У вас закончился пробный период!
Для полного доступа к функционалу, пожалуйста, оплатите премиум подписку
TA
tanga.uz — biznes va moliyaviy yangiliklar
https://t.me/tangauzb
Возраст канала
Создан
Язык
Узбекский
-
Вовлеченность по реакциям средняя за неделю
13.52%
Вовлеченность по просмотрам средняя за неделю

Iqtisod, biznes, fintech, bank-moliya tizimiga oid O'zbekiston va jahon yangiliklari hamda tahlillar Taklif, yangilik va murojaatlar uchun: @tanga_aloqa_bot Hamkorlik bo'yicha: @Akbarali_Mansurovich

Сообщения Статистика
Репосты и цитирования
Сети публикаций
Сателлиты
Контакты
История
Топ категорий
Здесь будут отображены главные категории публикаций.
Топ упоминаний
Здесь будут отображены наиболее частые упоминания людей, организаций и мест.
O'zbekistonda qaysi avtomobil modeliga talab ko'proqligi aniqlandi. UzAuto Motorsga munosib raqobatchi yetishmoqda

O'zbekistonda 2025-yilning birinchi choragida deyarli 90 ming avtomobil ishlab chiqarildi. Ularning 84 foizi sotildi. Sotilgan avtomashinalarning 82,5 foizi UzAutoga tegishli bo'lgan.

Qaysi avtomobil modeliga talab ko'proq? Ushbu maqolada batafsil bilib olishingiz mumkin: https://tanganews.uz/news/186

Telegram | Instagram | YouTube | X
26.04.2025, 14:55
t.me/tangauzb/864 Ссылка
Paynet 2025-yil 1-choragidagi 108 mlrd 635 mln so‘m (amaldagi kurs bo'yicha $8,4 mln) sof foyda oldi. Bu 2024-yilning mos davriga nisbatan qariyb 45 mlrd so'mga ko'proqdir.

Shuningdek, kompaniya aktivlari 570 mlrd so‘mga ko‘payib, 1,4 trln so‘mdan oshdi. Bunda Paynet ustav kapitali 10,5 mlrd so‘mdan 558 mlrd so‘mgacha yetkazilgani asosiy rol o'ynagan.

https://tanganews.uz/news/185

Telegram | Instagram | YouTube | X
25.04.2025, 17:51
t.me/tangauzb/863 Ссылка
25-aprel uchun dollarning banklardagi eng maqbul kurslari:

Banklarga sotish (USD — UZS):

➖ MKBANK — 12 910 so'm;
➖ Asakabank — 12 910 so'm;
➖ O'zmilliybank — 12 900 so'm.

Banklardan sotib olish (UZS — USD):

➖ Hayot Bank — 12 930 so'm;
➖ AloqaBank — 12 930;
➖ ANORBANK — 12 940 so'm.

Telegram | Instagram | YouTube | X
25.04.2025, 11:37
t.me/tangauzb/862 Ссылка
24.04.2025, 15:17
t.me/tangauzb/859 Ссылка
24.04.2025, 15:17
t.me/tangauzb/860 Ссылка
Jamoat transportida harakatlanayotganlar eng ko‘p qaysi bank kartalari orqali to‘lov qilmoqda?

2020-yili Toshkent shahrida jamoat transporti uchun naqdsiz to‘lovlar 5 foizni tashkil etgan bo‘lsa, bugungi kunda bu ko‘rsatkich 99 foizga yetdi.

Toshkent shahrida avtobus hamda metroda eng ko‘p Ipoteka-bank kartasidan foydalanildi. Bunda uning ulushi 17,8 foizni tashkil etgan. Keyingi o‘rinni esa 12,5 foiz ulush bilan Ipak Yo‘li banki egallagan.

Shuningdek, viloyat markazlarida jamoat transporti uchun to‘lov qilishda Xalq Banki'ning kartalari eng ko‘p foydalanilgan.

Batafsil: https://tanganews.uz/news/183

Telegram | Instagram | YouTube | X
24.04.2025, 15:17
t.me/tangauzb/861 Ссылка
24-aprel uchun dollarning banklardagi eng maqbul kurslari:

Banklarga sotish (USD — UZS):

➖ Kapitalbank — 12 885 so'm;
➖ Asakabank — 12 880 so'm;
➖ Poytaxt Bank — 12 870 so'm.

Banklardan sotib olish (UZS — USD):

➖ AloqaBank — 12 890 so'm;
➖ Poytaxt Bank — 12 900;
➖ ANORBANK — 12 900 so'm.

Telegram | Instagram | YouTube | X
24.04.2025, 10:37
t.me/tangauzb/857 Ссылка
1 mlrdlik Tahoe, 16 ta BYD va 56 ta Damas — davlat tashkilotlari mart oyida avtomashina uchun qancha sarflashdi?

O'tgan oyda eng ko'p avtomobil "Hududiy elektro tarmoqlari" AJ tomonidan sotib olindi. Ushbu tashkilot umumiy narxi 4,1 mlrd so'm bo'lgan 36 ta Damas va 2 ta Captiva sotib olgan.

Tanga.uz
davlat xaridlari portalini o'rganib chiqib, o'z o'quvchilariga davlat tashkilotlari tomonidan xarid qilingan avtomashinalar haqida infografikalar yordamida ma'lumot taqdim etadi.

