O seu período de teste terminou!
Para acesso total à funcionalidade, pague uma subscrição premium
QA
Qashqadaryo viloyati bojxona boshqarmasining rasmiy axborot kanali📌
https://t.me/qashqadaryobojxona
Idade do canal
Criado
Linguagem
Uzbeque
-
ER (semana)
4.63%
ERRAR (semana)

e-mail: info@customs.uz Bog'lanish uchun - +998752210480 Qarshi shahri A.Navoiy shox ko`chasi 3A-uy https://www.instagram.com/qashqadaryoviloyati_bojxona?igsh=MWJnNTh4Mm16ZnZzdg%3D%3D&utm_source=qr facebook.com/share/1DGV2QvYbe/?mibextid=wwXIfr

Mensagens Estatísticas
Repostagens e citações
Redes de publicação
Satélites
Contatos
História
Principais categorias
As principais categorias de mensagens aparecerão aqui.
Principais menções
Não foram detectadas menções significativas.
Encontrado 1 379 resultados
Qashqadaryo viloyati bojxona boshqarmasida navbatdagi saf ko‘rigi o‘tkazildi

Qashqadaryo viloyati bojxona boshqarmasining shaxsiy tarkibi ishtirokida navbatdagi rejalashtirilgan saf ko‘rigi bo‘lib o‘tdi. Tadbir davomida xodimlarning tashqi ko‘rinishi, mavsumiy forma kiyimi holati, tartib-intizomi va umumiy xizmat madaniyati chuqur tahlil qilindi.

Shuningdek, xizmat guvohnomalarining mavjudligi, ularni saqlash, foydalanish tartibi va belgilangan qoidalarga rioya etilishi holati ham sinchkovlik bilan o‘rganildi.

Mazkur ko‘rik doirasida harbiycha salomlashuv, safda yurish, safda to‘xtash va boshqa xizmatga oid harakatlar bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi. Ushbu tadbir xodimlarning kasbiy mahorati, jismoniy tayyorgarligi va ichki intizomini yanada mustahkamlash, shuningdek, belgilangan vazifalarni yuqori saviyada bajarishlariga xizmat qilmoqda.

🌐 Telegram �� Instagram 🌐 Facebook
22.04.2025, 07:42
t.me/qashqadaryobojxona/10557
Ҳудудлардан хабарлар

Тошкент вилояти божхона бошқармаси бошлиғи Ангрен шаҳридаги ишлаб чиқариш корхонасида сайёр учрашув ўтказди.

Тошкент шаҳар божхона бошқармаси бошлиғи тадбиркорлар билан учрашиб, уларнинг муаммо ва таклифларини тинглади.

Фарғона вилоятининг “Қўқон” ТИФ божхона постида тадбиркорлар билан ўтказилган очиқ мулоқотда соҳага оид нормати-ҳуқуқий ҳужжатларнинг мазмун-моҳияти тушунтирилди.

Бухоро вилояти божхона бошқармаси раҳбарияти томонидан тадбиркорларнинг муаммолари жойларга чиққан ҳолда ўрганилиб, ижобий ҳал этилмоқда.

Қарши шаҳрида 5.4 млн. АҚШ доллари қийматидаги инвестицион лойиҳа асосида яна бир ишлаб чиқариш корхонаси фаолиятини бошлади.

Самарқанд вилоятидаги “Жартепа” чегара божхона постида махсус-тактик ўқув машғулоти бўлиб ўтди.

Самарқандда U18 Осиё чемпионатида ғолиб бўлиб қайтган ёш енгил атлетикачи спортчилар тақдирланди.

Сирдарё ва Жиззах вилоятларида енгил атлетика спорт турлари бўйича вилоят чемпионати ўтказилди.
21.04.2025, 18:06
t.me/qashqadaryobojxona/10552
✅ Qarshi tumanida shisha idishlarga qadoqlangan ichimliklar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi

Qashqadaryo viloyatida shisha idishlarga qadoqlangan ichimliklar ishlab chiqarishni tashkil etishga qaratilgan yirik loyiha amalga oshirilmoqda. Ushbu loyiha hududda sanoat va ichimlik mahsulotlari sohasini rivojlantirishda muhim qadam bo‘lib, umumiy qiymati 5,4 million AQSH dollarini tashkil etadi.

