#bilib_qo’ygan_yaxshi
♟Bugun, sohibqiron Amir Temur tavalludining 689 yilligi keng nishonlamoqda. Buyuk sarkarda va yirik davlat arbobi bo‘lishi barobarida Amir Temur — madaniyat, ilm-fan va adabiyotning homiysi sifatida ham tarixda nom qoldirgan.
😀 Amir Temur va temuriylar davrida turkiy tilda (tillarning genealogik tasnifiga ko‘ra hozirgi o‘zbek adabiy tilining uch bosqichli rivojlanish tarixidagi ilk ko‘rinishi, V-XI asrlar) ijod qilgan o‘nlab buyuk shoirlar yetishib chiqdi, yuzlab durdona asarlar yaratildi. Garchi ungacha bu tilda Xo‘ja Ahmad Yassaviy ijod qilgan bo‘lsa-da, Amir Temurdan so‘ng eng mashhur diniy va dunyoviy asarlar turkiyda bitiladigan bo‘ldi.
🖊Ularning orasida “Mirxojnoma” (Hirotda ko‘chirilgan sanasi: 1442), “Baxtiyornoma” (Hirotda ko‘chirilgan sanasi: 1432) va “Tazkirat ul-Avliyo” kabi asarlarini aytish mumkin.
✏️Alisher Navoiy “Muhokamat ul-lug‘atayn” asarida turkiy tilning shakllanishi va adabiy til sifatida iste’molga kirishini Amir Temur shaxsiyati va faoliyati bilan bog‘lagan. Bu borada quyidagi bayti ham ma’lum:
Dahr aro turk shohi foyiqdur,
El aro turk lafzi loyiqdur.
🏅XX asrning buyuk yozuvchisi Chingiz Aytmatov ham, Sohibqironning turkiy til oldidagi xizmatlarini nazarda tutib, hozirgi barcha turkiyzabon xalqlar Amir Temur oldida qarzdor ekanligini ta’kidlagan.
🤝Amir Temur fors va arab tillarini puxta bilgan, ammo o‘z ona tili bo‘lmish turkiy tilni alohida qadrlagan, ko‘pincha nomalar, farmon va yorliqlarni shu tilda bitgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, “Temur tuzuklari” asari ham dastavval turkiy tilda bitilgan bo‘lib, keyinchalik Boburiylar saroyida fors tiliga o‘girilgan.
➡️ Batafsil: "Til xazinasi"