O seu período de teste terminou!
Para acesso total à funcionalidade, pague uma subscrição premium
SH
Idade do canal
Criado
Linguagem
Uzbeque
4.39%
ER (semana)
15.71%
ERRAR (semana)

Sharq xalqlari Tarixi, Siyosati, Antropologiyasi, Etnografiyasi va San‘ati haqida barcha barchasi.

Murojaat uchun @Sharqshunoschat_bot ga yozishingiz mumkin.

Mensagens Estatísticas
Repostagens e citações
Redes de publicação
Satélites
Contatos
História
Principais categorias
As principais categorias de mensagens aparecerão aqui.
Principais menções
Não foram detectadas menções significativas.
Repostar
15
87
@Sharqshunos_tarixchi tomonidan @stratfocusca uchun maxsus

Haqiqiy hamkorlarning yo‘qligi – bu Rossiyaning eng zaif nuqtasi. Shimoliy Koreyadan tashqari, Rossiya manfaatlari uchun o‘lishga tayyor bo‘lgan birorta davlat deyarli yo‘q. Pul evaziga – bor, lekin ular ham ko‘p emas. Rossiyaning "ma’naviy qadriyatlari" uchun kurashadiganlar esa umuman yo‘q.

Bu jihatdan Rossiya AQShdan keskin farq qiladi. Amerikaning do‘stlari va ittifoqchilari bor – va ular, garchi Vashingtonning vaqti-vaqti bilan qo‘pol munosabatda bo‘lishiga qaramasdan, agar AQSh jiddiy chaqiriq bildirsa, kamida o‘ttizga yaqin davlat o‘z fuqarolarini AQSHning manfaatlari uchun jangga yuboradi.

Afg‘oniston ham bundan mustasno emas. Rossiyaning u yerda haqiqiy ittifoqchilari yo‘qligi – barchaga oydin ko‘rinib turibdi. Ya’ni, Rossiyaning Tolibonni terroristik tashkilotlar ro‘yxatidan chiqarishi yoki to‘xtatib turishi deymizmi xullas shu qarori ham bu holatni yanada ochiq fosh etdi. Bu qaror Moskvaning zaifligi natijasida qabul qilindi – Afg‘onistondagi strategik tirishqoqlik uni bunday qadamga majbur qildi.

Lekin Rossiya bu qarorda qaysi omilga ko‘proq ergashgani – Afg‘onistondagi amerikaliklarning yangi faollashishi yoki "mintaqaviy konsensus"ga erishishdagi to‘liq muvaffaqiyatsizlik – hali aniq emas. Rossiya bu qarori bilan hech narsa yutmaydi. Qandaydir savdodagi soxta o‘sishlar kuzatiladi kabi da‘volar asossiz.

Moskva Xitoy, Eron, Pokiston va Hindiston kabilarning birortasi yoki bir nechtasi bilan Afg‘oniston bo‘yicha haqiqiy ittifoq tuzishga erisha olmadi. Bu davlatlarning har biri Kremlga do‘stona yelka urib qo‘ysa-da, uning orqasida o‘z o‘yinlarini olib bordi – Tolibon, Tolibonga qarshi guruhlar, Afg‘oniston migratsiyasi va boshqalar bilan alohida muzokaralar yuritdi va yuritmoqda.

Rossiya "mintaqaviy konsensus" haqidagi o‘z targ‘ibot illyuziyalariga ishondi va natijada Afg‘onistonda strategik mag‘lubiyatga uchradi.
Hozir Afg‘oniston maydonida Eron, Pokiston, Hindiston va Xitoy kuchli pozitsiyalarni egallab turibdi. Va bu ularning shaxsiy pozitsiyalari. Ular o‘z manfaatlari uchun turli Tolibon guruhlari, qarshilik kuchlari va migratsiya tuzilmalari bilan ishlaydi. Rossiya esa faqat "Moskva formati" kabi namoyishkorona tashabbuslar bilan chegaralangan bo‘lib, mintaqadagi "hamkorlari" uni aynan shu platforma orqali aldab, o‘zlarining haqiqiy rejalarini yashirishga muvaffaq bo‘ldi.

Moskvaning Tolibonni qora ro'yxatdan chiqarish qarori – bu strategik harakat emas, balki ma’muriy tashvish natijasidir. Buni "tashabbus" deyish mumkin, lekin bu endi hech narsaga yordam bermaydi. Rossiya Afg‘oniston doskasida Eron, Xitoy, Pokiston yoki Hindistonga qaraganda ancha zaifroq o‘yinchiga aylanib bormoqda.

Afg‘oniston bo‘yicha "mintaqaviy konsensus" hech qachon to‘liq shakllanmadi va endi butunlay barbod bo‘ldi. Mintaqa davlatlari Afg‘onistonda bir-birini ortda qoldirish uchun alohida loyihalarga sho‘ng‘iyapti, hamma o'zicha Tolibon bilan muloqotni yo‘lga qo‘ymoqda. Afg‘onistonga tegishli yakdil mintaqaviy yoki xalqaro qarash shakllanmadi. Hamma yirik o‘yinchi davlatlar bir vaqtning o‘zida tabassum qilib, hamkorlik ko‘rinishini saqlab qolishmoqda.
Tolibon, aytgancha, bu holatdan foydalanishni yaxshi biladi va Amerika ham o‘ziga kerakli fraksiyalar bilan muvaffaqiyatli o‘ynab kelmoqda.

Ehtimol, Moskva 2000-yillar va 2010-yillar boshidagi odatiy sxemasiga qaytmoqchi – Afg‘oniston inqirozidan foydalanib, Markaziy Osiyodagi o‘z ta’sirini mustahkamlash. Bunday o‘yinda Afg‘onistonning o‘zi hech qanday ahamiyatga ega emas. Asosiysi – Afg‘on diyoridan kutilishi mumkin bo‘lgan xavfli hikoyalar, Rossiyaning "himoya soyaboni" haqidagi tashviqot va qandaydir kelajakdagi infratuzilma loyihalari haqidagi orzular.

Lekin ajablanarlisi Rossiyaning Afg‘onistondagi ta‘siri bugun Markaziy Osiyoning ayrim davlatlarinikidan ham ko‘ra zaifroqdir. Rossiyaning Afg‘oniston bo‘yicha hech qanday real rejalari bugun mavjud emas. Rossiya Ukrainada nimaga erishadi kelajakda bilmadim. Ammo Afg‘onistonda Rossiya endi asosiy o‘yinchi emas.

Strategic Focus: Central Asia
28.04.2025, 22:51
t.me/sharqshunos_tarixchi/3633 Link
21
18
1.1 k
Marks "din xalqning afyuni" deganda nimani nazarda tutgan?

Koʻpchilik Karl Marksning "din xalqning afyunidir" degan oʻsha mashhur iborasini yo oʻta soddalashtirib, yo shunchaki dinga qarshi bayonot deb qoʻpol ravishda buzib talqin qiladi. Aslidachi? Aslida Marks bu orqali nimani nazarda tutgan?
Aslida ushbu iboraning ortida Karl Marksning ideologiya nazariyasi yashiringan. Yaʼni, din bu — azob-uqubatlar girdobida yashayotgan insoniyatning topingan ruhiy panohi — "mazlum maxluqning xoʻrsinishi", "qalbsiz dunyoning yuragi" va "ruhiy holatsiz tuzumning ruhi"dir, yaʼni din bu — doimiy ekspluatatsiya sharoitida yashayotgan insonlarga haqiqiy najot emas, balki hissiy tasalli berishdir. Bu yerda toʻgʻridan-toʻgʻri din emas, balki dinni shunday missiyani bajarishga muhtoj qilgan va qilayotgan ijtimoiy tizim chuqur ildizidan tanqid ostiga olinadi.

Din — davlatning ideologik apparatlaridan biri sifatida maydonga keladi, va shaxslarni u yoki bu pozitsiyaga joylashtiradi va ularga qanday yashash kerakligini "tashkiliy" tarzda belgilab beradi, u nafaqat insonlarning ongini, balki ularning xatti-harakatlarini ham nazorat qiladi. Marksning ideologiya nazariyasini Teodor Adorno "madaniyat sanoati" asarida yanada kengaytirib tushuntirgan. Uning fikricha, zamonaviy kapitalistik jamiyat nafaqat din, balki televizor, pop musiqasi, reklamalar, ommaviy madaniyat va hatto sportni ham insoniyatni passivlashtiradigan, ularni ekspluatatsion zulmga tan berishga undaydigan "afyun"ga aylantirgan, yaʼni bularning barchasi, insonni chuqur tanqidiy fikrlashdan uzoqlashtiruvchi va mavjud ekspluatatsion tartibni "normal" deb qabul qildirishga xizmat qiluvchi mexanizmlardir. Marks "din xalqning afyunidir" deganda toʻgʻridan-toʻgʻri dinni emas, dinni jamiyatdagi ekspluatatsion tartibni saqlab qolishning muhim mafkuraviy apparatlaridan biriga aylantirgan ijtimoiy-siyosiy tuzumni keskin tanqid qiladi.

Buni Slavoy Zizek XXI asr kontekstiga koʻra yanada chuqurroq tahlil qiladi. Uning fikricha, hozirgi kunda "xalqning afyuni" diniy mafkura emas, balki oʻzini eng neytral pozitsiyada koʻrsatuvchi liberalizm, individual erkinlik, shaxsiy rivojlanish va shaxsiy muvaffaqiyat haqidagi gʻoyalardir. Zizekning taʼkidlashicha, "eng xavfli ideologiya bu — insonlar tomonidan bu ideologiya emas, deb qabul qilinadigan ideologiyalardir"; "odamlar unga ishonmaydi, lekin bari bir amal qilaveradi". Yaʼni, zamonaviy odam dunyoda adolatsizlik borligini biladi, hatto uni tanqid ham qiladi ham, ammo bari bir shu tizim ichida itoat qilib yashayveradi. Bu ongli itoat va irodaviy boʻysunishdir.

Bunda ideologiya hayotning oʻzi — kundalik harakatlar va normalar toʻplamidir, yaʼni din va ideologiyalar faqat ongni emas, balki amaliyot va hayotni ham boshqaradi. Ular "haqiqat"ni tiklashga emas, balki mavjud "tartib"ni saqlab turishga xizmat qiladi. Shu maʼnoda din, ommaviy madaniyat, texnologik farovonlik, shaxsiy rivojlanish va muvaffaqiyat haqida afsonalarning barchasi oʻz zamonasi uchun oʻziga xos afyundir. Ular insoniyatni real ijtimoiy ekspluatatsiya, kuch va tartib munosabatlari mohiyatini anglashdan chalgʻitadi. Qisqasi, Marksning metaforasi — shunchaki dinni inkor qilish emas, insoniyat ongining ideologik tobeligi haqidagi chuqur tanqidiy nazariyadir.
27.04.2025, 23:39
t.me/sharqshunos_tarixchi/3632 Link
17
5
565
Ichki siyosiy polyarizatsiyada esa (ijtimoiy tengsizlik, irqiy ayirmachiliklar va "mass culture" orqali sunʼiy yaratilgan ong) Markuze talqinida "bir oʻlchovli odam" sindromi shakllanib boʻlgan. Yaʼni AQSH fuqarosidek isteʼmolchilik ongidagi odam kapital davomiyligi uchun kurashmaydi, balki faqat uni doimiy qayta ishlab chiqaradi xolos.
AQSH tobora ichkaridan yemirilib bormoqda: bu, Leninning "imperializm kapitalizmning eng yuqori bosqichi" degan klassik nazariyasini yana bir bor isbotlaydi — chunki hozirgi AQSH oʻz barqarorligiga ichki ishlab chiqarish orqali emas, faqat tashqi ekspansiya orqali erishishi mumkin xolos. Ammo bu ekspansiya endi doimiy kuchli bosim va qarshiliklarga uchraydi. Xullas endi buning imkoni 1/100 darajada.

AQSH hamon qudratli harbiy kuch, texnologik innovatsiya va moliyaviy tizim jihatdan daxshatli kuch boʻlishiga qaramay, bu kuchni ilgarigidek avtomatik ravishda legitimatsiya qilishga uning hech qanday imkoni yoʻq. U endi harakatga emas, holatga aylangan bir imperiya xolos — ichkaridan chirib borayotgan, biroq hali qulamagan imperiya. Tarix esa, kuch ustiga qurilgan hukmronliklar uzoq yashamasligini yana bir bor isbotlamoqda.

Aslida muammo, AQSH hukmronligining soʻnishi haqida emas, balki bu jarayon qanchalar ogʻriqsiz va insoniyat uchun har tomonlama yengil oʻtishidadir. Yangi dunyo yangi tartib tomon qadam tashlar ekan, sabiq gegemonning qoldirgan merosi ham, boʻshatgan maydoni ham global kelajak uchun hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Shu manzarada imperializmning zamonaviy shakllari (texnologik asorat, moliyaviy ekspluatatsiya, madaniy normativatsiya) yangi shaklga kiradi. Ammo ularning ildizi bari bir oʻsha eski marksistik asosda qolaveradi: dunyo hamon jamlanayotgan ortiqcha qiymatni kim nazorat qilayotganiga qarab shakllanmoqda. Va bu nazorat endi AQSHning qoʻlida emas.

Kanalga obuna bo‘ling
🖌@Sharqshunos_tarixchi
26.04.2025, 18:20
t.me/sharqshunos_tarixchi/3631 Link
31
5
582
AQSH GEGEMONIYASINING YEMIRILISHI

Ikkinchi jahon urushi yakunlangach, AQSH gʻolib davlatlar qatorida tarix sahnasiga global tartibotning bosh meʼmori sifatida kirib keldi. U Marshal rejasidan boshlab Bretton-Vuds institutlarigacha boʻlgan barcha global iqtisodiy tuzilmalarni yaratib, shu orqali kapital oqimi bilan bir qatorda, ideologik dominatsiyani ham oʻz nazoratiga oldi. Bu — klassik marksistik talqinda, aynan Lenin tomonidan "kapitalizmdan imperializmga oʻtish bosqichi" sifatida taʼriflangan jarayonning eng zamonaviy holati edi. AQSH oʻzining moliyaviy kapitali, harbiy kuchi va madaniy bosimi orqali yangi kolonial tizim, yaʼni neokolonializmni barpo etdi. U "ochilmagan" bozorlarga "erkin savdo" niqobi ostida kirib bordi, va yangi bozorlardagi infratuzilmalarni oʻz moliyaviy institutlari orqali kreditga bogʻlab, zamonaviy metropolga aylandi.

