O seu período de teste terminou!
Para acesso total à funcionalidade, pague uma subscrição premium
A_
Аbdushukur Xamzayev
https://t.me/a_xamzayev
Idade do canal
Criado
Linguagem
Uzbeque
0.73%
ER (semana)
6.63%
ERRAR (semana)

Xamzayev Аbdushukur Xudoyqulovich

O`zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi Ijroiya qo`mitasi raisi

Mensagens Estatísticas
Repostagens e citações
Redes de publicação
Satélites
Contatos
História
Principais categorias
As principais categorias de mensagens aparecerão aqui.
Principais menções
Não foram detectadas menções significativas.
Encontrado 198 resultados
6
170
Maxsus reportaj | Hududlarda ishchi guruh o'rganishlari

Telegram|✅Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube
26.04.2025, 17:53
t.me/a_xamzayev/2644
21
338
#Ekopartiya

Daraxt ekib, yashil maydonlarni ko‘paytirish doimiy diqqat e’tiborimizda. Noqonuniy daraxt kesish holatlariga ham jim qarab turmaymiz. Biroq tabiiy ravishda kasallanayotgan (qurib qolayotgan) daraxtlar nazarimizdan chetda qolayotgandek.

Mas’ullardan yuqoridagi kabi holatlar yuzasidan amaliy choralar ko‘rishlarini so‘rab qolamiz.

Abdushukur Xamzayev,
O‘zbekiston Ekologik partiyasi raisi


Telegram|✅Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube
26.04.2025, 16:46
t.me/a_xamzayev/2643
Repostar
1
151
Axborot 24 | Qashqadaryoda yomg‘ir suvidan samarali foydalanish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar

Telegram|✅Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube
26.04.2025, 12:32
t.me/a_xamzayev/2642
Repostar
3
179
#Deputat_hududda

Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston Ekologik partiyasi fraksiyasi rahbari Abdushukur Xamzayev boshchiligidagi ishchi guruhning Navoiy viloyatidagi o'rganishlaridan lavha.

Telegram|✅Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube
25.04.2025, 21:34
t.me/a_xamzayev/2641
Repostar
1
180
25.04.2025, 21:24
t.me/a_xamzayev/2639
Repostar
1
180
25.04.2025, 21:24
t.me/a_xamzayev/2640
Repostar
1
182
25.04.2025, 21:24
t.me/a_xamzayev/2638
Repostar
1
158
Ishchi guruh partiya bog‘i bilan tanishdi

Abdushukur Xamzayev boshchiligidagi ishchi guruh Navoiy shahridagi “O‘zbekiston Ekologik partiyasi 5 yilligi bog‘i”da bo‘ldi.

Mazkur bog‘ Navoiy shahrining "Farovon" mahallasida, ko‘p qavatli uylar atrofida tashkil etilgan bo‘lib, partiyaning atrof-muhitni muhofaza qilish, yashil hududlarni kengaytirish, fuqarolarning ekologik madaniyatini yuksaltirish borasidagi amaliy ishlarining yorqin namunasidir.

Bog‘ hududiga 200 tupdan ortiq turli manzarali daraxt ko‘chatlari ekilgan. Ushbu daraxtlar nafaqat ekologik muhitni yaxshilaydi, balki shahar aholisi uchun ko‘kalamzor dam olish maskaniga aylanishiga xizmat qiladi. Ayniqsa, iqlim o‘zgarishi sharoitida bunday yashil hududlar nafas olish sifatini yaxshilash va havodagi chang miqdorini kamaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

O‘rganish davomida ishchi guruh ekilgan daraxtlarning holati bilan tanishdi hamda ushbu bog‘ni kelgusida yanada rivojlantirish, aholining faol ishtirokida parvarish qilish va uni ekotarbiyaviy maydonga aylantirish bo‘yicha takliflar bildirishdi.

Telegram|✅Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube
25.04.2025, 21:24
t.me/a_xamzayev/2637
Repostar
3
149
#Deputat_hududda

Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston Ekologik partiyasi fraksiyasi rahbari Abdushukur Xamzayev boshchiligidagi ishchi guruhning Navoiy viloyatidagi o'rganishlaridan lavha.

Telegram|✅Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube
25.04.2025, 21:18
t.me/a_xamzayev/2636
1
204
Noqonuniy chiqindixona bartaraf etildi

Kecha Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston Ekologik partiyasi fraksiyasi rahbari Abdushukur Xamzayev boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan Navoiy viloyatida olib borilayotgan o‘rganishlar davomida Karmana tumani hududida noqonuniy chiqindixona aniqlangani haqida xabar bergan edik.

Fraksiya rahbari tomonidan bunday holatlarning oldini olish, mavjudlarini bartaraf etish bo‘yicha mutasaddi tashkilotlarga zarur tavsiyalar berilgan edi.

Shu kunning o‘zida Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining Navoiy viloyati boshqarmasi tomonidan noqonuniy chiqindixona chiqindilardan tozalanib, hudud doimiy nazoratga olindi va kuzatuv kameralari o‘rnatildi.

Telegram|✅Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube
25.04.2025, 21:09
t.me/a_xamzayev/2632
1
221
25.04.2025, 21:09
t.me/a_xamzayev/2634
1
209
25.04.2025, 21:09
t.me/a_xamzayev/2633
1
218
25.04.2025, 21:09
t.me/a_xamzayev/2635
Repostar
5
2.2 k
Noqonuniy chiqindixonalarning yuzaga kelishiga chek qo‘yish zarur

Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston Ekologik partiyasi fraksiyasi rahbari Abdushukur Xamzayev boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan Navoiy viloyatida olib borilayotgan o‘rganishlar davomida Karmana tumani hududida noqonuniy chiqindixonalar yuzaga kelgani aniqlandi.

Tabiatning istalgan joyiga chiqindi tashlab ketilishiga yo‘l qo‘ymaslik va bunday holatlarning oldini olish, mavjudlarini bartaraf etish bo‘yicha mutasaddi tashkilotlarga zarur tavsiyalar berildi. 

Telegram|✅Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube
25.04.2025, 05:15
t.me/a_xamzayev/2631
Repostar
4
5.1 k
#Deputat_hududda

Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston Ekologik partiyasi fraksiyasi a’zolaridan iborat ishchi guruh tomonidan Navoiy viloyatidagi suv tejovchi texnologiyalar, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish, oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganilib, tegishli tavsiyalar berilmoqda.

Telegram|✅Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube
24.04.2025, 11:14
t.me/a_xamzayev/2630
Repostar
2
5.1 k
Yashil energiya – barqaror kelajak sari dadil qadam

Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston Ekologik partiyasi fraksiyasi rahbari Abdushukur Xamzayev boshchiligidagi ishchi guruhning Navoiy viloyatidagi o‘rganishlari davom etmoqda.

