Surxondaryoda ilk bor o‘tkaziladigan – "Tandir Fest" festivaliga marhamat!
Aziz vohadoshlar va viloyatimiz mehmonlarini joriy yil 2-3-4-may kunlari Surxondaryo viloyatining go‘zal va betakror maskani — Boysun tumanidagi "Boysun bahori" turizm majmuasida birinchi marta tashkil etilayotgan "Tandir Fest" festivaliga taklif etamiz!
Bu festival – milliy qadriyatlarimizni, boy oshpazlik an’analarimizni, xalq amaliy san’ati va madaniy merosimizni keng targ‘ib etishga qaratilgan noyob madaniy tadbirdir.
Festival dasturidan:
➖hududlardan kelgan oshpazlar ishtirokida "Tandiri go‘shti"ni tayyorlash bo‘yicha mahorat darslari;
➖milliy an’analar va xalq amaliy san’ati ko‘rgazmalari;
➖madaniy-hunarmandchilik yarmarkalari;
➖havo sharlari uchirish tadbirlari;
➖jonli kuy-qo‘shiqlar, folklor jamoalar chiqishlari hamda milliy raqslar namoyishi;
➖shuningdek, festivalning yopilish marosimida taniqli san’atkorlar ishtirokidagi galakonsert tomoshalari o‘rin olgan.
Keling, marhamat qiling, oilaviy va do‘stlaringiz bilan birgalikda xotiralarga boy, mazmunli dam oling!
⛳️Manzil: Surxondaryo viloyati, Boysun tumani, "Boysun bahori" turizm majmuasi;
📆Sana: 2025-yil 2-4-may kunlari;
📍Joylashuv:
Lokatsiya ochish.
Surxondaryo.uz |
Telegram |
Facebook |
Instagram |
YouTube |
X