У вас закончился пробный период!
Для полного доступа к функционалу, пожалуйста, оплатите премиум подписку
IQ
Возраст канала
Создан
Язык
Узбекский
40.43%
Вовлеченность по реакциям средняя за неделю
16.8%
Вовлеченность по просмотрам средняя за неделю

Behzod Hoshimov

Gazeta.uz: https://www.gazeta.uz/ru/authors/behzod-hoshimov/

Сообщения Статистика
Репосты и цитирования
Сети публикаций
Сателлиты
Контакты
История
Топ категорий
Здесь будут отображены главные категории публикаций.
Топ упоминаний
Здесь будут отображены наиболее частые упоминания людей, организаций и мест.
Найдено 184 результата
IQ
Iqtisodchi Kundaligi
24 657 подписчиков
Репост
46
11
2.7 k
O'zbekistondagi davlat banklari haqida tasodifan bir daqiqa ichida ikkita postni ko'rib qoldim.

Aynan mana shuning uchun ham shunday gaplarda mutlaqo jon bor.

@uzbekonomics
24.04.2025, 17:14
t.me/iqtisodchi_kundaligi/3353
IQ
Iqtisodchi Kundaligi
24 657 подписчиков
167
20
5.4 k
O’zbekistonda qimmatli qog’ozlar bozori yo’qki, bunday xato savdo qarorlarini narxini bila olmaymiz. Lekin mana - ko’z oldimizda - mehnat quroli, qiymat ishlab chiqarish vositasi bo’lgan kompyuter - bir qaror natijasida, hali qaror kuchga kirishan ham oldin qaryib 16% ga qimmatlashdi.

Barcha tovarlarda shunday qimmatlashuv bo’lishi aniq. Nima ham derdik, iqtisodiyot qonunlari, xuddi tabiat qonunlari kabi - ularni inkor qilish faqat inkor qilivchi zarariga ishlaydi.
24.04.2025, 09:47
t.me/iqtisodchi_kundaligi/3352
IQ
Iqtisodchi Kundaligi
24 657 подписчиков
Репост
171
28
4.9 k
Bojxona 1-maydan boshlab bojsiz olib kelinishi mumkin bo'lgan tovarlar uchun limitlarni kamaytirgandi.

Bayonotda esa hammasi sizlar uchun, hammasi fuqarolar uchun, endi kvartaliga 200$dan ko'piga 30% boj undiramiz deb tushuntirish berishdi.

Lekin oddiy inson sifatida 910$ + 40$ dostavka bo'ladigan narsani 1100$ ga olish nega menga foydali ekanligini hecham tushuna olmayapman?

Balki qandaydir mantig'i bordir, kimdir bilsa izohlarda yozsin.

@nuruddinblogs
24.04.2025, 09:44
t.me/iqtisodchi_kundaligi/3350
IQ
Iqtisodchi Kundaligi
24 657 подписчиков
Репост
28
5.2 k
24.04.2025, 09:44
t.me/iqtisodchi_kundaligi/3351
IQ
Iqtisodchi Kundaligi
24 657 подписчиков
127
9
7.0 k
Amerikada qiziq mulohaza bo'lyapti. Vakolat va masuliyat masalasida. Masuliyati bor vazirlar - vakolati bor lekin masuliyati yo'q maslaxatchilar, jumladan Elon Mask bilan konfliktda.
23.04.2025, 21:56
t.me/iqtisodchi_kundaligi/3349
IQ
Iqtisodchi Kundaligi
24 657 подписчиков
Репост
76
71
5.4 k
#40 BOJLAR BO‘YICHA YANGI NORMALAR, AVIACHIPTALAR MUAMMOSI, PULLIK PARKOVKALAR — Lolazor podcast

📹 https://youtu.be/iuSfDXe7coo

Mundarija:

00:00 Tizer
01:02 Intro
01:32 Mehmonimiz — Behzod Hoshimov
02:52 Tovarlarni bojxona to‘lovisiz olib kirish normalari kuchaytirilmoqda
20:05 AQSHda ko‘p narsalar qonunlar bilan emas, tvitlar bilan boshqarilyapti
23:03 Bojlar qaroridan asl maqsad nima?
32:17 Endi narxlar qimmatlashadimi?
33:10 AQSH JST’dan chiqsa nima bo‘ladi?
46:45 Shakarga aksiz to‘lovi bekor qilindi
57:00 Tramp ziyoli qatlamga urush ochdi
1:08:12 Avia soha to‘g‘risida
1:13:44 Loukosterlar umuman tinmasligi kerak
1:20:11 Chipta olishdagi muammolar
1:25:00 Teskari reaksiya yo‘q
1:31:36 Toshkentdagi o‘zgarishlar
1:32:53 Toshkentda piyoda yurish juda xavfli
1:37:50 Parkovka yo'qligi kimning muammosi?
1:48:27 Tezlikni +5 km/soatga oshirish
1:51:09 Viza hamda migratsiya masalasi
2:10:30 Otabek Bakirovdan kutilmagan bayonot

📻 Podcastni eshitish uchun:

Yandex Music
Spotify
Apple Podcasts
23.04.2025, 13:42
t.me/iqtisodchi_kundaligi/3348
IQ
Iqtisodchi Kundaligi
24 657 подписчиков
188
35
7.5 k
Xususiylashtirish - juda to'g'ri va kerakli chora. Lekin ko'p narsa kabi, detallar muhim. Qanday xususiylashtirish qilinishiga qarab, oqibatlari shunday bo'ladi. Eng to'g'ri siyosat - narx orqali taqsimlanishni belgilash. Hozir eng ko'p kim naqd pul bersa - o'sha tadbirkor eng ko'p foyda keltiradigan bo'ladi. Boshqa sabablarni hammasi - bahona.
23.04.2025, 11:31
t.me/iqtisodchi_kundaligi/3347
IQ
Iqtisodchi Kundaligi
24 657 подписчиков
403
33
8.2 k
Rim papasi - ko’pchilikdan farqli o’laroq, G’azo uchun, G’azo bolalari uchun ko’p narsa qilishga urindi.

Hatto JD Vans bilan uchrashuvda ham shuni aytib o’tibdi.

Kasal bo’lishiga qaramasdan, har kuni G’azodagi cherkovga telefon qilib xabar olib turgan edi. Dunyo uchun katta yoqotish bo’ldi.
23.04.2025, 09:28
t.me/iqtisodchi_kundaligi/3346
IQ
Iqtisodchi Kundaligi
24 657 подписчиков
106
12
6.9 k
Stefanie Stantcheva Klark medalini olibdi!

https://www.aeaweb.org/about-aea/honors-awards/bates-clark/stefanie-stantcheva
22.04.2025, 15:15
t.me/iqtisodchi_kundaligi/3345
IQ
Iqtisodchi Kundaligi
24 657 подписчиков
Репост
327
84
5.4 k
Parij shahri 17 yil ichida havoni sezilarli darajada tozalabdi. Bu davr mobaynida Parijda zararli zarrachalar 55%, azot dioksidi 50% ga kamaygan bo'lsa havoning ifloslanishi bilan bog‘liq o‘limlar 30% ga qisqargan.

Bu natijaga erishish uchun shahar ma’muriyati 500 ta ko‘chada avtomobillar harakatini taqiqladi, yirik mashinalar uchun parkovka narxini oshirdi, Sena daryosi bo‘yidagi yo‘llarni piyodalar hududiga aylantirdi. Shuningdek, veloyo‘laklar va yashil zonalar ko‘paytirildi, 50 mingta parkovka joyi olib tashlandi.

Natijada, 2007-yillarda butun shahar bo‘ylab havodagi azot dioksidi me’yordan yuqori bo‘lgan bo‘lsa, 2024-yilga kelib bu ifloslanish faqat ayrim joylarda qolgan.

Parij misolida ko‘rish mumkinki, toza havo — bu aniq siyosiy qarorlar va jamiyatning qo‘llab-quvvatlashi evaziga erishiladigan natijadir.

@lazizhamidov
21.04.2025, 15:00
t.me/iqtisodchi_kundaligi/3344
IQ
Iqtisodchi Kundaligi
24 657 подписчиков
Репост
125
25
4.1 k
Bunday ishlar umuman yaxshilikka emas. Afsus.

@uzbekonomics
19.04.2025, 21:33
t.me/iqtisodchi_kundaligi/3343
IQ
Iqtisodchi Kundaligi
24 657 подписчиков
Репост
155
19
5.2 k
So’nggi kunlarda Aktual memlar:

Chorshanba kuni Federal rezerv raisi foiz stavkalarini o‘zgartirishdan oldin iqtisodiyotning yo‘nalishi bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlarni kutilishi haqida xabar berdi.

Payshanba kuni Tramp Jerom Pauellning harakatlaridan mamnun emasligi hamda xohlasa uni ishdan bo‘shatishi mumkinligini aytdi.

Xususan, Tramp: “Men uning harakatlaridan mamnun emasman. Agar men uni lavozimidan bo‘shatmoqchi bo‘lsam, u juda tez ketadi, ishonavering. Federal rezerv stavkalarni pasaytirishi orqali amerikaliklar oldidagi burchini ado etishi kerak”
19.04.2025, 08:23
t.me/iqtisodchi_kundaligi/3341
IQ
Iqtisodchi Kundaligi
24 657 подписчиков
Репост
19
5.2 k
19.04.2025, 08:23
t.me/iqtisodchi_kundaligi/3342
IQ
Iqtisodchi Kundaligi
24 657 подписчиков
31
10
5.3 k
Majburiy avtosug‘urta haqida

Daryo.uz'da e’lon qilingan suhbatda sug‘urta sohasi mutaxassislari majburiy avtosug‘urta (ОСАГО) bilan bog‘liq amaldagi tartiblarni muhokama qilishdi.

Suhbatda ta’kidlanishicha, "ОСАГО" bo‘yicha belgilangan tovon miqdori — 40 million so‘m. Shundan 14 million so‘m transport vositasiga yetgan zarar uchun to'lanadi. Bu miqdor 2019-yildan beri o‘zgartirilmagan.

So‘nggi yillarda avtomobil narxlari va ta’mirlash xarajatlari oshgani inobatga olinib, mutaxassislar ushbu me’yorlarni qayta ko‘rib chiqish masalasini ko‘tarishgan.

👉 Suhbatni to‘liq ko‘rish uchun:
https://www.youtube.com/watch?v=J6lUGfO3WpM
18.04.2025, 15:52
t.me/iqtisodchi_kundaligi/3340
IQ
Iqtisodchi Kundaligi
24 657 подписчиков
62
10
5.7 k
Chindan ham, yaxshi yangilik.

Umid qilamanki, import ham shunday bo’lishini.

https://t.me/davletovuz/22695
18.04.2025, 14:25
t.me/iqtisodchi_kundaligi/3339
IQ
Iqtisodchi Kundaligi
24 657 подписчиков
22
6
6.0 k
Qiziq voqeylik:

https://t.me/Mirkonomika/2187
18.04.2025, 10:30
t.me/iqtisodchi_kundaligi/3338
IQ
Iqtisodchi Kundaligi
24 657 подписчиков
61
25
6.2 k
O’zbekistonliklar ham shunday ola olar edi. O’zimiz bu cheklovni qo’yganmiz.

https://t.me/davletovuztw/2484
18.04.2025, 10:22
t.me/iqtisodchi_kundaligi/3337
IQ
Iqtisodchi Kundaligi
24 657 подписчиков
Репост
86
19
6.1 k
Xozir startaplar xaqida ko'p maqolalar o'qiyabman. Ulardan o'zimga yoqgan g'oyalarni yozib turman.
Buni Paul Grahm Do things that don't scale da yozgan:

Startaplarni muvaffaqiyatga erishgan kompaniyalar mezonlari bilan baholamang. Bu xuddi yangi tug'ilgan chqaloqqa qarab, "Bu kichkinda bolacha hech narsaga erisha olmaydi", deb xulosa qilish kabi.

@kremniyolam
18.04.2025, 09:40
t.me/iqtisodchi_kundaligi/3336
IQ
Iqtisodchi Kundaligi
24 657 подписчиков
Репост
46
8
4.1 k
Инфляция кузатувларида ОАВ иштирок этмоқда

Миллий статистика қўмитасининг март ойидаги инфляция даражасини ҳисоблаш бўйича бозорлар, супермаркетлар ва бошқа катта-кичик савдо тармоқларида нарх кузатувларида бир неча ОАВлар иштирок этган.

11 апрель куни “Эски жўва” деҳқон бозори ҳамда Шайхонтоҳур туманидаги савдо ва хизмат кўрсатиш объектларидаги кузатувларда Кун мухбирлари қатнашган.

18 март куни Миробод бозоридаги ўрганишларда эса Газета вакиллари статистика ходимлари ўтказган жараёнларни кузатган.

Инфляция кузатувларида ОАВлар иштироки нафақат жараённи ёритиш учун, шаффофлик ва ишончни таъминлашда ҳам муҳим аҳамиятга эга. Балки шу тажриба баҳона инфляцияни ойда 10 кун эмас, ҳар ҳафталик кесимда кузатишга ўтилар.
16.04.2025, 15:49
t.me/iqtisodchi_kundaligi/3335
IQ
Iqtisodchi Kundaligi
24 657 подписчиков
601
102
9.3 k
Toshkentga kelganimda noodatiy narsani shohidi bo’ldim. Noodatiy ham emas, qandaydir untilgan davr sarqitimi. Oxirgi marta buni o’n yilcha oldin ko’rar edim.

