#Seminar
DAVLAT XIZMATIDA XOTIN-QIZLAR: FAOLLIK, TЕNGLIK, MUVAFFAQIYAT
Toshkent davlat pedagogika universitetida bitiruvchi talaba qizlar uchun Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Toshkent shahar filiali tomonidan "DAVLAT XIZMATIDA XOTIN-QIZLAR: FAOLLIK, TЕNGLIK, MUVAFFAQIYAT" mavzusida seminar tashkil etildi.
Unda, agentlikning mas’ul xodimlari, Prezident huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi dotsenti hamda Toshkent shahar, Yangihayot tumani hokimi o‘rinbosari - “Hokimlikka tayyorlash maktabi” o‘quv dasturi bitiruvchisi - “Milliy kadrlar zahirasi"dagi nomzod hamda Universitetning davlat tili bo‘yicha maslahatchisi ishtirok etdi.
Seminar doirasida:
✅ “Davlat xizmatida lider ayollarning o‘rni”,
✅ "Davlat boshqaruvida avlodlar almashinuvi",
✅ “Davlat xizmatiga kirish tartibi va talablari (
vacancy.argos.uzplatformasi orqali arizalarni yuborish)
✅ “Davlat xizmatida xotin-qizlar: imkoniyatlar va imtiyozlar” kabi mavzularda bitiruvchi talaba qizlarga ma’ruza va taqdimotlar qilindi.
Shuningdek, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining Toshkent shahar filiali tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, xususan,
vacancy.argos.uz platformasining ishga tushirilgani davlat xizmatiga ishga kiruvchilar uchun qulay imkoniyatlar yaratayotgani, ushbu platformaga hujjatlarni kiritish tartibi, staj talab qilmaydigan lavozimlar haqida, xotin-qizlarning jamiyat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi, kadrlar zahirasini shakllantirish, davlat xizmatida avlodlar almashinuvi, yosh kadrlarning davlat xizmatiga kirib kelishi, davlat xizmatchilarining malakasini oshirish kabi yo‘nalishlar bo‘yicha ishtirokchilarga to‘liq ma’lumotlar berildi.
Yangihayot tumani hokimi o‘rinbosari – Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Iroda Abdullayeva lider ayollarning jamiyat rivojiga qo‘shayotgan hissasi, zahira nomzod sifatidagi faoliyati, Germaniya tajribasidan olgan bilim va ko‘nikmalarini bitiruvchi talabalar bilan bo‘lishdi.
Seminar yakunida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar berildi.
👉👉👉 Lavhamizda tadbir jarayonlari
🔵@Сhilonzor_tumani_hokimligi