Navbatdagi manzil Karmana tumanida joylashgan quyosh fotoelektrostansiyasi bo‘lib, u yerda olib borilayotgan ishlar, mavjud infratuzilma va ishlab chiqarish quvvatlari bilan yaqindan tanishildi.

Mazkur stansiya 2021-yil 21-avgustda ishga tushirilgan bo‘lib, 268 gektar maydonda joylashgan. Uni qurish uchun Birlashgan Arab Amirliklarining "Masdar" kompaniyasi tomonidan 110 million AQSH dollari miqdorida investitsiya kiritilgan.

Ushbu yirik quyosh elektr stansiyasi soatiga 100 megavatt (MW) yoki 100 000 kilovatt (kVt) elektr energiyasi ishlab chiqarish quvvatiga ega. Yiliga o‘rtacha 252 million kilovatt-soat elektr energiyasi ishlab chiqarishi hisobiga 80 million kub metr tabiiy gaz tejalmoqda va 160 ming tonna zararli gazlarning atmosferaga chiqarilishi oldi olinmoqda. Bu esa ekologik muvozanatni saqlashda muhim ahamiyatga ega.

Shuningdek, 2024-yil oktabr oyida qo‘shimcha ravishda 717 kVt quvvatdagi zamonaviy quyosh panellari o‘rnatilib, foydalanishga topshirilgan. Hozirda esa yana 125 kVt quvvatdagi panellarni o‘rnatish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. 

Telegram|✅Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube
24.04.2025, 09:16
t.me/a_xamzayev/2627
Repostar
2
194
24.04.2025, 09:16
t.me/a_xamzayev/2628
Repostar
2
194
24.04.2025, 09:16
t.me/a_xamzayev/2629
Repostar
3
188
23.04.2025, 17:15
t.me/a_xamzayev/2624
Repostar
3
194
23.04.2025, 17:15
t.me/a_xamzayev/2625
Repostar
3
2.2 k
"Yashil makon" doirasida olib borilayotgan ishlar o‘rganilmoqda

Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston Ekologik partiyasi fraksiyasi rahbari Abdushukur Xamzayev boshchiligidagi ishchi guruh Navoiy viloyatida ekologiya sohasidagi islohotlar va "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishmoqda.

Dastlabki manzil "Navoiyazot" aksiyadorlik jamiyati bo‘ldi. Korxonaga tutash hududlarda barpo etilgan yashil belbog‘lar holati ko‘zdan kechirildi.

"Navoiyazot" AJ boshqaruvi raisi Farrux Samadov ishchi guruh a’zolariga korxona hududida "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida 2023-yil bahor mavsumidan boshlab hozirgi kungacha 30 gektardan ortiq maydonga iqlimga mos 78 000 dan ortiq daraxt ko‘chatlari ekilgani, "Navoiyazot" AJ nafaqat kimyo sanoati giganti, balki atrof-muhitga befarq bo‘lmagan mas’uliyatli subyekt sifatida ham o‘zini namoyon qilishga harakat qilayotgani to‘g‘risida ma’lumot berdi.

Abdushukur Xamzayev O‘zbekiston Ekologik partiyasi korxona tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashi va barcha yirik sanoat korxonalari ushbu namunaviy tajribadan o‘rnak olishi zarurligini ta’kidladi.

Telegram|✅Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube
23.04.2025, 17:15
t.me/a_xamzayev/2622
Repostar
3
193
23.04.2025, 17:15
t.me/a_xamzayev/2626
Repostar
3
184
23.04.2025, 17:15
t.me/a_xamzayev/2623
2
2.1 k
#Munosabat

Iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq tabiiy ofatlarda kechiktirib bo‘lmaydigan himoya tadbirlari va avariya-tiklash ishlari olib borilishini ta’minlashda mahalliy davlat hokimiyati organlarining vakolatlari kengaytirilmoqda.

Bu haqda favqulodda vaziyatlarning oldini olish va iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq tabiiy ofatlar xavfini kamaytirishga oid qonun loyihasida keltirilgan.

Mintaqamizda iqlim o‘zgarishlari tufayli tabiiy ofatlarning ko‘payib borayotganini inobatga olsak, ushbu qonun loyihasi juda muhim.

Qonun loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilindi.

Telegram|✅Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube
22.04.2025, 14:46
t.me/a_xamzayev/2621
Repostar
2
169
#Anons

O‘zbekiston Ekologik partiyasi tomonidan “Jamiyatda ekologik madaniyatni shakllantirish va rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Unda ekspertlar tomonidan bir-biridan qiziqarli fikr va takliflar o‘rtaga tashlandi, ishtirokchilar qarashlari esa keng munozaralarga sabab bo‘ldi.
Xo‘sh, yakuniy xulosalar qanday?

Davra suhbati bilan 👉🏻 bu yerda batafsil tanishishingiz mumkin.

Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube
22.04.2025, 08:44
t.me/a_xamzayev/2620
14
730
#Ekopartiya
#Fraksiya_yigilishi

Fraksiyamizning navbatdagi yig‘ilishida ham bir qator muhim qonun loyihalari muhokama etildi.

Telegram|✅Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube
21.04.2025, 20:17
t.me/a_xamzayev/2619
71
2.5 k
21.04.2025, 05:06
t.me/a_xamzayev/2618
70
2.5 k
21.04.2025, 05:06
t.me/a_xamzayev/2616
71
2.5 k
Tabiat ruhni poklaydi. Unga boqib ham zavqlanasiz ham vatanga bo‘lgan mehr-muhabbatingiz oshadi.
Yuqoridagi suratlarda Surxondaryo viloyatining Uzun tumanidagi Bobotog‘ etaklari tasvirlangan. Yurtimizning mana shunday betakror tabiatidan bahramand boʻlish bilan birga asrab-avaylash barchamizning burchimiz. Xalqaro iqlim forumida davlatimiz rahbari ta’kidlaganidek "Biz Yerni ajdodlarimizdan meros sifatida emas, balki farzandlarimizdan qarzga olganmiz".

Telegram|✅Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube
21.04.2025, 05:06
t.me/a_xamzayev/2615
71
2.6 k
21.04.2025, 05:06
t.me/a_xamzayev/2617
9
3.3 k
U-17 yoshlar terma jamoamizdan tarixiy g‘alaba!

Bu nafaqat futbol, bu tarix! O‘zbekiston U-17 terma jamoasi Osiyo kubogi finalida mezbon Saudiya Arabistoniga qarshi chinakam kurash olib bordi.

Jamoada ikki o‘yinchi kam bo‘lishiga qaramay, yigitlarimiz shiddatli toʻp surib, 2:0 hisobida irodali g‘alabani qo‘lga kiritdi!