XX asrning ikkinchi yarmi –ayniqsa, SSSRning parchalanishidan keyingi davr– AQSH uchun monopol gegemoniya davri boʻldi; u nafaqat harbiy, balki madaniy, axborot va iqtisodiy jihatdan ham global qudratga ega kuch sifati sahnaga chiqdi. Bu esa, Rosa Lyuksemburgning "kapitalizm doimiy kengayib borishni talab qiladi" degan nazariyasi bilan toʻliq mos keladi — chunki AQSH oʻsha paytda oʻz kapitalining ichki inqirozini periferiyaga eksport qilish orqali oʻz barqarorligini taʼminlashga urinayotgan edi. Biroq, XXI asrning uchinchi oʻn yilligi, yaʼni bugungi kunga kelib, bu monopoliyaning shoxlari qurib, tarixiy dialektika oʻz soʻzini aytmoqda: endi gegemonning qanday qilib oʻzining global hukmronligini kuchaytirishi emas, balki tobora yemirilib borayotgan gegemoniyasini saqlab qolish uchun nimalar qilishi yoki qila olish masalasi kun tartibida turibdi.

Bugungi dunyo, kapital oqimlarining yoʻnalishi, savdo dinamikasi va texnologik raqobat maydonida AQSH qudratining tobora zaiflashib borayotganini koʻrsatib turibdi. Bu holatni marksist geograf Deyvid Harvey "kognitiv-axborot imperializmi" tushunchasi bilan ifodalaydi, — "AQSH oʻz hukmronligini faqat moliyaviy kapital va harbiy kuch bilan emas, balki media, texnologik platformalar va algoritmik ustunlik orqali ham davom ettirishga intilmoqda". Lekin 2000-yilda AQSH global savdoning 19 foizini egallagan boʻlsa, bugungi kunga kelib bu koʻrsatkich 13 foizga qisqarib ketdi. Bundan tashqari, Xitoyning AI, kvant texnologiyalari va yashil iqtisodiyotdagi istiqbollari AQSH uchun nafaqat iqtisodiy, balki ideologik jihatdan ham keskin xavf solmoqda. Qolaversa, Xitoy global elektromobil bozorining 60 foizidan ortigʻini egallab oldi, bu esa uning AQSH uchun normativ kuch, haqiqiy boshogʻriq ekanligini koʻrsatadi. Bunga qarshi AQSHning "erkin bozor" gʻoyalariga tupurib, proteksionizm — yaʼni, kapital harakatini toʻxtatuvchi ichki devorlarni oʻrnatishga intilishi, Marks tili bilan aytganda, kapitalning global sirtida yuz berayotgan "absolyut ortiqcha qiymat" uchun kurashidir.

Xalqaro maydonda AQSH tomonidan oʻrnatilgan xalqaro tartib –BMT, NATO va Gʻarbiy institutlarga asoslangan tizim– endi muqobil kuchlar bilan hisoblashish va toʻqnashishga mahkum: BRICS ittifoqi tobora jipslashib, yangi moliyaviy institutlar yaratish orqali dollar imperializmini qulatishga urinmoqda. Immanuel Vallershteyn taʼkidlagandek, global tizimlar har doim markaz (core) va periferiyaga boʻlinadi. AQSH markazda uzoq vaqt davomida stabil turganiga qaramay, hozir u bu oʻrinni yoʻqotib bormoqda. Ayniqsa, Rossiya-Ukraina urushi va sanksiyalar natijasida Xitoy qudrati yanada mustahkamlandi; Xitoy esa 2024-yilda neft savdosining qariyb 30 foizini yuan orqali amalga oshirdi. Bu esa dollar tizimining jahonda zamonaviy "imperial moliyaviy apparat" sifatidagi asoslarini jiddiy zaiflashtirdi.

Kanalga obuna bo‘ling
🖌@Sharqshunos_tarixchi
25.04.2025, 23:33
t.me/sharqshunos_tarixchi/3630 Link
16
3
545
​​Madaniy sivilizatsiyani moddiylashtirish oqibatlari.

Marshall Maklyuhanning shunday mashhur kitobi bor “Gutenberg galaktikasi. Pechat stanogining shakllanishi". Bu ish media fani, antropologiya va madaniyatshunoslikka katta ta'sir ko'rsatdi. Umuman olganda, fundamental ish.

Bitta fikr kitob bo‘ylab qizil ipdek o‘tadi: matbaa ixtirosi insonning dunyo haqidagi tasavvurida inqilob qildi. Yozuv va savodxonlikning keng tarqalishi tufayli odamlar dunyoni idrok etishning vizual vositalariga e'tibor berishni boshladilar.

Yozish va Noshrlik ishi - to'g'rirog'i, uning ommaviy ravishda tarqalishi zamonaviy fanning paydo bo'lishiga, aqliy tafakkur va jamoadan mustaqil shaxsning keng dunyo qarashlari shakllanishiga sabab bo'ldi. Bundan tashqari, u odamlarni tarixiy fikrlashga o'rgatdi: hujjatlarni, yozma dalillarni va tarixiy manbalarni saqlash va kelajak avlodlarga yetkazish imkoniyati paydo bo'ldi. Qolaversa Yevropa taraqqiyot zanjirining birinchi bo‘g‘iniga aynan kitob bosish dastgohining ixtirosi tufayli chiqdi. Shundan boshlab Yevropa yetib bo‘lmas marralarni zabt etdi.

📚Yozuv sivilizatsiyasi o'zining moddiy timsolini kitob sahifalarida topdi. Iqtisodchi Branko Milanovichning fikricha, bu tsivilizatsiya endi afsuski xavf ostida.

Olim yaqinda Xitoyga qilgan safari ortidan The Globalist jurnalida qisqacha asar yozdi. Milanovich hayratlanarli xulosaga keldi: Xitoy, jahonga qog'ozni bergan mamlakat, Ammo bugungi kunda uni raqamli media foydasiga tezda tark etmoqda. Va u bu zamonaviy sivilizatsiyaga nima tahdid solishi mumkinligidan xavotirda⬇️:

📌 Birinchidan, bilimlarni uzatish tizimi zarar ko'radi. Internetdagi yoki elektron ommaviy axborot vositalaridagi ma'lumotlar qog'ozga qaraganda xavfliroqdir. Masalan, ommaviy axborot vositalarining qog'ozdan Internetga o'tishi bizni o'tmishdagi voqealar rivojini tushunishimizni yo'qotishimiz bilan tahdid qiladi. Axir gazetalar asosan xronologiya va faktlar uchun javobgardir. Qolaversa shaxsiy va milliy boyliklar endi g‘arazli qo‘llarga oson tushadi.

📌 Ikkinchidan, kelajakda elektron ommaviy axborot vositalaridagi ma'lumotlar doimiy ravishda yo'q bo'lib ketishi tufayli biz o'zimizni "abadiy hozirgi" (presentizm) holatida topish xavfi bor. Ya‘ni biz bugun raqamlashtirayotgan xotiralarimiz bir lahzalik texnik nosozlik tufayli yo‘qolib ketishi mumkin.

📌 Uchinchidan, Milanovichning xulosasi Maklyuxanning bashoratlaridan birini tasdiqlaydi: elektron ommaviy axborot vositalarining ixtiro qilinishi bilan insoniyat ibtidoiy adabiyotgacha bo'lgan jamiyatlarga xos bo'lgan og'zaki madaniyat foydasiga yozishning vizual madaniyatidan voz kechadi. Va bu varvarlik va tanazzul bilan to'la.

Qizig'i shundaki, Xitoy hozirda inqilobiy o'zgarishlarning boshida turibdi: to'liq raqamlashtirish, qog'ozdan voz kechish, raqamli valyuta, ijtimoiy reyting va boshqalar.

🤔 Ko'rinishidan, Xitoyda insoniyat yashaydigan kelajak sivilizatsiyasining prototipi paydo bo'lmoqda.

Manba: Маклюэн, М. (2013). Галактика Гутенберга. становление человека печатающего.

Bu o‘rinda oddiy narsani eslatib o'tmoqchiman: To‘g‘ri modernizm bilan kurashib bo‘lmaydi. U ommalashaveradi. Lekin biz o‘zbeklar avval muhim jarayonlardagi suratlarni prin qilib albomda saqlar edik. Muhim kitob yoki maqolalarni qog‘ozga chop qilib yig‘ib yurardik. Abituriеntligimdagi tarixdan test to‘plamlarimni esa bir sandiqqa sig‘dirib bo‘lmaydi.
Ammo hozir hamma qimmatli ma‘lumotlar, shaxsiy hujjatlar, muhim suratlar, hisob raqam login va parollari xullas bor budumizni Pavel akaning telegramiga ishonib topshirdik. Bu hozircha maqbul yechim. Lekin istalgan payta Durovning messenjerida muammo paydo bo‘lishi va siz shaxsiy tarixingizdan ajralib qolishingiz mumkin. Sog‘ bo‘lasizlar...🥹

Kanalga obuna bo‘ling
🖌@Sharqshunos_tarixchi
24.04.2025, 23:47
t.me/sharqshunos_tarixchi/3629 Link
7
579
24.04.2025, 09:44
t.me/sharqshunos_tarixchi/3628 Link
22
6
518
Arab kalligrafiyasining (xattotlik) o‘ziga xosligi haqida ko‘p yozganman.

Yana bir oddiy namunalarga ko‘zim tushib qoldi. Baliq shaklida chizilgan so‘zlardan iborat rasm. Juda go‘zal va salobatli.

Kanalga obuna bo‘ling
🖌@Sharqshunos_tarixchi
24.04.2025, 09:44
t.me/sharqshunos_tarixchi/3623 Link
6
557
24.04.2025, 09:44
t.me/sharqshunos_tarixchi/3626 Link
6
534
24.04.2025, 09:44
t.me/sharqshunos_tarixchi/3625 Link
6
525
24.04.2025, 09:44
t.me/sharqshunos_tarixchi/3624 Link
6
573
24.04.2025, 09:44
t.me/sharqshunos_tarixchi/3627 Link
19
4
603
#kitob_tahlili

Yuqorida Guruziya muvaffaqiyati haqidagi kitobning tahlilini berdik. Kitobda Gruziyadagi yutuqlar soyasida qolib ketgan ba‘zi muammolar haqida aytilmagan gaplarni biz aytmoqchimiz.

Masalan Xuddiki Mixael Saakashvili "qandaydir" jurnalistlarga xos iboralar bilan eng yuqori o'ringa olib chiqilgandek tuyuldi.
(Izoh: Umuman Sakashvili faoliyatida shaxsiy kultga yaqinlashuv juda kuchli. Chunki vaqtida u o'z shaxsini "millat qutqaruvchisi" sifatida ko'rsatishga harakat qilgan. Va bu harakatlari effektsiz qolgani yo'q. Hali ham Sakashvilini qamoqdaligidan Gruziyada norozilik kuchli. Amaldagi hukumatga Sakashvilini atayin sindirganlik haqida ayblovlar qo'yishadi.
Saakashvili islohotlarda qat’iylikni ko‘rsatgan bo‘lsa-da, ba’zi yondashuvlari radikal va avtoritar xarakterga ega bo‘lgan)

Burakova asarida islohotlarning salbiy tomonlari, quyidagi kabi jihatlar yetarlicha yoritilmagan:

Guruziyadagi islohotlar fonida Ijtimoiy tengsizlik ortgan: boylar va kambag'allar o'rtasidagi tafovut kuchaygan.

Shuningdek, Ishsizlik muammosi: sanoat qisqargani sababli ko'plab odamlar ishsiz qolgan.
(Izoh: Ko'pchilik "radikal modernizatsiya" olib borilgan davlatlarda bu tezlik va bosim bilan olib borilgan siyosatning qurboni asosan kambag'al qatlam, sobiq harbiylar va byurokratik xodimlar bo'lishadi).

Yoki Muxolifatga bosim va matbuot erkinligining cheklanishi borasida ham kitob jim. Mustaqil OAVlar yoki butunlay yo'q qilingan, yoki hukumatga bo'ysundirilgan.

Bundan tashqari ko'pchilik islohotlar simvolik. Real natija bermagan, xalqaro hamjamiyat ko‘zi uchun qilingan.

Korrupsiyaga qarshi kurashda ham ikki yoqlama siyosat olib borgan. Avval boshda muvaffaqqiyatli kurash olib borilgan bo‘lsa ham, vaqt o‘tgan sayin "o‘z odamlari" ga nisbatan yumshoqlik ko‘rsatila boshlandi.

Kitob bu kabi radikal reformatsiyava PR ga asoslangan siyosatning ushbu tomoni haqida, tashqi siyosatda siyosiy yetuklik yetishmasligi* haqida umuman gapirmaydi.
Bu esa asarning obyektivlik darajasiga salbiy ta'sir qilgan.

Muallif obyektiv yondasha olmagan, shu sabab kitobni tanqidiy fikr, analitik ko'z va kontekstual tahlil bilan o'qish lozim.

*(Izoh: Xalqaro siyosiy muhitni to‘g‘ri baholay olmagan. AQSh va NATO ko‘magiga ortiqcha umid bog‘lab, real siyosiy xatarlarni e’tiborsiz qoldirgan.
Natijada Abxaziya va Janubiy Osetiya ustidan nazorat butunlay yo‘qotildi)

©Tayyorladi: Qosimova Safura

Kanalga obuna bo‘ling
🖌@Sharqshunos_tarixchi
23.04.2025, 23:35
t.me/sharqshunos_tarixchi/3622 Link
18
11
587
Usmoniylar daftardori Seyfi Chalabiy “Tavorix” asarida (1590 yilda yakunlangan) bizning mintaqamiz haqida qiziqarli ma’lumotlar keltiradi:

"Qashqar viloyatining narigi tomonida “qozoq” deb nomlanuvchi qabila yashaydi. Ular ko‘chmanchi, shaharlari ham, qishloqlari ham yo‘q. Ular ikki baravar yuz ming xonadondan iborat. Ularning xoni Tavakkul ismli kishi."