Qaysi tashkilot qanday avtomobil sotib olgani haqida batafsil👇:
https://tanganews.uz/news/18
4

Telegra
m | Instagram | YouTube | X
23.04.2025, 22:45
t.me/tangauzb/856 Ссылка
HUMO to'lov tizimining sobiq rahbari Shuxratbek Kurbanov LinkedIn sahifasida O'zbekistondagi fintex tarixi haqida post qoldirdi. Unda fintexning yaralishi, to'siqlar, banklarning munosabatsizligi va tartibga solish haqida gap boradi. Tanga.uz ushbu postni o'zbek tilida taqdim etadi.

https://tanganews.uz/news/180

Telegram | Instagram | YouTube | X
23.04.2025, 17:18
t.me/tangauzb/855 Ссылка
Raqobat qo‘mitasi 380 ta umumiy ovqatlanish korxonasining 41 foiz xodimlarida tibbiy ko‘rik daftarchasi yo‘qligini aniqladi. Ushbu korxonalardagi jami 2 ming 800 nafar xodimning 1 ming 164 tasida tibbiy ko‘rik daftarchasi mavjud emasligi ma’lum bo‘ldi. Tibbiy ko‘riksiz ishlaydigan eng ko‘p xodimlar soni foiz jihatidan Namangan viloyatida qayd etilgan.

https://tanganews.uz/news/181

Telegram | Instagram | YouTube | X
23.04.2025, 15:01
t.me/tangauzb/854 Ссылка
23-aprel uchun dollarning banklardagi eng maqbul kurslari:

Banklarga sotish (USD — UZS):

➖ Kapitalbank — 12 885 so'm;
➖ Poytaxt Bank — 12 870 so'm;
➖ AloqaBank — 12 860 so'm.

Banklardan sotib olish (UZS — USD):

➖ ANORBANK — 12 890 so'm;
➖ Tenge Bank — 12 900;
➖ O'zmilliybank — 12 910 so'm.

Telegram | Instagram | YouTube | X
23.04.2025, 11:42
t.me/tangauzb/853 Ссылка
Mart oyida ikkilamchi bozordagi avtomobillarning narxlari arzonladi — tahlil

Mart oyida ikkilamchi bozordagi avtomobillar narxi yanvar oyiga nisbatan pasaydi. Pasayish avtomashina modeliga qarab 100 dollardan 3000 dollargacha bo'lganini kuzatish mumkin.

Bu nafaqat UzAuto balki BYD elektromobillari va xorijiy avtomashinalarga ham tegishlidir. Faqatgina o'rtacha holatdagi Malibu qimmatladi.

Bundan tashqari, narxi tushishiga qaramasdan o'rtacha holatdagi BYD Han elektromobili yangisidan qimmatligicha qolmoqda.

Hozircha KIA Sorento avtomobili ikkilamchi bozorimizdagi eng qimmat avtomobil bo'lib turibdi (44 500 dollar). Keyingi o'rinlarda BYD Han va Equinox.

Tanga.uz infografikasida ikkilamchi bozordagi narxlarni taqqoslab olishingiz mumkin.

To'liq tahlil: https://tanganews.uz/news/179

Telegram | Instagram | YouTube | X
22.04.2025, 21:14
t.me/tangauzb/852 Ссылка
22.04.2025, 21:14
t.me/tangauzb/850 Ссылка
22.04.2025, 21:14
t.me/tangauzb/851 Ссылка
26-mart kuni "Maroqand" AJga qo‘yilgan cheklovlar bekor qilindi. Ushbu tashkilot UPay savdo belgisi bilan faoliyat yuritadi va HUMANS kompaniyasiga tegishli hisoblanadi. Ma’lumot uchun, 2024-yilning 2-oktyabrida UPay qimor o‘yinlari uchun to‘lovlarni amalga oshirishga yo‘l qo‘yib kelganligi sababli ayrim xizmatlari 6 oyga cheklangandi.

https://tanganews.uz/news/178

Telegram | Instagram | YouTube | X
22.04.2025, 17:47
t.me/tangauzb/849 Ссылка
O‘zbekiston bo‘ylab dastlabki bosqichdagi startaplar uchun bir oylik gibrid akseleratsiya dasturiga qabul boshlandi. Unda qatnashgan eng yaxshi 3 ta startap dastlabki bosqichda investitsiya olishi ma’lum qilindi. Ishtirok etishni istaganlar 25-aprelgacha ushbu havola orqali ariza qoldirishlari mumkin.

https://tanganews.uz/news/177

Telegram | Instagram | YouTube | X
22.04.2025, 15:45
t.me/tangauzb/848 Ссылка
22-aprel uchun dollarning banklardagi eng maqbul kurslari:

Banklarga sotish (USD — UZS):

➖ ANORBANK — 12 905 so'm;
➖ Tenge Bank — 12 900 so'm;
➖ InFinBank — 12 900 so'm.

Banklardan sotib olish (UZS — USD):

➖ Poytaxt Bank — 12 915 so'm;
➖ AloqaBank — 12 920;
➖ Asakabank — 12 930 so'm.

Telegram | Instagram | YouTube | X
22.04.2025, 10:33
t.me/tangauzb/847 Ссылка
Click fintex kompaniyasi umumiy qiymati 10 mlrd so‘m bo‘lgan, har birining minimal qiymati 1 ming so‘mdan iborat 10 mln dona oddiy aksiyalar chiqaradi. Ushbu aksiyalar mavjud aksiyadorlarga imtiyozli sotib olish huquqini taqdim etgan holda, yopiq obuna orqali joylashtiriladi. Shu yo‘l bilan Click kompaniyasining ustav kapitali 20 mlrd so‘mga yetkaziladi.

https://tanganews.uz/news/176

Telegram | Instagram | YouTube | X
21.04.2025, 21:26
t.me/tangauzb/846 Ссылка
21-aprel kuni 5 gr oltin narxi 7 mln 275 ming so‘mga yetdi. Aprel boshida bir dona 5 grammlik oltin jamg‘arganlar 604 ming so‘m foyda ko‘rgan.