Bu – jamoaviy ruh, jasorat va g‘urur bilan bitilgan yangi tarix sahifasi!

Yigitlarimizga kelgusidagi turnirlarda yanada yuksak marralarni zabt etishlarini tilaymiz!

Telegram|✅Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube
21.04.2025, 05:00
t.me/a_xamzayev/2614
14
902
18.04.2025, 10:49
t.me/a_xamzayev/2613
14
1.9 k
Ko‘p partiyaviylik demokratik davlatning asosiy belgisi

Dunyo siyosiy tarixidan ayonki, zamonaviy tipdagi siyosiy partiyalar aynan demokratik boshqaruv tizimiga o‘tgan mamlakatlarda shakllangan. Ularning asosiy vazifalariga davlat boshqaruvida o‘zaro tiyib turish va manfaatlar muvozanatini ta’minlash, o‘z elektorati hamda butun jamiyat manfaatlarini ilgari surish, davlat va jamiyat taraqqiyotiga qaratilgan muqobil loyiha (dastur)lar ishlab chiqish kabi ko‘plab funksiyalarni bajarish kiradi.

Batafsil: 👉 https://ecouz.uz/news/255

Telegram|✅Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube
18.04.2025, 10:49
t.me/a_xamzayev/2611
14
900
18.04.2025, 10:49
t.me/a_xamzayev/2612
16
1.7 k
«Yangi O‘zbekiston» gazetasining 2025-yil 17-aprel kungi 78 (1404)-sonida Oliy majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston Ekologik partiyasi fraksiyasi rahbari Abdushukur Xamzayevning "SAMARQAND IQLIM FORUMI – dunyo ekologik siyosatidagi tarixiy qadam" mavzusidagi maqolasi e’lon qilindi.

Maqola bilan mana bu havola orqali tanishishingiz mumkin.

Telegram|✅Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube
18.04.2025, 10:28
t.me/a_xamzayev/2610
19
3.3 k
Har qanday huquqbuzarlik va muammolar kuchayishining ostida eng avvalo ilmsizlik yotadi. Shu bois ekologik muammolarga yechim munosib yechim topish, bu boradagi qonunlarni takomillashtirish va aholining ekologik madaniyatini yuksaltirishda ilmiy-amaliy anjumanlarga katta e’tibor qaratib doimiy o‘tkazib kelyapmiz.

Bunday tadbirlarda katta tajriba ega mutaxassis olimlarning ilmiy xulosalarini tinglash barobarida alohida to‘plamlar yaratish amaliyotini ham yo‘lga qo‘yganmiz.

Quyida O‘zbekiston Ekologik partiyasi fraksiyasi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari qo‘mitasi va Farg‘ona davlat universiteti hamkorligida o‘tkazilgan "Ekologik ta’lim tizimini rivojlantirishning dolzarb masalalari" mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallar to‘plamini taqdim etyapmiz.

To‘plamdagi har bir maqola ilmiy-nazariy xulosalar va amaliy tavsiyalar bilan boyitilgan bo‘lib, ekologik ta’lim tizimini mustahkamlash, tabiatni muhofaza qilish ishlarini xalqaro standartlar darajasiga ko‘tarish, ekologik madaniyatni oshirishning samarali uslublarini yaratishga qaratilgan.

Telegram|✅Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube
17.04.2025, 13:19
t.me/a_xamzayev/2609
9
2.6 k
Andijonning o‘zida to‘rt yuz yetmishdan ortiq kichik va mikro GES quriladi

Bu esa partiyamiz tashabbuslari amalga oshayotganining yorqin isbotidir

O‘zbekiston Ekologik partiyasining 2025-2029 yillarga mo‘ljallangan saylovoldi dasturida "energetika tizimi mamlakat hayoti uchun naqadar strategik ahamiyat kasb etishi, tabiiy resurslarga kelajak avlodlarning ham birdek haqi borligini hisobga olgan holda 2030 yilgacha energiya balansida ekologik toza va qayta tiklanadigan energiya manbalari ulushini kamida ikki karra oshirish va vodorod energetikasidan foydalanishni qo‘llab-quvvatlash" vazifasi belgilangan edi.

Davlatimiz rahbarining Andijon viloyatiga bu galgi tashrifi doirasida aynan mana shu yo‘nalishdagi ishlarning yaqqol namunasi sifatida Izboskan tumani "Guliston" mahallasi hududidan o‘tgan Katta Farg‘ona kanali bo‘yida xususiy sektor tomonidan qurilgan dastlabki kichik gidroelektr stansiyaning foydalanishga topshirilgani bizni juda quvontirdi. Bu partiyamizning mamlakat iqtisodiy rivoji uchun barqaror energiya ta’minoti, eng muhimi yashil energetika tizimini qo‘llab-quvvatlash borasidagi tashabbuslari amalga oshayotganining yaqqol tasdig‘i bo‘ldi deyish mumkin.

Ma’lumot o‘rnida: "Vodiy Gidro Energiyasi" korxonasining 10 million dollar mablag‘i evaziga qurilgan, quvvati 3,2 MVtga teng mazkur gidroelektr stansiyasi 16 million kVt-soatdan ziyod ekologik toza, "yashil energiya" ishlab chiqarish imkoniyatiga ega. Bu bilan 7 ming xonadonning yillik elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyoji qoplanadi.

Telegram|✅Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube
16.04.2025, 13:54
t.me/a_xamzayev/2608
8
440
15.04.2025, 18:08
t.me/a_xamzayev/2606
8
439
15.04.2025, 18:08
t.me/a_xamzayev/2607
8
437
15.04.2025, 18:08
t.me/a_xamzayev/2605
8
3.5 k
Ko‘pincha ish beruvchi yaxshi kadr topishda, yosh kadrlar esa o‘ziga munosib ish topishda qiyinchilikka duch keladi. Oliy ta’lim muassasalarida tashkil etiladigan mehnat yarmarkalari ikki tomonning yuzma-yuz bo‘lishida yaxshi maydon bo‘lib xizmat qiladi.

Nafaqat mamlakatimiz, balki Markaziy Osiyodagi nufuzli oliy ta’lim dargohlaridan biri bo‘lgan Toshkent davlat agrar universitetida "Karyera kuni" mehnat yarmarkasini o‘tkazish an’anaga aylangan.

Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda, qishloq xo‘jaligida yerdan, suvdan unumli foydalanishni ilmiy asosda tashkil qilishda, sohaga yetuk malakali mutaxassislarni tayyorlashda albatta, bu dargohning o‘rni katta.

"Karyera kuni"da ko‘plab bitiruvchi yoshlarga qishloq xo‘jaligi sohasidagi nufuzli tashkilot va korxonalardan munosib takliflar bo‘layotganini ko‘rib, tizim ishlayotganiga yana bir bor guvoh bo‘ldim.

