O seu período de teste terminou!
Para acesso total à funcionalidade, pague uma subscrição premium
Mensagem
BI
Ko‘ngil nigohi
1 244 assinantes
626
Alisher Navoiyning mashhur bir fardi bor:
Men – sinuq, koʻnglim – sinuq, sabrim uyi xud – yerga past,
Bilmagay holim shikastin koʻrmagan muncha shikast.

Men siniqman, koʻnglim – siniq, sabrim uyi ham yerdek past boʻlgan – buzilgan. Menchalik shikast koʻrmagan odam mening zabun holimni bilmaydi, tushuna olmaydi, demoqchi shoirimiz.

Hayot yoʻllari bir tekisda ketmaydi. Inson qayerdadir qoqiladi, qayerdadir surinadi; bir joyda yaxshilik koʻrsa, bir joyda jabr-u zulmni tortadi. Uning koʻnglidagi siniqliklar esa oʻziga va Allohgagina ayon. Tashqaridan qaraganda, sokin koʻringan dengizning tubida nimalar sodir boʻlayotganini bilmaymiz axir.

@biroz_adabiyot
3.04.2025, 23:22
t.me/biroz_adabiyot/619
Cronologia de mensagens semelhante:
Data, mais novo primeiro
Mensagens semelhantes não encontradas