"Tavakkul Toshkentga ketgan paytda, qalmoqlar uning ilini (yurtini) talon-taroj qilib, o‘z tomonga qaytib ketdilar. Tavakkul Baroqxonga odam yuborib shunday dedi: “Men keldim va o‘zimni sening panohingga topshirdim. Biz ikkovimiz ham Chinggiz naslidanmiz, qarindoshmiz. Bundan tashqari, ikkovimiz ham musulmonmiz, bir din egasimiz. Menga yordam ber, birgalikda bu kofirlardan qasos olaylik.” Baroqxon unga shunday javob yubordi: “Agar men bilan senga o‘xshagan o‘n nafar xon birlashsa ham, biz ularga qarshi tura olmaymiz. Chunki ular — Ya’juj qabilasidir.”
"Qalmoqlar yer yuzida mavjud bo‘lgan har qanday jonivorni, hatto ilonlarni ham yeydilar; biroq bu odat ularning barcha urug‘lariga emas, faqat bittasiga xos. Ular o‘lgan odamning qabri ustiga unga tegishli barcha narsalarni qo‘yib ketadilar va hech kim ularga tegmaydi. Chunki ularning buzuq e’tiqodiga ko‘ra, agar kimdir o‘sha narsalarni olsa, marhumning barcha gunohlari unga o‘tadi.
Qalmoqlar juda chiroyli bo‘lishadi, Toshkent ahli ba’zan ularning chekka hududlariga bostirib kirib, ularni asir olib kelishadi. Qalmoqlar esa ularga ortidan quvib borib, asirlarni ozod qilish uchun jangga kirishadi. Jangdan so‘ng, o‘ldirilgan qalmoqlarning zirhlarini yig‘ishayotganda aniqlanadiki, ular ayollardir.
"Qashqar hokimining ismi Abdulrashidxon bo‘lib, u Chingiz avlodidan. Ularni “mo‘g‘ul” deb atashadi. Sababi shuki, Chinggiz avlodlari bir necha guruhlarga bo‘lingan: Qrim hukmdorlarini “tatar”, Tura xonlarini “shiban”, Buxoro xonlarini “o‘zbek”, Qashqar hukmdorlarini esa “mo‘g‘ul”, Xitoy bilan chegaradosh hudud aholisini esa “qalmoq” deb ataydilar.
"Qashqarning bu tomonida “qirg‘iz” deb nomlanuvchi qabila yashaydi. Ular ham mo‘g‘ullarga o‘xshash ko‘chmanchi qabilalardandir… Ularning xoni yo‘q, faqat “kashka” deb ataladigan beklari bor. Ular na kofir va na musulmondirlar"

"Qirg‘izlarga qo‘shni — qozog‘lar… Ular musulmon, Imom A’zam (Abu Hanifa) mazhabiga amal qiladilar… Ularga “qozoq” nomining berilish sababi quyidagicha: Chinggiz avlodlarida shunday urf bor: agar bir xon vafot etsa, uning o‘rniga eng katta o‘g‘li xon etib tayinlanadi, qolgan kichik o‘g‘illariga esa bir-bir shahardan bo‘lib beriladi. Ba’zan ular tinch yashashadi, ba’zida o‘zaro urushib ketishadi. Mag‘lub bo‘lgan shaxs endi o‘z viloyatida qololmaydi va dashtga chekinadi. Qadim zamonlarda qozog‘ xonlarining ajdodlari Buxoro va Toshkentni egallash uchun kurashda mag‘lub bo‘lishgan va sahroga chiqib ketishga majbur bo‘lishgan. Shuning uchun ularga “qozoq” nomi berilgan."

"Qozog‘larning bir tomonida Tura viloyati joylashgan bo‘lib, bu Dashti Qipchoqning eng chekka chegarasidir. Bu yerning egasi — Kuchumxon, u ham Chinggiz avlodidan bo‘lib, musulmon va Imom A’zam (Abu Hanifa) mazhabiga amal qiladi… Kuchumxon yurti atrofida g‘aroyib qabilalar yashaydi, ularning ko‘rinishi g‘ayritabiiy, tillari tushunarsiz, ularning din ham, e’tiqod ham yo‘q, shu jihatdan yovvoyi hayvonlarga o‘xshaydilar. Bu yurtda yozda tunlar nihoyatda qisqa bo‘ladi, hatto qirq kun davomida kechki namozni ado etishning iloji bo‘lmaydi — tong darrov otadi".

Manba:
Seyfiy Chalabiy, “Tavorix” (1590).

Kanalga obuna bo‘ling
🖌@Sharqshunos_tarixchi
23.04.2025, 16:19
t.me/sharqshunos_tarixchi/3621 Link
14
20
730
​​Movarounnahr barloslari

🇺🇿"Barlos" etnonimi Chingizxon davridan beri ma’lum. Rashididdinning yozishicha, Chingizxon oʻzining oʻgʻli Chigʻatoyga bergan to‘rt ming kishilik qoʻshin tarkibida barloslar ham boʻlgan. Ularning aslida jaloyirlar kabi moʻgʻul qabilalaridan biri boʻlib, dastlabki nomi “barulos” boʻlgan. Moʻgʻul tilida bu soʻz “semiz, baquvvat” degan ma’noni anglatgan. Bundan tashqari, u “sarkarda, boshliq, jasur jangchi” ma’nolarini ham bildirgan va bu qabila vakillarining harbiy jasorati bilan bogʻliq boʻlgan.

⚜ XIII asrning 30–40-yillarida barloslar va jaloyirlar hanuz moʻgʻul oʻzligini saqlab qolgan boʻlsa-da, XIV asrning 60–70-yillariga kelib ular turkiylashish jarayonidan oʻtib, turkiy lahjalarni oʻzlashtirishgan va ayniqsa, Qashqadaryo viloyatida joylashgan mahalliy turkiy aholi bilan oʻzaro aralashib ketishgan.

🔍 Barloslar XIV asrning birinchi yarmida Qashqadaryo vohasiga koʻchib kelishgan. Ular boshqa hududlarga Amir Temur davrida keng tarqala boshlagan — Temur oʻzi shu qabiladan chiqqani bois ularga homiylik qilgan. Ma’lumki, uning vafotidan keyin ham barloslar Temuriylar davlatlarida nufuzli mavqeini saqlab qolishgan. Jumladan, Bobur lashkarining dashti-qipchoq oʻzbeklari tomonidan magʻlub etilishidan keyin, barloslarning bir qismi Bobur bilan birga Hindistonga koʻchib oʻtgan. XVI asrda ular Amudaryoning ikki sohilida yashashgan. Bu vaqtda barloslar tarkibiga boshqa qabilalar ham qoʻshilgan, chunki ular bilan ittifoq tuzish obro‘ deb hisoblangan. Biroq keyinchalik Shayboniylar hokimiyatga kelgach, barloslar oʻz mavqeini yoʻqotgan.

📍Buxoro xonligi davrida barloslarning bir qismi yarim koʻchmanchi hayot tarzini saqlab qolgan va chorvachilik bilan shugʻullangan. Ular oʻz nomlarini va ichki qabila birligini saqlab qolgan — yaʼni, asosan oʻz qabiladoshlari bilan turmush qurishgan va oʻziga xos notiq uslub (fasohat)ga ega boʻlishgan, bu esa barloslar qabilasining “vizit kartasi” boʻlib xizmat qilgan.

📍Samarqand viloyatiga yaqin joylashgan Shahrisabz barloslari esa, aksincha, ularning ajdodlari uzoq vaqt Hisorda yashab, keyin Qashqadaryo vohasidagi vatani — tug‘ilib oʻsgan yerlariga qaytgan deb hisoblashadi. Qashqadaryodagi Yuqori Taragʻay qishlogʻi aholisi orasida quyidagi rivoyat yuradi: ilgari ular bu joyni tark etib, Hisorga yoʻl olishgan, XIX asr boshlarida esa vatanga qaytishgan. Boshqa manbalarga koʻra esa, XVIII asr oʻrtalarida mangʻitlardan Muhammad Rahim taxminan 20 ming barlos oilasini Samarqand va Shahrisabz hududlariga koʻchirgan.

📌 Hozirgi Oʻzbekistonning janubiy hududlarida barloslarning ikki urug‘i — oltibacha va qalxofiziy mavjud. Rivoyatlarga koʻra, oltibacha urugʻi oltita aka-ukadan tarqalgan. Shuningdek, qozibacha, polatbacha, ahsaqbacha, ne’matbacha kabi urugʻlar ham ajratib koʻrsatiladi.

🖌 1926-yilgi rayonlashtirish ma’lumotlariga koʻra, Yuqori Qashqadaryoda 710 nafar barlos qayd etilgan boʻlib, ular Sayot, Hasantepa, Ommagon, Toshqal’a, Ayoqchi, Xonaka va Taragʻay qishloqlarida yashagan. Bu qishloqlarda tolibbacha, qozibacha, ne’matbacha kabi urugʻlar mavjud boʻlgan.

👤 Bugungi kunda barlos nomi Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarida etnik belgilar sifatida saqlanib qolgan. Ammo Oʻzbekistonning boshqa hududlarida “barlos” atamasi faqat etnotoponim shaklida uchraydi, masalan, Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanidagi Barlos qishlogʻi. Qashqadaryo viloyatining Qatagʻon qishlogʻi aholisi oʻzlarini barlos deb ataydi, yashaydigan joylarini esa "Barlostep" deb nomlaydi. Barloslar turk guruhiga mansub to‘rt qabilani birlashtirgan yirik va keng tarqalgan qabila boʻlgan.

🗣 Barloslar shevasi oʻzbek tilining qarluq-chigil lahjasiga mansub boʻlib, koʻp belgilariga koʻra oʻzbek tilining shahar lahjalariga yaqin turadi. Shu bilan birga, u qisman qipchoq lahjalari bilan oʻxshashliklarga ega. Biroq qipchoq lahjasi shahar shevalariga kirmagani sababli, barloslar shevasi qarluq-chigil va qipchoq lahjalari oraligʻida oraliq sheva sifatida tasniflanadi.

📚Manba: A. Qayumov. “Oʻzbek qabilalari va urugʻlari”

Bizni kuzatishda davom eting
🇺🇿@Turkologlar_jamiyati
22.04.2025, 23:30
t.me/sharqshunos_tarixchi/3620 Link
22
3
716
​​Navro‘z mamlakatlari tashkiloti What? Yoxud Navro‘z — Eronning Markaziy Osiyodagi madaniy siyosat vektori sifatida

Siyosat kitib bormagan birorta soha qolmadi. Kiyinishdan tortib, to‘ylarga qadar hammasiga siyosatning sassiq burni suqilgan. Do‘stlar diydorlashadigan choyxonalar ham siyosiylashmoqda.

Bir jamiyatda boshqa davlatning imijini mustahkamlashi mumkin bo‘lgan hamma omillar bugun kuchli davlatlar tomonidan "yumshoq kuch" vositasi sifatida dastaklanmoqda.

Masalan, sumalak sayllari bilan yoshligimozdan sevib kutiladigan Navro‘zi olam. Eronlik tahlilchilar Navro‘z mavzusini tobora ko‘proq nafaqat madaniy hodisa, balki Markaziy Osiyoda o‘zining sivilizatsion siyosatni shakllantirish vositasi sifatida ham ko‘rib chiqishmoqda.

Eronning Institute for East Strategic Studies (IESS) veb-saytida chop etilgan so‘nggi maqolalardan biri ta’kidlaydiki, aynan shu makonda — Erondan boshlab Afg‘oniston, Tojikiston va undan narigacha cho‘zilgan hududda — fors tilli sivilizatsiyaning noyob yadrosi mavjud. Biroq bu madaniy mushtaraklikning salohiyati hozirgacha institutsional va siyosiy shaklda namoyon bo‘la olgani yo‘q.

Ruslashtirish, g‘arblashtirish va panturkizm kabi uchta kuchli raqobatbardosh vektor kuchayib borayotgan bir paytda, Eron “yumshoq kuch” orqali o‘z ta’sirini chuqurlashtirish imkoniyatini yo‘qotmoqda. Ana shu kontekstda Navro‘z — ramz va vosita sifatida — alohida ahamiyat kasb etadi: umumiy xotira, rasm-rusumlar, til va tarixiy qarindoshlik Tehronning yangi tashqi siyosat kursi asosini tashkil qilishi mumkin.

Eron yondashuvining markaziy tezisi — strategik institutsionalizatsiya zarurati: Navro‘z mamlakatlari tashkilotini tuzish, fors tilli dunyo madaniy ittifoqini shakllantirish va Afg‘onistonni bu sivilizatsion geografiyaning ajralmas qismi sifatida hisobga oluvchi siyosiy platformani yaratish lozim deb taklif beryapti Eron siyosiy texnokratlari.

Bunda Eron konfessiyaviy chegaralardan ustun turgan narativga o‘tishni taklif qilmoqda: ya’ni, shia dunyosi nomidan emas, balki umumiy tarixiy xotira nomidan so‘z yuritish zarur. Mualliflarning fikricha, bu mintaqadagi xavotirlarni kamaytiradi va fors tilli jamoalar — eng avvalo tojiklar — chuqurroq eroniy ta’sirning yadro kuchiga aylanishiga zamin yaratadi.

Xullas xohlasanglar ushbu mavzuning davomi bo'ladi.👍

Kanalga obuna bo‘ling
🖌@Sharqshunos_tarixchi
21.04.2025, 23:22
t.me/sharqshunos_tarixchi/3619 Link
14
5
641
​​Markaziy Osiyodagi ko‘chmanchi va joydo‘st (o‘troq) aholi xonliklar davrida

Markaziy Osiyo davlatlarining umumiy taqdiri ma’lum darajada geografik omillar ta’sirida shakllangan edi. Markaziy Osiyo sobiq ko‘chmanchi qatlamlarning asta-sekin joydo‘st (o‘troq) turmush tarziga o‘tishi va Sharqiy Turkistonda shaharlik unsurlar qayta tiklanishi natijasida butun hudud – ya’ni Eron va Afg‘oniston aholi punktlaridan shimol va sharqqa tomon joylashgan mintaqalar – asosan shaharlarda yashovchi va dehqonchilik bilan shug‘ullanuvchi joydo‘st aholi bilan to‘ldirildi. Bu aholi islom sivilizatsiyasi ruhida tarbiyalangan edi.

Ko‘chmanchilar hanuz yetarlicha bo‘lib, ular ayrim paytlarda, ayniqsa Qo‘qon xonligida, muhim rol o‘ynay olgan bo‘lsalar-da (bu hol XIX asrgacha davom etdi), umuman olganda, ularning ta’siri tobora susayib borardi. Uch xonlik — Buxoro, Qo‘qon va Xiva — hukumatlari ko‘chmanchilarga ko‘proq tartibni buzuvchilar sifatida qarar, ularning o‘troq turmush tarziga o‘tishini faol rag‘batlantirar va tabiiyki, buni ma’qullar edi. Bu borada Xiva xonligi eng faol siyosat yuritgan edi.

Ko‘chmanchilar ustidan nazoratni ta’minlashning yana bir usuli — keng tarqalgan bilvosita boshqaruv edi: har bir qabila o‘z yetakchisiga bo‘ysungan holda, tinchlikda yashar, bu yetakchi hukumat va o‘z qavmi o‘rtasida vositachi rolini bajarar edi. Bunday amaliyot odatda shimoldan ko‘chib kelgan turkmanlar, qozoqlar va qirg‘izlarga va qoraqalpoqlarga nisbatan qo‘llanilgan.

Shunga qaramay, ko‘chmanchi qabilalar qo‘zg‘olonlari kam uchramagan, biroq odatda ular tezda bostirilgan. Buning sababini esa ko‘chmanchilar o‘zlarida izlashlari kerak edi, chunki ular odatda tarqoq holda yashar va o‘zaro nizolarda bo‘lishar edi. Faqat Qo‘qonda, u ham qisqa vaqt davomida, siyosiy hokimiyat mahalliy ko‘chmanchilar qo‘liga o‘tgan edi. Bular qipchoqlar bo‘lib, boshliqlari Musulmonqulning o‘troq davlatlardagi madrasalarida kuchli ta‘lim olgan holda aqlli boshqaruvi ortidan kelib chiqqan deyiladi.

