#ilmiy_yutuq
🏫 Qo'qon universiteti Andijon filialining faxri!📝
Ijtimoiy-gumanitar va pedagogika fakulteti Filologiya va tillarni oʻqitish (Ingliz tili) yo'nalishi 24_06-guruh talabasi Muxamedjanova Gulsanam Rustam qizi Xalqaro sahnada boʻldi.
Muxamedjanova Gulsanam 21-aprel kuni bo‘lib o‘tgan "World Creativity & Innovation Day Awards Ceremony" tadbirida o'z startap loyihasi bilan O'zbekiston Respublikasidan speaker bo'lib ishtirok etdi.
Bu tadbir quyidagilarni o'z ichiga oladi:
1. Global tan olinuvchanlik– Turli mamlakatlardan kelgan yetuk mutaxassislar bilan bir qatorda bo‘lish imkoniyati.
2. Ijodkorlik va innovatsiyaning qadri – Har bir chiqish yangilik va ilhom bilan to‘la bo'ldi.
3. Professional tarmoq – Hindiston, Gruziya, Eron, Filippin, Misr, Nigeriya, va boshqa davlatlardan mutaxassislar bilan tanishdi.
4.Loyihani rivojlantirish- uchun yetarlikcha xalqaro bilim ko'nikmalar.
5.Butun dunyoda tan olinadigan Xalqaro sertifikatlar topshirildi.
Tadbir soʻngida Muxamedjanova Gulsanamming loyihasiga investitsiya ajratilinishi aytib o'tildi. Hozirgi kunda chet elliklar bilan hamkorlik boshlanmoqda.
🧑💻Muxamedjanova Gulsanamga kelgusidagi ilmiy va xalqaro faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz! Yangi yutuqlarga, yanada yuksak marralarga erishishiga tilakdoshmiz
@kuaf_ilmiy_xalqaro
😎
kuaf_edu | 😎
kuaf_uz | 😎
kuafuz 😎
Kuaf Uz | 🌐
kuaf.uz 🖊
qabul.kuaf.uz