У вас закончился пробный период!
Для полного доступа к функционалу, пожалуйста, оплатите премиум подписку
Возраст канала
Создан
Язык
Узбекский
1.98%
Вовлеченность по реакциям средняя за неделю
7.07%
Вовлеченность по просмотрам средняя за неделю

Books & Book Reviews.

Zamonaviy mutolaa repertuari.

Insta: instagram.com/pandabooksuz

Сообщения Статистика
Репосты и цитирования
Сети публикаций
Сателлиты
Контакты
История
Топ категорий
Здесь будут отображены главные категории публикаций.
Топ упоминаний
Здесь будут отображены наиболее частые упоминания людей, организаций и мест.
Найдено 278 результатов
PA
Panda Books
5 924 подписчика
232
Yandex Plus

-Kinopoisk'da kino,serial va 50+ telekanallar
-Allpay onlayn kinoteatriga kirish
-Yandex Music xizmatida treklar va podkastlar
-Yandex Books xizmatida kitoblat va komikslar
-Yandex Go xizmatida taomlarni bepul yetkazish
-10% gacha Plus keshbek ballari

Taklif olish

#reklama 18+
mrqz.click
27.04.2025, 17:46
t.me/panda_books/6594
PA
Panda Books
5 924 подписчика
6
250
Butun sayohat davomida biror marta ham ochib oʻqimaslik uchun Kindlemni koʻtarib chiqqandim.

@panda_books
27.04.2025, 17:42
t.me/panda_books/6593
PA
Panda Books
5 924 подписчика
16
3
479
#haqida

Too much freedom

Kecha Islandiyada Hvammsvik Hot Springs issiq buloqlarida dam olib o’tirarkanman, bitta kanadalik inson bilan tanishib qoldim. 911 da ishlarkan. Bu nimaligini Hollywoodni koʻp koʻradiganlar biladi:)

Uyoq-buyoqdan gaplashdik. Gap aylanib Kanadadagi hayoti va ishiga bogʻlandi.
- “Kanada menga yoqadi. Erkin mamlakat,” dedim men.
- “Juda erkin” dedi u.
- “Nahotki bu yomon?” kuldim men.
- “Bilasanmi, men 911da ishlayman va shuning uchun ham yanada yaxshiroq bilaman holatni. Judayam koʻp erkinlik qandaydir zararli tuyuladi menga. Ishchilar ish tashlaydi, norozilik qiladi, natijada butun bir shaharda koʻpchilikning ishi toʻxtab qoladi. Yana qurolga ruxsat bor. Yaqinda bekatda turgan qizni otib ketishdi. Sababsiz. Shunchaki. Chunki narkotik (drug) sotilishi erkin qoʻyib qoʻyilgan. Bizda butun boshli provinsiyalarda yashash xavfli hisoblanadi. Men Ontariodanman, u yerda ahvol yaxshi. Ammo hamma joyda ham bunday emas.
- “Ammo sizlar tez yetib borasizlar, shunday emasmi?”
- “O’, 911 sen koʻrgan kinolardagidek emas. Biz qoʻngʻiroq qilgan odamdan oldin ba’zi ma’lumotlarni bilishimiz kerak, ammo ular koʻpincha panikada boʻlishadi va hatto manzilni ham aytishmaydi. Biz esa bu ma’lumotlarsiz boʻlinma joʻnatolmaymiz. Oddiy profilaktikaga boradigan boʻlsak, bizni pichoq bilan kutib oladiganlar bor. 911ni oʻziga 911 kerak boʻlib qoladi ba’zan.”
- “Wow”.
- “Islandiyada xavfsiz, bemalol sayohat qila olasan, ammo Kanadada kechasi ba’zi joylarda yurib boʻlmaydi, hatto kunduzi.”

Suhbatni shu joyini yaxshi eslab qolgandim. Men bu bilan AQSh yoki Kanadani yomonlamoqchi emasman, biroq har joyda yashashning oʻz tosh-tarozisi bor degan naql hayotda bexato ishlashini eslatib oʻtmoqchiman.

Erkinlik yetishish qiyin ne’mat, ammo shu bilan birga juda qudratli qurol hamdir. Agar undan toʻgʻri foydalanilsa, mamlakat gullab-yashnaydi, aksincha boʻlsa u hatto anarxiya va kelishmovchiliklarga sabab boʻlishi mumkin.

Bu haqida nima deb oʻylaysiz?

@panda_books
26.04.2025, 18:10
t.me/panda_books/6592
PA
Panda Books
5 924 подписчика
456
Yandex Plus – Музыка и кино на 30 дней за 0 сум

⚡ Книги и подкасты
✨ Музыка и фильмы
👍 Бесплатная доставка еды
💰 До 10% кешбэк на поездки в Yandex Go

Все в одной подписке

Попробовать

#reklama 18+
plus.yandex.uz
26.04.2025, 17:46
t.me/panda_books/6591
PA
Panda Books
5 924 подписчика
7
3
478
​​Yolebokaflyod yoki Rojdestvo kitoblari – Islandiyaning eng yoqimli an’anasidir. Islandiyada Rojdestvo bayramida kitob sovg‘a qilish odat tusiga kirgan. Bayramdan bir necha oy oldin juda ko‘p kitoblar nashr etila boshlaydi va ular hamma joyda, hatto oziq-ovqat do‘konlarida ham sotiladi. Bundan tashqari, tanlash qulayligi uchun yil davomida chiqarilgan barcha yangi kitoblar haqida ma’lumot beradigan bepul katalog ham chop etiladi. Islandlar Rojdestvo kechasini kitob o‘qish bilan o‘tkazishni ma’qul ko‘rishadi. Islandiyada kitobxonlik darajasi juda yuqori bo‘lib, har o‘nta islandiyalikdan bittasi kitob yozgan. (Aholisi kamligini hisobga olsak, bu juda zoʻr)

Internetda Islandiya kitob sovg‘a qilish an’anasi Ikkinchi Jahon urushi davrida paydo bo‘lgan ham deyiladi. O‘sha paytda sovg‘alar qimmat bo‘lsa-da, qog‘oz arzon xomashyo sifatida qolavergan. Shu bois kitob asosiy sovg‘aga aylangan va bu an’ana hozirgacha saqlanib qolgan.

@panda_books
25.04.2025, 18:00
t.me/panda_books/6590
PA
Panda Books
5 924 подписчика
448
На фото Набоков В. — человек, предсказавший все кризисы

Он всегда был в тени, но вы все знаете его учеников.

"В связи с последними событиями, через год все ваши деньги обесценятся и мир не будет прежним" — написал он в своем Телеграм-канале "Нефтяные сливки"

Там он освящает все самые важные мировые инциденты и их последствия, во многие из них тяжело поверить, но он не ошибается.

Пригодится каждому, кто хочет снять розовые очки и увидеть настоящую правду:

Подписаться

#reklama
25.04.2025, 17:46
t.me/panda_books/6589
PA
Panda Books
5 924 подписчика
10
509
Shu kitobni oʻqigan paytimda, 2 yildan soʻng shu davlatni oʻz koʻzim bilan koʻraman deb sira oʻylamagandim.

Xudoga shukr, orzular amalga oshdi.

@panda_books
25.04.2025, 09:52
t.me/panda_books/6588
PA
Panda Books
5 924 подписчика
Репост
6
4
472
​​#review #taqriz

🔰Egil Byarnason — "Islandiya dunyoni qanday o'zgartirdi"

Sarguzashtlar va sayohatlar haqidagi non-fikshnlar jonu-dilim. "Bombora" nashridan alohida buyurtma qildirib olganim, ushbu kitob ham shular jumlasidandir. Unda olis shimoldagi "abadiy muzli o'lka" — Islandiya haqida hikoya qilinadi.

Menga kitob ikki jihatiga ko'ra manzur bo'ldi: 1) muallif Egil Byarnason bizga mamlakat tarixini shunday batafsil, ixcham va qiziqarli qilib so'zlab beradiki, mening tasavvurimda xuddi hujjatli film ko'rgandek bo'ldim. 2) o'lka tarixida eng muhim voqealar, faktlar, insonlar va ularning hayoti to'g'risida ko'plab qiziqarli ma'lumotlarni o'rganishingiz mumkin. Misol uchun, Xristofor Kolumbdan bir necha yuz yil oldin islandiyalik vikinglar Amerikani kashf etishgan ekan, ammo negadir keyin ular yana yurtlariga qaytishgan.

Yoki yana, dunyoda tashkil topgan eng qadimiy parlament, Xekla vulqoni otilishi natijasida butun kontinentda boshlangan kichik muzlik davri, Ikkinchi Jahon urushida Islandiyaning tutgan muhim o'rni, Oyga parvozga ko'rilgan tayyorgarlik va boshqa shunga o'xshash qiziqarli voqealarni bilib oldim. Aytgancha, yana ilk ayol prezident haqida. Prezident _Vigdis Finnbogadouttir (1980-1996) jahon tarixida to'g'ridan-to'g'ri davlat rahbari etib saylangan birinchi ayol lider hisoblanadi. To'g'ridan-tog'ri, ya'ni uni partiya yoki parlament emas, balki xalq saylagan.

Islandiya desa ["islandiyalik qizga uylansam, menga oyiga $5000 to'lashadimi?](https://t.me/Pandabooks/4026)" degan soxta xabarlardan tortib, afsonaviy professor Jon Tolkinning bu o'lkaga muhabbati to'g'risida bilib olish mumkin. Yoki familiya to'g'risida yozgan postimni olaylik. Xullas, o'zgacha olam.

Muxtasar aytganda, mitti orolning katta tarixiga bag'ishlangan ushbu kitobni o'qib mazza qildim, non-fikshnlar orasida alohida o'rin tutadigani bo'ldi o'ziyam. Endi Islandiya mehrim oshdi, balki kun kelib o'sha taraflarga borish nasib etib ham qolar. Bir kun kelib, bizda ham O'zbekistonning shunday 300 varaqqa jo bo'ladigan, qisqa, go'zal va aniq tarixi yozilgan, dunyo bizni bilib qo'yadigan kitoblar chiqishiga umid qilib qolaman.

Sizlarga esa uzoq muzli Islandiyadan qaynoq xabarlar yo'llagan holda taqrizimga yakun yasasam ham bo'ladi.

Yoqimli mutolaa!

📱 @panda_books
25.04.2025, 09:50
t.me/panda_books/6587
PA
Panda Books
5 924 подписчика
Репост
22
1
474
​​Dunyoning chekkasida yozilgan post

Dunyoning chekkasida turibman va bu majoziy ma’noda emas. Shu goʻzal manzaraga qarayman. Oldimda faqat muzliklar, Shimoliy muz okeani va qutb. Ha, dunyo keyin ham davom etadi, ammo insoniyat sivilizatsiyasi shu yerda tugaydi, zero undan uyog’ini bizning dunyo deyishga haqqimiz bormi?..