Bilasiz, Toshkent aeroportida yashil yo’lakcha bo’lsa ham, qo’l yukini baribir skannerdan o’tkaztirishadi. O’sha joyda bojxona xodimi menga va yana bir nechta yo’lovchiga “kitoblarni ko’rsatib yuborilar” dedi.

Menda kitob emas, daftar edi. Shuni aytganimdan keyin chiqib ketdim. Lekin yonimdagi 5-6 kishi olib kelayotgan yuklari ichidan olib kelayotgan kitoblar yoki qog’ozli material (masalan daftar yoki kataloglarni) birma bir ko’rsatishni boshlashdi. Eski paytda doim Toshkentga qo’nganimda kitoblarimni varaqlab chiqishar edi, lekin oxirgi yillarda bu narsa to’xtagan edi. Yaxshi edi.

Shunga sayohatchilarga tavsiya - agar aeroportdan tez chiqib ketishni xohlasnagiz, kitoblarni elektron variantda internetda saqlang. Fizik kitoblarni ko’rib chiqishlariga vaqt ketar ekan.
16.04.2025, 09:32
t.me/iqtisodchi_kundaligi/3334
IQ
Iqtisodchi Kundaligi
24 657 подписчиков
Репост
48
67
5.0 k
🍔2025-yil 1-chorakdagi O’zbekistondagi mahalliy venchur fondlari investitsiyalari va venchur fondlardagi kapital holati

Analitik: Davron Parmonov



🍔Local VC Investments to startups and Venture Funds capital in 2025 Q1

Analyst: Davron Parmonov

Instagram | LinkedIn | X (Twitter) | Facebook | YouTubex
15.04.2025, 08:59
t.me/iqtisodchi_kundaligi/3333
IQ
Iqtisodchi Kundaligi
24 657 подписчиков
98
13
6.2 k
Hozir siyosiy kelishuvlarni katta qismi, kim kelib Trampni oyog'ini o'psa (Tramp boshqa tana a'zosini nazarda tutgan bo'lsa ham - adabiyligicha qolsin kanaldagi til) - shu tashkilot yoki korxonaga istisnolar berilishi haqida. Sharoit soatbay o'zgaryapti, lekin hozircha Appleni iphonelariga boj kiritilmaydi deyishmoqda. Lekin bu istisnolar mavjudligi, AQShda misli ko'rilmagan, biz esa o'ta yaxshi biladigan istisnolar uchun keng maydon yaratib beradi. Hozircha siyosiy cho'qinish - oyoqni o'pish, keyin esa balki pora orqali bu istisnolar taqsimlanish xavfi bor. Nima bo'lgan taqdirda ham, yaxshi yangilik emas. Kongress bu borada prezidentni haqqini cheklashi maqsadga muvofiq bo'lar edi.

https://t.me/the_bakiroo/9906
14.04.2025, 10:37
t.me/iqtisodchi_kundaligi/3332
IQ
Iqtisodchi Kundaligi
24 657 подписчиков
1
https://youtu.be/b0mxjD_ahvw?si=HrESjVgWL0hSkZ6z
13.04.2025, 16:12
t.me/iqtisodchi_kundaligi/3331
IQ
Iqtisodchi Kundaligi
24 657 подписчиков
365
22
7.1 k
Tramp bojlari mantig'i. Istisnolar kiritilish natojasida, agar siz smartfon ishlab chiqarish uchun ehtiyot qismlarini olib kirsangiz, katta boj to'laysiz. Lekin tayyor smartfon olib kirsangiz - boj to'lamaysiz. Bu narsani biz albatt ko'rgan edik, lekin AQShda ko'rishimizni kutmagan edim.
13.04.2025, 15:30
t.me/iqtisodchi_kundaligi/3330
IQ
Iqtisodchi Kundaligi
24 657 подписчиков
Репост
40
39
5.0 k
https://www.youtube.com/watch?v=F5aFdpXM3XQ&ab_channel=IslomMoliyasi

@chiroylimoliya TrumpTarifFitnalari...
12.04.2025, 18:00
t.me/iqtisodchi_kundaligi/3329
IQ
Iqtisodchi Kundaligi
24 657 подписчиков
Репост
36
58
5.7 k
Bozor Kimning Qo‘lida? Narxlar Nega Qimmat? | #Gashtak Tahlil

#Gashtak Tahlilning bu sonida Otabek Nuritdinov, Odilbek Isakov va Nodir Nuritdinov Mart oyidagi dolzarb iqtisodiy va ijtimoiy mavzularni muholama qilishdi. Nega oddiy tish pastasi yoki taglik narxi qo’shnilarimizga nisbatan qimmat? Raqobat bormi yoki biz import monopolistlarining tutqunimizmi? Londondagi O’zbekiston Investor kunlarida kim qatnashdi, qanday kelishuvlar bo‘ldi? Tashabbusli Byudjet kerkami yo ko‘zbo‘yamichilikmi? San’atkorlar nega endi soliq to‘laydi? Orol dengizi haqidagi prognozlar nega e’tiborga olinmagan? Bu mavzulardagi ekspert fikrlari, amaliy misollar va ochiq muloqotni ko’ring va fikr bildiring!

📱 https://www.youtube.com/watch?v=QGzivGO5m-0

Toʻliq podkast #Gashtak 📱 YouTube kanalida!
📱 Telegram | 📱 Instagram

Homiylar:
🌐 Moneff | Cappadocia Walton’s | SI-UK
12.04.2025, 13:06
t.me/iqtisodchi_kundaligi/3328
IQ
Iqtisodchi Kundaligi
24 657 подписчиков
44
13
5.9 k
Aholi o’sishini sekinlashuvi sabablari, to’g’risi, aytish juda qiyin. Dunyoning barcha mamlakatlarida kuzatilyapti bu. Nima uchunligini aytish qiyin.

https://t.me/the_bakiroo/9903
12.04.2025, 11:00
t.me/iqtisodchi_kundaligi/3327
IQ
Iqtisodchi Kundaligi
24 657 подписчиков
105
69
6.4 k
NYU Abu Dabi talabasi hikoyasi:

https://youtu.be/L4XonlYPjjg?si=BJusxUdCLCiJGh8E
11.04.2025, 17:46
t.me/iqtisodchi_kundaligi/3326
IQ
Iqtisodchi Kundaligi
24 657 подписчиков
144
19
7.1 k
Byudjetni iqtisod qilmoqchi bo'lgan Elon Maskga ko'ra 2026 moliyaviy yilda 150 milliard dollarga federal xarajatlarini kamaytirib berar ekan. Bundan oldin, u 2 trillion dollarni iqtisod qilishini aytgan edi. Raqamlar vaqt o'tgan sayin haqiqatga qarab ketmoqda.

Aytish joizki, AQShdagi fuqaroviy xarajatlarda korrupsiya darajasi unchalik ko'p emas edi, siyosiy sabablarga ko'ra, tizim anchayin chaxlanib kelgan. Boz ustiga, federal ishchilar soni, oxirgi 40-50 yilda ko'paymagan, vaholanki aholi va iqtisodiyot ancha oshgan. Sabablari ko'p buni albatta. Lekin diqqatga sazovorligi, Elon Mask byudjetni iqtisod qilishda ambitsiyalarini kamaytirgani. Katta afsus bilan aytish kerakki, o'ta muhim sohalarda - kambag'al davlatlarga dori-darmon va yegulik yetkazib berish, yoki ilm-fanga ivestitsiyalar masalasida Mask xarajatlarni rostdan ham kesib tashladi. Bu sohalarni siyosiy muhofaza qiluvchi ovoz beruvchilar yo'qligi, Maskdek oppurtunistlarga bu xarajatlarni kesishga yordam berdi.

Chunki masalan qariyalarni tibbiy xarajatlariga Federal byudjetdan 1.2 trillion xarajat qilinadi - bunday katta xarajatlarga Mask tega olmaydi - chunki ular ovoz beruvchilar. Lekin deylik, Milliy Ilm Fan Fondiga - fundamental ilm fan rivojiga atigi 11 milliard ajratilar edi. Farqi yuz barobar, shu qariyalarni tibbiy xarajatlarini yarim foizga kamaytirsa ham - Milliy Fan Fondini puli chiqar edi. Bu fiskal siyosat. Ovoz beruvchisi yo'q sohalar - ilm fan uchun, fanni qisqartirgani uchun, hech kim kamroq ovoz bermaydi. Afsus, nima ham derdik.
11.04.2025, 10:47
t.me/iqtisodchi_kundaligi/3325
IQ
Iqtisodchi Kundaligi
24 657 подписчиков
119
14
6.5 k
Avia yo’lovchilarimiz soni 5 barobarga oshsa - jon boshiga ko’rsatkichimiz Qozog’istonga yetib olar ekan.

Hali ancha qovun pishig’i bor. Havo Yo’llari aviakompaniyasi mavjud bo’laversa - O’zbeklarga uchish qiyinligicha qolaveradi.

https://t.me/the_bakiroo/9896
10.04.2025, 15:23
t.me/iqtisodchi_kundaligi/3324
IQ
Iqtisodchi Kundaligi
24 657 подписчиков
338
14
5.8 k
Kanalga boost kerak, memlarni qo’yish uchun.

https://t.me/boost/iqtisodchi_kundaligi
10.04.2025, 09:01
t.me/iqtisodchi_kundaligi/3323
IQ
Iqtisodchi Kundaligi
24 657 подписчиков
Репост
84
35
4.4 k
​​Shu kunlarda bozorlarda g'ayrioddiy vaziyat: fond bozori (aksiyalar), obligatsiyalar (AQSh g'aznachilik qog'ozlari), dollar, neft - barchasi qulagan.

G'ayrioddiyligi shundaki, sistematik yoki ma'lum sanoat/korxona risklari oshganligida investorlar riskli aktivlardan (masalan aksiyalar) qochib riski kamroq bo'lgan aktivlarga (masalan obligatsiyalar) borar edilar. Tarixan eng riski kam va likvid bo'lgan aktiv/obligatsiya esa bu AQSh g'aznachilik obligatsiyalari bo'lib kelgan. Fond bozoridan, aksiyalardan chiqqan investorlarning obligatsiyalarga talabi oshganda obligatsiyalarning narxi ko'tariladi va ularning qaytim foizi tushadi (obligatsiya narxi va uning foizi teskari ishlaydi). Ko'pchilik biladigan 10 yillik yoki 30 yillik g'aznachilik obligatsiyalari haqida gap.

Eslatma: fond bozori qulagani (yil boshidan -15%) sababi oddiy: investorlar tariflarning korxonalar va iqtisodiyotga oqibatlarini salbiy baholamoqdalar. Ahmoqona tariflar korxonalar daromadlarini va investitsiyani kamaytiradi, ularning mahsulotlariga talab kamayadi vhzk va oqibatda investorlar korxona daromadliligini qayta ko'rib chiqib portfelda riskni kamaytiradilar.

Endi, AQSh hukumati byudjet defitsitini va xarajatlarni moliyalashtirish uchun bozordan muntazam ravishda qarz olib keladi va bu jarayon kerakli muddatli obligatsiyalarni sotishdan iborat. Shuning uchun bozordagi g'aznachilik obligatsiyalari qaytim foizi juda muhim, chunki AQSh hukumati obligatsiya joylab qarz olganda u qarzni qoplaydigan foiz xarajatlari aynan shu bozordagi foizlarga bog'liq. Qancha foiz stavkasi katta bo'lsa shuncha ko'p foiz xarajatlari byudjetdan ketadi. Demak, qachonki hukumat katta miqdorda bozordan qarz olmoqchi bo'lsa yoki qayta moliyalashtirmochi bo'lsa shu obligatsiyalarning bozordagi stavkasi past bo'lgani yaxshi.

Mana shu yerda "sizlar tushunmayapsizlar, katta o'yin ketib Tramp/Bessent 4D yoki 5D shaxmat o'yini qilishyapti" deganlarning gapi keladi. Ularning fikricha, ataylabdan tariflar va savdo urushini boshlab administratsiya vaqtincha bozorda vahima boshlashgan, ataylab fond bozorini qulatishgan. Chunki hukumat hozirda katta miqdorda foiz xarajatlarini to'layapti va yaqinda qayta moliyalashtirishi kerak, shunga retsessiya qo'rquvi natijasida riski kam aktiv - hukumat obligatsiyalariga talab oshadi, foizi tushadi va natijada shu past stavkada obligatsiyalarni joylab olamiz va yiliga bir necha yuz milliard dollar foiz xarajatini tejaymiz deyishadi. Bu argumentni har kuni eshitamiz. Kremniy vodiysidagi aqlli venchur kapitalistlar ham, MAGAchi iqtisodchilar, yoki internetdagi inflyuenserlar ham shunday deb tariflarni oqlashga harakat qilishmoqda.