Loyiha doirasida ishlab chiqarish quvvati yiliga 15 million dona mahsulotni tashkil etishi rejalashtirilgan bo‘lib, faoliyat yo‘lga qo‘yilishi natijasida 20 nafar yangi ish o‘rni yaratiladi. Loyihada Turkiya davlati bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar asosida hamkorlik olib borilmoqda.

Yaqinda Qashqadaryo viloyati bojxona boshqarmasi vakillari korxonada bo‘lib, ishlab chiqarish jarayonlari, foydalanilayotgan texnologiyalar va mahsulotlar sifati bilan yaqindan tanishdilar. Tashrif davomida bojxona rasmiylashtiruvi jarayonlarini soddalashtirish yuzasidan zaruriy ko‘mak va amaliy tavsiyalar berildi.

Hozirgi vaqtda loyiha bosqichma-bosqich kengaytirilib, mahalliy iqtisodiyotga ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Bojxona organlari tomonidan korxona faoliyatiga zaruriy qo‘llab-quvvatlash ko‘rsatilmoqda, jumladan, bojxona hududida qayta ishlash rejimi bo‘yicha atroflicha tushuntirishlar berildi.

🌐 Telegram �� Instagram 🌐 Facebook
21.04.2025, 10:10
t.me/qashqadaryobojxona/10543
She’rda sadoqat, qalbda Vatan – bojxona xodimlari o‘rtasida ijodiy tanlov

Xabaringiz bor, Bojxona xizmati organlari tizimida ijod bilan shug‘ullanuvchi xodimlar o‘rtasida “Vatan va sadoqat”, sharafli hamda mas’uliyatli bojxona kasbini madh etish, milliy qadriyatlarimizni ulug‘lash, shuningdek, o‘zbek tilining beqiyos go‘zalligi va imkoniyatlarini namoyon etish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Bojxona qo‘mitasi Raisi sovrini uchun she’rlar tanlovi o‘tkazildi.

Tanlovning asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat:
• Xodimlar o‘rtasida adabiyot, san’at va she’riyatga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirish;
• Ularning ruhiy-ma’naviy o‘sishiga ko‘maklashish, qalblarda yurtga sadoqat, xizmatga muhabbat tuyg‘ularini yanada mustahkamlash;
• Mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlarni badiiy ifoda orqali keng targ‘ib qilish.

Ushbu tanlovning Qashqadaryo viloyati bosqichi viloyat Ma’naviyat va ma’rifat markazida bo‘lib o‘tdi. Tadbirda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, Turon universitetining yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori, shuningdek, 2025-yilgi Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindorlari hakamlik qilishdi.

Faxr bilan aytish joizki, tanlovning respublika bosqichida Qashqadaryo viloyati bojxona boshqarmasi xodimi Karimova Feruza munosib ishtirok etib, faxrli 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Ijodga berilayotgan e’tibor – xizmatga bo‘lgan sadoqatning yana bir isboti!
Bunday tanlovlar xodimlarimiz qalbida ilhom, yuragida faxr, xizmatda esa mas’uliyatni mustahkamlaydi.

🌐 Telegram �� Instagram 🌐 Facebook
21.04.2025, 10:04
t.me/qashqadaryobojxona/10538
Танловнинг асосий номинациялари бўйича 3-ўрин ва 2-ўрин совриндорлари тақдирланди
19.04.2025, 14:15
t.me/qashqadaryobojxona/10526
Божхона касбига садоқат, ҳалолликка риоя этиш ва мажбуриятларга сидқидилдан ёндошишга чорловчи энг яхши шеърий асар сифатида Тошкент вилояти божхона бошқармасининг “Ғишткўприк” чегара божхона пости бош инспектори Акмал Саидовнинг “Ватанга йўл божхонадан бошланади” шеъри эътироф этилди.
19.04.2025, 14:15
t.me/qashqadaryobojxona/10529
Ниҳоят танлов ғолиблари эълон қилинмоқда.

