“INSON UCHUN” KO‘RGAZMASIGA TAKLIF ETAMIZ!
🗓 2025-yil 1–2 may
📍 Toshkent shahri, “O‘zekspomarkaz” milliy ko‘rgazmalar majmuasi
Nogironligi bo‘lgan shaxslarni ish bilan ta’minlagan tadbirkorlik subyektlari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar taqdim etiladigan an’anaviy “Inson uchun” savdo-ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.
Ushbu tadbir:
🔹 Nogironligi bo‘lgan fuqarolarning mehnat faoliyatini rag‘batlantirish,
🔹 Ularning ijtimoiy-iqtisodiy faolligini oshirish,
🔹 Davlat va xususiy sektor o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.
Ko‘rgazma doirasida:
🛍 Mahsulotlar savdosi
🤝 Yangi hamkorlik tashabbuslari
⭐ Tijorat salohiyatiga ega loyihalar namoyishi
Keling, imkoniyatlarga ko‘z tutilgan bu ijtimoiy-ahamiyatli ko‘rgazmada ishtirok etaylik!
——
ISHTIXON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI
Ishtixon.uz |Telegram |Instagram |Facebook