У вас закончился пробный период!
Для полного доступа к функционалу, пожалуйста, оплатите премиум подписку
FI
Azimjon's Fikrlog
https://t.me/fikrlog
Возраст канала
Создан
Язык
Узбекский
5.71%
Вовлеченность по реакциям средняя за неделю
22.45%
Вовлеченность по просмотрам средняя за неделю

Fikrlar, Hazillar, Sayohatlar

Asosiy kanal: @lazyprogrammer

Сообщения Статистика
Репосты и цитирования
Сети публикаций
Сателлиты
Контакты
История
Топ категорий
Здесь будут отображены главные категории публикаций.
Топ упоминаний
Здесь будут отображены наиболее частые упоминания людей, организаций и мест.
Найдено 52 результата
FI
Azimjon's Fikrlog
11 873 подписчика
316
6
5.0 k
19.99 ming izdosh

6 oy ilgari @fikrlog dagi maqolalarimdan reel tayyorlab instagramda bo'lisha boshlagandik.

Bugun 20k bo'lish arafasida turibdi.

Buni katta maqsadlar uchun yetgan kichik marra deb aytsak bo'ladi. Sizning hissangiz bilangina videolar sifatli chiqyapti.

instagram.com/azim_pulat
24.04.2025, 12:51
t.me/fikrlog/2610
FI
Azimjon's Fikrlog
11 873 подписчика
678
115
5.2 k
Hissiyotlarga ishonmang.

- Og’ir mashq qilganda, nimjon his qilasiz.

- Qiyin mavzuni o’rganib, axmoqdek his qilasiz.

- Sarmoya qilib, kambag’aldek his qilasiz.

- Qo’rqinchli ishlarni qilib, qo’rqoqdek his qilasiz.

Aslida-chi?

Hissiyotlar aldaydi.
Amal gapiradi.
23.04.2025, 03:37
t.me/fikrlog/2609
FI
Azimjon's Fikrlog
11 873 подписчика
659
65
5.7 k
Qo’rqoqlar farzandimiz.

Axmoqlik va dovyuraklik o’rtasida ko’p farq yo’q. Ular ko’p joyda kesishadi.

Qo’rqmaslik = Axmoqlik.
Aqli joyida inson xatarni hisobga oladi — tabiiyki qancha aqlli bo’lsa shuncha qo’rqoqroq bo’ladi.

O’ylab qarang. Qo’rquv bizni qancha xalokatlardan saqlaydi. Ovda quyondan qo’rqib ketgan, sherga yem bo’lganidan yaxshi-ku.

Qo’rqoqlar yashaydi, dovyuraklar o’lib ketadi. Avlodlar almashadi va bugungi kunga kelib oddiygina ishdan ketishga ham qo’rqib qolganmiz.

Xullas, bugun Googledan ishdan ketish jarayonini yakunlashim kerak edi. O’rniga 4 oylik ta’tilga chiqishga kelishdim. Ozgina dovyurakroq axmoqroq bo’lsam edi, ortga qarab eng dovyurak qilgan ishim deb ayta olar edim.

4 oy muddat.
Maqsad aniq.
Otlandik ovga!
22.04.2025, 13:35
t.me/fikrlog/2608
FI
Azimjon's Fikrlog
11 873 подписчика
699
24
5.6 k
Yevropada bir mebel magazini bor - nomi Ikea.

Ulardan mebel xarid qilib, 1 yilgacha istalgan payt qaytarib pulingizni olsangiz bo'ladi. Ammo odamlar bunday qilmaydi - chunki mahsulotga mehri tushib qolgan bo'ladi.

Ikeadan mebel olsangiz - uni uyga olib borib, o'zingiz yig'asiz. Bu jarayonda o'z qo'lingiz bilan "qurgan" mahsulotga mehr uyg'onar ekan. Bu psixologiyada "Ikea Effekti" nomi bilan tanilgan.

Xuddi shunday @qirikki offisini ham o'z qo'llarim bilan "quryapman". Avvaliga "tom"ni o'zim yopdim, tozaladim, hamma narsani liftsiz 6-qavatga tashiyapmiz, nima ish bo'lsa yo'q demay o'zim qilishga harakat qilyapman.