Manba:
X. Kissling, B. Shpuler. "Buyuk musulmon imperiyalari. Yaqin Sharq, Markaziy Osiyo va Afrika islomiy davlatlari tarixi"

Kanalga obuna bo‘ling
🖌@Sharqshunos_tarixchi
21.04.2025, 12:11
t.me/sharqshunos_tarixchi/3618 Link
21
6
676
#kitob_tahlili

Gruziya muvaffaqqiyatga qanday erishdi? 2-qism.

​​Burakova fikricha, Gruziyada soliq yuki kamaygani, ammo davlat budjeti tushumi oshgani-bu liberal iqtisodiy siyosatning samaradorligini isbotlaydi. Guruziyada 2003-yilda 22 ta soliq bo'lsa, 2008-yilga kelib ularning soni atigi 6 ta bo'ldi. Soliq stavkalari oddiy, tushunarli va shaffof edi. Bu o'zgarishlar iqtisodiyotni "soya"dan chiqarishga yordam berdi.

Xalqaro munosabatlar va investitsiyalar kirishi ko'paydi.
Islohotlar ortidan Gruziya Jahon Banki, Xalqaro Valyuta Fondi, EBRD tomonidan yuqori baholandi. "Doing Business" reytingida Gruziya 11-o'ringa chiqdi. Burakova Gruziya imijining o'zgarishini, iqtisodiy islohotlar natijasida emas, balki kommunikatsion siyosat (PR)ning ustalik bilan olib borilishi orqali ham izohlaydi.

Ammo kamchiliksiz ish bo'lmagani kabi, kitobga nisbatan tanqidiy baholar ham bor. Kitobda yutuqlar soyasidagi muammolar haqida lom-lim deyilmaydi. Xuddiki Saakashvili davlatni "qandaydir" jurnalistlarga xos iboralar bilan eng yuqori o'ringa olib chiqqandek tuyuldi.

Burakova asarida islohotlarning salbiy tomonlari, quyidagi kabi jihatlar yetarlicha yoritilmagan:

Ijtimoiy tengsizlik ortgan: boylar va kambag'allar o'rtasidagi tafovut kuchaygan.

Ishsizlik muammosi: sanoat qisqargani sababli ko'plab odamlar ishsiz qolgan.
Muxolifatga bosim va matbuot erkinligining cheklanishi borasida kitob jim. Bu esa asarning obyektivlik darajasiga salbiy ta'sir qilgan. (Muallif kitobdagi ba‘zi o‘rinlarga obyektiv yondasha olmagan, shu sabab kitobni kitobxon tanqidiy fikr, analitik ko'z va kontekstual tahlil bilan o'qishi lozim.)

Bularga qaramay kitobning yutuqlari uning kamchiliklaridan karrasiga ko‘proqdi. Kitob O‘zbekiston uchun ham saboqlar bergandek. Yurtimiz 2016-yildan buyon o'z islohot davrini boshdan kechirmoqda. Gruziya tajribasi biz uchun korrupsiya faqat jazolash bilan emas, tizimli islohotlar bilan bartaraf etilishini, davlat fuqaroga xizmat qilishi lozimligini (buning uchun raqamlashtirish, soddalashtirish muhimligini) uqtiradi.

Shuningdek, soliq va ruxsatnomalar tizimi oddiy, tushunarli va raqobatbardosh bo'lishi shartligi, islohotlar siyosiy iroda, yuqori qatlam liberalligi va jamoatchilik ishonchisiz muvaffaqiyatli bo'la olmasligini ham o'zimiz uchun saboqdek qabul qilishimiz kerak.
(Shu o'rinda hukmron qatlamning chin ma'noda liberalligi zarurligini alohida ta'kidlab o'tish lozim.)
Ammo bu tajriba ko'r-ko'rona emas, mahalliy realiklarni hisobga olgan holda moslashtirilishi, amalga oshirilishi lozim.

Xulosa qilib aytadigan bo'lsak,
“Gruziya muvaffaqiyatga qanday erishdi?” asari bu- postsovet hududida ilk bor shaffof, erkin, zamonaviy boshqaruv modeli qurilgan mamlakat tajribasining real va amaliy ifodasidir. Larisa Burakova o'z asarida Gruziya hukumatining qat'iy pozitsiyasi, tubdan yangilanish istagi va xalqaro ko'makni muvaffaqiyatli uyg‘unlashtira olganini chuqur tahlil qilgan.

Asar o'quvchidan analitik fikrlashni talab qiladi. Ammo shubhasiz, bu kitob har qanday davlat islohoti bilan shug'ullanayotgan shaxslar uchun muhim metodologik va ilhomlantiruvchi manba bo'lib qoladi.

E'tiboringiz uchun rahmat..!

[👉1-qism]

Qosimova Safura, Sharqshunos.

Kanalga obuna bo‘ling
🖌@Sharqshunos_tarixchi
21.04.2025, 00:07
t.me/sharqshunos_tarixchi/3617 Link
10
540
#mutaxasis_fikri

📝
Tolibon nazorati ostidagi Afgʻoniston legallik tanqisligi va boshqa muammolarga duch kelayotgan boʻlishiga qaramay, mamlakatning hozirgi sharoitdagi subyektivlik (xalqaro subyekt sifatidagi maqomi) darajasi avvalgi tuzumlarga nisbatan obyektiv ravishda yuqoriroqdir.

Bu, xususan, Kobulning qoʻshni davlatlar bilan, jumladan, suv resurslariga oid masalalarni hal etish borasida munosabatlarni qanday yoʻlga qoʻyayotganida yaqqol namoyon boʻlmoqda. Shu bois, Tolibon ta’sirining faqat kuch ishlatishga asoslangan usullar bilangina cheklanishi haqidagi da’vo ishonchsiz koʻrinadi.

Omar Nessar: Rossiya Fanlar Akademiyasi, Sharqshunoslik instituti katta ilmiy xodimi, afg‘onshunos.

Kanalga obuna bo‘ling
🖌@Sharqshunos_tarixchi
19.04.2025, 12:11
t.me/sharqshunos_tarixchi/3616 Link
30
7
581
#kitob_tahlili

⚡️​​Liberal muhitsiz iqtisodiy islohotlar ko'zlangan samarani bermaydi.

Hech kimga sir emaski, bugun dunyo miqyosida postsovet makonidagi ko'plab davlatlar uchun o'tish davri islohotlari murakkab, ko'p holatlarda uzoq va samarasiz kechdi. Va mana shu fonda Gruziya kabi davlatlarning muvaffaqqiyatlari istisno bo'lib ko'rindi. Bu davlat
2003-yildan boshlab qattiq siyosiy iroda ko'rsatti.
Keng qamrovli islohotlar bilan boshqaruv tizimida va iqtisodiy sohada tub burilish yasay oldi.

Larisa Burakova esa "Gruziya muvaffaqqiyatga qanday erishdi?" kitobida mana shu islohotlar jarayonini va muvaffaqqiyat sabablarini chuqur tahlil qiladi.
O'ylaymanki, undagi mavzular kitob 2011-yilda nashrdan chiqqan bo'lsa-da postsovet davlatlari, xususan, O'zbekiston, Qozog'iston va Ukraina kabilar uchun haligacha dolzarb.

📚Kitobni o'qib muallifning shaxsiyatiga qiziqishimiz tayin. Larisa Burakova asli rossiyalik. U iqtisodiy liberalizm tarafdori bo'lgan iqtisodchi va analitik. U islohotlarning erkin bozor, kichik davlat, kam soliq, katta erkinlik asosida qurilish tarafdori. Shuningdek, kitobni o'qish jarayonida "radikal reformaning advokati" dek tasavvur uyg'otdi. Kitob aslida publisistik yondashuvda yozilgan. Ammo Larisaning statistik manbalarni mustaqil tahlil qilishi bilan kitob analitik asar darajasiga ham ko'tarilgan. Asar "Atirgullar inqilobi" va Mixail Saakashvili hamda jamoasining hukumatga kelish jarayonini yoritgan.

Burakovaning fikricha, muvaffaqqiyatlar uchun uchta shart bor.
✅1. Yangi avlod siyosatchilari hokimiyatga kelishi kerak.
✅2. Radikal va tez islohotga bo'lgan tayyorgarlik bo'lishi.
✅3. Ijtimoiy buyurtma- ya'ni xalq islohotlarni talab qilishi.
Va yana islohotning taktik muvaffaqiyati uchta asosiy komponentga asoslanadi:

Birinchisi, davlat apparatini birlashtirish.
Ikkinchisi, moslashuvchan yondashuv.
Nihoyat, uchinchisi, siyosiy kapitaldan samarali foydalanish.

Kitobda Gruziyadagi inqilob, Ukraina yoki Qirg'istondagidan farqli tarzda baholangan. Bu yerda haqiqiy strategik qarash, siyosiy iroda va texnik tayyorgarlik bo'lganini ta'kidlaydi.

(Izoh: 2004-yildan buyon Gruziya NATO a'zoligiga kurashyapti. Shuningdek xuddi shu yili BMT da Saakashvili g'arbni Rossiyaning Gruziyaning ichki ishlariga aralashuviga qarshi turishga chaqirgan. Ehtimolki, Larisa uchun aynan shu kabilar strategik qarash bo'lgandir)

Korrupsiyaga qarshi kurash. Kitobdagi eng muhim bo'limlardan biri.
Saakashvili radikal usullar orqali Gruziyadek korrupsiya sistematik tus olgan davlatda unga qarshi samarali kurasha oldi.

✅Yo'l politsiyasi to'liq ishdan bo'shatilib yangi kuch tuzildi.

✅Oliy ta'lim tizimi testlar bilan shaffoflashtirildi.

✅Davlat xizmatidagi minglab korrupsiya manbalari yo'q qilindi.

Bu islohotlar qisqa vaqt ichida jamoatchilik ishonchini qayta tiklashga yordam berdi. Transparency International indeksida Gruziya bir necha yil ichida 100 pog‘onaga ko‘tarildi. Davlat boshqaruvida minimalizm va samaradorlik ortdi.
Burakova Gruziya boshqaruv modelini "davlat-mijozga xizmat qiluvchi agent" degan g'oya asosida qurilganini ko‘rsatadi. "Yagona oyna" prinsipidagi Public Service Halllar orqali 10 daqiqa ichida pasport, guvohnoma, kadastr hujjatlari olish mumkin bo‘ldi. Bu fuqarolarda davlatga nisbatan yangi ishonch muhitini yaratdi.

Bundan tashqari, barcha ruxsatnomalar soni 10 baravar kamaytirildi. Davlat xizmatchilarining maoshi 5–6 barobar oshirildi, ammo ularning soni qisqartirildi. Raqamli boshqaruv tizimi joriy qilindi.

Davomi bor...👍

Tayyorladi: Qosimova Safura, Mustaqil tahlilchi.

Kanalga obuna bo‘ling
🖌@Sharqshunos_tarixchi
18.04.2025, 22:33
t.me/sharqshunos_tarixchi/3615 Link
17
12
1.5 k
1978-yil oxirida Eron tarixi va siyosatida muhim voqealardan biri — AQSh prezidenti Jimmi Karterning Eron shohi taklifiga binoan Tehronga qilgan tashrifi va uning mashhur nutqi bo‘ldi. Hammamizga ma‘lumki, AQSH davlat rahbarlari qaysidir mamlakatlarga tashrifi juda yirik voqea o‘laroq qabul qilinadi. Bu tashriflarning kamyobligi bilan belgilanadi. AQSh prezidentlari mehmondan ko‘ra o‘z uylarida gaplashishni ma‘qul topishadi.

Lekin 1978 yil Jimmi Karter Eronga keldi, shoh oilasi bilan vaqt o‘tkazdi, Eron kiborlari bilan bir dasturxonda o‘tirib, mayxo‘rlik qildi. U o‘z qadah so‘zi davomida Eron davlatini
“dunyoning eng muammoli mintaqalaridan birida joylashganiga qaramasdan tinchlik va barqarorlik orolchasiga aylangan mamlakat” deb atadi.
Karterning bu so‘zlari shohga kuchli ta’sir ko‘rsatgan, bu esa, noroziliklar ortib borayotgan bir paytda, uning nafaqat tanlagan yo‘nalishining to‘g‘riligiga, balki orqasida qudratli ittifoqchi turganiga bo‘lgan ishonchini yanada mustahkamlagan edi.

Ammo, bu voqealardan bor-yo‘g‘i bir hafta o‘tib, “Etteeloot” gazetasida “Eron va qizil hamda qora mustamlakachilik” nomli maqola chop etildi. Unda norozilik namoyishlarining ruhiy yetakchisi bo‘lgan oyatulloh Xomeyniy “hindistonlik sayyid”, ya’ni hind zaminidan chiqqan kishi sifatida ta’riflanib, uni Britaniya mustamlakachilari bilan til biriktirganlikda ayblashgan. Maqola taxallus ostida e’lon qilingan bo‘lsa-da, uning muallifi sifatida Pahlaviy rejimining yuqori martabali amaldorlaridan biri — sobiq bosh vazir Amir-Abbos Hoveyda yoki axborot va turizm vaziri Humoyun ko‘riladi.

Mazkur maqola nashr etilishi ortidan Qum shahrida keng ko‘lamli norozilik namoyishlari boshlandi, ular politsiya tomonidan shafqatsizlarcha bostirildi. Fojiali tarzda halok bo‘lganlar xotirasiga bir necha kundan so‘ng Eronning boshqa shaharlarida ham odamlar ko‘chalarga chiqdi. Aynan shu hodisalar, ko‘pchilik tarixchilar fikriga ko‘ra, abadiydek tuyulgan Eron monarxiyasini bir yil ichida qulatgan inqilobning boshlanish nuqtasiga aylandi.

Bu voqea haqida axloqiy xulosalar chiqarishga urinishdan yiroqmiz, umuman olganda, tarixiy hodisalarni axloqiy saboqlar uchun asos qilib olish to‘g‘ri emas. Faqatgina, obunachilarga tilagimiz bayramlardagi tilak va tostlaringiz doim ro‘yobga chiqsin!

Kanalga obuna bo‘ling
🖌@Sharqshunos_tarixchi
15.04.2025, 23:59
t.me/sharqshunos_tarixchi/3614 Link
3
5
1.3 k
👇👇
15.04.2025, 23:58
t.me/sharqshunos_tarixchi/3613 Link
12
5
948
Sherozdagi ertaknamo mehmonxona.

Statistik ma‘lumotlarga ko‘ra Eronda tinimsiz o‘sib borayotgan yo‘nalish bu TURIZM. Shundan kelib chiqib hukumat turistik manzillarni o‘ziga xos shakl va tarixiylik atmosferasini bermoqda.

Va buni Sharqdagi ko‘plab davlatlar tushunishi lozimki, rivojlangan badavlat davlatlar allaqachon osmono‘par binolar o‘rmonlariga ya‘ni sitylarga emas balki, tarixiy fonga, sharqona muhtashamlik va hashamatlarga yoki oddiy loy ko‘cha va loy uylarga qiziqsh baland.