Yuzimga sovuq okea shamoli uriladi, atrofni qurshab turgan togʻlar esa magʻrur va hissiz boqib turibdi.

Kimdur bu tepalikka ulkan tosh qoʻyib ketibdi, U oddiy tosh emas, kimdir uni oʻyib “taxt” yasagan. Dunyoning chekkasida oʻsha “Tosh taxtim”ga oʻtirgancha shu soʻzlarni yozayapman.

Dunyo biz oʻylagandan ulkanroq, biz kutgandan ajoyibroq va tabiat biz oʻylagandan ancha qudratliroq.

Bugunoq bu togʻlar uygʻonib, Islandiyani qoplab olishi mumkin, bu vulqonlar bir yilda butun insoniyat bir umr chiqargan CO2sini ishlab chiqaradi. Tabiat oʻzi yaratganni oʻzi qaytarib oladi.

Bu yerda beixtiyor hayotda yashashning ma’nosi haqida oʻylay boshlaysan. Xotirjam, tinch… Ruhing osoyishtalikni topadi.

Javob esa yoʻq, ha hozircha Xudo bizni nega yaratganini ma’nosini bilmaymiz, ammo bizning vazifalarimizdan biri - bu hayotni baxtli va yaxshi yashab oʻtish ekaniga aminman.

Peace.

@boredpandablog
24.04.2025, 18:24
t.me/panda_books/6586
PA
Panda Books
5 924 подписчика
19
5
1.0 k
Reykjavik. #freepalestine

@panda_books
24.04.2025, 13:32
t.me/panda_books/6584
PA
Panda Books
5 924 подписчика
5
1.0 k
24.04.2025, 13:32
t.me/panda_books/6585
PA
Panda Books
5 924 подписчика
632
23.04.2025, 21:53
t.me/panda_books/6583
PA
Panda Books
5 924 подписчика
631
23.04.2025, 21:53
t.me/panda_books/6582
PA
Panda Books
5 924 подписчика
638
23.04.2025, 21:53
t.me/panda_books/6581
PA
Panda Books
5 924 подписчика
626
23.04.2025, 21:53
t.me/panda_books/6580
PA
Panda Books
5 924 подписчика
621
23.04.2025, 21:53
t.me/panda_books/6579
PA
Panda Books
5 924 подписчика
618
23.04.2025, 21:53
t.me/panda_books/6577
PA
Panda Books
5 924 подписчика
630
23.04.2025, 21:53
t.me/panda_books/6578
PA
Panda Books
5 924 подписчика
17
605
#bookstore

Reykjavikdagi mashhur Penninn Eymundsson kitob doʻkoni.

@panda_books
23.04.2025, 21:53
t.me/panda_books/6574
PA
Panda Books
5 924 подписчика
613
23.04.2025, 21:53
t.me/panda_books/6576
PA
Panda Books
5 924 подписчика
623
23.04.2025, 21:53
t.me/panda_books/6575
PA
Panda Books
5 924 подписчика
52
6
691
#haqida

Nima muhim?

Doim hayotda takrorlaydigan va kanaldayam yozadigan fikrimni qisqa va aniq bayonidan birini hozir qaysidur doramadan olingan rilsda koʻrib qoldim. Tarjimam:

Qizaloq akasiga:
— Aka bugun maktabda koreys tilidan 7/10 oldim!
— Yaxshisi sen 10/10 olishga harakat qil.
— Shuyam boʻladi. Baho hayotda eng muhimi emas.
— Xo’sh, nima eng muhimi ekan?
— 10/10 olishga harakat qilayotganlardan baxtliroq yashash!

@panda_books
23.04.2025, 00:14
t.me/panda_books/6573
PA
Panda Books
5 924 подписчика
30
6
733
Islandiya kronasi banknotalariga qaraydigan boʻlsak, bu davlat kitobxon millat degan fikrga kelishimiz mumkin.

Haqiqatda ham shundaymikan, bilmadim, lekin hozircha birorta kitob doʻkon uchratmadim:)

@panda_books
22.04.2025, 10:44
t.me/panda_books/6572
PA
Panda Books
5 924 подписчика
6
1
575
Demak, Gyugoni davom ettiramizmi? “Kulayotgan odam” hozir ayni trendda shekilli?

Siz qaysi kitoblar mutolaasi bilan bandsiz?

@panda_books
19.04.2025, 23:11
t.me/panda_books/6571
PA
Panda Books
5 924 подписчика
Репост
8
7
774
Belle😔

@boredpandablog
19.04.2025, 03:32
t.me/panda_books/6570
PA
Panda Books
5 924 подписчика
5
3
708
​​#review #taqriz

📙Viktor Gyugo — "Notr-Dame Sobori"

Elle porte en elle le péché originel
La désirer fait-il de moi un criminel
Celle qu'on prenait pour une fille de joie, une fille de rien
Semble soudain porter la croix du genre humain

Ô Notre Dame !
Oh ! Laisse-moi rien
Pousser la porte du jardin d'Esmeralda

"Belle" ashulasini ko'pchilik "Notr-Dame Sobori" myuziklidan olinganini bilsa kerak...yoki 1996-yilda Disneyda chiqqan "Notr-Dame bukrisi" multfilmi ko'pchilikni esidadir.. Go'zal lo'li qiz Esmeralda, sobor qo'ng'iroqboni Quasimoda yoki rohib Klod Frollo...Va endi menga ma'lum bo'ldiki, multfilmda bizni aldashgan, aniqrog'i syujetni mutlaqo o'zgartirishgan...

Bu kitob 1831-yilda Gyugo tomonidan yozib chop etilgan. Unda XV asrdagi Parij tasvirlangan. U ham badiiy, ham tarixiy asardir. Unda shahar arxitekturasi, hayoti va odamlari haqida batafsil ma'lumot keltirib o'tiladi, va shuningdek Sobor haqida ham. O'zbekchada "Parij Momo ibodatxonasi" deya tarjima qilinadigan soborda yuqoridagi nomlari zikr etilgan rohib va qo'ng'iroqbon tinchgina umr kechirib kelishardi, toki shaharda o'z raqslari va go'zal husni bilan barchani maftun etgan Esmeralda paydo bo'lmaguncha...

Siz uchun sevgida ichki go'zallik muhimmi yoki tashqi? Javob berishga yoki menga "ichki dunyosi" deyishga shoshilmang:) Axir, hamma ham go'zal va kelishgan bo'lishni, qizlar oq otli shahzodani, yigitlar go'zal sanamni orzu qilishlari bejiz emasku. Biz tabiatan go'zallikka shaydomiz. Go'zal bo'lish nafaqat yoqimli, va foydali hamdir. Tadqiqotlar ko'rsatadiki, tashqi ko'rinishi yaxshi insonlar tezroq ishga qabul qilinarkan, Yiliga millionlab dollar topadigan aktrisalaraktrisalar, modellar ham shunchaki "onasi chiroyli tuqqani' uchungina shu joydalar, shunday emasmi? Yoki maktabdagi eng go'zal qiz uchun hech qachon birga-bir urishmaganmisiz? Qizlar mayli, juvonlar, va hatto birovni chiroyli xotini bo'lgan Yelena sabab urushlar boshlangan.

Ichki go'zallik yaxshi va afzal. Ammo ne tongki, uni juda kamchilik qadrlaydi. Hammayam buni anglab yetavemaydi, qadriga yetmaydi. Yoki shunchaki ko'rmaydi. Bekorga biz bu dunyoda barcha ezgu narsalarni go'zallik bilan, barcha yovuz va yomon narsalarni badbasharalik va xunuklik bilan tasvirlamaymiz.

Gyugo bu yerda ham shunday kontastlarni qo'yadi: Kelishgan, ammo hissiz Feb, Badbashara bukri, ammo qalban go'zal Quasimoda, Sohibjamol, biroq oddiy lo'li qiz Esmeralda, Rohib, ammo ko'ngli Esmeralda deb yonayotgan, bu deb shakkoklikka borgan rohib Frollo..

Roman meni ko'p narsa haqida, eng avvalo, sevgi haqida o'ylashga undadi.. — kuchli asar...

Xayolan Notr-Dame sobori oldida sho'x-shodon raqsga tushayotgan go'zal Esmeraldani tasavvur qildim, va bu cherkov ostida unga mahliyo bo'lib turgan ikkita baxtiqaroni ham..

@panda_books
19.04.2025, 03:30
t.me/panda_books/6569
PA
Panda Books
5 924 подписчика
23
19
847
​​Sekin-asta o'ladi,
Sayohat qilmaydigan,
kitob o‘qimaydigan,
musiqa tinglamaydigan,
o‘zida uyg‘unlik topa olmaydigan odam.
Sekin-asta o'ladi,
O‘ziga ishonchini yo‘qotgan,
Boshqalar unga ko'maklashishiga qo'ymaydigan odam.
Asta-sekin o'ladi
Muhabbatni o'ldiradigan,
Kunlarini doim omadsizlik yoki tinimsiz yog‘ayotgan yomg‘irdan
shikoyat qilish bilan o‘tkazadigan odam.
Asta-sekin o'ladi,
Rejalarini hatto boshlamasdan tark etadigan,
O‘zi bilmagan narsalar haqida savol bermaydigan
va o‘zi biladigan narsalar haqida so‘ralganda javob bermaydigan odam.
Sekin-asta o'ladi
Odat quligа aylanib,
Har kuni bir xil yo‘ldan yuradigan,
Yo‘nalishini o‘zgartirmaydigan,
Kiyim rangini o‘zgartirishga jur’at etmaydigan,
Notanish insonlar bilan suhbatlashmaydigan odam.
...
Keling, kichik dozadagi o‘limlardan qochaylik,
har doim esda tutaylikki, tirik bo‘lish
uzoq, katta kuch talab qiladigan
oddiy nafas olishdan iborat.
Bugun yashang!
Bugun tavakkal qiling!
bugun bajaring!
Asta-sekin o‘lmang!
O‘zingizga baxtli bo‘lishni man etmang!

Pablo Neruda

@panda_books
17.04.2025, 08:31
t.me/panda_books/6568
PA
Panda Books
5 924 подписчика
31
3
711
Muqovasidan ma’lumki, juda kerakli kitob ekan:)

@panda_books
16.04.2025, 16:10
t.me/panda_books/6567
PA
Panda Books
5 924 подписчика
32
10
817
Yuragingizda bir paytlar yongan shijoat o'tini o'chirmang.

