi . Siz uni bir muddat o'chirib qo'yishingiz mumkin lekin u o'tib ketmaydi degan edi Elvis Presli.

To‘g‘ri javob berganlarni tabriklayman!

📱 Kanalga ulanish: FIKRAT.UZ
25.04.2025, 09:59
t.me/fikraat/11975
FI
✍𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓✍
18 316 подписчиков
16
6
2.6 k
#viktorina_savol

Dunkan Klark "Alibaba. Jek Ma bunyod etgan maskan" kitobida xitoyliklar avvallari o'zlarini dunyo zavodi ekanligidan g'ururlanishini, hozirda esa hammasidan ham yomoni shaharlardagi havo shu qadar ifloslanganligidan ko'pincha Uni ham ko'ra olmasligini yozadi . Elvis Presli haqiqatni Unga o'xshatadi .

Diqqat savol: Uni bir so'zda yozib bering?

Javoblarni komentariyada qoldiring. Javob 12:00 da e’lon qilinadi.

📱 Kanalga ulanish: FIKRAT.UZ
25.04.2025, 07:56
t.me/fikraat/11974
FI
✍𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓✍
18 316 подписчиков
109
78
4.2 k
KITOB OʻQIYVERING

Mashoyixlardan biri hikoya qiladi: Bir kuni shayximga: "Ustoz, ushbu kitobni toʻliq oʻqib chiqdim, lekin xotiramda bu kitobdan hech narsa qolmadi", dedim.

Shunda ustozim bir dona xurmo berib: "Buni chaynab yegin dedi" va birozdan soʻng menga: "Katta boʻlib qoldingmi?", dedi.
Men: "Yoʻq", dedim.

Ustozim: "Lekin bu xurmo mayda-mayda boʻlib, sening jasadingda goʻsht, suyak, pay, teri, soch va tirnoqlarga aylangan", dedi.

- Shundan anglab yetdimki, men oʻqiyotgan kitob ham mayda-mayda boʻlib, oʻzim bilmagan holda mening lugʻat boyligimni oshirar, aqlimni ziyoda qilar, axloqimni sayqallar hamda gapirish uslubimni goʻzal qilar ekan.

📖 «Hikmatlar chashmasi»dan

📱 Kanalga ulanish: FIKRAT.UZ
25.04.2025, 03:31
t.me/fikraat/11973
FI
✍𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓✍
18 316 подписчиков
61
13
2.5 k
#kechki_mutolaa

​​Irakliy Yarmuk jangida magʻlubiyatga uchraganidan xafa va achchiqlangan holda edi, bu yerda uning qoʻshini musulmon qoʻshinidan koʻp boʻlsada yutqizib qoʻygan edi. Oʻzining qo‘shinlari qoldiqlari yetib kelgach: Qoʻmondonga Sen, ayt-chi, ular ham senga o‘xshagan odamlarmi?

U: Ha!

Irakliy: Sizlar koʻproqmi yoki ular?

U: « Biz ko'proq ...

U: «U holda nega yutqazding?

Askarlardan biri: “Agar bu gapim mening o'limga olib kelmasa?Sizga aytaman

Hirakl dedi: Menga ayt, sen xavfsizsan!

U: “Ular ham bizga o‘xshagan odamlardir, lekin kechalari namoz o‘qiydilar, kunduzlari ro‘za tutadilar, ahdga vafo qiladilar, yaxshilikka buyuradilar va yomonlikdan qaytaradilar, bir-birlari bilan adolatli muomala qiladilar”, dedi.
Biz  sharob ichamiz, zino qilamiz, gunoh qilamiz, ahdlarni buzamiz, g'azablanamiz, noto'g'ri ish qilamiz va Rabbimizga ma'qul keladigan narsalarni taqiqlaymiz.

Umar ibn al-Xattob roziyallohu anhu aytdilar:

“Biz ularni itoatimiz va gunohlarining ko‘pligi bilan yengamiz”

📚al-Bidoya va an-Nihoya, ibn Kasir‌‌

📱 Kanalga ulanish: FIKRAT.UZ
24.04.2025, 18:31
t.me/fikraat/11972
FI
✍𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓✍
18 316 подписчиков
122
30
2.8 k
Avvallari insonlar sevilar, buyumlardan foydalanilar edi. Hozir buyumlar seviladi, insonlardan esa foydalanishadi.

📱 Kanalga ulanish: FIKRAT.UZ
24.04.2025, 14:58
t.me/fikraat/11971
FI
✍𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓✍
18 316 подписчиков
107
40
2.9 k
“O‘zimga xat”

Bilaman hozir qiynalyapsan. Lekin bu taslim bo‘lish uchun sabab emas, hali hammasi yaxshi bo‘ladi yoki yaxshilikka bo‘ladi!

📱 Kanalga ulanish: FIKRAT.UZ
24.04.2025, 11:53
t.me/fikraat/11970
FI
✍𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓✍
18 316 подписчиков
179
1
2.8 k
Assalom alaykum hurmatli obunachilar. Bugungi attestatsiyada 78 ball bilan 1 toifani yana 2030-yilgacha uzaytirdim. Bir dona savol yechganimda Oliy toifaga o‘tar ekanman.

Mayli rizq Allohdan. Hammasini Allohni ixtiyoriga tashlab yana harakatni davom ettiramiz.

Haqqimizga duo qilgan barchaga rahmat!
24.04.2025, 09:34
t.me/fikraat/11969
FI
✍𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓✍
18 316 подписчиков
210
2
2.6 k
Assalom alaykum hurmatli obunachilar. Bugun bir sinovdan o‘taman. Duolaring juda ham zarur. Duo qilib qo‘yinglar! Ko‘pchilik qatori men ham o‘tib olay. Keyingi postni xursandchilik bilan joylay kanalga.😊😊😊
24.04.2025, 03:01
t.me/fikraat/11968
FI
✍𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓✍
18 316 подписчиков
60
18
2.8 k
#kechki_mutolaa

QALBIY IYMON

Bir safar imom Roziy Bog‘dodga kirib keldilar. Bog‘dod aholisining katta qismi uning istiqboliga chiqdi. Bir keksa onaxon ko‘chani to‘ldirib ketayotgan odamlar shovqinini eshitib uyning derazasidan boshlarini chiqarib uning qanday xabar ekanini so‘radi.
Unga imom Faxriddin ar-Roziy kelibdilar, shuning uchun odamlar uning istiqboliga chiqishibdi, deyishdi.
U ayol Imom Roziy kim bo‘ladi? deb so‘radi.
Aytishdiki; Ha u juda ko‘p kitoblar yozgan odam. U o‘zining kitobida Allohning borligi va birligiga hamda Uning komilligiga dalolat etuvchi mingdan ziyod hujjatlarni jamlagan.
Qariya onaxon kulib agar uning oldida mingta shubha bo‘lmaganida edi, o‘zida mingta dalilni jamlagan kitobni yozishini hojati bo‘lmasdi.  
Bu xabar Faxriddin Roziyga yetib bordi. U kishi qo‘llarini duoga ochib, Allohim bizlarga ham keksa onalar iymoniga o‘xshash iymon bergin, dedilar.
Faxriddin ar-Roziyning iymoni ham aqliy iymon emasdi. Yo‘q balki u kishining iymoni ham o‘zida aql va (qalbiy tuyg‘uni) mehru-muhabbatni jamlagan iymon edi. U kishi bu gapni ham o‘zining qalbiy tuyg‘usi bilan gapirgan edilar.
Allohim bizlarga ham keksa onalar iymoniga o‘xshash iymon ber.

Imom Butiy

📱 Kanalga ulanish: FIKRAT.UZ
23.04.2025, 18:14
t.me/fikraat/11967
FI
✍𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓✍
18 316 подписчиков
115
25
2.6 k
Jabroil ila kelgan vahiyga ishonmaganlar, Azroil bilan kelgan ajalga taslim bo‘lajaklar!

© Jaloliddin Rumiy

📱 Kanalga ulanish: FIKRAT.UZ
23.04.2025, 14:02
t.me/fikraat/11966
FI
✍𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓✍
18 316 подписчиков
61
55
4.2 k
Bolasi uchun vaqt ajratmaydi, o’rniga ko’proq ishlab pul topishga urinadi

Ko’proq vaqt ajratib topilgan barcha pulni, kamroq vaqt ajratib tarbiyalangan bola yo’q qiladi.

Ota-onalar majlisi/treningiga shoshib kelib ketadigan/umuman kelmaydigan ota-onalarga bag’ishlanadi.

📱 Kanalga ulanish: FIKRAT.UZ
23.04.2025, 10:01
t.me/fikraat/11965
FI
✍𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓✍
18 316 подписчиков
15
3
2.7 k
Javobni e’lon qilamiz!

Javob: Tobut

Izoh: Moskvadagi "Moskoshgrob" do'konida mushuklar uchun tobutlar sotila boshlandi . Umid qilamizki bu savolni javobini topa olasiz so'zi savolni tobut(grob) bo'lib qolmasligi uchun aytilgan.

To‘g‘ri javob berganlarni tabriklaymiz!

📱 Kanalga ulanish: FIKRAT.UZ
23.04.2025, 09:31
t.me/fikraat/11964
FI
✍𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓✍
18 316 подписчиков
11
6
2.6 k
#viktorina_savol

1912 yilda gazetada chiqqan bir maqolada Bavariya sudidagi maslahatchilarning bevasi eng so'nggi qulaylik talablariga javob beradigan mahbus va Uni buyurganligini yozadi. Instagramdagi bir postda Rossiyadagi bir do'konda mushuklar uchun Ular sotila boshlangani aytilgan.

Diqqat savol: Uni bir so'zda yozib bering?

Javoblarni komentariyada qoldiring. Javob 11:30 da e’lon qilinadi.

📱 Kanalga ulanish: FIKRAT.UZ
23.04.2025, 07:31
t.me/fikraat/11963
FI
✍𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓✍
18 316 подписчиков
56
48
3.1 k
#Unutmang

OLTINDAN QIMMAT SO‘ZLAR

✍️ Hayotida muvaffaqiyat qozongan odamni ko‘rmadim. Agar ko‘rgan bo‘lsam, ota-onasiga yaxshilik qilish nasib qilgan odam bo‘ladi.

✍️ G‘am-anduhsiz odam yo‘q. Lekin «Bu shunchaki dunyo” deb tabassum qiladigan odam topiladi.

✍️ Siqilgan paytingizda yig‘lamang, balki, shukur qiling,

✍️ Eng yaxshi do‘st dunyo senga kulib boqqanda hasad qilmaydi, dunyo sendan yuz o‘girsa, seni tashlab ketmaydi.

✍️ Viqor va haybatli bo‘lishning sababi kamgaplikdir. Jamol va chiroyning sababi tabassumning samimiyligidandir.

