O seu período de teste terminou!
Para acesso total à funcionalidade, pague uma subscrição premium
Idade do canal
Criado
Linguagem
Uzbeque
1.66%
ER (semana)
19.33%
ERRAR (semana)

Jurnalist Ilyos Safarovning rasmiy telegram sahifasi. Murojaat uchun – @Ilyos_SafarovChatBot

🇺🇿🇹🇷🇰🇿🇫🇷🇩🇪🇦🇹🇨🇭🇰🇬

Mensagens Estatísticas
Repostagens e citações
Redes de publicação
Satélites
Contatos
História
Principais categorias
As principais categorias de mensagens aparecerão aqui.
Principais menções
Não foram detectadas menções significativas.
Encontrado 77 resultados
HA
Ilyos Safarov
7 352 assinantes
88
33
4.7 k
Samarqandda Lacetti haydovchisi piyodalar yo'lakchasidan o'tayotgan o'nlab yo'lovchini urib yuboribdi. Hodisa oqibatida 1 kishi vafot etgan. Vafot etgan ayolning 3 nafar farzandi endi onasiz yetim.

Videoni ko'rdim, yuragi bo'shlar u yoqda tursin, har qanday normal kishini-da ezib, ko'chaga chiqishga qo'rqitib qo'yadigan tasvirlar. Samarqand IIB esa holat haqida ikki hafta o‘tib, xabarlar og'izdan-og'izga ko'chib, shov-shuv ko'tarilgachgina xabar bermoqda. Kamiga, dastlabki xabarda jabrlanuvchilar soni va ularning holati haqida ma'lumot yopiq qoldirilgan.

Avval ham yozgandim, yana bir bor aytaman, Samarqand yo'llari – insonlar uchun dahshatning o'zginasi. Shaharda haydovchilarning tartibsiz mashina haydashi, aholi eng gavjum nuqtalarda ham tezlikni istagancha oshiraverishi odatiy holat.

Shahar piyodalar uchun ayniqsa tunda juda xavfli bo’lib ketadi-ki, “potensial donorlar” yo’llarda istaganini qiladi.

Bir safar hamkasbim Navbahor Imomova bilan aylanarkanmiz, u Samarqand yo'llaridagi vaziyatdan qo'rquvga tushayotgani va bunday tartibsizlik, egasizlikni dunyoning biror shahrida ko'rmagani haqida gapirgandi.

Mas'ullar Samarqand yo'llaridagi bunday tartibsizliklar sababini jiddiy o'rganishi, bu o'rganishda, ayniqsa viloyat IIB va YPX faoliyatini chuqur tahlil qilishlari kerak. Nahotki, ular Samarqandni otasining puliga mashina mingan, qonunlarni mensimaydigan, o'pkasi yo'qlarga boy bergan?

Balki, "dolzarb 40 kunlik" tadbirlari Samarqand yo'llarini tartibga keltirish uchun qayta o'tkazilishi kerakdir. Samarqand yo'llari tozalansa, to'rtta siyosatchi kelganda, yo'llarni yopib olaverishga ham hojat qolmas, balki.

@haqiqatdaIlyos
25.04.2025, 09:56
t.me/haqiqatdailyos/2180
HA
Ilyos Safarov
7 352 assinantes
56
36
2.4 k
Nuqtalar: Lavrov e’tirozi, Saidovning javobsiz qolgan quchog'i va elita tafakkuridagi o‘zga til – rus elchisi paydo qilgan bahsga chizgilar


Oxirgi vaqtlarda rossiyalik siyosatchi, siyosatshunos, tarixchi va umuman, rus jamiyati vakillarining O‘zbekiston hamda o‘zbekistonliklarga nisbatan tahdidli, haqoratli, kamsitishdan iborat chiqishlari ko‘payib bormoqda.

O‘z o‘rnida bu kabi chiqishlar o‘zbek jamiyatida ham kuchli norozilik, qalqish, siyosiy doira vakillarining esa tarmoqlar orqali bildiradigan javob chiqishlariga sabab bo‘lmoqda-ki, bu ikki davlat munosabatlarida o‘zaro asabiylik, keskinlikni oshirib borayotgandek.

Rossiyaliklarning bayonotlari va bu chiqishlarning ikki davlat munosabatlariga ta’siri masalasida bejiz so‘z boshlamadik. Sababi, shu yilning 22-23-aprel kunlari Samarqandda bo‘lgan va O‘zbekiston tomoni bilan muzokara o‘tkazgan Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning rus tili haqida bildirgan e’tirozi hamda tadbirlar yakuni bo‘yicha OAVga bergan bayonoti bugun o‘zbek jamiyatida navbatdagi norozilik va muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.

“Nuqtalar”ning bu galgi soni rossiyaliklarning e’tiroz uyg’otuvchi chiqishlari, jumladan, Sergey Lavrov bayonoti, buning sabablari, shuningdek, o‘zbek elitasi vakillari tafakkuridagi o’zga til masalalariga bag’ishlandi.

Dastur mehmonlari taniqli qalamkash va muxolifatdagi faoliyati bilan yaxshi tanish, faol Dilorom Is’hoqova va siyosatshunos Farhod Tolipov bo‘ldi.

Videoni ko'rish 📹👉 https://youtu.be/Qi89bQRkk7k

@haqiqatdaIlyos
24.04.2025, 18:08
t.me/haqiqatdailyos/2179
HA
Ilyos Safarov
7 352 assinantes
133
31
2.4 k
24.04.2025, 07:46
t.me/haqiqatdailyos/2172
HA
Ilyos Safarov
7 352 assinantes
31
2.6 k
24.04.2025, 07:46
t.me/haqiqatdailyos/2177
HA
Ilyos Safarov
7 352 assinantes
31
2.5 k
24.04.2025, 07:46
t.me/haqiqatdailyos/2175
HA
Ilyos Safarov
7 352 assinantes
31
2.5 k
24.04.2025, 07:46
t.me/haqiqatdailyos/2173
HA
Ilyos Safarov
7 352 assinantes
31
2.5 k
24.04.2025, 07:46
t.me/haqiqatdailyos/2178
HA
Ilyos Safarov
7 352 assinantes
31
2.5 k
24.04.2025, 07:46
t.me/haqiqatdailyos/2174
HA
Ilyos Safarov
7 352 assinantes
31
2.6 k
Davlat xizmatida ko’zbo’yamachilik, xalq pullarini sovurish davom etadi.
Chilonzordagi Pedagogika universiteti va Xalq banki binolari o’rtasidagi qaqrab yotgan, toshli maydonga yuzlab mevali ko’chat ko’mib chiqishibdi.

Suratlardan ko’rishingiz mumkin, ko’chat ekilgan maydon shunchalik qattiq, ekin o’smaydigan holdaki, yerni hatto ekskavator bilan kovlashgan.

Afsuski, toshli maydonga ko’milgan bu ko’chatlar suvsizlik va tomir yoyishga yetarli sharoit yo’qligi sabab, 1 haftaga qolmay quriydi. Oqibatda, keyingi, undan keyingi yillarda ham bir maydonga ko’chat tashlab, quritilaveradi — hisobotmi, hisobot, ko’chat ekilyaptimi, ekilyapti.

Ha, “Yashil makon” ezgu loyiha, lekin u byudjet pullarini suratlardagi kabi toshli maydonlarga sovurish faoliyatiga aylanib borayotgandek.

@haqiqatdaIlyos
24.04.2025, 07:46
t.me/haqiqatdailyos/2176
HA
Ilyos Safarov
7 352 assinantes
187
23
2.9 k
Yigitlarimiz musobaqa kubogiga qo’shib, “eng yaxshilar” uchun atalgan sovrinlarni-da yig’ib qaytadigan bo’lishdi.

1. Ne’matulloh Rustamjonov – musobaqaning eng yaxshi darvozaboni.

2. Asilbek Aliyev – eng yaxshi to’purar (5 ta gol).

Sadriddin Hasanov – turnirning eng yaxshi futbolchisi.

Yana bir bor qoyil, rahmat, ukalar.

@haqiqatdaIlyos
20.04.2025, 20:35
t.me/haqiqatdailyos/2171
HA
Ilyos Safarov
7 352 assinantes
162
16
3.5 k
Futbol bo‘yicha U-17 Osiyo kubogida O‘zbekiston turnir mezboni Saudiya Arabistonini 2:0 hisobida mag’lub etib, o‘z tarixida ikkinchi bor Osiyo chempioniga aylandi.

G’alabamizni yanada ahamiyatli qiladigan jihat: futbolchilarimiz birinchi bo‘limning o‘zidayoq 2 ta qizil kartochka olib, 9 kishi qolgandi.

Barakalla, yigitlar. Terma jamoa murabbiyi Islom Ismoilovga esa alohida tashakkur.

@haqiqatdaIlyos
20.04.2025, 20:08
t.me/haqiqatdailyos/2170
HA
Ilyos Safarov
7 352 assinantes
64
10
1.8 k
Dam olish kuni oilaviy Chorsu bozoriga tushgandik. Chorsuga kelarkansan, endi “ovqat bozor”ga ham kirmaslik, keyin qurut va olma qand olmay qaytishning iloji yo’q.

Ha, Toshkent ramzlaridan bo’lgan bu joyni hashamatli deb bo’lmaydi, ammo taomlar mazasi bilan ko’rimsizlik har qanday kishining esidan chiqishi aniq.

Aytgancha, oldingi kelganimiz bilan solishtirganda (3-4 oy bo’ldi shekilli) ovqat narxlari sezilarli oshgan.

@haqiqatdailyos
18.04.2025, 16:33
t.me/haqiqatdailyos/2169
HA
Ilyos Safarov
7 352 assinantes
29
22
2.2 k
Nuqtalar: O‘zbekistonda aholi o‘sishi sekinlashmoqda: sabab, oqibat va yechimlar haqida bahs

12-aprel kuni Statistika qo‘mitasi telegram kanalida O‘zbekistonda aholi soni o‘sishiga oid yangi raqamlar e’lon qilindi. Unga ko‘ra, mamlakatda doimiy aholi soni har kuni o‘rtacha 1 ming 700 kishiga oshmoqda.

Shuningdek, 2025-yil boshidan buyon o‘zbekistonliklar 154 ming 600 kishiga ko‘paygan. Bir qaraganda oddiy statistika. Solishtirish uchun, mamlakat aholisi 2024-yilning birinchi choragida 163 ming 500 ga, 2023-yilning birinchi choragida esa 172 ming 800 kishiga ko‘paygan. Uch yillik oraliq farq 18 ming 200 kishi.

O‘zbekistonda aholi o‘sishining sekinlashuvi ketma-ket beshinchi chorak, uchinchi yildirki, davom etmoqda.

Xo‘sh, nufus o‘sishi sekinlashuviga nimalar sabab: masala iqtisodiymi, ijtimoiymi yoki tibbiy, global miqyosda bu jarayon qanday kechmoqda hamda eng muhimi, mamlakat uchun bu jarayon foydalimi yoki zararli?

Nuqtalar dasturining navbatdagi sonida nafaqat statistika, balki, jamiyat, iqtisod va kelajak haqida o‘ylashga undaydigan ana shu mavzu va savollar haqida gaplashdik. Dastur mehmonlari Sotsiologiya fanlari doktori, professor Abdug‘ani Xolbekov, Tibbiyot fanlari doktori, professor Zarifboy Ibodullayev va Iqtisodiyot fanlari doktori, professor Barnogul Sanaqulova bo‘ldi.