@panda_books
15.04.2025, 21:13
t.me/panda_books/6566
PA
Panda Books
5 924 подписчика
Репост
10
3
666
#review

Chiao doʻstlar!

Bugun siz bilan “Adolescence” seriali haqida gaplashamiz.

@boredpandablog
15.04.2025, 16:13
t.me/panda_books/6565
PA
Panda Books
5 924 подписчика
23
4
733
Xorijda bo'lsam ham kitoblar meni topib kelmoqda.

@bookuzbekistan kitoblar do'konidan juda ajoyib yangilik. Kitob do'koni bir necha kun oldin tug'ilgan kunini nishonlagan shoir Olim Otaxon munosabati bilan tabriklab yuboribdi.

"Javobsiz maktublar" kitobi ushbu nashriyot tomonidan nashr etilgan. Albatta, o'qib chiqing.

@panda_books
15.04.2025, 14:48
t.me/panda_books/6564
PA
Panda Books
5 924 подписчика
14
514
Bir haftadan beri Gyugoning “Notr-dame Sobori”ni oʻqiyapman. Ochigʻi, juda qiziqib ketdim. Balki orangizda koʻpchilik bilar, undagi mashhur qahramonlardan biri - bu sobor qoʻngʻiroqchisi Quasimodadir. U romanda bukri inson sifatida tasvirlanadi.


Endi uch-toʻrt kuncha kun oldin oldimdagi xonaga men kabi chet ellik talaba koʻchib keldi. Nima boʻpti deysizmi? Ajablanarlisi, u ham bukri (astag’firulloh) ekan. Hayotda turli xil insonlarni uchratganman, ammo e’tibor bersangiz, bukri odamga juda kam duch kelasiz.

Va bu narsa men bilan aynan “Notr-Dame sobori”ni oʻqiyotganimda sodir boʻlayapti..

Hayot qiziq..

@panda_books
14.04.2025, 07:27
t.me/panda_books/6563
PA
Panda Books
5 924 подписчика
33
3
629
Yozishni boshlamoqchi bo'lganingda eng qiyini - bu Birinchi satr.

@panda_books
14.04.2025, 02:43
t.me/panda_books/6562
PA
Panda Books
5 924 подписчика
506
11.04.2025, 21:08
t.me/panda_books/6559
PA
Panda Books
5 924 подписчика
27
505
#newbook #yangikitob

Bugun second-hand kitob doʻkoni oldidan oʻtayotib, negadur bitta kitob olgim keldi. Qarasam toʻrtta kitob atigi £10 funt ekan. Men shularni tanladim:

- “The World is Flat” by Thomas Friedman “
- “When Last I Died” by Gladys Mitchell
- “True Tales of American Life” by Paul Auster
- “Inside Straight” by George R.R. Martin

Menimcha narxiga nisbatan umuman yomon emas. Nima deysiz?

@panda_books
11.04.2025, 21:08
t.me/panda_books/6558
PA
Panda Books
5 924 подписчика
512
11.04.2025, 21:08
t.me/panda_books/6561
PA
Panda Books
5 924 подписчика
513
11.04.2025, 21:08
t.me/panda_books/6560
PA
Panda Books
5 924 подписчика
19
6
631
- Do‘stlik nima ekanligini bilasizmi?so‘radi Grenguar.
- Ha, - deb javob berdi lo‘li qiz, - Bu aka-singil bo‘lishdir; bu qo‘shilib ketmay, bir-biriga tegib turadigan ikki qalbdir; bu bir qo‘lning ikki barmog‘i kabidir.
- Muhabbat-chi? - so‘radi Grenguar.
- O, muhabbat! - dedi Esmeralda ovozi titrab, ko‘zlari chaqnab. - Muhabbat ikki kishining bir butun boʻlishidir. Erkak va ayol farishtaga aylanadi. Xuddi samodek!

V. Gyugo

@panda_books
10.04.2025, 17:42
t.me/panda_books/6557
PA
Panda Books
5 924 подписчика
591
Bitta katta Yandex Plus

Filmlar, musiqa, kitoblar, keshbek ballari va bepul ovqat yetkazib berish - bularning barchasi oyiga atigi 10 000 so'mdan boshlanadigan Yandex Plus obunasi.

Sinab koʻrish

#reklama
plus.yandex.uz
10.04.2025, 17:36
t.me/panda_books/6556
PA
Panda Books
5 924 подписчика
49
652
Ayni o'qiydigan abiturient va yosh paytlarimiz edi.

U paytda hali Internet hozirgidek keng tarqalmagan, qo'limizda (shaxsan o'zimda) internetga kiradigan smartfonlar hali yo'q edi. Xuddi 70 yoshli boboydan gapirayotgandirman, lekin bu haqiqat:)

Maktab va litseydagi kompyuterlarda faqat ziyouz.com saytiga kirishga "dostup" bo'lardi. Ancha yillar butun bir avlodni o'qishida beminnat xizmat qilgan ajoyib sayt.

Shungayam mana 21 yil bo'libdi. Qoyil..

Ziyouzchilar Davron aka uchun layklarni ayamang:)

@panda_books
9.04.2025, 20:39
t.me/panda_books/6555
PA
Panda Books
5 924 подписчика
29
4
647
Jorj Martin: "Qish shamollari" kitobi yaqin orada chiqmaydi..

Hatto 12 ming yil oldin yo‘q bo‘lib ketga Ulug' Bo'riyam "Taxtlar o'yini" tugashidan oldin paydo bo‘ldiya....

Jorj to Ajdarlarniyam tiriltirmagunimizcha qo'ymaydiyov..

@panda_books
8.04.2025, 16:40
t.me/panda_books/6554
PA
Panda Books
5 924 подписчика
5
1
576
https://t.me/bookuzbekistan/7098

Kitob qilib chiqarishibdi👍 Panda Books effekti:)
8.04.2025, 16:28
t.me/panda_books/6553
PA
Panda Books
5 924 подписчика
3
683
tmpxz6yab3i.mp4
Bitta katta Yandex Plus

Filmlar, musiqa, kitoblar, keshbek ballari va bepul ovqat yetkazib berish - bularning barchasi oyiga atigi 10 000 so'mdan boshlanadigan Yandex Plus obunasi.

Sinab koʻrish

#reklama
plus.yandex.uz
8.04.2025, 10:07
t.me/panda_books/6552
PA
Panda Books
5 924 подписчика
21
4
760
#reading

Ba'zi kitoblarni shundoq olasan-u, o'qishni boshlaysan...

Va bir umr qidirgan hamrohingni topgandek quvonasan.!

Notre Dame Soborida ko'rishguncha...

@panda_books
7.04.2025, 19:35
t.me/panda_books/6551
PA
Panda Books
5 924 подписчика
Репост
22
2
712
​​#haqida

Qozog'iston madhiyasining g'alati tarixi

Shukrulloning "Kafansiz ko'milganlar" romanida muallif qamoqqa ketayotib, poyezdda qozoq shoiri Qayum Muhammadov bilan uchrashganini yozadi. Bu shuning uchun esimda qoldiki, u "Men Qozog'iston gimnini yozganman, mana meniyam qamashdi" deydi.

Rostanam shu paytgacha ularning madhiyasini kim yozganiga qiziqmagan ekanman. U odamning tarixiga qiziqib, kitobni qo'yib Googleni ochdim. Hammasi shundan boshlandi.

Ma'lum bo'lishicha, 1943-yil Davlat madhiyasi uchun tanlov e'lon qilinadi va unda 27 yoshli shoir Q.Muhammadov g'olib chiqadi. Lekin yana ikkita shoir uning matnini sal-pal "tuzatib", hammuallif bo'lib olishadi.

Qozog'iston mustaqillikka erishgach esa ushbu madhiya va unga bastalangan kuy o'zgarishsiz qoldiriladi. Albatta, undagi sovetlar ulug'langan jumlalar o'zgartiriladi, xuddi bizdagi kabi. (Madhiyamiz haqida yozilgan postga qaralsin)

2000-yilda prezident Nazarboyev davlat madhiyasi o'zgartirish kerakligi haqida ommaviy chiqishlarida aytib o'tadi. Oradan bir necha hafta oʻtgach, parlament deputati N.Rustemov “Qozogʻiston madhiyasini oʻzgartirish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi tashabbusini ilgari suradi. Unga ko'ra, davlatning yangi madhiyasi sifatida Nazarboyev yozgan sheʼr bo'lishi kerak edi. Loyiha ko'rib chiqish uchun e'lon qilinadi va natijada gazetalar unda plagiatni aniqlashadi. Nazarboyevning 1998-yilda chop etilgan “Qozog'im mening” she'ri 1996-yilda Tumanbay Moldagaliev tomonidan yozilgan “Elim mening” bilan bir xil, faqat sarlavhalar bilan farqlanadi xolos. Sharmanda bo'lgan prezident 2001-yil 28 iyunda mamlakat prezidenti parlamentning ikki palatasining majlisiga masalani kun tartibidan olib tashlash iltimosi bilan maktub yuboradi, deputatlar bir ovozdan ovoz berishadi.

Biroq hammasi shu bilan tugamaydi. 2006-yil Qozog'iston Respublikasi madhiyasi "Mening Qozog'istonim" nomli mashhur xalq qo'shig'iga o'zgartiriladi. U 1956-yilda mashhur shoir Jumeken Najimidinov tomonidan yozilgan. Ammo bu she'r matniga ham biroz o'zgartirishlar kiritiladi. Va o'sha tuzatishlarni kiritgan inson "bir yumalab" she'r hammuallifiga ham aylanadi. Bu tuzatishlarni kim kiritganini topingchi?)

Shunday qilib, zamonaviy Qozog'iston davlat madhiyasi rasman shoir Jumeken Najimidinov va Nursulton Nazarboyev "hammuallifligida"da yozilgan.

Bularning hammasi Qayum Muhammadovning taqdiri nima kechdi ekan deb Googlega kirganimdan boshlangan edi.

@panda_books
7.04.2025, 17:08
t.me/panda_books/6550
PA
Panda Books
5 924 подписчика
21
8
859
#xayriya

Bir necha kun oldin ijtimoiy tarmoqlarda taniqli shoir, tarjimon va madaniyat arbobi Yo‘ldosh Eshbek haqida og‘ir xabar tarqaldi. U Chilonzordagi sobiq yotoqxonada, ayoli, nogiron farzandlari va nabiralari bilan bitta kichik oshxonada yashayapti ekan. Ko'zlari esa endi ko‘rmaydi. U tarjima qilgan kitoblar, yozgan she’rlar, yurt uchun qilgan xizmatlar endi unga chiroq bo‘la olmayapti. Yostiqday qalin kitobni ko‘rsatib: “Yarmini tarjima qilishga ulgurdim, ishim chala qoldi”, – deya afsus qilgan uni ko'rishga borgan Farruh Jabborbekka.