✍️ Inson ta’lim olgan narsalarning eng cho‘qqisi, har bir fikrni eshitib, uni hurmat qilishidir. Undan qanoatlanishi shart emas.

✍️ Kim onasiga yaxshilik qilishdan mahrum bo‘lsa, barcha yaxshiliklardan mahrum bo‘libdi!

📱 Kanalga ulanish: FIKRAT.UZ
23.04.2025, 03:26
t.me/fikraat/11962
FI
✍𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓✍
18 316 подписчиков
77
50
4.0 k
#kechki_mutolaa

⭐ Kambag‘al odam 3 dona apelsin sotib olibdi. Bittasini kesib qarasa chirigan ekan. Ikkinchisini ham kessa, qurtlagan ekan.
Uchinchisida esa chiroqni uchirib kesibdi-da, yeb yuboripti.
(Ba’zan yashash uchun intilamiz)
⭐ Bir odam avtobusga minayotganda, poyafzalining o‘ng tarafi tushib qolibdi. Ikkinchi poyini ham olib, otib yuboribdi:
- Ehtimol, faqir odam topib olib, undan foydalanar!
(Mehribonchilikni qarang)
⭐ Bir odam oilasiga ishida sodir bo‘lgan xijolatli voqea haqida so‘zlab berdi:
- Mehmonlarga qahva olib chiqayotganimda, qoqilib ketib, barini to‘kib yubordim.
O‘tirganlar hammasi "keyin nima qilding?" deb so‘rashdi.
Faqat mehribonim onam "o‘zingga hech nima qilmadimi?" deb so‘radilar.
(Siz Jannatimsiz)
⭐Yurtimizdagi (Saudiya arabiston) bir kunlik yomg‘ir ya’ni ajoyib kun degani. Boshqa yurtlarda esa, yomon ob-havo degani.
O‘zingdan hunukroq odamni ko‘rmaguningcha, go‘zalligingni tan ololmaysan.
(Har qanday sharoitda ham ko‘nikib yashashga o‘rgan)
⭐ Do‘stlaringni tanlayotganingda e’tiborli bo‘lgin. Chunki sen janozangga namoz o‘quvchilarning safini tanlayotgan bo‘lasan.
(Nasihat)
⭐Birinchi sinf o‘quvchilaridan:
Katta bo‘lganingda kim bo‘lmoqchisan?
Kimdir uchuvchi, shifokor yana kimdir muhandis va shunga o‘xshash javoblar bo‘ldi. Faqat birgina o‘quvchining javobi o‘zgacha edi. Bundan butun sinf kulib yubordi.
Nima deb javob berganini bilasizmi?
Aytdiki:
- «Sahoba” bo‘lishni istar edim.
O‘qituvchi o‘quvchining javobidan taajjublanib so‘radi:
- Nima uchun «sahoba”?
- Onam har kuni uxlashimdan avval menga sahobalarning qissasini aytib beradilar. Sahobalar Allohni yaxshi ko‘rishadi. Men ham ularga o‘xshagim keladi.
O‘qtuvchi sukut saqladi, bunday javobdan ko‘z yoshlarini yashirishga urindi. Bu go‘dakning ortida buyuk ona turganiga tan berdi, shuning uchun uning maqsadi ham buyuk edi.

📱 Kanalga ulanish: FIKRAT.UZ
22.04.2025, 18:41
t.me/fikraat/11961
FI
✍𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓✍
18 316 подписчиков
62
65
3.3 k
Samarqand viloyati MMTB xorijiy tillar metodisti G‘aniyev Erali, Bulung‘ur tumani 37-maktab O‘IBDO‘ Karshiyeva Nargizaning murojaatini maktabga kelib o‘rganish holati.Maktab o‘qituvchilari rahbariyat oldida shu darajada huquqsizmi?

Xo’p mayli, rahbar ekansan, balki o‘sha ayol xato qilgan ham deylik, noinsof sen erkak u ayol kishi-ku. Yoki shu darajada ishongani bormikan? “Yo‘q qilib yuboraman” degan so‘zi bu ochiqdan-ochiq tahdid.

Bu inson bitta uzr bilan qutilmasligi kerak. Aks holda o‘qituvchini hurmat-izzati pastligicha qolaveradi. O‘qituvchiga tahdid qilganlar og‘ir jazo olishi kerak, toki boshqalarga ham dars bo‘lsin! Bunday ayolga, o‘qituvchiga hurmatsizlik qiladiganlarni jamiyatimizdan quvib chiqarishimiz kerak.

📱 Kanalga ulanish: FIKRAT.UZ
22.04.2025, 16:55
t.me/fikraat/11960
FI
✍𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓✍
18 316 подписчиков
57
25
2.6 k
“Ketamiz…
Sizlar ham bizni davlatdan ketganingizda!”

Bilasizmi, nima uchun Amerikada davlat to‘ntarishi bo‘lmaydi? Chunki, u yerda Amerika elchixonasi yo‘q!

📱 Kanalga ulanish: FIKRAT.UZ
22.04.2025, 15:08
t.me/fikraat/11959
FI
✍𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓✍
18 316 подписчиков
78
19
2.7 k
Uch kishi hajdan qaytayotib, Ashraf Ali Tahonaviy hazratlarini ziyorat qilmoqchi bo‘lishibdi, avval ular Tahonaviy hazratlarini ko‘rishmagan ekanlar. Uyiga borib kutib o‘tirishsa, hazrat chiqib kelib, ko‘rishib, biriga:
- Siz kim bo‘lasiz,- desa, falonchi hoji bo‘laman debdi. Ikkinchisi ham falonchi hoji bo‘laman debdi, uchinchisi ham falonchi hoji bo‘laman. Siz o‘zingiz kim bo‘lasiz desa:
-Men Ashraf namozxon bo‘laman, debdi.
Shunda mehmonlar "namozxon deganingiz nimasi", deyishibdi. Hazrat esa:
- Siz umringizda bir marotaba hajga borib, ismingizga hoji qo‘shib olibsiz, men esa, uzun yillardan buyon har kuni besh mahal  namoz o‘qiyman. Nima, haqqim yo‘qmi?! - deb kinoyali javob bergan ekanlar.

©️ Nozimjon Saydamatov tarjimasi

📱 Kanalga ulanish: FIKRAT.UZ
22.04.2025, 10:01
t.me/fikraat/11958
FI
✍𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓✍
18 316 подписчиков
32
11
2.6 k
Javobni e’lon qilamiz!

Javob: choy paketini siqish uchun.

To‘g‘ri javob berganlarni tabriklaymiz!

📱 Kanalga ulanish: FIKRAT.UZ
22.04.2025, 09:31
t.me/fikraat/11957
FI
✍𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓✍
18 316 подписчиков
28
17
2.4 k
#viktorina_savol

Ushbu krujkani dizayner Samir So'fi ixtiro qilgan.

Savol: Bu nima uchun ishlangan.

Javoblarni komentariyada qoldiring. Javob 11:30 da e’lon qilinadi.

📱 Kanalga ulanish: FIKRAT.UZ
22.04.2025, 07:31
t.me/fikraat/11955
FI
✍𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓✍
18 316 подписчиков
42
4
2.4 k
Donat - bu biron bir faoliyatni qoʻllab quvvatlash maqsadida moddiy ragʻbatlantirish.

Albatta bu mutlaqo ixtiyoriy, aslo majburiy emas.

Kanal faoliyati sizga yoqayotgan boʻlsa, istagan paytingiz xoxlagan miqdorda moddiy ragʻbatlantirish (donat) qilishingiz mumkin.

Kеlgusida kanal bundan ham sifatli kontеnt yaratishiga oʻz hissangizni qoʻshing.

Men ham sizlarga ajoyib kontеnt yaratishda davom etaman

Karta raqami :
9860 0101 3242 2386
Jamolidinov U nomida

ADMIN: @UlugbekJamolidinov

Aloqa uchun: +99891 125 60 61

Bilasizlar kanalga ko‘p reklama olmayman. Turli xil shop reklamalar, xbet, +18 reklamalar, hatto shunday reklamalar joylaydigan kanallarni ham reklama qilmayman. Va kanalni bir o‘zim yuritaman. Shuning uchun kanalga mablag‘ faqat donat orqali tushgan pullardan sarflanadi
22.04.2025, 05:57
t.me/fikraat/11954
FI
✍𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓✍
18 316 подписчиков
75
65
5.3 k
Fotihani o‘rgatmasin!

Farzandingizga sizdan oldin biror kishi Fotiha surasini o‘rgatib qo‘ymasin.

Chunki uni har kuni kamida — 17 marta o‘qiydi.

Har safar o‘qiganida, o‘rgatgan insonga ham ajri borib turadi.

Shunday katta ajr olish imkoniyati sizdan boshqaga o‘tib ketmasin!

— Hadisda keladiki, kim bir yaxshilikka dalolat qilsa, unga o‘sha ishni qilivchining savobidek ajr bordir.

📱 Kanalga ulanish: FIKRAT.UZ
22.04.2025, 03:31
t.me/fikraat/11953
FI
✍𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓✍
18 316 подписчиков
58
26
2.7 k
#kechki_mutolaa

Amalim qabul bo‘lsin dezangiz...

Hazrati Umarning, roziyallohu anhu, ozod etilgan quli Abu Ayyub Sulaymondan: “Bir payshanbadan jumaga o‘tar kechasi Abu Hurayra, roziyallohu anhu, oldimizga keldi va:
— Allohni yaxshi ko‘rsangiz, orangizda qarindoshchilik haqqiga rioya qilmagan, uni buzgan kishi bo‘lsa, bu yerdan ketsin, — dedi. Hech kim joyidan qimirlamadi.
Nihoyat, bu so‘zni uch marta takrorlagach, bir yosh yigit o‘rnidan turib, ikki yildan beri bee’tibor tashlab qo‘ygan va gaplashmayotgan ammasining oldiga bordi. Ammasi:
— Kutilmagan hol? — dedi.
— Abu Hurayra aytdilar, — dedi yigit.
— Borib so‘ra-chi, nima uchun bunday degan ekan?
Borib so‘raganida Abu Hurayra yigitga shunday dedilar:
— Janobi Payg‘ambarimizning, sollallohu alayhi va sallam: “Odam bolalarining amallari har payshanba oqshomi, ya’ni juma kechasi Allohga taqdim etiladi. Faqat orangizda qarindoshchilik haqqiga rioya etmagan kimsaning amallari qabul bo‘lmaydi”, deb marhamat qilganlarini eshitganim uchun shunday degan edim”.

📱 Kanalga ulanish: FIKRAT.UZ
21.04.2025, 18:25
t.me/fikraat/11952
FI
✍𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓✍
18 316 подписчиков
118
40
3.3 k
Bu dunyoda yashamoqdan charchagan go‘daklar bor! Siz bo‘lsa “ishdan charchadim” deysiz. Shukr qilishni o‘rganaylik!