📹👉 https://youtu.be/JJJitifOZ5E?si=ic-Jn8DvPLd-3jbU

@haqiqatdaIlyos
17.04.2025, 19:39
t.me/haqiqatdailyos/2168
HA
Ilyos Safarov
7 352 assinantes
161
121
5.7 k
Kecha Sudyalar oliy kengashi rahbari Xolmo‘min Yodgorov EffektUz saytini tanqidiy maqola uchun sudga berib, BHMning 30 baravari miqdorida jarimaga torttirdi. Avvalroq “Mening yurtim” telekanali muxbiri Ruxsora G‘ofurova o‘zi tayyorlagan reportaj uchun ma’muriy ishga jalb qilingandi.

Shu kunlarda Inson huquqlari “Ezgulik” jamiyati raisi Abdurahmon Tashanov o‘ziga nisbatan qilinayotgan bosimlarga javoban yozgan maqolasi uchun Mirobod tuman sudida javob bermoqda. Bloger Otabek Bakirov ustidan Istiqbolli loyihalar milliy agentligi tomonidan shikoyat kiritilgan. Jahongir To‘laganov ishi sudda, Zohid Jumayev ishi sudda, yaqinlariga ko‘ra, butun boshli tirik jon, bloger Zafarjon Jaqinov shu kunlarda tag-tugi bilan yo‘qolgan, topilmayapti. Jurnalist Anora Sodiqova o‘ziga nisbatan davom etib kelayotgan haqorat, shantajlardan to‘yib, jurnalistlar kiritilmayotgan sudlardan adolat izlab yuribdi. Mediasi esa yopilish arafasida emish.

Boshqa nashrlarda ham shunga o‘xshash holat. Kuzating, mamlakat ichki hayotiga oid tahliliy, tanqidiy, o‘tkir maqolalar deyarli to‘xtagan, topolmaysiz. Tahlillar esa maishiy, xavfsiz mavzular va asosan okeanortidagi siyosat tahliliga qaratilmoqda. Bu masalada biroz ortga qaytish, masalan, Rossiya yoki Xitoy siyosatiga oid tahlillarda ham o‘ta ehtiyotkorlik talab qilinmoqda. Sababi, bu mamlakatlarga oid maqolalarga ozgina erkin yondashish orqali ham bosh (boshlar) ketishi mumkin.

Bu – bugungi o‘zbek mediasi atrofida uzoq emas, yil emas, shu kunlarda ro'y berayotgan voqealar xolos. (Balki, kartinani hududlarda davom etayotgan necha-necha sudlar va ularda qamalayotgan jurnalist, blogerlar ishi yanada to‘ldirar, hammasini bilmaymizku). Ya’ni, tan olishadimi, yo‘qmi, mamlakatda jurnalistika, blogosfera butkul o‘limtik ahvolga keltirildi. Ammo shu o‘limtik holatida ham sohalar kimlarnidir qo‘rqityapti shekilli, yaqinda “Blogerlik faoliyati haqida” qonun qabul qilisharmish. Eshitishimcha, unda blogerlarni soliqqa tortish tartiblari ham belgilanadi. (Ko‘ngillari kimnidir javobgarlikka torttirishni istab qolsa, buyam bitta ma’muriy richag-da. O'zi har qanaqa og'ir sharoitga kirib borishdan avval qonunchilik mustahkamlanadiku.)

8 yildan beri aytiladigan va necha-necha rasmiy chiqishlarda va’da berilgan jurnalist faoliyatiga aralashganlik uchun javobgarlikni ko‘zda tutuvchi o‘zgartirish-chi, deysizmi? Shaxsan men yaqin yillarda uning qabul qilinishiga ishonmayman. Va’da boshqa, amal boshqa bo‘lib turarkan, qabul qilingandayam nima o‘zgarardi?!

@haqiqatdaIlyos
17.04.2025, 14:50
t.me/haqiqatdailyos/2167
HA
Ilyos Safarov
7 352 assinantes
217
20
2.4 k
Shoir va tarjimon Yo'ldosh Eshbekka ikki xonali uy sovg‘a qilindi

Taniqli shoir va tarjimon Yo‘ldosh Eshbekka “Sergeli city” majmuasidan 2 xonali uy sovg‘a qilindi. Bu haqda jurnalist Farrux Jabborov ma’lum qildi.

“Kecha O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida tadbirkor Marat Hamdamov tomonidan Yo‘ldosh Eshbekka “Sergeli city” majmuasidan ikki xonali uy hujjatlari topshirilibdi. Eshitib behad quvondim. Nasib etsa, sentabr oyida shoirni oilasi bilan birga yangi uyga ko‘chirib o‘tkazamiz”, – deb yozdi jurnalist.

Shuningdek, ijodkor uchun avvalroq boshlangan xayriya doirasida 90 mln so’mga yaqin mablag’ yig’ilgani ma'lum qilingan.

@haqiqatdaIlyos
15.04.2025, 12:02
t.me/haqiqatdailyos/2166
HA
Ilyos Safarov
7 352 assinantes
61
39
3.0 k
“Korrupsiyani jilovlash uchun 1 kun, 1 soat yetarli, gap siyosiy irodada” – Intellektual klubning navbatdagi yig‘ilishi qanday o‘tdi?


“Beshikdan qabrgacha pora ber”. Ha, afsuski, shunday. Kecha tug‘ilgan chaqaloqni tug‘ruqxonadan olib chiqayotib, o‘z ishini qilgan doyalar-u boshqa tibbiyot xodimlariga “suyunchi” berasan. Yaxshi tug‘ruqxonaga yoki qo‘li yengil doyaga bergan pulni hali aytmadim. Bola eson-omon tug‘ilib olsa, ona salomat bo‘lsa, bas, deysan. Go‘yo hammasi oddiy, hammasi tabiiy.

O‘zbekistonda korrupsiya – bu shunchaki muammo emas, bu bir “ulkan hunarmandchilik”, ajdodlardan meros qolgan “an'anaviy hunar”. Bugun seni o‘qishga kiritish uchun pora, ertaga ishga joylashtirish uchun yana pora, keyin esa o‘sha ishingda qolish uchun pora. Hamma yerda ham bunday emas, ammo gap shundaylarning hamon borligi haqida. Eng yomoni, bu oddiy odamlardan tortib, amaldorlargacha tegishli. Sohalar yiriklashgani sari korrupsiya ko‘lami ham kattalashib boraveradi.

Ayrim tashkilotlar o‘z “boqilgan” mijozlariga ega. Ba'zilari lisenziya sotish bilan, boshqalari tender uyushtirish bilan band. Sen “kursda” bo‘lmasang, yoki uning ichida bo‘lishni istamasang, bu hayotda “nimalargadir erisholmaydigan sodda” bo‘lib qolaverasan. Pora va tanish-bilishlarini ishga solib, mansabga keladigan ayrim amaldorlar “men halolman” deydi, lekin kimningdir nomiga ochilgan bank hisobvarag‘ida “sirli” millionlari bor.

Korrupsiya bor ekan, hech qachon haqiqiy taraqqiyot bo‘lmaydi. Chunki korrupsiya – bu o‘smirga o‘qish o‘rniga “tanish” kerakligini o‘rgatadigan, yoshlarga mehnat orqali emas, "hamyon" orqali muvaffaqiyatga erishishni ko‘rsatadigan, pul berib, ishni oson bitirishga undaydigan ko‘hna dard, nasl surayotgan eski kasallik.

Ha, aytgancha, ayrim qabristonlarda 3 metrning joyning o‘z narxi bor ekan. Eshitganmisiz?

Intellektual klubning bu galgi soni O‘zbekistonda korrupsiya, uning oqibatlari va bu illatga qarshi kurash masalalariga bag‘ishlandi.

📹👉https://www.youtube.com/watch?v=1jDGeqwwEIc&ab_channel=VatandoshTV

@haqiqatdaIlyos
14.04.2025, 14:13
t.me/haqiqatdailyos/2165
HA
Ilyos Safarov
7 352 assinantes
1
4
Bugun Xalqlar do’stligi metrosidan Yozuvchilar uyushmasi uylarigacha piyoda keldim. Ajablanganim, yo’l-yo’lakay TOB (Toshkent shahar obodonlashtirish boshqarmasi) yozuvli nimcha kiyib olgan qaysi ayolni ko’rmay, o’tkinchilardan tushlik uchun ehson so’rab turibdi.

Xo’sh, bu nima, hukumat oylikdan shunchalik qisib qo’ygan-u, davlat xizmatchilari tilanchilikka majbur bo’lyaptimi yoki firibgarlar pul topishning yangi yo’liga o’tishdimi?

Holat shahar hokimligi va huquq organlari tomonidan o’rganilishi va qanday sabab bo’lmasin, u bartaraf qilinishi kerak. Juda xunuk va achinarli manzara.

@haqiqatdaIlyos
12.04.2025, 14:08
t.me/haqiqatdailyos/2164
HA
Ilyos Safarov
7 352 assinantes
2.4 k
1.6 k
34 k
Osmonlarga uzatdik qoʻlni,
Yuraklarga qoʻndi bir surur.
Tanlagandik eng mushkul yoʻlni,
Oxir bizni oʻldirdi gʻurur.

Bizga qarshi jang qildi samo,
Boshimizdan yogʻildi qorlar.
Qishdan omon chiqqandik ammo
Bizni qatl etdi bahorlar.

© Xayrulla Hamidov

@haqiqatdaIlyos
11.04.2025, 15:04
t.me/haqiqatdailyos/2163
HA
Ilyos Safarov
7 352 assinantes
91
24
2.6 k
Taniqli shoir va tarjimon Yo’ldosh Eshbekning bugungi ijtimoiy og’ir ahvoli haqida lavhamiz e’lon qilinarkan, u haqda eshitmagan yoki ijodi bilan yaxshi tanish bo’lmagan ba’zi insonlar so’rab murojaat qilmoqda.

Menimcha, quyida keltiriladigan ma’lumotlar Yo’ldosh Eshbekni yaxshi tanimaganlar uchun ham uning kim, qanday ijodkor ekani haqida yetarlicha xulosa beradi.

Xo’sh, o’zbekka buncha katta ilmiy, adabiy, ma’naviy xazina taqdim etgan, taqdim qilib kelayotgan insonlar ko’p deb o’ylaysizmi?

👉 https://telegra.ph/SHOIR-VA-TARZHIMON-J%D0%8ELDOSH-EHSHBEK-%D2%B2A%D2%9AIDA-04-04

@haqiqatdaIlyos
4.04.2025, 07:00
t.me/haqiqatdailyos/2161
HA
Ilyos Safarov
7 352 assinantes
Repostar
51
10
2.2 k
Hurmatli kuzatuvchilar!

Sizni “Vatandosh” intellektual klubining navbatdagi yig‘ilishiga taklif qilamiz.

Klubning bu safargi yig‘ini “Korrupsiya: sabab, oqibat va yechimlar” mavzusida bo‘lib o‘tadi.

Siz loyihani jonli kuzatishdan tashqari, O‘zbekistonda korrupsiya, uni yuzaga keltirayotgan omillar va bartaraf qilishda hukumat, jamiyat oldida turgan vazifalar haqida ma’lumot olish, shuningdek, mavzu yuzasidan o‘zingizni qiziqtirgan savollarga javob topish imkoniyatiga egasiz.

5-aprel kuni soat 10:30 da “Impuls event zone” tadbirlar zalida sizni kutamiz!

Manzil: Toshkent shahri, Shota Rustaveli ko'chasi 01, 6-uy.