Telegram|✅Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube
15.04.2025, 18:08
t.me/a_xamzayev/2604
8
472
Sun’iy intellektdan g‘arazli maqsadlarda foydalanish kamayadi

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra sun’iy intellekt texnologiyalari yordamida qonunga xilof ravishda shaxsga doir ma’lumotlarga ishlov berish va ularni OAV yoki Internet jahon axborot tarmog‘ida tarqatishga yo‘l qo‘ymaslik majburiyati belgilanmoqda.

Sun’iy intellektdan foydalangan holda fuqarolarga yetkaziladigan moddiy va ma’naviy zararlarning oldini olish uchun ham ushbu qonun loyihasi muhim, deb hisoblaymiz.

Telegram|✅Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube
14.04.2025, 17:10
t.me/a_xamzayev/2603
1
Сунъий интеллектдан ғаразли мақсадларда фойдаланиш камаяди

Янги қонун лойиҳасига кўра сунъий интеллект технологиялари ёрдамида қонунга хилоф равишда шахсга доир маълумотларга ишлов бериш ва уларни ОАВ ёки Интернет жаҳон ахборот тармоғида тарқатишга йўл қўймаслик мажбурияти белгиланмоқда.

Сунъий интеллектдан фойдаланган ҳолда фуқароларга етказиладиган моддий ва маънавий зарарларнинг олдини олиш учун ҳам ушбу қонун лойиҳаси муҳим, деб ҳисоблаймиз.

Telegram|✅Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube
14.04.2025, 17:08
t.me/a_xamzayev/2602
17
661
#iqtibos

Qarilik – bu quruqlik. Odam qarigani sari tanasidan suv qochganidek, yerdan suv qochgani sari u ham qarib boradi.

Abdushukur Xamzayev,
Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi
O‘zbekiston Ekologik partiyasi fraksiyasi rahbari

Telegram|✅Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube
12.04.2025, 14:36
t.me/a_xamzayev/2601
15
531
Yosh ekodiplomatlar turniri

Bugun O‘zbekiston Ekologik partiyasi, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, shuningdek, Ziyo forum hamkorligida tashkil etilgan UWED haftaligi doirasida TIDA debat turnirining ochilishi bo‘lib o‘tdi.

Ekologik muammolar va barqaror rivojlanish masalalariga bag‘ishlangan mazkur tadbirda ishtirok etgan partiya rahbari Abdushukur Xamzayev, bugungi kunda eng dolzarb masalalardan biri bo‘lgan ekologik muammolarni bartaraf etishda yoshlarning, ayniqsa, yosh diplomatlarning faol ishtiroki muhimligi, o‘tgan haftada Samarqandda bo‘lib o‘tgan xalqaro iqlim forumi eko diplomatiyaning yorqin namunasi bo‘lganini ta’kidladi.

Yoshlarni ekologiya, barqaror rivojlanish va yashil texnologiyalar masalalariga jalb qilish maqsadida o‘tkazilayotgan turnir ekologik rivojlanish va yashil texnologiyalar sohasidagi eng so‘nggi yutuqlar bilan tanishish imkonini berishini aytib, qatnashchilar innovatsion g‘oyalarni ilgari surishiga ishonch bildirdi.

Telegram|✅Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube
12.04.2025, 14:23
t.me/a_xamzayev/2595
15
587
12.04.2025, 14:23
t.me/a_xamzayev/2599
15
583
12.04.2025, 14:23
t.me/a_xamzayev/2598
15
546
12.04.2025, 14:23
t.me/a_xamzayev/2596
15
552
12.04.2025, 14:23
t.me/a_xamzayev/2597
15
581
12.04.2025, 14:23
t.me/a_xamzayev/2600
20
803
Samarqanddagi iqlim forumiga mamlakatimizning ekologik siyosatini tan olgan davlatlardan vakillar keldi.

Abdushukur Xamzayev,
Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi
O‘zbekiston Ekologik partiyasi fraksiyasi rahbari

Telegram|✅Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube
11.04.2025, 19:38
t.me/a_xamzayev/2594
12
632
#munosabat

🏢Global hamkorlikning zalvorli platformasi

Parlamentlararo Ittifoqning yubiley Assambleyasiga mezbon etib aynan O‘zbekistonning tanlanishida chuqur ramziy ma’no bor. So‘nggi yillarda o‘zbek parlament diplomatiyasi amaliy harakatga aylanganining xalqaro e’tirofi bu. Zotan, qonun ijodkorligi, parlament nazorati va shu kabi yo‘nalishlardagi milliy tajribamiz dunyo hamjamiyati, xorij parlamentariylari va jamoatchiligi tomonidan keng e’tirof etilayotgani ko‘plab yirik platformalarda tilga olinmoqda.

🔴 BATAFSIL

Telegram|✅Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube
11.04.2025, 19:21
t.me/a_xamzayev/2593
13
603
Samarqand forumi mintaqadagi ekolog olimlarning bir joyga to‘planib, muammoni birgalikda hal qilish bo‘yicha muhokama maydoni yaratib berdi.

Abdushukur Xamzayev,
Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi
O‘zbekiston Ekologik partiyasi fraksiyasi rahbari

Telegram|✅Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube
11.04.2025, 13:51
t.me/a_xamzayev/2592
15
822
Samarqandda ilk bor Xalqaro iqlim forumi o‘tkazilishi O‘zbekistonning iqlim muammolarini hal qilish borasidagi pozitsiyasi qat’iy ekanligini ko‘rsatib berdi.

Abdushukur Xamzayev,
Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi
O‘zbekiston Ekologik partiyasi fraksiyasi rahbari

Telegram|✅Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube
11.04.2025, 13:06
t.me/a_xamzayev/2591
22
745
10.04.2025, 06:49
t.me/a_xamzayev/2586
22
754
10.04.2025, 06:49
t.me/a_xamzayev/2590
25
785
10.04.2025, 06:49
t.me/a_xamzayev/2589
22
738
10.04.2025, 06:49
t.me/a_xamzayev/2588
489
4.3 k
#150_yubiley_assambleya

Tarixiy assambleya maqsadlar uyg‘un ekanini tasdiqladi

Ekologik omillarning har biri chegara bilmas xususiyatga ega bo‘lib, jahon ommasini birgalikda ish olib borishga undamoqda. Biz bu siyosatni anchadan beri keng targ‘ib qilib kelyapmiz. O‘zbekiston bu boradagi eng yirik xalqaro bitimlarga a’zo bo‘ldi. Mamlakatimiz va mintaqada yuz berayotgan ekologik jarayonlarga moslashish, iqlim o‘zgarishlari talafotini imkon qadar kamaytirishda bunday yondashuv juda zarur ahamiyatga ega.