📱 Kanalga ulanish: FIKRAT.UZ
21.04.2025, 14:01
t.me/fikraat/11951
FI
✍𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓✍
18 316 подписчиков
60
28
3.1 k
Agar pul insonni baxtiyor qilganida, bugun G'arbda har bir oilaning shifokori bilan birga o'z psixologlari ham bo'lmas edi.

"Iymon va huzun" kitobidan

📱 Kanalga ulanish: FIKRAT.UZ
21.04.2025, 10:01
t.me/fikraat/11950
FI
✍𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓✍
18 316 подписчиков
22
4
2.4 k
Javobni e’lon qilamiz!

Javob: So'nggi sovg'a

Izoh: Kartina nomi "So'nggi sovg'a".

To‘g‘ri javob berganlarni tabriklaymiz!

📱 Kanalga ulanish: FIKRAT.UZ
21.04.2025, 09:31
t.me/fikraat/11949
FI
✍𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓✍
18 316 подписчиков
18
9
2.6 k
#viktorina_savol

Rasmda rassom Yevgeniy Korolyov qalamiga mansub "U" nomli kartina berilgan. "Ur, to'qmoq ertagidagi ur, to'qmoq ham U edi.

Savol: UNI bir xil harf bilan boshlanuvchi ikki so'zda yozib bering .

Javoblarni komentariyada qoldiring. Javob 11:30 da e’lon qilinadi.

📱 Kanalga ulanish: FIKRAT.UZ
21.04.2025, 07:29
t.me/fikraat/11948
FI
✍𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓✍
18 316 подписчиков
73
59
2.8 k
Sizga omad sirini ochaymi ? Unda eshiting: Boshqalar uxlayotganda, siz oqing. Boshqalar gap sotayotganda, siz ishlang. Boshqalar oynayotganda, siz tayyorlaning. Boshqalar umid qilayotganda siz orzu qiling.

📱 Kanalga ulanish: FIKRAT.UZ
21.04.2025, 03:31
t.me/fikraat/11947
FI
✍𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓✍
18 316 подписчиков
177
70
7.8 k
ALLOH BUYUK!

Alloh hakamdan ham, pullardan ham, dunyodagi jamiiyki narsalaru, maxluqotlardan ustun.

Bizni kemamizni cho‘kdi deganlar, bizni kemamiz suv osti kemasi ekanligini bilishmaydi.

Butun O‘zbekiston ahliga tarixiy g‘alaba muborak!

📱 Kanalga ulanish: FIKRAT.UZ
20.04.2025, 20:06
t.me/fikraat/11946
FI
✍𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓✍
18 316 подписчиков
45
15
2.5 k
#kechki_mutolaa

Doim g‘olib edilar.

Qari kampirning hayoti birmuncha og‘ir kechar edi. Chunki uning na yaqinlari, na bolalari – hech kimi yo‘q edi. Buning ustiga, ko‘zi ham ojiz edi. Bundan xabar topgan hazrat Umar (roziyallohu anhu) zudlik bilan uning yoniga kelib:
– Ey onajon, men sizning holingizdan har kuni xabar olib turaman. Uyingizni supurib-sidirib qo‘yaman. O‘zingizga qarayman. Taomi­ngizni pishirib beraman. Siz endi hech bezovta bo‘lmaysiz. Mashaqqat ham chekmaysiz, – dedilar. – Faqat bir iltimosim bor. Meni hech kimga aytmaysiz. Sizga ko‘rsatadigan xizmatimni ham biron kimsaga bildirmaysiz. Xo‘pmi!
Kampir xursandlik bilan rozi bo‘ldi. Ona-boladek hayot kechira boshlashdi. Kunlar o‘tdi. Hazrat Umar (roziyallohu anhu) oliyhimmat ishlarini davom ettiraverdilar. Kunlarning birida hayratdan yoqa ushlab qoldilar. Uy supurilgan, atrof chinnidek top-toza. Kampirning oldiga taom ham qo‘yilgan.
Hazrat Umar (roziyallohu anhu) taajjub­lanib:
– Ey onajon! Men sizga, hech kimga aytmang, men o‘zim sizga qarab turaman degan edim-ku, – dedilar.
– Men hech kimga hech narsa aytganim yo‘q, – deb javob qildi kampir.
Hazrat Umar (roziyallohu anhu) "Savobli ishni mendan oldin qilayotgan inson kim ekan", deb turgan vaqtlarida, ne ko‘z bilan ko‘rsinlarki, ichkaridan amirul mo‘minin hazrat Abu Bakr Siddiq (roziyallohu anhu) chiqib kelmoqda edilar.
– Siz... sizmisiz, ey amirul mo‘minin, jonu-tanim sizga fido bo‘lsin, – dedilar-u, boshqa so‘z aytishga tillari aylanmay qoldi.
O‘sha vaqtlarda hazrat Umar (roziyallohu anhu) adliya ishlariga mas’ul edilar. U zot: "Qanday ishda bo‘lmasin, Abu Bakr Siddiq (roziyallohu anhu) bilan musobaqalashmay, hammasida u kishi g‘olib chiqar edilar", deb tan olgan ekanlar

📱 Kanalga ulanish: FIKRAT.UZ
20.04.2025, 19:31
t.me/fikraat/11945
FI
✍𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓✍
18 316 подписчиков
35
8
1.6 k
Hakam finalni ham .....ga tiqdi. Bir taymda ikkita qizil. O‘zi arablar o‘ynayotgan finalga nega arab qo‘yishdi. Yapon yoki koreyslardan qo‘ysa bo‘lmasmidi?

Hakam Qatardan. O‘zi qatarliklar aralashayotgan o‘yin doim rasvo bo‘lyapti.

Bular axir endi 17 yoshku. Katta futbolchilardek emotsiyalarini jilovlay olmaydi. Mayli baribir turnir uchun yigitlarga katta rahmat.

Islomjon Ismoilov qo‘lini yuqoriga ko‘tarib hakamga eng zo‘r javobni berdi.

📱 Kanalga ulanish: FIKRAT.UZ
20.04.2025, 18:59
t.me/fikraat/11944
FI
✍𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓✍
18 316 подписчиков
93
9
2.6 k
#ona_tili

🇺🇿 O‘z yurtingizda kimdandir o‘z ona tilingizda gapirishni talab qilish, bu millatchilik emas, bu sizning huquqingiz.



📱 Kanalga ulanish: FIKRAT.UZ
20.04.2025, 17:33
t.me/fikraat/11943
FI
✍𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓✍
18 316 подписчиков
72
43
3.3 k
«Mamlakatni olimlar, injenerlar, vrachlar va boshqa aqliy mehnat sohiblari tark eta boshladimi — demak millat va xalq o‘zining gultojlaridan judo bo‘lmoqda. Bunday mamlakatda «biznesmenlar” hokimiyatga keladi, tagi pastlar va ko‘chada tarbiya topgan qalloblar siyosatdon bo‘ladi, bozordagi chayqovchilar, sportchilar va artistlar deputatga aylanadi”.

Nobel mukofoti sovrindori
© Xars Yensen (1904-1971),
Shvetsiya sotsial-demokratik ishchi partiyasining raisining siyosiy maslahatchisi.

1932-yilda parlamentda so‘zlagan.

📱 Kanalga ulanish: FIKRAT.UZ
20.04.2025, 14:05
t.me/fikraat/11942
FI
✍𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓✍
18 316 подписчиков
126
22
2.3 k
🌿 Rashk

Sud zali. Er: – Bu ayol bilan yashashni istamayman! Xotin: – Men ham!
Sudya: Qaroringiz qatʼiymi?
Er-xotin: Qatʼiy!
Hukm: Shu kundan boshlab sizlar qonunan er-xotin emassiz! Sud zalidan chiqaverishda ayolning telefoni jiringladi. – Kim u!? Erkakning ovozimi? Nima ishi bor ekan senda? – Oʻzingiz-chi, sud davomida kotiba qizdan koʻzingizni uzmadingiz-ku!

📱 Kanalga ulanish: FIKRAT.UZ
20.04.2025, 10:01
t.me/fikraat/11941
FI
✍𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓✍
18 316 подписчиков
15
5
2.2 k
Javobni e’lon qilamiz!

Javob: Gonduras

Izoh: X. Kolumbning Yangi Dunyoga 1502-yilgi so’nggi, 4-borishi paytida aytgan bir iborasidan kelib chiqqan. Uning kemasi kuchli POʻRTANAGA tushib qoladi va bundan omon chiqqanlarida Kolumb «Gracias a Dios que hemos salido de esas honduras!»("Bizni bu chuqurlikdan qutqarganligi uchun Xudoga shukur!") deydi. XVI asrdan
boshlab bu nom hozirgi Gonduras hududlariga nisbatan ishlatila boshlaydi.

Manba : B. Movlonov. Davlat nomlari etimologiyasi

To‘g‘ri javob berganlarni tabriklaymiz!

📱 Kanalga ulanish: FIKRAT.UZ
20.04.2025, 09:31
t.me/fikraat/11940
FI
✍𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓✍
18 316 подписчиков
16
9
2.3 k
#viktorina_savol

Bu davlat nomining etimologiyasi X.Kolumbning "sehrli diyor" ga sayohatlari davriga borib taqaladi. Uning kemasi po'rtanadan omon chiqqan vaqtida "Bizni bu chuqurlikdan qutqargani uchun Xudoga shukur" degan ekan. Demak, XVl asrdan beri bu joy "chuqurlik" maʼnosini beradigan soʻz bilan ataladi.

Diqqat savol: Ushbu toponim nomini yozib bering.

Javoblarni komentariyada qoldiring. Javob 11:30 da e’lon qilinadi.

📱 Kanalga ulanish: FIKRAT.UZ
20.04.2025, 07:31
t.me/fikraat/11939
FI
✍𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓✍
18 316 подписчиков
1
Javobni e’lon qilamiz!

Javob: Gonduras

Izoh: X. Kolumbning Yangi Dunyoga 1502-yilgi so’nggi, 4-borishi paytida aytgan bir iborasidan kelib chiqqan. Uning kemasi kuchli POʻRTANAGA tushib qoladi va bundan omon chiqqanlarida Kolumb «Gracias a Dios que hemos salido de esas honduras!»("Bizni bu chuqurlikdan qutqarganligi uchun Xudoga shukur!") deydi. XVI asrdan
boshlab bu nom hozirgi Gonduras hududlariga nisbatan ishlatila boshlaydi.

Manba : B. Movlonov. Davlat nomlari etimologiyasi

To‘g‘ri javob berganlarni tabriklaymiz!