Facebook | Instagram | @vatandosh_tv | Youtube
3.04.2025, 05:35
t.me/haqiqatdailyos/2160
HA
Ilyos Safarov
7 352 assinantes
72
77
9.0 k
O‘zbekning og‘ir sharoitda qolgan katta shoiri Yo‘ldosh Eshbek bilan suhbat


Bir necha kun avval ijtimoiy tarmoqlarda taniqli shoir va tarjimon Yo‘ldosh Eshbekning ijtimoiy og‘ir ahvolga tushib qolgani haqida xabar va xayriya postlari e’lon qilindi. Bu haqda birinchi bo‘lib yozgan jurnalist Farrux Jabborovga ko‘ra, shoir ayni vaqtda Chilonzor tumanidagi sobiq yotoqxonaning bir xonali tor oshxonasida, ayoli, ikki nafar nogiron farzandi va nabiralari bilan yashamoqda. O‘zining esa ko‘zlari ko‘rmay qolgan.

“Bugun turkiy dunyoning katta shoirlaridan biri, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi Yoʻldosh Eshbekni yoʻqladik. Koʻzlari koʻrmay qolibdi. Yostiqday kitobni koʻrsatib, yarmigacha tarjima qilishga ulgurdim, ishim chala qoldi, deb oʻkindi. Yangi sheʼrlarini ham qogʻozga tushirishga qiynalyapti ekan.
Turnakoʻz buloq qaynab yigʻlashi haqida sheʼr oʻqib berdi. Oʻzi yarmini olib chin dunyoga ketishi, yarmini esa yolgʻon dunyoga qoldirishi haqidagi sheʼri...

Nima deyishga ham hayronman. Boringlar, xabar olinglar, desammi. Davolataylik, chogʻroq uy olib beraylik, desammi. Oʻzbek katta el...mikan?” – deb yozdi u o‘zining facebook sahifasida.

Vatandosh TV muxbiri shu kabi xabarlardan keyin holidan xabar olish maqsadida taniqli shoir yashayotgan uyda bo‘ldi va u bilan she’riyat, shoir ijodi va uning bugungi kunlari haqida qisqa suhbat qurdi.

Eslatib o‘tamiz, shoir Yo‘ldosh Eshbek uchun boshlangan xayriya davom etmoqda va unga yordam berishni xohlaganlar ushbu karta raqamlariga mablag‘ o‘tkazishlari mumkin:

UZCARD 5614681908452158 (Djabbarov Farrukh)
👉 HUMO 9860060102409871 (Farrukh Djabbarov)
👉 VISA 4195250040623413 (Farrukh Djabbarov)

📹👉 https://youtu.be/NVDaMn3R_7M

@haqiqatdaIlyos
2.04.2025, 15:47
t.me/haqiqatdailyos/2159
HA
Ilyos Safarov
7 352 assinantes
136
2
1.3 k
Hayit bayramingiz muborak bo’lsin.
30.03.2025, 05:08
t.me/haqiqatdailyos/2158
HA
Ilyos Safarov
7 352 assinantes
35
14
2.3 k
Nuqtalar: Eronga qarshi o'yin, JCH orzusi va illuziya – o'zbek futboli haqida

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi kecha, 25-mart kuni Jahon chempionati-2026 saralashi, oxirgi bosqich, 8-turida Eron terma jamoasiga qarshi maydonga tushdi va 2:2 hisobidagi jangovor durangni qayd etdi. Bu natija esa milliy jamoamizni millionlab o‘zbekistonliklar uchun yillar davomida armon bo‘lib kelayotgan mundial yo‘llanmasiga yanada yaqinlashtirdi.

Keyingi turda, 5-iyun kun Birlashgan Arab Amirliklari o‘z maydonida O‘zbekistonni qabul qiladi. Bu o‘yindagi g‘alaba yoki durang natija O‘zbekistonga mundial yo‘llanmasini kafolatlaydi, Temur Kapadze jamoasi safarda mag‘lub bo‘lsa ham, barchasini so‘nggi turda, Toshkentda Qatarga qarshi o‘yinda tuzatish mumkin – bu o‘yinda O‘zbekistonga faqat g‘alaba kerak bo‘ladi.

Nuqtalar dasturining navbatdagi soni shu kunlarda o‘zbekistonliklar orasida eng ko‘p muhokama qilinayotgan mavzu – futbol, bu sport turida milliy jamoaning so‘nggi o‘yinlari, mundial yo‘lidagi imkoniyatlari va jamiyatda futbolning tutgan o‘rni masalalariga bag‘ishlandi.

Dastur mehmonlari – sport jurnalistlari Bobur Akmalov va Yaxyoxo‘ja Ulug‘xo‘jayev bo‘ldi.

📹👉 https://youtu.be/XRm4gLzPcm8

@haqiqatdaIlyos
26.03.2025, 19:37
t.me/haqiqatdailyos/2157
HA
Ilyos Safarov
7 352 assinantes
74
1.6 k
Afsus
25.03.2025, 20:48
t.me/haqiqatdailyos/2156
HA
Ilyos Safarov
7 352 assinantes
192
7
1.9 k
Qizim uxlayapti, ikkinchi gol uchun baqirolmayapman. Bundan azob narsa bormi, do’stlar!
25.03.2025, 20:27
t.me/haqiqatdailyos/2155
HA
Ilyos Safarov
7 352 assinantes
81
31
2.5 k
AY YOLA uchligining "Homay" (Umay - tangrichilikdagi asosiy farishtalardan biri) qo‘shig‘i shu kunlarda instagram va boshqa tarmoqlarda katta mashhurlikka erishmoqda. Asl manbaadan qidirib ko’rdim, qo’shiq YouTube platformasiga joylanganiga hali ko’p bo’lmagan bo’lsa-da, allaqachon millionlab yoqtirma (like) va yuz minglab ijobiy fikrlar olishga ulgurdi. 

AY YOLA – boshqird ijro guruhi. Qardoshlarimiz oxirgi vaqtlarda tomoshabinlarga turkiylar tarixi qa'ridan "O‘rol Botir" dostonini zamonaviy talqinda yetkazishmoqda. “Homay” ularning bu yo’ldagi ikkinchi ijrosi.

O’ylashimcha, insoniyat zamonaviylikka qanchalik intilmasin, bu yo’ldagi yutuqlarga qanchalik mahliyo bo’lmasin, vaqt o’tib baribir folklorga qaytaveradi. Falsafada hamma narsa o’z tabiiy joyi, tayanchiga intiladi, degan mashhur fikr bor-ku. 

O’zbek zamonaviy estradasi erishgan yutuqlarni inkor qilmagan holda aytish kerakki, u baribir folklordan uzoqlashgan, asliyati unutilgan yo’l. 

San’at jamiyatni maʼlum ruhda tarbiyalash, aqliy va hissiy 
jihatdan rivojlantirish vositalaridan biri ekan, bas, biz rivojlangan jamiyat sari yurish uchun ham albatta buyuk folklorimizga qaytishimiz kerak.

@haqiqatdaIlyos
23.03.2025, 09:54
t.me/haqiqatdailyos/2154
HA
Ilyos Safarov
7 352 assinantes
1
AY YOLA uchligining "Homay" (Humo qush) qo‘shig‘i shu kunlarda instagram va boshqa tarmoqlarda katta mashhurlikka erishmoqda. Asl manbaadan qidirib ko’rdim, qo’shiq YouTube platformasiga joylanganiga hali ko’p bo’lmagan bo’lsa-da, allaqachon millionlab yoqtirma (like) va yuz minglab ijobiy fikrlar olishga ulgurdi. 

AY YOLA – boshqird ijro guruhi. Qardoshlarimiz oxirgi vaqtlarda tamoshabinlarga turkiylar tarixi qa'ridan "O‘rol Botir" dostonini zamonaviy talqinda yetkazishmoqda. “Homay” ularning bu yo’ldagi ikkinchi ijrosi.

O’ylashimcha, insoniyat zamonaviylikka qanchalik intilmasin, bu yo’ldagi yutuqlarga qanchalik mahliyo bo’lmasin, vaqt o’tib baribir folklorga qaytaveradi. Falsafada hamma narsa o’z tabiiy joyi, tayanchiga intiladi, degan mashhur fikr bor-ku. 

O’zbek zamonaviy estradasi erishgan yutuqlarni inkor qilmagan holda aytish kerakki, u baribir folklordan uzoqlashgan, asliyati unutilgan yo’l. 

San’at jamiyatni maʼlum ruxda tarbiyalash, aqliy va hissiy 
jihatdan rivojlantirish vositalaridan biri ekan, bas, biz rivojlangan jamiyat bo’lish uchun ham albatta buyuk folklorimizga qaytishimiz kerak.

@haqiqatdaIlyos
23.03.2025, 09:06
t.me/haqiqatdailyos/2153
HA
Ilyos Safarov
7 352 assinantes
1
IMG_2615.MP4
23.03.2025, 09:06
t.me/haqiqatdailyos/2152
HA
Ilyos Safarov
7 352 assinantes
33
9
1.7 k
Nuqtalar: Turkiyada namoyishlar: voqealar rivoji nimaga qarab bormoqda?

Muxolifatchi, Istanbul shahri meri Akrom Imomog‘li 19-mart kuni hibsga olinarkan, Turkiyaning ayrim shaharlarida norozilik namoyishlari boshlanib ketdi. Ular Imomog‘li va u bilan qo‘shib hibsga olinganlarni ozod etishni, shuningdek, Erdog‘anning iste’fosini so‘ramoqda. Mamlakatda turk lirasi rekord darajada pastladi. Shahar prokuraturasi bayonotiga ko‘ra, tergov ikkita jinoiy ish bo‘yicha olib borilmoqda.

Imomog‘lining hibsga olinishi fonida shuningdek, Turkiya hukumati bir nechta ijtimoiy tarmoqlarga, jumladan, X va Youtube’ga kirishni chekladi, deb xabar berdi NetBlocks monitoring resursi. Istanbul munisipaliteti 23-martgacha shaharda namoyishlar o‘tkazishni vaqtincha taqiqladi. Shahar markazida ham bir qator metro bekatlari va yo‘llar yopildi.

Dasturimizning bugungi sonida Turkiyada muxolifat yetakchilaridan birining hibsga olinishi, unga javoban yuzaga kelgan namoyishlar va bu voqealarning mamlakat ichki siyosiy holatiga ta’sirini ko‘p yillar Turkiyada yashab, ishlagan, ayni vaqtda faoliyatini O‘zbekistonda davom ettirayotgan siyosatshunos Fazliddin Madiyev bilan muhokama qildik.

📹👉 https://youtu.be/vSn-mXNUtKY

@haqiqatdaIlyos
20.03.2025, 19:34
t.me/haqiqatdailyos/2151
HA
Ilyos Safarov
7 352 assinantes
33
19
2.4 k
Nuqtalar: “Tugatildi, lekin doim bor” – sektor tizimi faoliyatiga chizgilar
 
O‘zbek tiliga arab tilidan kirgan muvoziy degan so‘z (sifat) bor. Izohiga qaralsa, bu so‘z "bir paytning o‘zida bir necha faoliyat, xatti-harakat va shu kabilarni birgalikda olib borish, bajarish" degan ma’noni bildiradi.
 