Muammo shundaki, bugun AQSh obligatsiyalarning foizi aksincha oshmoqda! Sababi fond bozoridan, riskli aktivlardan chiqqan investor nafaqat obligatsiyalarni olishmayapti, balki portfelida AQSh hukumati obligatsiyalari bo'lgan sotishmoqda. Xedj fondlar ham, Xitoy hukumati ham. Xedj fondlar fond bozoridagi pozitsiyalari qarzlangan (leveraged) va u pozitsiyalarni yopib qarzni qoplash uchun kerak bo'lgan naqd pullarni shu jumladan g'aznachilik obligatsiyalarini sotish orqali qilishmoqda (ikkinchi abzatsda aytilgandek bular likvid). Qo'shimchasiga, 104 foizlik import boji e'lon qilgan AQSh hukumatiga javoban Xitoy hukumati g'aznachilik obligatsiyalarini sotishmoqda degan yangiliklar kecha chiqdi. Boshqa hukumatlar ham sotishni boshlagan bo'lsalar bu juda yomon signal - investorlar AQSh hukumatining obligatsiyalarini endi xavfsiz aktiv sifatida ko'rmayotganliklaridan dalolat.

5D shaxmat o'yini bo'layapi deganlar yoki rostdan ham 5D shaxmatini o'yinini qasddan qilishayotgan bo'lsalar umuman teskari natija olinmoqda. AQSh hukumati qarzi foiz xarajatlari aksincha oshadi! Bir necha yuz milliard dollarlik xarajatni tejaymiz deb bir necha o'n trillionlik zararni bozorlarga yetqazish va iqtisodiyotni buzish o'zini oqlamaydigan telbalik. Bu tariflar 5D shaxmat emas balki shashkaga ham o'xshamaydi. Barchasi ahmoqona va xato illyuziaga asoslangan.

@uzbekonomics
9.04.2025, 19:26
t.me/iqtisodchi_kundaligi/3322
IQ
Iqtisodchi Kundaligi
24 657 подписчиков
Репост
277
13
5.8 k
Ўзбекистондаги бепул ва беминнат энг катта электрон манбаа десаям бўлади. 21 йил бўпти. Интернетдан фаол фойдаланидиган ҳар бир инсон бир марта бўлсаям кириб кўрган бўлса керак.
9.04.2025, 16:08
t.me/iqtisodchi_kundaligi/3321
IQ
Iqtisodchi Kundaligi
24 657 подписчиков
132
2
6.6 k
Neftni narxi tushishi yaxshidir, lekin to'lovi qimmat emasmi?
9.04.2025, 11:55
t.me/iqtisodchi_kundaligi/3320
IQ
Iqtisodchi Kundaligi
24 657 подписчиков
71
35
6.7 k
Video:


https://youtu.be/52AiM95Duv0?si=oOKF7inM9aQdKIOG
9.04.2025, 11:44
t.me/iqtisodchi_kundaligi/3319
IQ
Iqtisodchi Kundaligi
24 657 подписчиков
Репост
42
UzTest Libero памперслари импортини тақиқлаган

Гарчи 7 апрель куни бўлиб ўтган мулоқотда Техник тартибга солиш агентлиги вакили ҳали тагликларнинг синовдан ўтмаганлик ҳолати бўлмади, деганига қарамай, агентлик боласи UzTest’нинг 4 апрель куни Божхона қўмитасига чиқарилган хатида Libero памперслари импортини тақиқлаш чораларини кўриш қайд этилган.

Бу охири эмас. Автомобиль импортини тақиқлаш орқали рақобатни ва рақобатчиларни ўлдириш мумкин бўлган жойда навбат нафақат кондиционер ва памперсга, ҳатто картошка ва гўштга ҳам етади. Чунки улкан маъмурий ва молиявий ресурсларга эга олигархик гуруҳлар агентлик ва UzTest’дан қандай фойдаланиш мумкинлигини кўриб, билиб туришипти.
9.04.2025, 11:28
t.me/iqtisodchi_kundaligi/3318
IQ
Iqtisodchi Kundaligi
24 657 подписчиков
Репост
133
17
6.2 k
Trampning xorijiy avtomobillarga qo’ygan bojidan eng ko’p zararni Amerika kompaniyalari ko’rar ekan.

Chunki boshqa davlatdagi zavodlaridan import qilingan mashinalarni AQShda eng ko’p sotadigan kompaniyalar GM, Ford va Stellantis ekan.

@bmamadiev
8.04.2025, 19:50
t.me/iqtisodchi_kundaligi/3317
IQ
Iqtisodchi Kundaligi
24 657 подписчиков
50
5
6.1 k
Iqtisodchilar bir xil payt do’xtirlar kabi - tashxisni bemorni o’zi qo’ygan bo’ladi, lekin shuni aytaytdigan do’xtirni qidiradi.

https://t.me/uzbekonomics/1182
8.04.2025, 19:39
t.me/iqtisodchi_kundaligi/3316
IQ
Iqtisodchi Kundaligi
24 657 подписчиков
42
81
6.4 k
Tavsiya:

https://youtu.be/_SDQcVs1ScY?si=3o_R3tgWZ53T9ac7
8.04.2025, 15:05
t.me/iqtisodchi_kundaligi/3315
IQ
Iqtisodchi Kundaligi
24 657 подписчиков
145
72
7.1 k
Tariflar - bojlar haqida, chalg'imaslik uchun:

Tramp katta zarar keltira oladimi? Ha, albatta. Undan ham boyroq qilishi mumkinmidi? Ha, agar hech narsa qilmaganida. Zarari trillionlab dollarlardami? Ha, kun sayin oshib bormoqda. Buning natijasida AQSh iqtisodiy qoloq bo'lib qoladimi? Afsuski yo'q, chunki iqtisodiy rivojlanishda AQShning yarmiga ham hech qaysi mamlakat yaqin ham kela olmaydi.

Tariflar va savdo cheklanishi doimo va har yerda katta yomonlikdir. Ozgina cheklanish ozgina yomonlik - ozgina zarar bo'lsa, bunday katta savdo cheklovi - katta zarar.

AQSh dunyodagi eng katta iqtisodiyot. Ba’zi ko‘rsatkichlarga ko‘ra, birinchi o‘ringa Xitoy chiqib qolishi mumkindir, lekin buning sababi – Xitoyda millardan oshiq aholisi borligi, amerikaliklar esa ancha kamroqligidan. Xitoylik ishchilarning mehnat samaradorligi amerikalik ishchilarning samaradorligiga yaqin ham emas. Samaradorlik - daromadning asosiy sababi.

Amerika iqtisodiyoti o‘nlab yillar davomida dunyodagi eng ilg‘or iqtisodiyot bo‘lib kelmoqda va tabiiyki yaqin kelajakda ham shunday bo‘lib qoladi.

Davlat qarzi Qo‘shma Shtatlar uchun katta muammo emas.

AQSh deyarli barcha yuqori texnologik sohalarida va ilm-fanda dunyoning yaqqol yetakchisi bo‘lib qolmoqda. Tramp ilm-fan va texnologiyalarga o'ta katta zarar yetkazishi bilan, yaqqol yetakchilikni qo'yib yuborishi qiyin. 30 - yillardagi Germaniyada ham buni uddalash uchun 10 yildan ko'p vaqt kerak bo'ldi, hozirgi ilm-fanga qarshi urushni ko'lami ancha kamroq, lekin baribir katta.

Agar AQShning savdo siyosati natijasida global iqtisodiy inqiroz ro‘y bersa, hammaga zarar yetadi, lekin AQSh barcha mamlakatlarga qaraganda ancha kamroq ziyon ko‘radi. Odamlar va mamlakatlar AQSh qimmatli qog‘ozlarini ko'proq sotib olishadi va hozirdan ham ko'ra ko'proq dollarga o‘tishadi.

Tramp ko'p va xo'b xato qilishi mumkin, ammo bu "iqtisodiy mashina”ni hattoki Trampdek ahmoq ham buzib tashlay olmaydi. Bu iqtisodiy gigant, insoniyat tarixidagi unikal bir tizim.
8.04.2025, 14:51
t.me/iqtisodchi_kundaligi/3314
IQ
Iqtisodchi Kundaligi
24 657 подписчиков
60
5
6.0 k
Kamtarlik albatta oqibat, sabab emas:

https://t.me/the_bakiroo/9875
8.04.2025, 09:50
t.me/iqtisodchi_kundaligi/3313
IQ
Iqtisodchi Kundaligi
24 657 подписчиков
Репост
61
21
5.4 k
Podkastimizning yangi soni chiqdi. Dolzarb va o'ta muhim mavzu.

51 - Ozodlik kuni (Liberation day)

Youtubeda video: https://youtu.be/w_O8gIrIUrE
Audio formatda:
Spotify | Apple Podcast | Yandex Music | Podbean

Tinglang, ko'ring, do'stlaringiz bilan ulashing va izoh qoldiring.

Podkastimiz hamkori - aksiyadorlik tijorat banki "AloqaBank".
http://www.aloqabank.uz/
https://zoomrad.uz/

@uzbekonomics
7.04.2025, 19:53
t.me/iqtisodchi_kundaligi/3312
IQ
Iqtisodchi Kundaligi
24 657 подписчиков
116
6
6.7 k
AQSh siyosati haqida bir kuzatuvim shundaki - bugungi kundagi ahvol 1780 yildan ham, 1950 yildan ham, 1980 yildan ham, 2004 yildan ham obyektiv o’lchamda ancha yaxshiroq.

Lekin hech bir siyosiy qatlam buni tan olgisi kelmayapti. Bu haqida saylovchilar eshitgisi ham kelmayapti.
7.04.2025, 09:46
t.me/iqtisodchi_kundaligi/3311
IQ
Iqtisodchi Kundaligi
24 657 подписчиков
226
18
6.8 k
Trampning saylanishiga katta hissa qo’shgan va ko’p harakat qilgan moliyachi Bill Akman: “qirolim yaxshi, lekin atrofidagi maslaxatchilari yomon” demoqda.
7.04.2025, 09:43
t.me/iqtisodchi_kundaligi/3310
IQ
Iqtisodchi Kundaligi
24 657 подписчиков
58
9
6.7 k
AQShdagi ishlab chiqarishda ishlaydigan aholi ulushi.

Xitoyning JSTga kirishi yoki 1994 yildagi Shimoliy Amerika erkin savdo kelishuvi ham - ishlab chiqarishda mehnat qilaydiganlar soniga keskin ta’sir qilmagan. Boyish natijasida AQShda kamroq odam sanoatda - ko’proq odam xizmat ko’rsatishda ishlashni boshlagan xolos.
7.04.2025, 09:36
t.me/iqtisodchi_kundaligi/3309
IQ
Iqtisodchi Kundaligi
24 657 подписчиков
52
12
6.5 k
Smut Xouli bojlarini qabul qilinishi va Tramp bojlarini qabul qilinishiga bozorlarni reaksiyasi.

To’q ko’k rang - Tramp bojlariga reaksiya.
7.04.2025, 09:30
t.me/iqtisodchi_kundaligi/3308
IQ
Iqtisodchi Kundaligi
24 657 подписчиков
170
15
6.4 k
Bojlar haqida yana bir qiziq narsa - yarim administratsiya va ko’pgina yetakchi respublikachilar buni “muzokara taktikasi”, “Tramp bozorni vaqtincha silkitmoqchi” deyishmoqda. Endi qarang - siz ishlab chiqaruvchi bo’lsangiz, “muzokara taktikasi” bo’lgan bojlarga tayanib albatta yangi ishlab chiqarishni tashkil qilmaysiz. Investitsiya qilishni “yaxshi paytlar” kelishigacha muzlatib qo’yasiz xolos.

Aytmoqchi, O’zbekiston bunga yaxshi misol - bizda bojlar baribir bunchalik baland bo’lib turmasligini hamma biladi. Shunga ham lokal sarmoya yo’q. Biz ham “JSTga kirish taktikasi” deb faqat o’zimizni aldayapmiz.
6.04.2025, 20:08
t.me/iqtisodchi_kundaligi/3307
IQ
Iqtisodchi Kundaligi
24 657 подписчиков
177
17
6.6 k
Tramp qo’yayotgan bojlar shuni yaxshi ko’rsatayaptiki - boy insonlarni (OAV ularni oligarxlar deb ham atagan) Tramp administratsiyasiga ta’siri o’ta cheklangan. Qandaydir ma’noda afsus bilan aytish kerakki, oligarxlar nafaqat qaror qabul qilishmayapti, balki ta’sirlari ham prinsipal masalalarda o’ta cheklangan.
6.04.2025, 15:37
t.me/iqtisodchi_kundaligi/3306
IQ
Iqtisodchi Kundaligi
24 657 подписчиков
Репост
67
21
5.6 k
​​Jastin Volfers   tariflarning zarari haqida yaxshi kolonka yozibdi:

“Bu safargi tariflar Trampning birinchi prezidentlik muddati davomida joriy qilgan tariflariga qaraganda 50 baravar og‘irroq bo‘lishi mumkin.

2018 yilda Trampning nisbatan mo‘tadil tariflari natijasida kir yuvish mashinalari narxi taxminan 100 dollarga oshgan edi. Shu sababli, ko‘plab oilalar yangi mashina sotib olish o‘rniga eskisini uzoqroq ishlatishga qaror qilishdi. Biroq bu tanlov yangi xarajatlarni keltirib chiqardi: eski mashinadan keladigan g‘ayrioddiy shovqinlar, yuvish tugagandan so‘ng ham ho‘l qolayotgan kiyimlar, shuningdek elektr hamda suv uchun xarajatlarning ortishi.

Tariflarning haqiqiy narxi shunchaki to‘g‘ridan-to‘g‘ri hisobingizdan chiqadigan pul bilan cheklanmaydi. Kir mashinasiga yuklarni qayta joylash uchun sarflagan vaqtingiz ham, kiymlarni qo‘lda siqib quritishga ketadigan vaqtingiz ham xarajat hisoblanadi. Tariflar nafaqat narxlarni oshirgani uchun, balki qarorlaringizni majburiy o‘zgartirib, uzoq muddatda sizdan qo‘shimcha vaqt va resurslar talab qilgani uchun ham zararli.

