Moliyaviy xizmatlar orqali yangi ish o‘rinlari yaratiladi
🍔 2025-yil 12-aprel kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Markaziy banki va Jahon banki hamkorligida moliyaviy xizmatlar orqali bandlikni oshirishga bag‘ishlangan konferensiya bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davomida raqamli to‘lov tizimlarini ommalashtirish, ayol tadbirkorlar va kichik hamda o‘rta biznes (KOB) subyektlarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, fintech yechimlari orqali iqtisodiy faollikni kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.
Konferensiyada quyidagi asosiy yo‘nalishlarga urg‘u berildi:
— Ayollar va yoshlarga teng moliyaviy imkoniyatlar yaratish
— Muqobil kredit scoring tizimlari, raqamli kreditlash va xavflarni baholash mexanizmlarini joriy etish
— Frilans, elektron tijorat va boshqa zamonaviy sohalar orqali ish o‘rinlarini ko‘paytirish
Tadbir davomida Jahon bankining yangi tashabbusi — ECA FIN-GROW dasturi taqdim etildi.
📊 2026-yilda ishga tushirilishi rejalashtirilgan ushbu dastur kapital va raqamli to‘lov xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan bo‘lib, minglab yangi va barqaror ish o‘rinlarini yaratishga xizmat qiladi.
—
Financial services to drive job creation
🍔On April 12, 2025, an conference was held in Tashkent, jointly organized by the Central Bank of Uzbekistan and the World Bank. The event focused on leveraging financial services to boost employment across the region.
Discussions centered around the expansion of digital payment systems, enhanced access to finance for women entrepreneurs and small and medium-sized enterprises (SMEs), and the role of fintech in driving broader economic activity.
Key focus areas included:
— Promoting equal access to finance for women and youth
— Implementing alternative credit scoring systems, digital lending, and data-driven risk assessment tools
— Creating new job opportunities in emerging sectors such as freelancing and e-commerce
The event also featured the presentation of a new World Bank initiative — the ECA FIN-GROW program.
📊 Set to launch in 2026, the program aims to improve access to capital and digital financial services across participating countries, helping to generate thousands of new, sustainable jobs throughout the region.
Instagram |
LinkedIn |
X (Twitter) |
Facebook |
YouTube