Kanalga obuna bo‘ling
🖌@Sharqshunos_tarixchi
15.04.2025, 12:04
t.me/sharqshunos_tarixchi/3612 Link
21
5
773
​​Insoniyat tarixidagi eng halokatli qish bu Rossiya yoki Kanada emas aynan Eronda bo‘lgan

❄️🌨1972-yilning bahmon oyida (fevral) Eron o‘z tarixidagi eng kuchli va fojiaviy qor bo‘roniga duch keldi. Bu tabiiy ofat 5000 dan ortiq inson hayotiga zomin bo‘ldi, yuzlab qishloqlarni xaritadan yo‘q qildi va butun mamlakat bo‘ylab hayotni falaj holatga keltirdi. Demak, bir boshdan boshlasak

1. Tabiiy ofatga olib kelgan omillar

Eron tarixidagi eng falokatli Bo‘rondan avval mamlakatda 13 yillik qurg‘oqchilik bo‘lgan. Aholining qishloqlarda yashovchi qismlari hattoki ocharchilik balosiga duch kelishgan. Qurg‘oqchilikning so‘nggi qishida sovuq havo massasi shimoldan janubga siljib, namlik bilan to‘qnashgan va bu ekstremal qor yog‘ishini keltirib chiqargan.

🥶Harorat -25 °C darajagacha tushgan, bu esa odamlarning omon qolish imkoniyatini yanada kamaytirgan.

Bo‘ron butun mamlakat bo‘ylab 200 000 kvadrat kilometr maydonni qamrab olgan. Eng ko‘p qor yog‘gan hudud: Janubdagi Ardakan shahri, bu yerda qor qalinligi 8 metrgacha yig‘ilgan.

Ushbu tabiiy ofat natijasida butunlay yo‘q bo‘lib ketgan qishloqlar ham mavjud bo‘lib, Shonbeh, Kakkan, Doshmanziari va boshqa ko‘plab kichik aholi punktlari shular jumlasidan.

Qor ostida qolganlar 5-6 kun davomida hech qanday yordam ololmagan.

2. Qutqaruv ishlari va hukumat reaksiyasi

Davlat yordam kuchlari beqaror ob-havo, muzlab qolgan yo‘llar va uzilgan aloqalar sababli qiyinchilik bilan harakat qilgan. Harbiy vertolyotlar orqali yordam yetkazilgan, ammo ko‘plab joylarga ularning yetib borishi imkonsiz bo‘lgan.

Fojia hukumatga kuchli tanqidlar keltirdi — infrastrukturaviy zaifliklar ochiq namoyon bo‘ldi. (Xuddi Toshkentda bo‘lgan anomal sovuq singari)

3. Qor yog‘ishining ijtimoiy va ruhiy ta’sirlari

Eron xalqi orasida bu bo‘ron uzoq yillar eslab yurilgan — nafaqat qurbonlar, balki hukumatning sust harakati ham xotiralarda o‘rin olgan. Omon qolganlar bu voqeani “tabiatning qasos olish harakati” deb ta’riflaganlar.

4. Xulosa va saboqlar

❄️🌨1972-yilgi qor bo‘roni Eron tarixida nafaqat halokatli hodisa, balki insoniyatga saboq bo‘lib xizmat qilgan. Bu ofat tabiiy ofatlarga tayyorgarlik, meteorologik monitoring va infratuzilma muhimligini yana bir bor namoyon etdi.

Tayyorladi: To’ychiyeva Madina. TDSHU 3-bosqich talabasi.

Kanalga obuna bo‘ling
🖌@Sharqshunos_tarixchi
14.04.2025, 23:37
t.me/sharqshunos_tarixchi/3611 Link
13
7
633
​​📿So'fiylar boshchiligidagi mustamlakachilikka qarshi harakatlar.

Musulmon dunyosidagi mustamlakachilikka qarshi harakatlar tarixida mulla va tariqat shayxlari kabi ma’naviyat peshvolari siymolari ko‘pincha ozodlik uchun kurash timsoliga aylanadi. Ummatning turli hududlarida, jumladan Turkistonda ham xuddi shunday harakatlar mustamlaka zulmidan ozod bo‘lish istagida o‘ziga xos o‘xshashliklarni namoyon etadi.

🪬Umar al-Muxtor "cho‘l arsloni" nomi bilan tanilgan, senusiylar tariqati shayxi bo‘lgan va Liviyada italyan bosqinchilariga qarshi qarshilik ko‘rsatishga boshchilik qilgan.

Jazoir amiri va qodiriy tariqat so‘fisi Abdulqodir XIX asr o‘rtalarida fransuz mustamlakachilari bosqiniga qarshilik ko‘rsatdi.

Imom Shomil va Shimoliy Kavkazdagi boshqa imomlar naqshbandiya tariqatining shayxlari boʻlganliklari uchun XIX asrda Rossiya ekspansiyasiga qarshi Shimoliy Kavkazning ozodlik qarshiligiga rahbarlik qilishgan.

O'rta Osiyoda ham xuddi shunday jarayonlar diniy yetakchilar mustamlakachilarga qarshi qo'shinlarga rahbarlik qilganlarida ham sodir bo'lgan.

🔺Birinchi bo‘lib 1820-1828 yillarda Sin sulolasiga qarshi qo‘zg‘olon ko‘targan, Sharqiy Turkiston musulmonlari yetakchisi, Afaqiya naqshbandiya tariqatidan so‘fiy Jahongir Xo‘ja esga tushadi. Uning qashg‘ar, qo‘qon va qirg‘izlardan tashkil topgan qo‘shinlari Sin qo‘shinlarini bir qancha mag‘lubiyatga uchratib, bir yilga yaqin Sharqiy Turkistonning asosiy shahri — Qashqarni nazorat qilib turdi.

🔺Yana bir shunga o'xshash sud jarayoni keyinroq Andijonda bo'lib o'tdi - 1898 yilda Andijonda Rossiya imperiyasiga qarshi qo'zg'olonga boshchilik qilgan naqshbandiya so'fiylik tariqatining eshonlaridan biri Muhammad Ali eshon (dukchi-eshon nomi bilan ham mashhur). Muhammad Ali hududni ruslardan tozalashga intilib, "muqaddas urush" ga chaqirdi va 2000 kishini Rossiya imperiyasi hukmronligiga qarshi olib bordi.

🔺Qo‘qonlik mulla, 1918-1921 yillarda Farg‘ona vodiysidagi Bosmachi (Qurboshi)ning nufuzli dala qo‘mondoni Katta Ergashni ham alohida ta’kidlash joiz. Mulla Ergash ko‘targan kurash bayrog‘i ostida yuzlab, minglab odamlar turdi. Qo‘qon yaqinidagi Bachqir qishlog‘i Turkiston mustaqilligi uchun kengayib borayotgan qurolli harakatning asosiy tayanchlaridan biriga aylandi.

🔸Bu tarixiy shaxslarning umumiy o‘xshashligi shundaki, ular mulla va tariqat shayxlari sifatida mustamlakachilikka qarshi harakatlarda asosiy rol o‘ynaganlar. Tariqatlar nafaqat diniy tashkilotlar, balki ierarxiyaga ega tayyor ijtimoiy tuzilmalardir. Mustamlakachilik davrida mustamlakachilar mavjud ijtimoiy tashkilot institutlarini vayron qilganlarida, tariqatlar ijtimoiy muvofiqlashtirishning posbonlari vazifasini bajargan.

Kanalga obuna bo‘ling
🖌@Sharqshunos_tarixchi
13.04.2025, 23:22
t.me/sharqshunos_tarixchi/3610 Link
8
4
533
​​O‘rta Osiyoda ot kultining paydo bo‘lishi va otliq qo‘shinlarning shakllanishi

Miloddan avvalgi II ming yillik oxiri – I ming yillik boshlarida jang aravalari asta-sekin otliq jangchilar – kamonchilar va nayzachilar otryadlari bilan almashdi.

Harbiy sohadagi bu innovatsiya janubiy Rus dashtlaridan bostirib kelayotgan ot ustida kamon otish san’atini puxta egallagan eroniy tilli jangchilarga qarshi samarali himoyani tashkil etish zarurati bilan bog‘liq edi.

Bu yangi etnosning paydo bo‘lishi Eron platosida ot kultining keng tarqalishiga olib keldi. Bu esa ko‘plab ot tasvirlari, fantastik ot-grifonlarning tasvirlari, shuningdek, otlarning yoki ularning boshi va oyoqlari dafn etilgan marosim qabrlari orqali namoyon bo‘ladi.

Bunday marosim dafnlari Eronning Hasanlu mintaqasida aniqlangan bo‘lib, ular otga bo‘lgan e’tiqod va hurmatning muhim diniy va madaniy ramzga aylanganini tasdiqlaydi.

Manba📚:
G‘afurov, B.; Litvinskiy, B. – "O‘rta Osiyo qadimiy va o‘rta asrlarda (tarix va madaniyat)", 1977

Kanalga obuna bo‘ling
🖌@Sharqshunos_tarixchi
10.04.2025, 06:34
t.me/sharqshunos_tarixchi/3600 Link
13
3
581
Bugun buyuk o‘zbek davlatchiligidagi eng buyuk siymolardan biri Amir Temurning tug‘ilgan kuni ekanligi haqida yuzlab marta eshitdingiz, ko‘zingiz tushdi.

Men hech narsa yozmadim. Faqat taklif bilan cheklanaman.

⚔AMIR TEMUR HAQIDA ENG BAHSLI SAVOLLARGA USTOZ BAHRIDDIN USMONOVNING BATAFSIL JAVOBLARINI eshitib chiqsangiz bo‘ladi. Shaxsan menga judayam yoqdi. Tavsiya qilaman.

Link
https://youtube.com/watch?v=BJrtbPMK5bc&si=CGJ93DNqmkgA5YUc

Kanalga obuna bo‘ling
🖌@Sharqshunos_tarixchi
9.04.2025, 21:45
t.me/sharqshunos_tarixchi/3599 Link
16
10
777
Fashizm - yomon xabar | ikkinchi qism

Fashizmni nima uchun aniqlash qiyin?

Fashizm bu yomon xabar, shuning uchun odamlar uni inkor qiladi. 1972-yilda Rim klubi “O‘sish chegaralari” hisobotida iqtisodiy o‘sish sayyorani vayron qilishini aytganida, bu xabar o‘nlab yillar inkor qilindi. Agar o‘shanda haqiqatni qabul qilinganda, dunyo boshqacha bo‘lardi balki. Fashizmning qaytishi ham shunday noqulay haqiqat.

Ikkinchidan, bu uyatli. Ikkinchi Jahon urushidan so‘ng Yevropada “Hech qachon bunday bo‘lmaydi” deyildi. Fashizm qaytishi mumkinligini tasavvur qilish ham qiyin edi.

Uchinchidan, tarix unutildi. Albert Kamyu va Tomas Mann 1947-yilda “Fashizm yo‘qolmadi” deb ogohlantirdi. Kamyu “Vabo” romanida fashizm har demokratiyaning qorong‘u tomoni ekanini yozdi: demokratiya ruhi yo‘qolsa, ochko‘zlik, qo‘rquv, nafrat va tashviqot hukmron bo‘ladi. Demagoglar kelib, o‘z fashizmini taqdim etadi.

Biz fashizmni tanimaymiz, chunki yovuzlikni Gollivud uslubida – svastika va qora formalarda ko‘rishni kutamiz. Betmendagi Joker kabi yovuzlik aniq ko‘rinadi, lekin zamonaviy fashizm boshqacha shaklda keladi. Chekkadagi aqldan ozganlar emas, balki xususiyatlarni ko‘rish kerak:
- Inqirozda paydo bo‘ladigan yetakchi – “masih”;
- O‘ta millatchilik – “Mamlakatni buyuk qilamiz”;
- Propaganda va yolg‘on bilan odamlarni boshqarish;
- Aybdorlar (yahudiylar, immigrantlar) va dushmanlar yaratish.

Fashist yetakchilar o‘z manfaatidan boshqa narsaga qiziqmaydi. Tomas Mann 1948-yilda: “Fashizm Amerikaga ozodlik nomi bilan keladi” dedi. Hitler ham demokratik yo‘l bilan keldi – 11 million ovoz bilan, lekin 22 million unga qarshi edi. Elita “uni boshqaramiz” deb xato qildi.

Hatto Cherchill 1933-yilda Mussolinini “qonun dahosi” deb maqtadi, keyin xatosini tushundi. Fashizm vasvasasi katta – intellektuallar Stalin yoki Mussolini orqasidan ketgan.
Inqirozda, siyosiy tizimga ishonch yo‘qolganda, fashistik ong bilan yetakchi kelishi xavfi ortadi. Yevropada va dunyoda bu xavf hozir ham bor.

Mavzu bo'yicha kengroq quyidagi link orqali o'qish mumkin.

© Bilolxoʻja tayyorladi

Agar bu mavzu qiziq bo'lsa sharxlar qismida + belgisini qoldiring, biz keyingi qismlarni chiqaramiz

Kanalga obuna bo‘ling
🖌@Sharqshunos_tarixchi
9.04.2025, 07:30
t.me/sharqshunos_tarixchi/3598 Link
26
2
583
🤗Ushbu maqolada ajoyib tahlil asosida Fashizm va uning o‘tkir burchaklari mohirlik bilan ochib berilibdi. Men o'zimni o'zim maqtamayapman. Bu maqolani Vengriyada Tarix va Antropologiya yo‘nalishida ta‘lim olayotgan do‘stimiz Bilolxo‘ja Abdurahmonov tayyorlaganlar va davomini ham yozyapdilar. Men ham siz aziz obunachilar qatorida o‘qiyapman.

Bilolxo‘janing bir nechta maqollarini siz bilan bo‘lishganmiz (ijodlaridan namunalar: 1, 2, 3, ). O‘zimning talabam bo‘lgan, deb faxrlanib qo‘yishni ayni vaqti hozir😍.

Tez kunlarda Bilolxo‘ja bilan yaxshi bir mavzu bo‘yicha kanalda video yoki ovozli chat qilmoqchimiz. Albatta sizlarga ma‘qul bo‘lsa. Qo‘llab bildirib qo‘yarsizlar. (Qaysi mavzularni eshitishni xohlaysizlar, bemalol Izohlarda yozib qoldiring).

Yana Turkiya, Koreya, Yaponiya, Amerika va Buyuk Britaniyada ham o‘qiyotgan do‘stlarimiz borki, ular bilan ham suhbatlar rejalashtiryapmiz. Qo‘llab tursangiz bo‘ldi.

Hurmat bilan @Sharqshunos_tarixchi jamoasi👍
8.04.2025, 23:09
t.me/sharqshunos_tarixchi/3597 Link
17
8
758
Fashizm qanday ishlaydi? | birinchi qism

Fashizm – bu yetakchi kulti. U immigrantlar, so‘lchilar, liberallar, ozchiliklar, gomoseksuallar va ayollar tomonidan keltirilgan “xo‘rlik” oldida milliy tiklanishni va’da qiladi. Fashist yetakchi ommaviy axborot vositalari, madaniyat va maktablar “bu kuchlar” tomonidan bosib olindi, deydi va kuchli, zo‘ravon javob kerakligini aytadi.