Hozirda bu holatga bee'tibor bo'lmagan ziyoli qatlam vakillari, kitobxonlar u kishiga qo'ldan kelgancha yordam bermoqda.

Bu borada “Akademnashr” yana bir xayrli ishga qo‘l uribdi: “Turk she’riyati antologiyasi” — u kishining eng so‘nggi mehnatlaridan biri. Hozir bu kitob sotuvda va endilikda kitob sotuvidan tushgan pulning 100 foizi tarjimon Yo‘ldosh Eshbekka beriladigan bo'libdi. Eng kamida, uni sotib olish orqali tarjimonni qo‘llab-quvvatlashingiz mumkin. Albatta, qurbi yetganlar bundanda ziyoda ishlar qila oladilar.

Kitobda quyidagi shoirlarning asarlari joy olgan:
Yunus Emro, Mehmed Akif Erso‘y, Yahyo Kamol Bayotli, Oshiq Vaysal, Shukufa Nihol Bashar, Ali Mumtoz Oro‘lot va boshqalar.

📙 Faqat 690 dona qolgan.
Narxi: 52.000 so‘m.

📥 Buyurtma uchun:

Pulni quyidagi kartalardan biriga o‘tkazing:
👉 UZCARD: 5614 6819 0845 2158
👉 HUMO: 9860 0601 0240 9871
👉 VISA: 4195 2500 4062 3413
(Farrukh Djabbarov)

Va Chekni @YaxshilikQil_bot ga yuboring.

🚚 Toshkent va viloyatlarga yetkazib berish xizmati bor.

"O‘zingiz suygan narsadan nafaqa qilmaguningizcha, hargiz yaxshilikka erisha olmassiz. Nimaiki nafaqa qilsangiz, albatta, Alloh uni o‘ta biluvchidir". (Oli Imron surasi, 92-oyat).

@panda_books
7.04.2025, 16:45
t.me/panda_books/6549
PA
Panda Books
5 924 подписчика
26
1
750
#muqova

Goʻzal Yaxinaning “Samarqandga yoʻl olgan Eshelon” kitobining shu muqovasi yoqdi..

@panda_books
6.04.2025, 21:05
t.me/panda_books/6548
PA
Panda Books
5 924 подписчика
18
884
Latin

Umuman olganda, butun dunyo lotin tilida gaplashsa kayf boʻlardi…)

Lotincha sevimli iboralaringiz yozib ketishingiz mumkin.

@panda_books
6.04.2025, 15:45
t.me/panda_books/6547
PA
Panda Books
5 924 подписчика
8
7
852
​​Populizm haqida yoza turib, menga uning ilmiy tavsifi qandayligi lozim bo'ldi.

Oxfordning "A Very Short Introduction"ida shunday deyilgan:

"Populizmning asosiy xususiyatlari borasida ilmiy kelishuv yo‘q bo‘lsa-da, uning barcha ko‘rinishlari "xalqqa" murojaat qilish va "elita"ni qoralashni o‘z ichiga olishi haqida umumiy fikr mavjud. Shu bois, populizm doimo hokimiyatni tanqid qilish va oddiy xalqni ulug‘lashni nazarda tutadi, deyish mumkin. Aniqroq aytganda, biz populizmni jamiyatni ikki bir xil va qarama-qarshi lagerga - "sof xalq" va "poraxo‘r elita"ga bo‘lingan deb hisoblovchi, hamda siyosat xalqning umumiy irodasi (volonté générale) ifodasi bo‘lishi kerak, deb ta’kidlaydigan "yupqa-markazli mafkura" (thin-centered) sifatida ta’riflaymiz.

...Mafkura - bu inson va jamiyat tabiati, shuningdek, jamiyatning tuzilishi va maqsadlari haqidagi me’yoriy g‘oyalar majmuidir. "Yupqa-markazli" degani sodda qilib aytganda, bu dunyo qandayligi va qanday bo‘lishi kerakligi haqidagi qarashdir. "Qalin markazli" mafkuralardan (masalan, fashizm, liberalizm, sotsializm) farqli o‘laroq, populizm cheklangan tuzilishga ega bo‘lib, u boshqa mafkuralarga bog‘liq holda namoyon bo‘ladi va ba’zan hatto ularga singib ketadi. Aslida, populizm deyarli har doim boshqa mafkuraviy unsurlarga bog‘liq holda namoyon bo‘ladi, bu esa keng jamoatchilikka jozibali siyosiy loyihalarni ilgari surish uchun juda muhimdir. Shu sababli, populizm o‘z-o‘zidan zamonaviy jamiyatlar keltirib chiqaradigan siyosiy savollarga na murakkab, na keng qamrovli javoblar bera oladi."

@panda_books
5.04.2025, 22:50
t.me/panda_books/6546
PA
Panda Books
5 924 подписчика
11
805
Qay biri kuchliroq qurol?

@panda_books
5.04.2025, 17:47
t.me/panda_books/6545
PA
Panda Books
5 924 подписчика
832
Bitta katta Yandex Plus

Filmlar, musiqa, kitoblar, keshbek ballari va bepul ovqat yetkazib berish - bularning barchasi oyiga atigi 10 000 so'mdan boshlanadigan Yandex Plus obunasi.

Sinab koʻrish

#reklama
plus.yandex.uz
5.04.2025, 17:36
t.me/panda_books/6544
PA
Panda Books
5 924 подписчика
7
2
764
#nazm

Muallif: Omon Matjon. “Turgʻunlik yillari” she’riy dostonidan parcha. 1989-yil.

Oʻqidi: Panda Books.

@panda_books
5.04.2025, 14:21
t.me/panda_books/6543
PA
Panda Books
5 924 подписчика
56
15
875
#haqida

Yaqinda Londonda bir o'zbek oshxonasiga kirdim. Iftordan oldin, hech kim yo'q. Girgitton qiz kutib oldi. "Hi" dedim, keyin "O'zbekmisiz?" deb so'radim, "Ha, assalomu aleykum!" dedi. O'zbekistondan olisda o'z tilingda gaplashish yoqimli albatta. Lekin qizig'i, u yerda bitta rusiyzabon qiz ham ishlarkan. Xo'jayin va barcha ishchilar (men ko'rgan) o'zbek va tabiiyki, anavi qizga ham o'zbekcha gapirishardi, uyam o'zbekcha javob berishga harakat qilardi. "Govorite mne po russki" deyoladimi u qiz? Yo'q, chunki bu 100% xo'jayin talabi, xohlamasa ishsiz qoladi. G'arbga kelsangiz, ruslarning ham biz bilan TENG oddiy bir xalq ekanini ko'rasiz. Bor-yo'g'i shu. Nega bizda ular o'zlarini bunday tutishiga yo'l qo'yamiz?

Kecha Aktivist aytib chiqqan holat achinarli tomoni shuki, bu xuddi Rossiyaning qaysidur shahrida bo'ltgandek taassurot qoldiradi. Masalan, o'zim Maksim Gorkiyda 4 yil yashaganman, bilaman u yerda qanaqa ahvol. Elita tabaqaning katta qismi uyida ruscha gaplashishini ham bilamiz. Bu bitta BONmas, shahar bo'ylab qanchasi shunaqa holatda. Xo'sh nega? Albatta, ataylab qilinadi. Bu bizning kolonial o'tmishimizni eslatib turish, "madaniyatli" insonlar rus tilida gapiradi" degan signal berish. Bo'lmasa 90% xaridori o'zbek bo'lgan qahvaxonalar shunday qiladimi?

Aktivist aslida ulardan xafa bo'lmasligi kerak, chunki ular bizdagi deputatlar va xalqning bunga e'tiborsizligidan zo'r foydalanishyapti, xolos. Masalan, ular Gruziyada shunday qila oladimi? Lola Gruziyada Zara do'konidan qanday sharmandalarcha quvilganini eslang. Bizda hali ungacha yetib kelgani yo'q, ammo shuni kutishimiz shartmi?

Kolonial komadan chiqaylik nihoyat, rasmiy muloqotda YAGONA ALIFBOni tanlaylik, O'ZBEK tilini DAVLAT tili ekani shunchaki gap bo'lib qolmasin. CHetga chiqsangiz bilasiz, hamma o'z TILINI qanchalik hurmat qilishi va qo'llab quvvatlashini. Aslida buni Aktivist aytadigan paytgacha olib kelmaslik kerak edi. U haq. Hammasi to'g'ri. Bu bitta misol xolos.

Bitta narsa tushunaylik: BU DUNYODA O'ZBEK TILI USTUVOR BO'LADIGAN BOSHQA O'ZBEKISTON YO'Q!

@panda_books
5.04.2025, 00:43
t.me/panda_books/6542
PA
Panda Books
5 924 подписчика
10
498
#sarhisob #mart

Oy Sarhisobi.

Mart oyi, umuman, 2025-yilning 25%i o'tib bo'ldi allaqachon. Qishdan eson=omon chiqishga ulgurmay o'qishlar ko'payib ketdi, Ramazon oyini ilk marta uydan olisda o'tkazdim, imtihonlar yaqin....Xullas, juda bir yengil oy bo'ldi deyolmayman.

Yana mazoxistligim tutib Soljenitsin 3 tomini o;qib chiqishga o'zimni majburladim. Mana endi yana bir oyni tugatib sarhisob qilayapman. Umuman kanalda bu 5-yil sarhisob qilishim. Yaqinda kanalga 5 yil to'ladi...

Xullas, kitob o'qishdan to'xtamaylar...

O'qilgan kitoblar:
♻️ Xurshid Davron — "Bibixonim qissasi"
Taqriz 👉 ko'k yozuvni bosing

♻️ Mixail Bulgakov — "Ityurak"
Taqriz 👉 ko'k yozuvni bosing

♻️ Deymon Zahariedes — "30 kunlik samaradorlik"
Taqriz 👉 ko'k yozuvni bosing

♻️ Aleksandr Soljenitsin — "GULAG Arxipelagi"
Taqriz 👉 ko'k yozuvni bosing


Oyning eng qiziqarli postlari:
👉 Kanal hoshiyasidagi bitiklar
👉 Konslagerlarni birinchi kim o'ylab topgan?
👉 Maksim Gorkiy
👉 Muhimi - natija (?)
👉 “GULAG Arxipelagi” haqida
👉 Jasoratning pasayishi (Падение мужество)
👉 “Har doim o’qishga vaqt topadigan odamlar”

Siz-chi, bu oy qaysi kitoblarni mutolaa qildingiz?