Mahsulotlarni iloji boricha ishlab chiqaruvchiga yaqinroq joydan xarid qilish uchun shahardan tashqariga chiqib kelyapman. Hozircha 20ta stul, stol kerakdir - kim biladi balki kuni kelib minglab olarmiz.

Jarayon muhim!
21.04.2025, 15:33
t.me/fikrlog/2607
FI
Azimjon's Fikrlog
11 873 подписчика
800
56
5.5 k
21.04.2025, 07:53
t.me/fikrlog/2606
FI
Azimjon's Fikrlog
11 873 подписчика
608
22
4.5 k
19.04.2025, 05:56
t.me/fikrlog/2605
FI
Azimjon's Fikrlog
11 873 подписчика
252
39
4.8 k
Ha va Yo'q.

"Yo'q"ni qilish oson, "Ha"ni aytish oson.
"Yo'q" - bitta narsaga yo'q. "Ha" - ming narsaga yo'q.

"Yo'q" - aniq.
"Ha" - umumiy.

"Yo'q" - tinch, lekin qiyin.
"Ha" - oson, lekin shovqin.

"Yo'q" - bu aniq asbob, jarroh skalpeli, bir nuqtaga qaratilgan lazer nuri.
"Ha" - hamma narsani beg'araz ushlaydigan to'mtoq, baliqchi to'ri.

Nimaga "yo'q" deb javob berishni bilish, nimaga "ha" deb javob berishni bilishdan muhimroq.

"Yo'q"ni biling. - @ Jason Fried
19.04.2025, 05:45
t.me/fikrlog/2604
FI
Azimjon's Fikrlog
11 873 подписчика
81
4.7 k
12.04.2025, 15:05
t.me/fikrlog/2601
FI
Azimjon's Fikrlog
11 873 подписчика
82
4.7 k
12.04.2025, 15:05
t.me/fikrlog/2602
FI
Azimjon's Fikrlog
11 873 подписчика
92
5.9 k
12.04.2025, 15:05
t.me/fikrlog/2603
FI
Azimjon's Fikrlog
11 873 подписчика
469
79
4.7 k
Ilm haqida hadislar

Eski kitoblarim orasidan anchadan beri ko’zim tushmagan kitobni qayta topib oldim - 106ta hadis jamlanmasi.

O’qib chiqib ilm olishga va ulashishga xohishim 106 karra oshdi.
12.04.2025, 15:05
t.me/fikrlog/2598
FI
Azimjon's Fikrlog
11 873 подписчика
82
4.7 k
12.04.2025, 15:05
t.me/fikrlog/2600
FI
Azimjon's Fikrlog
11 873 подписчика
82
4.7 k
12.04.2025, 15:05
t.me/fikrlog/2599
FI
Azimjon's Fikrlog
11 873 подписчика
1
IMG_5251.MOV
9-yil keyin bo’lsa ham ulashib qo’yay dedim. O’sha payt ham qaror qilish haqiga gapirgan ekanman.
12.04.2025, 15:05
t.me/fikrlog/2597
FI
Azimjon's Fikrlog
11 873 подписчика
426
25
6.7 k
Notiqlik san’ati musobaqasida qatnashib, 1-o’rinni oldim 🎉

9 yil kech bo’lsa ham ilinay dedim. O’sha payt ham “qaror qilish” haqida gapirgan ekanman.
11.04.2025, 15:26
t.me/fikrlog/2596
FI
Azimjon's Fikrlog
11 873 подписчика
1
1
javob bergan hammaga rahmat
9.04.2025, 14:59
t.me/fikrlog/2595
FI
Azimjon's Fikrlog
11 873 подписчика
1
1
Toshkentda daraxt ekish uchun qandaydir fond bormi?

"Yashil Toshkent" yoki shunga o'xshash fondlarga qanday qilib pul yuborsa bo'ladi? Yuborganlar bormi?
9.04.2025, 14:51
t.me/fikrlog/2594
FI
Azimjon's Fikrlog
11 873 подписчика
1.1 k
27
5.3 k
5 yil Varshavada yashab, Toshkentga kelsam

Bazilar:
- "Varshava Toshkentdan 5-10 yil olinda bo'lsa kerak-a?" deb so'rashadi.

Men ularga:
- "Yo'q, Toshkent oldinda" deyman.

Toshkent 3 soat oldinda Varshavadan.
6.04.2025, 09:47
t.me/fikrlog/2593
FI
Azimjon's Fikrlog
11 873 подписчика
960
17
5.9 k
Nega taksiga chiqmayman?

