🎚✅✅✅✅
😊BUGUN "BARKAMOL AVLOD BOLALAR" FЕSTIVALINING TOSHKЕNT VILOYAT BOSQICH BO‘LIB O‘TADI
✅Ma’lumki, o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishni ta’minlash hamda ularning madaniyat, san’at sport, axborot texnologiyalari, turizm va til o‘rganish yo‘nalishlaridagi qiziqishlarini rivojlantirish, maktabdan tashqari ta’lim muassasalari va darsdan tashqari faoliyat ko‘rsatayotgan “Barkamol avlod” maktablari to‘garaklaridagi o‘quvchilar qamrovini oshirish hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 30-sentyabrdagi “Xalq ta’limi tizimidagi maktabdan tashqari ta’lim samaradorligini tubdan oshirish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4467-son qaroriga muvofiq “Barkamol avlod festivali” o‘tkazib kelinmoqda.
✅Mazkur Festival 2024-yildan boshlab har oyda bir marta respublikadagi barcha “Barkamol avlod” bolalar maktablarida reja-grafik asosida tashkil etiladi.
✅Festivalning asosiy vazifalari⬇️ :
✅O‘quvchilarni bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, bolalarning to‘garaklarga qiziqish darajasini tizimli o‘rganib borish, to‘garaklar rivojlantirishga qaratilgan loyiha va tanlovlarni tashkil etish, kadrlar, to‘garak rahbarlari salohiyatini oshirish;
✅yosh avlodning maktabdan tashqari ta’limga bo‘lgan qiziqishini yanada
kuchaytirish, to‘garak rahbarlarini ma’naviy va moddiy rag‘batlantirish, to‘garak a’zolari safini kengaytirish;
✅umumta’lim maktablari, mahallalarda ko‘rgazmalar yarmarkalarini tashkil
etish, aholi o‘rtasida “Barkamol avlod” maktablarini faoliyatini keng targ‘ib qilish.
✅Mazkur festivalda 6 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan “Barkamol avlod” bolalar
maktablari to‘garak a’zolari ishtirok etadilar.
✅Festival doirasida 7 ta ixtiyoriy yo‘nalishlar asosidatanlov va musobaqalar tashkil etiladi va o‘tkaziladi⬇️:
📎“Madaniyat va san’at” - yo‘nalishi (Milliy raqs);
📎“Texnika, konstruktorlik va modellashtirish” - yo‘nalishi (Dasturlash 3D)
📎“Jismoniy tarbiya va sport” - yo‘nalishi (Stol tennisi);
📎“Hunarmandchilik va qo‘l mehnati” - yo‘nalishi (Zargarlik);
📎“Turizm va ekologiya” - yo‘nalishi (Ekodizayn);
📎“Oliy ta’lim muassasalari va maktabga tayyorlov” - yo‘nalishi (Logika,
o‘yinli matematika, husnixat, o‘qish, tasviriy san’at, teatr va raqs);
📎“Xorijiy tillar” - yo‘nalishi (Fransuz tili).
📢Bugun mazkur Festival Toshkent viloyati bosqichida “Ochiq eshiklar kuni”, “To‘garaklar targ‘ibot kunlari”, ijodiy uchrashuvlar, konferensiyalar, to‘garak rahbarlari uchun o‘quv-seminarlar, ko‘rgazma-yarmarkalar, davra suhbatlari, eko sayillar, konsertlar va boshqa tadbirlar tashkil etiladi.
🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
❤
Telegram | 🌐
Facebook|🔎
Veb-sayt👍@ToshvilmmtbgamurojaatBot