@panda_books

Instagram | Youtube | Tiktok
3.04.2025, 20:05
t.me/panda_books/6541
PA
Panda Books
5 924 подписчика
40
2
634
#news

Frenk Gerbertning mashhur “Dyuna” sagasining ilk kitobi yozda oʻzbek tilida “Asaxiy Books” doirasida chop etiladi.

@panda_books
3.04.2025, 15:13
t.me/panda_books/6540
PA
Panda Books
5 924 подписчика
17
1
667
Javob rasmda: Ha, bu apelsin/limon kabi mevalarni siqib sharbat olgich. Hoziram sotuvda bor ekan, futuristic chalg'itgan bo'lsa kerak sizlarni)

Universitetda Digital Media, Online Persuasion and Behavioural Change degan modul tanlaganman.

O'sha bo'yicha ilmiy ish qilib o'tirib shu kitobni varaqlab chiqyotudim. Qiziq muqova va qiziq kitob:)

O'zi o'qiydigan ilmiy, ilmiy-ommabop kitoblarimni ham ko'proq joylab borsammikan yo?

@panda_books
2.04.2025, 18:36
t.me/panda_books/6539
PA
Panda Books
5 924 подписчика
8
1
650
Zakovat savoli:

Kundalik ro'zg'orda ishlatiladigan qaysi buyumning futuristik shakli bu?

Google qilmasdan, Javoblaringizni izohda qodliring.

@panda_books
2.04.2025, 18:29
t.me/panda_books/6538
PA
Panda Books
5 924 подписчика
22
5
644
Bookstore mood…
31.03.2025, 20:02
t.me/panda_books/6537
PA
Panda Books
5 924 подписчика
5
734
Bitta katta Yandex Plus

Filmlar, musiqa, kitoblar, keshbek ballari va bepul ovqat yetkazib berish - bularning barchasi oyiga atigi 10 000 so'mdan boshlanadigan Yandex Plus obunasi.

Sinab koʻrish

#reklama
plus.yandex.uz
31.03.2025, 17:40
t.me/panda_books/6536
PA
Panda Books
5 924 подписчика
Репост
16
6
751
#nazm

Bir odam izladim…
izladim g‘arib,
jufti yo‘q burgutday xunuk qishladim.
Kezdim armon to‘la bir jom ko‘tarib,
malaklar yig‘ladi, itlar tishladi…

Umring uzoq bo‘lsin, ey daryojonim,
husningga hirs bilan nazar solmadim.
Zanjirlar tovshiga to‘lganda yodim,
o‘zingdan o‘zga bir dildor qolmadi.

Qolmadi bir ilinj,
ishonch qolmadi,
vahshiy daholarning makri bilindi.
It bazmi qizigan oysiz shomlardan
qizg‘onib opqochdim daryo dilimni.

Bu chirkin og‘izlar…
singan kallalar,
ig‘vodan, bo‘htondan osilgan tillar…
Hirslar lashkarlari bosgan pallada
shohlarin bo‘g‘izlab tashlagan dillar.

Bu quyosh xo‘rlangan,
bu oy zo‘rlangan…
zarlari talangan bu sodda jabal.*
Qon, aroq,peshobni emib to‘ralgan
buvaklar bo‘kirib yig‘lagan mahal

yo Xudo, dedimu,
nurlar o‘ynagan
peshonam ilk bora tuproqqa tegdi,
yo Xudo, dedimu
erkin gullagan
daryodil samoga dilimni berdim.

Umring uzoq bo‘lsin,
ey daryojonim,
kechalar qarida bir gul yig‘ladi,
yuzimga sachradi bir bulbul qoni,
ko‘nglimga bu dunyo nechuk sig‘madi?!

Nechuk bag‘ringdaman,
kimning ishqida,
Nechuk yolvoraman umringni tilab?
Ulkan jasadimni toshlar ichida
yuvarsan eng nozik qo‘llaring bilan.

Aytgil, ey daryojon,
bormidi zulm?
Tog‘lar silsilasin buzvordi nola:
«Gullarning bargini yemagan gulim,
bulbullar qonini ichmagan bolam.»

— Shavkat Rahmon

@panda_books
31.03.2025, 12:26
t.me/panda_books/6535
PA
Panda Books
5 924 подписчика
4
676
Bitta katta Yandex Plus

Filmlar, musiqa, kitoblar, keshbek ballari va bepul ovqat yetkazib berish - bularning barchasi oyiga atigi 10 000 so'mdan boshlanadigan Yandex Plus obunasi.

Sinab koʻrish

#reklama
plus.yandex.uz
31.03.2025, 10:06
t.me/panda_books/6534
PA
Panda Books
5 924 подписчика
20
3
737
Qadrli do’stlar, barchani kirib kelgan qutlugʻ Ramazon Hayiti bilan tabriklayman!
Alloh taolo tutgan ro‘zalaringizni, ibodatlaringizni va qilgan savoblaringizni dargohida qabul qilsin. Sizga va oilangizga tinchlik, sog‘lik-salomatlik va barakali hayot tilayman!

Hayit muborak bo‘lsin!
@panda_books
30.03.2025, 05:37
t.me/panda_books/6533
PA
Panda Books
5 924 подписчика
9
1.1 k
29.03.2025, 20:44
t.me/panda_books/6532
PA
Panda Books
5 924 подписчика
46
9
1.1 k
Trend ❤️

#ghibli
29.03.2025, 20:44
t.me/panda_books/6531
PA
Panda Books
5 924 подписчика
10
5
745
#newbook #yangikitob

Ochlik. Aslida juda kuchli jismoniy va ruhiy holatni yuzaga keltira oladigan qiziqarli holat.

“Huzur” @huzurkitoblari nashriyoti kirib kelayotgan Ramazon Hayiti bilan qutlab mashhur norveg adibi, 1920-yilgi Adabiyot boʻyicha Nobel mukofoti sovrindori Knut Hamsunning “Ochlik” kitobini va tabrik otkritkasi joʻnatibdi. Juda xursandman! Qaytishim bilan albatta oʻqib chiqaman!

Soʻnggi bor ushbu nashriyotning “Qora suyaklar” kitobini tavsiya qilgandim, bu asar ham soʻzsiz readlistingiz oʻrin olishiga aminman.

@panda_books
29.03.2025, 20:17
t.me/panda_books/6530
PA
Panda Books
5 924 подписчика
14
7
745
​​#review #taqriz

📙Aleksandr Soljenitsin — "GULAG Arxipelagi"

3 tom, 7 qism, 64 bob, 2048 sahifa. Yillar davomida ortga cho'zib yurgan ishimni shu oy bajardim. Soljenitsinning eng katta asarini audio/eversiyada o'qib chiqdim. Va shu bilan hayotimdagi eng katta kitoblardan biri bilan ham tanihdim.

Soljenitsin — og‘riqni qog‘ozga ko‘chira olgan yozuvchi. "Gulag arxipelagi" — bu roman emas. Bu guvohlik. Sovet soyaboni ostiga biriktirilgan yuzlab xalqlarning jim bo'lishga majbur qilingan davrlaridan bizga yetib kelgan qichqiriq. Nido. Biroq Soljenitsin o'zi qichqirmaydi, uning yozmishlari juda jo'yali, jiddiy va bosiq ifoda etiladi. U bo'lib o'tgan voqealarni imkonq qadar xolis tahlil etadi, ilmiy, siyosiy va iqtisodiy tomonlarini mantiq taroziga qo'yib ko'radi, o'quvchiga puxta, pishiq matn taqdim etadi.

Eng dahshatli narsa sodir bo‘lgan voqealarning o'zi emas, balki bu voqealarning qanchalik oson yuz berganida. davlat apparatining qanday qilib xalqqa dushman va bir paytni o'zida xalqning o'zini bir-biriga dushman qilib qo'yganida. Sizni 25 yilga Gulagga shunchaki o'z qo‘shningiz sotib berishi mumkin edi. Yoki siz kirgan do'kon sotuvchisi. Farrosh, Xaridor yoki ko'chada notanish. Soljenitsin bekorga asarini "Арест" (Hibsga olish) bobi bilan boshlamaydi.

Oruellning "Erkinlik bu - qullik" va "Johillik bu - kuch" iboralari aynan Soljentsin ta'riflagan "GULag orollari"ga mos tushadi.
Agar Soljenitsin asarini oruellcha ta'riflaydigan bo'lsak bu tahminan quyidagicha bo'lardi"
Soljenitsin nafaqat tizimni fosh qildi. U fikrlash tarzini fosh qildi:
"Sadoqat vijdondan muhimroq";
"Qo‘rquv adolatdan afzalroq";
"Sukut gapirishdan xavfsizroq".

Nega orollar? Chunki butun SSSR hududi bo'ylab, ayniqsa, uzoq va sovuq o'lkalarida xuddi ulkan ummondagi orollarni eslatib yuboradigan minglab mahbuslar lagerlari paydo bo'ladi. Soljenitsin bu asarida totalitar tuzumning barcha kirdikorlari, g'ayriinsoniy harakatlari, mahbuslarga nisbatan o'ta shafqatsiz munosabatlari, aldov, yolg'on, terror, adolatsizlik va qullik holatlarini bo'y-basti bilan ko'rsatib beradi. Muallif faqat shaxsiy tajribasiga tayanibgina qolmay, balki 227 ta "mahbuslar"ning hikoyalaridan ham foydalangan. (afsuski hammasini ism-sharifi saqlanib qolmagan).

Kanalda "Soljenitsin" deb qidiruv bersangiz, bu oy davomida kitobdan olgan kichik tarjima postlarim bilan tanishishimgiz mumkin. Undan ham ko'proq qilgan bo'lardim, ammo vaqt yetmadi bunga. Va eng yaxshisi, albatta kitobni bir boshidan o'zingiz o'qib chiqishingizdir.

Kitobni o'qish yoqimli bo'ladi deb aytolmayman. Chunki bu mutlaqo yoqimli va qulay mutolaa emas. Bu eng bag'ritosh odamni ham qalbini yumshatadigan asar. Va bu bizga begona emas, ayni siz va bizni bobolarimiz ushbu hayotni yashab o'tganlar, qanchadan-qancha o'zbeklar aybsiz, sudsiz va nohaq qamoqlarga yuborilgan, oq nomi qoralangan, oilalar barbod bo'lgan.

Qachondir bu kitob o'zbek tilida to'liq tarjima bo'lib, maktab darsligi adabiyotlaridan joy olishiga umid qilib qolaman.

@panda_books
28.03.2025, 15:29
t.me/panda_books/6529
PA
Panda Books
5 924 подписчика
19
2
753
50 yil oldin ertalabki Telegram xabarlarni o'qish....

