⚽️ Yoshlar futboli. U-21 jamoasi Muborakda mag'lub bo'ldi
U-21 Chempionatining 7-tur doirasidagi uchrashuvida yosh "Surxonchilar" Bahrom Vafoev stadiumda Mash'al jamoasiga qarshi navbatdagi uchrashuvni o'tkazishdi.
Uchrashuvning 8-daqiqada, Mash'al futbolchisi Choriyev darvozamizga gol urdi. Birinchi bo'limining oxirgi daqiqalarida, raqib jamoaning sardori Samariddinov ikkinchi golni urdi. Tanaffusdan keyin, yoshlar jamoamiz hujumga ko'proq o'tishdi. Buning evaziga, Komron Yusupov uchrashuvda hisobni qisqartirdi - 2:1. Ammo, keyinchalik Mash'al ikki bor darvozamizni ishg'ol qildi va yakuniy g'alabani qo'lga kiritdi. Bundan tashqari, ikkinchi taymda yarim himoyachimiz Umidbek Quvondiqov qizil kartochka olib maydondan chetlatildi
U-21 Chempionati. 7-tur
MASH'AL - SURXON 4:1
Gollar: Choriyev 6', Samariddinov 43', 67', Toshpo'latov 86' (pen) - Yusupov 47'
Surxon (asosiy tarkib): Kozimjon Erkinzoda, Komron Yusupov, Jo'rabek Mamatqulov (s), Umidbek Quvondiqov, Abduvakil Xikmatullayev, Abdulvosit Maxmudov, Behruz Erkinov, Adam Prisyajnyuk, A'zamxon Temirxonov, Asliddin Abdirashidov, Abduraim Abdurashidov
Chetlatish: Umidbek Quvondiqov 84'