#Baxshi_2025
⚡️ Yurtimizda ilk marotaba 2019-yilda o'tkazilgan Xalqaro baxshichilik festivalining Gran-prisiga Qozog‘iston vakili Uljan Baybusinova munosib deb topilgan.
✅ 1-o‘rin Turkmaniston vakili Kervan Yovbasarov hamda O‘zbekiston vakili Abdunazar Poyonovga;
✅ 2-o‘rin ozarbayjonlik “Oshiqlar dueti” va rossiyalik Ilgam Baybuldinovga;
✅ 3-o‘rin Janubiy Koreya vakili “Hanmyra Art” guruhi hamda O‘zbekiston vakili Gulnara Allambergenovaga nasib etgan.
Shuningdek, Malayziyalik Kamarul Baisax festivalning "Eng yosh ishtirokchi"si sifatida e'tirof etilib, "Eng yoshi ulug‘ ishtirokchi" nominatsiyasida o‘zbekistonlik Otaxon Matyakubov mukofotlangan.
Bundan tashqari, “Muxlislar e'tirofiga sazovor bo‘lgan eng yaxshi ishtirokchi”, “Hay'at a'zolarining mehrini qozongan ishtirokchi”, “Baxshichilik san'ati festivalining eng yaxshi targ‘ibotchisi”, “Mehr-oqibatni tarannum etgani uchun”, “An'analarga sodiq baxshi”, “Qadriyatlar davomchisi”, “Ajdodlarning unutilayotgan urf-odatlarini tarannum etgani uchun”, “Do‘stlik rishtalarini tarannum etgani uchun”, “Xalqlarning qadimiy meros targ‘ibotchisi” nominatsiyalari sovrindorlari ham taqdirlangan.
✅ Ma’lumot uchun, ushbu xalqaro festival 4-marotaba 2025-yilning 26-28-aprel kunlari Xiva shahrida o‘tkaziladi.
❕ Xabardagi videorolik https://t.me/shmirziyoyev/2326 sahifasidan olindi.
😁 O‘zMMSI matbuot xizmati:
🌐 uzmmsi.uz | 📚
ARM EK | ✈️
Telegram | 📒
Facebook | 📷
Instagram | 🖤
YouTube