❗️#Diqqat
«Guliston» GRS dan Guliston shahri, Boyovut va Guliston tumanlariga yo‘naltirilgan yuqori bosimli diametri 325 mm bo‘lgan yer osti gaz quvurida aniqlangan gaz sizib chiqish holatini bartaraf etish ishlari olib boriladi.
Shu sababli, joriy yilning 11-aprel kuni soat 10:00 dan 18:00 ga qadar quyidagi hududlarda tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi:
▪️Guliston shahrining Do‘stlik, Sohil, Nurafshon, Yangi hayot, Ahillik mahallalarida;
▪️Guliston tumanining Ishonch, Zarbdor, Mevazor, Yulduz, Soyibobod, Chortoq, Mustaqillik, Birlashgan, A.Navoiy, Inoqlik, Ibrat, Do‘stlik va A.Yassaviy mahallalarida;
▪️Boyovut tumanining Anorzor, Bekat, Qaropchi, Yangi avlod mahallalarida.
Noqulayliklar uchun «Hududgaz Sirdaryo» gaz ta'minoti filiali iste'molchilardan uzr so'raydi, - «Hududgaz Sirdaryo» gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati.
➡️
Telegram |
Facebook |
Instagram |Website |
YouTube