Bu  safargi tariflar keng qamrovli bo‘lib, har bir xaridlarga ta’sir ko‘rsatadi. Har safar siz odatiy tanlovlaringizni qayta ko‘rib chiqishga, muqobillarini izlashga va yangi yo‘llarni topishga majbur bo‘lasiz. Masalan, yangi avtomobil o‘rniga foydalanilganini sotib olish, yangi kiyim o‘rniga arzonroq brendlarga o‘tish yoki yangi dorilar o‘rniga kam samarali, lekin arzonroq muqobillaridan foydalanish.

Bundan tashqari, tariflar nafaqat iste’molchilar tanlovini buzadi, balki bizneslarning investitsiya yo‘nalishlarini ham o‘zgartirib yuboradi. Tariflar natijasida korxonalar samaraliroq ishlab chiqarish o‘rniga, majburiy ravishda kam samarali, lekin tariflar bilan himoyalangan yo‘nalishlarga mablag‘ yo‘naltiradi”.
5.04.2025, 14:45
t.me/iqtisodchi_kundaligi/3305
IQ
Iqtisodchi Kundaligi
24 657 подписчиков
Репост
18
24
6.0 k
🇺🇿 Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi "Reseach Talks" loyihasining navbatdagi mehmoni professor Dan Lovallo bilan bo'lib o'tadigan ma'ruzaga taklif etadi.

Prof. Lovallo Nobel mukofoti laureati Daniel Kahneman bilan hammualliflikda yozgan "Timid Choices and Bold Forecasts: A Cognitive Perspective on Risk Taking" mavzusidagi ilmiy tadqiqoti to'grisida ma'ruza qiladi.

💬 Barcha professor-o'qituvchilar, tadqiqotchi va tinglovchilarni ushbu ma'ruzada ishtirok etishga taklif qilamiz.

💬 Prof. Dan Lovallo to'g'risida batafsil ma'lumot bilan ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin.

Ro'yxatdan o'tish

Zoom Havola


Batafsil:
✉ i.kasimov@rgsbm.uz
📞 +998 71 239 03 11

#GSBE #GraduateSchool #Webinar #Research #Seminar

🔝 Web-site |🔝Facebook | 🔝 Instagram | 🔝 Youtube
5.04.2025, 10:57
t.me/iqtisodchi_kundaligi/3304
IQ
Iqtisodchi Kundaligi
24 657 подписчиков
133
4
5.7 k
Optimism uchun fikr: endilikda erkin savdo g’oyasi yana meynstrim mashxurligi qaytadi. Allambalo sanoat siyosati degan mashmasha yo’q bo’ladi.
4.04.2025, 22:43
t.me/iqtisodchi_kundaligi/3303
IQ
Iqtisodchi Kundaligi
24 657 подписчиков
122
53
7.3 k
Bozorlar bunday katta xajmda tushgan kunlari.
4.04.2025, 20:44
t.me/iqtisodchi_kundaligi/3302
IQ
Iqtisodchi Kundaligi
24 657 подписчиков
Репост
54
7
4.6 k
​​Bularning barchasidan bir yaxshi hikmat ham bor: Trampning o'zi globalizatsiyani, mamlakatlararo erkin savdoni yanada ko'proq targ'ib qilib ularning muhimligini ko'rsatib beryapti. Ya'ni, mana bu ishlar orqali aslida erkin savdo nima edi, undan qanday naf bor edi kabi savollarga javob olish ko'pchilikka osonlashadi. Erkin savdo tarafdorlari uchun Tramp qaysidir ma'noda foyda keltiryapti.

Trampdan so'ng siyosatda so'llashuv ham, iqtisodiyotda liberalizatsiya ham ko'payishi muqarrar. Bunga ishora qiladigan raqamlar ham bor ekan: Amerikaliklar hozir xalqaro savdoga har qachongidan ham ijobiy munosabatda ekanlar va savdoga ijobiy qarash eng ko'p respublikachilar tomondan o'zgarayotgan ekan. Shuning uchun, mamlakatlararo munosabatlar butunlay buziladi, qutblashadi, savdo o'ladi deyish xato. Yevropa ittifoqi hozir Trampga javoban qilishi kerak bo'lgan eng zo'r harakat bu hech qanday javoban tariflarni e'lon qilmaslik. Aksincha, barcha tariflarni boshqa mamlakatlar uchun olib tashlab Yevropani erkin savdo markaziga aylantirishlari o'zlariga katta foyda bo'lar edi. Umid qilamanki shunday qilishadi.

@uzbekonomics
4.04.2025, 20:15
t.me/iqtisodchi_kundaligi/3301
IQ
Iqtisodchi Kundaligi
24 657 подписчиков
Репост
167
33
6.2 k
O‘zbek gazetalarining 1980-yillar oxiri — 1990-yillar boshidagi “qalpoq”lari. Manba
4.04.2025, 14:22
t.me/iqtisodchi_kundaligi/3300
IQ
Iqtisodchi Kundaligi
24 657 подписчиков
47
19
7.2 k
Kongress Trampdan va eng muhimi prezidentlik institutidan tariflar bo’yicha bergan vakolatini olib qo’ya oladi. Bu 1947-yildan keyingi katta o’zgarish bo’lishi mumkin. Tashqi savdo kelishuvlari prezidentga berilishi qachondir to’g’ri qaror edi - masalani tezlashtirar edi. Endi esa bu vakolat suistemol qilinishi mumkinligi ko’rinib qoldi. Smut-Xouli davridan keyingi kongress va prezidentlik o’rtasidagi asosiy kelishuv o’zgaradi.

Aytmoqchi, yangi qonun chiqarmasdan ham Trampni qarorlarini rad qilish mumkin kongress. Masalan, kecha Senat Trampni Kanadaga qarshi chiqargan qarorini bekor qildi - lekin quyi palata o’tkazmaslik ehtimoli bor. Senatda ham 51 ga 49 bo’lib zo’rg’a o’tdi bu qaror.

Tariflar bu birgina Trampning fikri emas, afsuski butun respublikachi siyosiy klassni va siyosatchilarni fikri. Ular bunga qarshi chora ko’ra olishadi - olishmayapti xolos.

https://www.theguardian.com/us-news/2025/apr/03/senators-bipartisan-bill-trump-tariffs
4.04.2025, 12:11
t.me/iqtisodchi_kundaligi/3299
IQ
Iqtisodchi Kundaligi
24 657 подписчиков
81
7
6.6 k
“Qiyosiy ustunliklar rivojlanishiga imkoniyat”.

Tramp administratsiyasi yozib bergan deb o’ylasa bo’ladi bu gaplarni.

https://t.me/the_bakiroo/9859
4.04.2025, 11:57
t.me/iqtisodchi_kundaligi/3298
IQ
Iqtisodchi Kundaligi
24 657 подписчиков
Репост
143
63
6.7 k
Yozish til ko‘nikmalari ichida eng oxiri shakllanadi (yozish deganda matn yaratishni nazarda tutyapman). Shu fakt uning qolgan til ko‘nikmalariga nisbatan qiyinligining birinchi sababi deyish mumkin. Undan tashqari, matn bu tizimga solingan fikr-mulohazadir. Insonda tizimli fikrlash ko‘nikmasi bo‘lmas ekan, matn yaratish ilojsiz. Bizdagi ilmiy yoki ilmiy-ommabop matnlar borasidagi mavjud inqirozni fikrlash yetarlicha rag‘batlantirilmaydigan ta’lim mazmuni bilan izohlash mumkin. Afsuski, bu kamchilik barcha bosqichdagi ta’limda ko‘zga tashlanadi. Fikrlash eslab qolsihga nisbatan ko‘proq energiya talab qiladigan jarayon. Qandaydir mavzuda agar matn yaratish qiyinlik qilayotgan bo‘lsa, bilingki, bu sizning qobiliyatsiz ekaningizni emas, o‘zingizni o‘sha matnni yaratish uchun yetarlicha tajriba bilan ta’minlash uchun mehnat qilishga dangasalik qilayotganingizni bildiradi. Yozishdan avval hamisha o‘qish keladi. Yozishning poydevori o‘qish. Xuddi gapira olish uchun eshitish zarurligi kabi. Yozishda mahorat erishish uchun harakatni avval ko‘p o‘qishdan boshlash kerak. Ammo shu bilan birga yozishni mashq qilmasdan faqat o‘qishning o‘zi bilan natijaga erishib bo‘lmaydi.
Yozishda qiyinchilikni HAMMA boshidan o‘tkazgan. Faqat mehnat va o‘sha mashaqqatga sabr qilish bilan yozish mahoratiga erishish mumkin.
Yozishdagi eng muhim jihat - tahrirdir. Afsuski, bizda hech bir ta’lim bosqichida bu nazarda tutilmaydi. o‘quvchidan insho 45 minutlik dars davomida yozdirib olinadi, men o‘qigan ta’lim dasturlarining birortasida matn yaratishni o‘rgatish bo‘lmagan, na o‘rta va na oliy ta’limda. Hatto eng mahoratli ijodkorlar ham bitta o‘tirishda boshidan oxirigacha tahrirsiz matn yozMAydi.
Tahrirni matn yaratishning asosiy va muhim qismi ekanligini anglash yozishdagi psixologik to‘siqni yengishga yordam beradi. Aksariyatimizda yozgan gapimiz o‘zimizga yoqmaydi, aynan shu bizni yozishdan to‘xtatadi. Matn - muloqotning yaxlit birligi. Shuni tushunarkanmiz, o‘zimizga yoqmagan gaplarimizni ham yozib matnni oxiriga yetkazib olsak, keyin uning xohlagan joyini tahrir qilish imkoniyatiga ega bo‘lamiz. Yozilmagan narsani esa tahrir qilib bo‘lmaydi.

@psixolingvist
4.04.2025, 08:39
t.me/iqtisodchi_kundaligi/3297
IQ
Iqtisodchi Kundaligi
24 657 подписчиков
192
28
7.3 k
Luorens Sammersga ko’ra - e’lonning zarari 30 trillion dollar. Kamida. Bir kunda.
3.04.2025, 13:48
t.me/iqtisodchi_kundaligi/3296
IQ
Iqtisodchi Kundaligi
24 657 подписчиков
130
115
7.9 k
Tilni bugun o'rganib qo'yavering, ertaga as qotadi!

Bugun dunyo globallashib borar ekan, xorijiy tillarni, ayniqsa, ingliz tilini bilish dolzarblashib boryapti.

Avvallari uydan turib ingliz tilini o'rganish uchun sizga kamida rus tili kerak bo'lar edi. Bugun esa "Ibrat farzandlari" jamoasi o'zimizning qora ko'zlarga Super Start degan dastur ishlab chiqishibdi.

Bu dastur bilan o'zbek tilida ingliz tilini osongina va tezda o'rganib qo'yasiz.

Narxiyam unchalik qimmat emas ekan. 3 oyga atigi 159 ming so'm.

IBRAT promokodi bilan yana 10 foiz chegirma ham olish mumkin.

Maslahati bizdan, amal qilish o'zingizdan.

Reklama
3.04.2025, 07:22
t.me/iqtisodchi_kundaligi/3295
IQ
Iqtisodchi Kundaligi
24 657 подписчиков
Репост
144
19
5.9 k
​​Kecha Viskonsin Oliy sudi saylovida Mask ochiqchasiga million dollarlik chek yozib odamlarni uning nomzodiga ovoz berishlarini so'raganiga qaramay boshqa nomzoq g'olib bo'ldi.

Bundan ikkita xulosa qilaman:
1. AQShda saylovlarni milliarderlar pullari bilan sotib ola olmaydilar. Ha, manipulyatsiya qilib yutishlari mumkin (2024 misol), lekin ochiqchasiga ovoz beruvchilarga pul berish orqali ularning ovozini "sotib olish" mumkin emasligini Soros ham, Blumberg ham, mana endi Mask ham ko'rsatib berdi.

2. Mask Tramp va GOP uchun uchun liability. Ingliz tilidagi navbatdagi bu so'zimizning ikkinchi ma'nosi bu mavjudligi yoki xatti-harakati sharmandalikka, zararga sabab bo'lishi yoki noqulay ahvolga solishi mumkin bo'lgan shaxs yoki narsa. Qancha tezroq Tramp o'zidan Maskni uzoqlashtirsa shuncha yaxshiroq, menimcha.

Aslida, Tramp va Maskda bir farq bor. Tramp noto'g'ri va ahmoqona gaplarni gapirsa ham, unda ijtimoiy ko'nikmalar (social skills?) bor. Ba'zida kulgili, ba'zilarga xarizmasi bordek ko'rinadi. Ba'zilar uni yoqtiradi. Maskda esa yumor ham, ijtimoiy ko'nikmalar ham va xarizma ham yo'q, lekin u doimo o'zini kulgili qilib ko'rsatishga harakat qiladi. Lekin, o'xshamaydi. Xullas, Tramp chin dildan ba'zilarga shaxs sifatida yoqadi. Mask esa hech kimga yoqmaydigandek.

