Markaziy Osiyo barqaror o‘sishini saqlab qolmoqda
Jahon bankining 23-aprel kuni e’lon qilingan so‘nggi iqtisodiy yangilanishiga ko‘ra, Markaziy Osiyo Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqalari ichida eng tez o‘sayotgan subhudud bo‘lib qolmoqda.
2025–2026 yillarda mintaqaviy o‘sish o‘rtacha 4,7%ni tashkil etishi kutilmoqda. Bunga barqaror investitsiya oqimi, ichki talabning o‘sishi hamda asta-sekin diversifikatsiyalashayotgan xususiy sektor turtki bo‘lmoqda.
2024 yilda mintaqa 3,6%lik barqaror iqtisodiy o‘sishga erishdi. Bu natijaga asosan aholi iste’moli, real ish haqlarning oshishi hamda xizmat ko‘rsatish va sanoat sohalarining kengayishi sabab bo‘ldi. Bular iqtisodiy ishonchning kuchayishi va mintaqaviy hamkorlikning chuqurlashayotganini aks ettiradi.
📊 2025-yil uchun Markaziy Osiyo YAIM o‘sishi prognozi:
🇺🇿 O‘zbekiston: 5.9%
🇰🇿 Qozog‘iston: 4.5%
🇹🇯 Tojikiston: 6.5%
🇰🇬 Qirg‘iziston: 6.8%
🇹🇲 Turkmaniston: 6.5%
Jahon banki Markaziy Osiyoning bu ijobiy dinamika asosida innovatsiyalar, infratuzilma va inson kapitaliga yo‘naltirilgan sarmoyalar orqali o‘sishni davom ettirish salohiyatiga ega ekanini ta’kidlaydi. Uzoq muddatli moliyalashtirishga kirishni kengaytirish, ilg‘or xususiy korxonalarni qo‘llab-quvvatlash va texnologiyalarni joriy etish mintaqaviy taraqqiyotning muhim ustunlari sifatida ko‘rsatilgan.
Hisobot, shuningdek, iqtisodiy o‘zgarishlarga mos kadrlar tayyorlash va ta’lim tizimini rivojlantirishga e’tibor qaratishni tavsiya etadi. Bu yangi imkoniyatlar yaratish va inklyuziv o‘sishni ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi.
To‘liq hisobot: https://www.worldbank.org/en/region/eca/publication/europe-and-central-asia-economic-update
***
Центральная Азия демонстрирует устойчивые темпы роста
Центральная Азия продолжает оставаться самым динамичным субрегионом Европы и Центральной Азии. Согласно последнему экономическому обзору Всемирного банка, опубликованному 23 апреля, среднегодовой рост экономики региона в 2025–2026 годах прогнозируется на уровне 4,7%.
Среди ключевых факторов — активное развитие частного сектора, восстановление в добывающей промышленности и устойчивый уровень внутренних инвестиций.
В 2024 году страны региона уже продемонстрировали стабильный рост в 3,6%, чему способствовали рост потребления, реальные доходы населения, а также положительная динамика в сфере торговли и услуг.
В Центральной Азии на 2025 год рост ВВП ожидается:
🇺🇿 Узбекистан: на уровне 5,9%
🇰🇿 Казахстан: прогноз роста 4,5%
🇹🇯 Таджикистан: 6,5%
🇰🇬 Кыргызская Республика: 6,8%
🇹🇲 Туркменистан: 6,5%
Всемирный банк отмечает, что стабильность и растущая экономическая активность создают благоприятную основу для реализации долгосрочных национальных и региональных инициатив в сфере устойчивого развития, модернизации инфраструктуры и цифровизации.
Особое внимание в докладе уделено важности дальнейшего расширения возможностей для предпринимательства, поддержки инновационных инициатив и инвестиций в образование и подготовку квалифицированных кадров.
Подробнее: https://www.worldbank.org/en/region/eca/publication/europe-and-central-asia-economic-update
Facebook |
X |
Instagram |
LinkedIn | iica.uz