Yam-yashil o’ylarga tolib ketaman,
Xazon bo’lmay, har yil g’olib ketaman.
Garchi menga anduh butkul begona,
Loqaydlardan nolib-nolib ketaman.
Umidvorman, bir kun men ularni ham
Muhabbat dardiga chalib ketaman.
Borliq beri tursin, har bir yurakka,
Ming-minglab mo'jiza solib ketaman.
Meni bir o’ylab ko’r, zerikkaningda,
Olis-olislarga olib ketaman.
O’tib ketadi deb kim aytdi meni,
Sening yuragingda qolib ketaman.
Matnazar Abdulhakim
@biroz_adabiyot