Ilgari qo’l ko’tarib taksi chaqirardik, endi bu usul ishlamayapti - tekshirib ko’rdim.

Taksi onlayn chaqirish kerak.
Onlayn uchun internet kerak.
Internet uchun sim karta kerak.

3 oy oldin olgan sim kartam o’chib ketibdi. Yangi sim kartani telefonim o’qimadi.
UzIMEI 🤬

UzIMEI da registratsiya qilishim uchun muddat o’tibdi.

Endi eski telefonimni tannarxini hisoblatib, bojxonaga to’lov qilishim kerak ekan.

Shuning uchun metroda yuribman deb o’ylasangiz adashasiz.

Metroda yurish baxt.
5.04.2025, 20:54
t.me/fikrlog/2592
FI
Azimjon's Fikrlog
11 873 подписчика
576
21
5.9 k
Aytgandi, “ehtiyot bo’ling” deb…
5.04.2025, 20:38
t.me/fikrlog/2591
FI
Azimjon's Fikrlog
11 873 подписчика
755
14
5.1 k
Hayit ayyomi muborak!
30.03.2025, 04:15
t.me/fikrlog/2590
FI
Azimjon's Fikrlog
11 873 подписчика
896
10
5.2 k
Ehtiyot bo'ling, eshiklar yopiladi.
Keyingi bekat: Toshkent ✈️
29.03.2025, 16:22
t.me/fikrlog/2589
FI
Azimjon's Fikrlog
11 873 подписчика
415
15
4.9 k
Baku, Ozarbayjon haqida men bilmagan 3 “Sh”

Kaspiy dengiz, hamyonbop narxlar, go'zal arxitektura va yana ko'p boshqa abzalliklari bo'lishiga qaramay - shu 3 "Sh" meni bu yerda ko'proq qolmasligimga sabab bo'ldi.

- Shamol
Baku shamol shahri deb 2 yil ilgari aytgandim. Bu shamol faqat yozda mayin ekan, bahorda 10 °C ob-havoni -2 °C dek izg'irin qilib qo'yarkan. Shamollab qoldim.

- Shovqin
~20ta davlatda bo'lib, bunchalar ko'p musiqa eshitadiganlarni ko'rmagandim. O'zi eshitsa ham mayli, baland qilib hammaga eshittiradi. Ko'chada ham, kafeda ham, taksida ham baland musiqa.

- Shia
75-85% aholisi Shia mazhabiga ergashar ekan, ~15% esa Sunni. Ko'p masjidlar ham aynan Shia mazhabidagilar uchun - Ramazonda nega bu yerga keldim deb ozgina siqildim, keyin Turklarni masjidini topdim.

Shunday qilib, ijod qilish uchun menga Baku to'g'ri kelmas ekan.
27.03.2025, 14:15
t.me/fikrlog/2588
FI
Azimjon's Fikrlog
11 873 подписчика
1.2 k
68
6.8 k
Tungi soat 2. Bakudaman.

Aeroport avtobusi soat 6dan yurarkan, taksi chaqirishga to’g’ri keldi.

Taksist aka zerikkanimdan taksi qilyapman, o’zi taniqli qo’shiqchiman dedi. Ramazonda to’ylar juda kam — uyda o’tiraverib zerikdim dedi.

Taksist: Nima ish qilasan?
Men: Dasturchi-muhandisman

T: Ko’p pul topsang kerak.
M: Soliq katta.

T: Uying bormi?
M: Yo’q

T: Mashinang bormi?
M: Yo’q

T: Xotining bormi?
M: Yo’q

T: Unda nimang bor?
M: Iymonim bor

Aka azoblash xizmatida ham ishlasa kerak, zerikkanidan.
20.03.2025, 04:00
t.me/fikrlog/2587
FI
Azimjon's Fikrlog
11 873 подписчика
832
172
7.6 k
O’ldirish.

Qaror qilish ingliz tilida “decide” degani.

Boshqa “-cide” bilan tugadigan so’zlarni eslang:
- suicide (sui: o’zi, cide: o’ldirish)
- genocide (geno: irq, cide - o’ldirish)
- homocide (homo: odam, cide: o’ldirish)

Nimadirni qaror qildingizmi — undan boshqasi siz uchun o’lgan. Qaror qilish — o’ldirish demakdir.

