📖 Raqamli texnologiyalar vaziri maslahatchisi hamda Women in Tech asoschisi va bosh direktori "Al-Xorazmiy vorislari" loyihasi va ushbu loyiha o'quvchi qizlarining startap loyihalari bilan tanishishdi
📝 Raqamli texnologiyalar vaziri maslahatchisi Kamola Sobirova hamda Women in Tech asoschisi va bosh direktori Ayumi Moore Aoki xonim loyiha bilan tanishish, dars jarayonlarini kuzatish barobarida ushbu loyiha doirasida IT va ingliz tili bo'yicha ta'lim olayotgan o'quvchilar bilan suhbatlashdilar. Suhbat davomida o'quvchilarning dars jarayonlari haqida, ularning orzu-umidlari va kelajak maqsadlari borasida fikrlari tinglandi.
📝 Loyiha doirasida zamonaviy bilimlarga ega bo'lishlari uchun o'quvchilarga yaratib berilgan sharoitlar alohida e'tirof etildi. Shu bilan birga ushbu loyiha orqali qizlar zamonaviy IT va ingliz tili bilimlarini egallamoqda. Dasturlashni o‘zlashtirgan yoshlar kelajakda yuqori maoshli ish o‘rinlariga ega bo‘lishi, innovatsion startaplar yaratishi va xalqaro IT bozorida muvaffaqiyat qozonishi mumkinligi ta’kidlandi.
🚀 Mehmonlar loyihaning eng muhim jihatlaridan biri – o‘quvchi qizlarning startap loyihalari bilan ham tanishdilar. Startap loyihalarning robototexnika, ta’lim, farmatsevtika va kosmetologiya kabi muhim sohalarni qamrab olgani ularning dolzarbligi va amaliy ahamiyatini yanada oshiradi.
📚 Ta’lim yo‘nalishidagi loyiha texnologiyaga qiziqishni oshirish va yoshlarni muhandislikka yo‘naltirishga qaratilgan.
💊 Farmatsevtika sohasidagi loyiha orqali esa foydalanuvchilar tasdiqlangan dori vositalarini onlayn xarid qilish imkoniyatiga ega bo‘lib, vaqtni tejash va xavfsizlik mezonlari inobatga olingan.
💄 Kosmetologiya yo‘nalishidagi loyiha esa ayollarga yuz parvarishida to‘g‘ri mahsulot tanlash va foydalanish bo‘yicha yo‘l-yo‘riq ko‘rsatishga qaratilgan.
🌟 Mehmonlar yoshlar tomonidan ilgari surilgan loyihalarni yuqori baholab, ularning jamiyatga foydasi katta ekanligini ta’kidladilar. Shuningdek, ushbu startaplarni yanada rivojlantirish bo‘yicha o‘z tavsiya va takliflarini bildirdi
lar.
✈️Tel
egram 📷Inst
agram ▶️YouTube