Andijon tuman prokurori D. Jo‘rayev, tuman IIB boshligi D. Ixvoldinovlar tomonidan Andijon tumani "Qurama" mahallasida sodir etilgan talonchilik jinoyatning tanqidiy muhokamasi o‘tkazildi.
Muhokama jarayonida, ushbu jinoyatning kelib chiqish sababi tahlil qilinib, kelgusida bu kabi jinoyatlarni oldini olish yuzasidan mahalla yettiligi, nuroniylar, boshqa mutasaddi tashkilotlar vakillariga tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.
Bundan tashqari, kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish, mahalla hududida jinoyatchilikni oldini olish, aholi o‘rtasida kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish, mahallani jinoyatchilikdan holi hududga aylantirish borasida tushuntirishlar berildi.
Yig‘ilish yakuniga ko‘ra, muhokama qilingan masalalar bo‘yicha bildirilgan takliflar inobatga olingani holda kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar va zarur chora-tadbirlar belgilab olindi.
Andijon tumani hokimligi matbuot xizmati
Telegram |
Facebook |
Instagram