Shuningdek, 2025-yilning boshidan beri mazkur quymalar 1 mln 614 ming so‘mga, o‘tgan yilga nisbatan esa 2 mln 316 ming so‘mga qimmatlagan.

https://tanganews.uz/news/175

Telegram | Instagram | YouTube | X
21.04.2025, 19:25
t.me/tangauzb/843 Ссылка
1.3 k
Statistika qo’mitasining ma’lumotlariga ko’ra, 2023-yilda O’zbekistonda faoliyat yurituvchi ovqatlanish korxonalarining savdo hajmi 16 trln so’mni tashkil qilgan.

2024-yilning sentyabr oyidan savdo hajmi 10 karra oshib ketgani va 183 trln so'mga yetgani qayd etilgan.

Foizlardagi o'sish sur'atlarida esa bu aks etmagan. Bu yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashning mo’jizaviy natijasimi yoki statistik katta xatolik? Shu haqida batafsil to'xtaldik.

https://tanganews.uz/news/171

Telegram | Instagram | YouTube | X
21.04.2025, 13:52
t.me/tangauzb/842 Ссылка
21-aprel uchun dollarning banklardagi eng maqbul kurslari:

Banklarga sotish (USD — UZS):

➖ MKBABK — 12 920 so'm;
➖ SQB — 12 905 so'm;
➖ ANORBANK — 12 905 so'm.

Banklardan sotib olish (UZS — USD):

➖ Poytaxt Bank — 12 950 so'm;
➖ ANORBANK — 12 950;
➖ Xalq Banki — 12 960 so'm.

Telegram | Instagram | YouTube | X
21.04.2025, 10:33
t.me/tangauzb/841 Ссылка
Ko‘pchilik kartadan-kartaga pul o‘tkazish xizmatini (P2P) birinchi bo‘lib Click yaratgan, deb o‘ylaydi.

Aslida esa P2P xizmatini ham, ekvayring xizmatini ham aynan birinchi bo‘lib Payme ishlab chiqqanini ko‘pchilik bilmasa kerak.

Shu sababli tanga.uz Payme tarixiga oid material tayyorladi. Unda Payme asoschisi Sarvar Ro‘zmatovning muvaffaqiyatsiz bizneslari hamda Paynet va Click kabi kompaniyalar mavjud bo‘lishiga qaramay, Payme qanday qilib bozorga kirib kelgani va keyinchalik TBC Bank'ka sotilgani haqida so‘z boradi.

https://tanganews.uz/news/173

Telegram | Instagram | YouTube | X
20.04.2025, 19:19
t.me/tangauzb/840 Ссылка
19.04.2025, 20:47
t.me/tangauzb/839 Ссылка
Tadbirkor Shuhrat Ergashev Prezidentga Burger King 2-3 oy ichida O‘zbekistonda o‘z faoliyatini boshlashini ma'lum qildi.

Nashrlarning yozishicha, Sh.Ergashev O'zbekistonda Pepsi franshizasiga egalik qiluvchi International Beverages Tashkent (IBT) kompaniyasining ta'sischisi hisoblanadi.

Statqo'mga ko'ra esa, IBT'ga Holten Enterprises va Holten Group egalik qiladi. Holten Group mart oyida Qozog‘istondagi Burger King kompaniyasining eksklyuziv franshizasini ham sotib olgan.

https://tanganews.uz/news/174

Telegram | Instagram | YouTube | X
19.04.2025, 18:32
t.me/tangauzb/838 Ссылка
Shavkat Mirziyoyev 1-iyuldan boshlab hech qanday tovar eksportiga cheklov qo‘yilmasligini ma’lum qildi. Eksport bojlari faqat 86 ta tovar guruhiga kiruvchi xomashyo va ijtimoiy ahamiyatga ega mahsulotlarga nisbatan qo‘llanilishi ta’kidlandi.

Shuningdek, shakarga aksiz solig‘i bekor qilinishi belgilandi. Quruq sut importiga qo‘yilgan cheklovlar ham olib tashlanishi aytildi.

https://tanganews.uz/news/172

Telegram | Instagram | YouTube | X
18.04.2025, 19:28
t.me/tangauzb/837 Ссылка
18.04.2025, 15:50
t.me/tangauzb/836 Ссылка
18-aprel uchun dollarning banklardagi eng maqbul kurslari:

Banklarga sotish (USD — UZS):

➖ Turonbank — 12 940 so'm;
➖ MKBABK — 12 940 so'm;
➖ ANORBANK — 12 935 so'm.

Banklardan sotib olish (UZS — USD):

➖ Poytaxt Bank — 12 965 so'm;
➖ ANORBANK — 12 975;
➖ AloqaBank — 12 975 so'm.

Telegram | Instagram | YouTube | X
18.04.2025, 10:52
t.me/tangauzb/835 Ссылка
Toshkent shahridagi uylarning ijara narxlari tahlil qilindi. Unga ko‘ra, 2025-yilning mart oyida ijara narxlari o‘tgan yilning shu davriga nisbatan sezilarli darajada arzonlashgan. Faqatgina “lyuks” toifadagi 4 xonali uylarning narxi oshgan.

To'liq tahlil: https://tanganews.uz/news/170

Telegram | Instagram | YouTube | X
17.04.2025, 19:55
t.me/tangauzb/834 Ссылка
17-aprel kuni O‘zbekistonda 5 grammlik oltin quymasining narxi 7 mln 211 mingga yetdi. Bunga ko'ra, 1 gr oltin quyma narxi 1 mln 442 ming so‘mni tashkil etmoqda. Bu oltin narxining aprel boshidan buyon 8 foizga, yil boshidan beri 27 foizga, o‘tgan yilga nisbatan esa 44 foizga oshganligini ko‘rsatadi.

https://tanganews.uz/news/169

Telegram | Instagram | YouTube | X
17.04.2025, 15:10
t.me/tangauzb/833 Ссылка
16-aprel kuni AloqaVentures fondi Romchi startapiga 50 ming dollar miqdorida sarmoya kiritganini ma’lum qildi. Mazkur startap eshik-deraza tannarxini hisoblash, moliyaviy nazorat, ombor boshqaruvi, xodimlar boshqaruvi hamda statistik tahlillar bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatadi.

https://tanganews.uz/news/167

Telegram | Instagram | YouTube | X
17.04.2025, 14:46
t.me/tangauzb/832 Ссылка
17-aprel uchun dollarning banklardagi eng maqbul kurslari:

Banklarga sotish (USD — UZS):

➖ ANORBANK — 12 965 so'm;
➖ O'zmilliybank — 12 960 so'm;
➖ SQB — 12 960 so'm.