Qaror qilish erkinlik - qaytib yana bu masalaga/muammoga qaytmaysiz. Hayolingiz, ko’nglingiz taskin topadi.

Kasb - ishsizlikni o’ldiradi
Uylanish - bo’ydoqlikni o’ldiradi
Maqsad - maqsadsizlikni o’ldiradi

O’ldiring, o’z qo’llaringiz bilan.
O’ldirmasangiz - sizni o’ldiradi.
19.03.2025, 04:18
t.me/fikrlog/2586
FI
Azimjon's Fikrlog
11 873 подписчика
910
147
7.4 k
Kimning qarorini yashayapsiz?

18 yoshimda inhadan o'qishdan ketganman - o'z qarorim bilan. Yaxshi qaror bo'lganmi, yomon qaror bo'lganmi - muhimi mening qarorim bo'lgan.

25 yoshimda googledan ishdan ketyapman - o'z qarorim bilan. Yaxshi qarormi, yomon qarormi - muhimi mening qarorim.

O'zgalar siz uchun eng zo'r qarorni qilib bermasin, unga sodiq bo'lmasangiz - u qaror bilan uzoqqa bormaysiz. U sizniki bo'lmasa, qanday unga sodiq bo'lasiz?

Baxtsiz bo'lish oson - o'zgalarni ayblang, vaziyatni ayblang, maslahat bergan insonni ayblang.

O'zingnizni ayblang - baxtga yaqinroq bo'lasiz. Qarorlarni o'zingiz qiling - u bilan yashaysiz.

Qaror qila olmayapsizmi? Istixora o'qing.
19.03.2025, 00:27
t.me/fikrlog/2585
FI
Azimjon's Fikrlog
11 873 подписчика
1.5 k
343
11 k
Google’ga ishga kirishdan ko’ra, ishdan ketish qiyinroq.

Ketmoqchilgim haqida menejerimga aytdim. Menejerim sen bizga keraksan, qancha uzoq qola olsang shuncha yaxshi dedi.

Yengilroq ishlashing uchun imkoniyat qilib beramiz, ketib qolma - yangi kelganlarga bilganlaringni o'rgat, tajribangni qadrlaymiz dedi.

2024-yilda Google’da qo’shgan hissam uchun yillik maoshim ustiga $40k qo'shdi. Mart oyi bonus oyi, oylik oshadigan oy.

Qarorim qat'iy ekanligini aytdim. Unda ham yana imkoniyat - qiziqqan boshqa jamoa, boshqa google mahsuloti va istalgan boshqa davlatga ko'chish. Yana oila bilan! Uylantirib qo'yamiz demadi xolos.

Qanchalik zo'r imkoniyatlar. Lekin...
Qarorim qat'iy.
14.03.2025, 19:01
t.me/fikrlog/2584
FI
Azimjon's Fikrlog
11 873 подписчика
359
11
4.0 k
IMG_3997.JPG
Ilgari “ulg’ayish - mas’uliyat bilan keladi” deb aytgandim.

Bu fikrga qo’shimcha qilib:
mehr va muhabbat — mas’uliyatni majburiyatdan farqlaydi.
5.03.2025, 05:35
t.me/fikrlog/2583
FI
Azimjon's Fikrlog
11 873 подписчика
736
11
5.0 k
Ulg'aygan kunim.

Bu kun sho'x, erkatoy, qaysar Azimjon – mehribon, mas’uliyatli insonga o'zgargan kun, ulg'aygan kun.

Bugun singlimni tug'ilgan kuni.
Tug'ilgan kuning bilan 💕
5.03.2025, 03:47
t.me/fikrlog/2582
FI
Azimjon's Fikrlog
11 873 подписчика
640
25
11 k
🌙️️
1.03.2025, 00:11
t.me/fikrlog/2581
FI
Azimjon's Fikrlog
11 873 подписчика
231
10
5.0 k
Bugun qalam sizniki.

Shuncha payt men yozdim, siz o’qidingiz.
Bugun siz yozing, men o’qiyman.

Qisqa hikoya, kuzatuvlaringiz va hayot bergan saboqlar bilan bo’lishing.

EDIT: yozmalari bilan bo'lishgan hammaga rahmat.