📱 Kanalga ulanish: FIKRAT.UZ
20.04.2025, 07:09
t.me/fikraat/11938
FI
✍𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓✍
18 316 подписчиков
81
30
2.7 k
Agar siz haromga erishish oson zamonda yashayotgan bo‘lsangiz bilingki, Allohdan qo‘rqqanga juda katta savob beriladigan zamonda ham yashaysiz...

"Iymon va huzun" kitobidan

📱 Kanalga ulanish: FIKRAT.UZ
20.04.2025, 03:31
t.me/fikraat/11937
FI
✍𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓✍
18 316 подписчиков
100
51
4.4 k
#kechki_mutolaa

“Har bandaga halol, Musulmonga harom”❗

Bir paytlar Ahmad Bursada (Turkiya) chashma qurdiribdi va “Har bandaga halol, Musulmonga harom” degan yozuv yozdirib qo‘yibdi.

Tabiiyki, bu voqeaga “nima bu fitna” deb Usmoniylar aralashibdi.

Odamlar yig‘ilib qoziga shikoyat bilan borishibdi. Ahmadni tutib qozining yoniga olib kelishibdi. “Nega fitna chiqarayapsan? Dini islom, aholisi musulmon bo‘lgan katta davlatda sen “savob bo‘ladi” deb chashma qurdiribsan, lekin chashmadan suv ichishni musulmonlarga ta’qiqlab qo‘yibsan. Esing joyidami seni? Nega bunday qilding” deyishibdi unga. Ahmad:

- Ruxsat bersangizlar, sababini aytaman. Lekin sababi isbot talab qiladi, dalil bo‘lishi shart” desa, qozining jahli chiqib:

- Qanaqa dalil, qanaqa isbot? Sen fitna chiqarding. Musulmon aholi kayfiyatiga putur yetkazding. Qatling vojibdir” debdi. Lekin boshqa tomondan qozining qiziqishi ortib:

- Nimaga bunday qilding, deb so‘rabdi.

- Sababini faqatgina Sultonimga aytaman, degan javob berilgach, yana g‘ala-g‘ovur ko‘tarilibdi. Bo‘lgan voqea Sulton qulog‘iga yetib boribdi. Chashma qurdirgan Ahmadni saroyga keltirishibdi. Sultonning jahli chiqibdi, boshqa tomonidan qiziqishi ustunlik qilibdi.

- Gapir, nima demoqchisan? Bu nimasi bo‘ldiki, sen ham chashma qurdirasan, ham har bandaga halol, musulmonga harom deb yozdirasan?

- Dalilim bor, ammo isbot talab qiladi, debdi boshini egib turgan Ahmad.

- Agar sen aytayotgan dalil quvvatli bo‘lmasachi?

- Agar unday bo‘lsa, boshim sizning hukmingiz qo‘l ostida.

- Xo‘sh...

“Sultonim, har qanday bir sinagogdan (yahudiylar ibodatxonasi) duch kelgan ravvinni hech qanday tushuntirishlarsiz olib kelishsin. Bir hafta qamoqda saqlang. Nimalar bo‘lishini ko‘ring”.

Ahmadning aytganini qilishibdi. Kamchilik bo‘lgan yahudiylar birlashib “Nima bo‘layapti? Nima bu zulm? Ravvin uchun biz kafilmiz. Nima qilish kerak bo‘lsa, aytinglar, qilamiz. Uning aybi yo‘q. Kerak bo‘lsa, pul to‘laymiz...” deb chiqishibdi. Hatto qo‘shni davlatlardan elchilar kelibdi, maktub ustiga maktub. Bir haftadan keyin Ahmad:

- Sultonim, endi ravvinni qo‘yib yuboravering, debdi. Ravvin qo‘yib yuborilibdi, yahudiylar xursand. Sultonga har qayerdan tashakkurnomalar, sovg‘alar.

“Ayni shu ishni har qanday cherkovdan bitta rohibni olib kelib qiling”, debdi Ahmad. Bir rohibni xuddi shu tarzda turib kelishibdi. Rohib bilan ham shunday holat: talablar, noroziliklar, nima bu zulm deyishlar. Bir haftadan keyin rohib qo‘yib yuborilibdi. Xursandchilik, Sultonga tashakkurnoma va sovg‘alar.

Sulton “Bo‘ldimi, tugadimi” debdi Ahmadga.

- Sultonim, yana bitta ish qoldi. Keyin hukm chiqarsangiz bo‘ladi.

- Xo‘sh, nima istaysan yana?

- Sultonim, poytaxt ahli eng yaxshi ko‘radigan olimni minbardan olib qo‘ying”.

Ahmadning aytganini qilishibdi. Eng katta markaziy masjidning imomini ayni Juma xutbasining o‘rtasida olib ketishibdi. Ollohning bir bandasi chiqib “Nima bo‘layapti? Nima qilayapsizlar? Hech bo‘lmasa xutbani tugatguncha kutib tursangizlar bo‘lmaydimi?” deganga o‘xshash gap aytmabdi, hech kim imomni so‘rab surishtirmabdi. Oradan bir hafta o‘tibdi. Imom qayerda, ahvoli nima bo‘ldi, deb hech kim kelmabdi. Hamma xursand. Buning ustiga odamlar orasida qo‘lga olingan imom haqida mish-mishlar tarqab ketibdi.

- Biz uni odam deb o‘ylab, imom deb yurgan ekanmiz.

- Kim bilsin qanday gunoh qildi ekan bu imom.

- E voh, shuncha payt bilmasdan orqasida namoz qilib yurgan ekanmiz.

Bo‘lib o‘tgan voqealardan Sulton ham, qozi ham xabardor. Sulton Ahmaddan so‘rabdi:

- Xo‘sh, nima qilamiz endi?

- Imomni qo‘yib yuboramiz va undan uzr so‘raymiz.

“To‘g‘ri aytasan” debdi sulton. Imom qo‘yib yuborilibdi. Ahmad Sultonga qarab debdi:

- Ey Sultonim, o‘zingiz ayting, bunday musulmonlarga suv halol qilinadimi?

Sulton achchiq tabassum qilib:

- Bularga hattoki, havo harom, havo, debdi.

📱 Kanalga ulanish: FIKRAT.UZ
19.04.2025, 18:31
t.me/fikraat/11936
FI
✍𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓✍
18 316 подписчиков
6
5
2.2 k
Til mutaxassislari shu yerdamisiz?

Yangilik!

Siz uchun faqat til yo'nalishida vakansiya e'lonlarini joylab boradigan @Tilchiuzb nomli maxsus kanal ochdik.

Endi o'z mutaxassisligingiz bo'yicha biz bilan ish topishingiz mumkin.

Kanalga obuna bo'lib $500–1000+ oylik maoshli ishni bizdan toping!


Kanal manzili: 👉 https://t.me/tilchiuzb
19.04.2025, 17:29
t.me/fikraat/11935
FI
✍𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓✍
18 316 подписчиков
98
61
2.6 k
Bir arobiy aytgan ekan:
- Odamlar seni yoqtirdi nima yu, yoqtirmadi nima. Hech kimning oʻz jannati yoʻqki, olib kirsa...

"Odamlar nima deydi?!" kitobidan

📱 Kanalga ulanish: FIKRAT.UZ
19.04.2025, 14:01
t.me/fikraat/11934
FI
✍𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓✍
18 316 подписчиков
85
33
2.9 k
Videodagi yigit esingizdami?

O‘zbekiston futbolidagi nohaqliklar, xususan hakamlarning ataylab xususiy klubni sindirishga bo‘lgan harakatlarini jo‘shib gapirgan "Turon" bosh murabbiyi internet qahramoniga aylangan edi. Voqea 2021-yilda sodir bo‘lgan. Shundan keyin u haqida ham, uning jamoasi haqida ham deyarli hech narsa eshitmadik.

Bugun ushbu murabbiy, Islom Ismoilov O‘zbekiston U-17 terma jamoasi bilan Jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi, shu bilan birga Osiyo kubogi finaliga ham chiqa oldi. Uning jamoasining hujumkor, chiroyli o‘yini tillarga doston bo‘lmoqda.

Yuqoridagi keskin bayonotlaridan keyin futbol karyerasiga nuqta qo‘yilsa kerak, deb o‘ylagan edik, yo‘q, hali eng muhimlari oldinda ekan. Yosh murabbiyga shunday imkoniyat berilgani uchun tashakkur bildiramiz. Adolat tantana qilsa, katta kuchga aylanishi mumkinligi isbotlanmoqda.

📱 Kanalga ulanish: FIKRAT.UZ
19.04.2025, 10:01
t.me/fikraat/11933
FI
✍𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓✍
18 316 подписчиков
29
6
2.4 k
Javobni e’lon qilamiz!

Javob: Javob : Tipratikan dilemmasi

Izoh : Bu metafora - shaxslararo munosabatlarda yuzaga keladigan odamlarga xos boʻlgan qarama-qarshiliklarni izohlashda foydalaniladi.

To‘g‘ri javob berganlarni tabriklaymiz!

📱 Kanalga ulanish: FIKRAT.UZ
19.04.2025, 09:31
t.me/fikraat/11932
FI
✍𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓✍
18 316 подписчиков
22
9
2.6 k
#viktorina_savol

Film syujetiga ko'ra Xenkok sevgilisi Mery Embry ga yaqinlashgani sari ularni super qobiliyatlari yo'qolib boradi. Uzoqlashgan sari esa sog'inch azobidan bir-birlariga talpinadilar. Savol muallifi bu filmni ko'rgach bir psixologik metaforani eslaydi".

Savol : Qaysi metafora?

Javoblarni komentariyada qoldiring. Javob 11:30 da e’lon qilinadi.

📱 Kanalga ulanish: FIKRAT.UZ
19.04.2025, 07:42
t.me/fikraat/11931
FI
✍𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓✍
18 316 подписчиков
74
34
2.5 k
🌿Ichingizdan oʻtayotganlarni yozishga harakat qilasiz, lekin taʼriflashga soʻzlar topilmay qolganmi? Siz qanchalar urinmang baribir oʻzingizni, oʻzingiz istaganingizday tushuntirib berolmaysiz. Barchasini chetga surib, "Ya Rabbim" deng. Qolganini soʻzlashga hojat yoʻq. Qalbingizni eng yashirin joydagi sirlaridan ham voqif Zot bor.
Unga oʻzingizni charchatib nimalarnidir aytishingiz shart emas, ul hammasidan habardordir.
Yetarki, "Ya Rab" deng..

📱 Kanalga ulanish: FIKRAT.UZ
19.04.2025, 03:31
t.me/fikraat/11930
FI
✍𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓✍
18 316 подписчиков
1
1
429
— Fikrlashingizni maksimal rivojlantiradigan!

— Dunyo qarashingizni 180° ga o'zgartiradigan kanal!

