Yangi hududiy laboratoriyalar tarmog‘ini yaratish, real vaqt rejimida suv obyektlarining holati to‘g‘risida birlamchi ma’lumotlarni olishning ishonchliligi va tezkorligini oshirish, ifloslanish darajasi yuqori bo‘lganda vakolatli organlarni tezkor xabardor qilish imkoniyatini yaratish, shuningdek, mutaxassislarni tayyorlashni o‘z ichiga olgan "Yer usti suvlari ifloslanishi monitoringini avtomatlashtirish" loyihasini amalga oshirish boshlandi.
Loyiha bilan Gidrometeorologiya xizmati agentligi negizida Sirdaryo, Amudaryo va Zarafshon daryolari havzasidagi suv obyektlarining ifloslanishini avtomatlashtirilgan tarzda kuzatish va monitoring qilish tizimini yaratish ko‘zda tutilgan.
Loyiha doirasida Ekologiya vazirligi, O‘zgidromet, Suv xo‘jaligi vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Sog‘liqni saqlash vazirligi mutaxassislari uchun BMT YeIK va YUNEP xalqaro vakillari ishtirokida davra suhbati bo‘lib o‘tdi, ular O‘zbekiston yer usti suvlarini monitoring qilish tizimi bo‘yicha o‘z tavsiyalarini bildirdilar va zamonaviy texnologiyalarni qo‘llagan holda suv obyektlarining ifloslanishini monitoring qilishning eng yaxshi amaliyotlari va usullari haqida so‘zlab berdilar.
Loyiha hamkorlari — YUNEP va BMT YeIK ko‘magida Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi va "Zamin" fondi.
—
Начата реализация проекта «Автоматизация мониторинга загрязнения поверхностных вод», включающего в себя создание сети новых региональных лабораторий, повышение достоверности и оперативности получения первичной информации о состоянии водных объектов в режиме реального времени, возможность при возникновении повышенного загрязнения оперативно оповестить компетентные органы, а также подготовку специалистов.
Проектом предусмотрено создание на базе Агентства гидрометеорологической службы системы автоматизированного наблюдения и мониторинга загрязнения водных объектов в бассейне рек Сырдарьи, Амударьи и Заравшана.
В рамках проекта прошёл круглый стол для специалистов Минэкологии, Узгидромета, Минводхоза, МЧС и Минздрава с участием международных представителей ЕЭК ООН и ЮНЕП, которые высказали свои рекомендации по системе мониторинга поверхностных вод Узбекистана и рассказали о лучших практиках и методах мониторинга загрязнения водных объектов с применением современных технологий.
Партнёрами проекта выступают Министерство экологии, охраны окружающей среды и изменения климата, Министерство водного хозяйства, Фонд Zamin при поддержке ЮНЕП и ЕЭК ООН.
Zamin | Facebook | Instagram | YouTube