@uzbekonomics
2.04.2025, 19:28
t.me/iqtisodchi_kundaligi/3294
IQ
Iqtisodchi Kundaligi
24 657 подписчиков
716
62
7.9 k
Men bu masalada to’liq xolis bo’lishim albatta qiyin deb o’ylashingiz mumkin.

Lekin sidqi dildan, o’ta xolislik bilan aytish joizki, Korzinka.uz sof $110 million miqdorda investitsiya olib kirishi chindan ham katta tarixiy voqea. Nafaqat korzinka uchun balki butun mamlakat uchun. Iqtisodiy tariximizdagi eng katta “private equity” sarmoya.

Korzinka jamoasini tabriklaymiz.
1.04.2025, 15:31
t.me/iqtisodchi_kundaligi/3293
IQ
Iqtisodchi Kundaligi
24 657 подписчиков
271
103
8.5 k
Korzinka $110 million miqdorida sarmoya jalb qildi:

https://korzinka.uz/news/investment2025?id=4227
1.04.2025, 11:16
t.me/iqtisodchi_kundaligi/3292
IQ
Iqtisodchi Kundaligi
24 657 подписчиков
44
15
7.8 k
Har bir tadbirkorning yo‘lida moliyaviy qiyinchiliklar uchrab turadi. Bu normal holat.

Muhimi, sizga shu vaziyatlarda ko‘mak bera oladigan ishonchli moliyaviy hamkoringiz bo‘lishidir.

“Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ siz uchun ana shunday hamkor bo‘lishga tayyor. Bizning xizmatlarimiz orqali muammolarni samarali va oson hal qilib, biznesingizning barqaror rivojlanishini ta’minlang.

🟦 Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi

@edcomuz | +99871 205-57-57
1.04.2025, 07:49
t.me/iqtisodchi_kundaligi/3291
IQ
Iqtisodchi Kundaligi
24 657 подписчиков
Репост
68
16
7.4 k
Jason Furman The New York Timesda Kolonka yozishni boshlabdi.

Tabiiyki, uning birinchi maqolasi tashqi savdo hamda hozirgi AQSh hukumatining “ahmoqona” savdo siyosatining qanchalar zararli ekanligini tushuntirishga bag‘ishlangan.

https://www.nytimes.com/2025/03/31/opinion/trump-tariffs-economy.html
31.03.2025, 21:02
t.me/iqtisodchi_kundaligi/3290
IQ
Iqtisodchi Kundaligi
24 657 подписчиков
456
4
4.2 k
Hayit Muborak bo’lsin!
30.03.2025, 05:40
t.me/iqtisodchi_kundaligi/3289
IQ
Iqtisodchi Kundaligi
24 657 подписчиков
Репост
124
15
4.7 k
Жасурлар макони, эркинлар юрти

- Алабаманинг лақабларидан бири "Пахта штати" (Cotton State) экан. Ўзимизнинг жой экан, қисқаси 😊

- Атлантадан Алабамага учадиган маҳаллий самолётда ўриндиқлар орасидаги йўлак жуда тор экан, стюардессалар ўтишдан олдин "елкангни торт" деркан 😅 Тепадаги сумка қўядиган жойга менинг ўртача катталикдаги (30 литр) лаптоп рюкзагим сиғмади 🥲 Бу ўзи қанақа самолёт экан, Боингга ўхшамайди, деб чўнтакдаги хавфсизлик маълумотига қарадим, Bombardier CRJ900 экан. Гугл қилсам, яқинда Торонто аэропортида ағдарилиб кетган Делта рейси ҳам худди шу самолётда бўлган экан. Учиш олдидан яхши кайфият бағишлади 😅 Ҳақиқатдан, қўнаётганда "тақққ!" этган овоз чиқди, тормоз бера бошлаганида чиққан овоздан, балонлари ёниб кетмаса эди, деб ўйладим 😅 2000 йиллардаги Ҳавошканинг баъзи самолётлари ва учувчиларини эслатди. Умуман олганда ёмон учмади.

- Ўша рейсга чиққунча бир ёшроқ йигит аэропортда пиво сасиб, уёққа-буёққа чайқалиб юрганди. Самолётга қўлидаги пивони кўтариб чиққан экан, стюардесса менга пивонгни бер деганида тугатиб қўймоқчи бўлиб, кўтарди. Стюардесса шиддат билан самолёт бош тарафига кетди, бироздан кейин хавфсизлик хизматидан бир хола келиб, дўстимизни самолётдан олиб тушиб кетди. Ёнида ўтирган аёл ортидан анча ғийбатини қилди, бутун самолёт қўнгунча шуни гаплашди. Мен эса ўтириб ўйладим—бу воқеа Англияда юз берганида, биринчидан кўпчилик пайқамасди, иккинчидан, катта эҳтимол билан йигитчани ҳеч ким самолётдан тушириб юборадиган даражага бормасди. Нима бўлгандаям, орқасидан туриб уни шунча муҳокама ҳам қилишмасди. Инглизлар анча бағрикенг ва кечиримли халклигига яна бир исбот бўлди.

- Мобил аэропортида багаж олишга бораётсам, ўзимизнинг одамларга ўхшаган бир аёл менга нимадир деди. Яхши эшитмаганим учун, Sorry? деб жавоб берсам, узр сўраб, адашдим дегандай қилди. Бироздан кейин яна бир ўзимизга ўхшаган йигит чиққанида, унга ҳам худди шу саволни берди (кейин билсам, "Ербол?" деган экан). Қаердансизлар, десам, Қозоғистондан, дейишди. Алабаманинг тубигача қозоқлар келган бўлса, биз ўзбекларга ҳали умид бор, деб қўйдим ўзимча 😅

- АҚШнинг ўзига хос руҳи, ўзгача вайби бор. Европаликлар менсимай, ҳатто кулиб ҳам гапиришади. Аслида, чеки кўринмайдиган бир қаватли дўконлар, кенг кўчаларни кўрганда, болаликдан бери кўриб юрган, қадрдон ва таниш жойдек кўринади. Бунга сабаб ўша Ҳолливуд, кўравериб кўзимиз ўрганиб қолган Америка. Аммо кундалик ҳаётга бироз киришсангиз, стереотипу ҳаёлотлар ортида ҳамма жойдагидек инсон ҳаётларини кўриш мумкин.

#Саёҳатлар #АҚШ

@profsherzod
28.03.2025, 15:34
t.me/iqtisodchi_kundaligi/3288
IQ
Iqtisodchi Kundaligi
24 657 подписчиков
160
63
7.4 k
Hurmatli do‘stlar,

Sizni, Illinoys universiteti doktoranti, do’stimiz, Ikromjon Tuhtasunov tomonidan olib borilayotgan ilmiy tadqiqot doirasidagi so‘rovnomada ishtirok etishga taklif qilamiz. Tadqiqot O‘zbekistondagi mahalliy rivojlanish dasturlariga oid fuqarolar fikri va tajribasini o‘rganishga qaratilgan.

So‘rovnomani to‘ldirish 15–20 daqiqa vaqt oladi. Ishtirokingiz evaziga siz $4.50 miqdoridagi mukofot yutib olish imkonini beruvchi qur’ada qatnashishingiz mumkin.

Agar ishtirok etishga rozilik bildirsangiz, so‘rovnomani quyidagi havola orqali boshlashingiz mumkin:
🔗 https://illinois.qualtrics.com/jfe/form/SV_0lmIRsVFBaaECNw

Oldindan rahmat! Sizning ishtirokingiz ushbu ilmiy tadqiqot uchun juda muhim.
27.03.2025, 12:49
t.me/iqtisodchi_kundaligi/3287
IQ
Iqtisodchi Kundaligi
24 657 подписчиков
Репост
118
6
8.0 k
Ha, katta olim va - shu bilan birga, shaxsiy kuzatishlarim bo'yicha, juda kamtar va samimiy inson.

Men Boris Oksingendlerni tanishimning sababi - uning rafiqasi, Nadejda Nikiforova qo'li ostida bir necha yil ishlaganman. Jahon iqtisodiyoti va diplomati universiteti qoshidagi akademik litseyda ingliz tilidan dars berganimda Nadejda Nikiforova kafedra mudiri edi. Litseydagi faoliyatim davomida hamkasblar bir-birimizdan ko'p narsalarni o'rganganmiz va bunday professional, do'stona muhitning shakllanishida Nadejda Nikiforovaning hissasi juda katta bo'lgan edi deb o'ylayman.

Umuman, o'sha paytda ta'lim tizimidagi muhitning o'zi ham qandaydir erkinroq edi nazarimda va bu erkinlik pedagoglarga kasbiy rivojlanish, o'z ustida ishlash uchun turfa imkoniyatlar eshigini ochar edi. Pedagoglarning o'zida ham o'z ustida ishlash, rivojlanishga qiziqish bor edi. Undan keyingi o'zgarishlar borib-borib pedagoglarni aksar hollarda qandaydir "kunim o'tsa bo'ldi" deydigan va hech narsaga qiziqmaydigan shaxslarga aylantirdi.
26.03.2025, 13:55
t.me/iqtisodchi_kundaligi/3285
IQ
Iqtisodchi Kundaligi
24 657 подписчиков
93
42
8.5 k
Menga fizikani o’qitgan domla - Boris Oksingendler O’zbek televideniyasiga intervyu beribdi.

Dodamni sinfdoshi bo’lgani uchun bizni o’qitar edi. O’zi katta olim odam.

https://youtu.be/fJ92bl5Z0P8?si=mj1MjLYlOaxgYjdQ
26.03.2025, 10:50
t.me/iqtisodchi_kundaligi/3284
IQ
Iqtisodchi Kundaligi
24 657 подписчиков
Репост
160
16
7.5 k
Юзлаб марта эслайдиган фикримизни яна бир бор ёзиб кетай.

Давлат маъмурий йўл билан ниманинг нархини пасайтиришга уринмасин оқибати фақат ва фақат тақчиллик бўлган. Пул билан ҳам айнан шундай. Пулнинг нархини пасайтиришга уруниш ўша пулни ҳозирги каби бемалол топа олмаслигимиз билан якунланади. Ҳозир қиммат бўлса-да, топиш имконли. Нархга аралашишни бошласак аниқ арзон ва йўқ бўлади.

Ўзбекистонда пулнинг нархи қимматлиги эса чуқур ислоҳотларсиз ҳал қилиб бўлмайдиган муаммо.
26.03.2025, 10:07
t.me/iqtisodchi_kundaligi/3283
IQ
Iqtisodchi Kundaligi
24 657 подписчиков
Репост
1
25.03.2025, 23:40
t.me/iqtisodchi_kundaligi/3282
IQ
Iqtisodchi Kundaligi
24 657 подписчиков
Репост
171
52
8.0 k
"Qirgʻiziston prezidenti Akayevni hisobga olmaganda, hamma Markaziy Osiyo davlatlari prezidentlari, aftidan, toʻntarishni (1991-yil avgustdagi GKCHP nazarda tutilmoqda) qoʻllab quvvatlagan koʻrinadi, chunki ular ittifoqning tiklanishini maʼqul koʻrishardi. Toʻntarishning muvaffaqiyat qozonmasligi aniq boʻlgandan keyin, ularning hammasi oʻz respublikalarini mustaqil deb eʼlon qilishga shoshilishdi. Kelajak tushunarsiz edi va oʻylab oʻtirishga vaqt yoʻq edi, kemadan qochish eng maqbul chora koʻrinardi. ... Bu deklaratsiyalar (mustaqillik eʼlon qilinishi) xalqaro miqyosda dekabrning oxirigacha tan olinmadi, chunki Sovet Ittifoqi hali rasman mavjud edi. U (Sovet Ittifoqi) Rossiya, Ukraina va Belarus - 1922-yilda Sovet Ittifoqining tuzilishiga olib kelgan shartnomani imzolagan toʻrt davlatdan qolgan uchtasi - prezidentlarining yuridik manyovrlari natijasida tugadi".

Adib Xolid: "Markaziy Osiyo: Imperiyalar bosqinlaridan hozirgi kungacha boʻlgan yangi tarix" kitobidan
25.03.2025, 23:40
t.me/iqtisodchi_kundaligi/3281
IQ
Iqtisodchi Kundaligi
24 657 подписчиков
109
13
8.1 k
Bunday maslahatlar bermanglar, eski shaharni buzishmasin endi. Ayniqsa ko'chalarni kengaytirish juda yomon ish bo'lar edi.

Keng ko'chalarni ko'rmoqchi bo'lganlar uchun Dubay bor. Yoki Toshkentni boshqa dahalari.

https://t.me/AsanovEldar/5724
25.03.2025, 13:26
t.me/iqtisodchi_kundaligi/3280
IQ
Iqtisodchi Kundaligi
24 657 подписчиков
448
5
7.5 k
Jeffri Goldberg kanal o'quvchisi ekan.
24.03.2025, 23:25
t.me/iqtisodchi_kundaligi/3279
IQ
Iqtisodchi Kundaligi
24 657 подписчиков
Репост
64
19
6.1 k
Yangi son.

50 - O'zbekistonda yo'lovchi tashish sohasi: korxonalar, chiptalar va muammolar.

Youtubeda video: https://youtu.be/jeoIizJeYu8
Audio formatda:
Spotify | Apple Podcast | Yandex Music | Podbean

Tinglang, ko'ring, do'stlaringiz bilan ulashing va izoh qoldiring.