Banklardan sotib olish (UZS — USD):

➖ AloqaBank — 13 005 so'm;
➖ Kapitalbank — 13 005;
➖ Poytaxt Bank — 13 010 so'm.

Telegram | Instagram | YouTube | X
17.04.2025, 10:50
t.me/tangauzb/831 Ссылка
Universal Bank 1-chorakda 73 mlrd so‘m sof foyda oldi

Universal Bank 2025-yilning 1-choragi yakunlari bo'yicha moliyaviy natijalarini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, bankning sof foydasi 53 foizga ko‘payib, 72,97 mlrd so‘mni tashkil etdi. Sof foydadan tashqari, bank aktivlari, majburiyatlari hamda kapitali ham 40 foizdan yuqori darajada o‘sdi.

2025-yil boshidan 1-martgacha bank tomonidan qariyb 1,77 trln so‘m miqdorida kreditlar ajratildi. 2024-yilning mos davrida bu ko‘rsatkich 1,26 trln so‘mni tashkil etgandi.

Telegram | Instagram | YouTube | X
16.04.2025, 19:45
t.me/tangauzb/830 Ссылка
16.04.2025, 16:19
t.me/tangauzb/829 Ссылка
15-aprel kuni AloqaVentures fondi Onlayn Hamshira startapiga investitsiya kiritganini e’lon qildi. Investitsiya miqdori hozircha ochiqlanmagan. Mazkur startap orqali zarurat tug‘ilganda pullik hamshirani chaqirtirish mumkin.

https://tanganews.uz/news/166

Telegram | Instagram | YouTube | X
16.04.2025, 11:49
t.me/tangauzb/828 Ссылка
16-aprel uchun dollarning banklardagi eng maqbul kurslari:

Banklarga sotish (USD — UZS):

➖ O'zmilliybank — 12 950 so'm;
➖ ANORBANK — 12 950 so'm;
➖ SQB — 12 950 so'm.

Banklardan sotib olish (UZS — USD):

➖ Poytaxt Bank — 12 990 so'm;
➖ ANORBANK — 12 990 so'm;
➖ AloqaBank — 12 990 so'm.

Telegram | Instagram | YouTube | X
16.04.2025, 10:49
t.me/tangauzb/827 Ссылка
InFinBank’ning 56,42 foiz aksiyalariga egalik qiluvchi Farhod Mamatdjonov o‘z xohishiga ko‘ra bankning Kuzatuv kengashi a’zoligini tark etdi. Uning o‘rniga iqtisodchi Otabek Bakirov saylandi. Shuningdek, Bakirov InFinBank’ning affillangan shaxslar ro‘yxatiga ham kiritildi.

https://tanganews.uz/news/165

Telegram | Instagram | YouTube | X
15.04.2025, 19:50
t.me/tangauzb/826 Ссылка
15.04.2025, 16:04
t.me/tangauzb/824 Ссылка
15-aprel kuni Markaziy bank tomonidan 4 ta yangi mikromoliya tashkiloti ro‘yxatdan o‘tkazildi. Shu bilan O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan mikromoliya tashkilotlari soni 125 taga yetdi.

https://tanganews.uz/news/164

Telegram | Instagram | YouTube | X
15.04.2025, 15:22
t.me/tangauzb/823 Ссылка
28-mart kuni Leapmotor elektromobilining C16 modeli sertifikatlanishi to‘xtatilgandi. Biroq, 14-aprel kuni kompaniya vakillari ishtirokida C16 qayta sinovdan o‘tkazildi. Unga ko‘ra, avtotransport vositasi BMTning 10-sonli qoidasi talablariga mos kelishi tasdiqlandi hamda sertifikatlashga qo‘yilgan cheklov bekor qilindi.

https://tanganews.uz/news/163

Telegram | Instagram | YouTube | X
15.04.2025, 14:07
t.me/tangauzb/822 Ссылка
15-aprel uchun dollarning banklardagi eng maqbul kurslari:

Banklarga sotish (USD — UZS):

➖ O'zmilliybank — 12 940 so'm;
➖ ANORBANK — 12 940 so'm;
➖ AloqaBank — 12 930 so'm.

Banklardan sotib olish (UZS — USD):

➖ Poytaxt Bank — 12 980 so'm;
➖ AloqaBank — 12 980 so'm;
➖ Kapitalbank — 12 980 so'm.

Telegram | Instagram | YouTube | X
15.04.2025, 11:27
t.me/tangauzb/821 Ссылка
14.04.2025, 17:55
t.me/tangauzb/820 Ссылка
Market Yandex Go marketpleysida sotuvlarni qanday boshlash mumkin?

15-aprel kuni, soat 16:00 da— Market Yandex Go jamoasi tomonidan jonli efir bo‘lib o‘tadi. Unda platformadan qanday foydalanish va onlayn sotuvlarni qanday boshlash haqida batafsil ma’lumot beriladi.

Efir dasturida:
✅ Vitrinaga qanday chiqish va birinchi yetkazib berishni amalga oshirish?
✅ FBS va FBY modellari bo‘yicha ishlash tartibi.
✅Logistika, markirovka va qaytarish jarayonlarini qanday yo‘lga qo‘yish?
✅ Hujjat aylanmasini qanday tashkil etish mumkin?

