O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining tegishli farmoyishiga asosan Andijon tumani hududida joylashgan 35-son umumiy o‘rta ta’lim maktabiga biriktirilgan mas’ullar tomonidan tashkiliy va tarbiya-metodik jihatdan manzilli ko‘maklashish borasidagi ishlar davom ettirilmoqda.
Xususan, joriy yilning 23-aprel kuni maktab o‘quvchilari o‘rtasida vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlash maqsadida Andijon viloyati IIBning bir qator sohaviy xizmatlari tomonidan maxsus kuch va vositalari bilan maktabga borilib, o‘quvchilarga ko‘rgazmali tadbir o‘tkazildi.
Tadbir davomida yo‘l harakati xavfsizligi, jamoat tartibini saqlash, tezkor vazifalarni bajaruvchi safarbar otryadi, ekspert kriminalistika va maxsus otryad xodimlari o‘zlarining xizmat avtomashinalari, sohaga oid maxsus vositalari hamda ko‘rgazmali qurollari bilan ishtirok etib, o‘quvchilarni qiziqtirgan savollariga javoblar berishdi.
Hozirda ushbu yo‘nalishdagi amaliy tadbirlar davom ettirilmoqda.
Website |
Facebook |
Telegram |
Instagram |
Youtube