O‘zbekistonda 2016-yildan buyon ishlab, shu yil 5-mart kuni tugatilgan sektor tizimiga ham qaysidir jihhatdan "muvoziylik" deya ta’rif berish mumkin. Garchi bu tizimga nisbatan rasmiy hujjatlarda "mahalliy davlat hokimiyati organining ko‘maklashuvchi kollegial ishchi tuzilmasi" deya izoh berilgan bo‘lsa-da, uni yuritishi kerak bo‘lgan shaxslar baribir o‘z vazifasidan tashqari faoliyatni bajarishi, yaʼni muvoziylik qilishi kerak bo‘lardi.
 
Nuqtalar dasturining navbatdagi soni sektor tizimi, uni yuzaga keltirgan vaziyat, sakkiz yarim yil ishlagan tizim va undan qolgan xulosalar tahliliga bag‘ishlandi.
 
Dastur mehmonlari huquqshunos Lola Saidova, iqtisodchi Bahodir G‘aniyev va huquq himoyachisi Abdurahmon Tashanov bo‘ldi.

📹👉 https://youtu.be/xU8EBIJaxXQ

@haqiqatdaIlyos
17.03.2025, 15:19
t.me/haqiqatdailyos/2150
HA
Ilyos Safarov
7 352 assinantes
37
34
5.2 k
Nuqtalar: Yangilanayotgan dunyo tartiboti: Markaziy Osiyo uchun kim do‘st, kim tahdid?


13-mart kuni Qirg‘iziston va Tojikiston prezidentlari Sadir Japarov va Imomali Rahmon ikki davlat o‘rtasida chegara to‘g‘risidagi shartnomani imzoladi. Bishkekda qilingan bu kelishuv tahlilchilar fikricha, nafaqat ikki davlat o‘rtasida ko‘p yillik bahs-munozaraga nuqta qo‘yilgani, balki, mintaqa birligiga to‘siq bo‘layotgan yirik muammolardan biri o‘rtadan olingani bilan ham ahamiyatli.

“Nuqtalar” dasturining navbatdagi soni ikki mamlakat o‘rtasida imzolangan bitim, shuningdek, dunyoda fizik va mental bo‘lib olish siyosati davom etayotgan, yangi dunyo tartiboti shakllanayotgan bugungi sharoitda Markaziy Osiyo birligi zarurati, mintaqaga kim do‘st va kim tahdid ekani tahliliga bag‘ishlandi.

Dastur mehmonlari siyosatshunos, Markaziy Osiyo davlatlari munosabatlari bo‘yicha taniqli ekspertlar Farhod Tolipov va Fazliddin Madiyev bo‘ldi.

🎞👉 https://youtu.be/5v75ygyOez0

@haqiqatdaIlyos
15.03.2025, 15:40
t.me/haqiqatdailyos/2149
HA
Ilyos Safarov
7 352 assinantes
30
20
2.2 k
Nodira Afoqova – Yolg'izlik

@haqiqatdaIlyos
13.03.2025, 08:36
t.me/haqiqatdailyos/2148
HA
Ilyos Safarov
7 352 assinantes
161
4.3 k
12.03.2025, 09:39
t.me/haqiqatdailyos/2146
HA
Ilyos Safarov
7 352 assinantes
241
163
4.3 k
3 kun avval Namanganda qurollangan niqobli xodimlar aholi xonadonlariga birma-bir kirib tintuv o‘tkazayotgani videolari tarqalarkan, shokka tushgandik. O‘ylagandikki, bu tizimli mantiqsizlik emas, balki, Uchqo‘rg‘ondagi biror rahbarning konstitutsiya va qonunlardan bexabarligi, o‘zboshimchaligi oqibatidir. Bu sharmandalik, qonunsizlik tashabbuskori esa tezda jazolanadi. Ammo bugun tarqalayotgan yana bir necha videoni ko‘rib, jamiyat boshqaruvida toʻgʻri tafakkur yuritish qobiliyati qanchalik kamyob bo'lib borayotganiga amin bo'lasan kishi.

Videoda Jizzaxdagi tuman madaniyat bo‘limlari xodimlari kartoshka, piyoz, pomidor ekayotgan odamlar xonadoniga kirib, qo‘shiq aytib, raqsga tushib bermoqda. Surat va videolarga ilova qilingan ma’lumotga ko‘ra, jarayon viloyatda “Obod qishloq” nomli loyiha doirasida ommaviy o'tkazilmoqda.

@haqiqatdaIlyos
12.03.2025, 09:39
t.me/haqiqatdailyos/2145
HA
Ilyos Safarov
7 352 assinantes
161
4.3 k
12.03.2025, 09:39
t.me/haqiqatdailyos/2147
HA
Ilyos Safarov
7 352 assinantes
78
17
2.8 k
Vatandosh TV’da adabiy suhbatlarni qaytardik. Boshlanishiga qo’llab-quvvatlab berasizlar endi.

“Nuqtalar”: Ayollar she’riyatidagi ortda qolish, adabiyotning “unutilayotgan” vazifasi va o‘zbek ayollari oldidagi qarzdorlik — shoira Nodira Afoqova bilan suhbat

Shoir va yozuvuchilar orasida ijodning ilohiy qobiliyat ekani va shu sababdan, u o‘quvchining talabi, ehtiyojlari bilan emas, yozuvchining ehtiyoji asosida paydo bo‘ladi, degan fikrlarni tez-tez eshitib qolamiz. Ammo adabiyotning ijtimoiy vazifasi-chi, shoir va yozuvchining ziyoli sifatida millat, jamiyat oldidagi qarzdorligi-chi?

Shu ma’noda, bugun adabiyot jamiyat muammolarini qay darajada his qilyapti, ayta olyapti? Odamlar, o‘quvchi undan o‘zi va atrofidagilarni qiynayotgan og‘riqlar aksini ko‘rib, yechimlarini topa olyaptimi? Umuman, adabiyot oldiga shu kabi savollar, vazifalar qo‘yilishi to‘g‘rimi?

“Nuqtalar” dasturining navbatdagi sonida filologiya fanlari doktori, tarjimon va shoira Nodira Afoqova bilan shu haqda suhbatlashdik. Suhbat davomida shuningdek, ayollar adabiyoti, bunda ayollarning erkaklardan ortda qolayotgani sabablari hamda o‘zbek ayollarini qiynayotgan bugungi muammolar haqida so‘z bordi.

📹👉https://youtu.be/LGjPA_xWLVY

@haqiqatdaIlyos
7.03.2025, 14:26
t.me/haqiqatdailyos/2144
HA
Ilyos Safarov
7 352 assinantes
393
54
2.7 k
Necha oydirki, oilam, turmush sharotimiz, qarindoshlarim kim, nimalarga qiziqaman-u va hatto bolaligim qanday o’tgani haqida jiddiy surishtirishmoqda.

Hisobotlarni o’ta sinchkov odamlar o’rganyapti shekilli, yaqinlarimdan ba’zi savollar, ayniqsa topish-tutishim haqida qayta-qayta so’rashmoqda.

Bugun “oila xatlovi” deya Jomboydagi uyimizda navbatdagi bor o’tkazilgan o’rganishdan keyin ba’zi narsalarni qoralagim keldi.

Bunday tuyg’ular sizga balki, begonadir, ammo biling, topayotgan oyligiga qanoat qilib, shunchaki ishini to’g’ri bajarishga intilib yashayotganlar ham ko’p.

Ha, pora olmay, kimnidir topshirig’iga ko’ra yurtni sotmay, boshqalarga bosim qilmay, vijdoniga qarshi bormay, aqlini ishlatib va kelajagini shu mamalakatda ko’rib ham ishlash mumkin. Hamma ham ikki, uch pasportni tayyorlab, vaziyat tug’ilsa bo’ldi, tezda qochaman, deya yashayotgani yo’q.

Va ishonaman, bir kun kelib bu yurtda ana shunday kun tartibi bilan yashayotgan, ayniqsa, jurnalistlarga nisbatan bosimlar ham butkul tugatiladi. Sohadagi qonunlar hujjat, kodekslardan hayotga ham, albatta, ko’chadi.

Shuningdek, o’tgan, o’tayotgan kunlar sabog’i ko’rsatmoqdaki, zulmning hech bir shakli abadiy emas. Qudrati cheksiz ko’ringan insonlar-da, sanoqli kunlarda kuchidan ayrilmoqda. O’zi xizmat qilgan zulm mashinasida o’zi jazolanayotganlar kammi?

Shunday ekan, ishingizdan to’xtamang, biz ham davom etamiz. Tarix barchasiga adolatli bahoni berib kelmoqda va beradi ham.

@haqiqatdaIlyos
3.03.2025, 17:13
t.me/haqiqatdailyos/2143
HA
Ilyos Safarov
7 352 assinantes
170
32
2.3 k
Ҳақиқат баҳсларда туғилади

Сўз эркинлиги жамият тарқаққиётининг муҳим шартларидан биридир. Жамиятнинг турли қатламлари оммавий ахборот воситалари ёки ижтимоий тармоқларда воқеа-ҳодисаларга нисбатан ўз фикри, фуқаролик позициясини билдираркан, давлатчилик мустаҳкамланишига ўз ҳиссасини қўшиб боради. Тармоқларда турли ижтимоий қатламларнинг конструктив фаоллиги бу фақатгина жамият тараққиётига хизмат қилади.

Сўнгги бир неча кун ичида бизнинг ижтимоий тармоқлардаги чиқишларимизга нисбатан жамиятнинг турли қатламларидан муносабатлар янграётгани бизни хурсанд қилди. Зотан, турли доираларнинг чиқишларимизга бефарқ эмаслиги жамиятда фикрлар хилма-хиллиги, плюрализм тараққиётини кўрсатади.

Бироқ кутилмаганда Тошкент давлат юридик университетининг бир гуруҳ профессор-ўқитувчилари томонидан бизни малакасизлик ва ҳайпчиликда айблаган, шаън ва қадр-қимматимизни бадном қилишга қаратилган чиқишлар рўй бермоқда. Биз муҳтарам устозларимиз азалдан тармоқларда фаол бўлиб, ижтимоий қатламнинг вакиллари сифатида ўз фикрларини билдириб келишганида вазиятдан ҳайрон бўлмасдик. Афсуски, уларнинг муносабатлари остида шарҳ қолдираётган аноним ёки ёлланма троллар чиқишларида бизнинг қадр-қимматимизни ерга урувчи шарҳлар пайдо бўлмоқда.

Биз жамоатчилик фаоллари сифатида бизнинг чиқишларимизга бефарқ бўлмаган профессор-ўқитувчилар, жамиятнинг бошқа қатламларига оид шахсларни очиқ конструктив мулоқотга чақирамиз ва улар билан дебатлар, давра суҳбатлари уюштиришга тайёр эканимизни билдирамиз. Исталган платформада, исталган аудитория қаршисида, хоҳ улар талабалар бўлсин, жамоатчилик вакиллари ёки журналистлар бўлсин, уларнинг қаршисида очиқ мулоқотларга тайёр эканимизни билдирамиз.

Сиз чақиринг биз борайлик, биз чорлаганимизда Сиз келинг, омма олдида, жамоатчилик кўз ўнгида зиддиятли қарашларга ойдинлик киритайлик. Чиқишларимиз жамиятнинг турли қатламлари, давлат бошқаруви бўғинларига етиб боришида журналист дўстларимиз кўмагига таянайлик. Нимадан норозилигингизни айтинг, қўлимиздан келса, жавоб берайлик, биздан ҳам айрим саволлар бўлиши мумкин, сиз фикрингизни айтинг!

Расул Кушербаев, Камолидин Раббимов, Абдураҳмон Ташанов, Зарифбой Ибодуллаев, Анора Содиқова, Илёс Сафаров, Эркин Абдулаҳатов ва бошқалар.