O'quvchilar orasida yozuvchilar ham ko'pligini bilardim va bugun bunga 165 karra amin bo'ldim.
27.02.2025, 11:23
t.me/fikrlog/2580
FI
Azimjon's Fikrlog
11 873 подписчика
440
46
5.9 k
Nima maslahat berasiz: X qilaymi yoki Y?

ijtimoiy tarmoqlarda mendan eng ko'p so'raladigan savol shu. Tanlov ko'p bo'lganida, qaror qilish qiyin bo'ladi - tanlov paradoksi.

Odamlar tanlov paytida optimizatsiya qilishga (eng yaxshisini topishga) harakat qiladi. Vaholangki eng yaxshisi bo'lganida, tez qaror qila olgan bo'lardi.

Dasturchi bo'lishim, Google yoki universitetga kirish yoki ketishim qarori yaxshi/yomon bo'lgan deb aytishim yoki boshqalarga bunday maslahat bershim axmoqlik bo'lardi. Gap qarorlarda emas.

Aslida eng muhimi:
Qaroringizdan keyin nima qilasiz?
Qilgan qaroringiz ustida qancha ter to'kasiz?

Adashib dasturchi bo'lib qolgan insondan, dasturlashni qaysi sohasini o'rganay deb savol so'ravermang. Qarorda adashib ketib, zo'r arxitektor bo'lib ketsangiz ham, adashib doktor bo'lsangiz ham yomon bo'lmaydi.

Demak qaysi qaror bo'lmasin, muhimi unga qanchalik sodiqsiz?
25.02.2025, 13:10
t.me/fikrlog/2579
FI
Azimjon's Fikrlog
11 873 подписчика
441
39
6.1 k
2022-yilgi podkastdan: Sizni kutyapti?

Yozda Londonda Facebookda amaliyot o'tayman. Keyin Varshavaga o'qishni bitirish uchun qaytaman. So'ngra eng katta texnologik kompaniyaga ishga kirmoqchiman (Google va Amazon) va u yerda 1-2 yil ishlayman.

Ishdan ketib, o'z kompaniyamni quraman - ta'lim sohasida. Ta'lim orqali insonlar o'z orzu-maqsadlariga yetishiga va o'zlarining eng yaxshi versiyasini qurishga yordam bermoqchiman.

youtu.be/BPhX9lXIvfw?&t=2214
23.02.2025, 12:37
t.me/fikrlog/2578
FI
Azimjon's Fikrlog
11 873 подписчика
817
140
4.8 k
Google’dagi Azimjon, bog’chadagi Azimjondan ko’p farq qilmaydi. Ikkisi ham erkinlik uchun kurashadi.

5 yoshda 7 kun bog'chada
25 yoshda 7 yil ishda o'tdi.

Google’da ishlash qiyin va men qiyinchilikni sevaman. Katta muammolar, aqlli yechimlar meni bu yergacha olib keldi. Aqlli insonlar bilan birga ishladim, ko'p narsa o'rgandim, ozmi-ko'pmi pul topdim. Endi esa qolishim uchun eng muhim narsa yetishmayapti: mazmun va maqsad.

Kuni kecha anchadan buyon xohlab yurgan ishni qildim: -7 ºC da muzlagan ko’lga tushdim - mazza qildim. Endi o’ylab ko’ring: kimdir meni shu sovuqda ko’lga itarib yuborsa qanchalik razil inson bo’lardi. Sizni siz ko’tara oladigan qiyinchiliklarga majburlay oluvchi yagona inson - o’zingiz. O’sish qiyinchiliksiz bo’lmaydi.

Men ustida ishlaydigan loyihalarning maqsad & mazmuni va eng muhimi ularning taqdiri menga bog’liq bo’lishini, o’zimni qay darajada o’stira olishimni haqiqatda bilmoqchiman. Google bilan xayrlashish vaqti keldi va Google men uchun so’ngi ish beruvchi bo'lganidan xursandman.

Katakli ko'ylakni yechdim.
employee → entrepreneur
22.02.2025, 07:52
t.me/fikrlog/2577
FI
Azimjon's Fikrlog
11 873 подписчика
307
9
5.1 k
Bog’cha.

Bog'chaga tahminan 1 hafta borganimni eslayman. Tarbiyalanuvchi sifatida.