▶️Batafsil

Telegram|✅Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube
10.04.2025, 06:49
t.me/a_xamzayev/2585
22
744
10.04.2025, 06:49
t.me/a_xamzayev/2587
21
2.4 k
9.04.2025, 15:24
t.me/a_xamzayev/2583
20
2.3 k
9.04.2025, 15:24
t.me/a_xamzayev/2582
20
2.4 k
9.04.2025, 15:24
t.me/a_xamzayev/2584
19
2.1 k
9.04.2025, 15:24
t.me/a_xamzayev/2580
486
5.5 k
Uzoq va yorqin taraqqiyot yo‘li

Mamlakatimiz va jahon hamjamiyatida munosib o‘ringa ega bo‘lgan 90 yillik katta tajribasi, ta’lim berish metodikasi va o‘ziga xos an’anaviy ilm dargohi sifatida uzoq va yorqin taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tgan "Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti" Milliy tadqiqot universitetining yubiley tadbirida ishtirok etdim.

Tabdirda universitet tarixi va bugungi erishayotgan yutuqlari to‘g‘risida atroflicha so‘z yuritildi. Sobiq bituvchilarining xalqimiz va davlatimiz rivoji yo‘lida munosib xizmat qila oladigan yetuk shaxslarga aylangani e’tirof qilindi.

Mo‘tabar sana munosabati bilan esdalik uchun daraxt ham ekdik.

TOP 1000 talik oliygohlar ro‘yxatiga kiritilgan universitet jamoasi bilan O‘zbekiston Ekologik partiyasi ham atrof-muhit muhofazasi, tabiatdan oqilona foydalanish, suv va yer resurslarini tejash kabi muhim yo‘nalishlarda hamkorlik qilishdan mamnun.

Hozirgi global iqlim o‘zgarishlari davrida oliygoh jamoasining ilmiy izlanishlari va amaliy tajribasi ekologik barqarorlikni ta’minlashda beqiyos ahamiyatga ega. Universitet doimo taraqqiyot, barqarorlik va xalqaro maydonda yanada yuqori cho‘qqilarni zabt etishiga ishonamiz.

Telegram|✅Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube
9.04.2025, 15:24
t.me/a_xamzayev/2579
19
2.1 k
9.04.2025, 15:24
t.me/a_xamzayev/2581
13
790
O‘zbekiston va Ispaniya parlamentlari o‘rtasidagi do‘stlik yangi bosqichda

Ispaniya parlamenti Deputatlar kongressi bilan hamkorlik bo‘yicha parlamentlararo guruh rahbari Abdushukur Xamzayev Ispaniya Senati a'zosi Agustin Almodovar, Ispaniya Senati maslahatchisi Jaoquin Cabezas va delegatsiya kotibi Teresa Gomez-Bernardo bilan hamkorlikni kuchaytirish borasida suhbatlashdi.
Mazkur muloqot davomida ikki mamlakat o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni mustahkamlash, parlamentlararo hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish masalalari muhokama qilindi.

Xususan, Do‘stlik guruhlari o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni yanada faollashtirish va amaliy hamkorlik yo‘nalishlarini kengaytirish yuzasidan taklif va tashabbuslar bildirildi.

Tomonlar Do‘stlik guruhlarining samarali faoliyati ikki mamlakat parlamentlari o‘rtasidagi muloqot va hamkorlikni yanada chuqurlashtirishda muhim o‘rin tutishini alohida ta’kidladilar.

Telegram|✅Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube
9.04.2025, 14:27
t.me/a_xamzayev/2578
479
8.4 k
9.04.2025, 14:27
t.me/a_xamzayev/2577
478
6.0 k
#Tarixiy_sana

Bugun jahon tarixidagi eng buyuk sarkardalaridan biri – Amir Temur bobomizning tavalludiga 689 yil to‘ldi. U faqatgina zabardast harbiy qo‘mondon va davlat arbobi emas, balki o‘z davrida ekologik barqarorlik va tabiat ne’matlarini asrab-avaylash tarafdori bo‘lgan buyuk shaxs edi.

Sarkarda davrida Samarqand atrofida “Bog‘i Baland”, “Behisht”, “Dilkusho” kabi ulkan bog‘-rog‘lar yaratilib, atrof-muhit muhofazasi uchun qayg'urgan.

Zarafshon va Murg‘ob vodiylarida irrigatsiya tarmoqlari barpo etilib, suvdan oqilona foydalanish yo‘lga qo‘yilgan. Markaziy Osiyodagi ichimlik suvi tarmoqlari ham buyuk bobokalonimiz davrida rivojlangan.

Bu tarixiy haqiqatlar Sohibqironni nafaqat qudratli sarkarda, balki tabiatga mehr bilan qaragan mas’ul rahbar sifatida ko‘rsatadi. Uning bunyodkorlik ruhi bugungi avlodlar uchun ham ibrat bo‘lib qolmoqda.

Telegram|✅Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube
9.04.2025, 08:20
t.me/a_xamzayev/2576
9
414
O‘zbekiston va BAA o‘rtasidagi parlamentlararo hamkorlikning yangi bosqichi

Bugun Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri N.Ismoilov boshchiligida BAA Federal Milliy Kengashining Mudofaa, ichki va tashqi ishlar qo‘mitasi raisi Ali Rashid an-Nuaymiy bilan uchrashdik.

Yuqori darajadagi muloqot davomida, ikki davlat rahbarlarining siyosiy irodasi va o‘zaro do‘stona munosabatlari natijasida, O‘zbekiston va BAA o‘rtasidagi hamkorlikning yangi bosqichga o‘tganligi va ikki tomonlama strategik sheriklik darajasiga ko‘tarilgani alohida ta’kidlandi.

Uchrashuvda BAA parlamenti vakili, O‘zbekiston bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish, ikki tomonlama aloqalarni mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratdi.

Ali Rashid an-Nuaymiy: “Men ko‘p marta bu kabi Assambleyalarda qatnashganman, lekin Toshkentda o‘tayotgan 150-yubiley Assambleya eng keng ko‘lamli va eng ko‘p delegatsiya qatnashganlardan biri bo‘ldi. Ayniqsa, O‘zbekiston Prezidenti tomonidan ilgari surilgan tashabbuslar, parlamentning roli va istiqbolini yaqqol ko‘rsatdi”, - deya ta'kidladi.

Bunday ahamiyatli uchrashuvlar, mamlakatlarimiz o‘rtasidagi do‘stona aloqalarni yanada mustahkamlash, xalqaro maydonda O‘zbekistonning o‘rnini yanada yuksaltirishga xizmat qilmoqda.