Efirda qatnashish brendlar, mahalliy ishlab chiqaruvchilar va onlayn savdoni boshlamoqchi bo‘lganlar uchun mos keladi.

📲Ishtirok etish bepul, faqat ro‘yxatdan o‘tish kerak

Translyatsiya YouTube va Telegram kanallarda jonli efirda namoyish etiladi. Efir yozuvi saqlanadi va keyinchalik o‘zbek tilida subtitrlar qo‘shiladi.
14.04.2025, 16:02
t.me/tangauzb/819 Ссылка
Turonbank 2025-yilning 1-choragida 7,26 mlrd so‘m sof foyda oldi

Turonbank 2025-yilning 1-choragida erishgan moliyaviy natijalarini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, bankning sof foydasi 2024-yilning shu davriga nisbatan 38,2 foizga kamayib, 7,26 mlrd so‘mni tashkil etgan.

Kredit portfeli esa 2025-yilning 1-mart holatiga ko‘ra, 2,52 foizga o‘sib, deyarli 12,38 trln so‘mga yetgan. Uning 3,3 foizi muammoli kreditlardan iborat bo‘lgan.

Telegram | Instagram | Youtube | X
14.04.2025, 13:39
t.me/tangauzb/818 Ссылка
14-aprel uchun dollarning banklardagi eng maqbul kurslari:

Banklarga sotish (USD — UZS):

➖ Poytaxt Bank — 12 950 so'm;
➖ ANORBANK — 12 945 so'm;
➖ SQB — 12 945 so'm.

Banklardan sotib olish (UZS — USD):

➖ ANORBANK — 12 975 so'm;
➖ AloqaBank — 12 980 so'm;
➖ Poytaxt Bank — 12 990 so'm.

Telegram | Instagram | YouTube | X
14.04.2025, 11:05
t.me/tangauzb/817 Ссылка
Ushbu haftada e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti:

🇰🇿 Qozog‘istonda O‘zbekiston kompaniyalari soni Xitoyni ortda qoldirmoqda.

📊 O‘zbekiston sug‘urta bozorining 2024-yil yakuni bo‘yicha umumiy ko‘rsatkichlari - tahlil

♻️ Utilizatsiya yig‘imi gibrid avtomobillar uchun oshirilmaydi.

🤖 Markaziy Osiyoning eng yaxshi sun’iy intellektga oid loyihalari tanlandi.

🧠 ChatGPT O‘zbekistonda soliq to‘lovchi sifatida ro‘yxatdan o‘tdi.

🏦 AloqaBank yoshlar uchun yillik 18 foizli kredit ajratishni boshladi.

✈️ Prezident turizm sohasiga oid bir qancha yangiliklarni e’lon qildi.

📉 2025-yilning ilk uch oyida avtomobil importi keskin qisqardi.

📚 1000KITOB loyihasi bosmaxonalar uchun qariyb 1,5 mlrd so‘mlik tender e’lon qildi.

💵 Kapital bank I chorakda qariyb 280 mlrd so‘m sof foyda oldi.

💳 Hamkorbank 2025-yilning 1-choragida qariyb 393,4 mlrd so‘m sof foyda oldi.

🌍 O‘zbekistonliklar eng ko‘p qaysi davlatlarga sayohat qilmoqda?

🏆 UZCARD 2024-yilda 956 mlrd so‘m sof foyda oldi.

Telegram
| Instagram | Youtube | X
13.04.2025, 18:37
t.me/tangauzb/816 Ссылка
UZCARD 2024-yilda 956 mlrd so'm sof foyda oldi

UZCARD to‘lov tizimining sof foyda ko‘rsatkichi 2023-yilga nisbatan 368,9 mlrd so‘mga oshib, 955,7 mlrd so‘mni tashkil qilgan. Bu taxminan 74 mln dollarga tengdir.

Avvalroq, HUMO to‘lov tizimi 2024-yilda 168,3 mlrd so‘m sof foyda olgani ma’lum bo‘lgandi.

https://tanganews.uz/news/160

Telegram | Instagram | YouTube | X
11.04.2025, 22:13
t.me/tangauzb/815 Ссылка
2025-yilning yanvar va fevral oylarida 1 mln 32 ming nafar O‘zbekiston fuqarosi turistik maqsadlarda chet elga safar qilgan.

Bu ko‘rsatkich 2024-yilning shu davriga nisbatan 182,4 ming nafarga yoki 21,4 foizga ko‘paygan. Eng ko‘p tashrif buyurilgan mamlakat Qirg‘iziston bo‘lgan.

Batafsil: https://tanganews.uz/news/159

Telegram | Instagram | YouTube | X
11.04.2025, 19:11
t.me/tangauzb/814 Ссылка
Hamkorbank 2025-yilning 1-choragida qariyb 393,4 mlrd so'm sof foyda oldi

Hamkorbank 2025-yilning birinchi choragida erishgan moliyaviy natijalarini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, bankning sof foydasi 393,4 mlrd so‘mni tashkil etgan. Bu 2024-yilning shu davriga nisbatan 23,1 foiz yuqori ko‘rsatkichdir.

Shuningdek, 2025-yil mart oyi boshiga kelib kredit portfeli 19,3 trln so‘mga yetgan. Bu esa 2024-yilning mos davriga nisbatan 17,4 foizlik o‘sishni ko'rsatmoqda.

Avvalroq, Hamkorbank’ning 2024-yilda erishgan moliyaviy natijalari haqida yozgandik.

Telegram | Instagram | Youtube | X
11.04.2025, 17:26
t.me/tangauzb/813 Ссылка
Kapitalbank I chorakda qariyb 280 mlrd so'm sof foyda oldi

Kapitalbank 2025-yilning yanvar-mart oylaridagi sof foydasi jami 276,3 mlrd so‘mni tashkil etib, bu 2024-yilning mos davriga nisbatan 26,9% ga kamdir.