“Тошкент халқаро аэропорти” чегара божхона пости инспектори, “Зулфия” номидаги давлат мукофоти совриндори Гўзалой Абдуллаеванинг “Ўзбекистон” шеъри Она Ватан тараннум этилган энг яхши шеър деб топилди.
19.04.2025, 14:15
t.me/qashqadaryobojxona/10527
Божхона институти ходими, "Ифтихор" тахаллуси билан танилган шоир Ифтихор Хонхўжаевнинг “Билмадим” шеъри ота-онага ҳурмат, оилада ҳамжиҳатлик ва уйғунликни сақлашдаги оилавий қадриятлар ва анъаналарни энг чиройли тарзда ифода этган шеър сифатида ғолиб деб топилди.
19.04.2025, 14:15
t.me/qashqadaryobojxona/10528
Дастлаб танловнинг рағбатлантирувчи номинациялари ғолиблари тақдирланмоқда
19.04.2025, 14:15
t.me/qashqadaryobojxona/10518
Куннинг иккинчи ярмида Божхона қўмитасида ижодкор божхоначиларнинг шеърлар танлови ғолибларини тақдирлаш маросими бошланди.
19.04.2025, 14:15
t.me/qashqadaryobojxona/10514
Qo‘shimcha bojxona to‘lovlari aniqlandi: yirik miqdordagi qoidabuzarlik fosh bo‘ldi

Qashqadaryo viloyatida faoliyat yuritayotgan korxonalardan biri tomonidan rasmiylashtirilgan BYD bilan bog‘liq jiddiy xatoliklar aniqlandi.

Aniqlanishicha, umumiy qiymati 526 926 yevroga teng bo‘lgan chet el tovarlari “Erkin muomalaga chiqarish” bojxona rejimida noto‘g‘ri TIF TN (Tovarlarning tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi) kodlari asosida rasmiylashtirilgan.

Mutaxassis tomonidan yo‘l qo‘yilgan ushbu texnik xatolik davlat manfaatlariga ziyon yetkazgan. Ammo xatoliklar vaqtida bartaraf etilib, 1 milliard 167 million so‘m miqdorida qo‘shimcha bojxona to‘lovlari undirilgan.

Ayni paytda ushbu holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

🌐 Telegram �� Instagram 🌐 Facebook
19.04.2025, 09:29
t.me/qashqadaryobojxona/10504
Ҳудудлардан хабарлар

Қашқадарёда 20 млн. АҚШ доллар қийматидаги инвестицион лойиҳа тўлиқ ишга тушиши натижасида 300 та янги ишчи ўрни яратилади.

Жиззахда божхоначилар олиб борган тарғибот натижасида яна бир ишлаб чиқариш корхонасига 1000 кВт.дан ортиқ қуёш панеллари ўрнатилмоқда.

Самарқандда ўтказилган “Prom pro expo-2025” ҳудудий тармоқлараро саноат ярмаркасида божхона ходимлари ҳам фаол иштирок этиб, тадбиркорларга соҳавий қулайликлар етказилди.

Бухоро вилояти божхона бошқармаси бошлиғи Қоровулбозор туманида фаолият юритаётган тадбиркорлар билан сайёр учрашув ўтказди.

Сурхондарё вилоятидаги “Гулбаҳор” чегара божхона постида махсус-тактик ўқув машқи ўтказилди.

Қорақалпоғистонда "Мурувват" уйи тарбияланувчиларининг маданий ҳордиқ чиқаришлари учун зиёратгоҳларга саёҳат ташкил этилди.
18.04.2025, 22:10
t.me/qashqadaryobojxona/10501
✅ Bojxona ko‘magida rivojlanayotgan loyiha: investitsiya, ishlab chiqarish va bandlik

Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahrida amalga oshirilayotgan yirik sanoat loyihasi trikotaj mahsulotlariga gul bosish yo‘nalishida faoliyat yuritadi. Umumiy qiymati 20 million AQSH dollarini tashkil etuvchi ushbu loyiha doirasida hozirga qadar 6 million dollarlik to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar o‘zlashtirildi. Loyiha Rossiya bilan hamkorlikda olib borilmoqda va yillik 500 ming juft tayyor mahsulot ishlab chiqarish, shuningdek, 300 ta yangi ish o‘rni yaratish rejalashtirilgan.