Hozirgidek, o'sha paytlarda ham uyquga ketishim qiyin bo'lgan - soatlab uyqu kelmasdi. Ximchalanayotganlar ovozini eshitib ko'zimni qattiq yumib, o'zimni uxlaganga so'lardim.

Uyda buvam bilan o'tirib Mustang (o'sha yovvoyi ot) haqidagi multfilmni qayta-qayta ko'rardik. Bog'cha aynan shu tutqinlikdek ko'ringan. Ertalab bo'lishi bilan buvamni qo'yniga kirib olardim, ayam meni bog'chaga obormasin deb. Taktika ishlagan.

Buvam olamdan o'tib qolganlaridan keyin endi panoh yo'q. Shunda 5 yosh bo'lsam ham, ayam meni eshitgan. Bog'chaga oborgan, faqat endi ishga - bog'chada hamshira bo'lib ishlardi. Soat 2gacha oldilarida o'tirib, keyin birga uyga qaytardik.

O'zim so'rab, 6 yoshda maktabga chiqdim. 1-kundan keyin afsuslanib kelganimda, ayam o'zing xohlading - "endi ortga yo'l yo'q" deb ma'suliyatni o'zimga topshirgan. Maktab yodlatishini hisobga olmasak (90%), aql ishlatish kerakligi (10%) ancha yoqqan.
21.02.2025, 12:57
t.me/fikrlog/2576
FI
Azimjon's Fikrlog
11 873 подписчика
1
IMG_3874.MOV
20.02.2025, 18:25
t.me/fikrlog/2573
FI
Azimjon's Fikrlog
11 873 подписчика
17
5.1 k
20.02.2025, 18:25
t.me/fikrlog/2575
FI
Azimjon's Fikrlog
11 873 подписчика
18
5.1 k
20.02.2025, 18:25
t.me/fikrlog/2572
FI
Azimjon's Fikrlog
11 873 подписчика
346
17
5.1 k
Bugun bog’chada google’da “Goldberg Mashina”si qurdik.

Jamoalar aro kelishib ishlash, ish taqsimoti, test qilish va integratsiyalashni o’rgandik.
20.02.2025, 18:25
t.me/fikrlog/2571
FI
Azimjon's Fikrlog
11 873 подписчика
17
5.1 k
20.02.2025, 18:25
t.me/fikrlog/2574
FI
Azimjon's Fikrlog
11 873 подписчика
899
80
5.4 k
Google ofislari bog'chani eslatib yuboradi.

Hamma joy rang-barang, 3 mahal ovqatlantiradi, tushlikdan keyin mizg'ib olsangiz ham bo'ladi.

Eng muhimi ba'zi insonlar bog'chadagi bolalardek beg'ubor: archilgan xom sabzini tishlab yeb yurganini ko'rib qolaman. Zerikkanda rasm chizishadi, musiqa chalishadi, badan tarbiya bilan shug'ullanadi. Ee xullas bog'chada. Yaxshi ma'noda.

Qachon @maytab ga chiqaman deb yuribman.
18.02.2025, 18:16
t.me/fikrlog/2570
FI
Azimjon's Fikrlog
11 873 подписчика
888
151
8.6 k
Kimligingizni bilmoqchimisiz?
- Xarajatlaringizga boqing.

2005-yil bir olis tumanga to’yga bordik. Sevinch Mo’minova kelgan - rosa qimmatga, aniq eslay olmayman - aytaylik hozirgi $10,000.

Soat 2. O’yin-kulgu, bo’kkuncha yeyish va qittak-qittak oxiriga yetgan. Hamma uxlashga ketdi, qornim og’rib qoldi. Uy yaqinida hojatxona yo’q. Hovlining boshqa bir burchagida, qo’yxona ichida pahsali xonaga bordik. Kesak olib kir deyishdi…

Xullas o’zingizga qilgan eng yaxshi xarajat - bu hayotingiz sifatini oshirish uchun qilingan xarajat. Maqtanish uchun yoki kayfu-safo uchun qilingan xarajat emas.

1. Ta’lim
2. Sog’lom hayot tarzi
3. Bo’sh vaqtingizni oshirish

uchun qilingan har qanday xarajat aslida xarajat emas balki o’zingizga bo’lgan investitsiyadir.

Ta’lim > To’y
9.02.2025, 00:26
t.me/fikrlog/2569
FI
Azimjon's Fikrlog
11 873 подписчика
227
20
4.2 k
L & P.

