#Kitobxonlik_haftaligi_2025
Yangi kitob taqdimoti
Mahmud Zamaxshariy nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazida “O‘zbekiston - kitobxonlar yurti” shiori ostida bo’lib o’tayotgan V respublika “Kitobxonlik haftaligi” doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Xorazm viloyati boshqarmasining “Xorazm matbuoti, matbaachilik, noshirlik: tarixi va buguni” nomli kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Unda yozuvchi va shoirlar, jurnalistlar, mehnat faxriylari, faol kitobxonlar, Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti talabalari ishtirok etishdi.
Tadbir davomida markazimiz direktori Rahimboy Qurbonov kitob muallifi - Axborot va ommaviy kommunikatsiyalari agentligi viloyat boshqarmasi boshlig‘i, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi, taniqli jurnalist va adiba Dilbar Bekchanovani yangi kitobi nashr qilinganligi bilan tabrikladi. Markazimiz xizmati rahbari, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi, taniqli yozuvchi Shuhrat Matkarimov, “Xorazm haqiqati” va “Xorezmskaya pravda” gazetalari birlashgan tahririyati bosh muharriri Soliyajon Rahimberganova, Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo‘limi rahbari Gavhar Ibodulayeva, matbuot sohasi faxriylari Husayin Rahmonov, Komiljon Nurjonov, Yozuvchilar uyushmasi a'zosi Qurbon Muhammadrizo, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Umid Bekmuhammad va boshqa mehnat faxriylari, jamoatchilik vakillari kitobda viloyatimiz matbuoti, matbaachilik, noshirlik o‘tmishi va buguni, soha fidoyilari haqida qimmatli ma'lumotlar jamlanganini e'tirof qildilar, muallifni tabriklab, yangi ijodiy yutuqlar tiladilar.
Taqdimot so‘ngida Dilbar Bekchanova kitobning yaratilish jarayoni haqida so‘zlab berdi va ishtirokchilarga minnatdorchilik bildirdi.
📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling�
�
Telegra
m|Faceboo
k|YouTub
e|Websit
e|Instagram