Namangan viloyati IIB rahbariyati huzurida murojaatlar bilan ishlash va “e-material” tizimga kelib kelib tushayotgan xabarlarning hal etilishi ahvoli muhokama qilindi
Boshqarma majlislar zalida videoselektor tarzida o‘tkazilgan muhokamada boshqarma boshlig‘i o‘rinbosarlari, sohaviy xizmat rahbarlari, shuningdek, shahar-tuman IIBlarning rahbariyati va tergovga qadar tekshiruv o‘tkazishga vakolatli bo‘lgan barcha xodimlar ishtirok etdi.
Dastlab, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash hamda “e-material” elektron tizimidagi materiallarning hal etilishi ahvoli, yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar hamda ushbu yo‘nalishlar bo‘yicha tergov xizmati tomonidan amalga oshirilgan ishlar tanqidiy ruhda muhokama qilinib, tegishli rahbarlarning axboroti tinglandi.
Muhokama davomida, tizimga kelib tushayotgan har bir murojaat va xabarlar yuzasidan masʼul rahbarlar tomonidan zudlikda tegishli chora-tadbirlar belgilanishi hamda tergovga qadar tekshiruv materillarni o‘z muddatida qonuniy hal etilishini taʼminlash bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmatiWebsayt|
Telegram|
Facebook|
Instagram|
Youtube