— Ko’p gapirmaymiz, ko’pga yetadigan qilib gapiramiz!

180° - ustiga bosing!!!

ULANISH:   @sizgamanfaatli
18.04.2025, 17:53
t.me/fikraat/11929
FI
✍𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓✍
18 316 подписчиков
39
18
2.6 k
#kechki_mutolaa

Dunyoni sevmoq

Bir necha kishi to'planib, «Zolim nafs, xoin dunyo, musibatlarning eng avvali...» kabi sifatlar bilan dunyoni yomonlashar edi. Qizig'i shundaki, ular dunyoni yomonlagani sari kayfiyatlari chog', go'yo boshqa bir olamga «sayr» qilishardi. Ittifoqo, bu majlisga kelib qolgan haqiqiy bir olim ularga:
— Siz dunyoni naqadar sevishingizga hayron qoldim! — deya xitob qildi.
Bu gapdan majlis ahli dovdirab qoldi, hamma sukut saqladi. Nihoyat, oralaridagi bir olim chiqib:
— Biz dunyoni maqtamayapmiz, aksincha yomonlayapmiz, basharti dunyoni sevganimizda uni maqtardik. Binobarin, sening bu so'zlaring ma'nosiz, mantiqsiz, — dedi.

Orif zot shunday javob qildi:
— Yo'q, unday emas. Dunyo sizga yor bo'lmagani uchun ham uni yomonlash bilan qalbingiz taskin topmoqda. Agar qalbingizda dunyoga qiziqish bo'lmaganida, u bilan ovora bo'lmas edingiz. Inson sevgan narsasini gapirib tasalli topadi. Siz yomonlash orqali yashirin sevgingizga tarjimon bo'lib, qalbingiz taftini bosmoqdasiz.

Qissadan hissa:
Til ko'ngil tarjimonidir. Tillar ko'ngillarga bog'langan. Oshiqning fikri nima bo'lsa, zikri ham o'shadir. Qalbi pokiza, komil inson boshqasining qadrini yerga urishni ep ko'rmaydi, biroq voqealarga ibrat nazari bilan qaraydi, kerakli xulosalar chiqaradi.

📱 Kanalga ulanish: FIKRAT.UZ
18.04.2025, 17:49
t.me/fikraat/11928
FI
✍𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓✍
18 316 подписчиков
168
2.4 k
‼️Hurmatli obunachilar

Ko‘pchilik obunachilar postlaringizdan foydalansak maylimi? Postlaringizni kanalimga joylasam maylimi degan savollarni ko‘p bermoqda.

Biz bu kanalni ilm ulashish va ko‘pchilikka manfaatli bo‘lishi uchun yuritmoqdamiz. Shuning uchun bizni postlardan xohlasangiz kanalimiz manzili bilan, xohlasangiz manzilsiz ham bemalol foydalanishingiz mumkin. Mendan so‘rash ham shart emas. Shunchaki kanalimiz rivoji uchun duo qilib qo‘ysangiz va komentariya va reaksiyalar orqali bizni faolroq qo‘llab tursangiz bas.

Agar postlarimizni manzili bilan tarqatsangiz xursand bo‘lamiz, ammo yana qaytaraman manzilsiz bo‘lsa ham xohlaganingizcha foydalaning. Admindan hech qanday e’tiroz yo‘q. Biz joylayotgan postlar siz orqali yoki biz orqalimi farqi yo‘q, muhimi ko‘pchilik uchun manfaatli bo‘lsin!

Albatta bizni kuzatishda davom eting va postlarimizga reaksiyalar bosish orqali qo‘llab quvvatlang!

📱 Kanalga ulanish: FIKRAT.UZ
18.04.2025, 16:03
t.me/fikraat/11927
FI
✍𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓✍
18 316 подписчиков
57
17
2.6 k
“1975-yil ukam menga Quddusdan Qur’on kitobini olib keldi. Fotiha surasini o‘qiganimda uning umumiy ma’nosini tushunishga harakat qildim. Bu avval o‘qigan kitoblarimning hech biriga o‘xshamasdi. So‘zlar negadir menga tanish tuyuldi. Qachondir yo‘qotgan qadrli narsamni topib olgan kishiday entikdim. Oqimini topgan irmoq kabi edim...” deydi ayni mashhurlik cho‘qqisiga chiqqanda sahnani tark etib, islomni qabul qilgan mashhur ingliz qo‘shiqchisi Yusuf Islom (Cat Stevens).
U bir bor, bir borgina o‘qib shunday tuyg‘ularni his etibdi. Bir kunda qirq bor Fotiha surasini o‘qiganlar hech narsani his qilmasa, demak, ongida jiddiy muammo bor ekan.
Yer yuzida baxtli va halovatli yashashni istaganlar samo bilan munosabatlarini mustahkam qurishlari shart. Yaratgan bilan munosabatlarini mustahkamlamagan yoki umuman hech qanday aloqasi bo‘lmaganlarga yer yuzi tor keladi.

"Iymon va huzun" kitobidan.

📱 Kanalga ulanish: FIKRAT.UZ
18.04.2025, 14:01
t.me/fikraat/11925
FI
✍𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓✍
18 316 подписчиков
1
🌿 Rashk

Sud zali. Er: – Bu ayol bilan yashashni istamayman! Xotin: – Men ham!
Sudya: Qaroringiz qatʼiymi?
Er-xotin: Qatʼiy!
Hukm: Shu kundan boshlab sizlar qonunan er-xotin emassiz! Sud zalidan chiqaverishda ayolning telefoni jiringladi. – Kim u!? Erkakning ovozimi? Nima ishi bor ekan senda? – Oʻzingiz-chi, sud davomida kotiba qizdan koʻzingizni uzmadingiz-ku!

📱 Kanalga ulanish: FIKRAT.UZ
18.04.2025, 14:01
t.me/fikraat/11926
FI
✍𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓✍
18 316 подписчиков
64
19
2.8 k
Professorni «xoinligi» uchun otishga olib kelishdi. Qarasa, bir paytlar «jim o‘tirgani» uchun a’lo baho qo‘ygan talabasining nishonida turibdi.

O‘limiga rozi bo‘ldi...

📱 Kanalga ulanish: FIKRAT.UZ
18.04.2025, 10:25
t.me/fikraat/11924
FI
✍𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓✍
18 316 подписчиков
59
6
2.4 k
Javobni e’lon qilamiz!

Javob: Jahon chempionatiga chiqa olmaslik.

Izoh: Ma'lumotlarga ko'ra bo'rilarning miyasi itlarning miyasidan 30%ga kattaroq va 15kilometrgacha suvdan chiqmay suza oladi. Bo'rilarning bir turi bu Oq bo'rilar, O'zbekiston Futbol Terma jamoasi ham oq bo'rilar bo'lib aholi ularning Jahon Chempionatiga chiqa olmasligidan shikoyat qilishadi, Ba'zi ashaddiy futbol muhlislari Magʻlubiyatdan keyingi asab buzilishidan keyin shifokor huzuriga borishadi degan ma'lumotlar ham yo'q emas.

To‘g‘ri javob berganlarni tabriklaymiz!

📱 Kanalga ulanish: FIKRAT.UZ
18.04.2025, 09:30
t.me/fikraat/11923
FI
✍𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓✍
18 316 подписчиков
12
11
2.4 k
#viktorina_savol

Ma'lumotlarga ko'ra ularning miyasi itlarning miyasidan 30%ga kattaroq, qolaversa ularda insonlar kabi oilaga sadoqatlilikni ko'rish mumkin. Ular 14 kilometrdan ortiq suvda suzib bora oladilar. "Ularning bir turidan" o'rta osiyodagi bir mamlakat aholisi doimiy ravishda shikoyat qilib kelishadi, "Ularning bir turi" sabab aholining bir toifasi boshqalarga qaraganda ko'proq shifokor huzuriga borishadi degan ma'lumotlar ham yo'q emas.

Diqqat savol: Qaysi sabab tufayli aholi ulardan eng ko'p shikoyat qiladi?

Javoblarni komentariyada qoldiring. Javob 11:30 da e’lon qilinadi.

📱 Kanalga ulanish: FIKRAT.UZ
18.04.2025, 07:42
t.me/fikraat/11922
FI
✍𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓✍
18 316 подписчиков
72
11
2.5 k
Sizlarda ham shunday tanishlar bormi?

📱 Kanalga ulanish: FIKRAT.UZ
18.04.2025, 07:12
t.me/fikraat/11921
FI
✍𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓✍
18 316 подписчиков
93
57
4.2 k
Rizq haqida hikoya.

Qadimda boylarning biridan so'rashdi.

😕Boyligingiz siri nimada?

Shunda  boy javob qildi.
😕Men Alloh bilan musobaqa qildim. Ahd qildim,ki Alloh bersa men ham beraman. Alloh menga bergan sari men tarqataverdim. Ammo baribir Alloh yutib chiqaverdi. Men tinmay tarqatardim. Rizqim ulug'laganini bilmay qoldim...

👉Qissadan hissa. Tarqatsangizgina Alloh ko'paytirib beradi. Bu chinakam tavsiya.

📱 Kanalga ulanish: FIKRAT.UZ
18.04.2025, 03:31
t.me/fikraat/11920
FI
✍𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓✍
18 316 подписчиков
65
36
2.4 k
#kechki_mutolaa

Xotirjamlik siri

Abu Zabya, roziyallohu anhu, rivoyat qiladilar: 
«Abdulloh ibn Mas’ud, roziyallohu anhu, vafotlaridan sal oldin xastalanib qoldilar. Bemorni ko‘rishga kelgan Usmon, roziyallohu anhu, undan so‘radilar: 
— Seni nima bezovta qilyapti?
— Gunohlarim.
— Ko‘ngling nimani tusayotir?
— Rabbimning rahmatini.
— Senga bir tabib chaqiraymi?
— Aslida meni kasal qilgan Tabibdir.
— Senga biroz maosh yozdirishimga ruxsat berasanmi?
— Maoshga ehtiyojim yo‘q.
— Hech bo‘lmasa, keyin qizlaringga beriladi-ku! 
Shunda Abdulloh ibn Mas’ud, roziyallohu anhu:
— Sen qizlarimni kambag‘allikdan qiynalishadi deb xavotirdamisan? Men ularga har kecha Voqea surasini o‘qishni tayinlaganman. Zero, Payg‘ambarimizning, sollallohu alayhi va sallam: «Har oqshom Voqea surasini o‘qigan kishi hech qachon tirikchilik zahmatini chekmaydi», deb marhamat qilganlarini eshitgan edim, — dedi»

📱 Kanalga ulanish: FIKRAT.UZ
17.04.2025, 19:46
t.me/fikraat/11919
FI
✍𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓✍
18 316 подписчиков
14
2
2.4 k
Kitoblar va san’at dunyosiga sho‘ng‘ing!

