#Yangi_hurriyat #Birdam_Jamiyat
Yoshlarga eʼtibor – ustuvor vazifalardan biri
Yurtimizda yoshlar masalasi davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biri boʻlib, ularni qoʻllab-quvvatlash va har tomonlama rivojlantirishga katta eʼtibor qaratilyapti. Ayniqsa, ehtiyojmand, yetarli imkoniyatga ega boʻlmagan, yordamga muhtoj yoshlarni aniqlash va ular bilan yakkama-yakka ishlash amaliyoti keng yoʻlga qoʻyilgani eʼtiborga loyiq.
Bu masalaga davlat rahbari darajasida eʼtibor qaratilmoqda. Har bir yosh taqdiri, uning orzu-maqsadlari, oilaviy va ijtimoiy sharoiti inobatga olinib, ularni munosib sharoitlar bilan taʼminlash yoʻlida manzilli choralar koʻrilmoqda.
“Hududgaztaʼminot” AJ rahbariyati ham ushbu jarayonda faol ishtirok etib, yoshlarga yaqindan koʻmak koʻrsatishni oʻzining ustuvor vazifalaridan biri sifatida belgilagan. Shu maqsadda Jamiyat tomonidan Toshkent viloyati, Oʻrtachirchiq tumanidagi “Adolat”, “Qunduzak”, “Yoriq”, “Kuchlik”, “Mingtepa” mahallalarida istiqomat qilayotgan 48 nafar yoshlar bandligini taʼminlash, muammolari hamda qiziqishlarini oʻrganish maqsadida tuman hokimligi va Yoshlar ishlari agentligi bilan hamkorlikda ishchi guruh shakllantirildi. Ishchi guruh tomonidan uyma-uy yurgan holda yoshlar bilan uchrashib, ular bilan suhbatlashildi.
Yoshlarni jamiyatda munosib oʻrin egallashi, muammolarini hal etish va bandligini taʼminlashga qaratilgan bu kabi tizimli yondashuv, shubhasiz, mamlakatimiz kelajagini barpo etayotgan yosh avlodga tayanch boʻlib xizmat qiladi. Ishchi guruh tomonidan biriktirilgan yoshlar bilan ishlash davom ettirilmoqda.
Batafsil: https://hududgaz.uz/ads?id=13799
💬
Facebook | 👉
Telegram |▶️
YouTube | 📷
Instagram | 🌐
hududgaz.uz