#birdamjamiyat
FUTBOL O‘YNAYОTIR O‘ZBЕK BOLASI
Butun el bir bo‘lib g‘oliblik kutdi,
Umidvor onaning duosi o‘tdi,
O‘ttiz yetti million niyatga yetdi,
Futbol o‘ynayotir o‘zbek bolasi.
Raqibni gangitib, o‘ylatib qo‘yib,
O‘n birga to‘qqizni o‘ynatib qo‘yib,
Qora qoshlarini o‘ynatib qo‘yib,
Futbol o‘ynayotir o‘zbek bolasi.
Yiqilsa ham, darhol kulib turadi,
Bular buncha quvnoq — kulib turadi,
Chempion bo‘lishin bilib turadi,
Futbol o‘ynayotir o‘zbek bolasi.
Zulfiya Mo’minova "Ma'rifat" targ'ibotchilar jamiyati a'zosi
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram |
Facebook |
YouTube |
Instagram