Podkastimiz hamkori - aksiyadorlik tijorat banki "AloqaBank".
http://www.aloqabank.uz/
https://zoomrad.uz/

@uzbekonomics
24.03.2025, 17:58
t.me/iqtisodchi_kundaligi/3278
IQ
Iqtisodchi Kundaligi
24 657 подписчиков
Репост
90
22
6.3 k
Foiz stavkasi bu-xonaning harorati emas, xohlagan vaqtga sun’iy yo‘llar bilan tushirish yoki ko‘tarish mumkin bo‘lgan

Agar depozitlar uchun foiz stavkasi baland bo‘lsa, demak foiz stavkasi balandligining sababi bor. Ya’ni uni shunchaki ma’muriy yo‘llar bilan pasaytirib bo‘lmaydi. Agar shunday qilinsa, tabiiyki, bu yomon oqibatlarga olib keladi.

Foiz stavkasi bu narx, bilamizki narxlar muhim ma’lumot, signal va rag‘batlarni tashuvchi vosita. Foiz stavkasining balandligi esa odamlar tomonidan ko‘proq depozit qo‘yishga rag‘batni uyg‘otadi. Kredit olishga xohishni esa pasaytiradi. Kredit olishning sekinlashishi esa yuqori inflyatsiya sharoitida inflyatsiyani  sekinlashtiruvchi omil bo‘lib xizmat qiladi.

 Rivojlanayotgan davlatlarda kreditlar foiz stavkasi yuqoriligining asosiy sababi depozitlar stavkasi yuqoriligi degan fikr mavjud. Shu sababli, kreditlarning foiz stavkasini pasaytirish maqsadida depozitlarning foiz stavkasini pasaytirishga qaratilgan siyosat uchrab turadi (foiz stavkasiga yuqori chegara o‘rnatish, yoki boshqa ma’muriy yo‘llar bilan pasaytirish). Lekin “yaxshi” niyatlar bilan qilingan bunday siyosatlar oxir-oqibat qaror qabul qiluvchilar xohlamagan og‘ir oqibatlarga olib keladi.  Ya’ni  oldin kreditlar qimmat bo‘lgan bo‘lsa foiz stavkasi nazorati o‘rnatilgandan keyin kreditlar shunchaki mavjud bo‘lmay qoladi. Bundan tashqari, jamg‘arma mablag‘larining bank tizimidan chiqib ketishi natijasida, boshqa ko‘zlanmagan sektorlarda (masalan, uy-joy, avtomobil bozorlari)  narx “pufak”larining hosil bo‘lishiga sabab bo‘ladi.

 Bu jarayon xuddi odamlarni boy qilish uchun past foizdan imtiyozli kreditlar uchun resurs ajratishga o‘xshaydi. Oxir oqibat esa resurslar “niyat” qilingani kabi unga eng muhtoj bo‘lganlarga yetib bormaydi. Shuningdek,   imtiyozli kreditning haqiqiy narxi  kredit oluvchi uchun bozor narxiga aylanaveradi (kredit olishdagi norasmiy qo‘shimcha to‘lovlar evaziga).

Yuqori foizlarni hamma yomon ko‘radi, lekin yuqori foizlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri qarshi kurashish oqibat bilan kurashishdan boshqa narsa emas. Masalan so‘nggi yillardagi Turkiya bunga yaqqol misol. Siyosiy xohishlar bilan foiz stavkasini pasaytirishga qaratilgan harakatlar yuqori inflyatsiya, valyuta kursining keskin qadrsizlanishi kabi oqibatlarga olib keldi.

Foiz stavkasi (ya’ni narx) nazorati eng oqilona va to‘g‘ri yo‘l bo‘lganda  hamma davlatlar rivojlanishda shu yo‘ldan borgan bo‘lardi.  Bozor prinsiplariga qarshi harakatlar esa oxir oqibat jazolanmasdan qolmaydi. Bu rivojlanishning orqaga surilishi,  aholining kambag‘allashishi, iqtisodiy barqarorlikning yo‘qolishi kabi omillar bilan namoyon bo‘ladi.

@Mirkonomika
24.03.2025, 12:19
t.me/iqtisodchi_kundaligi/3277
IQ
Iqtisodchi Kundaligi
24 657 подписчиков
113
53
6.6 k
Qiziq video ekan:

https://youtu.be/4FwOvZE6ZaQ?si=RojybyMwBIMGfwG4
24.03.2025, 02:54
t.me/iqtisodchi_kundaligi/3276
IQ
Iqtisodchi Kundaligi
24 657 подписчиков
Репост
154
56
6.3 k
Асосчилар янги стартап бошлаётганларида, кўпчиликнинг бозор ҳақидаги саволга жавоби шундай бўлади: «Бозор катта, ҳаммага жой бор.»

Аммо бозорнинг катталигидан ташқари, унинг хусусиятлари ҳам жуда муҳим. Масалан, АҚШда юк логистикаси соҳасидаги FreightTech дастурлари учун бозор жуда катта (~1 триллион доллар), ва у фрагментланган.

Бу нима дегани?
Энг йирик ўйинчининг бозордаги улуши одатда 20% дан ошмайди. Қолган улушни эса кўплаб кичик ва ўрта ўйинчилар бўлиб олишади. Шунинг учун, йирик ўйинчи ҳам ўз ҳажми билан абсолют рақобат устунлигига эга бўла олмайди.

Лекин бошқа мисол оладиган бўлсак — масалан, Uber ёки DoorDash. Бу бозорлар ҳам катта, аммо уларда бозор мужассамлашган (consolidated) ва “winner takes all” (ғолиб ҳаммасини олади) тамойили ишлайди.

Нега? Чунки ўйинчи қанчалик катта бўлса, network effect (тармоқ эффекти) шунчалик кучли ишлайди.

Шунинг учун, «мен кейинги Uber’ни қиламан» десангиз, АҚШда ақлли инвесторлар буни қўллаб-қувватлаш эҳтимоли паст. Бу уларнинг ўрнини бошқа ўйинчи боса олмайди дегани эмас — янги лидер фақат disruption (бузиш) ва янги бизнес модели орқали келиши мумкин. Масалан, ўзиюрар автомобиллар келажакдаги Uber рақобатдошлари бўлади.

Бозорлар доимо бир хил шаклда қолмайди.

Масалан, такси ёки овқат етказиб бериш бозорлари технология компаниялари пайдо бўлишидан аввал жуда фрагментланган эди. Технологиялар бу бозорларни бирлаштириш имкониятини берди.

Логистика — бу фрагментланган бозор, ва унда ўз ўрнингизни топиш нисбатан осон.
Бу “legacy” бозор, яъни эски одамлар ва усуллар билан ишлайдиган тармоқ.

Янги авлод, технология билан улғайган бизнесчилар келаётгани ва иқтисодиётдаги ўзгаришлар, ушбу бозорни янги технологиялар қабул қилишга мажбур қилади.

Бу бозор “unsexy”, яъни кўп ёшлар учун қизиқарсиз, шунинг учун ундаги рақобат ҳам унча қаттиқ эмас.

Бу бозорда disruption (катта ўзгариш) бўлади. У ўзгаришлар ўзиюрар юк машиналари ва роботлаштирилган технологиялар билан боғлиқ.

Ўзиюрар юк машиналари аллақачон мавжуд. Стенфордда ўқиганимизда, курсдошимиз Peterbilt компанияси топ менеджери бизга Level 4 ўзиюрар юк машиналарни намойиш қилганди.

Бу ердаги асосий тўсиқ — технология эмас. Асосий муаммо — давлат ва штатлардан рухсат олиш, яъни регуляция.

Tesla ҳам бу йўналишда ишламоқда ва кейинги 10–15 йил ичида соҳани тубдан ўзгартириши мумкин. Бозор бирлашган бўлиб қолиши эҳтимоли бор.

Стартап бошлаётганда, фақат бозор катталигига эмас, балки унинг тури ва тузилишига ҳам эътибор бериш керак.

Бозорнинг қайси қисмини оламан?
Қайси кичик сегментда мутлақ лидер бўла оламан?

Шу тарзда фикр юритиш стратегик ёндашув ҳисобланади.

@paiziev24
23.03.2025, 20:36
t.me/iqtisodchi_kundaligi/3275
IQ
Iqtisodchi Kundaligi
24 657 подписчиков
Репост
1
Ertaga xaftani shunaqa boshlamoqchiman, yana kimda qanaqa rituallar bor 😅

@nuruddinblogs
23.03.2025, 17:38
t.me/iqtisodchi_kundaligi/3274
IQ
Iqtisodchi Kundaligi
24 657 подписчиков
78
43
5.9 k
Abdulla Oripov haqida. Katta odam bo'lgan. Mayda odamlar ichida.

https://youtu.be/hkSlYlOBfqA?si=t_pw8snRz-sbfZmG
22.03.2025, 04:53
t.me/iqtisodchi_kundaligi/3273
IQ
Iqtisodchi Kundaligi
24 657 подписчиков
22
12
4.8 k
Hech buni aytaman deb o’ylamagan edim - Stiv Mnuchin AQShga ko’p xizmat qilgan shekilli. Trampni birinchi muddatidagi ko’p katastrofik xatolarni oldini olib kelgan edi.

Intervyu beribdi:

https://youtu.be/3v-tCvnEzxw?si=3KriSvYobrj75mFI
20.03.2025, 21:43
t.me/iqtisodchi_kundaligi/3271
IQ
Iqtisodchi Kundaligi
24 657 подписчиков
203
13
6.0 k
Chipta haqida.

Bugun yaxshi niyat qilib yana kirdim — va qoyil qolish kerakki — bir urinishda, AQShdagi bank kartam orqali chiptani Oʻzbekiston Havo Yoʻllari vebsaytidan olishga musharraf boʻldim. Qanday baxt! Bir daqiqa ham vaqtim ketmadi!

Kecha, men 10 marta AQSh, BAA kabi davlatlar banklari tomonidan chiqarilgan visa kartalari orqali xuddi shu chiptani qoʻlga kirita olmadim. Bundan keyin ukamdan soʻradim, u hozir Yevropada. Ukam Niderlandiya banki va Buyuk Ipak Yuli banki tomonidan berilgan visa kartasidan harakat qilib uch marta sotib olishga urindi. Oʻxshamadi. Bugun esa, men shunchaki bir sinab koʻray deb kirib olmoqchi edim. Chunki Turk Havo yoʻllaridan olib qoʻyaman noqulay boʻlsa ham deb aytib turgan edim. Lekin meni taajjubimni qarangki — oʻxshadi.

Sehrli raqam oʻsha ekan — 14 ta urinishdan keyin qilsa — oʻxshar ekan.
Aytish joizki, kecha kun davomida ham Octobank va ham Havo Yoʻllaridan menga aloqaga chiqishdi. Har bir qilgan tranzaksiyam ularda koʻrinar ekan, masalan oʻsha 10 ta xatolik chiqqan urinishdan tortib aynan qaysi karta ishlatganimgacha koʻrinar ekan. Shunisidan hayron qoldim toʻgʻrisi. Muammoni hal qilishga harakat qilamiz deb vaʼda ham berishdi. Men soʻraganim muammoni ildizini bilish edi, endi kutamiz tafsilotlarni — agar nima boʻlganini aytishsa — sizlarga ham xabar beraman.

Yana bir qiziqarli tomoni — boshqa kanal oʻquvchilari ham menga yozishgani, chet elda yashovchi bir ikki odam tavsiya berishdi — masalan, brauserni yangi oynasini ochish, cacheni tozalash kabi. Ikki uch odam esa — Havo Yoʻllariga kamida 3-4ta urinishdagina bilet ola olishlari bilan boʻlishishdi. Eng koʻp uchragan tavsiya esa “tanishlaringiz boʻlsa, fizik aviakassaga borib Toshkentda toʻlov qilishni soʻrang, yoki Uzcard va Humo soʻmli kartasi bor tanishlarni izlang, onlayn toʻlashga vaqtingiz koʻp ketib qoladi” boʻldi. Men bu fikrlarga qoʻshilaman, albatta, ilojsizlikdan shunday qilishga majbur boʻlamiz. Onlayn toʻlovni goʻzalligi shundaki, vaqtni tejashi kerak edi, nazariyada.

Lekin men hozir ham, kelajakda ham, agar Havo Yoʻllaridan boshqa aviakompaniya orqali uchish iloji boʻlsa doim oʻsha yoʻlni tanlayman — boshqalarga ham shuni tavsiya qilaman. Eng oddiy sababi — bilet olish imkonsizligi. Yaʼni har gal lottareyaga oʻxshaydi. Har gal noaniqlik. Bir kun vaqtimni yeyishi mumkin, undan koʻra sal noqulayroq uchib qoʻysam ham roziman. 21- asrda birovni ovora qilib aviakassaga borib toʻlov qilishni iltimos qilgandan koʻra, boshqa aviakompaniyani tanlashga majburman, albatta tanlov koʻp emas, lekin hozircha bor.

Oʻzi bu misol juda bir yaxshi dars boʻlishi kerak. Tijoriy korxona boʻlganida — eng muhim narsa — mijozlari toʻlov qila olishlari — birinchi oʻrindagi prioritet boʻlar edi.
20.03.2025, 12:44
t.me/iqtisodchi_kundaligi/3270
IQ
Iqtisodchi Kundaligi
24 657 подписчиков
42
10
6.2 k
Absolyut raqamlarda tushish kuzatilishi - xavotirli...

https://t.me/the_bakiroo/9791
20.03.2025, 12:03
t.me/iqtisodchi_kundaligi/3269
IQ
Iqtisodchi Kundaligi
24 657 подписчиков
Репост
60
26
4.9 k
Концентрация муаммоми?