@haqiqatdaIlyos
2.03.2025, 15:28
t.me/haqiqatdailyos/2142
HA
Ilyos Safarov
7 352 assinantes
250
21
2.5 k
Men G‘azo sababidan Zelenskiyni xushlamayman. Lekin adolat yuzasidan fikrimni bildirmoqchiman:

Ukrain xalqiga xiyonat qilishdi. Uni aldashdi. Qiyin vaziyatda tashlab qo‘yishdi. Yiqilgan jonivorni go‘shtidan yulib qolishga harakat qilishyapti. Yonida turmoqchi bo‘lgan ayrim davlatlarning daldasi ham ishonchsiz chiqyapti.

Xullas, ittifoqchilar manfaat bo‘lsagina qo‘llaydi. Davlatimiz faqat o‘ziga ishonishi kerak. Xalqimizga suyanish kerak. Uning ruhiyati va jismoniyatini kuchaytirishi kerak. Hech qaysi davlat haqiqiy do‘st bo‘lmaydi. Illo dindosh va qardosh xalqlargagina suyansa bo‘ladi. Shunda ham to‘liq o‘z kuchiga ishongan holda.

Mubashshir Ahmad, Azon Global asoschisi

@haqiqatdaIlyos
1.03.2025, 07:28
t.me/haqiqatdailyos/2141
HA
Ilyos Safarov
7 352 assinantes
188
57
4.2 k
“Ja…ab” sud qarori bilan ommaviy muomalaga kiradimi?

Shu kunlarda jurnalist Anora Sodiqovaning Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmati vakili Mirsaid Haydarov ustidan kiritgan da’vosi Fuqarolik ishlari bo’yicha Shayxontohur tuman sudida ko’rib chiqilmoqda. Anora Sodiqovaning mahkamaga kiritgan arizasiga jumladan, Haydarovning jurnalist va blogerlarga nisbatan “jurnojalablar” jumlasini ishlatgani ham sabab bo’lgan.

Agar yaqin orada e’lon qilinadigan sud qarori bilan “jurnojalablar” jumlasi haqorat emas deya topilsa va uni ishlatgan bloger jazolanmaydigan bo’lsa, demak, “ja…ab” so’zini haqorat bo’lmagan so’z sifatida bemalol iste’molga kiritish mumkin bo’ladi. Ehtimol, OAV vakillariga nisbatan leksikonida doimiy tarzda qo’llab kelayotgan Haydarov bu so’zni patentlashtirib ham olar.

Xullas, do’stlar, yaqin kunlarda siz-u, bizni juda muhim jarayonlar kutib turibdi. Agar “ja…ab” so’zi ishni ko’rayotgan hurmatli sudyamiz tomonidan qonuniylashtirib beriladigan bo’lsa, uni jamiyatda istalgan soha vakillariga nisbatan ham mamnuniyat bilan ishlataverish mumkin bo’ladi. Masalan, …

Endi buyog’i sizga havola.

@haqiqatdaIlyos
28.02.2025, 18:13
t.me/haqiqatdailyos/2140
HA
Ilyos Safarov
7 352 assinantes
Repostar
48
14
2.7 k
Kommunal to‘lovlar narxi oshishining aholi daromadlariga ta’siri qanday?

To‘liq video: https://youtu.be/dQ4-CXTSpqY

Facebook | Instagram | @vatandosh_tv | Youtube
27.02.2025, 17:24
t.me/haqiqatdailyos/2139
HA
Ilyos Safarov
7 352 assinantes
284
71
6.9 k
Alisher Ro’zioxunovni xotirlarkan, ko’pchilik uning oxirgi vaqtlarda jurnalistikada ko’rinmay qolgani haqida yozmoqda.

Alisherning sohadan ketishi va yana jurnalistikaga qaytishi kerakligi haqida uning o’zi bilan ko’p gaplashganmiz. Bu haqdagi bahslarimiz ba’zan soatlab davom etgan.

Ochig’ini aytaman, Alisher sohadan sovugan edi. Aniqrog’i, O’zbekistonda jurnalistika tushib qolgan vaziyat uning hafsalasini pir qilib bo’lgandi.

“Oshna, bo’ldi, umid qilmang, yetib keldik. Buyog’iga foydasi yo’q. Buyog’i tanqid qildingizmi, gapingiz tepaga yoqmadimi, chopilaverasiz. Yana qancha vaqt kerak shularni tushunishingizga? Men, masalan, endi jurnalistikaga qaytmayman. Yaxshisi, ta’limga o’taman. 50 ta bolani tayyorlab, universitetga kirgazsam, shu foyda”, derdi u.

Ha, Alisherning bu fikrlariga teskari men ham ko’p gap aytganman. Jig’iga tegish uchun uni qo’rqoqlikda ayblagan paytlarim-da bo’ldi. Ammo, ich-ichimdan bilardimki, Alisher haq edi. Haqligi-ki, bugun chindan, qo’limizdan hech ish kelmay qoldi. Boshqalarni qo’ya turing, hatto jurnalist bo’lib, o’zimizni himoya qilolmayapmiz-ku.

Qandaydir 3-4 yillik nisbiy erkinlik davri esa odamlarning avvalgi epoxani jonliroq tanqid qilishi uchun tashkil etilganini hamma tushunib bo’ldi.

Alisher Ro’zioxunov qo’rqoq emasdi. U doim jamiyat, odamlar uchun kuyunib yashadi. Va shu kuyunchakligi sabab ham jurnalistika emas, ta’limni tanlagandi.

@haqiqatdaIlyos
27.02.2025, 05:42
t.me/haqiqatdailyos/2138
HA
Ilyos Safarov
7 352 assinantes
Repostar
49
10
3.4 k
Jurnalistning sudiga jurnalistlar kiritilmadi

Bugun, 26-fevral kuni jurnalist Anora Sodiqovaning Toshkent viloyati hokimligi vakili, shuningdek, Mufasa taxallusi bilan faoliyat olib boruvchi bloger Mirsaid Haydarov ustidan sudga kiritgan shikoyatini ko‘rib chiqish boshlandi. Javobgarning iltimosiga ko‘ra, ish yopiq tarzda ko‘riladigan bo‘ldi. Sud 27-fevralgacha tanaffus e'lon qildi.

Quyida dastlab ochiq deya e’lon qilingan, keyinchalik yopiqqa o‘zgartirilgan sud jarayonidan Vatandosh TV muxbiri tayyorlagan reportajni tomosha qilishingiz mumkin.

To'liq video: https://youtu.be/My2Ywin6nCI

Facebook | Instagram | @vatandosh_tv | Youtube
26.02.2025, 18:59
t.me/haqiqatdailyos/2137
HA
Ilyos Safarov
7 352 assinantes
282
35
4.1 k
Alisher Ro’zioxunovdan ajralib qoldik. U mening Toshkentga kelib topgan eng yaqin insonlarimdan biri, ko’pchilik faoliyatiga, bilimiga havas qiladigan salohiyatli jurnalist edi. Inna lillahi va inna ilayhi rojiun. Yuragim yonib ketyapti. Boshqa narsa yozolmayman.
26.02.2025, 15:56
t.me/haqiqatdailyos/2136
HA
Ilyos Safarov
7 352 assinantes
Repostar
73
17
2.2 k
❗️ Hurmatli kuzatuvchilar!

Sizni “Vatandosh” intellektual klubining navbatdagi yig‘ilishiga taklif qilamiz.

Klubning bu safargi yig‘ini “O‘zbekistonda kommunal to‘lovlar narxi oshishining aholi daromadlariga ta’siri” mavzusida bo‘lib o‘tadi.

Siz loyihani jonli kuzatishdan tashqari, bugungacha bo‘lgan va 2025-yil 1-apreldan mamlakatda navbatdagi bor oshishi kutilayotgan elektr va tabiiy gaz ta’riflari, buning sabablari hamda ta’riflar oshishining aholi daromadlariga ta’siri bo‘yicha mutaxassis va mas'ullardan ma’lumotlar olish, shuningdek, mavzu yuzasidan o‘zingizni qiziqtirgan savollarga javob topish imkoniyatiga ega bo‘lasiz.

Intellektual klub yig‘ilishi 2025-yil, 22-fevral kuni, soat 10:00 da "Impuls" tadbirlar zalida bo‘lib o‘tadi.

Manzil: Toshkent shahri, Shota Rustaveli ko'chasi 01, 6-uy
18.02.2025, 15:45
t.me/haqiqatdailyos/2135
HA
Ilyos Safarov
7 352 assinantes
52
45
14 k
Nuqtalar: “Savol va tushunmovchiliklar yanada ortadi” — tahlilchilar bilan diniy siyosat kontsepsiyasi haqida suhbat

O‘zbekistonda vatandoshlarning vijdon erkinligini ta'minlash va diniy sohadagi davlat siyosati kontsepsiyasi qabul qilinmoqda. Dasturimizning navbatdagi soni 31-yanvar kuni Qonunchilik palatasi deputatlari birinchi o‘qishda ma'qullagan, 9-fevralda esa jamoatchilik uchun muhokamasi yakunlangan ushbu hujjat va uning mazmuni hamda kutilmalari tahliliga bag‘ishlandi.

Jami 7 bob, 41 banddan iborat ushbu kontsepsiya mazmunini tahlil qilish, tushuntirib berish uchun esa studiyamizga huquqshunos Abdulloh Sodiq, siyosatshunos Hamid Sodiq va Islomshunos Nuriymon Abulhasanni taklif qildik.

📹👉 https://youtu.be/_XfcLi2gIbM?si=rbiuRaa6g_OA1cYz

@haqiqatdaIlyos
11.02.2025, 19:30
t.me/haqiqatdailyos/2134
HA
Ilyos Safarov
7 352 assinantes
1
2
206
Nuqtalar: “Savol va tushunmovchiliklar yanada ortadi” — tahlilchilar bilan diniy siyosat kontsepsiyasi haqida suhbat

O‘zbekistonda vatandoshlarning vijdon erkinligini ta'minlash va diniy sohadagi davlat siyosati kontsepsiyasi qabul qilinmoqda. Dasturimizning navbatdagi soni 31-yanvar kuni Qonunchilik palatasi deputatlari birinchi o‘qishda ma'qullagan, 9-fevralda esa jamoatchilik uchun muhokamasi yakunlangan ushbu hujjat va uning mazmuni hamda kutilmalari tahliliga bag‘ishlandi.

Jami 7 bob, 41 banddan iborat ushbu kontsepsiya mazmunini tahlil qilish, tushuntirib berish uchun esa studiyamizga huquqshunos Abdulloh Sodiq, siyosatshunos Hamid Sodiq va Islomshunos Nuriymon Abulhasanni taklif qildik.

📹👉 https://youtu.be/_XfcLi2gIbM?si=XfENKqwVq04oDk4u

@haqiqatdaIlyos
11.02.2025, 19:05
t.me/haqiqatdailyos/2133
HA
Ilyos Safarov
7 352 assinantes
133
74
2.9 k
Anora Sodiqova bloger Mufasani sudga berdi

Jurnalist Anora Sodiqova “Mufasa” taxallusi bilan faoliyat yurituvchi bloger Mirsaid Haydarov ustidan mahkamaga murojaat qildi. Murojaatda Sodiqova bloger tomonidan ijtimoiy tarmoq, turli anonim kanallarda o‘z sha'ni, qadr-qimmati kamsitilgani va tuhmatga uchragani haqida bayon qiladi. O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining 100-moddasi (Sha'n, qadr-qimmat va ishchanlik obro‘sini himoya qilish) asosidagi shikoyat fuqarolik sudiga yuborilgan.

