❗️❗️❗️❗️❗️
📢 Xalqaro mehnat tashkilotining (XMT) amaliyot dasturiga arizalar qabuli boshlandi!
XMT Birlashgan Millatlar Tashkilotining ixtisoslashgan agentligi boʻlib, butun dunyo boʻylab munosib mehnat orqali ijtimoiy adolatni targʻib qilishga qaratilgan. XMT va uning faoliyati haqida batafsil ma’lumot:
🔵https://www.ilo.org/
📝Dastur haqida:
Mazkur dastur malakali tadqiqotchilar, bakalavriat talabalari, shuningdek, yangi bitiruvchilar uchun XMTning faoliyati bilan bog‘liq sohalarda amaliyot o‘tash imkoniyatlarni taqdim etadi. Amaliyot dasturining maqsadi stajyorlarga 3 oydan 6 oygacha bo‘lgan muddatda XMTning kundalik faoliyati bilan tanishish imkoniyatini yaratishdan iborat. XMTda stajyorlar ofis ishida bevosita ishtirok etish hamda XMT qadriyatlari, tamoyillari, dasturlari, siyosatlari va strategiyalarini qo‘llash orqali xalqaro darajadagi dolzarb masalalarni tushunishlariga yordam beradi.
🔸Nomzodlarga qoʻyiladigan talablar va amaliyot shartlari:
https://jobs.ilo.org/content/Internships/?locale=en_GB
Mavjud 46 ta profildan 8 tasi imkoniyati cheklanganlar uchun maxsus ajratilgan.
Nomzodlar uchun ariza topshirishning oxirgi muddati – 30-aprel (CET 23:59). Profillar faqat shu davrda mavjud bo‘ladi: https://jobs.ilo.org/content/Internships/?locale=en_GB.
Amaliyot to‘liq Xalqaro mehnat tashkiloti tomonidan moliyalashtiriladi. Stipendiya miqdori nomzodning asosiy faoliyat joyiga bog‘liq.Batafsil ma‘lumot:
https://www.ilo.org/
⚠️ XMTga stajirovka o‘tash uchun ariza topshirish uchun nomzodlar XMT ishiga tegishli bo‘lgan aspirantura (magistratura yoki unga tenglashtirilgan) yoki undan yuqori darajali dasturning oxirgi yilida tahsil olayotgan bo‘lishi yoki ariza topshirishdan oldingi yilda shunday dasturni tamomlagan bo‘lishi lozim. Shuningdek, XMT ishchi tillaridan kamida bittasini (ingliz, frantsuz yoki ispan) bilishi va xalqaro, ko‘p madaniyatli, ko‘p tilli muhitga moslasha olishi kerak. Ariza beruvchilar uchun yosh cheklovlari yo‘q.
Ariza topshirish muddati tugagach, tegishli nomzodlarning profillari belgilangan muddat davomida stajyor talab qilayotgan bo‘limlarga taqdim etiladi va amaliyot yil davomida istalgan oyning 1 yoki 15-kunlarida boshlanishi mumkin.
✴️ Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇
Veb-sayt 🌐
Telegram 🌐
Facebook 🌐
Instagram 🌐
YouTube