Жан Тиролдан интервью олганимда ундан корхоналарни бозордаги улушига қараб монополия сифатида баҳолаш қанчалик тўғри эканини сўрагандим. Бугунги дискуссия фонида шу парчани эсладим:

— Сиз учун монополия нима?

— Монополия — бу бозордаги вазиятга жуда катта таъсир кўрсата оладиган корхона. Бу орқали у нархни оширса ҳам ёки паст сифатли маҳсулот ишлаб чиқарса ҳам истеъмолчиларини йўқотмайди, чунки бошқа муқобил йўқ. Мана шу — монополия ва бу жамият учун ёмон. Жамият учун ёмон эканига икки сабаб мавжуд.

Биринчиси, нархлар юқори ёки сифат паст экани. Иккинчи сабаб эса, монополиялар инновациялар билан кўп ҳам шуғулланавермайди. Чунки уларнинг ҳаёти осон. Шундан келиб чиқиб, улар инновация қилишлари шарт эмас, чунки барибир мижозларини йўқотмайди. Шунинг учун ҳам монополияларга қарши сиёсат бўлиши лозим.

— Турли мамлакатларнинг монополияга қарши органлари монополияларни турлича аниқлайди. Масалан, корхоналарни бозордаги улушига қараб монополия сифатида баҳолаш кўп кузатилади. Сизнингча, бу ўлчов тўғрими?

— Бу — биринчи ўлчов. Охир-оқибат, биз иқтисодчи сифатида биламизки, фақат бозордаги улушнинг ўзигина буни билиш учун етарли эмас, чунки бошқа корхоналардан яхшироқ маҳсулот ёки хизмат таклиф қилиб ҳам бозорда катта улушга эга бўлган фирмалар ҳам бўлиши мумкин. Уларга доимо босимда ушлаб турувчи рақобат муҳити таҳдид солиб туради.

Аксинча, биз бозор улуши паст, лекин жуда қудратли корхоналарни ҳам биламиз. Мен аввалроқ платформалар иқтисодиётини муҳокама қилгандим. Мисол учун, саёҳат бозорида Booking.com платформасининг улуши 20 фоизни ташкил этиши мумкин. Лекин, айни вақтда, у ўзининг мижозлари устидан монополияга эга бўлиши эҳтимоли мавжуд.

Чунки бизнес фойдаланувчилари, масалан, меҳмонхоналар Booking мижозларига фақат Booking орқали «етиб боришлари» мумкин. Шу боис, бу мураккаброқ масала. Бозордаги улуш бирламчи кўрсаткич сифатида фойдали бўлиши мумкин, лекин корхонанинг бозорга таъсир кучи ҳақиқатан ҳам катта ёки кичиклигини фақат яхши таҳлил орқалигина билиш мумкин.

— Карлос Слим ва Билл Гейтс ўртасида қандай фарқ бор?

— Билл Гейтс, албатта, барча технологик тадбиркорлар сингари, жуда кўп инновациялар қилган. Бошқа миллиардерлар ҳам борки, уларнинг бойлиги асосан ҳукумат билан дўстлик алоқалари ёки бошқа бирор имкониятдан ҳосил бўлади. Улар, масалан, баъзи хомашё материалларини ёки шунга ўхшаш нарсаларни хусусийлаштиришга муваффақ бўлган. Албатта, биринчи тоифадагилар ўз бойликларига кўпроқ лойиқ, чунки улар нафақат ўзлари учун қиймат олади, балки жамият учун ҳам қиймат яратади.

Лекин инсоният учун жуда кўп қиймат яратган Билл Гейтсдек одам ҳам, Google ҳам, Apple ва барча технология компаниялари ҳам монополист бўлиши мумкин, албатта. Улар ҳам иқтисодиётга зарар етказиши мумкин. Тўғри, улар ажойиб хизмат ишлаб чиқяпти, шунинг учун уларнинг мевасини олишга ҳам лойиқ. Шу билан бирга, улар қоидалар бўйича ҳаракат қилишлари ва монопол мавқеини суиистеъмол қилмасликлари керак.

— Сизнингча, жамиятда монополия қандай пайдо бўлади?

— Бу аввалги савол билан боғлиқ. Биласизми, баъзи монополиялар бундай мавқега муносиб бўлиши мумкин, чунки улар инновация қилади, улар бутунлай янги нарсалар яратади. Баъзилари эса номуносиб, чунки бундай монополиялар қандайдир имконият орқали пайдо бўлиб қолган ёки сиёсатчилар билан дўст бўлгани туфайли шундай мавқега эга бўлиши мумкин.

Шунинг учун биз монополияларни бир-биридан фарқлашимиз керак. Шунинг учун ҳам, масалан, АҚШда монополиялар ноқонуний эмас. Монополияларнинг мавжудлиги — қонуний. Бу ердаги ноқонуний нарса — ҳукмрон мавқени суиистеъмол қилиш. Бу тушунчалар бир-биридан бироз фарқ қилади.
19.03.2025, 17:36
t.me/iqtisodchi_kundaligi/3268
IQ
Iqtisodchi Kundaligi
24 657 подписчиков
64
10
5.7 k
Deylik siz 2.5 funtdan lablar makiyaji uchun vositani xarid qiladigan isteʼmolchisiz, uni ishlab chiqaruvchisi 2ta boʻlsa, lekin 145 funtlikka oʻxshaganini esa yana 15 ta ishlab chiqaruvchisi bordir, shunda sizga, isteʼmolchi sifatida kerak boʻlgan konsentratsiya — aynan siz oladigan tovarlarni nechta korxona ishlab chiqishi yoki egalik qilishi qiziqtiradi.
Bu tepadagi “bozor” yoki “tarmoq” masalasi. Xuddi boshqa joydagi shifoxona borligi lokal monopoliya va raqobat cheklanishini oldini olmaganidek, har xil bozor va tarmoq boʻlganidek. Lablar uchun vosita misolida koʻrsak boʻladiki, nafaqat xizmat bozorida, balki hatto tovar bozorlarida ham, sementatsiya shu darajada yuqoriki — bular de-fakto har xil bozorlar yoki tarmoqlar. Bularni birlashtirish — ahamiyatsiz.
19.03.2025, 13:27
t.me/iqtisodchi_kundaligi/3267
IQ
Iqtisodchi Kundaligi
24 657 подписчиков
73
12
5.1 k
Lablar makiyaji uchun vositalar misolida har xil bozor nima ekanini tushuntirsam.

Ikkita rasm — ikkisida bir qarashda bir xil tovar — raqobat qoʻmitasini atamasi boʻyicha “lablar makiyaji uchun vosita”. Biri 145 funt, ikkinchisi 2.5 funt. Farqi sal kam 60 barobar.
Shu ikki ishlab chiqaruvchi va sotuvchi uchun — bu tovarlar umuman bir xil emas, yaqin ham emas. Bularni isteʼmol qiladiganlar uchun ham, bular umuman kesishmaydigan tovarlar. Lekin hukumatlar tomonidan birlashtiriladigan “tovari turi” kategoriyasida vaholanki bitta. Konsentratsiya hisoblashda bu ikki turdagi tovarni bir deb hisoblab olmaymiz — chunki bular bozor yoki iqtisodiy tarmoq atamasida tamoman har xil bozorlardagi tovarlar. Xuddi shunday koʻpgina tovar turlarida — asl konsentratsiya aytilganidan ancha yuqori boʻlishi mumkin, chunki bozorlar segmentlashgan.
19.03.2025, 13:26
t.me/iqtisodchi_kundaligi/3265
IQ
Iqtisodchi Kundaligi
24 657 подписчиков
12
5.5 k
19.03.2025, 13:26
t.me/iqtisodchi_kundaligi/3266
IQ
Iqtisodchi Kundaligi
24 657 подписчиков
1
Lablar makiyaji uchun vositalar misolida har xil bozor nima ekanini tushuntirsam.
Ikkita rasm — ikkisida bir qarashda bir xil tovar — raqobat qoʻmitasini atamasi boʻyicha “lablar makiyaji uchun vosita”. Biri 145 funt, ikkinchisi 2.5 funt. Farqi sal kam 60 barobar.
Shu ikki ishlab chiqaruvchi va sotuvchi uchun — bu tovarlar umuman bir xil emas, yaqin ham emas. Bularni isteʼmol qiladiganlar uchun ham, bular umuman kesishmaydigan tovarlar. Lekin hukumatlar tomonidan birlashtiriladigan “tovari turi” kategoriyasida vaholanki bitta. Konsentratsiya hisoblashda bu ikki turdagi tovarni bir deb hisoblab olmaymiz — chunki bular bozor yoki iqtisodiy tarmoq atamasida tamoman har xil bozorlardagi tovarlar. Xuddi shunday koʻpgina tovar turlarida — asl konsentratsiya aytilganidan ancha yuqori boʻlishi mumkin, chunki bozorlar segmentlashgan. Deylik siz 2.5 funtdan lablar makiyaji uchun vositani xarid qiladigan isteʼmolchisiz, uni ishlab chiqaruvchisi 2ta boʻlsa, lekin 145 funtlikka oʻxshaganini esa yana 15 ta ishlab chiqaruvchisi bordir, shunda sizga, isteʼmolchi sifatida kerak boʻlgan konsentratsiya — aynan siz oladigan tovarlarni nechta korxona ishlab chiqishi yoki egalik qilishi qiziqtiradi.
Bu tepadagi “bozor” yoki “tarmoq” masalasi. Xuddi boshqa joydagi shifoxona borligi lokal monopoliya va raqobat cheklanishini oldini olmaganidek, har xil bozor va tarmoq boʻlganidek. Lablar uchun vosita misolida koʻrsak boʻladiki, nafaqat xizmat bozorida, balki hatto tovar bozorlarida ham, sementatsiya shu darajada yuqoriki — bular de-fakto har xil bozorlar yoki tarmoqlar. Bularni birlashtirish — ahamiyatsiz.
19.03.2025, 13:25
t.me/iqtisodchi_kundaligi/3264
IQ
Iqtisodchi Kundaligi
24 657 подписчиков
74
32
5.9 k
Qoʻshilmayman.

Nima uchun raqobat qoʻmitasi, tarmoqlar iqtisodiyotini tushunishi kerak. Masalan bu infografikani koʻrib, yoki indeksini koʻrib, bilmagan odam, mavjud tarmoq haqida xato fikrga borishi mumkin. Masalan, yuqori konsentratsiya demak bu bozorda raqobat cheklanayapti degan xato xulosa qilishi mumkin. Muammo shundaki, konsentratsiya darajasi — isteʼmolchi va bozor nuqtai nazaridan — ahamiyatsiz raqam. Yana bir muammo shundaki, tovarlarni bir bozorni ichida birlashtirish qiyin.

Birinchi masala haqida — konsentratsiya yaxshi raqobat va toʻgʻri vertikal integratsiya natijasida yuqori samaradorlikka ega korxonalar tomonidan boʻlishi mumkin. Deylik, internetdagi qidiruv bozorida Google mutlaq yetakchi, yoki elektron pochta bozorida atigi ikki korxona, Microsoft va Google bozorni 80-90% ulushiga ega. Bu muammomi? Albatta yoʻq. Ular yaxshi korxona boʻlgani uchun, isteʼmolchilarga yoqqani uchun yuqori konsentratsiyaga ega.

Maishiyroq misol beray — AQShda salfetka va sanitar qogʻozlar ishlab chiqaradigan 3 ta korxona — Kimberly-Clark Corporation, Proctor & Gamble: va Georgia-Pacific bozorni 90% dan katta ulushga egalar. Gazli ichimliklar bozorida, The Coca-Cola Company, PepsiCo va Dr Pepper Snapple Group bozorni 95%ga egalik qilishadi. Maishiy texnika bozorida 4 ta korxona Whirpool Corporation, AB Electrolux, General Electric Company va LG Electronics bozorni qariyb 94% ni egallashgan.

Raqobat va bozor deganda, kamdan kam hollarda oʻta konsentratsiyasi yuqori, elektron qidiruv, elektron pochta, salfetkalar, gazli ichimliklar va maishiy texnika bozorlari tushuniladi? Nimaga. Chunki yuqori konsentratsiya oʻsha aytilgan bozorlarda yuqori raqobatni oqibatida paydo boʻlgan narsa. Mavjud oʻyinchilarda esa, konsentratsiyasi oʻta yuqoriligiga qaramasdan — doim raqobat xavfida boʻlganliklari uchun, isteʼmolchilarga va bozor uchun foydali ish qilishadi. Bu bozor va raqobatni yutugʻi.