@panda_books
28.03.2025, 14:29
t.me/panda_books/6528
PA
Panda Books
5 924 подписчика
16
3
761
#news

“Mamlakat Oltin Fondi Hamjamiyati” tuziladi

Bu haqida bugun Prezident huzuridagi taqdimotda taklif bildirilgan. Maqsad chet elda o‘qigan yoshlarni vatanimizda o‘z sohasi bo‘yicha munosib ish bilan ta’minlash. Bu borada “Mamlakat oltin fondi hamjamiyati”ni tuzish taklif etilmoqda. U orqali iqtidorli yoshlar yagona platformada birlashtiriladi. Xorijda ta’lim olib qaytganlar uchun imtiyozlar, grantlar, startap dasturlari va boshqa imkoniyatlar yaratiladi. Har yili 25-mayda hamjamiyat qurultoyi o‘tkazilib, unda ta’lim islohotlari, iqtidorli yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlar, chet el oliygohlari tajribasi kabi mavzularda muloqot yo‘lga qo‘yiladi.

Bu asosan “El-yurt umidi” Jamgʻarmasi orqali horijda oʻqib qaytadigan yoshlarga taalluqli boʻlishi aytilmoqda.

Umuman olsak, bu juda yaxshi xabar. Yaqinda yana “El-yurt Umidi” navbatdagi tanlov oʻtkazadi. Topshiringlar.

@panda_books
27.03.2025, 23:20
t.me/panda_books/6527
PA
Panda Books
5 924 подписчика
30
17
984
​​“Har doim o’qishga vaqt topadigan odamlar”

Yaqinda London metrosida ketayotib, bir ayolni ko’rdim. Qo’lida eski, uvadalanib ketgan muqovali kitob. Yonida oddiy telefoni, lekin u ekran emas, sahifa varaqlayapti. Shunga oʻxshash holatni siz ham koʻp bora koʻrgandursiz.

O‘qishga vaqt yo‘q degan bahona aslida ko‘p hollarda o‘zimizni ovutishdan oʻzga narsa emas. Istalgan kishi ish orasida bir bet o‘qiy oladi. Yoki uyqu oldidan ikki sahifa. Yoki doʻkonda/ish bilan biror joyda navbat kutayotib. Ular ko‘p o‘qimaydi, lekin doim o‘qiydi.

Kitob bu — vaqt topolmaganingda ham seni kutib turadigan do‘st. Sen besh daqiqa bersang ham, u seni o‘sha besh daqiqada boshqa goʻzal joylarga olib ketadi.

Shu sabab, telefonni bir chetga qo‘yib, hoziroq huv oʻsha tashlab qoʻyganiz 3-sahifadan boshlang. 300-sahifalik sayohatlar ana shunday boshlanadi.

@panda_books
27.03.2025, 22:07
t.me/panda_books/6526
PA
Panda Books
5 924 подписчика
77
9
950
Sivilizatsiya shunday oʻladi..

@panda_books
26.03.2025, 22:02
t.me/panda_books/6525
PA
Panda Books
5 924 подписчика
12
1
815
Soljenitsindan oxirgi post. Tarjimada uncha ta’sirli chiqmagan, ammo oʻz hayotida juda qiyin damlarni goʻzal tasvirlagan…
26.03.2025, 16:48
t.me/panda_books/6524
PA
Panda Books
5 924 подписчика
14
8
809
Bir vaqtlar juda betoqat eding, doimo shosharding, vaqting yetishmasdi. Endi senga vaqt mo‘l-ko‘l vaqt berildi, sen uning oylari va yillari bilan to‘yinding, orqada ham, oldinda ham – va tomirlaring bo‘ylab fayzli tinchlantiradigan suyuqlik – sabr-toqat tarqalmoqda.

Sen ko‘tarilyapsan...

Ilgari sen hech kimni kechirmasding, shafqatsizlarcha hukm chiqarar va shunchalik beadab maqtardingki – endi hamma narsani tushunish yumshoqligi sening qat’iy bo‘lmagan fikrlaringning asosiga aylandi. O‘zingni zaif deb bilsanggina, boshqalarning zaifligini tushuna olasan. Va boshqaning kuchidan hayratlanasan. Va uni o‘zlashtirishni istaysan.

Oyoq ostidagi toshlar shitirlaydi. Biz ko‘tarilyapmiz...

Yillar o‘tishi bilan yuragingni va butun tanangni zirhlangan chidamlilik qoplaydi. Sen savollar berishga shoshilmaysan, javob berishga ham shoshilmaysan, tiling yengil tebranish qobiliyatini yo‘qotgan. Ko‘zlaring yaxshi xabardan quvonchdan porlaydi va g‘am-g‘ussadan qoraymaydi. Chunki bu shunday bo‘ladimi-yo‘qmi, hali tekshirib ko‘rish kerak. Yana nima quvonch-u, nima qayg‘u ekanini ham tushunib olish lozim. Endi sening hayot qoidang shunday: topganingdan quvonma, yo‘qotganingdan yig‘lama. Ilgari quruq bo‘lgan qalbing endi azob-uqubatdan namlanadi. Yaqinlaringni bo‘lmasa-da, biroq endi ruhan yaqinlaringni sevishni o‘rganasan. Tutqunlikda seni o‘rab turgan ruhan yaqinlaringni. Ko‘pchiligimiz tan olamiz: haqiqiy do‘stlikni ilk bor aynan tutqunlikda bildik! Yana oldingi hayotingda atrofingda bo‘lgan, seni sevgan, sen esa ularga zulm o‘tkazgan qondosh yaqinlaringni... Mana sening fikrlaring uchun minnatdorlik va tuganmas yo‘nalish: avvalgi hayotingni qayta ko‘rib chiq. Barchasini esla…

@panda_books
26.03.2025, 16:40
t.me/panda_books/6523
PA
Panda Books
5 924 подписчика
8
3
774
💰 Bitta kitob oʻqib, 5.000.000 soʻm yutib olishni xohlaysizmi?

🎁 “Mutolaa” jamoasi siz, aziz kitobxonlarni xursand qilish uchun bir qator syurprizlar bilan Ramazon tuhfasini tayyorlab qoʻydi.

• 5000ta BEPUL “Mutolaa Premium”
• Pul mukofoti, noutbuk, planshet, quloqchin va 100 kitoblar sovgʻalari
• Katta kitobxonlik tanloviga start
• Sirli mehmon spiker nutqi
• 3500dan ziyod BEPUL kitoblar

⏰ Bularning barchasi haqida 28-mart, 19:30 jonli efirda bilib olasiz.

— Suhbatda qatnashish uchun quyidagi kanalga oʻtib oling:

https://t.me/+4Ehww3ybXW8yZjMy
https://t.me/+4Ehww3ybXW8yZjMy
https://t.me/+4Ehww3ybXW8yZjMy

#reklama
26.03.2025, 14:48
t.me/panda_books/6522
PA
Panda Books
5 924 подписчика
5
8
724
​​#review #taqriz

📙Deymon Zahariedes — "30 kunlik samaradorlik"

Men odatda bunday kitoblar o'qimayman. Ularning foydasiz deb bilganim uchun emas (lekin ko'pchiligi rostanam foydasiz), balki bunchalik ko'p rejalashtirishni yoqtirmaganim uchun. Yana hayotda hamma narsamni rejali qilishni istamaganim uchundir, bilmadim. Oxrigi bu tipdagi o'qigan yaxshi kitobim bu - "Atom odatlar" edi. Ammo undagi tavsiyalarni ham 100% bajara olmaganman)

Lekin Zahariedesning kitobini qattiq stress bergan Soljenitsindan keyin yengilroq nimadur qidirib, yana hozir yana student bo'lganim uchun, ko'p vaqtimni samarali va unumli sarflash maqsadida shunday tavsiyalarga muhtojligim vajidan oqib chiqdim.

Nomidan ham ko‘rinib turibdiki, kitob 30 ta bobdan iborat. Boblar qisqa bo‘lib, har birida uchta bo‘lim mavjud. Unda ma’lum bir qiyinchilikni va uning namoyon bo‘lishini tasvirlanadi, keyin bu qiyinchilikning samaradorligingizga qanday ta’sir qilishini tushuntiriladi va so'ngra ushbu muammoni yengish uchun bajariladigan harakatlar ketma-ketligi keltiriladi. Unda ko‘rsatilgan qoidalarni darhol qo‘llash mumkin bo‘lgan tarzda yozilgan. Keyinga qoldirmasdan, aynan shu yerda va hoziroq.

Kitobni aynan 30 kun davomida, kuniga bir bobdan o‘qish shartmi? Yo‘q. Har kim o‘z taqdirining ijodkori. Muallif ham shu fikrda. Olingan ma’lumotlarni qanday samaraliroq o‘zlashtirish va ulardan foydalanishni o‘zingiz yaxshiroq bilasiz. Balki siz kitobni ko‘zdan kechirib, barcha asosiy tushunchalar va foydali usullarni darhol eslab qoladigan noyob iste’dod egalaridandirsiz? Bunday holda, kitobni bir necha soat ichida bemalol o‘qib chiqavering.

Kitob kimga mo'ljallangan? U "ishlari juda ko'p-u, lekin vaqtim yo'q deb shikoyat qiladiganlar", "ijtimoiy tarmoqda ko'p vaqt o'tkazadigan" va "diqqatini jamlashga qiynaladiganlar uchun" ayni muddao. Oldin kitobni o'qib chiqasiz, kerakli joylariga e'tibor qaratasiz, lekin hali hech nima qilish shart emas. Keyin esa ikkinchi bor kiotbni qo'lga olasiz. 30 kun chellenj qilib, undagi barcha tavsiyalarni imkon qadar o'zingizning hayotingizga kiritishga urinib ko'rasiz. Samarasi va tajalgan vaqtlarni hisoblaysiz. Olingan hisobotlarni 30 kundan keyin oldingi davringiz bilan solishtirasiz. Agar natija bersa, demak men sizga yaxshi tavsiya qilgan, muallif yaxshi bir kitob yozgan bo'ladi. Natija bermasa ham siz baribir ko'p foydali odatlarni o'zlashtirib olasiz. Win-win.

Barchaga muvaffaqiyatli va samarali kun tilayman!

@panda_books
26.03.2025, 12:47
t.me/panda_books/6521
PA
Panda Books
5 924 подписчика
752
tmpqyqfwbj1.mp4
HONOR X8c — texnologiya kuchi sizning qo'lingizda!

Tungi suratga olish — qorong'ulik endi muammo emas, suratlaringiz yorqin va tiniq! Yangi HONOR AI o'chirgich — bir marta bosish orqali fotosuratlardan ortiqcha obyektlarni o'chiruvchi sun'iy intellekt! Ortiqcha tafsilotlarsiz tiniq kadrlar.