O‘tgan yilning 9-fevralida 20 dan ortiq jamoat faollari o‘zbek mediasidagi trolling, sha'n va qadr-qimmatni kamsitishga doir faktlar yuzasidan O‘zbekiston Repsublikasi Bosh prokuraturasi, O‘zbekiston Repsublikasi Prezidenti Administrasiyasining Axborot xavfsizligi Departamentiga murojaat qilgandik. Murojaatlarimiz tegishliligi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi IIVning Kiberxavfsizlik boshqarmasiga hal qilish uchun yo‘llangan.

Kiberxavfsizlik xodimlari biz jurnalist va faollar bilan uchrashdi, “Jo‘qqi jurnalistlar”, “Telegraf” telegram kanallari, shunningdek, Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi o‘nlab anonim profillar bo‘yicha mulohazalarimizni eshitishdi, tergovoldi surishtiruvlar boshladi. 20 dan ortiq faollar Ichki ishlar vazirligiga chaqirilib, jabrlanuvchi sifatida ulardan ko‘rsatmalar olindi. Taxminlar, dastlabki versiyalar va bu qilmishlarni sodir etayotgan shaxslar bo‘yicha tergovchilar bilan fikr almashdik.

Ularning aytishicha, Bosh prokuratura, DXX organi Kiberxavfsizlikka mazkur trolling kampaniyalari, ularning qonunbuzarlik qilmishlari borasida chora ko‘rish yuzasidan rasmiy xat bergan, ya'ni bu qudratli idoralarning bunday “faoliyat”ga daxli yo‘q. Bundan quvondik, ish yengil ko‘chadi, deb o‘yladik. Bu jarayonda biz shikoyatimizda ko‘rsatgan anonim profillar va kanallar faoliyati deyarli to‘xtadi, biz o‘z ishimizga sho‘ng‘ib ketdik. Keyinchalik esa trollarning eski faoliyati yana jonlandi.

Biroq Administrasiya, Bosh prokuratura, Kiberxavfsizlik boshqarmalaridan rasmiy javoblar olmadik. Endilikda qonun ijrosi uchun mas'ul bo‘lgan bu mo‘'tabar idoralarning fuqarolarning murojaatlari borasidagi qonunchilikni buzgani yuzasidan ma'muriy sudlarga shikoyatlar tayyorlayapmiz, huquqiy jarayonlarni boshlaymiz. Anoraning sudlarida ko‘pchilik bo‘lib, uni qo‘llaymiz. Ehtimol, yetarli darajada natijalarga erisha olmasmiz, ammo nimalar bo‘layotganini maxsus xeshteg va chellenj orqali xalqqa imkonqadar ko‘rsatib boramiz.

Jurnalist va faollar bilan boshlayotgan bugungi chellenjimizni shartli ravishda #qoyalar_va_soyalar deb ataymiz. Faollardan mazkur jarayonda avvalo amaldagi qonunchilik talab va me'yorlariga amal qilish, milliy manfaatlarimizni inobatga olib, qadriyatlarimizga hurmat ruhida yondashishga chaqiraman. Zotan, qoyalar va soyalar kurashi abadiy jarayondir.

@haqiqatdaIlyos
11.02.2025, 11:03
t.me/haqiqatdailyos/2132
HA
Ilyos Safarov
7 352 assinantes
Repostar
1
1
⚡️ Hurmatli do‘stlarim, obunachilarim, kuzatuvchilarim!

Bir yangilikni sizlar bilan bo‘lishmoqchiman. Telegram messenjeridagi “Zominiy” kanalimni jiddiy ravishda yuritishni boshladim.

Endi yurtimiz va jahon sahnasida sodir bo‘layotgan voqea-hodisalar haqida kanalimda birinchilardan bo‘lib xabardor bo‘lishingiz mumkin. Xabarlarning mavzulari esa turlicha — siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, sport, texnologiya, ta’lim va boshqalar.

Sifatli, ishonchli va manfaatli xabarlarni o‘qimoqchi bo‘lsangiz, eng so‘nggi yangiliklarni birinchilardan bo‘lib bilishni xohlasangiz, kanalimga obuna bo‘ling.

Yana bir gap, kanalga obuna bo‘lmaganlar, kechirilmaydi, shaxsan o‘zim birma-bir yo‘qlama qilib chiqaman-a!😉

@Zominiy_uz
7.02.2025, 08:17
t.me/haqiqatdailyos/2131
HA
Ilyos Safarov
7 352 assinantes
22
1.8 k
6.02.2025, 10:35
t.me/haqiqatdailyos/2129
HA
Ilyos Safarov
7 352 assinantes
24
2.1 k
Samarqand viloyati hokimligi Registonni savdo markazi emas, tarixiy obida sifatida saqlab qolishi kerak

O‘zbekiston tarixi va madaniyati nafaqat boyligimiz, balki millionlab xorijlik sayyohlar uchun ham tuganmas qiziqish manbai. Ular har yili qadimiy obidalarimizni o‘z ko‘zlari bilan ko‘rish, o‘tmish haqidagi qiziqarli hikoyalarni tinglash va o‘tgan davrlar muhitiga sho‘ng‘ish uchun kelishadi. Bu mo‘jizalar orasida nafaqat Samarqand, balki butun mamlakat ramziga aylangan joy – Registon majmuasi alohida ajralib turadi.

Bu me’moriy ansambl xuddi sharqona ertak kabi necha yillardirki sayyohlarni o‘ziga chorlaydi. Bu yerda hamma narsa: miliy gumbazlar, minglab olimlar yetishib chiqqan madrasalar, ajdodlarimiz yotgan maqbaralar sayyohlarni tarix olamiga olib ketadi. Ammo siz bu inshootlarning ostonasidan o‘tishingiz bilan ishtiyoqingiz so‘na boshlaydi, u yerdagi ko‘rinish ta’bingizni xira qiladi.

Go‘zal madrasalarga kirishingiz bilan sizni tarixiy maskan hududida kutilayotgan ulug‘vorlik va sukunat o‘rniga... savdogarlar kutib oladi. Ha, ha, kiraverishda arzon esdalik sovg‘alari solingan vitrinalar, uyum-uyum turli matolarni ko‘rib qadimiy ilm o‘chog‘iga emas, balki xaridorlar gavjum bo‘lgan savdo majmuasiga kirgandek bo‘lasiz.

Eng qizig‘i, bu do‘konlar bir vaqtlar buyuk olim va faylasuflar uchun dars xonalari bo‘lib xizmat qilgan binolarda joylashgan. Afsuski, ularning o‘rnida sifati shubhali bo‘lgan, ko‘pincha qimmat narxdagi tovarlar sotiladigan do‘konlar joylashgan. Bundan tashqari, savdogarlarning tinimsiz mol tiqishtiraverishi sayohatchilarga tarixiy obidalarni butunligicha tomosha qilish, uning go‘zalligidan bahra olishiga ham katta to‘siq.

Samarqand viloyati hokimligi, shuningdek, ko‘plab boshqa tarixiy obidalar jamlangan Buxoro va Xorazm viloyatlari hokimliklari tarixiy obidalar joylashgan hududlardagi tartib-intizomni tiklashi, madaniy inshootlarni o‘z holicha asrab-avaylash majburiyati ekanini esdan chiqarmasligi kerak. Registon ansanbli ichidagi bugungi vaziyat hokimlikning sohaga mas’ul kishilari uchun yumshoq aytganda – uyat.

So‘zim quruq bo‘lmasligi uchun o‘sha joydan olingan bir nechta fotosuratlarni ilova qildim. Registon tijorat markazi emas, kelganlarni o‘z go‘zalligi bilan hayratga soladigan haqiqiy tarixiy obida sifatida qolishi kerak.

@haqiqatdaIlyos
6.02.2025, 10:35
t.me/haqiqatdailyos/2130
HA
Ilyos Safarov
7 352 assinantes
22
1.8 k
6.02.2025, 10:35
t.me/haqiqatdailyos/2128
HA
Ilyos Safarov
7 352 assinantes
22
1.8 k
6.02.2025, 10:34
t.me/haqiqatdailyos/2123
HA
Ilyos Safarov
7 352 assinantes
91
22
1.6 k
6.02.2025, 10:34
t.me/haqiqatdailyos/2122
HA
Ilyos Safarov
7 352 assinantes
22
1.8 k
6.02.2025, 10:34
t.me/haqiqatdailyos/2124
HA
Ilyos Safarov
7 352 assinantes
22
1.8 k
6.02.2025, 10:34
t.me/haqiqatdailyos/2127
HA
Ilyos Safarov
7 352 assinantes
22
1.8 k
6.02.2025, 10:34
t.me/haqiqatdailyos/2126
HA
Ilyos Safarov
7 352 assinantes
22
1.8 k
6.02.2025, 10:34
t.me/haqiqatdailyos/2125
HA
Ilyos Safarov
7 352 assinantes
1
6.02.2025, 10:32
t.me/haqiqatdailyos/2116
HA
Ilyos Safarov
7 352 assinantes
1
6.02.2025, 10:32
t.me/haqiqatdailyos/2118
HA
Ilyos Safarov
7 352 assinantes
1
6.02.2025, 10:32
t.me/haqiqatdailyos/2113
HA
Ilyos Safarov
7 352 assinantes
1
Samarqand viloyati hokimligi Registonni savdo markazi emas, tarixiy obida sifatida saqlab qolishi kerak

O‘zbekiston tarixi va madaniyati nafaqat boyligimiz, balki millionlab xorijlik sayyohlar uchun ham tuganmas qiziqish manbai. Ular har yili qadimiy obidalarimizni o‘z ko‘zlari bilan ko‘rish, o‘tmish haqidagi qiziqarli hikoyalarni tinglash va o‘tgan davrlar muhitiga sho‘ng‘ish uchun kelishadi. Bu mo‘jizalar orasida nafaqat Samarqand, balki butun mamlakat ramziga aylangan joy – Registon majmuasi alohida ajralib turadi.

Bu me’moriy ansambl xuddi sharqona ertak kabi necha yillardirki sayyohlarni o‘ziga chorlaydi. Bu yerda hamma narsa: miliy gumbazlar, minglab olimlar yetishib chiqqan madrasalar, ajdodlarimiz yotgan maqbaralar sayyohlarni tarix olamiga olib ketadi. Ammo siz bu inshootlarning ostonasidan o‘tishingiz bilan ishtiyoqingiz so‘na boshlaydi, u yerdagi ko‘rinish ta’bingizni xira qiladi.

Go‘zal madrasalarga kirishingiz bilan sizni tarixiy maskan hududida kutilayotgan ulug‘vorlik va sukunat o‘rniga... savdogarlar kutib oladi. Ha, ha, kiraverishda arzon esdalik sovg‘alari solingan vitrinalar, uyum-uyum turli matolarni ko‘rib qadimiy ilm o‘chog‘iga emas, balki xaridorlar gavjum bo‘lgan savdo majmuasiga kirgandek bo‘lasiz.

Eng qizig‘i, bu do‘konlar bir vaqtlar buyuk olim va faylasuflar uchun dars xonalari bo‘lib xizmat qilgan binolarda joylashgan. Afsuski, ularning o‘rnida sifati shubhali bo‘lgan, ko‘pincha qimmat narxdagi tovarlar sotiladigan do‘konlar joylashgan. Bundan tashqari, savdogarlarning tinimsiz mol tiqishtiraverishi sayohatchilarga tarixiy obidalarni butunligicha tomosha qilish, uning go‘zalligidan bahra olishiga ham katta to‘siq.