Fashizm o‘ng qanotga xos bo‘lib, ultra-millatchilikka asoslanadi. Ammo so‘l qanotda ham avtoritarizm bor – Stalin va Mao millionlab odamlarni o‘ldirdi. Lekin har yomon narsa fashizm emas. Fashizm o‘ziga xos tuzilma: afsonaviy o‘tmish, propaganda, ierarxiya va qonun-tartib bilan bir butunlikda.

Fashistik rejimlar ko‘pincha demokratik partiyalardan boshlanadi – Hitler ham saylovda ishtirok etgan. Bu harakatlar hokimiyatga kelishdan oldin ijtimoiy-siyosiy shaklda paydo bo‘ladi.

Afsonaviy o‘tmish: Millatchilik “buyuk o‘tmish”ni idealizatsiya qiladi. Fashizmda esa bu o‘tmish harbiy qudrat va hukmron guruhning boshqalar ustidan ustunligi bilan belgilanadi. Yetakchi: “Bu sizdan so‘lchilar tomonidan tortib olindi”, deydi.

Propaganda: Fashistik propaganda “do‘st/dushman” farqiga asoslanadi. Raqib – millat uchun xavf, “boshqa”. Ular hokimiyatda bo‘lsa, millatni buzadi.

Kult: Hitler: “Fan millatni mustahkamlash uchun xizmat qilsagina foydali”. Yetakchi haqiqatni belgilaydi, tajriba va haqiqat uning hokimiyatiga tahdid.

Haqiqat: Demokratiyaning markazi – haqiqat. Yolg‘on bilan erkinlik yo‘q. Shimoliy Koreya xalqi “Aziz Yetakchi”ga ovoz beradi, chunki ularga yolg‘on aytilgan. Tenglik ham haqiqatsiz bo‘lmaydi – siyosiy tenglik hokimiyatga haqiqatni aytishdir.

Ierarxiya: Irqchilik – bir guruh boshqasidan yaxshi degan yolg‘on. Fashizmda ierarxiya markaziy: “Bu din, bu irq, bu jins yaxshi”. Keyin odamlar o‘z o‘rnini yo‘qotishdan qo‘rqadi. Hukmron guruh “tenglik qurboni” sifatida ko‘rsatiladi – nemis xristianlari yahudiylarga, oq amerikaliklar qora tanlilarga, erkaklar feminizmga qarshi qo‘yiladi.

Qonun va tartib: Fashizmda qonun adolat emas. Hukmron guruh tabiatan “qonunga rioya qiladi”, ozchilik esa “qonunbuzar”. Yetakchi qonunni buzolmaydi.

Fashist yetakchi dunyoning har yerida: “Ayollaringiz va bolalaringiz xavf ostida. Menga ovoz bering, men himoya qilaman”, deydi. Konservatorlarni transgender huquqlari yoki gomoseksualizm bilan qo‘rqitadi: “Bu tenglik emas, ular sizning oilangizga hujum qilmoqda”.

Shahar-qishloq: Shahar – buzuqlik, immigrantlar, jinoyatlar bilan to'lib yotibdi. Qishloq – sof mehnatkashlar o'lkasi.

Erkin mehnat: “Mehnat ozod qiladi” – Osventsim darvozalaridagi yozuv. Ozchilik va so‘lchilar “dangasa”, deb e'lon qilinib, ular mehnatga majburlanadi. Fashizmda mehnat – fazilat, nogironlar esa “qiymatsiz” deb o‘ldirilgan.

Bu elementlar alohida fashizm emas, lekin birlashganda xavfli. Konservatorlar “Oilangiz xavf ostida, menga ovoz bering” degan chaqiriq bilan fashizmga jalb qilinadi. Xavf shu yerda boshlanadi.

Mavzu bo'yicha kengroq quyidagi linkda o'qishingiz mumkin.

© Bilolxoʻja tayyorladi

Kanalga obuna bo‘ling
🖌@Sharqshunos_tarixchi
8.04.2025, 21:34
t.me/sharqshunos_tarixchi/3596 Link
30
10
689
TURKIY DAVLATLAR TASHKILOTI HAQIDA

Men ko‘plab turkiy davlatlar fuqarolari va hukumatlarining TDТ (Turkiy Davlatlar Tashkiloti) bo‘yicha optimizmini baham ko‘rmayman. Mening fikrim oddiy: bu tashkilot faqat Yevropani arzon resurslar va Xitoy bilan transport yo‘laklari bikan ta’minlash uchun tuzilgan. Ya’ni, Xitoydan Yevropagacha bo‘lgan hudud shunchaki energiya resurslari va tovarlarni bir tomondan ikkinchi tomonga oqizadigan yo‘ldir. Savol tug‘iladi: bu evaziga turkiy davlatlar nima oladi? Ular ishlab chiqaruvchiga aylanishadimi? Ular jahon texnologiyalarining yetakchilari safida bo‘ladimi? Ularning o‘z ilg‘or iqtisodiyoti bo‘ladimi? Javob oddiy – yo‘q.

Chunki, mohiyatan, turkiy davlatlar nafaqat protestant, balki katolik G‘arbga ham, bir tomondan, to‘liq qaram bo‘ladi. Ikkinchi tomondan esa, buddaviy-konfutsiylik ruhidagi Uzoq Sharqqa tobe bo‘ladi. Chunki ilg‘or texnologiyalar, ishlab chiqarish, bank va iqtisodiy sohalar aynan o‘sha hududlarda joylashadi.

Shunday ekan, turkiy davlatlar G‘arb va Sharqning yarim mustamlakasidan boshqa narsa bo‘lmaydi. Siyosiy mustaqillik haqida ham gap bo‘lishi mumkin emas. Turkiy davlatlar qanday qilib siyosiy jihatdan mustaqil bo‘la oladi, agar ular rivojlangan davlatlarning xomashyo va transport ilovasi bo‘lib qolsa?

Aytgancha, aynan shu roldan Rossiya bosh tortmoqda. Shu sababli u G‘arb bilan ziddiyatda va Xitoy bilan ham munosabatlari noaniq. Shu bois, ushbu rolga muqobil sifatida aynan turkiy davlatlar tanlangan – ular esa bunga rozilik bildirmoqda. Aslida esa bu – rivojlangan mamlakatlarning yarim mustamlakasi, kelajakda esa to‘liq mustamlakasiga aylanishga rozilikdir.

Boshqacha bo‘lishi ham mumkin edi. Ya’ni, agar turkiy davlatlar ishlab chiqarish quvvatlari, iqtisodiyot, fan va texnologiyalarni o‘zlariga ko‘chirishda qat’iy tursa, buning uchun harakat qilsa edi. Agar ular bu sohalarni o‘z yurti doirasida rivojlantirib, dunyo miqyosida real o‘yinchiga aylanishni maqsad qilsa edi. Ammo hozircha bu borada hech qanday loyiha ham, tashabbus ham yo‘q.

Gap faqat G‘arb va Sharq manfaatlariga xizmat qilish haqida bormoqda.
Qisqasi, TDТ bu – amalda Arab Davlatlari Ligasi (ADL)ning nusxasi. U yerda ham allaqachon xuddi shunday holat yuzaga kelgan – G‘arb manfaatlariga xizmat qilish. Ya’ni, arab davlatlari mutlaqo sharmandali bir holatga tushib qolgan. Xuddi shunday rol TDТga ham belgilangan. Demak, bunday tashkilotda turklar ulug‘ligi haqida gap bo‘lishi mumkin emas. Xonlar, xoqonlar, o‘g‘uzlar, qipchoqlar, chig‘atoylar tiklanishi haqidagi rivoyatlar shunchaki mif. Hech qanday Usmoniylar yoki G‘aznaviylar imperiyasi – 2 bo‘lmaydi. Yuqorida aytilgan manzara yuz beradi, xolos.

✍️ Muallif: Aydin Ali-zoda — ozarbayjonlik dinshunos, falsafa tarixchisi, madaniyatshunos, tarixchi, polemist va yozuvchi.

Manba

P.S Ushbu gaplarni turkiylik elementlaruga juda katta urg‘u berilayotgan hozirgi paytda qabul qilish qiyin yoki bu fikrlarga qarshi gaplar aytilishi tabiiy. Lekin ozarbayjonlik mutaxasisning yuqoridagi fikrlarini sog‘lom aql bilan o‘ylab ko‘rish kerak deb hisoblayman.

Kanalga obuna bo‘ling
🖌@Sharqshunos_tarixchi
8.04.2025, 15:14
t.me/sharqshunos_tarixchi/3595 Link
1
TURKIY DAVLATLAR TASHKILOTI HAQIDA

Men ko‘plab turkiy davlatlar fuqarolari va hukumatlarining TDТ (Turkiy Davlatlar Tashkiloti) bo‘yicha optimizmini baham ko‘rmayman. Mening fikrim oddiy: bu tashkilot faqat Yevropani arzon resurslar va Xitoy bilan transport yo‘laklari bikan ta’minlash uchun tuzilgan. Ya’ni, Xitoydan Yevropagacha bo‘lgan hudud shunchaki energiya resurslari va tovarlarni bir tomondan ikkinchi tomonga oqizadigan yo‘ldir. Savol tug‘iladi: bu evaziga turkiy davlatlar nima oladi? Ular ishlab chiqaruvchiga aylanishadimi? Ular jahon texnologiyalarining yetakchilari safida bo‘ladimi? Ularning o‘z ilg‘or iqtisodiyoti bo‘ladimi? Javob oddiy – yo‘q.

Chunki, mohiyatan, turkiy davlatlar nafaqat protestant, balki katolik G‘arbga ham, bir tomondan, to‘liq qaram bo‘ladi. Ikkinchi tomondan esa, buddaviy-konfutsiylik ruhidagi Uzoq Sharqqa tobe bo‘ladi. Chunki ilg‘or texnologiyalar, ishlab chiqarish, bank va iqtisodiy sohalar aynan o‘sha hududlarda joylashadi.

Shunday ekan, turkiy davlatlar G‘arb va Sharqning yarim mustamlakasidan boshqa narsa bo‘lmaydi. Siyosiy mustaqillik haqida ham gap bo‘lishi mumkin emas. Turkiy davlatlar qanday qilib siyosiy jihatdan mustaqil bo‘la oladi, agar ular rivojlangan davlatlarning xomashyo va transport ilovasi bo‘lib qolsa?

Aytgancha, aynan shu roldan Rossiya bosh tortmoqda. Shu sababli u G‘arb bilan ziddiyatda va Xitoy bilan ham munosabatlari noaniq. Shu bois, ushbu rolga muqobil sifatida aynan turkiy davlatlar tanlangan – ular esa bunga rozilik bildirmoqda. Aslida esa bu – rivojlangan mamlakatlarning yarim mustamlakasi, kelajakda esa to‘liq mustamlakasiga aylanishga rozilikdir.

Boshqacha bo‘lishi ham mumkin edi. Ya’ni, agar turkiy davlatlar ishlab chiqarish quvvatlari, iqtisodiyot, fan va texnologiyalarni o‘zlariga ko‘chirishda qat’iy tursa, buning uchun harakat qilsa edi. Agar ular bu sohalarni o‘z yurti doirasida rivojlantirib, dunyo miqyosida real o‘yinchiga aylanishni maqsad qilsa edi. Ammo hozircha bu borada hech qanday loyiha ham, tashabbus ham yo‘q.

Gap faqat G‘arb va Sharq manfaatlariga xizmat qilish haqida bormoqda.
Qisqasi, TDТ bu – amalda Arab Davlatlari Ligasi (ADL)ning nusxasi. U yerda ham allaqachon xuddi shunday holat yuzaga kelgan – G‘arb manfaatlariga xizmat qilish. Ya’ni, arab davlatlari mutlaqo sharmandali bir holatga tushib qolgan. Xuddi shunday rol TDТga ham belgilangan. Demak, bunday tashkilotda turklar ulug‘ligi haqida gap bo‘lishi mumkin emas. Xonlar, xoqonlar, o‘g‘uzlar, qipchoqlar, chig‘atoylar tiklanishi haqidagi rivoyatlar shunchaki mif. Hech qanday Usmoniylar yoki G‘aznaviylar imperiyasi – 2 bo‘lmaydi. Yuqorida aytilgan manzara yuz beradi, xolos.

✍️ Muallif: Aydin Ali-zoda — ozarbayjonlik dinshunos, falsafa tarixchisi, madaniyatshunos, tarixchi, polemist va yozuvchi.

Manba

P.S Ushbu gaplar Turkiylik elementiga juda katta urg‘u berilayotgan hozirgi paytda inkor qilinishi yoki qarshi gaplar aytilishi tabiiy. Lekin ozarbayjonlik mutaxasisning yuqoridagi fikrlarini sog‘lom aql bilan o‘ylab ko‘rish kerak.
Kanalga obuna bo‘ling
🖌@Sharqshunos_tarixchi
8.04.2025, 13:58
t.me/sharqshunos_tarixchi/3594 Link
26
7
745
Indoneziyada Islom Dinining Tarqalishi: Tarixiy Jarayon va Omillar

Indoneziya - dunyodagi eng katta musulmon aholisiga ega bo'lishi bilan ajralib turadigan mamlakat. Aholisining 90 foizdan ortig'i (taxminan 245 million kishi) islom diniga e'tiqod qiladi. Bu holat qanday qilib shakllanganini tushunish uchun mamlakatning boy tarixiga nazar tashlash lozim.

Islomning Dastlabki Kirib Kelishi (7-13-asrlar)

Islom dinining Indoneziya arxipelagiga kirib kelishi asosan arab va hindistonlik savdogarlar orqali amalga oshgan. Bu jarayon 7-asrdan boshlangan bo'lsa-da, asosiy tarqalishi 13-asrga to'g'ri keladi. Tarixiy manbalarga ko'ra, birinchi marta Sumatraning shimoliy qirg'oqlarida islom dinining izlari paydo bo'lgan.

Ayniqsa, 1297-yilda vafot etgan Samudra Pasai sultoni Malik as-Salihning qabri bu boradagi eng qadimgi dalil hisoblanadi. Shu davrda yashab o'tgan sayyoh Marko Polo o'z yozuvlarida Sumatrada musulmon jamoalari mavjudligini qayd etgan.

Dinning Tarqalish Sabablari

Islom dinining tez tarqalishiga bir qator omillar ta'sir ko'rsatgan:

Iqtisodiy manfaatlar: Musulmon savdogarlar bilan mustahkam aloqalar o'rnatish mahalliy aholi uchun iqtisodiy jihatdan foydali bo'lgan.

Diniy bag'rikenglik: Sufiylikning o'ziga xos talqini mahalliy aholi uchun qabul qilinishi oson bo'lgan.