Telegram | Instagram | YouTube | X
10.04.2025, 21:28
t.me/tangauzb/812 Ссылка
10.04.2025, 21:21
t.me/tangauzb/810 Ссылка
E-commerce konferensiyasining kutilmagan mehmonlari

E-commerce yangiliklarini kuzatib boruvchilar Toshkentda "E-commerce Central Asia Expo — 2025" bo'lib o'tayotganidan xabardor bo’lishsa kerak.

Mazkur ko'rgazmaga QR-kod tushirilgan "mehmon" tashrif buyurdi. Kimligini topish unchalik qiyin emas.

Endi sotuvchilar uchun taqqoslash imkoniyati paydo bo’ldi.

Telegram | Instagram | YouTube | X
10.04.2025, 21:21
t.me/tangauzb/811 Ссылка
1000KITOB loyihasi 27 nomdagi kitobning har birini 3 ming nusxada chop etish uchun bosmaxonalarga 1,46 mlrd so‘mlik tender e’lon qildi.

Mazkur tenderda qatnashmoqchi bo‘lgan nashriyotlar ushbu sohada 3 yillik tajribaga ega bo‘lishi hamda kitoblarni 45 kun ichida bosib, yetkazib berishi lozim ekanligi ta’kidlangan.

https://tanganews.uz/news/158

Telegram | Instagram | YouTube | X
10.04.2025, 19:18
t.me/tangauzb/809 Ссылка
2025-yilning 1-choragida O‘zbekistonga qiymati 115,1 mln dollar bo‘lgan 6 ming 888 ta yengil avtomobil import qilindi.

Taqqoslash uchun, 2024-yilning mos davrida 573,8 mln dollarlik 26 ming 65 ta avtomobil olib kelingandi.

Avtomobil importining keskin qisqarishini elektromobillarga utilizatsiya yig‘imi joriy qilinayotgani, import qilinayotgan avtomobillarning har biri texnik ko‘rikdan o‘tkazilishi bilan bog‘lash mumkin.

https://tanganews.uz/news/155

Telegram | Instagram | YouTube | X
10.04.2025, 14:51
t.me/tangauzb/808 Ссылка
9-aprel kuni Prezident raisligida turizm sohasiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo'lib o'tdi.

Unda Shavkat Mirziyoyev ichki turizmni rivojlantirish uchun har yili 20 mlrd so‘m ajratilishi, har oyning ikki kuni "sayohatga chiqish" kuni deb belgilanishi hamda tarixiy obidalarga kirish uchun "yagona sayyohlik kartasi" joriy etilishini ma’lum qildi.

Shuningdek, Fors ko‘rfazi bo'yidagi davlatlarning fuqarolari uchun 30 kunlik vizasiz rejim joriy etilishi ham aytildi.

Batafsil: https://tanganews.uz/news/157

Telegram | Instagram | YouTube | X
9.04.2025, 22:02
t.me/tangauzb/807 Ссылка
AloqaBank "Yoshlar biznesi uchun" imtiyozli kredit dasturini e’lon qildi. Mazkur kredit yillik 18 foiz stavkada, 2 yillik imtiyozli davr bilan, 7 yilgacha muddatga beriladi.

Kreditning maksimal miqdori quyidagicha:

➖ O‘zini o‘zi band qilgan shaxslar uchun – 100 mln so‘mgacha;

➖ Yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun – 1,5 mlrd so‘mgacha;

➖ Yuridik shaxslar uchun – 5,0 mlrd so‘mgacha.

https://tanganews.uz/news/156

Telegram | Instagram | YouTube | X
9.04.2025, 19:06
t.me/tangauzb/806 Ссылка
2025-yil 8-aprel kuni Amerikaning ChatGPT platformasiga egalik qiluvchi OpenAI kompaniyasi O‘zbekistonda soliq to‘lovchi sifatida ro‘yxatdan o‘tdi. OpenAI shu tariqa O‘zbekistonda soliq to‘lovchi sifatida ro‘yxatga olingan 67-xorijiy elektron kompaniya bo‘ldi.

https://tanganews.uz/news/154

Telegram | Instagram | YouTube | X
9.04.2025, 15:02
t.me/tangauzb/805 Ссылка
4-aprel kuni Toshkentda "AICA Awards 2025" doirasida Markaziy Osiyoning eng yaxshi sun’iy intellekt loyihalari tanlab olindi.

Quyida tanlab olingan SI loyihalari keltirilgan:

➖ Úmit (Qozog‘iston)
zehn.ai (Tojikiston)
➖ Shyraq AI (Qozog‘iston)
➖ KinesteX AI (Turkmaniston)
➖ Aisha AI (O‘zbekiston)
➖ ARA (Qozog‘iston)

https://tanganews.uz/news/153

Telegram | Instagram | YouTube | X
9.04.2025, 14:22
t.me/tangauzb/804 Ссылка
1-maydan elektromobillar uchun utilizatsiya yig‘imi narxlari 4 barobargacha oshiriladi. Mazkur qarorga ko‘ra, narxlar oshishi faqat sof elektromobillarga tatbiq etilib, gibrid avtomobillar bundan mustasnodir.

https://tanganews.uz/news/152

Telegram | Instagram | YouTube | X
8.04.2025, 19:32
t.me/tangauzb/803 Ссылка
Yandex Go Market endi O‘zbekistonda!