Samarqand viloyati hokimligi, shuningdek, ko‘plab boshqa tarixiy obidalar jamlangan Buxoro va Xorazm viloyatlari hokimliklari tarixiy obidalar joylashgan hududlardagi tartib-intizomni tiklashi, madaniy inshootlarni o‘z holicha asrab-avaylash majburiyati ekanini esdan chiqarmasligi kerak. Registon ansanbli ichidagi bugungi vaziyat hokimlikning sohaga mas’ul kishilari uchun yumshoq aytganda – uyat.

So‘zim quruq bo‘lmasligi uchun o‘sha joydan olingan bir nechta fotosuratlarni ilova qildim. Registon tijorat markazi emas, kelganlarni o‘z go‘zalligi bilan hayratga soladigan haqiqiy tarixiy obida sifatida qolishi kerak.

@haqiqatdaIlyos
6.02.2025, 10:32
t.me/haqiqatdailyos/2121
HA
Ilyos Safarov
7 352 assinantes
1
6.02.2025, 10:32
t.me/haqiqatdailyos/2117
HA
Ilyos Safarov
7 352 assinantes
1
6.02.2025, 10:32
t.me/haqiqatdailyos/2115
HA
Ilyos Safarov
7 352 assinantes
1
6.02.2025, 10:32
t.me/haqiqatdailyos/2119
HA
Ilyos Safarov
7 352 assinantes
1
6.02.2025, 10:32
t.me/haqiqatdailyos/2120
HA
Ilyos Safarov
7 352 assinantes
1
6.02.2025, 10:32
t.me/haqiqatdailyos/2114
HA
Ilyos Safarov
7 352 assinantes
139
45
3.7 k
IMG_2053.MP4
“Kosa oqarishi” haqida gap ketarkan, u mamlakatdagi boshqaruvga, qonunlarning bir xilda va adolatli ishlashiga bog’liq masala.

Sirdaryo hokimi Erkin Turdimov shu jarayonga eltadigan fundamental yo’l - ta’lim yo’li haqida gapirmoqda.

Video gaz yoqib, yoqmaslikning “kosa oqarishi”ga bog’liqligini isbotlashga behuda urinayotgan “akademiklar”ga takror va takror ko’rsatilishi kerak.

@haqiqatdaIlyos
1.02.2025, 09:03
t.me/haqiqatdailyos/2112
HA
Ilyos Safarov
7 352 assinantes
318
146
8.3 k
"Gazsiz uzoq yashash mumkin, lekin Qodirovlar bilan uzoq yashab bo'lmaydi" — Abdurahmon Tashanov

@haqiqatdaIlyos
30.01.2025, 09:40
t.me/haqiqatdailyos/2111
HA
Ilyos Safarov
7 352 assinantes
82
30
2.5 k
“Hukumat vaziyatni o‘zgartirmasa, 20 yildan keyin Toshkentda yashab bo‘lmaydi” – ekologlar

Dunyoning eng arzon poytaxtlari, eng sovuq poytaxtlari, eng issiq poytaxtlari kabi turli solishtirma reytinglarda e’tirof etib turiluvchi Toshkent shahri so‘nggi yillarda yana bir reytingda tez-tez tilga olinadigan bo‘ldi. Bu “Dunyoning havosi eng iflos poytaxtlari” reytingi.

5 millionga yaqin odam istiqomat qilayotgan Toshkent havosi, afsuski, so‘nggi yillarda turli sabablarga ko‘ra, keskin yomonlashdi. Energetika sohasidagi yomon boshqaruv, paydarpay, rejasiz qurilishlar, daraxtlarning ayovsiz kesib tashlanishi, transport vositalarining ko‘payishi va poytaxt atrofidagi uning havosiga salbiy ta’sir qiluvchi boshqa jarayonlar qadim kentning osmonini toza havoga tor qildi.

Avval boshda holat kritik darajaga borsa-da, bu haqida gapirgan jamoat faollari ovoziga ko‘p ham e'tibor berilmadi. Havo sifatini tekshiruvchi manbalar ma'lumotlari konspirologiya deb biluvchilar, Toshkent changi inson salomatligi uchun zararli emas, deb aytganlar ham bo‘ldi. Savollar ko‘p, javoblar turfa.

“Vatandosh” intellektual klubining bu galgi munozarasi Toshkentning yashash uchun xavfli ob-havosi va uni qanday yaxshilash mumkinligi masalalariga bag‘ishlandi.

📹👉 https://youtu.be/wu2xyVNpJJg

@haqiqatdaIlyos
29.01.2025, 17:29
t.me/haqiqatdailyos/2110
HA
Ilyos Safarov
7 352 assinantes
107
13
2.5 k
Jurnalist ishi: nihoyat to‘g‘ri "rel's" ga tushilibdi

MY5 kanali muxbiri Ruxsora G‘ofurova Jizzaxdagi bank xodimasining qilmishlari haqida tayyorlagan ushbu material yuzasidan bank xodimasiga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi "v" bandi, ya'ni xizmat maqeidan foydalangan holda firibgarlik alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilibdi.

Dastlabki tergov Jizzax shahar IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan olib borilmoqda ekan.

Avvalroq Sudyalar oliy kengashi tomonidan bildirilgan rasmiy munosabatda tarqalgan xabar Kengash huzuridagi Sudyalar odob komissiyasida o‘rganib chiqilishi ma'lum qilingan edi.

Aytgancha, advokat A.Ahmedovning bildirishicha, jurnalist Ruxsora G‘ofurovaga nisbatan ma'muriy ish qo‘zg‘atilmagan.

Nihoyat, yo‘nalish to‘g‘ri olinibdi. Endi qolgani dastlabki tergov va balki sudda yuzaga chiqar.

Abdumalik Abdullayev, advokat.

@haqiqatdaIlyos
28.01.2025, 10:37
t.me/haqiqatdailyos/2109
HA
Ilyos Safarov
7 352 assinantes
70
30
2.7 k
Shu kunlarda shaxsiyga kelgan murojaat yuqoridagi postga mazmunan bog'liqdek ko'rindi. U Fanlar akademiyasi olimlaridan biri tomonidan yozilgan.

— Fanlar akademiyasi qoshidagi aksar ilmiy tadqiqot institutlarining asosiy shtatdagi xodimlari o'rni qisqartirilmoqda. Sababi, Vazirlar mahkamasining 366-sonli qarori shu mazmunda ekan. Qaror sababi bizga aniq emas.

Qisqartirishlardan davlatga biror manfaat ko'rmayapman. Ularda bir iddao borki, olimlar ilmni pulga aylantirsin, o’zini-o’zi boqsin, deyishmoqda. Lekin bu jarayon yosh bolaga ilm, tarbiya bermay turib, bo'ldi, ko’chaga chiq, pul top, o’zingni o’zing boq, deyishga o'xshaydi.

Shuningdek, bizga oylik bo’lishi uchun loyiha olinglar deyishyapdi. Lekin loyiha olish uchun kamida bir yil vaqt kerak. Qizig’i, uning berilishi ham aniq emas. Pul ajratadigan agentlikda ilmni tushunadigan xodimlar yo’q.

Biz olimlarda shunday muammolar, Ilyosjon.

Murojaatda ko'rsatilgan muammolar qanchalik asosli yoki asossiz ekani menga ma'lum emas, ammo eng kamida hukumatning qisqartirishlar haqidagi qarori olimlarni bezovta qilmoqda, qiynamoqda.

@haqiqatdaIlyos
28.01.2025, 09:23
t.me/haqiqatdailyos/2108
HA
Ilyos Safarov
7 352 assinantes
112
19
2.5 k
Ko'plab voizlar tomonidan aytilgan va Rosulullohga nisbat beriladigan hadis bor: "Ilmni Xitoyga borib bo'lsa ham o'rganinglar".

Ha, keyinchalik qilingan qator ilmiy izlanish, xususan, Imom Buxoriy tahlillari natijasida bu to'qima hadis ekani aniq bo'lgan, ammo bugun Xitoyda qilinayotgan ilmiy izlanishlar va bunga hukumat berayotgan e'tiborni chindan o'rganadigan payt keldi.

Xanchjouda joylashgan Xitoyning DeepSeek kompaniyasi o'zining innovatsion R1 tili modeli bilan global AI sanoatida katta shov-shuvga erishmoqda. Loyiha nafaqat texnologik yutuq, balki Amerikaning OpenAI, Google va Microsoft kabi sunʼiy intellekt gigantlari uchun jiddiy sinov boʻladi.

Hukumat milliy ta'lim tizimimiz kun tartibini butkul qayta ko'rgan holda, uni shaklbozlik illatidan qutqarishi va innovatsiyalarga yo'naltirishi kerak.

Kerak...

@haqiqatdaIlyos
28.01.2025, 08:49
t.me/haqiqatdailyos/2107
HA
Ilyos Safarov
7 352 assinantes
1
1
Abdurahmon Tashanovga nisbatan davom etayotgan bosimlar haqida turli nashrlarda e'lon qilingan maqolalar 404 ga uchradi yoki muhim platformalardan yulib olindi.
27.01.2025, 14:47
t.me/haqiqatdailyos/2106
HA
Ilyos Safarov
7 352 assinantes
Repostar
160
31
2.1 k
Abdurahmon Tashanov o‘ziga nisbatan davom etayotgan bosimlar haqida navbatdagi chiqishini qildi

Huquq himoyachisi Abdurahmon Tashanov Toshkent xalqaro aeroportida pasporti olib qo‘yilib, unga nisbatan haqoratomuz munosabatda bo‘lingani haqida yozdi. Bu uning o‘ziga nisbatan qilinayotgan bosimlar haqida shu oyning o‘zida qilgan ikkinchi chiqishidir.

Inson huquqlari “Ezgulik” jamiyati raisi Abdurahmon Tashanov o‘ziga nisbatan oshib borayotgan bosimlar haqida navbatdagi bor chiqish qildi.

Xususan, 26-yanvar kuni Hindistonga uchishi oldidan, Toshkent xalqaro aeroportida uning pasportini olib qo‘yib, 1 soatdan ortiq ushlab turishgan hamda haqoratomuz munosabatda bo‘lishgan.

“Dehliga juda yomon kayfiyatda uchyapman. Aeroportda narsalarimni titib tashlashdi, pasportimni olib qo‘yib, bir soatda ortiq ushlab o‘tirishdi.
Yechintirib, chotimgacha tekshirishdi. O‘ta haqoratomuz munosabatda bo‘lishdi. Kimga shikoyat qilaman, hatto bilmayman.
Aeroport xodimlarining yuz-ko‘zida xijolatchilik sezdim. “Aka, xizmatchilik, sizni taniymiz” deyishdi.

Bunaqangi haqoratomuz munosabatdan so‘ng ortga qaytmoqchi bo‘ldim, sherigim shashtimdan qaytardi, sharafsizlar.

Huquq himoyachisi bo‘la turib, o‘zgalar huquqini himoya qilib, sharafsizlar oldida ojiz qoldim. Sog‘lig‘imga putur yetdi, o‘tgan hafta shifoxonadan chiqqandim. Ming la’nat!”, – deb yozgan Tashanov.

“Ezgulik” rahbari avvalroq, 22-yanvar kuni o‘ziga nisbatan kompromat yig‘ishga urinayotganlar borligi va bu haqda ogohlantirish xatlari olganini ma’lum qilib post joylagandi.