Lekin boshqa bozor — sogʻliqni saqlash, shifoxonalar bozorini qaraylik — minglab shifoxonalar bor, bir qarashda umuman konsentratsiyalashmagan bozor deb oʻylashlari mumkin — agar bizni raqobat qoʻmitasiga oʻxshab hisoblasak. Chunki hech qaysi bir shifoxona yoki shifoxonalar guruhi pichoqqa ilinadigan foizni tashkil etmaydi, boz ustiga shifoxonalarni 15% davlatga tegishli, 50% esa notijoriy muassasalar. Lekin nima uchun, sogʻliqni saqlash bozorida raqobat yoʻq? Va narxlar tobora oshib bormoqda? Tepadagi nuqtaga qaytamiz — bozor va tarmoq birlashtirish masalasiga. Toʻgʻri — AQShda shifoxonalar koʻpdir, lekin ular hammasi har yerda — demak ularni hammasini bir “tarmoq” yoki “bozor” deb jamlab olmaymiz, shuning uchun ham konsentratsiyani — lokal darajada hisoblash kerak boʻladi, mamlakat miqyosida emas. Kasal boʻlib qolsangiz, atrofdagisiga borasiz, butun mamlakat boʻyi qidira olmaysiz. Lekin lokal darajada konsentratsiya yuqori. Bir shaharda aksar koroxnlar bir guruhga tegishli bo'lishi mumkin. Xoʻsh, konsentratsiya yuqoriligi yomon narsami? Aynan bu masalada — ha, lekin bu yerda ham — konsentratsiya bu oqibat, sabab emas. Sababi esa oddiy — yangi shifoxonalarga ochishga koʻpgina taqiqlar mavjud. Regulyator taqiqlar mavjudligidan, lokal shifoxonalar, lokal monopoliyaga aylanib qolishadi.

Xuddi shu misollarni Oʻzbekistonga taaluqli misollarda tushuntirishga koʻpgina uringanman - masalan ko'chadagi somsaxonani lokal monopoliyasi haqida va bu yerda masalan. Kanalda yana boʻlsa kerak bu mulohaza.

Xulosa shuki, raqobat qoʻmitasi koʻrsatgan infografika ahamiyatsiz. Ular bizga aytishlari kerakki, bu “yuqori konsentratsiyani sababi — x” yaʼni yaxshi narsa ham boʻlishi mumkin bu konsentratsiya — agar yangi raqobatchi kira olishi muammosiz boʻlsa. Teskarisi ham toʻgʻri, konsentratsiyasi past boʻlishi mumkindir qaysidir bozor — lekin agar raqobat cheklangan boʻlsa va 20 ta korxona 5% dan egalik qilsa ham — juda katta muammo boʻlar edi.
19.03.2025, 12:52
t.me/iqtisodchi_kundaligi/3263
IQ
Iqtisodchi Kundaligi
24 657 подписчиков
255
48
24 k
19-Mart

Bugun yana o'sha eski hommom eski tos. Yana bir chipta olishim kerak edi. Naqd 10 marta sotib olishga urinish qildim - lekin o'xshamadi. Uchta mamalakatda berilgan bank kartalaridan foydalandim, to'lov qismiga kelganda sayt ishlamay qoldi.

Mayli yana harakat qilamiz. Rasmda - 10 marta to'lov o'tmagani haqida xat.
18.03.2025, 23:58
t.me/iqtisodchi_kundaligi/3262
IQ
Iqtisodchi Kundaligi
24 657 подписчиков
243
38
7.3 k
12-Mart kuni bilet olgandan keyin yozgan edim:

Men ko'p safarda bo'laman va buning uchun ko'p samoletga chipta olishim kerak. Aytish joizki, O'zbekiston Havo Yo'llari saytidek yomon ishlaydigan birorta aviakompaniyani ishlatib ko'rmaganman. Masalan, hatto Kambojiyani ichidagi chiptalarni olish ancha osonroq jarayon edi menga. Ha biz Havo Yo'llarini iqtisodiyotga zarari, xalq uchun o'lpon ekanini ko'p aytishimiz mumkin, lekin xizmat sifati ham, jumladan deylik chipta olish uchun 3-4 soat vaqt ketkazish kerakligi ham, menimcha diqqatga sazovor. Qachondir O'zbekiston havosi ustida cheklovlar olinadi deb umid qilib qolamiz. Hozircha esa, Turkmaniston, Shimoliy Korea bilan solishtirayotgan edim (ulardan yaxshiroqmisz harqalay deb). Keyin internetda sayohatchilar bizni avia kompaniya haqida nima deyishar ekan deb kirsam, bir Singapurlik sayohatchi, Air Koryo - Shimoliy Koreya aviakompaniyasini yaxshiroq deb yozibdi. Uchib ko'rmaganmanku, lekin ishonaman. Yana biri esa - online to'lov tizimi ishlamasligi haqida shikoyat qilibdi. Menda ham shunday bo'ladi doim, to'lov qilish uchun 7-8 marta, oxirgi safar esa 12 ta urinishda bo'ldi. Lekin shunisigayam shukur, naqd to'latishi ham mumkin edi.
18.03.2025, 23:56
t.me/iqtisodchi_kundaligi/3261
IQ
Iqtisodchi Kundaligi
24 657 подписчиков
Репост
83
37
5.4 k
Podkastimizning yangi soni chiqdi.

Oxirgi haftalarda O'zbekistonda xitoylik tadbirkorlarga munosabat, ularning mamlakatimizdagi faoliyatlari va sarmoyalari qandaydir tahdidlar yaratayotgani haqida ko'p eshitdik. Shu jumladan, obunachilarimiz ham bu masalada fikrlarimiz bilan bo'lishishni so'raganliklari uchun shu mavzu haqida podkastimizda gaplashdik.

Youtubeda video: https://youtu.be/PO1DHcw2Gy0

Audio formatda:
Spotify | Apple Podcast | Yandex Music | Podbean

Podkast yozilgan sana 17-mart 2025 yil. Tinglang, ko'ring, do'stlaringiz bilan ulashing va izoh qoldiring.

Podkastimiz hamkori - aksiyadorlik tijorat banki "AloqaBank".
http://www.aloqabank.uz/
https://zoomrad.uz/

@uzbekonomics
18.03.2025, 10:17
t.me/iqtisodchi_kundaligi/3260
IQ
Iqtisodchi Kundaligi
24 657 подписчиков
34
23
6.9 k
15.03.2025, 19:50
t.me/iqtisodchi_kundaligi/3259
IQ
Iqtisodchi Kundaligi
24 657 подписчиков
Репост
158
52
7.0 k
Яна сабр ҳақида...

Сабр ҳақида ёза туриб, аввалги лойиҳаларимиздаги кутишлар ёдимга тушиб кетди. ИТ лойиҳаларида жиддий нарса яратаётган бўлсангиз, бугун бир ғоя пайдо бўлиб, эртага натижа чиқмайди. Айрим маҳсулот ёки функцияларни 6 ой, баъзиларини эса ундан ҳам кўпроқ кутганмиз. Шу вақт мобайнида жамоага маош тўлаш ва фаундер сифатида барча рискларни ўзингизга олишингиз керак. Процесс давомида фикрларингизни доим челленж қилиш (саволга тутиш) ва уларда барқарор туриш муҳим, чунки жамоа маълум стабилликни кутади ва тартибсиз раҳбар билан ишлаш қийин.

Фаундерларнинг ички стресслари
Фаундерлар ички стрессларини кўпинча ўзлари ичларидан ўтказадилар. Чунки улар ҳақида жамоага айтсангиз, жамоа руҳияти тушиши мумкин ёки баъзи ходимлар сизнинг руҳий ҳолатингизни тушунмай, бошқа иш қидиришга тушишлари мумкин.

Мен ҳам стрессни ва ноаниқ вақтларни бошимдан ўтказган пайтларимда, кимдир “Ишлар қандай?” деб сўраса, "Зўр!" деб жавоб бераман. Чунки шикоят қилиб фойда йўқ. Одамлар кўпинча шикоят қиладиган одамлар билан камроқ мулоқот қилишни хоҳлайди. Сизнинг муаммоларингиз асосан ўзингиз сабабли, шунинг учун уларга бошқалардан кўп ёрдам кутманг.

Расмда Express24’нинг Ракат маҳалласидан биринчи офисимиз.
Кутиш ёки ўйлаш вақтида маҳалла кўчаларида жуда кўп пиёда юрардим. Ихтиёрий стресс бу кимёвий ҳолат эканлигини билганим учун, уни камайтириш ёки кутиш даврини яхши ўтказиш учун илмий ёндашишга ҳаракат қилардим. Адреналин ёки кортизолни камайтириш ва дофаминни ошириш ҳақида интернетда жуда кўп мақолалар бор, шу нарсаларни ўрганиб амалда куллардим.

Ҳозиргача пиёда юриш ва ўйлаш мен учун фикрларни тиниқлаштиришнинг энг самарали методи.

Офис ҳақида:
Бу офисимиз 7 метрлик фасадга эга бўлгани учун, қуришда контейнерлардан фойдаланган эдик. Тез кўчишимиз керак бўлгани учун бутун бинога атиги 3 ой кетган. Жуда қулай ва шинам офис чиққан.
15.03.2025, 01:00
t.me/iqtisodchi_kundaligi/3258
IQ
Iqtisodchi Kundaligi
24 657 подписчиков
215
46
14 k
Aytish kerakki, savdo siyosatini shakllantirish bojxonaning vakolati emas. Bojxona xodimlari ularga yuklatilgan vazifalarni qonun doirasida bajarishmoqda. Lekin bojxonachilar uchun shunday qarorlar qabul qilayotgan tashkilotlar bundan uyalishlari kerak, deb o‘ylayman. IMEI masalasida ham ayni shunday: aeroport va chegaralarda ish hajmi allaqachon yuqori bo‘lgan bojxona xodimlarini boshqa birovlarning telefonlarini ro‘yxatdan o‘tkazishga majburlash ortiqcha va keraksiz ishdek tuyuladi. Boz ustiga bu keraksiz ish - xalq farovonligi uchun zarar narsa. Shuning uchun savol qonun muhofaza qiluvchilar - jumladan bojxonachilar uchun emas, qonun yaratuvchilarga berilishi kerak.
14.03.2025, 12:07
t.me/iqtisodchi_kundaligi/3257
IQ
Iqtisodchi Kundaligi
24 657 подписчиков
144
30
7.5 k
Agar men O’zbekistonda savdo siyosati yoki umuman sanoat siyosatiga masul shaxs bo’lganimda - bu voqeadan uyalar edim.

Shunday narsa bo’layotganini o’zi - savdo va sanoat siyosatini mutlaq va tamomiy jarlikda ekanidan dalolat.

Lekin qiziq tomoni - buni ijobiy narsa tariqasida yoritishayotgani.

Eslatish joizki - bunday bojlarni hisobiga - har bir O’zbekistonlik zarar ko’radi, iqtisdoiyot shikast oladi. To’g’ri yaqqol cho’ntakda ko’rinmasdir yuk mashinalari qimmatligi - lekin bilish joizki har bir iste’mol qilgan tovarizda, har bir qurilayotgan binoda - bu suniy narx yuqoriligi o’z aksini albatta topadi. Yuk mashinalari deyarli har bir iqtisodiy almashuvda qayerdadir qatnashgan bo’ladi - demak uni ta’siri yo’q bo’lgan sohani o’zi yo’q.

https://t.me/muhrim/2872
14.03.2025, 11:30
t.me/iqtisodchi_kundaligi/3256
IQ
Iqtisodchi Kundaligi
24 657 подписчиков
43
37
5.9 k
Qiziq suhbat:

https://youtu.be/1tELlYbO_U8?si=bMKKk3l0qlckJR9l
13.03.2025, 02:09
t.me/iqtisodchi_kundaligi/3255
IQ
Iqtisodchi Kundaligi
24 657 подписчиков
Репост
53
10
5.7 k
Почему тех бро нельзя подпускать к экономике
12.03.2025, 19:38
t.me/iqtisodchi_kundaligi/3254
IQ
Iqtisodchi Kundaligi
24 657 подписчиков
1
Lol
12.03.2025, 19:38
t.me/iqtisodchi_kundaligi/3253
IQ
Iqtisodchi Kundaligi
24 657 подписчиков
80
58
6.6 k
Germaniyaning Myunxen texnika universiteti professori, moliya va investitsiyalar bo‘yicha dunyoda yetakchi mutaxassislardan biri Dr. Paul Momtaz O'zbekistonga kelmoqda.

U xususiy kapital hamda barqaror investitsiyalar bo‘yicha eng dolzarb tadqiqotlar muallifi hisoblanadi.

Bugungi kunda ko‘plab xususiy kapital fondlari ESG (Environmental, Social, Governance) tamoyillariga e’tibor qaratmoqda, lekin bu haqiqiy strategik qarormi yoki shunchaki trend? Momtaz tadqiqotlari shu savollarga ilmiy asoslangan javob berishga qaratilgan.

15-mart kuni u "Yangi O‘zbekiston" universitetida ochiq ma’ruza o‘tkazadi. Talabalar, moliya sohasi vakillari, investorlar va iqtisodiyotga qiziquvchilar uchun bu ajoyib imkoniyat deb o'ylayman. Menimcha, bu mavzu O‘zbekistonda hali yetarlicha chuqur o‘rganilmagan.

Kelajakka qarab investitsiya qilayotgan bo‘lsak, barqarorlik masalasi biz uchun ham muhim bo‘lishi kerak. Shu mavzuda dunyoning yetakchi olimidan bilim olish imkoniyati bor — foydalanish kerak.
12.03.2025, 15:35
t.me/iqtisodchi_kundaligi/3252
Результаты поиска ограничены до 100 публикаций.
Некоторые возможности доступны только премиум пользователям.
Необходимо оплатить подписку, чтобы пользоваться этим функционалом.
Фильтр
Тип публикаций
Хронология похожих публикаций:
Сначала новые
Похожие публикации не найдены
Сообщения
Найти похожие аватары
Каналы 0
Высокий
Название
Подписчики
По вашему запросу ничего не подошло