#xalqaro_hamkorlik
#Xitoy_safari
🤩 Agentlik delegatsiyasi XXRning Tyanjin shahridagi Nankai universitetiga tashrif buyurdi.
Tashrifning dastlabki qismida Agentlik direktori Alisher Ubbiyev va Nankai universiteti vitse-prezidenti ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda tomonlar ikki davlat o‘rtasida ta’lim sohasidagi hamkorlik aloqalari jadal rivojlanib borayotganini alohida ta’kidladilar.
Muzokaralar davomida Xitoy tili va madaniyati fakulteti bitiruvchilari hamda magistrlarini O‘zbekistonga xitoy tilini o‘qitish uchun jalb qilish, shuningdek, Nankai universiteti bilan Agentlik tizimidagi universitetlar o‘rtasida talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.
Ma'lumot uchun, 1919-yilda tashkil topgan mazkur universitetda bugungi kunda 11 nafar o‘zbekistonlik talaba ham borligi kishini quvontiradi. Agentlik direktori vatandosh talabalar bilan uchrashib, samimiy suhbatlashdi.
Tashrifning ikkinchi qismida delegatsiya universitetning Xitoy tili va madaniyati fakulteti rahbari bilan uchrashdi va davra suhbati o‘tkazilib, istiqboldagi hamkorlik rejalari muhokama qilindi.
Xitoyga safar doirasida delegatsiya Tyanjin shahrida o‘tkazilayotgan 85-xalqaro ta’lim jihozlari ko‘rgazmasida ham ishtirok etdi.
Mazkur ko‘rgazmada 300 dan ortiq tashkilot maktabgacha va maktab ta’limi uchun zamonaviy uskunalar, laboratoriya jihozlari, robototexnika hamda sun’iy intellekt integratsiya qilingan elektron dasturlarni namoyish etdi.
Shu tariqa delegatsiyaning Xitoyga tashrifi muvaffaqiyatli yakunlandi.
Telegram |
Facebook |
Instagram |
YouTube