L (luxury ya’ni hashamat)ga intiluvchilarga ko'p misol keltirishim shart emas. Ularni ko'p ko'rgansiz, balki ulardan biridirsiz. Balki hovli buzib, qasr qurish bilan banddirsiz. Balki gelik olish orzuyingizdir.

P (pleasure ya’ni rohat)ga intiluvchilarni ashaddiylarini Londonga borganimda ko'rganman. Reysim kechikib kechgi soat 2da Trafalgar maydoni atrofidagi giyohvand insonlarni ko'rib jirkanib, ertasi kuniyoq uyga qaytib ketgim kelgandi.

Juda ko’p potensiali yuqori insonlar bor. Jamiyatga, ummatga katta hissa qo’sha oladi - lekin aynan L & P sabab bu yo’ldan ozadi.

L ham, P ham nafsdan.
Nafs chegarani bilmaydi.
Nafsni yengmoqchimisiz?
7.02.2025, 16:37
t.me/fikrlog/2568
FI
Azimjon's Fikrlog
11 873 подписчика
220
18
4.6 k
Bizning “psixologlar” bu taklifga ijobiy qarashmadi.

Bu shunchaki bir dasturchining ko’rgan-kechirganlari xolos. Ilmiy ko’rinishga olib kelish uchun ustida ko’p ishlash kerak, qo’shilaman.

Ha, P & L piramida ichida ham bor, ammo ularning ehtiyojdan ortig’i sizni yo’ldan ozdiradi. Shuning uchun ham o’z nomi bilan “ehtiyoj” piramidasida.

Hayotda ko’p potensiali yuqori insonlarni ko’rdim. Shu piramida cho’qqisiga chiqa oladi, jamiyatga, ummatga katta hissa qo’sha oladi - ammo negadir yo’ldan ozadi (L yoki P sabab).

@Fikrlog subyektiv, xulosa o’zingizdan.
6.02.2025, 20:12
t.me/fikrlog/2567
FI
Azimjon's Fikrlog
11 873 подписчика
220
94
5.5 k
Masloning ehtiyojlar piramidasi haqida bilsangiz kerak. Bilmasangiz — mana maqola.

Shu nazariyaga qo’shimcha qilmoqchiman. Balki psixologlar fikrimga qo’shilar, balki fanda “Azimjon Kubi” deb nom olar.

Endi Maslo piramidasini kub ichida faraz qiling. Ehtimollar kubi. Kubda barcha ehtiyojlaringiz va hayotingizni qanday o’tkazayotganingiz mumkinligi aks etgan.

Demak kub ichida qanchalik balandlikka chiqa olishingiz bu — potensialingiz. Kub ichida qancha yuqorida bo’lsangiz, shunchalar piramidadan tashqarida bo’lasiz. Piramidadan tashqariga chiqishni — asl ehtiyojingizni unutishga qiyoslash mumkin.

Xo’sh piramidadan tashqarida nima bor? Hozircha 2ta zonaga bo’ldim.

P zonasi — “pleasure” (rohat).
Oddiy kunlik bekorchiliklar, bekorchi va pron videolar ko’rish, chekish, ichish, zino va hatto narkotiklargacha. G’arbda.

L zonasi — “luxury” (hashamat)
Katta to’y, qimmat mashina, hashamatli uy va hk. Sharqda.

Piramida ichi - o’zingizni topish (qiyin), tashqarisi - aldash (oson).
6.02.2025, 12:26
t.me/fikrlog/2566
FI
Azimjon's Fikrlog
11 873 подписчика
607
65
5.7 k
Yana tush ko'rdim.

@fikrlog ni "Azimjon Tushlari" deb nomlamasaydik hali.

Bu gal tushim nafs haqida ma'ruza – nafsga taslim bo'lganlar (misollar) va nafsini yengish haqida bo'ldi.

Nafsingni yengmoqchimisan?
Unda ... "pursue Allah" ya'ni Allohga ergashing
- deyildi (ha, inglizcha tush ko'raman).

Nafs hamma uchun har xil sinov. Kim uchundir mol-dunyo, kim uchundir mansab. Men uchun nafs sinovi... xirs (shu yillarda).

