Qo‘qon universitetida “Shaxs ma’naviyatining shakllanishida til va adabiyotning roli” mavzusida Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etilmoqda.
🗓 Anjuman sanasi va boshlanish vaqti: 2025-yil 30-may, soat 10:00
📍 Manzil: Farg‘ona viloyati, Qo‘qon shahri, Turkiston ko‘chasi 28a-uy, Qo’qon universiteti, C-bino anjumanlar zali.
👨🏫 Anjumanda olimlar, professor-o‘qituvchilar, doktorantlar, magistrantlar va iqtidorli talabalar ishtirok etishlari mumkin.
Ushbu xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada quyidagi tashkilotlar hamkor sifatida ishtirok etmoqdalar:
- O'zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi, O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti;
- Alisher Navoiy nomidagi davlat adabiyot muzeyi;
- Respublika Ijtimoiy-ma'naviy tadqiqotlar instituti;
- Akademik Bobojon G'ofurov nomidagi Xo'jand davlat universiteti.
📄 Materiallar qabul qilish muddati: 2025-yil 15-maygacha
📝 Hajmi: 7–10 sahifa, APA uslubida rasmiylashtirilgan
📧 Maqolalar @namunaxonhaydaraliqizi (Tursunova Namunaxon) Telegram manzili orqali yoki javharovanilufar0@gmail.com emailiga yuboriladi.
📁 Batafsil ma'lumot uchun:
Axborot xati