Telegram|✅Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube
8.04.2025, 15:37
t.me/a_xamzayev/2573
9
470
8.04.2025, 15:37
t.me/a_xamzayev/2574
9
468
8.04.2025, 15:37
t.me/a_xamzayev/2575
29
1.9 k
#yangi_nashr
#yashil_taraqqiyot

Samarqandda o‘tkazilgan xalqaro iqlim forumida ekologiya yo‘nalishida yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar xalqaro ekspertlar tomonidan e’tirof etildi. Tajribalarimizni o‘rganish istagini bildirganlar soni ham salmoqli.

Bu albatta, ibratli ishlarimizga berilgan haqqoniy baho. Ammo maqtovlarga chalg‘ish yo‘q. Oldimizga qo‘ygan ulkan maqsadlarimizga erishish uchun har bir fursat g‘animat.

Davlatimiz rahbari muallifligida chop etilgan "Yangi O‘zbekistonning "yashil" taraqqiyot yo‘li" nomli kitobi ekologiya yo‘nalishida nafaqat amalga oshirilgan islohotlar, shuningdek, kelgusi rejalar haqidagi fikrlarni o‘zida jamlagani bilan beqiyos ahamiyatga ega. Kitobdagi fikrlar bizning partiyamiz g'oyalariga ham to'la mos keladi.

Yangi kitob chin ma’noda Yangi O‘zbekistonning "yashil" taraqqiyot yo‘lini aniq belgilab beruvchi ilmiy-amaliy qo‘llanma bo'ladi.

Telegram|✅Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube
7.04.2025, 15:28
t.me/a_xamzayev/2572
9
970
#Ekopartiya
#150_yubiley_assambleya

Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley assambleyasi o‘z ishini davom ettirmoqda

Qulay muhit, dolzarb masalalar muhokamasi davom etayotgan Toshkent assambleyasi ovozini bugun butun dunyo eshitmoqda.

Telegram|✅Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube
6.04.2025, 16:37
t.me/a_xamzayev/2571
15
1.1 k
#Ekopartiya
#150_yubiley_assambleya

Parlamentlararo ittifoqning 150-assambleyasiga Tanzila Norboyeva Prezident etib saylandi

O‘zbekistonda kuchli parlamentarizm shakllangani, olib borilayotgan ichki tashqi faol konstruktiv siyosat yurtimizni global muammolar muhokama qilinadigan, xalqaro do‘stlik aloqalari o‘rnatiladigan va mustahkamlanadigan manzilga aylantirmoqda.

Assambleya doirasidagi fikr almashuvi yangi amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqilishi va yakuniy hujjatlar asosida parlamentlararo hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qilishi shubhasiz.

Telegram|✅Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube
6.04.2025, 15:57
t.me/a_xamzayev/2570
12
973
#Ekopartiya
#SamarqandIqlimForum

KELAJAK AVLODLAR OLDIDAGI BURCHNI ADO ETISHGA SODIQLIK NAMUNASI

Tadbirning asosiy natijasi Samarqand forumining yakuniy hujjati — "Yashil" rivojlanishning mintaqaviy konsepsiyasi tasdiqlanishi bo‘lib, bu bilan iqlim o‘zgarishi sohasida Markaziy Osiyo davlatlarining yagona mintaqaviy qarashlarini shakllantirishga asos solindi, deyish mumkin. Unda yetakchi xalqaro tashkilotlarning mintaqadagi ekologik muammolarni hal qilish borasidagi yondashuvlari bayon etilgan.

BATAFSIL

Telegram|✅Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube
6.04.2025, 11:33
t.me/a_xamzayev/2569
12
478
#Ekopartiya
#SamarqandIqlimForum

Eko olimlarga ham o‘zaro muloqot va tajriba almashish uchun maydon bo‘ldi

Samarqandda bo‘lib o‘tayotgan Orol madaniyat sammitini Orolbo‘yida yashayotgan minglab insonlar uchun yorqin umid mash’alasi, deyish mumkin.

Bu anjuman nafaqat tarixiy ahamiyatga ega, balki Orolbo‘yi mintaqasining kelajagini shakllantirishga qaratilgan strategik tashabbusdir. Sammit global ekologik muammolarni hal qilish va innovatsion yechimlar yaratishga qodir dunyo tan olgan tajribali olimlarga ham o‘zaro muloqot va tajriba almashish uchun maydon bo‘ldi.

Rasmda O‘zbekiston, Pokiston hamda Ozarbayjon olimlari.


Telegram|✅Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube
5.04.2025, 13:12
t.me/a_xamzayev/2567
12
492
5.04.2025, 13:12
t.me/a_xamzayev/2568
19
988
4.04.2025, 14:25
t.me/a_xamzayev/2565
20
1.0 k
4.04.2025, 14:25
t.me/a_xamzayev/2566
19
913
#SamarqandIqlimForum #SamarkandClimateForum

Samarqand iqlim forumi – yuqori darajadagi muloqotlar platformasi

Ayni paytda “Silk Road Samarkand" kongress markazida “Global iqlim muammolari va Markaziy Osiyo – umumiy farovonlik yo‘lida birlashish” mavzusidagi Samarqand iqlim forumi bo‘lib o‘tmoqda.

Unda Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston Ekologik partiyasi fraksiyasining o‘ndan ortiq a'zolari, qirqdan ziyod mahalliy Kengash deputatlarimiz va yuzdan ortiq partiya faollari bilan birgalikda ishtirok etyapmiz.

Anjuman yuqori darajadagi muloqotlar uchun platforma bo‘lib, yashil iqtisodiyot, Markaziy Osiyoning biologik xilma-xilligi va tabiiy ekotizimlarini saqlash, yashil energiya, suv resurslarini kompleks boshqarish, iqlim o‘zgarishiga ilmiy yondashuvlar kabi masalalarda xalqaro miqyosdagi yirik mutaxassislarning amaliy takliflari muhokama qilinmoqda.

Bir so‘z bilan aytganda, Forum iqlim o‘zgarishi va barqaror rivojlanishning dolzarb masalalarini muhokama qilish uchun yetakchi global ekspertlar, hukumat rasmiylari va xalqaro tashkilotlar vakillarini birlashtirmoqda.

Telegram|✅Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube
4.04.2025, 14:25
t.me/a_xamzayev/2564
10
446
3.04.2025, 18:44
t.me/a_xamzayev/2563
10
447
3.04.2025, 18:44
t.me/a_xamzayev/2562
10
436
3.04.2025, 18:44
t.me/a_xamzayev/2561
10
1.4 k
Parlamentlararo ittifoq:
GLOBAL HAMKORLIK PLATFORMASI

O‘zbekiston yana bir yirik xalqaro anjuman mezboni sifatida xalqaro hamjamiyat diqqat-e’tiborida turibdi. Joriy yil 5-9-aprel kunlari Toshkentda Parlamentlararo ittifoqning «Ijtimoiy taraqqiyot va adolat uchun parlament harakati» mavzusidagi 150-yubiley Assambleyasi bo‘lib o‘tadi. Unda 180 mamlakat, 15 kuzatuvchi davlat, yigirmadan ziyod xalqaro va parlamentlararo tashkilotdan 2 mingga yaqin yuqori martabali vakillar ishtirok etishi kutilmoqda.