HONOR X8c — Uslub, texnologiya va fotografiya san’ati bitta smartfonda!

Smartfonni texnika do'konlaridan yoki brend saytidan xarid qiling.

Saytga kirish

#reklama
honor.com
26.03.2025, 10:04
t.me/panda_books/6520
PA
Panda Books
5 924 подписчика
Репост
6
4
790
Bestsellerlar, blurblar va Factfulness haqida ba'zi yaxshi gaplarni aytgandim.

Podcastni to'liq tomosha qilish

@panda_books
25.03.2025, 20:11
t.me/panda_books/6519
PA
Panda Books
5 924 подписчика
1
884
tmpvnrd4squ.mp4
HONOR X8c: Просто ВАУ!

Tungi suratga olish — qorong'ulik endi muammo emas, suratlaringiz yorqin va tiniq! Yangi HONOR AI o'chirgich — bir marta bosish orqali fotosuratlardan ortiqcha obyektlarni o'chiruvchi sun'iy intellekt! Ortiqcha tafsilotlarsiz tiniq kadrlar.

HONOR X8c — Uslub, texnologiya va fotografiya san’ati bitta smartfonda!

Smartfonni texnika do'konlaridan yoki brend saytidan xarid qiling.

Saytga kirish

#reklama
honor.com
25.03.2025, 17:34
t.me/panda_books/6518
PA
Panda Books
5 924 подписчика
16
3
910
🤍Dadalar kuchliroq his qiladi buni…
25.03.2025, 15:59
t.me/panda_books/6517
PA
Panda Books
5 924 подписчика
39
22
1.5 k
Bugun “International Tolkien Reading day”

Bayram bilan barcha tolkinistlar va “Uzuklar hukmdori”, “Hobbit” muxlislari!

@panda_books
25.03.2025, 10:18
t.me/panda_books/6515
PA
Panda Books
5 924 подписчика
23
1.6 k
25.03.2025, 10:18
t.me/panda_books/6516
PA
Panda Books
5 924 подписчика
32
6
1.3 k
Agar Pandalar zeriksa yo kayfiyati boʻlmasa, bitta chekkada yolgʻiz oʻtirar ekan.


Pandani ruhlantiradigan soʻzlaringizni izohlarda yozib ketishingiz uchun post.

@panda_books
24.03.2025, 23:32
t.me/panda_books/6514
PA
Panda Books
5 924 подписчика
19
10
1.2 k
​​#review #taqriz

📙Mixail Bulgakov — "Ityurak"

Jaholatga qarshi pamflet. Agar bu asarni 3 so'z bilan ta'rfilash mumkin bo'lganda men shunday atagan bo'lardim.

Qadimdan beri faylasuflar inson tabiati haqida fikr yuritib kelishgan: Platon uni qalbdan, Aristotel aqldan, Freyd esa ongostidan izlagan. Bulgakov shunchaki a’zolar ko‘chirib o‘tkazish bilan it odamga aylanmasligini ko'rsatib beradi. Chunki inson - bu faqatgina tana emas. Bu madaniyat, shaxsiyat, o'tmish, tarbiya va axloqdir. Shaklni ilmiy yo‘l bilan o‘zgartirish - uni mohiyatni ham o‘zgartirish degani emas.

Preobrajenskiy ham, o‘z navbatida, mukammal emas. Preobrajenskiy axloqiy mas’uliyatini unutgan Aql timsoli hisoblanadi. U mo‘jiza yaratadi-yu, uni oqibatlarini o‘ylamay qo‘yib yuboradi. Bunday misollar hozirgi zamonimizda ham qanchalik ko'pligini mendan yaxshi bilasiz. Ammo har safar Xudolikka da'vo qiladigan bunday jamiyat Sharikov kabi tajovuzkor va yovvoyi kimsani yaratadi.

Insoniyat tarixida "ityuraklar" hokimiyat tepasiga kelgan ko‘plab misollar mavjud: Stalin davri, Xitoyda Mao hukmronligi, Kambodjadagi Pol Pot diktatorligi. Har safar - agar inqilobdan so‘ng madaniy va ma’naviy yuksalish yuz bermasa - u vahshiylikka aylanib ketgan.
Bulgakov ta'kidlaganidek, laboratoriyada "odam" yaratib bo‘lmaydi. Skalpel bilan qalb o‘stirib bo‘lmaydi. Bu kitobning asosiy falsafiy xulosasi bo‘lib, u Dostoyevskiy, Nitsshe, Xaydegger g‘oyalari bilan hamohangdir: inson shunchaki tana yoki oddiy murvat emas. U ong, xotira, tarix va erkinlikdir. Agar buni e’tiborga olinmasa, har safar inson emas, balki Sharikov yaralaveradi.

"Ityurak" - bu ogohlantirish qo'ng'irog'i: agar oqibatlari uchun javobgarlikni o‘z zimmangizga olishga tayyor bo‘lmasangiz, inson tabiati bilan o'ynashmang.

Kitob katta emas, tezda o'qib tugatish mumkin. Siz ham ushbu qissaga biroz vaqt ajratishingizni maslahat beraman.

@panda_books
24.03.2025, 16:12
t.me/panda_books/6513
PA
Panda Books
5 924 подписчика
16
5
972
Yaxshi tanqidchi mukammal bo‘lmagan kitobdan ham maqtashga arzigulik narsa topadi; yomon tanqidchi esa adabiyotdan kitoblarni birin-ketin o‘chirib tashlayveradi. Sog‘lom va xayrixoh kishi eng oddiy taomni ham maqtashga sabab topadi, hatto u juda nafis taomlarga o‘rganib qolgan bo‘lsa ham; bemor yoki manman odam esa har qanday ziyofatdan kamchilik izlaydi.

Aytish mumkinki, maqtov - ruhiy salomatlikning so‘z bilan ifodalanishidir.

Klayv Steyplz Lyuis

@panda_books
24.03.2025, 12:46
t.me/panda_books/6512
PA
Panda Books
5 924 подписчика
3
976
tmpkagcp1pz.mp4
Oila - oilangiz uchun umumiy tarif.

🏠Oila tarifi - oila a'zolar, yaqinlar va do'stlarni bir guruhga birlashtirish, trafikni bo'lishish va eksklyuziv raqamli mahsulotlardan foydalanish imkonini beruvchi qulay va foydali yechim.

Oilaviy tarif bilan yaqinlaringiz doimo aloqada. Eng muhim lahzalarni baham ko'ring va muloqotdan birgalikda zavqlaning.

OILA tarifi — eng muhim an'analarni qadrlaydiganlar uchun!

Узнать больше

#reklama
beeline.uz
24.03.2025, 10:04
t.me/panda_books/6511
PA
Panda Books
5 924 подписчика
14
1
611
Oʻtgan yil oʻqiyolmadim, bu yil oʻqirman.

Ammo aniqmas, shuncha kitobga va’da berib qoʻyganman:)
22.03.2025, 21:18
t.me/panda_books/6510
PA
Panda Books
5 924 подписчика
Репост
10
6
597
​​Nima uchun Medichilar oilasi haqida o'qish kerak?

Bu yil Italiya Uyg'onish davrida muhim rol o'ynagan, jumladan, san'at, madaniyat, fan va siyosatga katta ta'sir o'tkazgan Medichilar oilasi haqida o'qishni niyat qilganman. Medichilar san'atning katta homiysi bo'lib, Uyg'onish davrining ko'plab durdonalarini yaratishga hissa qo'shganlar. Medichi oilasi siyosatdagi ta'siri bilan ham tanilgan. Ularning tarixi intrigalar, qiziqarli shaxslar va muhim voqealarga to'la, bu mendek siyosiy tarixga qiziquvchilar uchun ayni muddao.

Medichilar oilasining ko‘zga ko‘ringan vakillaridan biri bo‘lgan Lorenzo the Magnificent nafaqat nufuzli siyosatchi, balki zukko rahbar ham edi. Uning boshqaruv uslublari va yetakchilik qobiliyatlarini o‘rganish bugungi kun rahbarlari uchun saboq bo‘lishi mumkin. Xullas, Medichilar sulolasi haqida o'qish Uyg'onish davrini o'rganish, tarix, madaniyat va san'atga ta'sirining ko'p qirralarini o'rganish imkonini beradi deb o'ylayman.

Quyidagi bu haqidagi eng yaxshi kitoblar:

➖"The House of Medici: Its Rise and Fall" (Medichi uyi: uning yuksalishi va qulashi) Kristofer Xibbert
Bu kitob Medichilar oilasi, jumladan Juliano va uning akasi Lorenzo tarixini qamrab oladi.

➖ "The Medici: Godfathers of the Renaissance" (Medichilar: Uyg'onish davrining cho'qintirgan otalari) Pol Stratern
Kitob asosan Medichilarning Uyg'onish davri san'ati va madaniyatiga ta'siri, shuningdek, siyosatdagi roliga qaratilgan.

➖"The Medici: Power, Money, and Ambition in the Italian Renaissance" (Medichi: Italiya Uyg'onish davrida kuch, pul va Ambitsiya) Pol Stratern
Yuqoridagi muallifning Uyg'onish davrida Medichilarning hayotning turli sohalariga ta'sirini batafsil ko'rib chiqadigan yana bir kitobi.

➖ "The House of Medici: Its Secrets and Its Splendors" (Medichi uyi: uning sirlari va ulug'vorligi) Meri Holland
Muallif Medichilar hayotidagi ichki intrigalar va voqealarni, jumladan, Lorenzo Buyuk va Kosimo de' Medichikar to'g'risida hikoya qiladi.

@panda_books
22.03.2025, 21:17
t.me/panda_books/6509
PA
Panda Books
5 924 подписчика
12
5
691
21.03.2025, 15:51
t.me/panda_books/6508
PA
Panda Books
5 924 подписчика
16
1
666
Nihoyat Soljenitsin tugadi.
Unga qoʻshilib men ham tugadim..

“Gulag arxipelagi”ning 3 tomini o’qib tugatgach, hech qachon oldingidek boʻlolmaysiz..

@panda_books
21.03.2025, 15:49
t.me/panda_books/6507
PA
Panda Books
5 924 подписчика
6
723
tmpl23anckf.mp4
Рамазон – яхшилик ва меҳр-муҳаббат ойи!

HONOR ушбу муқаддас ойда меҳрибонлик ва саховат анъаналарини қўллаб-қувватлаш учун "Кўринмас қаҳрамонлар" ташаббусини бошлади!

Биз фақат ёрдам бериш билан чекланмаймиз – орамиздаги ҳақиқий қаҳрамонларни топамиз ва уларнинг яхшилик йўлидаги илҳомлантирувчи ҳикояларини сиз билан бўлишамиз. Улар – меҳрибон қўшнилар, фидойи устозлар ёки ёрдамга шай инсонлар.

