🟦🟦🟦
Seshanba – hokim yordamchilari, yoshlar yetakchilari bilan muloqot va yoshlar bilan uchrashuvlar oʻtkazish kuni.
⏺️
Ohangaron shahri. "O‘zbekiston – kitobxonlar yurti" shiori ostida bo'lib o'tgan "Kitobxonlik haftaligi"ning ochilish marosimida badiiy va adabiy asarlar ko'rgazmasi o'tkazildi.
⏺️
Bekobod tumani. Tegishli mutasaddilar tibbiyot birlashmasida bemorlar uchun yaratilgan sharoitlarni ko'zdan kechirishdi va mutasaddilarga ko'rsatmalar berildi.
⏺️
Nurafshon shahri. Shahar hokimi tomonidan sayyor qabul o'tkazilib, unda aholi murojaatlari, taklif va muammolari tinglandi hamda hal etish yuzasidan nazoratga olindi.
⏺️
Yangiyo'l shahri. Yoshlar ishtirokida o'tgan uchrashuvda mahorat darslari tashkil qilinib, ishtirokchilarning savollariga atroflicha javob berildi.
⏺️
Chinoz tumani. Xalqaro tadqiqotlarda ishtirok etish uchun tanlab olingan oʻquvchilarning ota-onalari bilan bo'lib o'tgan uchrashuvda taʼlimda oʻquvchilarning tanqidiy va ijodiy fikrlashi, taʼlim olishlari uchun qaratilayotgan eʼtibor va yaratilgan sharoitlar boʻyicha atroflicha suhbatlashildi.
⏺️
O‘rta Chirchiq tumani. Tuman hokimi Ixtiyor Qosimov boshchiligida hokim yordamchilari bilan uchrashuv o'tkazilib, sohaga oid masalalar, kelgusida bajarilishi rejalashtirilgan vazifalar muhokama qilindi.
⏺️
Ohangaron tumani. "Kitobxonlik haftaligi"ning ochilish tadbirida tumandagi yoshlar faollik va o'zaro uyushqoqlik bilan ishtirok etdi hamda kitob mutolaasi yuzasidan davra suhbati tashkil qilindi.
⏺️
Yuqori Chirchiq tumani. Nogironligi bo‘lgan shaxslar o‘rtasida sport musobaqasi o‘tkazildi.
⏺️
Toshkent tumani. Madaniyat markazi binosida "Rahbar va yoshlar" uchrashuvi tashkil qilinib, unda 300 nafardan ortiq yoshlarning fikr va takliflari tinglandi.
✅
Telegram 🌐
Website 📹
YouTube 📸
Instagram✅
Facebook 🕊
Twitter