Batafsil

Telegram|✅Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube
3.04.2025, 18:44
t.me/a_xamzayev/2560
51
1.6 k
3.04.2025, 18:07
t.me/a_xamzayev/2559
51
1.6 k
3.04.2025, 18:07
t.me/a_xamzayev/2558
50
1.5 k
Xayrli ishni Vatanimizdan boshlaylik

Ijtimoiy tarmoqlarda “Madina shahrida xurmo ekib, savob oling” mazmunidagi pul evaziga biror bir shaxs nomidan ko‘chat ekish va’da qilinayotgan videolar aylanmoqda. Ayrim fuqarolarimiz tomonidan, pul o‘tkazilgani va ularning nomidan xurmo ko‘chatlari ekilayotgani ham tasvirlangan.

Islom dinida ham "Yaxshilikni avval yaqinlaringga qil" degan gap bor. Endi savol tug‘iladi, nima uchun o‘z mablag‘imizni o‘zga yurtning obod bo‘lishi, begona odamlarning qulay sharoitda yashashiga sarflashimiz kerak?

Daraxt ekish ezgu amal, bunga hech bir e’tiroz yo‘q. Ammo shu ishni vatanimizda, ota onamiz, yaqinlarimiz, qolaversa, kelajak avlodlarimizga nafi tegadigan joyda qilish to‘g‘ri emasmi?! Eng yomoni, bunday paytda firibgarlar ham "otini qamchilaydi". Madinada daraxt ekish bahonasida yig‘ilgan pullar firibgarlar qo‘lida yo‘q bo‘lib ketish ehtimoli ham katta.

Mamlakatimizda Prezidentimiz tashabbusi bilan "Yashil makon" umummilliy loyihasi amalga oshirilmoqda. Har yili yurtni obod qilish, cho‘llanishga qarshi kurashish maqsadida 200 millionlab ko‘chatlar ekilmoqda. Ammo fuqarolarimizning faolligi, jonkuyarligi bo‘lmas ekan bu maqsadga erishish oson bo‘lmaydi.

Bu Vatan hammamizniki. Shunday ekan xayrli va savobli ishlarimizni o‘z yurtimizda qilaylik. Zero, ertaga bu yerda siz-u bizning farzandlarimiz, kelajak avlodlarimiz yashaydi.

Telegram|✅Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube
3.04.2025, 18:07
t.me/a_xamzayev/2557
Repostar
3
230
#munosabat

🏢Ishonchli do‘stlik va mustahkam sheriklik munosabatlari – barqaror rivojlanishning mustahkam asosi

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning shu yil 31-mart kuni Tojikiston Respublikasiga tashrifi va ushbu tarixiy safarning amaliy natijalari nafaqat O‘zbekiston yoki Tojikiston, balki butun Markaziy Osiyo mintaqasi uchun ulkan ahamiyat kasb etadi. Oliy darajadagi kelishuvlar ikki tomonlama do‘stlik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantiradi.

🔴 BATAFSIL

🏢 Veb-sayt 📱 Telegram 📱 Facebook 📱 YouTube 📱 Instagram📱  X  🔴ParlamentTV_RADIO
1.04.2025, 18:36
t.me/a_xamzayev/2556
11
444
Do‘stlik stelasi — yaxshi qo‘shnichilik, ishonch va strategik sheriklikning yangi ramzi

O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston davlat chegaralarining tutash nuqtasi to‘g‘risidagi tarixiy shartnoma hamda uch davlat rahbarlarining Qo‘shma deklaratsiyasi qabul qilingani mintaqadagi ittifoqchilik mustahkamlanayotganidan dalolat beradi.

Bu asrlar davomida muammo bo‘lib kelgan chegara masalalarining to‘liq hal etilgani, yaqin qo‘shnichilik chin ma’noda mustahkamlangani, shu bilan birga “Yashil” energetika, suv resurslaridan teng manfaatlarda foydalanish va ekologiya dasturlarining hayotga tadbiq etilishida tutash nuqta – birodarlik, qardoshlik va hamkorlikka tayanilishini anglatadi.

Do‘stlik stelasi qardosh mamlakatlar o‘rtasidagi yaxshi qo‘shnichilik, ishonch va strategik sheriklik munosabatlarining yangi ramzi bo‘lishiga ishonaman.

Telegram|✅Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube
31.03.2025, 21:52
t.me/a_xamzayev/2555
25
798
Parlamentlararo ittifoqning O‘zbekistondagi tarixiy anjumani

Demokratiya, inson huquq va erkinliklari sohasida umume’tirof etilgan me’yorlarga muvofiq ravishda taraqqiyot yo‘lidan borayotgan O‘zbekistonning Parlamentlararo Ittifoq bilan hamkorlik aloqalari mustahkam asoslarga ega.

Bo‘lajak xalqaro anjumanda 180 mamlakat, 15 kuzatuvchi davlat hamda 25 dan ortiq xalqaro va parlamentlararo tashkilotdan 2 mingga yaqin delegatlar ishtirok etishi kutilayotgani ham buning yaqqol dalilidir.

▶️Batafsil

Telegram|✅Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube
28.03.2025, 13:30
t.me/a_xamzayev/2554
9
1.6 k
Ekologik xavfsizlik milliy xavfsizlikni ta’minlashdagi asosiy yo‘nalish

Bugun Milliy gvardiya bilan hamkorlikda tashkil etilgan "Mamlakatda ekologik xavfsizlikni barqarorlashtirish tendensiyalari": (Ekomuvozanatni mustahkamlashda istiqbolli yondashuvlar) mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasida ishtirok etdim.

Unda ekologiya yo‘nalishida katta tajribaga ega olimlar bilan bugungi muammolarni muhokama qilib, yechim izlash barobarida bu borada milliy qonunchiligimizga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida o‘zaro fikr almashildi.

Tegishli davlat idoralari va nodavlat tashkilotlari bir maqsad yo‘lida birlashib, yaqin hamkorlikda ish olib borishi muhimligi, ekologik xavfsizlik milliy xavfsizlikni ta’minlashdagi asosiy yo‘nalishlardan biri ekanligi ta’kidlandi.