Сиз ҳам ушбу эзгу ташаббусга қўшилишингиз мумкин – яхшилик улашинг, қалбларни қувонтиринг!

Batafsil

#reklama
honor.com
21.03.2025, 10:20
t.me/panda_books/6506
PA
Panda Books
5 924 подписчика
Репост
9
6
583
#travel

YouTube kanalimda “Liverpul shahriga bir kunlik sayohat” videosi joylandi.

https://youtu.be/Cjaks6XvA98?si=Wh0z-JEXu99qZ-6s

Marhamat, tomosho qilinga va zavq oling. Like, obuna va izohlar esdan chiqmasin:)

@bagajsiz
21.03.2025, 10:12
t.me/panda_books/6505
PA
Panda Books
5 924 подписчика
25
650
Bolaligimizda shu kuni issiqqina nonni botirib rosa sumalak yerdik, qari-keksalarni ko'rishga borilardi, umuman odamlar qishdan chiqqani bayram qilishardi.

Bekorga bu yangilanish va yosharish bayrami emasda.

Navro’z bayramingiz muborak bo’lsin!

@panda_books
21.03.2025, 04:51
t.me/panda_books/6504
PA
Panda Books
5 924 подписчика
8
714
tmpk1jj5e4j.mp4
Ramazon – yaxshilik va mehr-muhabbat oyi!

HONOR ushbu muqaddas oyda mehribonlik va saxovat an'analarini qo'llab-quvvatlash uchun "Ko'rinmas qahramonlar" tashabbusini boshladi!

Biz faqat yordam berish bilan cheklanmaymiz – oramizdagi haqiqiy qahramonlarni topamiz va ularning yaxshilik yo'lidagi ilhomlantiruvchi hikoyalarini siz bilan bo'lishamiz. Ular – mehribon qo'shnilar, fidoyi ustozlar yoki yordamga shay insonlar.

Siz ham ushbu ezgu tashabbusga qo'shilishingiz mumkin – yaxshilik ulashing, qalblarni quvontiring!

Batafsil

#reklama
honor.com
20.03.2025, 17:49
t.me/panda_books/6503
PA
Panda Books
5 924 подписчика
11
5
628
“Shamol”.

Hozir sen oʻzing nima xohlaysan? Shu savolga javob berishga oʻrganing.

@panda_books
20.03.2025, 16:30
t.me/panda_books/6502
PA
Panda Books
5 924 подписчика
20
1
633
#myday

University lifedan bir shingil ulashib ketay. Bugun Strategic Communication darsida “Image Repair Theory” mavzusini leksiya va group work shaklida oʻrgandik. Fanlar koʻp emas, ammo hammasi juda dolzarb va qiziqarli mavzularni ichiga olgan. Bu ham shulardan biri.

Kamina tolibi ilm boʻlajak “PRshik” bo’lgani uchun bu kabi mavzular men uchun juda muhim va foydali.

Nomidan ham ma’lumki, post-crisis communication boʻlib, nafaqat celebrity yoki shaxs, balki company va hatto davlatlar reputatsiyalarini qanday qilsa toʻgʻri saqlab qolishni oʻrgatadi. Doskada oʻsha yoʻllardan bir nechtasi keltirilgan.

Jaydarichasiga aytsak “Qovunni kattasini tushirgach” (boshqacha variantiyam bor) uning izini qanday yo’qotish, jamoatchilikdan qanday uzr soʻrash sabogʻidir. “Bizbop ekan” deb qoʻydim ichimda:)

P.s: aytgancha, darsda rasmga olish juda ma’qullanmaydi, ustiga ustak barcha materiallarni professor bosma beradi (yo yuklab olish mumkin) bu sizlar uchun maxsus!:)

@panda_books
19.03.2025, 20:05
t.me/panda_books/6501
PA
Panda Books
5 924 подписчика
7
679
Ozonda mahsulotlaringizni sotishni boshlang

Ozon O’zbekistonda jadal rivojlanmoqda va yangi sotuvchilarni hamkorlikka taklif qiladi. Ozonda muvaffaqiyatli hamjamiyatga qo’shiling va 56 million xaridorga ega bo’lish imkoniyatidan foydalaning! Bepul o’qish va tahlil qilish vositalari maydonchaga tez moslashishga yordam beradi. Bepul ro’yxatdan o’ting va bugunoq o’z biznesingizni boshlang!

Registratsiya

#reklama
seller.ozon.ru
19.03.2025, 17:49
t.me/panda_books/6500
PA
Panda Books
5 924 подписчика
40
697
Hozir calendarga kirib eventlarimni rejalashtiryotib tasodifan o'g'limning tug'ilgan kunini shunchaki "My son's birthday" deb qo'yganimni ko'rdim. Keyin beixtiyor uni edit qilib, o'rniga ismini yozib qo'ydim. Axir, ular allaqachon ikkita:)

Ba'zan qanday bebaho boyliklarimiz borligi uchun Yaratganga shukrona qilishni unutamiz. Yaratganga shukr!

@panda_books
19.03.2025, 17:10
t.me/panda_books/6499
PA
Panda Books
5 924 подписчика
13
2
716
​​#review #taqriz

📙Xurshid Davron — "Bibixonim qissasi"

— Eh, men Bibixonimni ko’rganman…

Asarni yengil mutolaa uchun tanlagandim, uning yana bir nomi "Tugallanmagan doston" (Ha, men yengil mutolaa uchun doston tanlayman:) Nega tugallanmagan? chunki muallif uni boshida xuddi she'riy doston o'laroq boshlab, yo'l o'rtasida turli sabablar o'laroq tashlab qo'yadi. Keyin esa uni nasriy aralashtirib baribir yozib bitiradi.

Doston ham badiiy, ham ilmiy-ommabopdir. Zero, u biz bilgan Bibixonimning biz bilmagan taqdiri haqida. Ma'lum bo'lishicha, 1941-yili Amir Temur, o’g'illari va Jahongirning buyuk nevarasi – Mirzo Ulug’bek qabrlarini ochishganda, malika yotgan maqbarayam ochilgan. Keyinchalik Amir Temurni, unga qo’shib o’g’illari va nevarasini qayta joyiga qo’yishgan. Bibixonim bo’lsa vaqtinchalik Toshkentdagi muzeyga keltirilganu vaqt o’tib butunlay unutilgan. Mana sizga sovetlarning bir insonning mayiti va tarixiy merosimizga bo'lgan hurmati!

Lekin Vatanimiz o'sha qiyin davrlardayam o'z qahramon farzandlarini kamolga yetkizgandi. Mamat Solihovich Yusupov degan Samarqand tarix muzeyining direktori Bibixonimni ortiga qaytarish uchun yo'lga chiqadi... Asar mana shu sarguzasht, shu bilan birga Amir Temur va Samarqand shahrining tarixi atrofida muttasil aylanib, joy almashib turadi.

Nima uchun o'qish kerak?
Avvalo, doston juda foydali, ayniqsa, tarixiy ma'lumotlarga boy. Unda tariximiz haqida ko'pgina yaxshi narsalarni topish mumkin. Tarixga qiziuvchi bir kitobxon sifatida bu hikoyalarni bilish menga zavq bag'ishladi.

Ikkinchidan, dostonni tili juda shirin. Ha, aynan shirin. U juda cho'ziq ham, juda oddiy ham emas, maromida. Xurshid aka o'zbek tilining chiroyli jozibasini imkon qadar olib chiqa olgan deb hisoblayman.

Uchinchidan, bu doston - yosh hikoyanavislar uchun tayyor qo'llanma. Judayam yozishni istayotgan, ammo nimadan boshlashni bilmayotgan uchun muallif yaxshi "shpargalka" qoldirgan. X.Davron hikoyanavislikning turli metodlari, xususan, qahramon tilidan gapirish, muallif ovozidan so'zlash, she'riy qismlar va hatto bir muncha ilmiy-publitsistik uslubdan ustalik bilan foydalanadi. Va ularning bariga (ilmiydan tashqari) badiiylik qo'shadi.

Va eng muhimi bu doston faqatgina Bibixonim haqida emas, balki bizning tarixga bo‘lgan munosabatimizni belgilash haqidadir. O'sha paytlarda butun mamlakat iqtisodi va siyosati markazga qaram edi, undagi yuzlab xalqlar va elatlar tarixini yoritish faqat rus tarixchilari ishlab chiqqan tarixiy nuqtayi nazarga asoslangan edi. Hozir tarixni o'rganish uchun keng yo'l ochilyapti. Bundan foydalanib tarixiy merosimiz to'g'risidagi asarlarni xalqqa tanitishimiz kerak deb o'ylayman.

Zero, Bibixonim shaxsi faqatgina Amir Temurning xotini bo'lgani uchun emas, balki o'zi bilimli, irodali va kuchli shaxsiyati bo'lgani uchun ham e'tiborga loyiq nazarimda.

@panda_books
18.03.2025, 08:38
t.me/panda_books/6498
PA
Panda Books
5 924 подписчика
30
686
#drabbl
“Men va Alter Egom” degan kanalimga 3-odam qoʻshildi…

@panda_books
17.03.2025, 13:59
t.me/panda_books/6497
PA
Panda Books
5 924 подписчика
7
786
Xorijdagi hayotim haqida alohida yozayapman, videolar qilayapman. O'qishdan ortib, sekin-asta qimirlayapman.

Digital Odyssey, Muad'Dib va shunchaki bir O'zbek Pandasining safar haqida kanali bo'lishi kerakku, to'g'rimi?

https://t.me/bagajsiz

lozim topsangizlar...share qiling, ulaning)
17.03.2025, 10:42
t.me/panda_books/6496
PA
Panda Books
5 924 подписчика
36
9
1.2 k
“G‘azoda bolalar va butun boshli oilalar oziq-ovqat va ichimlik suvisiz qolmoqda, siz esa bu yerda kulib o‘tiribsiz. Uyalishingiz kerak!”

Yevropa parlamenti G‘azodagi gumanitar vaziyatni muhokama qilayotgan vaqt Polshaning ittifoq ishlari bo‘yicha vaziri, Kengash vakili Adam Szłapka kulib o‘tiribdi.

@panda_books
17.03.2025, 03:05
t.me/panda_books/6495
Результаты поиска ограничены до 100 публикаций.
Некоторые возможности доступны только премиум пользователям.
Необходимо оплатить подписку, чтобы пользоваться этим функционалом.
Фильтр
Тип публикаций
Хронология похожих публикаций:
Сначала новые
Похожие публикации не найдены
Сообщения
Найти похожие аватары
Каналы 0
Высокий
Название
Подписчики
По вашему запросу ничего не подошло