Yaqinda Qashqadaryo viloyati bojxona boshqarmasi vakillari korxonada bo‘lib, ishlab chiqarish jarayonlari, foydalanilayotgan texnologiyalar va mahsulotlar sifati bilan yaqindan tanishdilar. Tashrif davomida bojxona rasmiylashtiruvi jarayonlarini soddalashtirish yuzasidan zaruriy ko‘mak va amaliy tavsiyalar berildi.

Bugungi kunda loyiha doirasida ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish ishlari davom etmoqda. Mazkur tashabbus hudud iqtisodiyotining barqaror rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Shu bilan birga, bojxona organlari tomonidan loyihaga har tomonlama ko‘mak ko‘rsatilmoqda, jumladan, bojxona hududida qayta ishlash rejimi to‘g‘risida batafsil tushuntirishlar berildi.

🌐 Telegram �� Instagram 🌐 Facebook
18.04.2025, 09:38
t.me/qashqadaryobojxona/10493
"QASHQADARYO AXBOROTI" "Qarshi-Kerki" chegara bojxona postida radiatsiyaviy xavfga qarshi maxsus taktik o‘quv mashqi o‘tkazildi.

#16apr #qashqadaryo_trk
📱Rasmiy telegram kanalimiz
👉https://t.me/qashqadaryo_trk
18.04.2025, 07:00
t.me/qashqadaryobojxona/10486
✅ Dehqonobod tumanida yirik tekstil loyihasi ishga tushirildi

Qashqadaryo viloyati bojxona boshqarmasi rahbari Dehqonobod tumanida joylashgan va to‘qimachilik sanoati yo‘nalishida amalga oshirilgan yirik investitsiya loyihasining holati bilan tanishdi.

Ushbu loyiha doirasida yiliga 1,2 million dona tayyor mahsulot ishlab chiqarish quvvati yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, 200 nafar fuqaro doimiy ish o‘rni bilan ta’minlandi. Mahsulotlarning yillik eksport hajmi 1 million 700 ming AQSH dollarini tashkil etmoqda.

Tashrif davomida bojxona boshqarmasi tomonidan eksport jarayonlarini soddalashtirish, tadbirkorlarga yaratilgan qulayliklar va qonuniy kafolatlar muhokama qilindi. Mazkur loyiha mintaqada sanoat salohiyatini oshirish va tashqi iqtisodiy faoliyatni rivojlantirishga xizmat qilmoqda.

🌐 Telegram �� Instagram 🌐 Facebook
17.04.2025, 08:17
t.me/qashqadaryobojxona/10484
"TAFSILOT" Yurtimiz bo‘ylab o‘tkazilgan "Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish va fuqaro muhofazasi oyligi" doirasida joylarda tashkil etilgan targ‘ibot tadbirlari va maxsus taktik o‘quv mashg‘ulotlari xususida.

#16apr #qashqadaryo_trk
📱Rasmiy telegram kanalimiz
👉https://t.me/qashqadaryo_trk
16.04.2025, 16:41
t.me/qashqadaryobojxona/10478
🏃‍♀️‍➡️🏃‍➡️“Sog‘lom hayot uchun 5000 qadam!”: Qarshida ommaviy yurish marafoni

Prezidentimiz tomonidan aholining sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, jismoniy faolligini oshirish hamda bu boradagi boshqaruv mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan qaror va farmonlar samarali natijalar bermoqda.

Davlat va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, zararli odatlarga qarshi kurashish, aholining tibbiy madaniyatini oshirish, jismoniy tarbiya va sog‘lomlashtirish tadbirlarini ommaviy sport harakati bilan integratsiyalashgan holda tashkil etish ishlari izchil davom ettirilmoqda.

Jumladan, bugun erta tongda Qarshi shahrida “Sog‘lom hayot uchun 5000 qadam!” shiori ostida piyoda yurish marafoni bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbir sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish va shahar aholisini ommaviy sportga jalb etish maqsadida tashkil etildi.

Mazkur marafonda Qashqadaryo viloyati bojxona boshqarmasi rahbariyati va xodimlari ham faol ishtirok etdilar.

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook
16.04.2025, 12:43
t.me/qashqadaryobojxona/10477
Куннинг яхши хабари!