5 yil Polshada yolg'iz yashash oson bo'lmadi. Nafsga taslim bo'lishga yaqin qolgan paytlar bo'lgan – ko'p ma'noda. Alhamdulillah, yengilganim yo'q. Nafsga yengilmaslik uchun Allohdan kuch so'rayman.
5.02.2025, 14:31
t.me/fikrlog/2565
FI
Azimjon's Fikrlog
11 873 подписчика
1
Yana tush ko
5.02.2025, 13:43
t.me/fikrlog/2564
FI
Azimjon's Fikrlog
11 873 подписчика
672
42
5.2 k
Tush ko'rdim.

Tushdan faqat 3ta so'z esimda qoldi.

Yaxshilik ham omonatdir.

Bir qarashda bu so'zlar siz uchun qilingan yaxshiliklar ham aslida omonat, qaytarishingiz kerakligi anglatadi. Onangiz, otaningiz va yaqinlaringiz siz uchun qilgan yaxshiliklarini ularni tirikliklarida qaytarishga urinishiz kerakligini anglatsa...

Ikkinchi tarafdan siz qilgan yaxshiliklaringiz ham bir omonat ekani va bir kuni buning ham ajri borligini anglatar...

Lekin men uchun bu gap yanada kattaroq ma'noga ega bo'ldi. Aynan o'sha tush oldidan Allohdan yaxshilik so'rab duo qilganim va uning yaxshiligiga muhtoj ekanligimni his qilganim bo'ldi.

Hozirgi yaxshiliklarni o'zini sanab sanog'iga yetmadim. Yaxshilik ham aslida omonat ekanligi va omonatning o'zi ham javobgarlik bilan kelishini his qilib...

Uyg'ondim.
2.02.2025, 15:19
t.me/fikrlog/2563
FI
Azimjon's Fikrlog
11 873 подписчика
1
#5Yil #Challenge #Tashkent
2.02.2025, 08:52
t.me/fikrlog/2562
FI
Azimjon's Fikrlog
11 873 подписчика
1
2.02.2025, 08:52
t.me/fikrlog/2561
FI
Azimjon's Fikrlog
11 873 подписчика
365
30
5.8 k
5 yildagi o'zgarish.
2.02.2025, 08:52
t.me/fikrlog/2560
FI
Azimjon's Fikrlog
11 873 подписчика
418
31
4.9 k
So’ngi 5 yil ichida Toshkentga 5 marta borgan bo’lsam, 5 martasida ham kasal bo’ldim. Yozda borganda ham, qishda borganda ham.

Oxirigi martasida, ya’ni 2024 dekabrda kasal bo’lganim, yanvar tugayapti - hali ham men bilan.

Nega ko’p kasal bo’lamiz. Nega dorixonalarimiz bunchalar ko’p. Kapitalizm?

Kecha sinus’larim og’rishni boshladi. Litseyda trigonometriya o’qib yurgan paytlarim esimga tushib ketdi. O’sha paytlar o’tkir frontit bo’lib, 18 yoshga to’lishimga 2 oy qolganida bolalar shifoxonasida 1 oyga yaqin yotgandim. Yaxshi qarashgandi, tuzalib chiqqandim.

19 yoshimda qayta frontit bilan chalinganimda bu gal katta bollar yotadigan Ibn Sino nomidagi 1-shahar shifoxonasiga tushib qolib, 3-4 kun yotib yaxshi bo’lmaganim uchun boshingni yoramiz degandi (qosh tarafdan). Bu eski usul, ommaviy-zamonaviy usullarni ishlating deganimda shifokor “menga aql o’rgatma” deb aytgan. O’lib qolsam davoyim yo’q deb yozib berib kasalxonadan chiqib ketganman.

Xullas shu kunlar yana qaytgandek bo’ldi. Shifokor ko’rigidan qaytyapman, yana o’sha qadrdon bo’lib qolgan sinupret yozib berdi.

Kasal bo’lmang.
29.01.2025, 11:17
t.me/fikrlog/2558
Результаты поиска ограничены до 100 публикаций.
Некоторые возможности доступны только премиум пользователям.
Необходимо оплатить подписку, чтобы пользоваться этим функционалом.
Фильтр
Тип публикаций
Хронология похожих публикаций:
Сначала новые
Похожие публикации не найдены
Сообщения
Найти похожие аватары
Каналы 0
Высокий
Название
Подписчики
По вашему запросу ничего не подошло