Telegram|✅Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube
25.03.2025, 14:00
t.me/a_xamzayev/2553
7
Ekologik xavfsizlik milliy xavfsizlikni ta’minlashdagi asosiy yo‘nalish

Bugun Milliy gvardiya bilan hamkorlikda tashkil etilgan "Mamlakatda ekologik xavfsizlikni barqarorlashtirish tendensiyalari": (Ekomuvozanatni mustahkamlashda istiqbolli yondashuvlar) mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasida ishtirok etdim.

Unda ekologiya yo‘nalishida katta tajribaga ega olimlar bilan bugungi muammolarni muhokama qilib, yechim izlash barobarida bu borada milliy qonunchiligimizga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida o‘zaro fikr almashildi.

Tegishli davlat idoralari va nodavlat tashkilotlari bir maqsad yo‘lida birlashib, yaqin hamkorlikda ish olib borishi muhimligi, ekologik xavfsizlik milliy xavfsizlikni ta’minlashdagi asosiy yo‘nalishlardan biri ekanligi ta’kidlandi.

Telegram|✅Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube
25.03.2025, 13:50
t.me/a_xamzayev/2552
23
1.2 k
#Tabrik

Yangilanish va yasharish ayyomi – Navro‘zi olam muborak!

Aziz yurtdoshlar va hurmatli partiyadoshlar, sizlarni milliy qadriyatlarimizning go‘zal tarannumi, yangilanish hamda yasharish ayyomi bo‘lmish Navro‘zi olam bilan samimiy muborakbod etaman!

Navro‘zning beqiyos qadriyatlari bugun har bir xonadonga kirib bormoqda, qalblarimizda umid va ishonch, shukronalik tuyg‘ularini mustahkamlamoqda. Eng go‘zal bayramlar bilan boshlanadigan bahor yurtimizga fayzu baraka, dasturxonimizga to‘kin-sochinlik olib kelsin.

Shunday shukuhli pallada sizga mustahkam sog‘lik, oilangizga tinchlik-xotirjamlik va mamlakatimiz taraqqiyoti yo‘lidagi faoliyatingizda ulkan zafarlar tilayman. Bahoriy kayfiyat sizni aslo tark etmasin.

O‘zbekiston Ekologik
partiyasining ko‘p ming
sonli jamoasi nomidan                                 Abdushukur Xamzayev

Telegram|✅Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube
21.03.2025, 07:13
t.me/a_xamzayev/2551
Repostar
10
249
Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлиси Қонунчилик палатасидаги Ўзбекистон экологик партияси фракциясининг раҳбари Абдушукур Ҳамзаев Сув хўжалиги вазири кеча фуқаролик жамияти институти вакиллари ва Жамоатчилик кенгаши аъзолари билан ўтказган очиқ мулоқотда иштирок этиб, фикрларини билдирди.
19.03.2025, 15:26
t.me/a_xamzayev/2550
14
532
Suvdan unumli foydalanish dasturxonimiz to‘kinligini ta’minlaydi

Mamlakatimizda suv resurslarining 90 foiz qismi qishloq xo‘jaligida ishlatiladi. Suvning kamayib borayotgani bu sohada zamonaviy texnologiyalarni qo‘llagan holda undan oqilona va samarali foydalanishni talab etadi.

Suv xo‘jaligi vazirligi tomonidan joriy etilayotgan tartib-taomillar esa suvdan yanada unumli foydalanishga xizmat qiladi. Bugungi tadbirda vazirlik tomonidan qishloq xo‘jaligida suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish borasida olib borilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi.

Suvdan unumli foydalanishni o‘rganmas ekanmiz, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarimiz qimmatlashib boraveradi. Bu esa oilamiz farovonligi va to‘kin dasturxonimizga o‘z ta’sirini o‘tkazmay qolmaydi.

Telegram|✅Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube
18.03.2025, 16:21
t.me/a_xamzayev/2549
6
311
Bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilishga oid qonun loyihasi bilan 4 ta qonun hujjatiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.

Qonun kuchga kirsa, zo‘rlik ishlatilgan yoki ishlatilmaganligidan qat’iy nazar o‘n to‘rt yoshga to‘lmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilish yoki jinsiy ehtiyojni g‘ayritabiiy usulda qondirish nomusga tegish bilan baravar og‘irlikda jazoga tortiladi.

Ushbu qonun loyihasi juda muhim va zarur. Chunki bugun bolalarimizni zo‘ravonlikdan asramasak, ertaga bu beparvolikning natijasi nafaqat bitta avlodga, balki butun millat taqdiriga ta’sir qilishi mumkin.

Telegram|✅Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube
17.03.2025, 20:45
t.me/a_xamzayev/2548
Repostar
7
234
O‘zbekiston Ekologik partiyasi olimlar korpusi vakillari tomonidan "Yashil makon" umummilliy loyihasi uchun "Ko‘chat ekish" qo‘llanmasi ishlab chiqilgan.

Qo‘llanmada ko‘chat ekishning agrotexnik qoidalari haqida batafsil ma’lumot berilgan va ayni ko‘chat ekish mavsumida bu siz uchun albatta foydali bo‘ladi.

Telegram|✅Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube
17.03.2025, 18:20
t.me/a_xamzayev/2547
11
562
O‘zbekiston – Fransiya

Ikki qutbda joylashgan bu ikki mamlakatning do‘stlik va hamkorlik aloqalari butunlay yangi o‘zanda, yuksak darajada rivojlanishi uchun ushbu davlat tashrifi mustahkam poydevor bo‘ldi.

Telegram|✅Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube
15.03.2025, 13:38
t.me/a_xamzayev/2546
11
633
O‘zbekiston – Fransiya: Do‘stlik va hamkorlik aloqalarining yangi bosqichi

Ikki davlat o‘rtasidagi ko‘p tomonlama hamkorlik masalalari qatorida bizning partiya elektorati manfaatlari uchun muhim bo‘lgan suv ta’minoti, energiya tejamkorlik, kanalizatsiya, chiqindilarni boshqarish kabi muhim ekologik masalalarni ham ko‘rishimiz mumkin.

Batafsil: 👉 https://ecouz.uz/news/244

Abdushukur Xamzayev,
Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi
O‘zbekiston Ekologik partiyasi fraksiyasi rahbari

Telegram|✅Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube
14.03.2025, 18:53
t.me/a_xamzayev/2543
Os resultados da pesquisa são limitados a 100 mensagens.
Esses recursos estão disponíveis apenas para usuários premium.
Você precisa recarregar o saldo da sua conta para usá-los.
Filtro
Tipo de mensagem
Cronologia de mensagens semelhante:
Data, mais novo primeiro
Mensagens semelhantes não encontradas
Mensagens
Encontre avatares semelhantes
Canais 0
Alta
Título
Assinantes
Nenhum resultado corresponde aos seus critérios de pesquisa