📚 Reads'lar –  Badiiy va falsafiy postlar
📝 Taqrizlar  –  Tahlil va mulohazalar
💬 Iqtiboslar –  Parcha va soʻz
📌 Tafakkur  –  Fikr va ilm

Agar siz o‘zga nigoh bilan o‘qishni, o‘ylashni va tahlil qilishni yoqtirsangiz, bizga qo‘shiling.

https://t.me/Wordemir
17.04.2025, 18:44
t.me/fikraat/11918
FI
✍𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓✍
18 316 подписчиков
97
23
2.7 k
"Kulishga haqqingiz bor, chunki o‘ch olasiz, lekin siz ifloslik natijasida kulasiz, men to‘g‘rilik samarasini o‘raman. Siz iflos vijdon bilan g‘olibsiz, men sof vijdon bilan mag‘lubman."

©Abdulla QODIRIY,
“Mehrobdan chayon”.

📱 Kanalga ulanish: FIKRAT.UZ
17.04.2025, 13:59
t.me/fikraat/11915
FI
✍𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓✍
18 316 подписчиков
61
67
5.1 k
ODDIY MUALLIM

Hokimiyatdan kelib do‘qlar urdi kim,
Darsingni tekshirdi kirib allakim,
Seni tekshirmagan yana qoldi kim,
Bariga chidading boshing egib jim,
Ey oddiy muallim, oddiy muallim.

Yo‘q, senga ro‘shnolik bermadi bir dam,
Dilingni dog‘ladi, ko‘zing qildi nam,
,, KRU" kelib qirqdi ustamangni ham,
Jarima chiqardi to‘lading-ku jim,
Ey oddiy muallim, oddiy muallim.

Ovoz to‘pla dedi,, OPЕN BUDJET"ga,
Suvga tashladilar, otdilar o‘tga,
Mukofot kelganda qolding bir chetda,
O‘rningga maqtov-u, olqish oldi kim,
Ey oddiy muallim, oddiy muallim.

,, OSHIRAMIZ " deya tiling qildi lol,
,, MING DOLLAR"ni kutib qadding bo‘ldi dol,
Tashlab qo‘ydi yana oldingga pahol,
Orzular qalbingda edi-ku lim, lim,
Ey oddiy muallim, oddiy muallim.

Hamma senga rahbar, hammasi boshliq,
O‘zing o‘qitganing kelib qilar niq,
Shuncha mehnatingga bir,,FAXRIY YORLIQ"
,, MUKOFOT " yo‘q bo‘ldi indamading jim,
Ey oddiy muallim, oddiy muallim.

Sening tosh sabringga tog‘lar ham cho‘kdi,
Kelib kaltakladi burdingni to‘kdi,
Vijdonsiz, imonsiz deb seni so‘kdi,
Hammasiga javob kulib qo‘yding jim,
Ey oddiy muallim, oddiy muallim.

Sening buyukliging kim bilibdi kim,
Ey oddiy muallim, oddiy muallim.

Muallif: Xurshid Karim

📱 Kanalga ulanish: FIKRAT.UZ
17.04.2025, 11:18
t.me/fikraat/11914
FI
✍𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓✍
18 316 подписчиков
44
55
2.6 k
Yaxshi ko‘rgan insonlaringizni juda mahkam tuting! Ularga yaxshi ko‘rishingizni ayting! Xatolarini kechiring! Bir kuni kelib yo siz yoki ular rihlat qiladilar. Qalbda esa, ularga aytilmay qolgan gaplar, sog‘inchlar qoladi. Siz bilan tortishgan, o‘zlarini oqlagan, tushuntirgan, e’tirof etgan, urishishlaridan yetgan jarohatingiz ichidan tuzalmasidan oldin, tashqarisini tikib qo‘ymang! Hayot gina - kudrat, hasad, g‘azab saqlash, rishtalarni uzishga arzimaydigan darajada qisqa. Ertaga faqat xotiralarga aylanamiz. O‘lim ruxsat so‘rab o‘tirmaydi. Yomon insonlarga xam tabassum qiling, marhamatli bo‘ling! Chunki ular qalbini faqat Yaratgan bilguvchidir.

Shayx Ali Tantoviyning "Odamlar nima deydi?" kitobidan.

📱 Kanalga ulanish: FIKRAT.UZ
17.04.2025, 07:07
t.me/fikraat/11913
FI
✍𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓✍
18 316 подписчиков
89
31
2.6 k
Siz ertani kutasiz lekin doimo BUGUN kelaveradi. Ertadan o‘zgarmoqchimisiz nega unda bugundan boshlamayapsiz?!
Hoziroq o‘rningizdan turing va muvaffaqiyat sari birinchi qadamni tashlang.

📱 Kanalga ulanish: FIKRAT.UZ
17.04.2025, 03:31
t.me/fikraat/11912
FI
✍𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓✍
18 316 подписчиков
65
48
2.7 k
#kechki_mutolaa

Ibn Umardan, roziyallohu anhu:
“Bir kuni Hazrati Umar, roziyallohu anhu, Hazrati Aliga:
— Ey Abu Hasan, ko‘pdan beri sendan so‘rashning imkoni bo‘lmayotir. Ba’zan seni topolmaymiz. Seni bu yerdaligingda biz boshqa joyda bo‘lamiz. Meni o‘ylantirib yurgan uch savol bor. Shuni sendan so‘rayman, — dedi.
— Qanday savollar ekan? — so‘radi Hazrati Ali.
— Ba’zan bir odam boshqa bir odamni, undan hech qanday yaxshilik ko‘rmagan bo‘lsa hamki, yaxshi ko‘radi. Ba’zi kishilar esa boshqa birovga, undan biror yomonlik ko‘rmagani holda buncha adovat qilishadi. Buning sababi ne?
— Ruhlar havoda guruh-guruh  holida qo‘nimgohlarda to‘plangan askarlarga o‘xshaydilar, bir-birlari bilan tanishib, do‘stlashadilar, — javob bera boshladi Hazrati Ali. — U yerda tanishib, bir-birlari bilan ahil-inoq bo‘lganlari bu yerda ham topishadilar, o‘zaro kelishadilar. U yerda bir-birini tanimay, bir-birlaridan uzoq qolganlar bu yerda ham kelisha olmaydilar.
— Bu birinchi savolim edi. Ikkinchisini eshit. Kishining ko‘rgan tushlaridan bir qismi to‘g‘ri chiqadi. Bir qismining esa haqiqatga hech qanday aloqasi yo‘q. Nega shunday?
— Janobi Payg‘ambarimizning, sollallohu alayhi va sallam: “Erkakmi-ayolmi, har bir banda uyquga ketganidan so‘ng ruhi Arshgacha ko‘tariladi. Arshga yetib borgunicha uyg‘onmagan ruhlarning ko‘rgan tushlari to‘g‘ri chiqadi. Arshga bormasidan uyg‘onib qolgan ruhlarning tushlari esa yolg‘onchi tushlardir”, deya marhamat qilganlarini eshitgan edim.
— Ikkinchisi ham hal bo‘ldi. Endi uchinchisini aytay. Goho kishi biror narsani tushuntirmoqchi bo‘ladi-yu, o‘sha zahoti unutib yuboradi, oradan ozroq vaqt o‘tib yana esiga tushadi. Nega bunday bo‘larkin-a?
— Har bir miyada oyning yuzini pardalagan (to‘sgan) xira bulut parchasi yanglig' bir “bulut” bor. Oy nur socharkan, bir bulut parchasi kelib, yuzini to‘sgani, ko‘p o‘tmay yana ochilgani singari kishi ham gapirayotganida, to‘satdan o‘sha “bulut” kelib, aqlini o‘rab oladi. Shunda kishi tushuntirmoqchi bo‘lgan narsasini unutib qo‘yadi va “bulut” tarqalishi bilan uni qayta eslaydi.
— Mana shu uch narsa doim zehnimni xira qilib turardi. Allohga shukrlar bo‘lsin, endi tinchlandim, — dedilar Hazrati Umar, roziyallohu anhu”.

📱 Kanalga ulanish: FIKRAT.UZ
16.04.2025, 18:01
t.me/fikraat/11911
FI
✍𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓✍
18 316 подписчиков
106
68
2.9 k
EL

G‘alati elat bu, g‘alati el bu,
Niyati bo‘lakcha, amali mavhum.
Bu eldan Buxoriy chiqishi mumkin,
Lekin g‘ariblikda yashashga mahkum.

G‘alati elat bu, g‘alati el bu,
Tushunib bo‘lmaydi asrorlarini.
Mashrabni osadi va orqasidan
Yig‘lab o‘qib yurar ash’orlarini.

G‘alati elat bu, g‘alati el bu,
Botini chirkinlik, zohiri sodda –
O‘tkan kunlarini yozgan o‘g‘lini
Bilmay otib qo‘yar Yunusobodda.

G‘alati elat bu, g‘alati el bu,
Timsoh ko‘z yoshidan bitmish lug‘ati.
Ibn Sinoni-yu Ulug‘begini
O‘zi tug‘adi va o‘zi bo‘g‘adi.

G‘alati elat bu, g‘alati el bu,
Tushunib bo‘lmaydi sira ham, aytsam.
Bir jarlik ko‘raman yo‘l oxirida,
Oldinga yur, deydi orqaga qaytsam.

G‘alati elat bu, g‘alati el bu,
Buyuklik sharafdir, biroq o‘y surmang.
Tag‘in, dardlarini eshitayin deb
Boburni sira ham uyg‘ota ko‘rmang!!!

© Xayrulla Hamidov

📱 Kanalga ulanish: FIKRAT.UZ
16.04.2025, 13:59
t.me/fikraat/11910
FI
✍𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓✍
18 316 подписчиков
100
19
2.9 k
✍ Ehsondagi baraka, ehsonning qiymati bilinsada rizqning qiymati bilinmasligidir...
✍ Xasis boy bu dunyoda kambag‘allardek yashaydi, oxiratda esa boylardek hisob beradi...

Said Chamlijaning "Iymon va huzun" kitobidan.

📱 Kanalga ulanish: FIKRAT.UZ
16.04.2025, 10:01
t.me/fikraat/11908
FI
✍𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓✍
18 316 подписчиков
36
5
2.7 k
Javobni e’lon qilamiz!

Javob: Meduza.

Izoh: Eng keng tarqalgan meduza “aureliya” deb nomlanadi.

To‘g‘ri javob berganlarni tabriklaymiz!

📱 Kanalga ulanish: FIKRAT.UZ
16.04.2025, 09:31
t.me/fikraat/11907
FI
✍𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓✍
18 316 подписчиков
24
11
2.4 k
#viktorina_savol

Topishmoqni o‘qing: “Soyabonga o‘xshar tanasi, tega ko‘rmang chaqar ninasi”. Topishmoq javobining keng tarqalgan turi “aureliya” deb ataladi.

