Gardnerning ko‘p intellekt nazariyasi
1980-yil boshlarida Hovard Gardner “Aql chegaralari” nomli kitob yozdi. Uning kitobida quyidagi kabi turli xil iqtidor turlari haqida yozilgan:
➖ Lingvistik(og’zaki nutq) qobiliyati;
➖ Matematik qobiliyat;
➖ Raqamli intellekt;
➖ Fazoviy intellekt(ijodkorlik);
➖ Jismoniy intellekt;
➖ Shaxslararo intellekt (yuqori kommunikativlik).
📌 Olimlar tomonidan yana 30 dan ortiq intellektual qobiliyat turlari mavjudligi haqidagi fikrlar ham ilgari suriladi.
Biz sinfga kirganimizda o’quvchilarimiz turli xil intellekt egalari ekani bilan hisoblashmasdan ilojimiz yo’q.
O‘quvchilar har xil usullar bilan yaxshiroq o‘rganadi. Shuning uchun darslar turli intellekt turlariga mos keladigan faoliyatlarni o‘z ichiga olishi kerak.
Lingvistik qobiliyatlilar:
➖ O‘qish, yozish va muloqot qilish orqali yaxshi o‘rganadi.
➖ Hikoyalar, dialoglar, insho yozish va muhokamalarni kiritish kerak.
Ijodkorlar:
➖ Mustaqil ishlashni afzal ko‘radi, o‘zini va atrofni tahlil qilishga moyil.
➖ Kundalik yozish, fikr yuritish faoliyatlarini ular uchun qo‘shish kerak.
Raqamli intellektga ega bolalar:
➖ Rasmlar, diagrammalar, jadvallar, xaritalar, visual vositalar orqali yaxshiroq o‘rganadilar.
➖ Grafik organayzerlardan foydalanish foydali bo‘ladi.
Jismoniy-kinestetik qobiliyatli (yoxud tug’ma sportchi) bolalar:
➖ Harakat orqali yaxshiroq o‘rganadi.
➖ Harakatli o‘yinlar, dramatizatsiya, TPR metodidan foydalanish.
Musiqiy qobiliyati kuchli bolalar:
➖ Ritm va melodiya orqali oson o‘rganadi.
➖ Qo‘shiqlar, ritmik she’rlar va musiqali faoliyatlar samarali.
Mantiqiy-matematik qobiliyatlilar:
➖ Tahliliy fikrlaydi, mantiqiy bog‘liqlikni yaxshi tushunadi.
➖ Muammolarni hal qilish, boshqotirmalar, tajribalar, “sabab va ta’sir” mashg‘ulotlari foydali.
Shaxslararo intellekti yuqori bolalar:
➖ Boshqalar bilan yaxshi ishlaydi, jamoaviy mashg‘ulotlardan zavq oladi.
➖ Guruh ishlarini, jamoaviy o‘yinlarni qo‘llash kerak.
Tabiatshunoslar:
➖ Tabiat bilan bog‘liq mashg‘ulotlarga qiziqadi.
➖ Bog‘ga ekskursiyalar, o‘simlik va hayvonlar bilan bog‘liq faoliyatlar samarali.
✍️ Muallif: Gulnoz Xodjayeva
Kanalga ulanish:👇
https://t.me/trm_metodika