Саудия Арабистонининг Даммам шаҳрида енгил атлетика бўйича ёшлар ўртасида бўлиб ўтаётган Осиё чемпионатида юртдошимиз Шаҳрибону Зарипова босқон улоқтириш баҳсларида 56,85 м натижа кўрсатиб бронза медални қўлга киритди.

Қарши олимпия ва паралимпия спорт турларига тайёрлаш маркази тарбияланувчиси Шаҳрибону Зарипованинг ушбу медали Ўзбекистон делегациясининг Осиё чемпионатидаги илк медали ҳисобланади.
15.04.2025, 19:41
t.me/qashqadaryobojxona/10470
🔔 Bojxona xodimlari uchun navbatdagi o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi

Qashqadaryo viloyati Bojxona boshqarmasida “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Ichki xizmat, intizom hamda garnizon va qorovullik xizmatlari nizomi talablari” bo‘yicha o‘quv mashg‘uloti tashkil etildi.

Mashg‘ulotlarda Janubiy G‘arbiy maxsus harbiy okrug Qarshi garnizoni Harbiy komendanti o‘rinbosari mayor D.To‘ychiyev ishtirok etib, mavzuning mazmun-mohiyati va intizom talablariga rioya qilishning ahamiyati haqida atroflicha tushuntirish berdi.

🔴Bunday mashg‘ulotlar xodimlarning kasbiy tayyorgarligini oshirish, xizmatga mas’uliyat bilan yondashish va intizomni mustahkamlashga xizmat qiladi.

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook
15.04.2025, 14:13
t.me/qashqadaryobojxona/10469
15 апрель - Ўзбекистон Республикаси маданият ва санъат ходимлари куни!

Шу муносабат билан Божхона қўмитаси Раҳбарияти ва шахсий таркиби Маданият вазирлиги ва маданий жамоаларни, санъат ва маданий фаолият билан шуғулланаётган барча ижодкорларни касб байрамлари билан қизғин муборакбод этади!

Маданиятни ривожлантириш, тарихий ва маданий меросни асраб-авайлаш, халқ ижодиётини қўллаб-қувватлаш, ёшларнинг ижодий салоҳиятини рўёбга чиқариш, миллий санъатимизни кенг тарғиб қилиш йўлида барчангизга куч-қувват ва улкан зафарлар тилаб қоламиз!
15.04.2025, 09:19
t.me/qashqadaryobojxona/10464
Bojxona tizimida tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi

Bojxona qo‘mitasi Raisi huzurida o‘tkazilgan ochiq muloqotda tizimdagi muammolar, amaldagi imtiyozlar va yangi tartiblar muhokama qilindi.

Xususan, Qashqadaryo viloyati Bojxona boshqarmasi rahbariyati ham hududdagi tadbirkorlar bilan mazkur muloqotda onlayn ravishda, videokonferensiya shaklida ishtirok etdi.

Muloqot yakunida faol tadbirkorlar “Eng yaxshi eksportyor”, “Eng yaxshi bojxona to‘lovchisi” kabi nominatsiyalar bilan taqdirlandi.

Ma'lumot uchun, so‘nggi yillarda soha bo'yicha 26 ta axborot tizimi, 15 ta interaktiv xizmat va 10 ta mobil ilova joriy etilgan bo'lib, to‘lovlarni 30 kungacha kechiktirish, bo‘lib to‘lash hamda turli bojxona rejimlaridan bitta shartnoma asosida foydalanish imkoniyati yaratildi va QQSni qaytarish to‘liq raqamlashtirildi. Shuningdek, yana bir qator qulaylik va imtiyozlar tartibi joriy etib kelinmoqda.

Telegram|YouTube|Facebook|Instagram|X
15.04.2025, 09:14
t.me/qashqadaryobojxona/10462
Os resultados da pesquisa são limitados a 100 mensagens.
Esses recursos estão disponíveis apenas para usuários premium.
Você precisa recarregar o saldo da sua conta para usá-los.
Filtro
Tipo de mensagem
Cronologia de mensagens semelhante:
Data, mais novo primeiro
Mensagens semelhantes não encontradas
Mensagens
Encontre avatares semelhantes
Canais 0
Alta
Título
Assinantes
Nenhum resultado corresponde aos seus critérios de pesquisa