Savol: Topishmoqni javobi nima?

Javoblarni komentariyada qoldiring. Javob 11:30 da e’lon qilinadi.

📱 Kanalga ulanish: FIKRAT.UZ
16.04.2025, 07:29
t.me/fikraat/11906
FI
✍𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓✍
18 316 подписчиков
121
57
3.1 k
Odamlar “Assalomu alaykum va rohmatullohu va barakotuhu” deyishni o‘rniga “Assalom alaykum” deyishga o‘rganib qoldik. Natijada hayotimizda rahmatni va barakani yo‘qotib qo‘ydik. Salomni mukammal beringlar- hayotingiz mukammal bo‘ladi.

Assalomu alaykum va rohmatullohu va barakotuhu

📱 Kanalga ulanish: FIKRAT.UZ
16.04.2025, 03:20
t.me/fikraat/11905
FI
✍𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓✍
18 316 подписчиков
27
11
2.8 k
#kechki_mutolaa

BADBAXT ODAM O’LIMI VA ZOHIDNING TUSHI HIKOYATI

Gunohlar ichida o‘lgan mufsid - badkirdor odam tobutini ko‘tarib borardilar, buni ko‘rgan bir zohid badkirdorga janoza o‘qish noravo deb o‘zini chetga oldi. Kechasi zohid uni tushida ko‘rdi: u jannatda shodu xurram oftobday porlardi.
Zohid dedi:
- Ey qul, bu oliy maqomga qanday qilib erish-ding, tirikligingda nuqul gunoh ishlarni qilarding, boshingdan oyog‘inggacha bulg‘angansan axir?»
Dedi:
- Sening menga ta’nang va rahmsizligingni ko‘rib, Parvardigor menga rahm qildi. Bu rahmat men oshuftaga ta’sir etdi. Ko‘rgilki, ishq ichra yonish ne hikmatlar qilur, ham inkor qiladi va ham rahm etib kechiradi. Uning hikmati qarg‘a qanotiday qorong‘i kechada, go‘dakning qo‘liga chiroq tutqazib yuboradi. Keyin kuchli shamolni qo‘zg‘atib, uning chirog‘ini o‘chir, deb buyuradi. Keyin yo‘lovchi bo‘lib go‘dakni yo‘lda tutib, chiroqni nega o‘chirding, nodon deb aytadi. Shu tufayli bolani yuz savolga tutadi, unga itobu po‘pisa qiladi va yana yuz mehru shafqat ko‘rguzadi. Agar hamma uchun faqat toatu namoz buyurganda, ishqu muhabbatga giriftorlik bo‘lmasdi. Hikmat faqat shu bilan tugamaydi, uning chegarasi, qolipi, muqarrar qoidasi yo‘q. Uning yo‘lida yuz ming hikmat mavjud, undan bir qatrasi - bahri rahmatdir.
Ey, o‘g‘il, bu yetti osmon — yetti charxi pargor kecha va kunduz sen uchun ishlab turadi. Ruhlar — farishtalar toati sen uchun, jannat va do‘zax sening qahring va lutfu mehring aksidir. Farishtalar barchasi senga sajda qildilar, olamning xossalari juzvdan kullgacha vujudingda mujassam etilgan. O’zingga kamsitish va tahqir ko‘zi bilan qarayverma, chunki sendan afzalroq maxluqot yo‘q. Sening jisming - juz’, ammo joning Kullning kullidir. O’zingni pastga urib, ojiz sanama. Sening qulling porlab, juzving paydo bo‘ldi, joning harakatga kelib, sur’at ko‘rsatdi va a’zolaring yuzaga keldi. Tana jondan judo emas, balki uning juzvidir, jon Kulldan judo emas, balki uning uzvi - a’zosidir. Ahadning bu yo‘lida adad-sanoq yo‘q, abadul abad juzvu kull deb ajratish nodurust. Sening zavqing oshsin deb yuz minglab rahmat buluti ustingdan yomg‘ir yog‘diradi. Kullning yuksalish vaqti kelganda, sen uchun gul rangba-rang kiyimlar kiyadi. Malak-larning barcha ishlari — faoliyati seni deb amalga oshadi. Ularning barcha toatini Parvardigor senga tuhfa etishni xohlaydi.

📱 Kanalga ulanish: FIKRAT.UZ
15.04.2025, 18:54
t.me/fikraat/11904
FI
✍𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓✍
18 316 подписчиков
3
14
2.9 k
📣 DIQQAT 11-SINF O'QUVCHILARI UCHUN FARG'ONA DAVLAT UNIVERSITETI OLIMPIADASI!

Mudatdan oldin talaba bo'ling!


Quyidagi telegram guruhda berilgan e'lon orqali ro'yhatdan o'ting.

BIOLOGIYA fani uchun giperhavolani bosing
KIMYO fani uchun giperhavola bosing
FIZIKA fani uchun giperhavola bosing
INFORMATIKA VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI fani uchun giperhavolani bosing


Olimpiada shartlari 👈
15.04.2025, 17:29
t.me/fikraat/11903
FI
✍𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓✍
18 316 подписчиков
47
32
2.5 k
Allohning qazo-qadariga iymon keltirish taqdirning achchiq zarbalarini yengillashtiradi. Alloh moʻminga faqat yaxshilikni taqdir qiladi. Moʻmin uchun musibatlarning alami dorining achchiqligi kabidir. Agar banda Alloh unga ixtiyor qilgan narsaning xayrli oqibatini koʻra olganida, albatta qismatidan rozi boʻlgan boʻlardi.

Shayx Ali Tantoviyning "Odamlar nima deydi?" kitobidan

📱 Kanalga ulanish: FIKRAT.UZ
15.04.2025, 14:01
t.me/fikraat/11902
FI
✍𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓✍
18 316 подписчиков
3
2
475
Demak, sovg'alar: 🎁

🏆 1-Oʻrin Barcha qizlar oʻqishi shart boʻlgan kitoblar toʻplami (5 talik)
🏆 2-Oʻrin Odoblar xazinasi (4 talik)
🏆 3-Oʻrin Paygʻambarlar tarixi (4talik)
🏆 4-Oʻrin "I" "SH" "Q" tooʻplami (3 talik)
🏆 5-Oʻrin Qalbi singanlarga 💔
🏆 6-Oʻrin Qalbi singanlarga 💔
🏆 7-Oʻrin Men
🏆 8-Oʻrin Yashamoq
🏆 9-Oʻrin Robert Kiosaki eng sara asarlari
🏆 10-Oʻrin Lider shaxsiyati
🏆 11-Oʻrin Factfulness
🏆 12-Oʻrin Yumshoq kuch
🏆 13-Oʻrin Raqamlar uchun yaratilgan idrok
🏆 14-Oʻrin Aziz Nesin "Ona tarbiyasi"
🏆 15-Oʻrin Chol va dengiz

👉SHARTLAR BILAN TANISHISH👈
👉SHARTLAR BILAN TANISHISH👈
15.04.2025, 10:11
t.me/fikraat/11901
FI
✍𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓✍
18 316 подписчиков
82
22
2.6 k
Agarda, o'qituvchilarning malakasi milliy sertifikat asosida o'lchanib, ularga shu asosda ustama to'lanayotgan bo'lsa nega endi o'qituvchilardan ko'proq ball to'plab o'qishga kirayotgan abituriyentlarni oliygohga emas, to'g'ri maktablarga ishga qabul qilmasligimiz kerak. Nima qilamiz ularni 4 yil vaqtini olib? "Iye, bu ahmoqlik-ku!!" deysizmi? O'qituvchilar va maktab o'quvchilari (abtiuriyentlar) bilimlari bir shkala, bir o'lchov asosida o'lchanayotgani nima unda, o'rtoqlar?

Tarix o'qituvchilarining bilimlari ularning 2 yildan keyin eskirib (aslida, aksariyati allaqachon eskirib bo'lgan) chirib ketadigan ma'lumotlarni yodlagani bilan o'lchanmasligi kerak.

Ilm - yodlangan ma'lumot emas. Aytaylik, O'zbekistonning turli shaharlarida qaysi yillarda qo'g'irchoq teatrlari ochilganini yoki Ravshan Ermatov qaysi yilda qanday mukofot olganini yod olishdan qanday akademik maqsad ko'zda tutilgan?

📱 Kanalga ulanish: FIKRAT.UZ
15.04.2025, 10:00
t.me/fikraat/11900
FI
✍𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓✍
18 316 подписчиков
26
3
2.4 k
Javobni e’lon qilamiz!

Javob: Hech kimning.

Izoh: Solon befarqlikni hokimiyatga qarshi kurashishdan ham yomon hisoblagan.

To‘g‘ri javob berganlarni tabriklaymiz!

📱 Kanalga ulanish: FIKRAT.UZ
15.04.2025, 09:31
t.me/fikraat/11899
FI
✍𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓✍
18 316 подписчиков
17
5
2.5 k
#viktorina_savol

Solon o‘z qonunlarida jamiyat hayotida barcha fuqarolar ishtirok etishiga intilgan. Solon fikricha, jamiyatda kelishmovchilik va g‘alayonlar yuz berganda nopok va insofsiz fuqarolar kimning tarafida bo‘ladilar?

Javoblarni komentariyada qoldiring. Javob 11:30 da e’lon qilinadi.

📱 Kanalga ulanish: FIKRAT.UZ
15.04.2025, 07:29
t.me/fikraat/11898
FI
✍𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓✍
18 316 подписчиков
131
66
3.4 k
Ko‘ngilda kir bo‘lsa tahorat uvol.
Minnating zo‘r bo‘lsa saxovat uvol.
Peshonang sajdaga tegib hayoling .
Shaytonga jo‘r bo‘lsa ibodat uvol...