“G‘amxo‘rlarimizning biz haqimizda kompromat yig‘ishga urinayotgani haqida xabarlar kelmoqda. Kecha bu borada bir necha xatlar oldim. Nazarimda, nimadir qilishmoqchi, qandini ursin. Bu soyalar va qoyalar kurashi, qurbon bo‘lsak, achinmayman.
Do‘stim Ilyos Safarov (Vatandosh TV bosh muharriri) kecha shu haqda yozgandi, bir-ikki notavon uni xaypda ayblabdi. Achinasan odam - millat shu ahvolga tushdi. Qiyshiq basharangni fisqu fasod, cho‘pchak bilan yashirishga urinasan, lekin u baribir bo‘y ko‘rsataveradi”, – deb yozgandi u facebook sahifasida.

Huquq himoyachisi endilikda so‘nggi instansiya sifatida prezidentga murojaat qilmoqchiligi haqida ham yozgan.
“Faoliyatim davrida biror marta prezidentga murojaat qilmaganman, endi tayyorlanyapman, chunki bu murojaat so‘nggi instantsiyadir. Agar bundan samara bo‘lmasa, vaziyat kartinasi tamomila aniq bo‘ladi”, – degan u.

Ma’lumot uchun, Abdurahmon Tashanov inson huquqlari sohasida O‘zbekistondagi yagona mustaqil tashkilot – «Ezgulik» jamiyati rahbari hisoblanadi.

Jamiyat 2002-yilda tashkil etilgan. U O‘zbekistonda inson huquqlarini himoya qilish va demokratik qadriyatlarni rivojlantirishga qaratilgan nodavlat tashkilotdir. Ushbu jamiyat davlat idoralari hamda vatandoshlar munosabati, bunda inson huquqlari buzilishi holatlarini kuzatish, tahlil qilish va bartaraf etish bilan shug‘ullanadi.

Tashkilot 2024-yilning 4-dekabr kuni Fransiya Respublikasining «Ozodlik, tenglik, birodarlik» xalqaro mukofoti bilan ham taqdirlangan.

Facebook | Instagram | @vatandosh_tv | Youtube
27.01.2025, 13:43
t.me/haqiqatdailyos/2105
HA
Ilyos Safarov
7 352 assinantes
Repostar
1
1
Abdurahmon Tashanov o‘ziga nisbatan davom etayotgan bosimlar haqida navbatdagi bor chiqish qildi

Huquq himoyachisi Abdurahmon Tashanov Toshkent xalqaro aeroportida pasporti olib qo‘yilib, unga nisbatan haqoratomuz munosabatda bo‘lingani haqida yozdi. Bu uning o‘ziga nisbatan qilinayotgan bosimlar haqida shu oyning o‘zida qilgan ikkinchi chiqishidir.

Inson huquqlari “Ezgulik” jamiyati raisi Abdurahmon Tashanov o‘ziga nisbatan oshib borayotgan bosimlar haqida navbatdagi bor chiqish qildi.

Xususan, 26-yanvar kuni Hindistonga uchishi oldidan, Toshkent xalqaro aeroportida uning pasportini olib qo‘yib, 1 soatdan ortiq ushlab turishgan hamda haqoratomuz munosabatda bo‘lishgan.

“Dehliga juda yomon kayfiyatda uchyapman. Aeroportda narsalarimni titib tashlashdi, pasportimni olib qo‘yib, bir soatda ortiq ushlab o‘tirishdi.
Yechintirib, chotimgacha tekshirishdi. O‘ta haqoratomuz munosabatda bo‘lishdi. Kimga shikoyat qilaman, hatto bilmayman.
Aeroport xodimlarining yuz-ko‘zida xijolatchilik sezdim. “Aka, xizmatchilik, sizni taniymiz” deyishdi.

Bunaqangi haqoratomuz munosabatdan so‘ng ortga qaytmoqchi bo‘ldim, sherigim shashtimdan qaytardi, sharafsizlar.

Huquq himoyachisi bo‘la turib, o‘zgalar huquqini himoya qilib, sharafsizlar oldida ojiz qoldim. Sog‘lig‘imga putur yetdi, o‘tgan hafta shifoxonadan chiqqandim. Ming la’nat!”, – deb yozgan Tashanov.

“Ezgulik” rahbari avvalroq, 22-yanvar kuni o‘ziga nisbatan kompromat yig‘ishga urinayotganlar borligi va bu haqda ogohlantirish xatlari olganini ma’lum qilib post joylagandi.

“G‘amxo‘rlarimizning biz haqimizda kompromat yig‘ishga urinayotgani haqida xabarlar kelmoqda. Kecha bu borada bir necha xatlar oldim. Nazarimda, nimadir qilishmoqchi, qandini ursin. Bu soyalar va qoyalar kurashi, qurbon bo‘lsak, achinmayman.
Do‘stim Ilyos Safarov (Vatandosh TV bosh muharriri) kecha shu haqda yozgandi, bir-ikki notavon uni xaypda ayblabdi. Achinasan odam - millat shu ahvolga tushdi. Qiyshiq basharangni fisqu fasod, cho‘pchak bilan yashirishga urinasan, lekin u baribir bo‘y ko‘rsataveradi”, – deb yozgandi u facebook sahifasida.

Huquq himoyachisi endilikda so‘nggi instansiya sifatida prezidentga murojaat qilmoqchiligi haqida ham yozgan.
“Faoliyatim davrida biror marta prezidentga murojaat qilmaganman, endi tayyorlanyapman, chunki bu murojaat so‘nggi instantsiyadir. Agar bundan samara bo‘lmasa, vaziyat kartinasi tamomila aniq bo‘ladi”, – degan u.

Ma’lumot uchun, Abdurahmon Tashanov inson huquqlari sohasida O‘zbekistondagi yagona mustaqil tashkilot – «Ezgulik» jamiyati rahbari hisoblanadi.

Jamiyat 2002-yilda tashkil etilgan. U O‘zbekistonda inson huquqlarini himoya qilish va demokratik qadriyatlarni rivojlantirishga qaratilgan nodavlat tashkilotdir. Ushbu jamiyat davlat idoralari hamda vatandoshlar munosabati, bunda inson huquqlari buzilishi holatlarini kuzatish, tahlil qilish va bartaraf etish bilan shug‘ullanadi.

Tashkilot 2024-yilning 4-dekabr kuni Fransiya Respublikasining «Ozodlik, tenglik, birodarlik» xalqaro mukofoti bilan ham taqdirlangan.

Facebook | Instagram | @vatandosh_tv | Youtube
27.01.2025, 13:38
t.me/haqiqatdailyos/2104
HA
Ilyos Safarov
7 352 assinantes
Repostar
1
Abdurahmon Tashanov o‘ziga nisbatan davom etayotgan bosimlar haqida navbatdagi bor chiqish qildi

Huquq himoyachisi Abdurahmon Tashanov Toshkent xalqaro aeroportida pasporti olib qo‘yilib, unga nisbatan haqoratomuz munosabatda bo‘lingani haqida yozdi. Bu uning o‘ziga nisbatan qilinayotgan bosimlar haqida shu oyning o‘zida qilgan ikkinchi chiqishidir.

Inson huquqlari “Ezgulik” jamiyati raisi Abdurahmon Tashanov o‘ziga nisbatan oshib borayotgan bosimlar haqida navbatdagi bor chiqish qildi.

Xususan, 26-yanvar kuni Hindistonga uchishi oldidan, Toshkent xalqaro aeroportida uning pasportini olib qo‘yib, 1 soatdan ortiq ushlab turishgan hamda haqoratomuz munosabatda bo‘lishgan.

“Dehliga juda yomon kayfiyatda uchyapman. Aeroportda narsalarimni titib tashlashdi, pasportimni olib qo‘yib, bir soatda ortiq ushlab o‘tirishdi.
Yechintirib, chotimgacha tekshirishdi. O‘ta haqoratomuz munosabatda bo‘lishdi. Kimga shikoyat qilaman, hatto bilmayman.
Aeroport xodimlarining yuz-ko‘zida xijolatchilik sezdim. “Aka, xizmatchilik, sizni taniymiz” deyishdi.

Bunaqangi haqoratomuz munosabatdan so‘ng ortga qaytmoqchi bo‘ldim, sherigim shashtimdan qaytardi, sharafsizlar.

Huquq himoyachisi bo‘la turib, o‘zgalar huquqini himoya qilib, sharafsizlar oldida ojiz qoldim. Sog‘lig‘imga putur yetdi, o‘tgan hafta shifoxonadan chiqqandim. Ming la’nat!”, – deb yozgan Tashanov.

“Ezgulik” rahbari avvalroq, 22-yanvar kuni o‘ziga nisbatan kompromat yig‘ishga urinayotganlar borligi va bu haqda ogohlantirish xatlari olganini ma’lum qilib post joylagandi.

“G‘amxo‘rlarimizning biz haqimizda kompromat yig‘ishga urinayotgani haqida xabarlar kelmoqda. Kecha bu borada bir necha xatlar oldim. Nazarimda, nimadir qilishmoqchi, qandini ursin. Bu soyalar va qoyalar kurashi, qurbon bo‘lsak, achinmayman.
Do‘stim Ilyos Safarov (Vatandosh TV bosh muharriri) kecha shu haqda yozgandi, bir-ikki notavon uni xaypda ayblabdi. Achinasan odam - millat shu ahvolga tushdi. Qiyshiq basharangni fisqu fasod, cho‘pchak bilan yashirishga urinasan, lekin u baribir bo‘y ko‘rsataveradi”, – deb yozgandi u facebook sahifasida.

Huquq himoyachisi endilikda so‘nggi instansiya sifatida prezidentga murojaat qilmoqchiligi haqida ham yozgan.
“Faoliyatim davrida biror marta prezidentga murojaat qilmaganman, endi tayyorlanyapman, chunki bu murojaat so‘nggi instantsiyadir. Agar bundan samara bo‘lmasa, vaziyat kartinasi tamomila aniq bo‘ladi”, – degan u.

Ma’lumot uchun, Abdurahmon Tashanov inson huquqlari sohasida O‘zbekistondagi yagona mustaqil tashkilot – «Ezgulik» jamiyati rahbari hisoblanadi.

Jamiyat 2002-yilda tashkil etilgan. U O‘zbekistonda inson huquqlarini himoya qilish va demokratik qadriyatlarni rivojlantirishga qaratilgan nodavlat tashkilotdir. Ushbu jamiyat davlat idoralari hamda vatandoshlar munosabati, bunda inson huquqlari buzilishi holatlarini kuzatish, tahlil qilish va bartaraf etish bilan shug‘ullanadi.
Tashkilot 2024-yilning 4-dekabr kuni Fransiya Respublikasining «Ozodlik, tenglik, birodarlik» xalqaro mukofoti bilan ham taqdirlangan.

Facebook | Instagram | @vatandosh_tv | Youtube
27.01.2025, 13:36
t.me/haqiqatdailyos/2103
Os resultados da pesquisa são limitados a 100 mensagens.
Esses recursos estão disponíveis apenas para usuários premium.
Você precisa recarregar o saldo da sua conta para usá-los.
Filtro
Tipo de mensagem
Cronologia de mensagens semelhante:
Data, mais novo primeiro
Mensagens semelhantes não encontradas
Mensagens
Encontre avatares semelhantes
Canais 0
Alta
Título
Assinantes
Nenhum resultado corresponde aos seus critérios de pesquisa