Ijtimoiy adolat: Islomning tenglik g'oyalari jamiyatning quyi tabaqalari orasida keng tarqalgan.

Islom dinining tarqalishi uch bosqichda amalga oshgan:

Dastlabki bosqich (13-15 asrlar): Sumatra va Malayziya yarim orolidagi qirg'oq bo'yi hududlarda tarqalgan.

Ikkinchi bosqich (15-16 asrlar): Java orolida Demak Sultonligining paydo bo'lishi bilan keng yoyilgan.

Uchinchi bosqich (16-19 asrlar): Sulavesi, Molukka va boshqa kichik orollarga yetib borgan.

Qiziqarli jihati shundaki, islom dinining kirib kelishi mahalliy madaniyatni butunlay yo'q qilmagan. Aksincha, ikkala madaniyatning uyg'unlashuvi natijasida yagona indoneziya madaniyati shakllangan. Masalan:

Wayang kulit (an'anaviy soya teatr) asarlarida islomiy mavzular qo'llana boshlangan.

Gamelan musiqasi diniy marosimlarning ajralmas qismiga aylangan.

Bali orolida hindu dinining saqlanib qolishi mamlakatning diniy xilma-xilligini namoyon etadi.

Mustamlakachilik Davri (1602-1945)

Gollandiyalik mustamlakachilarning kelishi islom dinining rivojlanishiga qiyinchiliklar tug'dirdi. Biroq, bu davrda ham:

Pesantrenlar (an'anaviy islom maktablari) tarmog'i kengayib bordi.

Haj ziyorati orqali Yaqin Sharq bilan aloqalar saqlanib qoldi.

1912-yilda tashkil etilgan Muhammadiyah tashkiloti zamonaviy islomiy tafakkurni rivojlantirdi.

Zamonaviy Davr

Mustaqillikdan keyin islom dinining o'rni yanada mustahkamlandi. Bugungi kunda:

Mamlakat konstitutsiyasida 6 ta din rasman tan olingan bo'lsa-da, islom ustunlik qiladi.

Aceh viloyati - shariat qonunlari qo'llaniladigan yagona hudud.

"Islam Nusantara" kontseptsiyasi - mahalliy madaniyat bilan uyg'unlashgan islom modeli sifatida targ'ib qilinmoqda.

Indoneziyada islom dinining keng tarqalishi nozik strategiya va uzoq muddatli jarayon natijasidir. Bu yerda din mahalliy madaniyat bilan uyg'unlashgan, zo'ravonliksiz va asta-sekin tarqalgan. Aynan shu yondashuv Indoneziyani dunyodagi eng yirik musulmon mamlakatiga aylantirishga yordam bergan.

© Bilolxoʻja tayyorladi

Kanalga obuna bo‘ling
🖌@Sharqshunos_tarixchi
8.04.2025, 07:32
t.me/sharqshunos_tarixchi/3593 Link
8
1
718
🗺Markaziy Osiyo va O‘rta Osiyo, bu so'zlar bir biridan qanday farq qiladi?

Batafsil....
7.04.2025, 18:02
t.me/sharqshunos_tarixchi/3592 Link
3
165
🗺Markaziy Osiyo va O‘rta Osiyo, bu so'zlar bir biridan qanday farq qiladi?

Batafsil....
7.04.2025, 17:25
t.me/sharqshunos_tarixchi/3591 Link
1
​​🇺🇿 🇪🇺 Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi sammiti. Nima uchun aynan Samarqand?

O‘zbekiston o‘zining hamkorlik aloqalarini diversifikatsiya qilishga intilmoqda va Yevropa bilan munosabatlarini tobora mustahkamlab bormoqda.

Ayniqsa, Fransiya bilan aloqalar juda jadal rivojlanmoqda. Yaqinda, 2025-yil 12-mart kuni, Shavkat Mirziyoyev Parijda Emmanuel Makron bilan uchrashdi. Uchrashuv natijasida mamlakatlar o‘rtasida strategik sheriklik to‘g‘risidagi hujjat imzolandi. Shuningdek, Mirziyoyev Germaniya, Italiya va Vengriyaga tashrif buyurib, turli iqtisodiy kelishuvlarga erishdi.

2024-yil noyabr oyida Toshkent Yevropa va Markaziy Osiyoning biznes faolligi markaziga aylandi. Bu yerda Yevropa-Iqtisodiy Hamkorlik Uyushmasi (EUROUZ) tomonidan tashkil etilgan Yevropa Iqtisodiy Kunlari o‘tkazildi.


Bugungi kunda Yevropa Ittifoqi O‘zbekistonning eng yirik savdo hamkoridir. So‘nggi yillarda ikki tomonlama savdo hajmi sezilarli darajada oshdi: 2016-yilda $2 milliard bo‘lsa, 2024-yilga kelib $6,4 milliardga yetdi.

Hozirda O‘zbekistonda Yevropa Ittifoqi mablag‘lari bilan faoliyat yuritayotgan 1000 dan ortiq korxona mavjud bo‘lib, umumiy investitsiyalar hajmi €30 milliarddan oshadi.
Yevropa Ittifoqi, shuningdek, O‘zbekistonning Jahon Savdo Tashkilotiga (JST) a’zo bo‘lish jarayonini qo‘llab-quvvatlab, mamlakatning global iqtisodiyotga integratsiyasiga yordam bermoqda. 2024-yil aprel oyida esa O‘zbekiston va YI o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi (MoU) imzolandi, bu esa strategik hamkorlikning yangi bosqichini boshlab berdi.

📎 O‘zbekistonning Yevropa bilan strategik hamkorligini mustahkamlashda 2025-yil 3–4-aprel kunlari Samarqandda bo‘lib o‘tadigan Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi sammiti muhim rol o‘ynaydi. Unda Markaziy Osiyo va Yevropa Ittifoqining asosiy yetakchilari ishtirok etishi kutilmoqda, bu esa O‘zbekistonning mintaqadagi o‘rnini yana bir bor tasdiqlaydi.
@Geosiyosiy_manzaralar
7.04.2025, 14:48
t.me/sharqshunos_tarixchi/3590 Link
Repostar
18
2
674
​​#siyosatshunoslik

Men siyosatshunos va iqtisodchi Roman Inozemtsevning "Rossiya milliy g'oyasi" kitobini biroz varaqladim. Muallif kitobida konservatizmning mohiyatini to'g'ri tasvirlaydi:

“Har qanday mafkura, hokimiyat uchun kurash bosqichida qanday bo'lishidan qat'i nazar, hokimiyatga kelganidan so'ng, asta-sekin, lekin ishonch bilan konservatizmga aylanib boradi.

Chunki ular o'tmishdagi "to'g'ri" liberallar yoki sotsialistlarning merosxo'rlari hisoblanishadi va hokimiyatni egallagach uni bo'lishishni xohlamay qoladilar.

Shuning uchun konservatizm o'z e'tiborini doimo "yorqin va buyuk" bo'lgan o'tmishga qaratadi. Va shuning uchun konservatizm hech qachon kelajakka ega emas va bo'lishi ham mumkin emas.

Gap shundaki, mamlakatning ob'ektiv manfaatlari bilan siyosatchilarning sub'ektiv manfaatlari o'rtasida tanlov qilishda siyosatchilar, qoida tariqasida, ikkinchisini tanlaydilar, ayniqsa ularning ko'pchiligi bu manfaatlar doimo mos kelishiga chin dildan ishonishadi. Shunga ko'ra, ijtimoiy liftlar ishlamay qoladi, elita turg'unlashadi va elita bilan birga jamiyat ham turg'unlashadi.

Konservatizm g'alaba qozongan mamlakatlar haqiqatda rivojlanishdan to'xtaydi va tanazzulga yuz tutadi, bu esa elitaning tanazzulga uchrashiga, inqirozlarga olib keladi va natijada elitaning tubdan o'zgarishi boshlanadi, qanday qilib deysizmi? Inqilob yo‘li bilan.

Shu bilan birga, elita tabiatida umumiy ommadan ajralib turish istagi bor. Bunda elita aql va islohotlar bilan emas, balandparvoz va‘dalar, qama qamalar, va yemagan islohotlari bilan ajralib turadi.

Shu tariqa ular hashamatli va namoyishkorona qonunlarni buzish bilan ajralib turish va “to‘polon”lar orqali boshqalardan ustun ekanliklarini ko‘rsatishadi. Muammo shundaki, bunday xatti-harakatlar elita himoya qilishi va o'zlarini ushbu mafkura dogmalariga rioya qilishning namunasi sifatida ko'rsatishi kerak bo'lgan mafkuraning bankrotligiga olib keladi.

Konservatizm, bir xil odamlarni va bir xil tartibni saqlashga qaratilgan mafkura bunday xatti-harakatlarning shakllanishiga eng mos keladi. Shuning uchun konservatizm, qaysi dogmadan kelib chiqqan bo'lishidan qat'i nazar, bu dogmaning bankrotligi bilan yakunlanadi. "Konservatizm - bu keksalik, keyin o'lim."

Kanalga obuna bo‘ling
🖌@Geosiyosiy_manzaralar
6.04.2025, 22:30
t.me/sharqshunos_tarixchi/3589 Link
10
3
530
https://t.me/sharqshunos_tarixchi/1947

Shu maqolani o‘qib qo‘yinglar
5.04.2025, 22:23
t.me/sharqshunos_tarixchi/3588 Link
25
4
760
O‘rta asrlardagi islom davlati uchun Rimning ahamiyati

Dastlabki Usmonli turklar davlati nafaqat islom olamining geografik chekkasida joylashgan edi, balki o‘zining inqilobiy g‘oyalari bilan ham ajralib turardi. Bu g‘oyalar xarizmatik avliyolar va ularning tariqatlari, olimlar hamda noma’lum sarguzashtlar olamiga oshufta bo‘lgan kishilar tomonidan ilgari surilgan.

Turkiyalik tarixchi Husayn Yilmaz (Hüseyin Yılmaz) o‘zining Usmonli siyosiy tafakkuriga bag‘ishlangan kitobida shunday yozadi:
Usmonlilarning o‘ziga xosligi ularning Rim bilan bo‘lgan aloqasida namoyon bo‘lgan.

Usmonlilarning qudrati ortgani sayin, ularning Rum (Rim) bilan bo‘lgan aloqasi sulolaning eng ajralib turuvchi belgisiga aylandi. Bu esa "sulton ar-Rum" unvonining qabul qilinishida o‘z aksini topdi. Mazkur unvon ilgari Saljuqiylar tomonidan ishlatilgan edi. XVI asrga kelib, tarixiy manbalar Usmonlilarning Rum bilan bog‘liqligini ularning boshqa barcha islomiy sulolalardan ustunligi va betakrorligi timsoli sifatida ta’riflay boshladi.

Rum faqatgina ma’lum bir hudud yoki Rim imperiyasining siyosiy merosi emas edi. U kosmologik jihatdan belgilangan bir makon bo‘lib, o‘z aholisi va osmoniy kuchlar bilan alohida bog‘langan yurt sanalgan. Bu bog‘liqlik Rum aholisiga xos fazilatlar, ilohiy rejaning imtiyozli ishtirokchilari maqomi va tarixiy jarayonlarga hal qiluvchi ta’sir ko‘rsatish salohiyatini baxsh etgan.

Usmonli elitasining nazarida "rumiy" bo‘lish shunchaki muayyan hududda yashash degani emas, balki tanlangan jamiyatga mansublik belgisini anglatgan. Bu jamiyat esa: Axloqiy fazilat,
Aql-idrok, Ma’naviy va jismoniy mahorat, Davlat boshqaruvidagi yuksak san’at bo‘yicha boshqa barcha jamoalardan ustun hisoblangan.

Garchi sulolaning kelib chiqishiga oid genealogik rivoyatlar mavjud bo‘lsa-da, Usmonlilarning buyukligi haqidagi bashoratlar va ilohiy ilhomlar asosan Rumga bog‘liq qilib talqin qilingan, turklar esa deyarli tilga olinmagan. Shu bois xalq rivoyatlaridan tortib tafsir va hadis sharhlarigacha bo‘lgan adabiy merosda Rum ilohiy yuksaklik, ilohiy rahmat maskani va islom esxatologiyasining yakuniy sahnasi sifatida tasvirlangan.

Shu jumladan, messianistik (mahdaviy) g‘oyalar ham bu yer bilan bog‘liq holda tushuntirilgan.

Xulosa: Usmoniylar imperiyasi nafaqat xalifalik merosxo‘ri, balki Rim imperiyasi vorisi sifatida G‘arb-u Sharqda shuhrat topdi. Bu unga har ikkala jamiyatlarning falsafasini o‘zida mujassamlashtirishga olib keldi. Bu fenomenal hodisa bugungi Turk millatida yaqqol seziladi.

Kanalga obuna bo‘ling
🖌@Sharqshunos_tarixchi
4.04.2025, 23:50
t.me/sharqshunos_tarixchi/3587 Link
18
11
751
​​"Bosmachilar" (Aslida vatan qahramonlari) yetakchilarining nomlari va ijtimoiy-madaniy kontekst tahlili.

⚔Qo‘rboshilar (“Bosmachilar” harakati yetakchilari) haqidagi qiziqarli ma’lumot materialida ularning nomlariga tahliliy yondashish berilgan. Shaxs nomiga an'anaviy ravishda qo'shiladigan, uning sifat xususiyatlarini o'z ichiga olgan turli xil ta'riflarni tahlil qilish Qo‘rboshining ijtimoiy portretini: ularning millati, jismoniy qiyofasi, ijtimoiy mavqei, ijtimoiy ahamiyati, kasbini to'liqroq qayta yaratishga imkon berdi.

🛡Demak, “bek”, “xon”, “mir”, “sayid”, “boy”, “boyvachcha”, “biy”, “abdul”, “qul” ta’riflari qo‘rboshining ijtimoiy kelib chiqishidan dalolat beradi.

✏️ "Amir-al-muslimin”, “amir-lashkarboshi”, “lashkarboshi”, “qo‘rboshi”, “ponsad”, “to‘qsabo”, “to‘pchiboshi”, “mingboshi”, “yuzboshi”, “dodhoh”, “devonbegi”, “ qorovulbegi, “amin”, “qo‘mondon”, “sarkor”, “poshsho”, “chovush”, “parvonachi”, “miroxur” ularning harbiy unvonini yoki fuqarolik darajasini bildirgan.

📿"Mulla", "eshon", "domulla", "so'fi", "qo'zi", "muftiy", "xo'ja", " xujayin”, “xoji”, “tura”, “avliyo”, “pir”, “Mirzo”, “oxun”, “qori”, “xalifa”, “maxdum”, “maxsum”, “afandi” din arboblari bo'lgan Qo‘rboshilarning ismlari ularning ma'naviy darajalari haqida ko'rsatmalar bilan to'ldirilgan bo'lsa: - keyin o'shalarga Ulardan kim jasorati uchun xalq e’zoziga sazovor bo‘lsa, albatta “pahlavon”, “polvon”, “fidoyi”, “bahodir”, “botir”, “qahramon”, “g‘oziy”, “dev” kabi so‘zlar qo‘shilgan.

