Bandixon tumanida Oila va xotin-qizlar maskanining ochilish marosimi o'tkazildi
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazir o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar qo'mitasi raisi Z.B.Mahkamova, xotin-qizlar faollari, jamoatchilik vakillari ishtirok etib, maskanda faoliyat yuritadigan o‘quv mashg‘ulotlari, tibbiy, psixologik, xuquqiy maslaxatxonalar, kasb-hunar va tadbirkorlik bilimlarini o‘rgatuvchi kurslar haqida batafsil ma’lumot oldilar.
Oila va xotin-qizlar maskanida nikohlanuvchi yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, oilaning qonuniy asoslarini mustahkamlash, mas’uliyatli ota-onalik g‘oyasini singdirish, oilaviy munosabatlarda har-xil muammolarga duch kelayotgan oilalar va ularni a’zolarining huquqiy, ma’naviy-axloqiy, psixologik va tibbiy bilimlarini oshirish, oilalarda sog‘lom ijtimoiy-ma’naviy muhitni ta’minlashga ko‘maklashish, tadbikorlik ko‘nikmalariga o‘qitish faoliyatlari olib boriladi.
Bandixon tumani hokimligi
Axborot xizmati
Kanalga ulanish👉
https://t.me/Bandixonthaxborotxizmati