📱 Kanalga ulanish: FIKRAT.UZ
15.04.2025, 03:31
t.me/fikraat/11897
FI
✍𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓✍
18 316 подписчиков
78
33
2.9 k
#kechki_mutolaa

Masjidda bir badavlat kishi bilan bir darvesh namozda yonma-on turib qolishdi. Bir-biriga yaqin turgani uchun nimani o‘qib, qanday duo qilishayotganini eshitishardi. Namozdan keyin darvesh qo‘llarini ochib:
— Ya, Robbim! Qornim ochdi, meni falon ovqat va falon shirinlik bilan rizqlantir,- deya duo qildi.
Darveshning duosini eshitgan badavlat odam ichida g‘ijinib qo‘ydi: “Menga eshittirish uchun ovozini chiqarib duo qilyapti. Bunday qilgandan ko‘ra, o‘zimga to‘g‘ri kelib pul so‘rasa berardim. Endi unga bir chaqa ham bermayman!”
Badavlat odam shularni o‘ylab o‘tirganida, darvesh masjidning bir burchagiga o‘tirib uyquga toldi. Birozdan keyin masjidga qo‘lida bir patnis ko‘targan erkak kirib keldi. Uxlab yotgan darveshning yoniga borib, uni uyg‘otdi va qo‘lidagi patnisni unga tutqazdi.
Darvesh patnis ustini ochdi. Badavlat kishi bu hodisani kuzatib turardi. Patnisda darvesh biroz avval duosida so‘ragan yeguliklar bor edi. Darvesh qornini to‘ydirib, patnisning ustini yopdi va egasiga qaytib tutqazdi. Bu ishdan hayratlangan badavlat odam qiziqib yegukliklarni olib kelgan kishiga yaqinlashdi:
— Sen kimsan, og‘ayni?
— Men hammollik qilib oilamni boqaman,- dedi patnis ko‘targan kishi.
— Bu odamni taniysanmi?
— Yo‘q…
— Bu ovqatlarni kim yubordi?
— Hech kim yubormadi, men olib bordim.
— Unda, tanimasang nega olib kelding?
— Xullas, men faqir bir odamman. Hammollik qilib turmushimni o‘tkazaman. Bir boy odamning yukini tashigandim, u ko‘proq pul berdi. Biroz ko‘proq pul topganim uchun imkoni borida xotini mva bolalarimning yegisi kelgan mahsulotlarni uyga olib keldim. Xotinim ovqatlarni tayyorlar ekan, men uxlab qolibman. Tushimda Rasululloh sollallohu alayhi vassallamni ko‘rdim. Menga shunday marhamat qildilar:
"Shu masjidda bir valiy bor. U mana shu yeguliklarnir yegisi keldi. Uyingdagi taomlarni unga olib borgin, yeganicha yesin. Qolganini sizlar yeysiz. Alloh jalla jallahu sizlarga barakot beradi. Bu ishing evaziga sening jannatga kirishingga men kafil bo‘laman.”
Uyqudan uyg‘ongan zahotimoq patnisni bu yerga olib keldim. Qolganiga o‘zingiz guvoh bo‘ldingiz.
Badavlat odam bu holatdan hayratlanib, hammolga o‘tindi:
— Bu yeguliklar uchun qancha pul sarflading?
Hammol sarflagan pulining miqdorini aytdi.
— Senga xarajatlaringdan o‘n hissa ortiq pul bersam, menga topgan savobingning bir qismini berasanmi?
— Bo‘lmaydi.
— Yigirma hissasini beraymi?
— Bo‘lmaydi
— Ellik hissa… yo‘q, yo‘q, yuz baravar bersam-chi?
— Behudaga ovvora bo‘lma! Nima bersang ham bermayman. Bu ishim evaziga Rasululloh sollallohu alayhivassallam jannatga kirishimga kafil bo‘ldilar. Butun dunyoni bersang ham, savobimni bermayman! Agar bu savobga sening nasibang bo‘lganida edi, bu ish senga qismat qilinardi. Qara, yonma-on namoz o‘qibsizlaru lekin sizning boyligingizga savob nasib etmabdi…

📱 Kanalga ulanish: FIKRAT.UZ
14.04.2025, 18:22
t.me/fikraat/11896
FI
✍𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓✍
18 316 подписчиков
52
29
3.1 k
Hayoting bo'yi yugurasan, yetishganing esa faqat nasibangdir...

Muhammad Bo'zdag'ning "Ishq imtihoni" kitobidan.

📱 Kanalga ulanish: FIKRAT.UZ
14.04.2025, 14:01
t.me/fikraat/11895
FI
✍𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓✍
18 316 подписчиков
84
30
3.1 k
Domla minbarga chiqib zohidlik, sabr va isrofni tark qilish haqida gapira boshladi. Ko‘cha tozalaydigan ishchilardan biri uning gapini bo‘ldi:
— Taqsir! Siz ishga qimmatbaho mashinada, qimmatbaho kiyimlarda, masjidni to‘ldirar darajada xushbo‘y atirlarni sepib kelasiz. Qo‘lingizda ayfon. Yil ora umraga borasiz. Domla! Siz bir oqshom mening oddiy, tomida shox-shabba tashlangan kulbamda tunasangiz. Keyin tongda ikkimiz turib sabrning nimaligini bilish uchun supurgini olib ro‘za tutgan holimizda, qattiq issiqda ko‘cha tozalashga chiqsak. Men har kuni sizning bitta atiringiz bahosiga teng keladigan maoshimni olish uchun shu ishni bajaraman. Siz anvoi taomlar bilan saxarlikni qilib , qorinni to‘qlab salqin xonada sovutgichni yoqib uxlaysiz.
• Uzr so‘rayman, domla, bizda sabrni o‘rganishga ehtiyoj yo‘q. Zero sabr biz bilan hamroh.
• Bizga zolimlar zulmi, ulamolar riyosi haqida gapiring.
• Bizga yashirin bomba singari tarqalib borayotgan bekorchilik va dangasalik haqida gapiring.
• Bizga xalqlarni majburiy faqir qilish va och qoldirish haqida gapiring.
• Bizga fasod va xalq mulkini talash haqida gapiring.
• Bizga tabaqachilik va boylikni tarqatishdagi adolatsizlik haqida gapiring.
• Bizga tanish-bilishchilik , mansabni meros qoldirish haqida gapiring.
• Yo‘qsa, sizning xutbangizda biz uchun ehtiyoj yo‘q!

📱 Kanalga ulanish: FIKRAT.UZ
14.04.2025, 10:02
t.me/fikraat/11894
FI
✍𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓✍
18 316 подписчиков
32
4
2.4 k
Javobni e’lon qilamiz!

Javob: Ko‘zalar ichida zaharli ilon va chayonlar bo‘lgan.

To‘g‘ri javob berganlarni tabriklaymiz!

📱 Kanalga ulanish: FIKRAT.UZ
14.04.2025, 09:29
t.me/fikraat/11893
FI
✍𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓✍
18 316 подписчиков
27
10
2.5 k
#viktorina_savol

Karfagen shohi Gannibal dengiz jangi vaqtida dushmanning kemalariga qarata sopol ko‘zalar otar edi. Bu ko‘zalarning ichida noodatiy narsalar bor edi.

Savol: Ko‘zalar ichida nima borligini toping.

Javoblarni komentariyada qoldiring. Javob 11:30 e’lon qilinadi.

📱 Kanalga ulanish: FIKRAT.UZ
14.04.2025, 07:29
t.me/fikraat/11892
FI
✍𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓✍
18 316 подписчиков
92
49
3.3 k
Inson hamma narsaning aksini qiladi. Katta bo‘lishga shoshiladi, keyin esa o‘tib ketgan bolaligini sog‘inadi. Pul topish uchun salomatligini yo‘qotadi, so‘ngra salomatligini qaytarish uchun pulini sarflaydi. Bugunini o‘ylamasdan kelajagini o‘ylaydi, oqibatda na buguni, na kelajagi bo‘ladi. Xuddi aslo o‘lmaydigandek yashaydi va xuddi aslo yashamagandek o‘ladi.

📱 Kanalga ulanish: FIKRAT.UZ
14.04.2025, 03:29
t.me/fikraat/11891
FI
✍𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓✍
18 316 подписчиков
69
27
2.7 k
#kechki_mutolaa

Bir qultum suv qadri.

Kunlarning birida mashhur hukmdor Horun ar-Rashid safarga chiqdi. Yonida xodimlaridan Ibn Sammok bor edi. Yo‘lda juda chanqagan hukmdor suv so‘radi. «Xudo haqqi, biroz sabr qiling», dedi Ibn Sammok. Keyin ko‘zada suv uzata turib qaytib oldi va: «Faraz qiling, ushbu suvdan man qilindingiz, uni ichish uchun nimangizni berardingiz?» deb so‘radi.

– Bor mulkimning yarmini bergan bo‘lardim.

Hukmdorning tashnaligi qonganidan keyin xodim yana so‘radi:

– Mana, suvni ham ichdingiz. Endi Rasululloh (s.a.v)ga yaqinligingiz hurmati, ayting, o‘sha suv vujudingizdan qaytib chiqmadi (ya’ni, peshobingiz tutilib qoldi) deylik, unda nima qilardingiz?

– Mulkimning qolgan yarmini berardim.

Shunda Ibn Sammok asl maqsadini so‘zladi: «Bir qultum suv va uni chiqarib tashlashga ham arzimaydigan mol-mulk uchun o‘zini tahlikaga otish, talashib-tortishish, unga ega bo‘lib quvonish aqlli odamga yarashmaydi». Bu so‘zlardan Horun ar-Rashid qattiq ta’sirlandi va yig‘ladi.

📱 Kanalga ulanish: FIKRAT.UZ
13.04.2025, 18:16
t.me/fikraat/11890
FI
✍𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓✍
18 316 подписчиков
111
41
2.5 k
Uning ismi aslida “harom” edi. Keyinchalik u “ayb, uyat”ga oʻzgardi. Bora-bora “gʻalati” deya baholana boshladi. Soʻngra “shaxsiy erkinlik” ka aylandi. U bugun “madaniyat”ga, ertaga esa daxl qilib boʻlmas “huquq”qa aylanishi mumkin. Shayton va uning qoʻshini ishlarini shunday olib boradi. Toki hamma “harom”lar oddiy holga aylanib qolguncha...

Shayx Ali Tantoviyning "Odamlar nima deydi?" kitobidan

📱 Kanalga ulanish: FIKRAT.UZ
13.04.2025, 14:31
t.me/fikraat/11889
FI
✍𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓✍
18 316 подписчиков
40
1
2.3 k
13.04.2025, 14:18
t.me/fikraat/11888
FI
✍𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓✍
18 316 подписчиков
1
13.04.2025, 14:17
t.me/fikraat/11887
FI
✍𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓✍
18 316 подписчиков
162
2
2.2 k
Bahor. Dehqonchilik ishlari avjida. Admin bugun dehqonchilik bilan band. Kartoshkani chopib, egat olinyapti.😊😊😊
13.04.2025, 13:35
t.me/fikraat/11884
FI
✍𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓✍
18 316 подписчиков
2
2.4 k
13.04.2025, 13:35
t.me/fikraat/11886
FI
✍𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓✍
18 316 подписчиков
2
2.4 k
13.04.2025, 13:35
t.me/fikraat/11885
Результаты поиска ограничены до 100 публикаций.
Некоторые возможности доступны только премиум пользователям.
Необходимо оплатить подписку, чтобы пользоваться этим функционалом.
Фильтр
Тип публикаций
Хронология похожих публикаций:
Сначала новые
Похожие публикации не найдены
Сообщения
Найти похожие аватары
Каналы 0
Высокий
Название
Подписчики
По вашему запросу ничего не подошло