🪓Ismga “dehqon”, “mirob”, “qassob”, “meshkobchi”, “eqchi”, “simchi”, “baxshi”, “tabib”, “miltiqsoz”, “usta” so‘zlarining qo‘shilishi qo‘rboshining tinchlik davridagi holati va kasbiy sohasini belgilab bergan.

Ba'zi ismlar shaxsning millati va jinsi ta'riflari bilan birga kelgan: "o'zbek", "qirg'iz", "qo'zoq", "turk", "qarluq", "qalmoq", "nug‘ay", "mitan", "loqay", "yovmut, "Uris" va boshqalar.

Ularning oila va jamiyatdagi o‘rni: “bola”, “aka”, “dada”, “ota”, “buva”, “chol”, “to‘g‘a”, “sag‘ir”, “gadoy”, “kichik”, “katta”; ularning tashqi koʻrinishini esa “ko‘r”, “kal”, “cho‘loq”, “puchuq”, “qutir”, “devona”, “doʻst”, “buqoq”, “dardak”, “gazak”, “lochin”, “quloq” ”zuhra”, “oq”, “qora”, “sariq” va boshqa shu kabi so‘zlar orqali ifodalangan.

Nomlarga qo‘shilgan ta’riflar (kuzatishlarga ko‘ra, ularning soni 100 dan ortiq bo‘lgan) asosida barcha materiallarni umumlashtirish tufayli Qo‘rboshi kompozitsiyasi Turkiston jamiyatining butun ijtimoiy palitrasini aks ettirgan degan xulosaga kelish mumkin. Bular, asosan, badavlat kishilar – beklar, ruhoniylar, o‘rta tabaqadan bo‘lgan, mardligi, jasorati, Vatanga sadoqati tufayli o‘z vatandoshlari orasida hurmat va obro‘-e’tiborga sazovor bo‘lgan, hech ikkilanmasdan ozodlik bayrog‘i ostida yurt himoyasiga turganlar edi. Ular Turkiston mustaqilligi uchun kurashganlar.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi. Turkiston XX asr boshlarida: Milliy istiqlolning kelib chiqish tarixi haqida.

Kanalga obuna bo‘ling
✒️@Sharqshunos_tarixchi
4.04.2025, 00:15
t.me/sharqshunos_tarixchi/3586 Link
12
9
1.2 k
Global Terrorizm Indeksi 2025

Terrorizm kengaymoqda…
Global Terrorizm Indeksining (GTI) 12-yillik hisobotiga ko‘ra, terrorchilik hujumlari sodir bo‘lgan mamlakatlar soni 58 tadan 66 taga yetdi. Bu deyarli o‘n yillik davomida kuzatilgan yaxshilanishlarga ortga qaytish bo‘lib, 45 ta davlatda ko‘rsatkichlar yomonlashgan. G‘arb davlatlarida so‘nggi besh yil ichida sodir bo‘lgan halokatli hujumlarning 93% ini yakka shaxslar amalga oshirgan.

Asosiy xulosalar:
➡️ Saxel mintaqasi – terrorizm markazi bo‘lib qolmoqda, bu hududdagi hujumlar dunyo bo‘yicha terror qurbonlarining 51% ini tashkil etadi.

➡️ IShID (ISIS) dunyodagi eng xavfli terror guruhi bo‘lib qolmoqda – 22 mamlakatda 1 805 kishining o‘limiga sabab bo‘lgan.

➡️ Tahrik-i-Tolibon Pokiston (TTP) eng tez kengayib borayotgan guruhga aylandi – terrorchilik hujumlarida halok bo‘lganlar soni 90% ga oshgan.

➡️ G‘arbiy Yevropada hujumlar soni ikki baravar ortgan, shuningdek, terrorchilik hujumlarida gumon qilingan shaxslarning 20% i voyaga yetmaganlar.

➡️ Natijada Antisemitizm va islomofobiya keskin kuchaygan – AQShda antisemitik hujumlar 200%, islomofobik hujumlar esa 300% ga oshgan.

Yakka ijrochilar va onlayn radikallashuv

G‘arb davlatlarida sodir bo‘layotgan aksariyat terrorchilik hujumlari yakka shaxslar tomonidan amalga oshirilmoqda, ular esa asosan ijtimoiy tarmoqlar, videoo‘yinlar va messenjerlar orqali radikallashadi.

Algoritmlar foydalanuvchilarni ekstremistik mazmundagi kontentga yo‘naltirayotgani tufayli terrorizmga qarshi kurash yanada murakkablashmoqda.

Saxel: chuqurlashayotgan inqiroz

Zaif boshqaruv, etnik ziddiyatlar va tabiiy resurslar (oltin, uran) ustidan kurash – bu mintaqada terrorizm rivojlanishi uchun qulay sharoit yaratmoqda.

Burkina-Faso terrorchilik qurbonlari bo‘yicha dunyoda yetakchi bo‘lib, umumiy qurbonlarning 20% ini tashkil qiladi.

Yaqin Sharq: beqarorlik saqlanib qolmoqda
Hujumlar soni 7% ga kamayganiga qaramay, G‘azo mojarosi keskinlikni kuchaytirgan. Isroil va Suriya terrorizm ta’siri bo‘yicha dunyoning eng og‘ir ahvoldagi 10 davlati qatoriga kiradi.

Texnologiyalar terror xizmatida

IShID kabi guruhlar sun’iy intellekt (AI), kriptovalyutalar va shifrlangan platformalar yordamida targ‘ibot, yollash va moliyalashtirish ishlarini olib bormoqda. Bu esa maxsus xizmatlar uchun yangi tahdidlarni yuzaga keltirmoqda.

Xulosa

Terrorizm texnologiyalar va ijtimoiy keskinlikdan foydalangan holda evolyutsiyalanmoqda. Unga qarshi kurash faqat harbiy choralar bilan cheklanmasligi, balki ziddiyatlarning chuqur ildizlari bartaraf etilishi ham muhimdir.

📌 Manba: Global Terrorism Index 2025, Institute for Economics & Peace.

Kanalga obuna bo‘ling
🖌@Sharqshunos_tarixchi
2.04.2025, 22:23
t.me/sharqshunos_tarixchi/3585 Link
26
7
866
Tolibon o‘z qizlarini Shotlandiyadagi ta’lim markaziga yubormoqda

Shotlandiyalik aktyor Devid Xeyman (David Hayman) “Tolibon” harakati a’zolari tomonidan u boshqarayotgan Spirit Aid nomli xayriya tashkilotiga o‘z qizlarini yuborayotganini ma’lum qildi.

Seshanba kuni Herald nashri tomonidan e’lon qilingan xabarga ko‘ra, ushbu maktabda Tolibon rahbarlarining taxminan 80 nafar qiz va o‘g‘il bolalar tahsil olmoqda.

Kanalga obuna bo‘ling
🖌@Sharqshunos_tarixchi
2.04.2025, 12:11
t.me/sharqshunos_tarixchi/3584 Link
12
5
654
​​Markaziy Osiyo xalqlari o‘ylaganimizdan ko‘ra ancha yaqinroq

So‘nggi genetik tadqiqotlar shuni tasdiqladiki, Markaziy Osiyoning qadimgi madaniyatlari o‘zaro yaqin aloqalarda bo‘lgan va umumiy ildizlarga ega.

🔬 Tuvaning "Qirollar vodiysi" hududidagi Chingetey I yodgorlik majmuasidan topilgan ko‘chmanchining genetik tahlili uning Qozog‘istondagi Tasmola madaniyati vakillari hamda Xitoyning Shinjon hududida yashagan ilk temir davri chorvadorlari bilan yaqinligini ko‘rsatdi.

Tadqiqot, shuningdek, Arjan-2 nekropolidagi dafn qilingan shaxslar bilan ehtimoliy qarindoshlik aloqalarini ham aniqladi.

☝️ Ushbu ma’lumotlar Markaziy Osiyoning sivilizatsiyalar chorrahasi sifatida muhim rol o‘ynaganini yana bir bor isbotlaydi hamda mintaqa xalqlari o‘ylaganimizdan ko‘ra ko‘proq umumiylikka ega ekanligini tasdiqlaydi.

Umumiy ildizlar, tarixiy taqdirlarning tutashuvi va ming yilliklar davomida yonma-yon yashash – bu shunchaki poetik iboralar emas, balki ilmiy haqiqatdir.

Manba: BMC Genomics jurnalida chop etilgan "Valley of the Kings" (Qirollar vodiysi), Tuva, Chinge-Tey I dafn majmuasidagi elita ko‘chmanchi jangchisining qadimgi DNK tahlili nomli ilmiy tadqiqot.

(Manba: "Doroga lyudey" kanalidan olingan.)

Kanalga obuna bo‘ling
🖌@Sharqshunos_tarixchi
1.04.2025, 13:37
t.me/sharqshunos_tarixchi/3583 Link
19
7
726
​​Afg‘onistonning mashhur ayollari

Afg‘oniston tarixida muhim iz qoldirgan ba’zi taniqli ayollar. Ushbu ro‘yxat to‘liq emas, ammo u afg‘on ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shgan turli hissalarini yoritib beradi.

🌸 Gitti Aroyonpur – Afg‘onistondagi ilk ayol jurnalist, 1950-yillarda matbuot sohasida faoliyat olib borgan.

🌷 Zarifa G‘afforiy (1992-yilda tug‘ilgan) – Afg‘onistonning eng yosh shahar hokimlaridan biri, Maydonshahr shahrini boshqargan, shuningdek, Afg‘oniston Mudofaa vazirligida ishlagan.

🌸 Latifa Nabizoda – Afg‘onistondagi ilk ayol uchuvchilardan biri, havo kuchlari polkovnigi, Mi-17 vertolyotini boshqargan.

🌸 Malolay Joya (1978-yilda tug‘ilgan) – siyosatchi, yozuvchi, Afg‘onistonning eng nufuzli ayollaridan biri. Hukumat tarkibidagi jangarilar ta’sirini ochiq tanqid qilgan.

🌷 Malika Fayz – Afg‘onistonning birinchi rassomi, shaxsiy ko‘rgazma uyushtirgan.

💐 Maryam Duroniy (1987-yilda tug‘ilgan) – inson huquqlari himoyachisi, "Ayollar ovozi" radiosi asoschisi, 2012-yilda xalqaro "Jasoratli ayol" mukofotini olgan.

🌻 Roya Mahbub – Afg‘onistonning birinchi ayol IT-tadbirkori, Afghan Citadel Software kompaniyasi asoschisi, Time jurnalining “100 ta eng nufuzli shaxs” ro‘yxatiga kiritilgan.

🌷 Sima Samar (1957-yilda tug‘ilgan) – shifokor, inson huquqlari himoyachisi, sobiq ayollar ishlari vaziri. Afg‘onistonning Mustaqil inson huquqlari komissiyasiga rahbarlik qilgan.

🌹 Suraya Pakzod – “Ayollar ovozi” tashkiloti asoschisi, afg‘on ayollariga ta’lim olish va ish topishda yordam bergan.

🌷 Favziya Kufi (1975-yilda tug‘ilgan) – siyosatchi, Afg‘oniston parlamentining birinchi ayol vitse-spikeri, “Qizimga maktublar” kitobi muallifi.

🌹 Furuzan Fano (1969-yilda tug‘ilgan) – shifokor, 2009-yilda Afg‘oniston prezidentligiga nomzod bo‘lgan, ayollar huquqlari himoyachisi.

🌹 Habiba Sarobi (1956-yilda tug‘ilgan) – Afg‘oniston tarixidagi birinchi ayol viloyat gubernatori (Bomianning sobiq rahbari), ayollar huquqlari uchun kurashchi, sobiq ta’lim vaziri.

🌻 Shahla Ato (1959–2015) – siyosatchi, parlament a’zosi, 2009-yilgi prezidentlik saylovlarida nomzod bo‘lgan ikki ayoldan biri. 2015-yilda o‘ldirilgan.

P.S. yaqin kunlarda Afg'oniston tarixidagi mashhur ayollar, ularning faoliyati, siyosat, jamiyat, madaniyat va sport sohasidagi afg‘on ayollari haqida yozilgan va nashrdan chiqishi kutilayotgan Ilmiy risolamizni siz azizlarning e‘tiboringizga havola qilamiz.

Kanalga obuna bo‘ling
🖌@Sharqshunos_tarixchi
31.03.2025, 13:31
t.me/sharqshunos_tarixchi/3582 Link
22
11
641
🌙 Ramazon hayiti (arabcha: Eid al-Fitr) – Ramazon oyidagi majburiy ro‘zaning yakunlanishini bildiradi. Bu nom “ro‘zani ochish bayrami” ma’nosini anglatadi.

Musulmonlar Ramazon hayitini ma’naviy yangilanish ramzi deb bilishadi. Ushbu kunda inson yomon istaklardan poklanadi va kelajakda faqat Alloh roziligiga intilish va munosib yaxshi amallar qilishga ahdlashishadi.

🌙 624-yilda ilk bor Ramazon hayiti nishonlangan: o‘sha yili Payg‘ambar Muhammad (s.a.v.) birinchi marta ro‘zani ochish kunini e’lon qilgan.
🍬

Biz o‘zbeklarda bu bayram, qarindoshlarni ziyorat qilish, hayitlik olish, kelin salomlar, xina qo‘yish, shirinliklardan istagancha yeyish kabi bolalik xotiralarini esga soladi. So‘nggi yillarda bu bayramni nishonlashga o‘zgacha e‘tibor qaratilmoqda. Buni ham bir o‘zlikni tiklanishi deb hisoblasak bo‘ladi.

Barchangizga Ramazon Hayiti muborak bo‘lsin.

🖌@Sharqshunos_tarixchi
30.03.2025, 14:38
t.me/sharqshunos_tarixchi/3581 Link
13
6
613
🏔🛣تنگی تاشقرغان - سمنگان

Tangi Tashqo‘rg‘on — Afg‘onistonning shimolidagi Samangan viloyatida joylashgan, maftunkor daradir. Ushbu darani "Makedonskiy darasi" deb ham atashadi. U mamlakatning shimoliy hududlarini poytaxt Kobul bilan bog‘lovchi muhim yo‘l yoqasida joylashgan.

Kanalga obuna bo‘ling
🖌@Sharqshunos_tarixchi
30.03.2025, 12:11
t.me/sharqshunos_tarixchi/3580 Link
Os resultados da pesquisa são limitados a 100 mensagens.
Esses recursos estão disponíveis apenas para usuários premium.
Você precisa recarregar o saldo da sua conta para usá-los.
Filtro
Tipo de mensagem
Cronologia de mensagens semelhante:
Data, mais novo primeiro
Mensagens semelhantes não encontradas
Mensagens
Encontre avatares semelhantes
Canais 0
Alta
Título
Assinantes
Nenhum resultado corresponde aos seus critérios de pesquisa