Yandex Go tomonidan taqdim etilgan marketing maydoni mahalliy sotuvchilar uchun yangi imkoniyatlarni ochadi:
✅FBY yoki FBS modellari bo‘yicha ishlash;
✅ Market mijozlarni jalb qilish uchun chegirmalarning bir qismini o‘z zimmasiga oladi;
✅ Tez yuklash uchun elektron navbat;
✅ To‘lovlar chastotasini, hatto kundalik to‘lovni tanlash imkoniyati;
✅ Xaridorlar Yandex Split orqali tovarlarni bo‘lib to‘lash imkoniga ega;
✅Daromadni hisoblash uchun sodda kalkulyator

Hozir boshlanishida auditoriyani jalb qilish uchun reklama kampaniyasi amalga oshirilmoqda. Bu sizning qo‘shilish va qo‘shimcha trafik olish imkoniyatingizdir!

📲Sotuvchilar uchun ro‘yxatdan o‘tish.
8.04.2025, 18:01
t.me/tangauzb/802 Ссылка
2024-yil O‘zbekiston sug‘urta bozorida yangi shartnomalar soni 9,7 mlntani tashkil etdi. Sug‘urta mukofotlari esa 9,8 trln so‘mga yetdi. Shuningdek, sug‘urta to‘lovlari 2,2 trln so‘mdan ko'proq bo'lgan. 2024-yil sug‘urta bozorida "Apex Insurance" kompaniyasi yetakchilik qilgan.

https://tanganews.uz/news/149

Telegram | Instagram | YouTube | X
7.04.2025, 22:36
t.me/tangauzb/801 Ссылка
2025-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra, Qozog‘istonda O‘zbekiston ulushiga ega korxonalar soni 4 407 tani tashkil etib, 2-o‘rinni egallagan. Bu ko‘rsatkich 2023-yilning shu davriga nisbatan 44 foiz ko'proqdir.

O‘zbekistonda esa Qozog‘iston ulushiga ega korxonalar soni 1 082 tani tashkil etadi. Shuningdek, Qozog‘istonda Xitoy ulushiga ega korxonalar soni 33 foizga ko‘payib, 3 676 taga yetgan.

https://tanganews.uz/news/137

Telegram | Instagram | YouTube | X
7.04.2025, 16:36
t.me/tangauzb/800 Ссылка
Ushbu haftaning eng muhim yangiliklari dayjesti:

🔓 TEMU 46 mlrd so‘m soliq qarzlarini to‘lasa blakirovkadan chiqariladi.

💵 Korzinka 110 mln dollar investitsiya jalb qildi.

⛔️ O‘zbekistonda Leapmotor avtomobillarining importi to‘xtatilishi mumkin.

🇧🇪 Belgiya jinoiy ish doirasida undirilgan 108 mln yevroni O‘zbekistonga qaytaradi.

💎 Kaspi aksiyadorlari Qozog‘istonning eng boy odamlari sifatida e’tirof etildi.

🥤 Safia cheklar soni bo‘yicha 4-o‘ringa ko‘tarildi.

💳 Soliq keshbeki 2 foiz etib belgilanishi mumkin.

👩‍💼 Svetlana Xe Uzum Bank boshqaruv raisi etib tayinlandi.

👋 Azizbek Qurbonov United Ventures rahbarligidan ketmoqda.

🛍 Gruziyaning Daily supermarketlar tarmog‘i Toshkentda birinchi do‘konini ochdi.

🥩 Mart oyida mol go‘shtining importi rekord qayd etdi.

⚙️ Qanday qilib Click O‘zbekistonning birinchi raqamli fintex kompaniyasiga aylandi?

Telegram
| Instagram | Youtube | X
6.04.2025, 22:16
t.me/tangauzb/798 Ссылка
3.8 k
Ko'pchilik Click fintex kompaniyasi xizmatlaridan foydalanadi. Biroq, uning qiziqarli tarixi borligini ko‘pchilik bilmasa kerak. Shu sababli tanga.uz ushbu kompaniyaning tarixi va boshqa ma’lumotlari haqida material tayyorladi.

Unda kompaniya qanday tashkil topgani, Paynet bilan qay tarzda raqobatlashgani va qanday qilib O‘zbekistondagi birinchi raqamli fintex kompaniyaga aylanganini haqida so'z boradi.

https://tanganews.uz/news/139

Telegram | Instagram | YouTube | X
6.04.2025, 18:13
t.me/tangauzb/797 Ссылка
Mart oyida O‘zbekiston umumiy qiymati 49 mln dollardan ortiq go‘sht mahsulotlarini import qildi. Oy davomida qariyb 9,3 ming tonna qoramol go‘shti import qilingan bo‘lib, uning qiymati 40,2 mln dollarni tashkil qilgan. Bu mutlaq rekord ko‘rsatkich hisoblanadi.

https://tanganews.uz/news/148

Telegram | Instagram | YouTube | X
6.04.2025, 15:11
t.me/tangauzb/796 Ссылка
2025-yil 31-mart kuni Daily supermarketlar tarmog‘i Toshkent shahrida o‘zining ilk do‘konini ochdi. Bu, kompaniyaning 2024-yil dekabrda Schiever Group’dan bi1 tarmog‘ini xarid qilganidan so‘ng amalga oshdi. Mazkur do‘kon bi1’ning 34-do‘koni, lekin Daily brendi ostidagi birinchi do‘kon hisoblanadi.

https://tanganews.uz/news/147

Telegram | Instagram | YouTube | X
5.04.2025, 16:32
t.me/tangauzb/795 Ссылка
Azizbek Qurbonov United Ventures fondidagi direktorlik lavozimini tark etmoqda. U o‘zining LinkedIn sahifasida o'z xohishiga ko‘ra ketayotganini hamda 26-aprel kuni so‘nggi ish kuni bo‘lishini ma’lum qilgan. Qurbonov mazkur lavozimga fond tashkil etilgan kun - 27-yanvarda tayinlangan edi.

https://tanganews.uz/news/145

Telegram | Instagram | YouTube | X
4.04.2025, 18:12
t.me/tangauzb/794 Ссылка
Svetlana Xe Uzum Bank boshqaruv raisi etib tayinlandi

Svetlana Xe bank Kuzatuv kengashi va Markaziy bank roziligidan so‘ng Uzum Bank boshqaruvi raisi lavozimiga kirishdi.

Yangi lavozimda Svetlana jamoasi bilan birgalikda bankning uzoq muddatli rivojlanishiga, foydalanuvchilar va biznes uchun innovatsion fintech mahsulotlarini ishga tushirishga, shuningdek, kompaniyaning bozordagi mavqeini mustahkamlashga e’tibor qaratadi.

Telegram | Instagram | YouTube | X
4.04.2025, 16:17
t.me/tangauzb/793 Ссылка
Arzon kredit olaman deb aldanib qolmang! Kredit shartlarini erinmasdan batafsil o’qib chiqing.

Videoni ko’proq odamga ulashing, bu orqali oddiy odamlarni aldanib qolishidan asrab qolishingiz mumkin.

@tangauzb
3.04.2025, 19:56
t.me/tangauzb/792 Ссылка
Iqtisodiyot va moliya vazirligi Soliq qo‘mitasi bilan birgalikda oshirilgan keshbekning biznesni qonuniylashtirishga ehtimoliy ta’sirini tahlil qilmoqda. Tahlil natijalaridan kelib chiqqan holda soliq keshbeki 2 foiz miqdorida qaytarilishi mumkin. Ma’lumot uchun, 2024-yilda o‘zbekistonliklarga 1 trln so‘mdan ortiq keshbek to‘langan.

https://tanganews.uz/news/144

Telegram | Instagram | YouTube | X
3.04.2025, 17:40
t.me/tangauzb/791 Ссылка
2025-yilning fevral oyida Soliq mobil ilovasi orqali eng ko‘p ro‘yxatdan o‘tkazilgan xarid cheklari bo‘yicha TOP-20 korxonalar e’lon qilindi. Unga ko‘ra, Safia’ning cheklari soni so‘nggi uch oy ichida 343,8 mingtaga yoki 295 foizga o‘sdi. Keshbeklar miqdori esa, 322,2 mln so‘mga yoki 225 foizga o‘sdi.

https://tanganews.uz/news/142

Telegram | Instagram | YouTube | X
2.04.2025, 22:13
t.me/tangauzb/790 Ссылка
2.04.2025, 20:36
t.me/tangauzb/788 Ссылка
Kaspi aksiyadorlari Qozog‘istonning eng boy odamlari sifatida e’tirof etildi

Forbes dunyoning eng boy odamlari ro‘yxatini e’lon qildi.

Unda Qozog‘istonning eng boy odami sifatida Kaspi’ning direktorlar kengashi raisi va 21,4% ulushdori Vyacheslav Kim ko‘rsatilgan.

Ikkinchi o‘rinda esa Kaspi boshqaruv raisi hamda kompaniyaning 22,6% ulushiga egalik qiluvchi Mixail Lomtadze joy olgan.

Telegram | Instagram | Youtube | X
2.04.2025, 20:36
t.me/tangauzb/789 Ссылка
Belgiya hukumati O‘zbekiston so'rovi bilan hamkorlikda olib borilgan korrupsiya va pul yuvish bo‘yicha tergov natijasida 200 mln dollar musodara qilgan. Mazkur mablag'larning 108 mln yevro miqdoridagi qismi O‘zbekistonga qaytariladi. Ushbu mablag‘ telekommunikatsiya shartnomalariga oid yashirin vositachilik to‘lovlari bilan bog‘liq ish doirasida aniqlangan.

https://tanganews.uz/news/141

Telegram | Instagram | YouTube | X
2.04.2025, 19:12
t.me/tangauzb/787 Ссылка
O‘zbekistonda Leapmotor avtomobillarining importi to'xtatilishi mumkin. Bunga, mazkur kompaniyaning C16 modeli elektromagnit shovqinlarga qarshi talablarga javob bermasligi sabab bo'lgan.

https://tanganews.uz/news/140

Telegram | Instagram | YouTube | X
1.04.2025, 19:16
t.me/tangauzb/786 Ссылка
Korzinka 110 mln dollar aksionerlik kapitaliga investitsiya jalb qildi. Mazkur investitsiya Uzbek-Oman Investment Company hamda Abu Dhabi Uzbek Investment jamg‘armalari tomonidan jalb qilindi. Korzinka ushbu mablag‘lar orqali do‘konlari sonini 1 mingdan oshirishni rejalashtirmoqda.

https://tanganews.uz/news/138

Telegram | Instagram | YouTube | X
1.04.2025, 17:44
t.me/tangauzb/785 Ссылка
TEMU 46 mlrd so'm soliq qarzlarini to'lasa blokirovkadan chiqariladi

Bu haqda 1-aprel kuni Soliq qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Mubin Mirzayev ma’lum qildi.

TEMU'ning ushbu soliqlarni to‘lashi kompaniyaga faoliyatini legallashtirish imkoniyatini berishi ta’kidlandi.

Avvalroq, Wildberries O‘zbekistonda qo‘shimcha 50 mlrd so‘mdan ortiq soliq to‘lagandi.

Telegram | Instagram | Youtube | X
1.04.2025, 16:35
t.me/tangauzb/784 Ссылка
Результаты поиска ограничены до 100 публикаций.
Некоторые возможности доступны только премиум пользователям.
Необходимо оплатить подписку, чтобы пользоваться этим функционалом.
Фильтр
Тип публикаций
Хронология похожих публикаций:
Сначала новые
Похожие публикации не найдены
Сообщения
Найти похожие аватары
Каналы 0
Высокий
Название
Подписчики
По вашему запросу ничего не подошло